JINOYAT PROTSESSIDA ISBOT QILISH VA UNDA MUTAXASSIS ISHTIROKIGA OID AYRIM MULOHAZALAR

Abstract

Jinoyat protsessida isbot qilish dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashni o‘z ichiga qamrab oladi. Isbot qilish jarayonining mazmuni va mohiyati yuzasidan hozirgacha turlicha fikrlar va mulohazalar bildirib kelinmoqda [1, B.25].

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
109-112
24

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Abduvahobov , S. . (2024). JINOYAT PROTSESSIDA ISBOT QILISH VA UNDA MUTAXASSIS ISHTIROKIGA OID AYRIM MULOHAZALAR . Social Sciences in the Modern World: Theoretical and Practical Research, 3(7), 109–112. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/45856
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Jinoyat protsessida isbot qilish dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashni o‘z ichiga qamrab oladi. Isbot qilish jarayonining mazmuni va mohiyati yuzasidan hozirgacha turlicha fikrlar va mulohazalar bildirib kelinmoqda [1, B.25].


background image

109

JINOYAT PROTSESSIDA ISBOT QILISH VA UNDA MUTAXASSIS ISHTIROKIGA

OID AYRIM MULOHAZALAR

Abduvahobov Sherzodbek Abduvahobovich

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi mustaqil izlanuvchisi

E-mail: sherzodbekabduvahobov01@gmail.com

Orcid: 0009-0008-4580-3540

https://doi.org/10.5281/zenodo.12624197

Jinoyat protsessida isbot qilish dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashni o‘z ichiga

qamrab oladi. Isbot qilish jarayonining mazmuni va mohiyati yuzasidan hozirgacha turlicha
fikrlar va mulohazalar bildirib kelinmoqda [1, B.25].

Xususan, huquqshunos G.Z.To‘laganova, isbot qilish haqida, sub’ektlarning jinoyat-

protsessual qonunga asoslangan holda muayyan jinoyat ishiga tegishli bo‘lgan har qanday
ma’lumotlarni protsessual tartibda to‘plash, mustahkamlash, tekshirish va baho berish,
shuningdek davlat nomidan bu ma’lumotlarning mavjudligini tasdiqlash faoliyati tushuniladi
deya fikr bildirgan[2, B.141]. Bu borada G.Z.To‘laganova tomonidan bildirilgan fikrga qo‘shilish
mumin. Chunki, jinoyatni fosh etish va isbot qilish jarayoni jinoyat-protsessual qonunga
asoslangan bo‘lishi lozim.

Huquqshunos O.M.Madaliev fikricha, isbotlash – protsessual tartibda qonun bilan nazarda

tutilgan, surishtiruv organlari, tergov, prokuror va sud amalga oshiradigan isbotlashning
boshqa sub’ektlari ishtirokida jinoyat ishi bo‘yicha haqiqatni aniqlash va jinoyat sud ish
yurituvining barcha vazifalarini hal qilish maqsadida dalillarni to‘plash, tekshirish va baholash
bo‘yicha faoliyatdir deb ta’kidlab o‘tgan[3,B.13]. O.M.Madalievning fikriga qo‘shilgan holda,
isbot qilish jarayoni faqat uni amalga oshiruvchi shaxslar doirasi bilan cheklanib qolmasdan,
ushbu jarayonlar bevosita jalb qilinuvchi boshqa ishtirokchilar tomonidan ham amalga
oshirilishini e’tirof etish o‘rinli.

B.A.Azizxodjaev, isbot qilish tergov tusmollarini ilgari surish va ularni dinamik

rivojlantirish, har bir tusmolga oid dalillarni to‘plash, to‘plangan dalillarni o‘rganish
(tekshirish), baholash va ish bo‘yicha asoslantirilgan protsessual qarorlar qabul qilishdan
iborat deya fikr bildirgan [4, B.16]. Bu borada B.A.Azizxodjaev tomonidan bildirilgan fikrlar
biroz munozarali. Chunki, tergov tusmoliga oid dallillar kelgusida dalil sifatida e’tirof etilmasligi
va isbot qilish jarayonida ahamiyat kasb etmasligi mumkin. Ya’ni, isbot qilish jarayoni xaqiqatga
mos kelishi, tekshirilgan va qonunda ko‘rsatilgan tartibda baholangan bo‘lishi lozim.

D.M.Mirazovning qayd etishicha, isbotlash jarayonida ish bo‘yicha isbotlanishi lozim

bo‘lgan barcha holatlarni sinchkovlik bilan, har tomonlama, to‘la va xolisona tekshirish, ishda
qatnashayotgan shaxslarning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishni ta’minlash, jinoyat
protsessida qatnashayotgan fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilishni
tashkillashtirish lozim [5, B.73]. Bu borada bildirilgan fikrlargan qo‘shilish mumkin. Chunki,
isbot qilish jarayoni uni amalga oshiruvchi yoki unga jalb qilingan shaxslar tomonidan o‘zlariga
yuklatilgan vazifalarini amalga oshirish jarayonida har tomonlama, to‘la va xolisona tekshirish
hamda sinchkovlik bilan isbot qilinishi lozim bo‘lgan holatlarga e’tibor qaratishlari lozim
bo‘ladi.

B.T.Bezlepkinning fikricha, isbot qilish faqat tafakkur faoliyatigagina kiritilmasligi kerak

chunki, bu ko‘proq huquqni qo‘llash bo‘lib, ish uchun ahamiyatli holatlarni aniqlashga
qaratiladi va jinoyat ishi bo‘yicha yakuniy qarorni asoslash bilan tugallanadi [6, B.75-95].


background image

110

L.A.Tatarov fikricha, isbot qilish bu – ish bo‘yicha jinoyat protsessual qonunda belgilangan

tartibda to‘plangan dalillar yordamida ayblanuvchining (sudlanuvchining) jinoyatni sodir
etishda aybdorligini (aybdor emasligini) mantiqan asoslab berish bo‘yicha maqsadga
yo‘naltirilgan faoliyatni tushunish lozim [7, B.9].

B.T.Bezlepkin va L.A.Tatarovlar tomonidan bildirilgan fikrlarga qo‘shilgan holda, ijtimoiy

xavfli qilmish sodir etgan shaxsning xatti-harakatlari qonunda nazarda tutilgan holatlarda isbot
qilish lozim. Albatta isbot qilish jarayoni qonunni qo‘llash orqali amalga oshirilib, qonundan
chetga chiqish, isbotlash chegaralaridan chetga chiqish deb baholanishi mumkin.

B.A.Rajabov, dalillarni to‘plash, tekshirish va baholash bilan birgalikda, isbot qilishning

bosqichlariga dalillarni aniqlash va foydalanishni ham kiritgan [8, B.23].

Bu borada professor B.A.Rajabovning fikrlariga qo‘shilish mumkin. Chunki, isbotlash

jarayonida dalillar dastlab aniqlanadi, kelgusida foydalanishi mumkin. Isbotlash jarayonida
olingan dalillarni kelgusida foydalanmasdan isbotlashning maqsadiga erishib bo‘lmaydi.

Bizning fikrimizcha

isbot qilish bu

– jinoyat-protsessual qonunida ko‘rsatilgan

vazifalarini amalga oshirishda, dalillarni aniqlash, to‘plash, tekshirish, baholash hamda ulardan
foydalanish maqsadida isbot qilishni amalga oshiruvchi, ishtirok etuvchi yoki jalb qilinuvchi
sub’ektlar foaliyati tizimidir.

Isbot qilish dalillar vositasida amalga oshiriladi [9, B.10], bunda dalillarni aniqlash

dastlabki tekshiruv ko‘rinishida yuz beradi va uni o‘tkazishda ko‘pincha maxsus bilimlardan
foydalanish zaruriyati yuzaga keladi. Mutaxassisning isbot qilishdagi ishtiroki maxsus
bilimlardan foydalanishga misol bo‘ladi hamda asosan dalillarni aniqlash, to‘plash va
tekshirishda namoyon bo‘ladi. Dalillarni aniqlash va to‘plash asosan ishni sudga qadar ish
yuritishda amalga oshiriladi.

Tergov amaliyoti tahlili muayyan vaziyatlarda (hujjatlar aylanishi, texnologik jarayon va

boshqalar bilan tanishishda) dastlabki tekshirishga mutaxassis jalb qilish zarurligini ko‘rsatadi.
Mutaxassis yordamida olingan ma’lumotlarda ko‘pincha jinoyat belgilari bor yoki yo‘qligini
ko‘rsatadigan zarur ma’lumotlar bo‘ladi, bu esa dastlabki tekshirish natijalari asosida to‘g‘ri
protsessual qarorlar qabul qilishga imkon beradi.

Jinoyat protsessining sudga qadar ish yurituv bosqichida, JPK talablariga muvofiq,

tergovchiga, surishtiruvchiga ashyo va hujjatlarni topish, qayd etish va olib qo‘yishda, hodisa
sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish, murdani ko‘zdan kechirishda texnika vositalaridan
foydalanishga yordam berish uchun mutaxassis jalb qilinishi mumkin.

Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish paytida mutaxassis tergovchiga texnik

jihatdan va maslahat bilan yordam ko‘rsatadi, bu esa tergovga qadar tekshiruvni tezroq va
samaraliroq o‘tkazishga, bayonnomada qayd etish uchun iz va belgilarning tavsifini aniqroq
shakllantirishga, jinoyat hodisasi bilan bog‘liq holda izlar paydo bo‘lishining ehtimoliy
mexanizmini aniqlashga ko‘mak beradi. Baxtsiz hodisa yuz bergan joyni tekshirish jarayonida
mutaxassis maxsus masalalarni hal qilish borasida texnik yordam ko‘rsatadi. Huquqshunos
Sh.X.Inomjonov qayd etishicha, moddiy birikmalarda mavjud bo‘lgan tezkor axborot bevosita
tezkor xodim tomonidan yoki mutaxassis yordamida olinadi [10, B.89]. Mutaxassis maslahat va
tushuntirishlar beradi, shuningdek, ayrim narsalarning nomi va vazifasini aytib beradi, iz, narsa
va boshqa ob’ektlarni yig‘ish va olib qo‘yishda texnik yordam beradi hamda bayonnomaga
kiritiladi. A.X.Imomnazarov fikricha, ayrim hollarda, amaliyotda hodisa joyini ko‘zdan
kechirishga mutaxassislar jalb qilinmasligini yo‘l qo‘yiladigan xato sifatida e’tirof etadi [11,


background image

111

B.20-21].

Sh.X.Inomjonov va A.X.Imomnazarov tomonidan bildirilgan fikrlarga qo‘shilish mumkin.

Fikrimizcha, mutaxassis ishtirok etishi lozim bo‘lgan holatlarda, ularning ishtirokini
ta’minlamaslik, kelgusida ishonchsiz, sifatsiz dalillar to‘planishiga olib kelishi mumkin.

Bu borada tadqiqot jarayonida soha mutaxassislari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma

natijalari ham qayd etilgan fikrlarni tasdiqlaydi.

O‘tkazilgan so‘rovnoma davomida “jinoyat protsessida mutaxassisning ishtiroki ishga oid

hal qiluv qarorlarini qabul qilishda qanday o‘rin tutadi?” degan savolga respondentlarning
90,07 foizi “asosli va qonuniy qaror qabul qilinishi ta’sir qiladi”, 5,96 foizi “hech qanday o‘ringa
ega emas”, 6,32 foizi “mutaxassis ishtiroki ishda rasmiyatchilik uchun zurur”, 93,32 foizi “ish
uchun ahamiyatli, ishonchli va maqbul dalillar to‘planishi bilan birga xolisona ish yurituvini
ta’minlashga xizmat qiladi” deya o‘z fikrlarini bildirganlar [12]. So‘rovnoma natijalaridan
ko‘rinib turibdiki, mutaxassisning jinoyat protsessidagi ishtiroki juda muhim.

References:

1.

Правовой статус и правовая регламентация участия специалиста в уголовном

процессе: теоретические, процессуальные и организационные аспекты: монография /
Е.А. Семенов, В.Ф. Васюков, А.Г. Волеводз; под редакцией А.Г. Волеводза. — Москва:
МГИМО-Университет, 2020. — С. 25.
2.

Jinoyat-protsessual huquqi. Umumiy qism: Darslik/ Mualliflar jamoasi. – T.: TDYU, 2017.

– B. 141.
3.

Мамадалиев О.М.

Биринчи инстанция судларида жиноят ишлари юритишда

прокурор иштироки: юридик фанлар номзоди илмий даражасини олиш учун
тайёрланган диссертация автореферати. – Т., 2004. – Б.13
4.

Азизходжаев Б.А.

Оценка доказательств в уголовном процессе. Т.: ТГЮИ, 1995. – Б.

16.
5.

Миразов Д.М.

Дастлабки тергов идоралари фаолияти устидан контроль ва

назоратни

такомиллаштиришнинг

назарий,

ташкилий

ва

процессуал

жиҳатлари:Юрид.фан. докт.(DSc) илмий дар.олиш учун ёзилган диссертация – Т., 2016. –
Б. 73.
6.

Безлепкин Б.Т. Доказательства в советском уголовном процессе // Советский

уголовный процесс: Учебник / Под ред. В.П.Божьева – М.: Юрид.лит., 1990. Б. 75-95.
7.

Татаров Л.А. Методические и мотодологические проблемқ доказывания

обстоятельств преступления: Автореферат диссертация на соискание ученой степени
кандидата юридических наук. – Ростов – на – Дону., 2006. – С.9.
8.

Ражабов Б.А

. Ишни судга қадар юритишда исбот қилишнинг умумий шартларига

риоя этилишини таъминлаш: Юрид.фан. докт.(DSc) илмий дар.олиш учун ёзилган
диссертация – Т., 2019. – Б. 23.
9.

Иномжонов Ш.Х.

Жиноят процессида далилларни тақдим қилиш ва улардан

фойдаланиш муаммолари: Монография. – Тошкент.:TDYI, 2006. – Б.10.
10.

Иномжонов Ш.Х.

Жиноят процессида далилларни тақдим қилиш ва улардан

фойдаланиш муаммолари: Монография. – Тошкент.:TDYI, 2006. – Б.89.


background image

112

11.

Имомназаров А.Х.

Кўздан кечириш тергов ҳаракатини такомиллаштиришнинг

процессуал ва криминалистик жиҳатлари: Юридик фанлар бўйича фалсафа доктори
(PhD) илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертатсия автореферати. – Т., 2023. –
Б.20-21.
12.

Tadqiqot ishi doirasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari.

References

Правовой статус и правовая регламентация участия специалиста в уголовном процессе: теоретические, процессуальные и организационные аспекты: монография / Е.А. Семенов, В.Ф. Васюков, А.Г. Волеводз; под редакцией А.Г. Волеводза. — Москва: МГИМО-Университет, 2020. — С. 25.

Jinoyat-protsessual huquqi. Umumiy qism: Darslik/ Mualliflar jamoasi. – T.: TDYU, 2017. – B. 141.

Мамадалиев О.М. Биринчи инстанция судларида жиноят ишлари юритишда прокурор иштироки: юридик фанлар номзоди илмий даражасини олиш учун тайёрланган диссертация автореферати. – Т., 2004. – Б.13

Азизходжаев Б.А. Оценка доказательств в уголовном процессе. Т.: ТГЮИ, 1995. – Б. 16.

Миразов Д.М. Дастлабки тергов идоралари фаолияти устидан контроль ва назоратни такомиллаштиришнинг назарий, ташкилий ва процессуал жиҳатлари:Юрид.фан. докт.(DSc) илмий дар.олиш учун ёзилган диссертация – Т., 2016. – Б. 73.

Безлепкин Б.Т. Доказательства в советском уголовном процессе // Советский уголовный процесс: Учебник / Под ред. В.П.Божьева – М.: Юрид.лит., 1990. Б. 75-95.

Татаров Л.А. Методические и мотодологические проблемқ доказывания обстоятельств преступления: Автореферат диссертация на соискание ученой степени кандидата юридических наук. – Ростов – на – Дону., 2006. – С.9.

Ражабов Б.А. Ишни судга қадар юритишда исбот қилишнинг умумий шартларига риоя этилишини таъминлаш: Юрид.фан. докт.(DSc) илмий дар.олиш учун ёзилган диссертация – Т., 2019. – Б. 23.

Иномжонов Ш.Х. Жиноят процессида далилларни тақдим қилиш ва улардан фойдаланиш муаммолари: Монография. – Тошкент.:TDYI, 2006. – Б.10.

Иномжонов Ш.Х. Жиноят процессида далилларни тақдим қилиш ва улардан фойдаланиш муаммолари: Монография. – Тошкент.:TDYI, 2006. – Б.89.

Имомназаров А.Х. Кўздан кечириш тергов ҳаракатини такомиллаштиришнинг процессуал ва криминалистик жиҳатлари: Юридик фанлар бўйича фалсафа доктори (PhD) илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертатсия автореферати. – Т., 2023. – Б.20-21.

Tadqiqot ishi doirasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari.