119
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 14-SON (YOʻITJ)
DANAKLI MEVALARNI SAQLASH USULLARI
S.S.Tuxtamishev
R.X. Xudayberdiyev
A.A. A’zamov
Guliston davlat universiteti.
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 29-noyabr 2024 yil
Ma’qullandi: 1-dekabr 2024 yil
Nashr qilindi: 8-dekabr 2024 yil
Inson
organizmi
uchun
zarur
bo‘ladigan
vitaminlardan 13 dan ortig‘i mevalar tarkibida
mavjuddir. Bulardan tashqari mevalar tarkibida
uglevodlar, mineral tuzlar, fermentlar, fitontsidlar
va boshqa biologik moddalarni ko‘pligi jihatidan u
insonni ishlash qobilyatini muntazam davom etishi
hamda yashash davrini uzaytiradigan asosiy
vositalardan biridir.
Harorat, ombor, sovitgich, nisbiy
namlig, boshqariladigan gaz muhit.
Kirish
Danakli mevalarning deyarli barchasi saqlashga chidamliligi past bo‘lib, ular o‘zidan
suvni tez yo‘qotib so‘liydi, shu bilan birga kasalliklarga tez chalinadi. Ayrim mevalar
saqlashda tez ezilib ham ketadi.
O‘rik saqlash uchun sal qo‘raroq, eti tig‘iz, mazasi naviga xos bo‘lib etilgan paytida
uziladi. O‘rikni iloji boricha bandi bilan birga uzish kerak.
Yirik va o‘rtacha kattalikdagi o‘riklar to‘g‘ri qatorlarga terilib, maydalari esa to‘kma
qilib yashiklarga joylanadi. Yashik tagiga qirindi solinadi va ustiga qog‘oz tashlanadi, uning
ustiga ham qirindi sepiladi.
Asosiy qism.
O‘rik 0
0
S haroratda va nisbiy namligi 85-95% bo‘lgan sharoitda saqlanadi. Bunday
sharoitda o‘rikni 1-1,5 oy saqlash mumkin. Havo harorati 17-25
0
S bo‘lgan omborlarda
o‘rikni 8-10 kun saqlash mumkin. Havo harorati 17-25
0
S bo‘lgan omborlarda o‘rikni 8-10
kun saqlash mumkin.
Boshqariladigan gaz muhitida o‘rikni 1,5-2 oy saqlash mumkin. Bunda karbonat
angidridning miqdori 2-3%, kislorodning miqdori 2-3% va azotning miqdori 92-95%
bo‘lishi lozim.
Olxo‘rini saqlash uchun yashiklarga to‘g‘ri qator qilib joylashtiriladi. Mayda olxo‘ri
yashikka to‘kma qilib solinadi. Olxo‘ri harorati 0-1
0
Sli, nisbiy namligi 90-95% bo‘lgan
omborlarda saqlanadi. -1
0
S haroratda saqlanganda ma’lum vaqtdan keyin uning eti qorayadi.
Polietilen xaltachalarda1
0
S haroratda 2-3 oy saqlash mumkin.
Boshqariladigan gaz muhitida saqlashda uning tarkibi quyidagicha bo‘lishi tavsiya
qilinadi: karbonat angidrid 3-4%, kislorod 3%, azot 3%, azot 93-94%.
Olcha va gilos havo harorati 0
0
-1
0
S va nisbiy namligi 85-95% atrofida bo‘lgan
omborlarda saqlanadi. Gilosni odatda 30 kun, olchani 10-15 kun saqlash mumkin. Lekin,
polietilen xaltachalarga 1 kg dan joylashtirilgan olchani bir oygacha, boshqariladigan gaz
muxida (SO
2
– 10% O
2
– 11%, N
2
– 79%) 1,5 oygacha saqlash imkoni bor .
Shaftoli mevalarini turli omborlarda saqlash
. Meva saqlanadigan omborlarning bir
necha xili bor. Ayrimlarini qurish arzonga tushsada ammo ular takomillashmagan va
120
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 14-SON (YOʻITJ)
sovutgichsiz, boshqalari esa su’niy sovutgich bilan jixozlangan bo‘ladi. Lekin har bir ombor
izotermik bo‘lishi kerak.
Birinchi hilga meva saqlanadigan erto‘la ombor kiradi. Bularning kamchiligi issiq va
iliq kunlarda haroratni pasaytirib bo‘lmaydi. Bino havosi va qisman namligi shamollatish
quvrlari hamda eshik yordamida tartibga solib turiladi. Qattiq sovuq bo‘lganda havoni
xonadagi isitish uchun o‘t yoqish mumkin. Havo quruq bo‘lsa suv sepiladi. Namlik ko‘payib
ketsa kimyoviy shimdiruvchilar so‘ndirilmagan oxak, kaltsiy xlorid va boshqalardan
foydalaniladi. Sovitgichlarda shaftoli mevalari oddiy ombordagilardan yaxshi saqlanadi.
Sovitgich omborxonaning harorati termometrlarga qarab aniqlanadi. Termometrlar
omborga kiraverishda erdan 10 santimetr va omborning o‘rtasiga erdan 5 santimetr va 1,5-
1,6 metr baland qilib qo‘yiladi.
Ombor havosining nisbiy namligini psixrometr yordamida kuzatiladi. U omborning
o‘rtasiga o‘rnatiladi. Shaftoli mevalari joylashtirishdan oldin ombor ahlat va chirindilardan
tozalangan, shamollatilgan va dizinfektsiyalangan, oltin gugurt tutatilgan, devorlari temir
kupaoining 5foizli eritmasi purkalgan bo‘lishi kerak. Undan tashqari devor va shiplari
oqlanib bino ichi meva qo‘yish uchun tagliklar bilan jixozlanadi.
Shamollatish quvrlari tayyorlab qo‘yiladi. Shaftoli tez buziladigan mahsulot
bo‘lganligidan uni faol shamollatiladigan zamonaviy omborlarda saqlash maqsadga
muvofiqdir. Bunday omborlarda shaftoli mevalarini qayta ishlangunga qadar etarlicha vaqt
saqlash mumkin.
Agar hosil qutilarda saqlansa, ular taxlab qo‘yiladi. Qutilar devordan 40 santimetr
uzoqlikda saqlanadi, 1,8-2 metrli asosiy o‘tish joyi va har bir juft tax orasida 60-70
santimetrli yondan yo‘l qoldiriladi.
Qutilarni taxlab qo‘yish usuli juda ko‘p: to‘g‘ri burchakli, shaxmat usuli, ikkitadan,
uchtadan, to‘rttadan, beshtadan taxlanadi.
Shaftoli joylangan quti yoki g‘alvirlar ikkitadan yonlamasiga ustkisini tagiga reyka
qo‘yib taxlanadi. Qutilar orasida keng tirqishlar qoladi.
Mevalarni saqlash vaqtida ularni holatini muntazam kuzatib borish zarur, buning
uchun qutilarochilib tekshiriladi va zararlangan mevalar saralanib olib tashlanadi..
Mevalarni ombordan chiqarishdan oldin ular saralanadi, so‘ngra 2-3 kungacha harorati
sekin oshirib boriladigan devrostantsiya kamerasida saqlanadi. Bunda mevalarning ta’mi
yaxshilanadi, ular ancha hushbo‘y bo‘ladi. Agar devrostantsiya kamerasida saqlanadigan
maxsulot to‘g‘ridan-to‘g‘ri sovutgich omborlaridan tashqariga olib chiqilsa, mevalarni rangi
tezda qo‘ng‘ir tusga kiradi va buzila boshlaydi.
Shaftolini saqlash tartibi va sharoiti
. Shaftolini saqlash sharoiti o‘ziga xos bo‘lib
ko‘pincha alohida nav yoki partiyalar uchun saqlash rejasi tavsiya etiladi. Shaftolini
saqlashda 0Q1
0
S ga yaxshi harorat bo‘lishi mumkin.
Yirik sovitgich omborlarda saqlash haroratini kerakli formada ushlab turish qiyin. Shu
sababli ularda harorat 1
0
S-1,5S pasayishi extimoli yuzaga kelib, mevalar nobud bo‘lishi
mumkin. Sovutgichlarda saqlanadigan mevalarni asta-sekin ilitish kerak.
Shaftolini saqlashda havoning nisbiy namligini 85-90 foiz oralig‘ida ushlash tavsiya
etiladi. Past namlikda shaftoli navlarining mevalari so‘liydi va burushib qoladi. Gaz muhitini
tartibini boshqarish bilan saqlash muddatini uzaytirish, isrofgarchilikni oldini olish va
mevalar sifatini yuqori darajada saqlashga erishish mumkin. Bunda mevalardagi fiziologik
buzulishlar va mevalarni turli et qorayishlarning oldini olish mumkin. Har bir nav uchun
mevalarning saqlanuvchanligini taminlovchi eng yaxshi gaz tartibi va xarakati bo‘ladi. Faqat
ba’zi navlar SO
2
yuqori darajasi chidamli bo‘ladi. Chidamli navlarga SO
2
va O
2
kontsentratsiyasini 5:3 nisbati tavsiya etiladi.
Adabiyotlar.
121
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 14-SON (YOʻITJ)
1. Bo‘riev X. Ch, Jo‘raev R. J, Alimov O. A. «Meva – sabzavotlarni saqlash va ularga
dastlabki ishlov berish». Toshkent: «Mehnat», 2002. 51-68 b.
2. Bo‘riev X.Ch., Rizaev R.M. “Meva uzum maxsulotlari biokimyosi va texnologiyasi”
Toshkent “Mexnat” 1996 94-97 b.
3.
Тухтамишев, С. С., У. Шокирхужаева, and З. С. Искандаров. "УНИВЕРСАЛЬНАЯ
МАШИНА ДЛЯ ОЧИСТКИ ДЫНИ ОТ КОЖУРЫ И РАЗРЕЗАНИЯ ЕЕ НА КОЛЬЦЕВЫЕ
ДОЛЬКИ."
Евразийский журнал академических исследований
4.1 (2023): 110-118.
4.
Tukhtаmishеv, S., R. Xudаybеrdiyеv, and G. Tukhtаmishоvа. "MЕCHАNIZЕD
АPPАRАTUS FОR CUTTING MЕLОN FRUIT INTО АNNULАR SLICЕS."
Science and
innovation
2.A1 (2023): 252-255.
5.
Tuxtamishev, S. S., & Rayimov, F. T. (2024). OLXO ‘RI MEVALARINI QURITISH VA
TSUKAT
TAYYORLASH
TEXNOLOGIYASI.
Центральноазиатский
журнал
междисциплинарных исследований и исследований в области управления
,
1
(7), 53-
57.
6.
Tuxtamishev, S. S., and SH H. Qo‘shbaqova. "BUG’DOY DONINING UYUMLARINI
SAQLASH
TARTIB
VA
USULLARI."
Центральноазиатский
журнал
междисциплинарных исследований и исследований в области управления
1.8
(2024): 130-132.
7.
Тухтамишев, С. С., У. Шокирхужаева, and З. С. Искандаров. "УНИВЕРСАЛЬНАЯ
МАШИНА ДЛЯ ОЧИСТКИ ДЫНИ ОТ КОЖУРЫ И РАЗРЕЗАНИЯ ЕЕ НА КОЛЬЦЕВЫЕ
ДОЛЬКИ."
Евразийский журнал академических исследований
4.1 (2023): 110-118.
8.
Tukhtamishev, Sayitkul. "WEIGHT-DIMENSIONAL AND VOLUMERIAN INDICATORS
AND PHYSICAL AND MATHEMATICAL PROPERTIES CHARACTERISTIC FOR CENTRAL
ASIAN VARIETIES OF MELONS."
Journal of Agriculture & Horticulture
3.11 (2023): 9-12.
9.
Тухтамишев, С. С., Г. К. Тухтамишова, and M. У. Рахмонкулов.
"ЭКСПЕРИМЕНТАЛЬНЫЕ МЕТОДЫ ДЛЯ ОПРЕДЕЛЕНИЯ РАЗРУШАЮЩЕГО
КОНКРЕТНОГО НАПРЯЖЕНИЯ УПРУГО-ВЯЗКИХ МАТЕРИАЛОВ РАСТИТЕЛЬНОГО
ПРОИСХОЖДЕНИЯ."
Евразийский журнал технологий и инноваций
2.1 Part 2
(2023): 210-216.