Mualliflar

  • Boqiyeva Tahmina
  • Qarshiboyeva Dilafruz

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.89183

Kalit so‘zlar:

realizm abstraktsionizm san’at estetika shakl rang chiziq perspektiva tuyg‘ular ifoda haqiqat abstrakt tafakkur rassom .

Annotasiya

Realizm va abstraktsionizm san’atdagi ikki muhim yo‘nalish bo‘lib, ular tasvirlash uslubi va maqsadida keskin farqlanadi. Realizm san’atda haqiqatni aniq aks ettirishga intiladi, tafsilotlar va voqelikni maksimal darajada haqqoniy tasvirlashni maqsad qiladi. Abstraktsionizm esa shakllar va aniq tasvirlardan voz kechib, rang, chiziq va kompozitsiya orqali tuyg‘ularni ifodalashga e’tibor qaratadi. Bu ikki yo‘nalish san’at tarixida muhim o‘rin egallab, ijodkorlarga turli uslub va yondashuvlarni taqdim etdi.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 3 –to’plam May 2025

Sahifa: 20

REALIZM VA ABSTRAKTSIONIZM: IKKI QARAMA-QARSHI YO‘NALISH

TAHLILI

Guliston Davlat unversiteti

Sanatshunoslik fakulteti oqituvchisi

Qarshiboyeva Dilafruz

Guliston Davlat Universiteti Rangtasvir yo‘nalishi talabasi

Boqiyeva Tahmina

Annotatsiya:

Realizm va abstraktsionizm san’atdagi ikki muhim yo‘nalish bo‘lib,

ular tasvirlash uslubi va maqsadida keskin farqlanadi. Realizm san’atda haqiqatni aniq aks

ettirishga intiladi, tafsilotlar va voqelikni maksimal darajada haqqoniy tasvirlashni maqsad

qiladi. Abstraktsionizm esa shakllar va aniq tasvirlardan voz kechib, rang, chiziq va

kompozitsiya orqali tuyg‘ularni ifodalashga e’tibor qaratadi. Bu ikki yo‘nalish san’at

tarixida muhim o‘rin egallab, ijodkorlarga turli uslub va yondashuvlarni taqdim etdi.

Аннотация:

Реализм

и

абстракционизм

два

диаметрально

противоположных направления в искусстве, основанных на разных концепциях

восприятия действительности. Реализм стремится к точному изображению

окружающего мира, передаче деталей и правдивости сцен, ориентируясь на

объективность

и

достоверность.

Абстракционизм,

напротив,

отвергает

необходимость узнаваемых форм, фокусируясь на эмоциях, цвете, ритме и динамике

линий. Это направление позволяет художнику выражать внутренние переживания и

абстрактные идеи, выходя за рамки традиционных представлений. Оба направления

сыграли ключевую роль в развитии искусства, формируя разные подходы к

творческому самовыражению.

Annotation:

Realism and abstractionism represent two contrasting artistic

directions, each with a unique approach to depiction and expression. Realism aims to


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 3 –to’plam May 2025

Sahifa: 21

convey reality with precision, emphasizing accuracy, details, and the truthful

representation of objects and scenes. It focuses on an objective portrayal of the world.

Conversely, abstractionism rejects literal representation and relies on colors, forms, and

lines to express emotions and concepts, offering artists a more subjective approach to

artistic expression. These two movements have significantly shaped the art world,

providing diverse perspectives on creativity and representation.

Kalit so‘zlar:

realizm, abstraktsionizm, san’at, estetika, shakl, rang, chiziq,

perspektiva, tuyg‘ular, ifoda, haqiqat, abstrakt tafakkur, rassom .

Keywords:

realism, abstractionism, art, aesthetics, form, color, line, perspective,

emotions, expression, authenticity, abstract thinking, artist

ключевые слова:

реализм, абстракционизм, искусство, эстетика, форма, цвет,

линия, перспектива, эмоции, выражение, достоверность, абстрактное мышление,

художник

Realizm — voqelikni, mavjud borliqni badiiy adabiyot va sanʼat (tasviriy sanʼat,

teatr, musiqa va boshqalar)ning ifoda vositalari orqali oʻziga oʻxshash shakllarda haqqoniy

aks ettirish. Adabiyot da realizm — hayotni voqelikdagi voqea va hodisalarga muvofiq

ravishda obrazlar orqali aks ettirish metodi. Realizm adabiyotning oʻzini va tashqi olamni

bilish vositasi sifatidagi ahamiyatidan kelib chiqqan holda voqelikni barcha ziddiyatlari

bilan qamrab olishga intiladi, yozuvchiga hayotning barcha tomonlarini cheklanmagan

holda aks ettirish imkoniyatini beradi. Realizm metodiga asoslangan adabiyotda hayot

haqiqatini tasvirlash tamoyili ustuvor ahamiyatga ega. Binobarin, realizm adabiyoti jahon

adabiyoti taraqqiyotidagi eng yuksak bosqich hisoblanadi.Realizm keng maʼnoda Gomer

va Dante, Shekspir va Rasin, Firdavsiy va Navoiy ijodiga ham xos xususiyat, zero,

hayotiylik va samimiylik bu mumtoz ijodkorlarning asarlarida katta mahorat bilan ifoda

etilgan. Ammo realizm adabiy metod yoki adabiy yoʻnalish sifatida yozuvchidan voqelikni

hayotiy va haqqoniy aks ettirish tamoyiliga izchil rioya etishni, inson va tashqi olamni

ongli ravishda oʻrganish va bilishni taqozo etadi. Shu maʼnoda jahon adabiyoti 19-asrga

kelibgina oʻz taraqqiyotining realizm metodiga asoslangan yangi bosqichiga


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 3 –to’plam May 2025

Sahifa: 22

erishdi.Realizmning metod sifatida paydo boʻlish vaqti masalasida adabiyotshunoslikda

turlicha qarashlar mavjud. Ayrim tadqiqotchilar hayotni realistik tasvirlash usullari qadim

zamonlardan beri davom etib kelayotgani va bu usullarning turli bosqichlarni bosib

oʻtganini nazarda tutib, antik realizm, Uyg‘onish davri realizmi, maʼrifatparvarlik realizmi

va sotsialistik realizm tushunchalarining mavjudligi haqidagi qarashlarni olgʻa surib

keladilar. Boshqa tadqiqotchilarning fikriga koʻra, realizm ijodiy metod sifatida 18-asrda

oilaviymaishiy va ijtimoiymaishiy romanlar yaratilishi bilan bir vaqtda maydonga kelgan.

Realizmning 19-asr 30-yillarida Yevropa adabiyotida shakllana boshlaganligi haqidagi fikr

aksar adabiyotshunoslar tomonidan qabul qilingan boʻlib, bu fikr Yevropa xalqlari

adabiyotlarida voqelikni haqqoniy tasvirlash tamoyili yuksak ijtimoiytahliliy shakllarda

keng va teran ifodalanganligi bilan tasdiqlanadi.

Abstraksionizm lotincha:

abstractio

mavhumlik, nomaʼlumlik, uzoqlashish) — 20-asrdan avval avval tasviriy san’atda paydo

boʻlib, keyin adabiyotga oʻz taʼsirini oʻtkazgan oqim. Namoyandalari — Charlz Novard,

Styuoriy Devis, Krauford, Ret-ner, Morris, M. Seyfer, P. Mondri-an, Paulo Klee va

boshqalar sanʼat borliqning emas, sanʼatkor his-tuygʻularining inʼ-ikosi degan gʻoyani

ilgari surishgan. Bu oqimdagilar ijodida his, tuygʻu, xayol borliqdan uzilgan chiziqlar,

geometrik shakllarda namoyon boʻladi, shakl va mazmun bir-biriga singib ketadi, yaʼni

anʼanaviy tushunchadagi mazmun va shakl oʻz mohiyatini yoʻqotadi. A.ning taʼsiri fransuz

sheʼriyatida ayniqsa sezilarlidir. Abstraksionizm badiiy adabiyotda „antiroman“ va boshqa

koʻrinishlarda namoyon boʻlmoqda. Abstraksionizm oqimi namoyandalari „voqelikni

inkor etish evaziga ruhiy voqelik“ yaratmoqchi boʻladilar.50-yillarda Abstraksionizm

sanʼatning “Belgilar sanʼati“,”iyegrogliflar”, “kalligrafiya” kabi ichki yoʻnalishlari paydo

boʻldi. A. sanʼatga maʼlum bir uslubiy yangilik olib kelgan boʻlsada, taniqli mutafakkir va

sanʼatkorlarning tanqidiga uchradi. Xususan, A. Kamyu voqelikdan mutlaq uzilgan

asarning faqat voqelikka yopishib olgan asardan farqi yoʻq deb qaraydi. Kamyuning

fikricha, sanʼat voqelik va sanʼatkor his-tuygʻulari oʻrtasidagi erkin va tabiiy

uygʻunlashuvdan paydo boʻladi. Lekin A. sanʼat va uning tasvir usullari haqidagi

tasavvurni boyitgani uchun ham qimmatlidir.

Xulosa:

Realizm va abstraktsionizm san’atning ikki qarama-qarshi yo‘nalishi

bo‘lib, biri haqiqatni aniq tasvirlashga intilsa, ikkinchisi hissiyot va abstrakt g‘oyalarni


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 3 –to’plam May 2025

Sahifa: 23

shakl, rang va chiziqlar orqali ifodalaydi. Realizm hayotning to‘liq va haqqoniy aksini

yaratishga harakat qiladi, voqelikni detallar bilan berishga e’tibor qaratadi.

Abstraktsionizm esa an’anaviy tasvirlashdan voz kechib, san’atni ichki kechinmalar va

tuyg‘ularni aks ettirish vositasi sifatida ko‘radi. Bu ikki yo‘nalish san’at tarixida muhim

o‘rin egallaydi, ijodkorlarga turli yondashuvlarni taqdim etadi va tasviriy ifodalash

imkoniyatlarini kengaytiradi. Ularning o‘zaro ta’siri va farqlari san’atni yanada boyitib,

yangi ijodiy ufqlarni ochishga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Realistic Abstracts: Painting abstracts based on what you see – Kees van Aalst

2.Realism and Abstraction – Michael Peter Bolus (Aesthetics and the Cinematic

Narrative)

3.Objectivity, Realism, and Proof – Francesca Boccuni, Andrea Sereni

4. Bohodirovna, K. D. (2024). TASVIRIY SAN'ATDA O'ZBEK MILLIY

O'YINLARI KOMPOZITSIYASINING YORITILISHI VA UNING TARBIYAVIY

AHAMIYATI. JOURNAL OF INNOVATIONS IN SCIENTIFIC AND EDUCATIONAL

RESEARCH, 7(12), 34-37.

5. Bohodirovna, K. D. (2024). TASVIRIY SAN’AT VA FALSAFA

O‘RTASIDAGI

O‘ZARO

BOG’LIQLIK

HAMDA

ULARDAGI

ESTETIK

TUSHUNCHALARNING INSONIYAT MADANIYATIGA TA’SIRI. Научный Фокус,

2(19), 356-358.

6. Boxodirovna, K. D. (2025). KOMPOZITSIYANING O‘ZIGA XOS

QONUNIYATLARI VA ULARNING AHAMIYATI. MASTERS, 3(2), 137-141. 7.

Boxodirovna, K. D., & Bunyodovna, B. T. (2025). PUANTILIZM VA ABSTRAKTSIYA

USLUBLARIDA" BAHOR IFORI" MAVZUSI. MASTERS, 3(2), 142-146.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 3 –to’plam May 2025

Sahifa: 24

8. Boxodirovna, K. D. (2025). TASVIRIY SAN'ATDA INSON QIYOFASIDAN

СHIZGILARNI BAJARISH. MODELS AND METHODS FOR INCREASING THE

EFFICIENCY OF INNOVATIVE RESEARCH, 4(43), 144-148.

9. Boxodirovna, K. D. (2025). KOMPOZITSIYA FANINI O‘QITISHDAGI

INNOVATSION USULLARINING AHAMIYATI. YOSH OLIMLAR, MAGISTR VA

IQTIDORLI TALABALARNING ILMIY FAOLIYATINI OSHIRISHDA ULARGA

QARATILGAN KREATIV G‘OYALAR, YECHIM VA TAKLIFLAR, 3(26), 35-39.