Authors

  • Madina Botirova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.120629

Abstract

Zamonaviy davrda innovatsion texnologiyalar juda tez rivojlanmoqda. Internet, sun'iy intellekt, katta ma'lumotlar va boshqa texnologiyalar innovatsion jarayonlarni tezlashtiradi. Ushbu texnologiyalar yordamida yangi mahsulotlar va xizmatlar yaratish, shuningdek, mavjud jarayonlarni takomillashtirish imkoniyatlari paydo bo'ladi.


background image

4

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 7-SON, (YOʻITJ)

INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR TUSHUNCHASI VA

ULARNI AMALIYOTGA JORIY ETISH

Botirova Madina Istam qizi

Buxoro Davlat Pedagogika instituti TT-24 guruh talabasi

https://doi.org/

10.5281/zenodo.15826009

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi:28-iyun 2025 yil

Ma’qullandi: 30-iyun 2025 yil

Nashr qilindi: 7-iyul 2025 yil

Zamonaviy davrda innovatsion texnologiyalar

juda tez rivojlanmoqda. Internet, sun'iy intellekt, katta

ma'lumotlar va boshqa texnologiyalar innovatsion

jarayonlarni

tezlashtiradi.

Ushbu

texnologiyalar

yordamida yangi mahsulotlar va xizmatlar yaratish,

shuningdek, mavjud jarayonlarni takomillashtirish

imkoniyatlari paydo bo'ladi.

KEY WORDS

Innovatsiya,

pedagogik

texnologiya, g’oya, samardorlik,

ijtimoiy, interfaol metod, o’qitish.

Ta'lim jarayonining yutug'i bu unung ta'sirchanligidadir. Ya'ni yangicha yondashuv, ta'limning

aniq yo'naltirilgan maqsadi va uning mohiyatini ochib berish usullari ta'limda eng dolzarb

masala hisoblanadi. Bugungi shiddatli va ilm fan ilgarilab borayotgan davrda ta'lim tizimida

eskicha yondashuvlardan voz kechish hamda yangilikka intilish, zamonaviy ta'limda yuqori va

innovatsion dars o'tish talablarini allaqachon kun tartibiga qo'ygan.

Bundan bir necha yil oldingi tariximizga nazar tashlaydigan bo'lsak, "innovatsiya" so'zi

ko'pchilik uchun notanish, tushunarsiz bir tushuncha bo'lgan. Biroq, asta-sekin bu so'zning

xorijdan kirib kelishi va tez-tez quloqqa chalinib turishi bilan, bu atamani qo'llay boshladik.

Tan olishimiz kerak, ma'lum muddat mamlakatimizda bu yo'nalishda amalga oshirilgan ishlar

qoniqarli darajada amalga oshmagan. Shu sababdan, davlatimiz rahbari o'z lavozimiga

kirishgan dastlabki yillardanoq, bu yo'ldagi dolzarb muammolarni hal qilishga qaratilgan

chora- tadbirlarni amalga oshirish uchun tegishli yo'nalishlarni belgilab berdi.

Bugungi innovatsion texnologiyalar hamda axborot kommunikatsiya vositalarining shiddat

bilan rivojlangan davrida yashayotgan ekanmiz, hayotimizda ularning o'rni ham kundan-

kunga oshib bormoqda. Shu bilan bir qatorda tan olib aytish kerakki, innovatsion

texnologiyalarning ta'limda tutgan o'rni ham oshib bormoqda va bu ta'lim sifatini

yaxshilashga, yoshlarning dunyoqarashi, fikrlash doirasini kengayishiga ham o'z hissasini

qo'shmoqda. Hozirgi kunda ta'lim jarayonida innovatsion texnologiyalar hamda metodlar

bilan ishlash dunyo bo'yicha keng tarqalmoqda va bu nafaqat ta'lim sohasida balki har

tomonlama yutuqlarga erishishning asosiy omili bo'lib kelmoqda.

Umuman olganda "Innovatsiyon texnologiya - bu o'zi nima? " degan savol tug'ilishi mumkin.

Innovatsiya - ingliz tilidan olingan bo'lib, "yangilik kiritish", "yangilik", texnologiya esa

yunoncha "texnos" - san'at, mahorat va "logos" - fan so'zlaridan olinib, innovatsion

texnologiya ta 'lim -tarbiya shakllari, metodlari va usullariga yangicha yondashish degan

ma'nolarni ifodalaydi.

Innovatsion texnologiyalar o'qitish jarayonida yuqori malakali, raqobatbardosh o'qituvchi

kadrlar tayyorlash, ularning kasbiy omilkorliklarini shakllantirish, metodik mahoratini

oshirish, o'qituvchi pedagoglarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan qurollantirish

omili bo'lib qolmoqda.


background image

5

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 7-SON, (YOʻITJ)

Innovatsion texnologiyalar – bu yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotlar, jarayonlar yoki

xizmatlar bo'lib, ular mavjud bo'lgan muammolarni hal qilish yoki yangi imkoniyatlar yaratish

maqsadida ishlab chiqiladi. Ushbu texnologiyalar ko'pincha ilmiy tadqiqotlar va tajribalar

asosida yaratiladi va ularning asosiy maqsadi samaradorlikni oshirish, xarajatlarni

kamaytirish va foydalanuvchilarga yangi imkoniyatlar taqdim etishdir.

Innovatsion texnologiyalarning asosiy xususiyatlari:

1. Yangi g'oyalar: Innovatsion texnologiyalar yangi g'oyalar va yondashuvlarni o'z ichiga oladi,

bu esa ularni boshqa texnologiyalardan ajratib turadi.

2. Raqobatbardoshlik: Innovatsion texnologiyalar kompaniyalar va tashkilotlarga

raqobatbardoshligini oshirishda yordam beradi.

3. Samaradorlik: Ular jarayonlarni optimallashtirish va resurslardan samarali foydalanishni

ta'minlaydi.

4. Ijtimoiy ta'sir: Innovatsion texnologiyalar ijtimoiy hayotga ham ta'sir ko'rsatadi, yangi ish

o'rinlari yaratish va hayot sifatini oshirishga yordam beradi.

Iqtisodiy va ijtimoiy ta'sir:

Innovatsion texnologiyalar iqtisodiy o'sishga, yangi ish o'rinlari yaratishga va ijtimoiy

muammolarni hal qilishga yordam beradi. Ular orqali ishlab chiqarish jarayonlari yanada

samarali va tejamkor bo'ladi, bu esa iqtisodiy barqarorlikni ta'minlaydi. Shuningdek,

innovatsion texnologiyalar ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirishda ham muhim rol o'ynaydi.

Ta'lim jarayonida o'quvchi - talaba asosiy figuraga aylanadi. Shuning uchun oliy o'quv

yurtlarida malakali kasb egalarini tayyorlashda zamonaviy o'qitish metodlarini-interfaol

metodlar, innovatsion texnologiyalarning o'rni va roli benihoyat kattadir. Pedagogik

texnologiya va pedagog mahoratiga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar o'quvchi-

talabalarni bilimli, yetuk malakaga ega bo'lishlarini ta'minlaydi. Shuni ham aytib o'tish

kerakki, so'nggi besh yillik islohotlar natijasida respublikada ta'lim sifati va qamrovini

oshirish hamda rivojlantirish, kadrlar tayyorlash tizimining iqtisodiyot ehtiyojlariga

moslashuvchanligini ta'minlash, ilmiy-innovatsion faoliyatni har tomonlama qo'llab-

quvvatlash va rivojlantirish, mamlakatning innovatsion salohiyatini shakllantirish va yanada

takomillashtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo'yicha samarali mexanizmlarni

ishlab chiqishga qaratilgan normativ-huquqiy asoslar ishlab chiqildi va tubdan yangilandi.

Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari bilan O'zbekiston

Respublikasini 2019-2021-yillarda innovatsion rivojlantirish strategiyasi, O'zbekiston

Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi, Ilm-fanni 2030-

yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi, "Raqamli O'zbekiston-2030" strategiyasi, O'zbekiston

Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi, O'zbekiston

Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo'ljallangan

strategiyasi, 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi

tasdiqlandi. Shuningdek, "Ilm-fan va ilmiy faoliyat to'g'risida", "Innovatsion faoliyat

to'g'risida", "Ta'lim to'g'risida"gi qonunlari qabul qilindi.

Ta'lim sohasida olib borilayotgan har qanday islohotlar, qabul qilinayotgan qonunlar va

qarorlarning asosiy maqsadi yurt kelajagi uchun yetuk kadrlarni tayyorlash va ularning ongini

har tomonlama rivojlantirish hamda kelajakda ulkan yutuqlarga erishish maqsadi yotadi.

Bugungi kunda yoshlar bilim olishi, uni rivojlantirishi uchun tatbiq qilinayotgan har qanday

innovatsion texnologiyalar, qulayliklardan oqilona foydalanish har bir yosh avlod uchun katta

imkoniyatdir.

Innovatsion texnologiyalarni dars jarayonlarida tatbiq etilishida avvalo pedagoglar ta'limning

berishning zamonaviy va yangi usullaridan keng foydalanishlari zarur. Jumladan, hozirgi

kunda jahon ta'lim tizimida kreativ fikrlashni kuchaytirish va yangi texnik fikrlashni

izlashning nazariy asoslari va uslubiy vositalarining rivojlanishi yo'nalishi paydo bo'ldi. Bu

shuni ko'rsatadiki, ijodkorlikning ilmiy asoslarini rivojlantirish, kreativ jarayonni kuchaytirish

usullarini ishlab chiqish, innovatsion ta'lim metodlarini o'rgatish, ilmiy, loyihalash va


background image

6

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 7-SON, (YOʻITJ)

konstruktorlik va texnologik tashkilotlarda, korxonalar va universitetlarda ijod uchun qulay

sharoitlar yaratish dolzarb ehtiyojga aylandi. Zamonaviy ta'lim va innovatsion texnologiyalar

talabalar va yetishib chiqadigan mutaxassisning kelajakdagi kasbiy faoliyatida muvaffaqiyat

qozonish imkoniyatini yaratishini ta'minlaydi. Bunda ta'lim jarayonida zarur bilim va

ko'nikmalar, kasbiy munosabat, faoliyatning ayrim turlariga va uning tuzilishiga tayyorlik

to'plami shakllanadi. Innovatsion texnologiyalar asosidagi ta'lim ma'lum qobiliyatlarning

rivojlanish darajasini belgilaydi va hatto mutaxassisning individualligi yoki shaxsiy

xususiyatlarini to'g'rilaydi va shakllantiradi.

Bugun yurtimiz aholisining 60% ini yoshlar tashkil etadi. Bu yoshlarning yurtimiz kelajagi

yo'lida erishgan yuruqlari ham oz emas, albatta. Ko'rishimiz mumkinki, sport yo'nalishida,

iqtisodiyotda, ta'lim, texnalogiya kabi ko'plab soha va tarmoqlarda erishilayotgan

yutuqlarning barchasi, avvalambor, yoshlarning vatanparvarlik ruhida intilishi, qiziqishlari

hamda yaratilayotgan ko'plab imkoniyatlar sabab amalga oshmoqda.

Ma’lumki, mustaqil davlatimizning har bir o’quvchi va talabasi jahon andozalariga mos

ravishda tayyorlanishi zarur. Yoshlarning puxta bilim olishi xamda zamonaviy soxalardan fan

asoslarini chuqur egallashlari birinchi navbatda ta’lim berish samaradorligiga bog’liq.

Uzluksiz ta’lim jarayonida demokratik tamoyillarning amal qilishi o’quvchilarning aql-

idrokiga ishonch, ularning mustakil fikrlashiga imkon yaratish sinf va sinfdan tashqari

faoliyatidagi ijodkorligi va tashabbuskorligini rag’batlantirish tarzida namoyon bo’ladi.

Yuqoridagi fazilatlarning o’quvchi shaxsida namoyon bo’lishi uchun ta’lim tizimimizga

insonparvarlik va demokratiya g’oyalariga asoslangan yangi pedagogik texnologiyalar joriy

etilmoqda.

Zamonaviy ta’limni tashkil etishda qo’yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va

jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida

muayyan nazariy bilimlarni o’quvchilarga yetkazib berish, ulardan ma’lum faoliyat yuzasidan

ko’nikma va malakalarini hosil qilish, shuningdek, o’quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular

tomonidan egallangan bilim, ko’nikma hamda malakalar darajasini baholash o’qituvchidan

yuksak pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab

etadi. Pedagogik texnologiya o’z mohiyatiga ko’ra subyektiv xususiyatga ega, ya’ni, har bir

pedagog ta’lim va tarbiya jarayonini o’z imkoniyati, kasbiy mahoratidan kelib chiqqan holda

ijodiy tashkil etishi lozim.

Qanday shakl, metod va vositalar yordamida tashkil etilishidan qat’iy nazar pedagogik

texnologiyalar:

• pedagogik faoliyat (ta’lim-tarbiya jarayonining) samaradorligini oshirishi;

• o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida o’zaro hamkorlikni qaror toptirishi;

• o’quvchilar tomonidan o’quv predmetlari bo’yicha puxta bilimlarning egallanishini

ta’minlashi;

• o’quvchilarda mustaqil, erkin va ijodiy fikrlash ko’nikmalarini shakllantirishi;

• o’quvchilarining o’z imkoniyatlarini ro’yobga chiqara olishlari uchun zarur shart-

sharoitlarni yaratishi;

• pedagogik jarayonda demokratik va insonparvarlik g’oyalarining ustivorligiga erishishni

kafolatlashi zarur.

Hozirgi kunda ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot

texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib

bormoqda, bunday bo’lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy talimda

o’quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiyalar

ularni egallayotgan bilimlarini o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil o’rganib, tahlil qilishlariga,

hatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga o’rgatadi. O’qituvchi bu jarayonda

shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan

bir qatorda boshqaruvchilik, yo’naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Talim jarayonida o’quvchi

asosiy figuraga aylanadi.


background image

7

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 7-SON, (YOʻITJ)

Pedagogik texnologiya va pedagog mahoratiga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar

o’quvchilarni bilimli, yetuk malakaga ega bo’lishlarini ta’minlaydi.

Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va o’quvchi faoliyatiga

yangilik, o’zgarishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan

to’liq foydalaniladi. Interaktiv metodlar bu jamoa bo’lib fikrlash deb yuritiladi, yani pedagogik

ta’sir etish usullari bo’lib talim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi.

Xulosa qilib aytganda, zamon rivojlanishi bilan hayotning barcha sohalarida, xususan

pedagogika ya’ni o’qitish va ta’lim jarayonida ham ko’pgina yangiliklar vujudga keladi. Va har

bir qilingan islohot kelajakni yanada muvaffqqiyatli yanada ishonchli qilib ta’minlashga

yordam beradi. Ayniqsa o’qitish jarayonidagi islohotlar, innovatsion texnologiyalar yosh

avlodni tezkorlik bilan samarali bilim olishlarini ta’minlab beradi va bu ko’pgina davlatlar

xususan mamlakatimiz O’zbekiston tajribasida ham o’z isbotini topib kelmoqda. Innovatsion

texnologiyalar zamonaviy jamiyatda muhim ahamiyatga ega. Ular yangi imkoniyatlar yaratish,

iqtisodiy o'sishni ta'minlash va ijtimoiy muammolarni hal qilishda muhim rol o'ynaydi.

Innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish va ularni samarali qo'llash orqali biz kelajakda

yanada barqaror va rivojlangan jamiyatga erishishimiz mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1. Azizxujayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik maxorat. T.:TDPU, 2003. – 51 b

2. Ishmuxamedov R.J. Innovasion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish

yoʻllari. T.: TDPU, 2004. – 42 b

3. Ochilova G.O., Musaxanova G.O. Pedagogik maxorat. Toshkent. TDIU, 2007 yil. – 86 b

References

Azizxujayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik maxorat. T.:TDPU, 2003. – 51 b

Ishmuxamedov R.J. Innovasion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yoʻllari. T.: TDPU, 2004. – 42 b

Ochilova G.O., Musaxanova G.O. Pedagogik maxorat. Toshkent. TDIU, 2007 yil. – 86 b