Mualliflar

  • Jasurbek Donayev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.77823

Annotasiya

Ushbu maqolada mamlakatimizning XX asr birinchi choragidan, XX asrning 60-yillarigacha (sovetlar davri) bo’lgan davr oralig’ida Surxon vohasidagi yoqilg’i va energetika sohalaridagi kadrlar muammolari va yo’l qo’yilgan kamchiliklar arxiv materiallari va adabiyotlar asosida tahlil qilingan.


background image

4

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 4-SON (YOʻITJ)

SURXON VOHASIDA YOQILGʻI-ENERGETIKA SOHASI

KADRLARI MASALASI (1925-1960-YILLAR)

Donayev Jasurbek Shavkat o'g'li

Termiz davlat pedagogika instituti

Tarix yo’nalishi I-kurs magistri

E-mail: jasurbekdonayev335@gmail.com

Orcid raqami: 0009-0002-0702-9474

https://doi.org/10.5281/зенодо.15171937

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 6-aprel 2025 yil

Ma’qullandi:7-aprel 2025 yil

Nashr qilindi: 8-aprel 2025 yil

Ushbu maqolada mamlakatimizning XX asr

birinchi choragidan, XX asrning 60-yillarigacha

(sovetlar davri) bo’lgan davr oralig’ida Surxon

vohasidagi yoqilg’i va energetika sohalaridagi kadrlar

muammolari va yo’l qo’yilgan kamchiliklar arxiv

materiallari va adabiyotlar asosida tahlil qilingan.

KEY WORDS

Energetika, yoqilg’i, neft,

sanoatlashtirish, Xovdok, Uch

qizil, Kakaydi, Xalq Komissarlari,

Energetika mustaqilligi.

KIRISH

Jahonda yuz berayotgan globallashuv hamda integrallashuv sharoitida iqtisodiyot uchun

zarur bo‘lgan yoqilg‘i-energetika majmuasining ahamiyati oshib bormoqda. Bu esa dunyo

aholisining ijtimoiy turmushida elektr energiyasi va yoqilg‘i mahsulotlariga bo‘lgan talab kun

sayin oshib borishini hisobga olib, yoqilg‘i-energetika majmuasini barqaror rivojlanishining

innovasion va infra tuzilmaviy mexanizmlarini ishlab chiqish yo‘nalishidagi ilmiy izlanishlarga

ustuvor darajada e’tibor qaratishni talab qilmoqda.

Dunyodagi rivojlangan AQSH, Angliya, Fransiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Rossiya, Xitoy va

Germaniya kabi davlatlar o‘rtasida arzon va tugamaydigan energo resurslarni izlash va yangi

yoqilg‘i sanoati konlarini topish borasida hamkorlik asosida ilmiy izlanishlar rivojlanmoqda.

Energetika iqtisodiyotning, umuman, taraqqiyotning “qon tomiri” hisoblanadi. Shu bois

mazkur sohani rivojlantirish o‘ta dolzarb. Elektr energiyasi ishlab chiqarishga ketadigan

xarajatlarning asosiy qismini tabiiy gaz, mazut va ko‘mir tashkil etmoqda. Mazkur ko‘rsatkich

hozir 43 foizga teng va ularning narxi dunyo bozorida qimmatlashib borayotgani inobatga

olinsa, uning ahamiyati yanada oshadi.

MUAMMOLAR

Respublikamiz hududida sanoatlashtirish (industrlashtirish) ning boshlanish davrida

rivojlangan zamonaviy sanoat yo‘q, bor bo‘lgan sanoat korxonalarining ham texnik darajasi

haddan tashqari past injenerlar, texniklar va zamonaviy texnikani biladigan malakali ishchilar

nihoyatda yetishmas edi. Sovet davrida sanoat rivoji jihatidan respublikada 10 o’rinda turgan.

Natijada xalq xo‘jaligini tiklash yetti-sakkiz yilga cho‘zilib ketdi. O‘zbekiston sanoati va qishloq

xo‘jaligi mahalliy kishilari orasidan ko‘plab sanoat kadrlari tayyorlash bilan bog‘lab

rivojlantirilib borildi. Respublikamizda sanoatning, ayniqsa og‘ir sanoatning yangi tarmoqlari

vujudga kela boshladi. Bu nazariy va amaliy jihatdan tayyorgarligi bo‘lgan yuqori ixtisosli

kadrlarni talab qilardi. Shu vaqtda mahalliy millat kishilaridan ixtisosli kadrlar tayyorlashga

katta e’tibor berilishi, O‘zbekiston sharoitida muhim ahamiyatga ega edi.

O‘zbekistonning sosialistik sanoati uchun yuzlab va minglab yuqori ixtisosli injenerlar,

texniklar, ximiklar, elektriklar va boshqalar talab qilinardi. Lekin, bunday kadrlar o‘sha vaqtda

mutlaqo yetishmas edi. 1925-1930 yillar boshlarida ittifoq bo‘yicha hammasi bo‘lib, 57 ming


background image

5

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 4-SON (YOʻITJ)

nafar injener va 56 ming nafar texnik mutaxassislar ishlagan bo‘lib, yana 84 ming nafar

injener va 150 ming nafar texnik tayyorlash talab qilinar edi

1

.

Surxondaryo aholisi uchun bu mutaxassislik ham yangi kasb bo‘lishi bu neft hududlarining

uzoq joylarda ochilganligi, yotoqxonalar, shart-sharoitlar ham yo‘qligi bu trest

2

ni kadrlar

bilan ta’minlashga xalaqit berar edi. Sovet davrida sanoat rivoji jihatidan respublikada 10

o’rinda turar edi

3

. Bu ishlarni hal qilish uchun bir qator ishlar olib borildi. Xovdak va Uchqizil

neft konlarini ishchilar bilan ta’minlashga Jarqo‘rg‘ondan 200 kishini safarbar qilishi lozim edi.

Boysundan 30 kishini o‘rniga 8 kishi, Sheroboddan ham 30 kishi o‘rniga 8 kishi, yettita tuman

kasaba qo‘mitalari esa 58 nafar komsomollarni Xovdak va Uchqizil neft konlariga ishga

yubordi. Ammo ishchilarning ko‘p qismi sharoit yo‘qligi sababli qaytib ketdilar

4

.

NATIJALAR

1929-yil 3-iyulga kelib, Markaziy hukumatning “Ixtisosli quruvchi ishchilar tayyorlash

haqida” qarori qabul qilingan edi. Bu qarorda ishchi kadrlar ustidan nazorat va bu ishni

rejalashtirish SSSR va ittifoqchi respublikalar mehnat xalq komissarliklari zimmasiga

yuklatildi. Kadrlar bo‘limlari kadrlar tayyorlashni rejalashtirishi, qisqa muddatli kurslar va

texnikumlar barpo qilishda faol (aktiv) qatnashishi lozim edi. O‘zbekiston SSR Markaziy

ijroiya qo‘mitasi va Xalq Komissarlari Sovetining maorif xalq komissarligi yo‘li bilan bergan

topshirig‘i bo‘yicha Buxoro va Andijonda 120 kishiga mo‘ljallangan ishchi universitetlari

barpo qilindi. Bu universitetlarda ijtimoiy-iqtisodiy, texnika va boshqa bo‘limlar tuzildi.

Mahalliy millatlardan sanoat kadrlari yetishtirish uchun Buxoroda ikki yillik tayyorlov kursi

ochildi. Toshkentda 320 kishilik ishchi universiteti tashkil etildi. Qo‘qonda 200 kishi,

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 40 kishilik qilib ana shunday ishchilar

tayyorlaydigan universitetlar tashkil etildi

5

.

Kadrlar ko‘nimsizligining oldini olish uchun ishchilarga sharoit yaratib berila boshlandi. Yangi

binolar qurildi. O‘zbekiston xalq komissarlari Sovetining yig‘ilishida neft konlaridagi

ishchilarga madaniy va maishiy xizmatni yaxshilash bo‘yicha qaror qabul qilindi. O‘z SSR xalq

komissarligi neft konlarida maktablar ochish uchun binolarni tayyorlash, maktab o‘quv

qurollari bilan ta’minlash topshirildi va ishchilar uchun oshxonalar ochish ham taklif etildi.

Savdo tarmoqlari uchun kerakli oziq-ovqat, sanoat mollari va madaniy mollar ajratildi

6

.

O‘zbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti 1929-yil sentyabrda “Ishchi universitetlarida, ishchi

fakultetlarida va sanoat texnikumlarining kechki ishchi fakultetlarida o‘qiyotganlarning

ahvolini yaxshilash tadbirlari haqida” qaror qabul qildi. Unda ana shu joylarda

o‘qiyotganlarning ishlab chiqarishdagi ish vaqtini 6 soatgacha kamaytirish va kechki

universitetlarda o‘qiyotgan ishchilarga haftasiga uch marta, uzluksiz ishlaydigan korxonalarda

ishlayotganlarga to‘rt marta shunday vaqt belgilash ko‘zda tutilgan. Shuningdek, bu qarorda

imtihonlar topshirish uchun qisqa muddatli ta’tillar berish belgilandi

7

.

Surxondaryo okrugida mavjud neft konlarida 1934- yildan boshlab, ishchilar uchun sharoitlar

yaratishga bir muncha harakat qilina boshlandi. 1936-yilda Jarqo‘rg‘onda “Voroshilovneft”

tashkiloti ishchilari uchun poliklinika qurildi. Bu davrda Xovdak neft konida bitta bino bo‘lib,

ishchilar uchun turar joy yo‘q edi. O‘zbekiston Xalq Komissarlar Sovetining 1937- yil iyul

oyida bo‘lgan yig‘ilishida neft konlari ishchilari uchun madaniy va maishiy xizmatni yanada

yaxshilashga alohida e’tibor berildi. Mazkur yig‘ilishdan keyin Xovdak hamda Uchqizil neft

1

Мўминов Н.М. Советларнинг Ўзбекистонни саноатлаштириш учун кураши. - Тошкент, Ўзбекистон ССР

Давлат нашриёти, 1959. – Б. 74.

2

Trest (inglischa-trust)-korxonalar, firmalar birlashmasi.

3

Турсунов С. Қабулов Э. Ва бошқалар. Сурхондарё тарихи. – Тошкент:"Шарқ", 2004. 398-бет

4

Илғор Сурхон учун. 1937 йил, 2 август.

5

Мўминов Н.М. Советларнинг Ўзбекистонни саноатлаштириш учун кураши. - Тошкент: Ўзбекистон ССР

Давлат нашриёти. 1959- Б. 78.

6

Илғор Сурхон учун. 1937 йил, 9 сентябрь. 256-сон.

7

Илғор Сурхон учун. 1937 йил, 7 ноябрь.


background image

6

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 4-SON (YOʻITJ)

konlarida kasalxona, bolalar bog‘chalari, oshxonalar ochishga e’tibor qaratildi. Shu yili

Xovdakda neft koni ishchilari farzandlari uchun bolalar bog‘chasi qurib ishga tushirildi.

O‘zbekiston SSR Xalq Komissarligiga neft konlarida maktablar ochish uchun binolarni

tayyorlash, ularni o‘quv qurollari bilan ta’minlash yuklatildi. O‘zbekiston Ichki savdo Xalq

Komissarligiga oshxonalar ochish taklif etildi. Savdo tarmoqlari uchun kerakli oziq-ovqat

sanoat mollari va madaniy mollar ajratildi

8

.

Hukumat topshirig‘iga asosan, Uchqizil neft konida kasalxona, tug‘ruqxona va bolalar

bog‘chasi qurish uchun 127 ming 100 so‘m ajratildi. Xovdak neft konida esa 20 o‘rinli

kasalxona va bitta bolalar bog‘chasi qurish uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 190

ming 900 so‘m mablag‘ xarajat qilindi

9

.

Urushdan keyingi yillarda Lalmikor neft qidiruvchilari uchun 12 xonalik bino qurilib

ishchilarga berilgan bo‘lsa, Jayronxona neftchilari uchun 4 ta yangi uy qurib berildi

10

. 1952-

yilda Kakaydi qo‘rg‘onida neftchilar foydalanishlari uchun yozgi klub binosi qurilib

foydalanishga topshirildi.

O‘zbekistonda energotizim bo‘yicha ilk qadam 1909-yilda qo‘yilgan. Toshkentning Dizelnaya

ko‘chasi bo‘ylab qatnovchi tramvay uchun 135 kVt. soatli dizel elektronstansiyasi ishga

tushirildi. 1913-yilga kelib aholiga ham elektr energiyasi yetkazila boshlandi va ikki km.lik

dastlabki tarmoq tortildi.

Surxondaryo energetika tizimida ham ishchi-xodimlarning bolalari uchun qurilgan bog‘chalar

sharoitini yaxshilash va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga alohida e’tibor

qaratilgan. Qumqo‘rg‘on GES

11

i qoshidagi 24 o‘rinli bolalar bog‘chasi uchun sifatli qishloq

xo‘jalik mahsulotlarini (masalan kartoshka) bozor narxida har bir kilogrammini 30-35

tiyindan sotib olishdi

12

.

Urush yillari Surxon vohasi elektr tarmoqlari xodimlari nafaqat front orti, balki frontda ham

haqiqiy vatanparvar ekanliklarini ko‘rsatdilar. Urushning birinchi kunlaridanoq ko‘plab

Surxondaryo elektr tarmoqlari xodimlari ham qurolni qo‘llariga olib fashizmga qarshi

bo‘ladigan qonli jangga otlandilar. Bunday kishilar jumlasiga N.P.Leskov, B.Z.Zaripov,

N.I.Dyakonov, A.Qurbonov, A.Sh.Solixov, B.M.Shtaturin, N.G.Sunsev, A.A.Abduraximov,

G.X.Xolto‘rayev, V.I.Semkin, M.X.Hakimov, X.X.Xudoyberdiyev, Ch.K.Karimov va boshqa

jangchilarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin

13

.

1940-yilda o‘zining mehnat faoliyatini elektriklikdan boshlagan Leskov Nikolay Pavlovich

ham 1941-1945 yillarda urush frontlarida jasorat ko‘rsatdi. Avtomatchi Anvar Qurbonov

Sovet armiyasi safiga 1944 -yili chaqirilgach, u birinchi Belorussiya frontida Varshava va

Berlinni ozod etishda qatnashdi. 1950 yilda armiya safidan bo‘shatilganidan so‘ng, Termiz

shahar elektr tarmoqlarida ko‘p yillar elektro montyor bo‘lib ishladi

14

. Pulemyotchi

A.Sh.Salixov 1942-1944 yillarda Germaniya frontida jang qildi. Urushdan keyin Jarqo‘rg‘on

elektr tarmog‘ida ishladi. N.G.Sunsev esa 23-aloqa desant brigadasida razvedkachi bo‘lib,

1941-yil dekabridan 1945- yil may oyigacha shimoliy g‘arbiy frontdagi janglarda qatnashdi.

Elektr mexanika syexida uzoq yillar slesar bo‘lib ishladi

15

. Shu davrda, insoniyat Ikkinchi

jahon urushining og‘ir asoratlarini boshidan kechirdilar. Mana shunday qiyin bir davrda ham

elektr tarmoqlari xodimlari o‘z vazifalarini sharaf bilan ado eta oldilar.

TARAQQIYOT

8

Илғор Сурхон учун. 1937 йил, 20 июль.

9

Илғор Сурхон учун. 1937 йил, 12июль.

10

Илғор Сурхон учун. 1947 йил, 22 август.

11

GES-gidro(suv) elektr stansiyasi

12

Ўз МА. 503-фонд, 1-ёзув, 53-йиғма жилд, 12-варақ.

13

Сурхондарё вилоят давлат архиви. 503-фонд, 1-ёзув, 53-иш, 12 варақ

14

Сурхондарё электр тармоқлари музейи материаллари. 1998 йил.

15

Сурхондарё электр тармоқлари музейи материаллари. 1998 йил.


background image

7

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 4-SON (YOʻITJ)

Mustaqillik yillarida xodimlarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha ko‘pgina ishlar amalga

oshirildi. 1993-yilning 1-dekabridan boshlab tarmoqda ishlovchi har bir ishchi xizmatchining

o‘rtacha oylik maoshi 107 ming so‘mdan oshib ketdi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari narxining

oshganligini hisobga olib, 1993-yilning oktyabrida har bir ishchiga 30 ming so‘mdan yordam

puli berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 25-iyulda chiqargan farmoniga muvofiq

ishchilarning avgust oyida oladigan o‘rtacha oylik ish haqi 667 so‘mni tashkil qildi

16

.

Surxondaryo viloyati elektr tarmoqlari jamoasi ishchi va xodimlarining ish haqlari yil sayin

o‘sib bordi.

O‘zbekiston Respublikasi 1995-yilda “Energetika mustaqilligi” ga erishganidan so‘ng elektr

energeyasini ishlab chiqarish keskin oshdi

17

. Bundan tashqari, 1995-yilda Surxondaryo elektr

tarmoqlari xodimlarining sog‘lig‘ini yanada mustahkamlash uchun birinchi son Termiz shahar

kasalxonasi yonida tarmoq xodimlarining yotib davolanishlari uchun to‘rt xonadan iborat

to‘rtta koykaga kasallarga mo‘ljallangan shifoxona xonalari ta’mirlanib bo‘lindi.

Energetika sohasi vakillaridan Uchqizil suv ombori sohilida joylashgan “Energetik” dam olish

maskanida har yili yoz oylarida 300 nafar xodim oila-a’zolari bilan dam oldi. 20 yildan ortiq

mehnat stajiga ega bo‘lgan 65 nafar nafaqadagilarga ish davridagi nafaqasiga qarab

nafaqasiga qo‘shimcha 780 so‘mdan 1300 so‘mgacha qo‘shimcha pul berildi

18

.

XULOSA

Istiqlol yillarida viloyat yoqilg‘i energetika tarmog‘ida amalga oshirilgan islohotlarning yana

bir yo‘nalishi bu gaz konida amalga oshirilgan ishlardir tarmoq xodimlarining unumli

mehnatida ularga yaratilgan sharoit muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqorida qayd

qilganimizdek, ishchi va xizmatchilar uchun hamda ularning farzandlariga yaratib berilgan

sharoit yildan-yilga neft va gaz ishlab chiqarish rejalarini muntazam bajarib kelayotgan

ishchi-xodimlarni juda mamnun qilib kelmoqda. Natijada boshqarma uchastkalarida mahsulot

ishlab chiqarishni yuqori suratda oshib borishga erishilmoqda.

Neft-kon sanoatini rivojlantirish Markazning sanoatni rivojlantirishning kompleks dasturi

bo‘lib, respublika iqtisodiyotida yangi sohalarni va sanoat markazlarini vujudga keltirish,

malakali ishchi kadrlarni tayyorlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda ijtimoiy

muammolarni hal etishni qamrab olgan edi.

Respublikamiz bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan bir vaqtda Surxondaryo viloyati elektr

tarmoqlari ma’muriyati ham o‘z ishchi va xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni bugungi

kunning asosiy ishiga aylantirib oldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining respublika

aholisini nafaqalar, stipendiyalar miqdorini oshirish to‘g‘risidagi farmonlari, Respublika

energetika vazirligining shu maqsad uchun chiqargan qator buyruqlarida o‘z aksini topgan.

FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.Мўминов Н.М. Советларнинг Ўзбекистонни саноатлаштириш учун кураши. Тошкент,

Ўзбекистон ССР Давлат нашриёти, 1959. – Б. 74.

2. Илғор Сурхон учун. 1937 йил, 2 август.

3.Турсунов С. Қабулов Э. Ва бошқалар. Сурхондарё тарихи. Тошкент:"Шарқ", 2004. 398-

бет.

3.Мўминов Н.М. Советларнинг Ўзбекистонни саноатлаштириш учун кураши. Тошкент:

Ўзбекистон ССР Давлат нашриёти. 1959- Б. 78.

4. Илғор Сурхон учун. 1937 йил, 9 сентябрь. 256-сон.

5. Илғор Сурхон учун. 1937 йил, 7 ноябрь.

16

Boboyeva S.R. “O‘zbekistonda yoqilgʻi energetika majmui tarixi” (XX-XXI asr boshlari Surxon vohasi misolida)

Termiz-2023. 105-b.

17

Тўраев Т., Эргашев К. Сурхондарё энергетикаси одимлари. – Қарши: “Насаф” 2015 йил, - Б 12

18

Нурчинома (Ўзбекистон энергетиклар касаба уюшмасининг нашри). № 1, 1998. – Б. 18-19.


background image

8

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 4-SON (YOʻITJ)

6. Илғор Сурхон учун. 1937 йил, 20 июль.

7. Илғор Сурхон учун. 1937 йил, 12июль.

8. Илғор Сурхон учун. 1947 йил, 22 август.

9. Ўз МА. 503-фонд, 1-ёзув, 53-йиғма жилд, 12-варақ.

10. Сурхондарё вилоят давлат архиви. 503-фонд, 1-ёзув, 53-иш, 12 варақ.

11. Сурхондарё электр тармоқлари музейи материаллари. 1998 йил.

12. Сурхондарё электр тармоқлари музейи материаллари. 1998 йил.

13. Boboyeva S.R. “O‘zbekistonda yoqilgʻi energetika majmui tarixi” (XX-XXI asr boshlari

Surxon vohasi misolida) Termiz-2023. 105-b.

14. Тўраев Т., Эргашев К. Сурхондарё энергетикаси одимлари. – Қарши: “Насаф” 2015

йил, - Б 12

15. Нурчинома (Ўзбекистон энергетиклар касаба уюшмасининг нашри). № 1, 1998. – Б.

18-19.

Bibliografik manbalar

Мўминов Н.М. Советларнинг Ўзбекистонни саноатлаштириш учун кураши. Тошкент, Ўзбекистон ССР Давлат нашриёти, 1959. – Б. 74.

Илғор Сурхон учун. 1937 йил, 2 август.

Турсунов С. Қабулов Э. Ва бошқалар. Сурхондарё тарихи. Тошкент:"Шарқ", 2004. 398-бет.

Мўминов Н.М. Советларнинг Ўзбекистонни саноатлаштириш учун кураши. Тошкент: Ўзбекистон ССР Давлат нашриёти. 1959- Б. 78.

Илғор Сурхон учун. 1937 йил, 9 сентябрь. 256-сон.

Илғор Сурхон учун. 1937 йил, 7 ноябрь.

Илғор Сурхон учун. 1937 йил, 20 июль.

Илғор Сурхон учун. 1937 йил, 12июль.

Илғор Сурхон учун. 1947 йил, 22 август.

Ўз МА. 503-фонд, 1-ёзув, 53-йиғма жилд, 12-варақ.

Сурхондарё вилоят давлат архиви. 503-фонд, 1-ёзув, 53-иш, 12 варақ.

Сурхондарё электр тармоқлари музейи материаллари. 1998 йил.

Сурхондарё электр тармоқлари музейи материаллари. 1998 йил.

Boboyeva S.R. “O‘zbekistonda yoqilgʻi energetika majmui tarixi” (XX-XXI asr boshlari Surxon vohasi misolida) Termiz-2023. 105-b.

Тўраев Т., Эргашев К. Сурхондарё энергетикаси одимлари. – Қарши: “Насаф” 2015 йил, - Б 12

Нурчинома (Ўзбекистон энергетиклар касаба уюшмасининг нашри). № 1, 1998. – Б. 18-19.