YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
25
XALQARO MOLIYAVIY INSTITUTLARNING RIVOJLANAYOTGAN
MAMLAKATLARDAGI ROLI
Odilbekov Shahbozbek Shuhratjon o‘g‘li
Ilmiy rahbar:
Andijon davlat texnika instituti
“Buxgalteriya hisobi va menejment” kafedrasi dotsenti, i.f.f.d (PhD)
Nurzodbekov Biloliddin Nurzodbek o‘g‘li
Andijon davlat texnika instituti Muhandislik
iqtisodiyoti va boshqaruv fakulteti Bank ishi va auditi 4-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15286006
Annotatsiya
: Ushbu maqola xalqaro moliyaviy institutlarning rivojlanayotgan
mamlakatlar iqtisodiyotiga ko‘rsatayotgan ta’sirini o`rganiladi. Jahon banki, Xalqaro valyuta
jamg‘armasi, Osiyo taraqqiyot banki va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kabi muhim
institutlar tomonidan ko‘rsatilayotgan moliyaviy va texnik yordam, infratuzilma rivoji,
islohotlar va xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash masalalari yoritiladi.
Kalit so‘zlar
: Jahon banki, XVJ, OTB, YTTB, islohotlar, investitsiyalar, infratuzilma,
iqtisodiy barqarorlik.
KIRISH
Mamlakatlarning rivojlanib borishiga ichki hamda tashqi omillar sabab bo‘lishi sir emas.
Ichki omillar qatoriga siyosiy barqarorlik, iqtisodiy boshqaruv, huquqiy tizimning
mustahkamligi va inson kapitaliga sarmoya kiritish kiradi. Tashqi omillar esa global bozor
tendensiyalari, xalqaro moliyaviy institutlarning ko‘magi, savdo sherikchiligi va xorijiy
investitsiyalar shaklida namoyon bo‘ladi.
Ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun tashqi omillar alohida ahamiyat kasb etadi.
Xalqaro moliyaviy institutlar — xususan, Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi (XVJ), Jahon banki,
Osiyo taraqqiyot banki va boshqa mintaqaviy moliyaviy tuzilmalar — infratuzilma, sog‘liqni
saqlash, ta’lim va moliyaviy barqarorlik sohalarida muhim yordam ko‘rsatadi.
Biroq, ichki imkoniyatlarni to‘g‘ri safarbar etmasdan turib, tashqi yordamning o‘zi
yetarli bo‘lmaydi. Mamlakat ichida korrupsiyaga qarshi samarali kurash, institutsional
islohotlar va xususiy sektor faoliyatini rag‘batlantirish orqali tashqi omillarning ijobiy ta’siri
yanada kuchaytiriladi.
O`zbekiston Respublikasi prezidentining bu borada qilayotgan salmoqli ishlari va
qaratayotgan e`tibori xalqaro moliya institutlarining ahamiyati yuqori darajada ekanligini
anglatadi. Misol uchun, Prezident 2025-yil 11-fevral kuni
“Xalqaro moliya institutlari
va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga
oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida
”gi qarorni imzoladi.
Qarorga ko‘ra, 2025-yilda xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya
tashkilotlari (XMI/XHMT) ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha quyidagi
maqsadli ko‘rsatkichlar belgilandi:
davlat kafolati ostida jalb qilinadigan kreditlar hisobidan belgilangan miqdoridagi
mablag‘larni o‘zlashtirish;
kafolatlanmagan kreditlar hisobidan belgilangan miqdoridagi mablag‘larni o‘zlashtirish;
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
26
belgilangan miqdoridagi istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish
imkoniyatlarini o‘rganish.
Xalqaro moliyaviy institutlar global iqtisodiyotda muhim rol o‘ynaydi.
Ular
moliyaviy yordam ko‘rsatish, iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirish va moliyaviy
barqarorlikni ta’minlash orqali bu vazifani bajaradilar. Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi (XVJ),
Jahon banki va mintaqaviy taraqqiyot banklari kabi institutlar iqtisodiy o‘sishni
tezlashtiruvchi omillar sifatida harakat qiladi hamda rivojlangan va rivojlanayotgan
mamlakatlarga yordam ko‘rsatadi.
Xalqaro moliyaviy institutlar — bu global iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, moliyaviy
yordam ko‘rsatish, rivojlanayotgan mamlakatlarni iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash va
ularning taraqqiyotini jadallashtirish maqsadida tuzilgan tashkilotlardir.
Ularning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat:
Moliyaviy yordam ko‘rsatish (kredit, grant, investitsiya shaklida);
Texnik yordam va maslahat berish;
Institutsional islohotlarni qo‘llab-quvvatlash;
Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash.
Jahon bankining ahamiyati.
Jahon banki infratuzilmaviy loyihalarni moliyalashtirish va
kambag‘allikni kamaytirish bo‘yicha keng ko‘lamli dasturlarni amalga oshiradi. Bu bank
yordamida rivojlanayotgan mamlakatlarda transport, energetika, suv ta’minoti kabi sohalarda
infratuzilma rivojlantirilmoqda. Bundan tashqari, Jahon banki ijtimoiy sohalarda — ta’lim,
sog‘liqni saqlash va bandlikni ta'minlashda ham muhim ahamiyatga ega loyihalarni
moliyalashtirib kelmoqda.
Jahon banki guruhining asosiy maqsadi rivojlanayotgan va iqtisodiyotiga o‘tish davrida
bo‘lgan davlatlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish hisoblanadi. Ushbu guruh tarkibiga kiruvchi
har bir institut o‘z resurslaridan mustaqil ravishda va o‘zladi belgilangan sharoitda
mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirishga hissa qo‘shadigan
investisiya loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha faoliyat olib boradi
.
Xalqaro tiklanish va
taraqqiyot banki (XTTB) Bretton-Vud konferensiyasi qaroriga asosan 1944 yilda tashkil
etilgan bank. Global rivojlanish tashkiloti bo‘lib, Jahon banki guruhining missiyasini qo‘llab-
quvvatlaydigan, o‘rtacha daromadli va eng past darajadagi daromadli mamlakatlarga
kreditlar, kafolatlar, xatarlarni boshqarish bo‘yicha mahsulotlar va maslahat xizmatlarini
taqdim etuvchi eng yirik bank hisoblanadi. Jahon banki guruhi vazifalari kengayishi bilan turli
vaqtda tashkil etilgan va funksional, tashkiliy va hududiy jihatdan birlashgan besh tashkilotni
o`z ichiga oladi, jumladan:
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB);
Xalqaro rivojlanish assosiasiyasi (XRA);
Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK);
Investisiyalarni kafolatlash bo`yicha ko`p tarmoqli agentlik (IKKA);
Investisiyaviy nizolarni hal qilish xalqaro markazi (INHXM).
Islom Taraqqiyot Banki (ITB)
1
1
Otabekovich B. O. XALQARO MOLIYA TASHKILOTLARI VA ULARNING JAHON IQTISODIYOTI
RIVOJLANISHIDAGI ROLI //PEDAGOGICAL SCIENCES AND TEACHING METHODS.
– 2024. – Т. 4. – №.
38.
– С. 81-85.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
27
Xalqaro Valyuta Jamg‘armasining iqtisodiy barqarorlikdagi roli
. XVJ moliyaviy
inqirozlarni bartaraf etish, tashqi qarzni boshqarish, to‘lov balansini muvozanatlash va
makroiqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha rivojlanayotgan mamlakatlarga
kreditlar ajratadi. Jamg‘armaning maslahatlari orqali davlatlar iqtisodiy siyosatini isloh qiladi,
monetar va fiskal siyosatda barqarorlikka erishadi.
Osiyo Taraqqiyot Banki va Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Bankining investitsiya siyosati
.
OTB va YT&T Banki Markaziy Osiyo, Janubiy Osiyo va Sharqiy Yevropa davlatlari
iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi uchun investitsiyalar jalb qilishga ko‘maklashadi.
Ayniqsa, energetika, transport infratuzilmasi va ekologiya sohalarida innovatsion va
zamonaviy texnologiyalarni joriy etish borasida muhim loyihalarni amalga oshirmoqda.
Shuningdek, Xalqaro moliyaviy institutlarning muhim vazifalaridan biri — iqtisodiy
qiyinchiliklarga duch kelayotgan mamlakatlarga moliyaviy yordam ko‘rsatishdir. Masalan,
Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi (XVJ) to‘lov balansi muammolari yoki moliyaviy inqiroz
holatlarida a’zo davlatlarga moliyaviy ko‘mak beradi. Bunday yordam iqtisodiyotni
barqarorlashtirish va sarmoyadorlarning ishonchini tiklashga xizmat qiladi, bu esa iqtisodiy
o‘sish uchun nihoyatda muhimdir.
Xalqaro moliyaviy institutlarning yana bir vazifasi — iqtisodiy rivojlanishni
rag‘batlantirishdir. Ular infratuzilma loyihalarini, ta’lim dasturlarini va kambag`allikni
kamaytirish tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash uchun kreditlar va texnik yordam ajratadilar.
Ana shunday yo‘nalishlarga sarmoya kiritish orqali ular yangi ish o‘rinlari yaratishga, aholi
turmush darajasini yaxshilashga va iqtisodiy farovonlikni oshirishga ko‘maklashadi.
Xalqaro moliyaviy institutlar moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda ham muhim rol
o‘ynaydi. Ular global iqtisodiy tendensiyalarni kuzatib boradi, davlatlarga siyosiy tavsiyalar
beradi va sog‘lom makroiqtisodiy siyosat yuritishga ko‘maklashadi. Bu kabi faol yondashuv
moliyaviy inqirozlarning oldini olishga, iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashga va uzoq
muddatli rivojlanishni ta’minlashga xizmat qiladi. Iqtisodiy yoki moliyaviy inqiroz paytida
xalqaro moliyaviy institutlar mamlakatlarga eng so‘nggi imkon sifatida yordam qo‘lini
cho‘zadi. Ular to‘lov balansida muammo bo‘layotgan davlatlarga moliyaviy ko‘mak beradi.
Masalan, Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi (XVJ) o‘z a’zolariga qisqa va o‘rta muddatli kreditlar
ajratib, iqtisodiyotni barqarorlashtirish va moliya bozorlariga ishonchni qaytarishga yordam
beradi. Bunday yordam dasturlari odatda inqiroz sabablarini bartaraf etish va kelajakda
barqarorlikni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan islohotlarni o‘z ichiga oladi.
Xalqaro moliyaviy institutlar mamlakatlarga iqtisodiy siyosatni to‘g‘ri ishlab chiqish va
amalga oshirishda ko‘maklashadi. Masalan, Jahon banki texnik yordam ko‘rsatadi, tajriba va
bilim almashadi hamda turli o‘quv dasturlarini tashkil etadi. Shu orqali ular davlatlarning
boshqaruv tizimini mustahkamlaydi, iqtisodiy zarbalarga tayyor turishiga yordam beradi va
barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlaydi.
Hozirgi kunda Islom moliyasi ham barcha davlatlar kirib kelmoqda. Misol uchun,
Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi 1999 yilda
tashkil etilgan
bo‘lib, xususiy sektorga moliyaviy xizmatlarni taqdim qiladi. U global hamkorlik platformasida
kredit liniyalari, maslahatlar, aktivlarni boshqarish, investisiyaviy bitimlar va boshqa
operatsiyalarni amalga oshirish uchun strategik hamkorlikni ta'minlaydi. Moliyalashtirish
usullari quyidagilarni o‘z ichiga oladi, jumladan: kapital va foyda olishda ishtirok etish, lizing,
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
28
qisman qayta sotish va boshqalar.
1999 yilda asos solingan Xalqaro Islom savdo va moliya
korporatsiyasi
esa Islom taraqqiyot bankining avtonom bo‘linmasi hisoblanadi. Uning asosiy
vazifasi butun Islom dunyosidagi odamlarning iqtisodiy ahvoli va turmush tarzini yaxshilash
maqsadida savdoni rivojlantirish dan iborat.
Islom taraqqiyot banki (ITB) -
islomiy
moliyalashtirishga yo‘naltirilgan ko‘p tomonlama rivojlanish banki 1975 yilda tashkil topgan.
U a'zo mamlakatlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish loyihalarini moliyalashtiradi. Bank
shariat qonunlari va tamoyillariga asoslanib, a'zo davlatlar va butun dunyo musulmon
jamoalarida ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash orqali o‘z faoliyatini amalga
oshiradi.
Xulosa qilib aytganda, xalqaro moliyaviy institutlar global moliyaviy makonni
shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Ular kredit dasturlari va texnik yordam orqali iqtisodiy
o‘sishni rag‘batlantiradi, qashshoqlikni kamaytiradi va moliyaviy barqarorlikni ta’minlaydi.
Ularning global iqtisodiyotdagi ta’siri keng ko‘lamli bo‘lib, xalqaro savdo, investitsiyalar va
moliyaviy inklyuziyani rivojlantirishdagi o‘rni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror
Rivojlanish Maqsadlariga erishishda nihoyatda muhim hisoblanadi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Yovqochev, S. (2023). XALQARO MOLIYA INSTITUTLARI VA OʻZBEKISTON
RESPUBLIKASI
OʻRTASIDAGI
IQTISODIY
MUNOSABATLARNING
INSTITUTSIONAL
JIHATLARINI TAKOMILLASHTIRISH YOʻLLARI.
Приоритетные направления, современные
тенденции и перспективы развития финансового рынка
, 49–51
2.
Гюльалиев М.Г. Деятельность международных финансовых институтов в условиях
глобализации // Вестник экономики, права и социологии, №. 2, 2013, -С.53. 5. Юлдашев
Р.
3.
Повышение эффективности сотрудничества Республики Узбекистан с
международными финансовыми институтами: Дис. канд. наук; Экономические науки;
08.00.09 / МИД РУз Университет мировой экономики и дипломатии. –Т.:2004. –132 с.
4.
https://limbd.org/role-of-international-financial-institutions-in-global-financial-
stability/#google_vignette