151
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 5-SON , (YOʻITJ)
BOSHLANG`ICH SINFDA O‘QUVCHILAR NUTQINI
O‘STIRISHDA BADIIY MATNLARDAN FOYDALANISH
Turdiboyeva Shohsanam
Nizomiy nomidagi TDPU
Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi
Boshlang`ich ta`limi, I bosqich magistri
shohsanamturdiboyeva83@gmail.com
https://doi.org/
10.5281/zenodo.15449183
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi:26-aprel 2025 yil
Ma’qullandi:30-aprel 2025 yil
Nashr qilindi: 17-may 2025 yil
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining
nutqini o‘stirish uchun badiiy matndan keng
foydalanish va uning ustida ishlashda samarali ish
turlari va metodlarni qo‘llash haqida so‘z yuritilib,
namunalar keltirilgan.
KEY WORDS
nutq o‘stirish, ko‘nikma,metodika,
badiiy matn, rivoyat janri, ona tili
va o‘qish savodxonligi, A4metodi,
Iplar o‘yini, Uch bo‘g‘inli o‘yin, Suv
ichidan so‘zlarni topish o‘yini.
Hozirgi davrga kelib, globallashuv jarayoni jamiyatning barcha sohalarida avHozirgi davrga
kelib, globallashuv jarayoni jamiyatning barcha sohalarida avj olmoqda va o'z navbatida, fan
va texnikaning rivojlanishiga, iqtisodiyotning jadal tarzda o'sishiga hamda ta’lim sohasidagi
innovatsiya va integratsiya jarayonining yanada chuqurlashishiga olib kelmoqda.
Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan qonun, qaror va farmonlari bunga yaqqol misol bo'la
oladi. Jumladan, yangi tahrirdagi “Ta’lim to'g'risida’’gi qonunning qabul qilinishi bilan uzluksiz
ta’lim tizimi orqali har tomonlama yetuk, jahonning eng rivojlangan mamlakatlari yoshlari
bilan bellasha oladigan, mustaqil fikrlaydigan o'quvchi-yoshlarni tarbiyalashga alohida e’tibor
qaratilayotganligi so'zimizning isbotidir. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-
noyabrdagi “Taʼlim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4884-sonli qaror
ijrosini ta’minlash maqsadida ona tili va o‘qish
savodxonligi fani bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi “Uzluksiz taʼlim dasturlari” majmuasini
tayyorlashning maqsad va vazifalari belgilandi.
Ushbu vazifalarni amalga oshirishda
rivojlangan xorijiy davlatlarning o‘qitish tizimi va metodikalaridan foydalangan holda o‘quv
qo‘llanmalar va darsliklarni bugungi kunning innovatsion talablariga mos holda tayyorlash
talab etiladi. Barcha fanlarda bo'lganidek ona tili va o'qish savodxonligi fanida ham tubdan
o'zgarishlar sodir bo'ldi. Shuningdek, Prezidentimizning 2022-yil 28-yanvardagi “2022–2026
yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to'g'risida”gi PF-60-sonli
Farmonida ham ta’lim tizimini modernizatsiya qilish va shu orqali o'quvchi-yoshlarga sifatli
ta’lim berish, hamda yetuk va barkamol shaxs sifatida kamol topishlariga qaratilgan ustuvor
vazifalar belgilab berilgan. Shunday ekan, har bir fan yuzasidan o‘quvchilarga sifatli ta’lim
berish o‘qituvchilar oldidagi muhim vazifa hisoblanadi. Xususan, boshlang‘ich sinf ona tili va
o‘qish savodxonligi Milliy o‘quv dasturida o‘quvchilarda nutqiy kompetensiyani shakllantirish
belgilab qo‘yilgan bo‘lib, o‘quvchilarning nutqini o‘stirish fan oldidagi dolzarb vazifadir.
Metodikada, " Nutq o‘stirishda uch yo‘nalish aniq ajratiladi: 1) so‘z ustida ishlash; 2)
so‘z birikmasi va gap ustida ishlash; 3) bog‘lanishli nutq ustida ishlash ". Darslikda berilgan
badiiy asarlar asosida har uchala yo‘nalishga doir bo‘lgan mashq turlari orqali o‘quvchilar
152
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 5-SON , (YOʻITJ)
nutqini rivojlantirishga erishish mumkin. Boshlang‘ich sinfda o‘tiladigan badiiy asarlar ichida
hikoya va rivoyat janri nutq o‘stirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Hikoya va rivoyatda
qahramonlar xatti-harakati, tashqi ko‘rinishi, portret tasviri, qizg‘in voqea-hodisalar yuz
beradi. Bu esa o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otadi, fikrlashga undaydi. Bundan tashqari,
asar qahramonlarini, voqealar rivojini tasvirlash, qayta hikoya qilish, hikoya va rivoyatning
har bir elementi ustida turli xil mashqlar bajarish va uning asosiy mazmunini ochish kabilar
o‘quvchilar nutqiga sezilarli darajada ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Albatta, bu kabi ish turlarini
o‘qituvchi belgilaydi. Shuningdek, ularga eng samarali va zamonaviy ilg‘or pedagogik
texnologiyalarga asoslangan ish turlarini tanlash tavsiya etiladi.
Quyida boshlang‘ich sinf 3-sinf O‘qish savodxonligi 3-qism darsligida berilgan
“ Bog‘bon va
nihol ” rivoyati
misolida o‘quvchilar nutqini o‘stirishga qaratilgan ish turlaridan namunalar
keltiramiz.
Darsning yangi mavzu bayoni bosqichida:
- Rivoyat o‘qituvchi tomonidan 1 marta va ifodali o‘qiy oladigan o‘quvchi tomonidan yana 1
marta o‘qib eshittiriladi.
- Darslikda berilgan savollar orqali og‘zaki qayta hikoya qilinadi.
- Lug‘at ustida ishlanadi: tanbeh va tarvaqaylab so‘zlari izohi aytiladi.
Darsning yangi mavzuni mustahkamlash bosqichida esa
“ A4 metodi
”,
“Iplar o‘yini ”
o‘ynaladi.O‘quvchilardan og‘zaki hikoya qilib berish so‘raladi. Dam olish daqiqasi o‘tkaziladi.
“ Suv ichidan so‘zlarni top ”
o‘yini o‘ynaladi. So‘ng suvning ichidan topgan so‘zlari asosida reja
tuziladi.
Quyida darsda qo‘llaniladigan didaktik o‘yinlar mazmunini yoritib o‘tamiz:
1. A4 metodi
Aksariyat sinflarda o‘quvchilar 3 qator partada o‘tirishadi. Va har bir partada 2tadan
o‘quvchilar bo‘ladi. 6 dona listni olib, faqat birinchi partada o‘tirgan o‘quvchilarga 1tadan
berib chiqasiz. Ular o‘tilgan mavzu bo‘yicha eslarida qolgan jumla, atamalarni qisqa qilib
yozishlari kerak bo‘ladi. Oldinda o‘tirgan o‘quvchilar ma'lumot yozib, qog‘ozni orqasidagi
o‘quvchiga uzatadi. Ma'lumotlar takrorlanmasligi kerak. Shu tarzda har bir qator oxirigacha
jumlalar yozib boradi. Qaysi qator birinchi tugatsa, imtiyozli 1 ballga ega bo‘ladi.Oxirida
o‘tirgan o‘quvchilar doskaga chiqib A4 listda jamlangan ma'lumotlarni o‘qib beradi. Eng to‘g‘ri
informatsiyalar yozgan jamoa g‘olib hisoblanadi!
2. Iplar o‘yini
Rahbar davraning markazida, 1, 1.5 metr uzunlikdagi jun iplarni
o’rtasidan, uchlarini osiltirib ushlab turadi. Har bir ipning o‘rtasiga savol yozilgan
qog‘ozchalar biriktirilgan bo‘ladi. Har bir ishtirokchi (ularning soni juft bo’lishi lozim) ipning
bitta uchini ushlaydi. Keyin rahbar qo’lidagi iplarni qo’yib yuboradi. Bitta ipning ikki uchini
ushlab turgan o‘quvchilar ipni tayoqchaga o‘rab, markazga yetib kelishi kerak. Kim birinchi
yetib kelsa, o‘sha o‘quvchi savolga javob beradi va baholanadi.
3. Dam olish daqiqasi.Uch bo‘g‘inli o‘yin,
Bitta o‘quvchi sinfxonadan tashqariga chiqadi. Sinfxonadagi o‘quvchilar 3ta guruhga bo‘linadi.
O‘qituvchi 1ta so‘z aytadi va uni 3ta bo‘g‘inga bo‘ladi. O‘quvchi xonaga kiradi va Har bir qator
o‘ziga tushgan bo‘g‘inni birdan aytadi. O‘quvchi eshitib, so‘zni topishi kerak.
153
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 5-SON , (YOʻITJ)
4. Suv ichidan so‘zlarni topish o‘yini.
3ta baklashkalarga suv to‘ldiriladi. Baklashkalar ichiga so‘zlar yozilgan qog‘ozlar solinadi va
chayqatilib yuboriladi. O‘quvсhilar 3ta guruhga bo‘linadi va har bir guruhga baklashka beriladi.
Guruhlar baklashka ichidagi so‘zlarni o‘qib, qog‘ozga yozib olishi va ana shu so‘zlar asosida
hikoya uchun reja tuzishi lozim. Tuzilgan reja asosida bayon yozish uyga vazifa sifatida
beriladi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, badiiy matn orqali o‘quvchilarda mustaqil fikrlashga, fikrini
aniq, ravon, mantiqiy, tushunarli, til vositalari foydalangan va adabiy til me'yorlariga rioya
qilgan holda yetkazib berish ko‘nikmalari egallashlariga, umuman olib qaraganda nutqini
o‘stirishga erishiladi. O‘quvchilar nutqi o‘sishi uchun o‘qituvchidan ehtiyoj yaratish talab
etiladi, aynan shu ehtiyojni yaratishda esa o‘qituvchiga badiiy matnlar katta yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
1. O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim to‘g‘risidagi qonuni, 23.09.2020 yildagi O‘RQ-637-son
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Taʼlim-tarbiya tizimini
yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4884-sonli qarori
3. 2022-yil 28-yanvardagi “2022–2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning
Taraqqiyot strategiyasi to'g'risida”gi PF-60-sonli Farmoni
4. Milliy o‘quv dasturi 2022-y. 171-b. 8-b.
5. Safo Matchonov, X.Bakiyeva, X.G‘ulomova, Sh.Yo‘ldosheva, G. Xolboyeva. “Boshlang‘ich
sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi” darslik. T.: “Ishonchli hamkor”, 2021. 740 b. 633 b. 638 b.
683 b.
6. Aydarova U. ., Azizova N. O‘qish savodxonligi. Umumiy o'rta ta’lim maktablarining 3-sinfi
uchun darslik. Ill qism. / -Toshkent: “Novda Edutainment”, 2023. - 8 0 b. 55-bet