YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
137
O‘ZBEKISTONDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHNING ZAMONAVIY
YONDASHUVLARI
Bozarov Azamatjon Qosimjonovich
Andijon viloyati Pedagogik mahorat markazi,
Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi,
https://doi.org/10.5281/zenodo.15421226
Annotatsiya:
Ushbu maqolada korrupsiya tushunchasi mazmuni, mamlakatimizda
korrupsiyaga qarshi kurashishda amalga oshirilayotgan ishlar, poraxo’rlik, mansab
vakolatidan foydalanib pora olish haqida fikrlar ifodalangan.
Kalit so’zlar:
korrupsiya, pora, korrupsiyaga qarshi kurashish, poraxo’rlik.
Korrupsiya – eng yomon illat. Hozirgi kunda, butun dunyo davlatlari oldida korrupsiya
davlat va jamiyatni cho’ktiruvchi, davlatlarning ijtimoiy, iqtisodiy, manaviy, siyosiy
yuksalishiga salbiy ta’sir etuvchi jirkanch kasalik sifatida e’lon qilingan.
O’zbekiston mustaqillikka erishgach, korrupsiga qarshi kurashish bo’yicha yetarlicha
ishlar qilmadi, faqatgina davlat xalqaro tashkilotlar va xalqaro konvenisyalarni qabul qilish va
ularga qo’shilish bilan cheklanib qoldi. Korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish
uchun xalqaro tajribalar ularning korrupsiyaga qarshi kurashish tizimlari, yo’nalishlari
o’rganilmadi. Samarali ishlar, mexanizmlar, qonuniy asoslar ishlab chiqilmadi.
Shavkat Mirziyoyev prezidentlikka saylanganidan so‘ng, korrupsiyaga qarshi kurash
borasida bir qator qonun va normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, ushbu muammoga
qarshi tizimli choralar ko‘rila boshlandi. Xususan, 2017-yil 3-yanvarda qabul qilingan
"Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi 419-sonli qonun ushbu illatga qarshi
kurashishning huquqiy asoslarini belgilab berdi.
Ushbu qonunning 3-moddasiga ko’ra korrupsiya tushunchasiga quyidagicha ta’rif
berilgan.
korrupsiya
— shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini
yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida
qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda
taqdim etish.
Qonunning ijrosini samarali amalga oshirish, Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini
yanada takomillashtirish maqsadida, 2020-yil 29-iyunda O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining PF-6013-sonli farmoni hamda PQ-4761-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu
hujjatlar asosida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy agentligi tashkil etilib, unga sohaga oid
davlat siyosatini amalga oshirish va nazoratni kuchaytirish vazifasi yuklatildi.
Korrupsiya- shaxsning o’z mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud
o’zga shaxslarning manfaatlarini ko’zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga
xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim
etish.[3].
Korrupsiyaning asosan uchta turi mavjud:
-Mаishiy korrupsiya. Davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida fuqarolar va davlat
xizmatchilari oʻrtasida vujudga keladigan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik.
-Biznesdаgi korrupsiya. Ushbu turga tadbirkorlar va davlat xizmatchilari oʻrtasida
vujudga keladigan munosabatlardagi korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar kiradi.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
138
-Hokimiyatdаgi korrupsiya. Bu turga davlat hokimiyat organlarida mansabdor shaxslar
tomonidan sodir qilinadigan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik kiradi.
Jamiyatda mavjud bu illatga qarshi kurashuvchi milliy va jahon tashkilotlari mavjud.
Yurtimizda quyidagi davlat organlari korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini amalga
oshiradi:
-Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi;
-Bosh prokuratura;
-Davlat xavfsizlik xizmati;
-Ichki ishlar vazirligi;
-Adliya vazirligi;
-Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashishdagi davlat organi hisoblanadi. Agentlik 2020-
yil 29-iyunda tashkil topgan. Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida
davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish masʼul boʻlgan maxsus vakolatli davlat
organi hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga boʻysunadi va O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi palatalari oldida hisobdor. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan saylanadigan
direktor tomonidan boshqariladi.[6].
Xulosa.
Shuki, olib borayotgan ishlarga qaramay, bu illat yo‘qolmayotganiga guvoh
bo‘lyapmiz. Shuning uchun ham, har birimiz halol mehnat qilishimiz, o‘z bilim, kuch-
g‘ayratimizni ishga solib davlat organlari bilan hamkorlikda ish olib borishimiz kerak.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi. Rasmiy nashr. – Toshkent, “O‘zbekiston”, 2023
yil. -80 b.
2.
“Yangi O‘zbekiston strategiyasi 2022-2026” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-
60-son Farmoni Lex.uz. 2022.
3.
O‘zbekiston Respublikasining qonuni. Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida.
Toshkent sh., 2017-yil 3-yanvar, O‘RQ-419-son.34-modda.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. O‘zbekiston Respublikasida
korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida. 29.06.2020 yildagi PF-6013-son]
5.
Sh. Mirziyoyev. Xalqimizning roziligi faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir.2-jild. –
T. : “O‘zbekiston” 2018.
6.
7.
https://kun.uz
8.
https://innoworld.net/index.php/zifin/article/view/122
9.
Yoshlarda
huquqiy
madaniyatni
shaklantirish
yo‘lida
ilg‘or
pedagogik
texnologiyalarning ahamiyati. (2025). Zamonaviy ilm-fan va innovatsiyalar nazariyasi , 2(1),
16-18.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
139
10.
Yoshlarni umuminsoniy prinsiplar asosida tarbiyalashda Navoiy merosining o‘rni.
(2025). Zamonaviy
ilm-fan
va
innovatsiyalar
nazariyasi , 2(1),
https://innoworld.net/index.php/zifin/article/view/249
11.
Ilm
fan
yangiliklari
konferensiyasi.
-Andijon-2024,