Mualliflar

  • Yakubova Sitora Sharifovna

Muallif biografiyasi

  • Yakubova Sitora Sharifovna

    BMTI akademik litseyi yetakchi o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.90783

Kalit so‘zlar:

Kalit so`zlar: Ta’lim tizimi ta’lim turlari diniy maktab individual ta’lim hamkorlikda o`qitish sun`iy intellekt.

Annotasiya

Annotatsiya: Mazkur maqolada bugungi kunda rivojlangan davlatlarning ta’lim tizimi bo`yicha ilg‘or tajribalar tahlil etilgan. Ta'lim tizimining uzviyligi va uzluksizligi, ta'lim sohasidagi yangiliklar batafsil bayon qilingan. Unda, jumladan, Janubiy Koreya, Germaniya davlati ta’lim jarayonining integratsion xususiyatlari, yo`nalishlari  haqida fikr yuritilgan.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

16-to’plam 2-son fevral 2025

268

RIVOJLANGAN MAMLAKATLAR TA’LIM TIZIMINING O‘ZIGA

XOSLIKLARI

Yakubova Sitora Sharifovna

BMTI akademik litseyi yetakchi o’qituvchisi

Annotatsiya: Mazkur maqolada bugungi kunda rivojlangan davlatlarning

ta’lim tizimi bo`yicha ilg‘or tajribalar tahlil etilgan. Ta'lim tizimining uzviyligi va

uzluksizligi, ta'lim sohasidagi yangiliklar batafsil bayon qilingan. Unda, jumladan,

Janubiy Koreya, Germaniya davlati ta’lim jarayonining integratsion xususiyatlari,

yo`nalishlari haqida fikr yuritilgan.

Kalit so`zlar: Ta’lim tizimi, ta’lim turlari, diniy maktab, individual ta’lim,

hamkorlikda o`qitish, sun`iy intellekt.

Taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan

kuch ham ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir. Muvaffaqiyat asosini ham eng avvalo ilm,

ta’lim va tarbiya tashkil etadi. Chunki, ilm-fanga suyangan davlat hech qachon

yutqazmaydi. Ta’lim sohasi kuchli davlatlar uchun tayanch bo‘lgan barkamol

avlodni yetkazib beradi.

Shu sababli ham nafaqat O‘zbekiston balki,butun dunyo mamlakatlarida ta’lim

sohasiga juda katta e’tibor qaratiladi va bu soha uchun juda aktta mablag‘ ajratiladi.

Butun dunyo bo‘ylab bu soha bo‘yicha ko‘plab tizimlar tashkil etilgan bo‘lsada,

ularning ko‘plari yaxshi natija bermayapti. Ammo ular orasida juda yaxshi natija

ko‘rsatayotgan, o‘zini har tomonlama oqlayotgan va boshqa mamlakatlar namuna

olayotgan ta’lim tizimlari ham mavjud. Masalan, Yaponiya talim tizimi, Amerika

ta’lim tizimi, Germaniya ta’lim tizimi, Janubiy Koreya ta’lim tizimi va boshqalar.

Janubiy Koreyada ta’lim to‘g‘risidagi Qonun 1948-yilda qabul qilingan.[1]

Janubiy Koreyada ta’lim raqobatbatdosh ta’lim tizimi hisoblanib, bu ilg’or

texnologiyalarni joriy etish, ta’lim olishning arzonligi, talab yuqori bo’lgani va

istiqbolli mutaxassisliklar olish imkoniyati bilan ajaralib turadi. Koreya ta’lim


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

16-to’plam 2-son fevral 2025

269

tizimiga asos qilib an’anaviy g’arb modeli olingan bo‘lib, quyidagi bosqichlardan

ibora:

1.Olti yillik boshlang‘ich maktab;

2.Uch yillik o‘rta maktab;

3.Uch yillik yuqori maktab ;

4.To’rt yillik kollej yoki universitet;

5. Ikki yil chuqur o’rganiladigan magistratura;

6.Uch yillik oliy ta’limdan keyingi ta’lim va boshqalar.[2]

Janubiy Koreya maktablarida o‘quv yili ikki semestrdan iborat bo‘lib, birinchi

semestr mart oyidan avgustgacha, ikkinchi semestr sentyabrdan fevral oyigacha

davom etadi. Ikkita ta’til bor: yozda iyuldan avgustgacha va qishda dekabrdan

fevralgacha.

Koreyada bolalar olti yoshdan maktabga chiqishadi.Boshlang‘ich maktabda

sinflarning tig‘izligini kuzatish mumkin. Ya’ni, har sinfda 50 nafargacha bola

o‘qiydi. Boshlang’ich maktabda dars 40 minut davom etadi va o‘quvchilarga 9 ta

fan o‘qitiladi. Koreys tilini o‘rganishga alohida e’tibor berilad,arifmetika, ayrim

ijtimoiy fanlar ham o‘qitiladi. O‘quvchilar dam olishi uchun turli o‘yinlar va dam

olish vaqtlari o‘quv dasturiga kiritilgan.[3]

O’rta maktabda esa darslar 45 minut bo‘lib, fanlar yana 4 taga ko‘paytirilgan.

7-sinfdan boshlab o‘quvchilarga chet tillar o‘rgatiladi. Ayniqsa, mamlakatda ingliz

tiliga e’tibor kuchli. Ko‘pchilik bu tilda bemalol muloqot qila oladi. Chet tillarni

o‘qitishga haftasiga 4-5 soat ajratilgan. Koreyslar klassik xitoy tilini majburiy

ravishda o‘rganadilar. 8-sinfdan boshlab Xitoy tarixini o‘rganishni boshlaydilar.

Yuqori maktabda darsning davomiyligi 50 minutga teng. Bu yerda ikki muhim

jihatga to’xtalib o’tish zarur, yani, yuqori maktabga albatta, kirish imtihonlari

topshirib kiriladi va o’qishlar ham pullik.

Koreyada hunar o‘rgatish maktablari ham mavjud bo‘lib, bu maktablarning 45

foizi bo’lajak mulkdorlarni tayyorlaydi, 23 foizida texnik kasb egalari yetishib

chiqadi.

Qolgan maktablarda

dengizchilik, qishloq xo’jalik ixtisoslari

o’zlashtiriladi.Shunisi diqqatga sazovorki, bu maktablarga korxonalar homiylik


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

16-to’plam 2-son fevral 2025

270

qiladi. Bu esa “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunda belgilab qo‘yilgan.[4]

Koreyada alohida iqtidorli bolalarga e’tibor kuchli. Ular uchun sport

maktablari, ilmiy maktablar ochilgan. Jismoniy tarbiyaning rivojlanishiga Seul

olimpiadasi katta ta’sir ko’rsatadi.

Koreyada rivojlanishdan orqada qolgan bolalar uchun maxsus maktablar

mavjud. Bu maktablarning aksariyati xususiy yoki diniy tashkilotlarning xayriya

mablag’lari hisobiga qurilgan. Davlat maktablarida din o‘qitilmaydi. Lekin 3-

sinfdan boshlab «Odobnoma» kabi maxsus fan joriy etiladi. Bu fan 12-sinfgacha

o‘qitilib, haftasiga 2 soat vaqt ajratilgan.Bu fan o‘z ichiga dinni ham qabul qiladi.

Bu fan o‘quvchilarga qadriyat sifatida o‘qitiladi. Bu butun tarbiya tizimi natijasidir.

Ehromlarga borish, tarixiy yodgorliklar bilan tanishish, ma’naviy tarixni o‘rganish

maktab fanining majburiy davomi hisoblanadi.[5]

Mamlakatda oliy o‘quv yurtlarining ta’lim tizimi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan

bo‘lib ta’lim koreys va ingliz tillarida olib boriladi. Koreyada 104 ta oliy o‘quv

yurtlari mavjud bo‘lib, ularning 80 foizi xususiydir. Hozir mamlakatda oliy o‘quv

yurtlarida o‘qishga qiziqish juda kuchayib ketgan. Har yili maktab bitiruvchilarning

40 foizi o‘qishga kiradi. Talabalar soni bo‘yicha Koreya dunyoda birinchi o‘rinda

turadi. Lekin maktabgacha ta’lim muassasalari ishida bir qancha muammolar bor.

Talab ehtiyojni qondira olmayapti. Shuning uchun 1982-yilda “Maktabgacha

tarbiya to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Bu yerda tarbiya berish bolalar

bog‘chasidan boshlanadi. Shu tufayli bu tarmoq keyingi yillarda 60 foizga

kengaydi.

Bunda

diniy

tashkilotlarning

hissasi

juda

kattadir.

Koreyada pedagog kadrlar tayyorlash masalasiga ham katta e’tibor qaratiladi.

Koreyadagi barcha talabalarning 6,5 foizi bo‘lajak pedagoglardir. Mamlakatda 11

ta o‘qituvchi tayyorlaydigan kollejlar mavjud. Har bir viloyat o‘z kollejiga ega.

Boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisi bo‘lish uchun 2 yil o‘qish kerak. Biror fan

o‘qituvchisi esa birmuncha ko‘proq o‘qiydi.

Janubiy Koreyada ta’limning obro‘si naqadar kattalagini quyidagi misoldan

ham ko‘rsak bo‘ladi: Soliqlar tizimida ta’limiy soliq joriy qilingan: ishlab

chiqaruvchilar foydaning ma’lum foizini maorifga yuboradilar. Davlat byudjetining


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

16-to’plam 2-son fevral 2025

271

24 foizi ta’limga sarflanadi. Mamlakat prezidenti (u xalq ta’limi Davlat kengashini

boshqaradi) shaxsan viloyatlar ta’lim boshqarmalari (bizdagi xalq ta’limi

boshqarmalari kabi) boshliqlarini tayinlaydi. Bu ham ushbu mamlakatda maorifga

qanchalar katta ahamiyat berilishini ko‘rsatib turibdi.[8]

Germaniya dunyoda fan, ta’lim, iqtisodiyot, sanoat, madaniyat va boshqa

ko‘plab sohalari bilan mashhur bo‘lib, eng rivojlangan mamlakatlar qatorida yuqori

pog‘onalarda turadi..Buning asosini esa Germaniyada tashkil etilgan ilg‘or ta’lim

tizimi sababdir.

Germaniyada taʼlimining 1-bosqichiga maktabgacha muassasalar kiradi. Bular

asosan bolalar bogʻchalari, tayyorlov sinflari va kirish guruhlari boʻlib, bolalar ota-

onalar xohishiga koʻra 3 yil davomida ixtiyoriy qatnaydilar. Maktabgacha taʼlim

tizimi (elementarbereich) 3 yoshdan olti yoshgacha boʻlgan bolalarda oʻz fikrini

ifodalash, tengdoshlari va kattalar bilan muloqot qilish qobiliyatini shakllantirib,

boshlangʻich taʼlimga tayyorlaydi. Shu bois ham olmonlar bogʻchalarni "tafakkur

ustaxonasi” deb atashadi.

Maktab

taʼlim

tizimi

quyidagi

bosqichlarga

boʻlinadi:

boshlangʻich

(primarstufe);

oʻrta

(sekundarstufe

I);

• yuqori (sekundarstufeI.I)

Boshlang‘ich ta’limga bolalar 6 yoshdan qatnay boshlaydi.Bu bosqichdagi

taʼlimning maqsadi – bolalarga taʼlimning ikkinchi bosqichidagi u yoki bu

maktabda taʼlimni davom ettirishga imkon beruvchi asosiy bilimlarni berishdan

iborat. Oʻqish muddati 4 yil, Berlin va Brandenburgda esa 6 yilni tashkil etadi.

Boshlangʻich taʼlimda dastlabki 2 yil mobaynida oʻquvchilar baholanmaydi.

Oʻqituvchilar baho oʻrniga bolaning individual rivojlanish holati xususida hisobot

tayyorlaydi va oʻzlashtirish tavsifnomasini taqdim etadi. Bu bosqichdagi taʼlimning

maqsadi – bolalarga taʼlimning ikkinchi bosqichidagi u yoki bu maktabda taʼlimni

davom ettirishga imkon beruvchi asosiy bilimlarni berishdan iborat. O‘quvchilarga

3-sinfdan baho qo‘yila boshlaydi. Germaniyada 6 ballik baholash tizimi qabul

qilingan. Bunga ko‘ra,


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

16-to’plam 2-son fevral 2025

272

1 – aʼlo;

2 – yaxshi;

3 – qoniqarli;

4 – yetarli;

5 – yetarli emas;

6 – qoniqarsiz.[7]

O‘quvchilar fanlarni eng kamida "4"ga o‘zlashtirishi kerak. Boshlang‘ich

bosqichda bolalarga matematika, nemis tili, tabiatshunoslik, musiqa, estetika fanlari

o‘tiladi.

Ikkinchisida turli qobiliyat darajasidagi oʻquvchilar bir guruh boʻlib yoki

oʻqitiladi. Bundan tashqari, koʻplab federal shtatlarda maxsus maktab turlari ham

mavjud. Boshqa koʻplab mamlakatlarning maktab tizimidan farqli oʻlaroq, ularning

natijalaridan qatʼi nazar barcha oʻquvchilar bir xil davlat imtihonlaridan oʻtadilar.

Taʼlimning ikkinchi bosqichi (Sekundastufe II)ga gimnaziyaning yuqori sinflari,

shuningdek kasbiy taʼlim va muassasalarda kasbiy taʼlim kiradi. Muassasalarda

kasbiy taʼlim “dual tizim” deb ham ataladi. Unda taʼlim va ishlab chiqarishda

amaliyot 2 yil davomida olib boriladi, bu oʻqishni tugatish oʻrta taʼlimni tugatish

bilan teng boʻlib, yakunida faqat kasbiy sohada oʻqishni davom ettirish mumkin.

Gimnaziyada 3 yil oʻqib, oʻquvchilar umumiy shahodatnoma “yetuklik attestati” –

abitur oladilar, bu ularga istagan oliy oʻquv yurtiga kirishga imkon beradi.[2]

Germaniyada maktab tizimida umumiy oʻrta taʼlim maktablaridan tashqari

kasb-hunar maktablarini ham oʻz ichiga oladi. Federal shtatlarda maktab tizimi

shtatlar chiqargan qonunlari bilan tartibga solinadi. Federal shtatlarning taʼlim

faoliyatini muvofiqlashtirish uchun taʼlim vazirlari konferensiyasi (1949-yil) va

Federal-davlat komissiyasi (1970-yil) tashkil etilgan. Germaniyada maktabda

oʻqish majburiy bo‘lib, oʻquvchilar davlat yoki rasman tan olingan maktablarda

oʻqishlari shart.[10]

Taʼlimning uchinchi bosqichi oliy maʼlumot haqida diplom beruvchi oliy

oʻquv yurtlari va malaka oshirish oʻquv muassasalari hisoblanadi.

Germaniyada maktab taʼlimi majburiy va bepul bo‘lib, fuqarolar 6 yoshdan 18


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

16-to’plam 2-son fevral 2025

273

yoshgacha majburiy tartibda taʼlim olishi nazorat qilinadi.[9]

Xulosa qilib aytganda, ta’lim sohasi mamlakatning buguni va ertasini belgilab

beruvchi soha hisoblanadi. Chunki, yosh va o‘sib kelayotgan avlodga qanday ta’lim

tarbiya berilsa, ular ham kelajakda yurt taqdiriga shunda munosabatda bo‘ladi. Agar

millat yoshlari yaxshi ta’lim-tarbiya ko‘rgan bo‘lsa, u millat doim birinchilikda va

taraqqiyotning eng yuqori pog‘onasida bo‘ladi va u xalqni hech kim yenga olmaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

G’aniyev G’. Xorijda ta’lim. T.:Sharq, 1995;

2.

Mutalipova M.J. Qiyosiy pedagogika - Т.: Alisher Navoiy

nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi nashriyoti, 2016-yil;

3.

Hoshimov K. Nishonova S.Pedagogika tarixi -Т.: А. Navoiy

nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti. 2005 y. 287-297-6;

https://president.uz/;

https://uz.wikipedia.org/;

https://kun.uz/;

https://www.samdu.uz/;

https://world.uz/;

https://yuz.uz/uz/news/; https://abt.uz/.