YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
140
TA’LIM JARAYONIDA INTERFAOL METODLARNI QO‘LLASH
Bozarov Azamatjon Qosimjonovich
Andijon viloyati Pedagogik mahorat markazi,
Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi,
https://doi.org/10.5281/zenodo.15421238
Annotatsiya:
Mazkur maqolada ta’lim jarayonida intrfaol usullarni qo`llash hamda
yangi interfaol metodlardan biri haqida yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
ta’lim, tarbiya, muammo, dars, sinf, ta’lim oluvchi, pedagog, “Aqliy hujum”
metodi.
Kirish
. Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o‘qitishning zamonaviy metodlari keng
qo‘llanilmoqda. O‘qitishning zamonaviy metodlarini qo‘llash o‘qitish jarayonida yuqori
samaradorlikka erishishga olib keladi. Ta’lim metodlarini tanlashda har bir darsning didaktik
vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq sanaladi.
An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli-tuman ta’lim oluvchilar
faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish
darajasining ko‘tarilishiga olib keladi. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi,
ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida
faolligi muttasil rag‘batlantirilib turilishi, o‘quv materialini kichik-kichik bo‘laklarga bo‘lib,
ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara,
muammoli vaziyat, yo‘naltiruvchi matn, loyiha, rolli o‘yinlar kabi metodlarni qo‘llash va ta’lim
oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi.
Bu metodlarni interfaol yoki interaktiv metodlar deb ham atashadi. Interfaol metodlar
deganda - ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim
jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo‘lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar
qo‘llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta’lim oluvchi
butun jarayon davomida ishtirok etadi. Ta’lim oluvchi markazda bo‘lgan yondoshuvning
foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
- ta’lim samarasi yuqoriroq bo‘lgan o‘qish-o‘rganish;
- ta’lim oluvchining yuqori darajada rag‘batlantirilishi;
- ilgari orttirilgan bilimning ham e’tiborga olinishi;
- o‘qish shiddatini ta’lim oluvchining ehtiyojiga muvofiqlashtirilishi;
- ta’lim oluvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining qo‘llab-quvvatlanishi;
- amalda bajarish orqali o‘rganilishi;
- ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi.
“Aqliy hujum” metodi
- biror muammo bo‘yicha ta’lim oluvchilar tomonidan bildirilgan
erkin fikr va mulohazalarni to‘plab, ular orqali ma’lum bir yechimga kelinadigan metoddir.
“Aqliy hujum” metodining yozma va og‘zaki shakllari mavjud. Og‘zaki shaklida ta’lim beruvchi
tomonidan berilgan savolga ta’lim oluvchilarning har biri o‘z fikrini og‘zaki bildiradi. Ta’lim
oluvchilar o‘z javoblarini aniq va qisqa tarzda bayon etadilar. Yozma shaklida esa berilgan
savolga ta’lim oluvchilar o‘z javoblarini qog‘oz kartochkalarga qisqa va barchaga ko‘rinarli
tarzda yozadilar. Javoblar doskaga (magnitlar yordamida) yoki «pinbord» doskasiga (ignalar
yordamida) mahkamlanadi. “Aqliy hujum” metodining yozma shaklida javoblarni ma’lum
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
141
belgilar bo‘yicha guruhlab chiqish imkoniyati mavjuddir. Ushbu metod to‘g‘ri va ijobiy
qo‘llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga o‘rgatadi.
“Aqliy hujum” metodidan foydalanilganda ta’lim oluvchilarning barchasini jalb etish
imkoniyati bo‘ladi, shu jumladan ta’lim oluvchilarda muloqot qilish va munozara olib borish
madaniyati shakllanadi. Ta’lim oluvchilar o‘z fikrini faqat og‘zaki emas, balki yozma ravishda
bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko‘nikmasi rivojlanadi. Bildirilgan
fikrlar baholanmasligi ta’lim oluvchilarda turli g‘oyalar shakllanishiga olib keladi. Bu metod
ta’lim oluvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi.
“Aqliy hujum” metodi ta’lim beruvchi tomonidan qo‘yilgan maqsadga qarab amalga
oshiriladi:
1. Ta’lim oluvchilarning boshlang‘ich bilimlarini aniqlash maqsad qilib qo‘yilganda, bu
metod darsning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi.
2. Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan bog‘lash maqsad qilib
qo‘yilganda –yangi mavzuga o‘tish qismida amalga oshiriladi.
3. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib qo‘yilganda-mavzudan so‘ng, darsning
mustahkamlash qismida amalga oshiriladi.
“Aqliy hujum” metodini qo‘llashdagi asosiy qoidalar:
1.
Bildirilgan fikr-g‘oyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi.
2.
Bildirilgan har qanday fikr-g‘oyalar, ular hatto to‘g‘ri bo‘lmasa ham inobatga olinadi.
3.
Har bir ta’lim oluvchi qatnashishi shart.
“Aqliy hujum” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:
1.
Ta’lim oluvchilarga savol tashlanadi va ularga shu savol bo‘yicha o‘z javoblarini (fikr,
g‘oya va mulohaza) bildirishlarini so‘raladi;
2.
Ta’lim oluvchilar savol bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishadi;
3.
Ta’lim oluvchilarning fikr-g‘oyalari (magnitafonga, videotasmaga, rangli qog‘ozlarga yoki
doskaga) to‘planadi;
4.
Fikr-g‘oyalar ma’lum belgilar bo‘yicha guruhlanadi;
5.
Yuqorida qo‘yilgan savolga aniq va to‘g‘ri javob tanlab olinadi.
“Aqliy hujum” metodining afzalliklari:
natijalar baholanmasligi ta’lim oluvchilarda turli fikr-g‘oyalarning shakllanishiga olib
keladi;
ta’lim oluvchilarning barchasi ishtirok etadi;
fikr-g‘oyalar vizuallashtirilib boriladi;
ta’lim oluvchilarning boshlang‘ich bilimlarini tekshirib ko‘rish imkoniyati mavjud;
ta’lim oluvchilarda mavzuga qiziqish uyg‘otadi.
“Aqliy hujum” metodining kamchiliklari:
ta’lim beruvchi tomonidan savolni to‘g‘ri qo‘ya olmaslik;
ta’lim beruvchidan yuqori darajada eshitish qobiliyatining talab etilishi.
Xulosa.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, ta’lim jarayonida o‘qitishning zamonaviy
metodlari keng qo‘llash bugunning talabi hisoblanmoqda. O‘qitishning zamonaviy metodlarini
qo‘llash o‘qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Ta’lim metodlarini
tanlashda har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash kerak.
References:
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
142
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
“Yangi O‘zbekiston strategiyasi 2022-2026” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-
60-son Farmoni Lex.uz. 2022.
2.
Sh. Mirziyoyev. Xalqimizning roziligi faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir.2-jild. –T.:
“O‘zbekiston” 2018.
3.
Yoshlarda
huquqiy
madaniyatni
shaklantirish
yo‘lida
ilg‘or
pedagogik
texnologiyalarning ahamiyati. (2025). Zamonaviy ilm-fan va innovatsiyalar nazariyasi , 2(1),
16-18.