Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
16-to’plam 2-son fevral 2025
258
NIDERLANDIYA TA’LIM TIZIMI
Yakubova Sitora Sharifovna
BMTI akademik litseyi yetakchi o’qituvchisi
Annotatsiya: Mazkur maqolada bugungi kunda ilg‘or hisoblangan
Niderlandiya ta'lim tizimining uzviyligi va uzluksizligi, ta'lim bosqichlari ketma-
ketlikda batafsil bayon qilingan. Unda, jumladan, Niderlandiya ta’lim jarayonining
integratsion xususiyatlari, yo`nalishlari haqida fikr yuritilgan.
Kalit so`zlar: Ta’lim tizimi, ta’lim turlari, diniy maktab, individual ta’lim,
hamkorlikda o`qitish, sun`iy intellekt.
Jahonda inson omili va kapitali, qobiliyati va salohiyatidan innovatsiyalarni,
raqamli boshqaruv tizimi va axborot kommunikatsiya vositalarini joriy qilish
asosida samarali foydalanish keng tadbiq etilayotgan bugungi kunda, pedagog
kadrlar tayyorlashdagi muammolar inson kapitali sifatining o‘sishini susayishiga
sabab bo‘lmoqda. Pedagogika oliygohi bitiruvchisi, nafaqat fuqarolarni bilimli qilib
tayyorlash va mamlakat inson kapitalini shakllantirish, shu bilan birga mavjud
o‘qituvchilik qadriyatlarini asrab-avaylash, rivojlantirish va keyingi avlodga
uzatishda ham muhim bo‘g‘in hisoblanadi. Shu bilan birga oxirgi yillarda
dunyoning qator mamlakatlarida (iqtisodiy taraqqiy etgan mamlakatlarda ham)
ta’lim tizimining barcha bosqichlarida yuqori malakali pedagog kadrlar tanqisligi
kuzatilmoqda. Respublikamizda ham kadrlar bo‘shlig‘ini to‘ldirish, shu jumladan,
umumta‟lim maktablarida pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish
obyektiv zarurat. Ushbu masalalarni hal qilish mexanizmlarini ilg‘or xorijiy
tajribalar asosida ishlab chiqish zarurati tadqiqotning dolzarbligini belgilaydi va
ushbu ishning tadqiqot mavzusi sifatida tanlanishiga asos bo‘ldi.
Niderlandiya kichik mamlakat bo’lsada, lekin xalqaro ijtimoiy, iqtisodiy,
siyosiy hayotda faol ishtirok etadi. Hozirgi Birlashgan Millatlar tashkilotining
o’tmishdoshi bo’lgan millatlar ligasi aynan birinchi bor Niderlandiyada tashkil
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
16-to’plam 2-son fevral 2025
259
etilgan edi. Bu mamlakatda 1899, 1907-yillarda xalqaro tinchlik konferentsiyalari
bo’lib o’tgan. Hozir xalqaro arbitraj, xalqaro sud shu mamlakatning Gaaga
shahrining Tinchlik saroyida joylashgan. Uning siyosati tinchlik siyosatidir. U
xalqaro tinchlikni saqlash tashkilotlarining a’zosi, tinchlik forumlarining barchasida
faol qatnashadi. U BMT, NATO, EES, Evropa Iqtisodiy Hamjamiyatining faol
a’zosidir.
Niderlandiya ta’lim tizimlarining shakllanish davri 1789 yilda frantsuz
revolyutsiyasi, ya’ni inqilobi natijasida paydo bo’lgan Bativ Respublikasi davriga
to’g’ri keladi. Hozirgi paytda mamlakatning 75 foiz maktablari xususiy shaxslar,
tashkilotlar va jamiyatlar tomonidan, shu jumladan, xrestian yoki katolik
cherkovlari tamonidan tashkil etilgan. Bu mamlakatda ta’lim tizimi 7-3-2
shakldadir. Boshlang’ich ta’lim maktabgacha tarbiya bilan qo’shilgan.
Uning shakli quyidagi bosqichdadir:
1.
boshlang’ich ta’lim;
2.
o’rta ta’lim;
3.
maxsus ta’lim;
4.
oliy ta’lim;
5.
chet elliklar uchun ta’lim.
Boshlang’ich ta’lim Boshlang’ich maktab 4-12 yoshli bolalarga mo’ljallangan.
Bolalar 4-5 yoshlarida maktabga keladilar. Boshlang’ich sinflarda o’qish haftasiga
5 kun. Bolalar 8 dan 15 gacha maqtabda bo’ladilar. Mashg’ulotlar o’yin shaklida
amalga oshiriladi, dars soatlari chegaralangan emas. Golland maktablarida 15, 20,
30, 40 minutlik darslari o’tiladi. Soat 12 dan 13.30 gacha tushlik tanaffus. Bu paytda
bolalar uylarida ovqatlanib keladilar. O’qituvchilar uchun tushlikda 45 minut
tanaffus beriladi. Mashg’ulotlar aksariyat potok bo’yicha amalga oshiriladi. Bu
mamlakatda 4 yoshdan kichik bolalar uchun o’quv-tarbiya muassasalari yo’q.
Bolalar yaslilari ham bor, lekin ular ta’lim vazirligi tasarrufida emas. Boshlang’ich
maktabning dastlabki ikki yili o’quv o’yin rejasida bolalarni o’qishga, yozishga,
hisoblashga, rasm solishga, qo’l mehnatiga o’rgatish ko’zda tutilgan. O’quvning
keyingi 6 yillik bosqichida bolalarga niderlaid tili, matematika, yozuv, tarix,
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
16-to’plam 2-son fevral 2025
260
gsografiya, fizika, jamiyatshunoslik fanlaridan dars o’tiladi. Maxsus maktablarda
ilohiyot darslari o’qitiladi. Boshlang’ich maktab o’quvining so’nggi bosqichida
bolalarga ingliz tilidan dars beriladi. Boshlang’ich sinfni bitirganlik haqida
o’quvchilarga maxsus hujjat berilmaydi. Bolaning boshlang’ich maktabdagi bilimi,
aqliy va jismoniy rivojlanishiga qarab ota-onalar o’rta maktabni tanlaydilar.
Niderlandiya maktablarida o’rta ta’lim:
—
umumiy o’rta ta’lim;
—
umumiy ilmiy o’rta ta’lim;
—
hunar-texnika ta’limi va hokazolardan tashkil topgan.
O’z navbatida umumiy o’rta ta’lim o’qish muddati 4 yil bo’lgan o’rta va o’quv
muddati 5 yil hisoblangan oliy bosqichga bo’linadi. Tayyorlov bosqichi hisoblangan
ilmiy o’rta ta’lim ham ikki ko’rinishga ega: gimnaziya va atensum deb ataladigan
tipga bo’linadi. Har ikki ko’rinishda ham o’qish muddati 6 yil.
Tayyorlov ilmiy o’rta ta’lim oliy ilmiy o’quv yurtlariga kiruvchilarni etishtirib
chiqaradi.
Hunar-texnika (ularda hunar-texnika) ta’limi quyi hunar-texnika ta’limi, o’rta
va oliy hunar-texnika ta’limidan iborat uch bosqichdan iborat. O’quvchilar o’quv
yurtlariga kirish uchun topshiradigan sinovlari ularning qaysi bosqich o’quv
yurtlariga kirish xohishi va albatta shunga munosib bilim darajasiga qarab
belgilanadi. O’rta ta’lim bosqichi o’quvchilarga o’rta hunar-texnika bilim
yurtlariga, oliy tip o’rta maktablari esa oliy toifa hunar-tsxnika bilim yurtlari hamda
tayyorlov ilmiy o’quv muassasalarining bitiruvchilariga universitetlar va boshqa
oliy o’quv yurtiga kirib o’qish imkoniyatlarini beradi.
Hunar-texnika ta’limi o’z kasb yo’nalishiga ko’ra quyida-gicha ko’rinishda:
—
qishloq xo’jalik ishlari ta’limi;
—
iqtisodiyot va ma’muriy ta’lim;
—
texnik ta’lim;
—
maishiy xizmat va tibbiyot ta’limi;
—
ro’zg’or yuritish, xalq hunarmandchiligi ta’limi;
—
savdo o’rta ta’limi;
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
16-to’plam 2-son fevral 2025
261
—
dengizchilik o’quv yurti va hokazo.
Niderlandiyada yoshlar 16 yoshga to’lgunga qadar o’qishga majbur. Shundan
keyin olingan kasb yo’nalishlarini yanada takomillashtirish, yuqori malakaga ega
bo’lish uchun o’qishlar yana ikki yil davom ettiriladi. Bunday holda o’quvchi
haftaning bir yoki ikki kunida o’qishda bo’lsa qolgan kunlari ishda bo’ladi. Ta’lim
standartlari deganda, gollandiyalik ta’lim mutaxassislari reja va dasturlarni
tushunadilar. Niderland maktablari faqat ta’lim bilan shug’ullanadilar. Maktablarda
oshxonalar va bufetlar yo’q. Maktablarda ovqatlantirish, qonunbuzarlikni oldini
olish ishlari bilan asosan oila, jamoat tashkilotlari mashg’uldirlar. Maktablarda 60-
70 foiz o’zlashtirishni normal holat deb hisoblaydilar. Qolganlari bo’sh yoki
o’zlashtirmovchi o’quvchilardir. Bizning tushunchamizdek, «ikkichilar»
Niderlandiyada yo’q.
Niderlandiyada yoshlar oliy ta’limni universitet va oliy hunar-ta’limi bilim
yurtlarida oladilar. Hozir mamlakatda 8 universitet va 5 ta oliy o’quv yurti ishlab
turibdi. Leyden universiteti eng to’ng’ich oliy o’quv yurti hisoblanib 1575 yilda
Vilgelm Oranskiy tomonidan tashkil etilgan. Barcha universitetlar va oliy o’quv
yurti davlatnikimi yoki xususiyligidan qat’iy nazar, rivojlanish nuqtai nazaridan
bab-barobar imkoniyatga va statusga egadirlar. Oliy o’quv yurtlari davlat
tomonidan mablag’ bilan ta’minlanadi. Niderlandiyada 7 ta diniy oliy o’quv yurtlari
mavjud bo’lib, ular qisman davlat tomonidan va qisman diniy muassasalar
tomonidan ta’minlanadi. Oliy o’quv yurtlarida o’quv ikki bosqichga bo’linadi.
Birinchi bosqich 4 yil, zarur bo’lsa 6 yil davom etadi. Mazkur bosqich ta’limi
tugagach, bitiruvchilar fan nomzodilik darajasi uchun imtihon topshiradilar.
Oliy o’quv yurtlarining ikkinchi bosqichiga cheklangan miqdordagi
qobiliyatli talabalar o’tkazilib 2-3 yil davomida doktorlik ilmiy darajasi uchun
dissertatsiya yozadilar va himoya qiladilar.
Oliy hunar-ta’limi quyidagi shaxobchalarga bo’linadi:
—
oliy iqtisodiy va ma’muriy ta’lim;
—
uy-ro’zg’or va xo’jalik yuritish oliy ta’limi;
—
oliy qishloq xo’jalik ta’limi;
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
16-to’plam 2-son fevral 2025
262
—
oliy savdo ta’limi;
—
oliy ijtimoiy-pedagogik ta’lim;
—
oliy tibbiy ta’lim;
—
oliy texnik ta’lim;
—
oliy badiiy ta’lim;
—
oliy pedagogik ta’lim.
Chet elliklar ta’limi Niderlandiyada chet el fuqarolarining bilim olishga
mo’ljallangan maxsus o’quv yurtlari ham bor. Bunday o’quv yurtlarga oliy
ma’lumotli chet el fuqarolari maxsus bilimlar berish uchun qabul qilinadi. Bu erda
o’qishlar ingliz tilida olib boriladi. Bunday universitetlarni mablag’ bilan ta’minlash
qisman davlat, qisman chet el fuqarolari hisobidan bo’ladi. Katta yoshdagilar
ta’limi Hozirgi paytda Niderlandiyada katta yoshli fuqarolarning bilim olishga
qiziqishi ortib bormoqda. Aksariyat bu toifadagi kishilar ilgari turli sabablar bilan
ta’lim olishga imkoniyatlari bo’lmagan kishilardir. Mana shunday kishilarning
bilim olishga bo’lgan ishtiyoqini qondirish uchun mamlakatda ochiq maktablar,
ochiq universitetlar tashkil etilgan. Bu o’quv muassasalarida o’quv mashg’ulotlari
mustaqil yoki ishidan so’ng amalga oshiriladi.
Katta avlodning, boshqaruv ishidagi mansabdorlarning faoliyatida eng ko’zga
tashlangan soha yoshlarning ishsizligini tugatish, ularga keng ko’lamdagi yordamlar
uyushtirishga sidqidildan yondashayotganligidir. Niderlandiyada “Yoshlar ishlari
bo’yicha federatsiya”si mavjud bo’lib, uning vazifasi hukumatda, parlamentda
yoshlar manfaatini va ularning huquqlarini himoya qilishdan iborat. Niderlandiyada
qariyib 4 mln. yoshlar kunduzgi o’qishga qamrab olingan.
Mamlakatda majburiy ta’lim pulsiz, katta yoshlilar maktablari va o’quv
yurtlari pullikdir. Ba’zan maktablarda ota-onalar o’quv-tarbiya ishlarini amalga
oshirishga o’z mablag’lari bilan yordamlashishga xohish bildiradilar. Bunday
istaklar qabul qilinadi. Barcha o’qituvchilar va tarbiyachilar maoshlari davlat
tomonidan ta’minlanadi. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, ta’lim vazirligi
Niderlandiyada eng qimmat turuvchi vazirlikdir. Unga davlat bir yilga 29,6 milliard
gulden mablag’ sarf etadi. Bu davlat byudjetining 17 foizidir. O’qituvchi to’liq
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
16-to’plam 2-son fevral 2025
263
holda maosh olish uchun haftasiga 40 soat sarf etmog’i ksrak. Niderlandiyada
erkaklar uchun ham ayollar uchun ham bir xil 65 yoshda pensiyaga chiqadilar.
Pensiya miqdori oiladagi kishilar soniga qarab belgilanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-fevraldagi “Pedagogik
ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4623-son
Qarori
2. Karimjonov A., Jabborova O. YAN AMOS KOMENSKY'S VIEWS ON
EDUCATION //Ekonomika i sotsium. – 2021. – №. 5-2. – S. 977-983.
3. A.Radjiyev, F.Karimov, A.Ibragimov, M.Axmedov. TALIS-2018 xalqaro
tadqiqotlari talablari asosida o‘tkazilgan so‘rovnoma va tadqiqotning hisoboti.
TALIS-2023 xalqaro tadqiqotiga O‘zbekistondagi maktab o‘qituvchilari va
direktorlarini tayyorlash. 1-qism. T.: 2021. 72 bet
4. I.D.Frumin. Za chto v otvete? Kompetentnostnыy podxod kak estestvennыy
etap obnovleniya soderjaniya obrazovaniya. //Uchitelskaya gazeta. – 2002 – № 36
– S. 38– 39.
5. Zunnunov A. Pedagogika tarixi. «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik
kompaniyasi Bosh tahririyati, 2004 yil.