Авторы

  • Shahbozbek Odilbekov
    Ilmiy rahbar: Andijon davlat texnika instituti “Buxgalteriya hisobi va menejment” kafedrasi dotsenti, i.f.f.d (PhD)
  • Biloliddin Nurzodbekov
    Andijon davlat texnika instituti Muhandislik iqtisodiyoti va boshqaruv fakulteti Bank ishi va auditi 4-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.81528

Ключевые слова:

xalqaro moliyaviy institutlar investitsiya kredit liniyalari iqtisodiy barqarorlik IMF.

Аннотация

Ushbu maqolada xalqaro moliyaviy institutlarning tijorat banklari bilan o‘zaro aloqalari, hamkorlik shakllari va bu munosabatlarning iqtisodiy rivojlanishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Xalqaro moliyaviy institutlarning tijorat banklariga kiritgan investitsiyalari orqali mamlakatlarning bank tizimlari barqarorligini mustahkamlash va real sektorni kreditlash imkoniyatlarini kengaytirishdagi o‘rni yoritiladi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

22

XALQARO MOLIYAVIY INSTITUTLAR VA TIJORAT BANKLARINING O‘ZARO

ALOQALARI

Odilbekov Shahbozbek Shuhratjon o‘g‘li

Ilmiy rahbar:

Andijon davlat texnika instituti

“Buxgalteriya hisobi va menejment” kafedrasi dotsenti, i.f.f.d (PhD)

Nurzodbekov Biloliddin Nurzodbek o‘g‘li

Andijon davlat texnika instituti Muhandislik

iqtisodiyoti va boshqaruv fakulteti Bank ishi va auditi 4-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15285989

Annotatsiya

: Ushbu maqolada xalqaro moliyaviy institutlarning tijorat banklari bilan

o‘zaro aloqalari, hamkorlik shakllari va bu munosabatlarning iqtisodiy rivojlanishdagi
ahamiyati tahlil qilinadi. Xalqaro moliyaviy institutlarning tijorat banklariga kiritgan
investitsiyalari orqali mamlakatlarning bank tizimlari barqarorligini mustahkamlash va real
sektorni kreditlash imkoniyatlarini kengaytirishdagi o‘rni yoritiladi.

Kalit so‘zlar:

xalqaro moliyaviy institutlar, investitsiya, kredit liniyalari, iqtisodiy

barqarorlik, IMF.

Аннотация:

В

данной

статье

рассматриваются

взаимосвязи

между

международными финансовыми институтами и коммерческими банками, формы их
сотрудничества и значение этих отношений для экономического развития. Освещается
роль международных финансовых институтов в укреплении стабильности банковской
системы и расширении возможностей кредитования реального сектора экономики за
счёт инвестиций

Ключевые слова:

международные финансовые институты, инвестиции,

кредитные линии, экономическая стабильность, МВФ.


Xalqaro moliyaviy institutlar va tijorat banklarining o‘zaro aloqalari mamlakat

iqtisodiyotida muhim o‘rin tutadi. Ularning hamkorligi, asosan, iqtisodiy barqarorlikni
saqlash, bank tizimini mustahkamlash va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga qaratilgan.
Xalqaro moliyaviy institutlar, masalan, Jahon Banki, Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi, Osiyo
Taraqqiyot Banki va Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki, tijorat banklariga turli
investitsiyalar, kredit liniyalari, grantlar va texnik yordam ko‘rsatish orqali rivojlanayotgan
mamlakatlarda bank tizimining barqarorligini oshiradi. O‘zbekistonda ham xalqaro moliyaviy
institutlar tomonidan tijorat banklariga ko‘rsatilgan moliyaviy yordam va investitsiyalar
mamlakatning iqtisodiy o‘sishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Misol uchun, birgina 2025-yilda
O‘zbekistonga xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan $5,2 mlrdlik ishlar bajarilishi
rejalashtirilgan. Unga kora, joriy yilda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan $1,1 mlrd,
Islom taraqqiyot banki bilan esa $1 mlrdlik loyihalarni amalga oshirish belgilangan.
Shuningdek, Oxirgi yillarda mamlakatimizda 60 milliard dollardan ziyod xorijiy
investitsiyalar o‘zlashtirildi. Xalqaro moliya institutlarining 14 milliard dollardan ortiq
mablag‘lari ijtimoiy va infratuzilma sohalariga jalb qilindi.O`tgan 2023-yilda, Shavkat
Mirziyoyev “Asakabank” va “O‘zsanoatqurilishbank” kapitaliga xorijiy investitsiyalar jalb etish
bo‘yicha taqdimot bilan tanishgan edi va 2023-yil davomida “O‘zsanoatqurilishbank”
kapitaliga

$125

mln

, “Asakabank"ka

$100 mln

mablag‘ jalb qilinishi ko‘zda tutilgan edi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

23

Buning natijasida, banklarning operatsion faoliyatida dasturiy IT mahsulotlar va 100 dan
ziyod yangi bank xizmat turlari joriy etilishi, natijada 2027-yil oxiri bo‘yicha
“O‘zsanoatqurilishbank” daromadi 1,61 baravar, kredit portfeli 1,74 baravarga oshishi ko‘zda
tutilgan. “Asakabank"da depozitlar 1,71 baravar, bank aktivlarining hajmi esa 1,72 oshishi
belgilangan.

Qayd etilish mumkinki,so`nggi yillarda bu va boshqa O‘zbekiston banklariga xalqaro

moliya bozorlarida ishonch va ular faoliyatida qatnashish uchun xorijiy investor
va hamkorlarning qiziqishi ortdi.

Xalqaro moliya institutlarining ro`li esa quyidagicha:

1. Moliyaviy resurslar bilan ta’minlash

Xalqaro moliyaviy institutlar tijorat banklariga uzoq muddatli, qulay foiz stavkalarida

kreditlar, kredit liniyalari va investitsiyalar taqdim etadi. Buning asosiy maqsadi tijorat
banklarining likvidligini oshirish va bank tizimining barqarorligini ta’minlashdir. Xalqaro
moliyaviy institutlar tijorat banklariga kiritilgan mablag‘lar orqali iqtisodiyotning turli
sohalariga, masalan, kichik va o‘rta biznesga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Shu tarzda, bu investitsiyalar real sektorni rivojlantirishga va yangi ish o‘rinlari yaratishga
hissa qo‘shadi. Masalan, O‘zbekistonda Jahon Banki tomonidan tijorat banklariga berilgan
kreditlar kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, bu mamlakat
iqtisodiyotining diversifikatsiyasiga yordam bermoqda. Shuningdek, Xalqaro valyuta
jamg’armasi va Osiyo Taraqqiyot Banki tomonidan taqdim etilgan investitsiyalar
rivojlanayotgan mamlakatlarda inflyatsiya darajasini kamaytirish va milliy valyutani
mustahkamlashga yordam beradi.

2. Bank tizimining islohoti va texnik yordam

Xalqaro moliyaviy institutlar tijorat banklarining boshqaruv tizimlarini isloh qilishda,

zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishda va yangi moliyaviy mahsulotlarni ishlab
chiqishda yordam beradi. Masalan, tijorat banklari risklarni boshqarish, kredit siyosatini
shakllantirish va moliyaviy mahsulotlar bo‘yicha xizmatlarni optimallashtirish uchun xalqaro
tashkilotlar tomonidan taklif etilayotgan texnik yordam va maslahatlarni olishadi.

Jahon Banki va boshqa moliya insituttlari, nafaqat moliyaviy resurslar, balki amaliy

maslahatlar va ta’lim dasturlari orqali bank tizimlarini yangilash va ularni global standarti
bo‘yicha rivojlantirishga yordam beradi. Shunday qilib, xalqaro moliyaviy institutlar
mamlakatlardagi tijorat banklariga malakali kadrlar tayyorlashda, moliyaviy risklarni
boshqarish usullarini takomillashtirishda, shuningdek, raqamli transformatsiyani amalga
oshirishda muhim rol o‘ynaydi.

3. Investitsion loyihalar va iqtisodiy islohotlar

Xalqaro

moliyaviy

institutlar

tijorat

banklariga

investitsion

loyihalarni

moliyalashtirishda va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda faol ishtirok etadi. Banklar bu
orqali yirik infrastruktura loyihalarini amalga oshirishi, yangi iqtisodiy sohalarga investitsiya
kiritishlari mumkin. Xalqaro moliyaviy institutlar, shuningdek, innovatsion va ekologik
barqaror investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash orqali mamlakatlarning iqtisodiy o‘sishiga turtki
beradi. Masalan, qayta tiklanadigan energiya manbalariga va yashil iqtisodiyotga
investitsiyalarni jalb qilishda XMI muhim rol o‘ynaydi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

24

Shuningdek, Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi va Jahon Banki tomonidan taqdim etilgan

texnik yordam va mablag‘lar orqali O‘zbekiston kabi rivojlanayotgan mamlakatlar o‘zlarining
iqtisodiy tizimlarini global bozorga mos ravishda shakllantirishga imkoniyat yaratadi. Ushbu
investitsiyalar banklar va moliya sektorini modernizatsiya qilishda, yangi texnologiyalarni
joriy etishda, va moliya institutlarining ishonchliligini oshirishda muhim vositadir.

4. Samarali risklarni boshqarish

Xalqaro moliyaviy institutlar tijorat banklariga samarali risklarni boshqarish

mexanizmlarini taqdim etadi. XMI ko‘pincha kredit berish jarayonlarida risklarni kamaytirish
uchun innovatsion usullar va vositalarni joriy etadi. Bu esa banklarning o‘z mablag‘larini
samarali boshqarish, resurslarni tejash va moliyaviy barqarorlikni ta'minlashda yordam
beradi.

Xalqaro moliyaviy institutlar yordamida amalga oshiriladigan risklarni boshqarishning

asosiy maqsadi, banklar tizimining mustahkamlanishidir. Bu o‘z navbatida, iqtisodiy o‘sishni
qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi, chunki bank tizimining ishonchli bo‘lishi, xalqaro va milliy
investitsiyalarni jalb qilishning muhim omilidir.

Tijorat banklariga kiritilgan investitsiyalar banklarning samaradorligini oshiradi va

ularning yaxshiroq, sifatliroq xizmat ko`rsatishga yangi xizmat turlarini yaratishga zamin
yaratadi. Tijorat banklarining yaxshi ishlashi davlatning rivojlanishiga yordam beradi.

Xulosa qilganda, Xalqaro moliyaviy institutlarning tijorat banklariga ko‘rsatayotgan

ko‘magi, nafaqat moliyaviy resurslar, balki iqtisodiy islohotlar va samarali boshqaruv
tizimlarini o‘rnatish, moliya tizimini modernizatsiya qilish kabi uzoq muddatli iqtisodiy
foydalar keltiradi. Bu hamkorlik, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun iqtisodiy barqarorlikni
ta’minlashda muhim vosita hisoblanadi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 11.02.2025 yildagi PQ-51-son.

2.

https://uba.uz/uz/about/international-cooperation/

3.

Gukevych, S. (2012). Investment: theory and practice. Poland, Volumina. PL Daniel

Krzanowski

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 11.02.2025 yildagi PQ-51-son.

Gukevych, S. (2012). Investment: theory and practice. Poland, Volumina. PL Daniel Krzanowski

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)