JINOYAT PROTSESSIDA MUTAXASSIS FIKRIDAN DALIL SIFATIDA FOYDALANILISHI

Annotasiya

Jinoyat protsessida dastlabki tekshiruvga zaruriyat tug‘ilganda, maxsus bilimga ega bo‘lgan mutaxasislarga isbot qilishni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar tomonidan jalb qilinadi. Jumladan, dastlabki tekshiruv davomida mutaxassislar ishtirokiga ehtiyoj pul belgilarini qalbakilashtirish, giyohvandlik ekinlarini yetishtirish (agronomlar), giyohvandlik yoki psixotrop vositalari, ularning analoglarini saqlash (farmasevtlar), sog‘liqqa turli darajada zarar yetkazish (shifokorlarning dastlabki tibbiy xulosasi), elektron dalillarni qayd etish, qurol-yarog‘ yoki o‘q-dorilarni noqonuniy muomalaga chiqarish, diniy mazmundagi adabiyotlarni ajratib olish belgilarini baholashda yuzaga keladi.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
117-120
16

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Abduvahobov, S. . (2024). JINOYAT PROTSESSIDA MUTAXASSIS FIKRIDAN DALIL SIFATIDA FOYDALANILISHI. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 3(7), 117–120. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/45854
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Jinoyat protsessida dastlabki tekshiruvga zaruriyat tug‘ilganda, maxsus bilimga ega bo‘lgan mutaxasislarga isbot qilishni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar tomonidan jalb qilinadi. Jumladan, dastlabki tekshiruv davomida mutaxassislar ishtirokiga ehtiyoj pul belgilarini qalbakilashtirish, giyohvandlik ekinlarini yetishtirish (agronomlar), giyohvandlik yoki psixotrop vositalari, ularning analoglarini saqlash (farmasevtlar), sog‘liqqa turli darajada zarar yetkazish (shifokorlarning dastlabki tibbiy xulosasi), elektron dalillarni qayd etish, qurol-yarog‘ yoki o‘q-dorilarni noqonuniy muomalaga chiqarish, diniy mazmundagi adabiyotlarni ajratib olish belgilarini baholashda yuzaga keladi.


background image

117

JINOYAT PROTSESSIDA MUTAXASSIS FIKRIDAN DALIL SIFATIDA

FOYDALANILISHI

Abduvahobov Sherzodbek Abduvahobovich

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi mustaqil izlanuvchisi

E-mail: sherzodbekabduvahobov01@gmail.com

Orcid: 0009-0008-4580-3540

https://doi.org/10.5281/zenodo.12624256

Jinoyat protsessida dastlabki tekshiruvga zaruriyat tug‘ilganda, maxsus bilimga ega

bo‘lgan mutaxasislarga isbot qilishni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar tomonidan jalb
qilinadi. Jumladan, dastlabki tekshiruv davomida mutaxassislar ishtirokiga ehtiyoj pul
belgilarini qalbakilashtirish, giyohvandlik ekinlarini yetishtirish (

agronomlar

), giyohvandlik

yoki psixotrop vositalari, ularning analoglarini saqlash (

farmasevtlar

), sog‘liqqa turli darajada

zarar yetkazish (

shifokorlarning dastlabki tibbiy xulosasi

), elektron dalillarni qayd etish, qurol-

yarog‘ yoki o‘q-dorilarni noqonuniy muomalaga chiqarish, diniy mazmundagi adabiyotlarni
ajratib olish belgilarini baholashda yuzaga keladi.

Huquqshunos olim Ye.A.Semenovning fikricha, dastlabki tekshiruv davomida mutaxassis

quyidagi savollarga javob berishi mumkin:
– muayyan ob’ektlar ilgari bir butun bo‘lmaganmi;
– ashyo sovuq yoki o‘qotar qurolga tegishlimi, otish uchun yaroqlimi, muayyan sharoitlarda
tepki bosmasdan ham o‘q otilgan bo‘lishi mumkinmi;
– muhr va shtampning bosma nusxasi soxtalashtirilmaganmi;
– yong‘in nima sababdan kelib chiqqan;
– imzoni muayyan shaxs qo‘yganmi;
– ushbu modda narkotik vositami;
– muayyan shaxsning sog‘lig‘iga yetkazilgan shikast kattaligi qanday va hokazo [1, 84-91].

Ye.A.Semenovning bu borada bildirgan fikrlarga to‘liq qo‘shilib bo‘lmaydi, chunki

dastlabki tekshiruv yuzasidan bildirilgan savollarga ekspertiza tadqiqotlari natijasida javob
topish mumkin.

Dastlabki tadqiqot tushunchalari yuzasidan bir qator huquqshunos olimlar o‘z fikrlarini

bildirib o‘tishgan. Jumladan, Ye.A.Semenov, jinoyat protsessi fanida dastlabki tadqiqot deganda
ekspertiza sharoitida olib boriladigan yakuniy tadqiqotdan avval ob’ektlarni o‘rganish
tushuniladi, deb fikr bildirgan [2, 30-33].

Fikrimizcha Ye.A.Semenovning dastlabki tadqiqot borasi bildirgan fikrlariga qo‘shilish

mumkin. Chunki, dalillarni to‘plash, topish yoki rasmiylashtirish jarayonida ekspertiza
tadqiqotlari shart bo‘lgan aksar holatlarda mutaxassis o‘zining dastlabki fikrini beradi.

Amaliyotda mutaxassisning dastlabki fikrlari ekspertiza xulosasiga mos kelishi mumkin.

Bundan ko‘rish mumkinki, maxsus bilimga ega bo‘lgan mutaxassisning fikrini dastlabki
tadqiqot natijasi sifatida e’tirof etib, kelgusida dalil sifatida foydalanish maqsadga muvofiq.
Fikrimizcha, mutaxassis fikri, uning tuzilish shakli, tartibi JPKda mustahkamlanib qo‘yilishi
maqsadga muvofiq.

O‘zbekiston Respublikasi “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida” gi qonunining [3] 14-

moddasiga muvofiq

predmetlarni va hujjatlarni tekshirish” tezkor-qidiruv tadbirlari mavjud

bo‘lib, mazkur tezkor-qidiruv tadbiriga muvofiq tezkor-qidiruv faoliyatining vazifalarini hal
etish maqsadida predmetlarni va hujjatlarni o‘rganish uchun zarur ilmiy, texnikaviy va boshqa


background image

118

maxsus bilimlarga ega bo‘lgan mutaxassislarni jalb etgan holda o‘tkazilishi ko‘rsatilgan. tezkor-
qidiruv tadbiridan jinoyatlarning oldini olish, ularni aniqlash, ularga barham berish va ularni
fosh etishda foydalanish mumkin va hokazo. Ular jinoyat ishi qo‘zg‘atish uchun sabab va asos
bo‘lib xizmat qilishi mumkin, ammo isbotlash predmetini aniqlashning zaruriy sharti (

ko‘p

hollarda tadqiqot ma’lumotnomasida ko‘rsatilgan masalalar bo‘yicha

) sud ekspertizasi

hisoblanadi.

Shu bilan birga, tezkor bo‘linmaning tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi xodimi

jinoyat to‘g‘risidagi xabarni tekshirish uchun dastlabki tekshiruv tayinlashda har doim
mutaxassis qanday usullardan foydalanishi mumkinligini tasavvur qilishi kerak – ushbu usullar
tadqiqot ob’ektiga zarar yetkazmasligi kerak. Chunki, kelajakda ekspertiza tayinlash zarur
bo‘lishi mumkin, buzuvchi usullar qo‘llanilganida esa buning iloji bo‘lmaydi.

Mazkur qonunning 19-moddasi ikkinchi qismiga asosan, tezkor-qidiruv faoliyati

materiallari jinoyat ishi qo‘zg‘atish uchun asos bo‘lishi, shuningdek bu materiallardan
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi normalariga muvofiq jinoyat ishlari
bo‘yicha isbot qilishda foydalanilishi mumkinligi ko‘rsatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-

protsessual qonuni normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori [4] 9-
bandining m-kichik bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining “Tezkor-qidiruv faoliyati
to‘g‘risida”gi qonunida nazarda tutilgan talablar buzilgan holda to‘plangan bo‘lsa dalillar
maqbul emas deb topilishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Tergov amaliyotida ba’zi holatlarda mutaxassisning fikri ekspert xulosasining o‘rniga

o‘tishi mumkin. Jumladan, mutaxassisning fikri yoki dalolatnomasi, boshqa dalillar singari,
tegishliligi, maqbulligi, ishonchliligi bo‘yicha, jami to‘plangan dalillar majmui esa jinoyat ishini
hal qilish uchun yetarliligi nuqtai nazaridan baholanishi kerak (JPK 84 va 95-moddasi).

Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra,

yuritilgan jinoyat ishlari doirasida isbot qilish jarayonida 2018 yilda 782 marta, 2019 yilda
785 marta, 2020 yilda 781 marta, 2021 yilda 1109 marta, 2022 yilda 1075 mart va
2023 yilning I choragida 313 marta mutaxassis fikridan dalil sifatida foydalanilgan [5].
Mutaxassis fikridan dalil sifatida foydalanish haqida JPK normalarida qayd etilmagan bo‘lsada,
tergov amaliyotida bunga zarurat borligi hamda amalda dalil sifatida mutaxassis fikriga
asoslanilayotganligi bu borada JPKga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish zarurligini
ko‘rsatadi.

Surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sud tomonidan har bir jinoyat ishini yuritishda

jinoyat-protsessual qonun normalariga qat’iy amal qilish shart bo‘lib, jinoyat sodir etganlikda
ayblanayotgan shaxs uning aybi qonunda nazarda tutilgan tartibda oshkora sud muhokamasi
yo‘li bilan isbotlanmaguncha va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmaguncha
aybsiz deb hisoblanishi haqida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida [6]
mustahkamlab qo‘yilgan.

Sudlar isbot qilish jarayonida ishning muayyan holatlarini aniqlash uchun fan, texnika,

san’at yoki hunar sohasida maxsus bilimlar zarur bo‘lgan barcha hollarda, ekspertiza o‘tkazish
zarurligi yoki bu holatlar sud muhokamasiga mutaxassisni jalb etish orqali aniqlanishi
mumkinligi masalasi hal qilishi lozim hisoblanadi.

JPK 11-moddasida belgilangan talablarga muvofiq, shu jumladan dalillarni to‘plash,

tekshirish va baholashda, og‘ishmay rioya etish muhim ahamiyat kasb etib. Xususan, qonun


background image

119

normalaridan chetga chiqib olingan dalillarning maqbul emas (yaroqsiz) deb topilishiga olib
keladi.

Maqbul bo‘lmagan dalillar yuridik kuchga ega bo‘lmay, ulardan JPK 82–84-moddalarida

nazarda tutilgan holatlarni isbotlash uchun foydalanish hamda ularni ayblov asosiga qo‘yish
mumkin emas.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-

protsessual qonuni normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 9-bandida
mutaxassis ishtiroki bilan bog‘liq quyidagi hollarda, dalillar JPK talablariga zid tarzda olingan
va maqbul emas deb topilishi ko‘rsatilgan, agar: so‘roq yuritilayotgan tilni (alfavitni)
bilmaydigan yoki yetarlicha bilmaydigan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, jabrlanuvchi,
guvohning ko‘rsatuvlari tarjimon (mutaxassis) ishtirokisiz olingan bo‘lsa, (

j-kichik bandi

),

voyaga yetmagan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, jabrlanuvchi, guvoh ko‘rsatuvlari zarur
hollarda pedagog yoki psixologning ishtirokisiz olingan bo‘lsa (

z-kichik bandi

), raqamli

(elektron) tashuvchi jismlardagi ma’lumotlar mutaxassis ishtirokisiz olib qo‘yilganligi yoki
ko‘zdan kechirilganligi, jumladan o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha hodisa sodir bo‘lgan joyni
ko‘zdan kechirish tarzidagi, tintuv, ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish, tergov
eksperimenti tarzidagi protsessual harakatlar videoyozuv vositalaridan foydalangan holda
qayd etilishi shartligi to‘g‘risidagi holatlar ko‘rsatilgan.

JPKda mutaxassis fikrini olish yo‘llari belgilanmaganligi sababli, bu dalillarni amalda

qo‘llash qiyin. Agar qonunda tegishli normalar paydo bo‘lsa, bizningcha, tayinlanadigan sud
ekspertizalarining soni kamaygan bo‘lardi, JPK 173-moddasiga binoan ekspertiza tayinlanishi
shart bo‘lgan hollargina bundan mustasno bo‘lardi. Bularning barchasi dastlabki tergov
o‘tkazish uchun protsessual xarajatlar hamda vaqt sarfi kamayishiga imkon yaratgan bo‘lardi.

References:

1.

Семенов Е.А., Власов В.В. Как использовать предварительные исследования

специалиста до возбуждения дела // Уголовный процесс. — 2017. — №. 5. — С. 84–91.
2.

Семенов Е.А., Нечушкина К.А. Участники проверки сообщения о преступлении:

проблемы правового регулирования // Вестник Калининградского филиала Санкт-
Петербургского университета МВД России. — 2017. — № 2 (48). — С. 30–33.
3.

O‘zbekiston Respublikasining “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida” gi 2012 yil

25 dekabrdagi O‘RQ-344-sonli qonuni. URL: https://lex.uz/docs/2107763 (Elektron manbaga
murojaat qilingan sana: 29.02.2024).
4.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018 yil 24 avgustdagi “Dalillar

maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qo‘llashning ayrim masalalari
to‘g‘risida”gi 24-son qarori. URL:

https://lex.uz/docs/3895986

(Elektron manbaga murojaat

qilingan sana: 28.02.2024).
5.

Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentining 2023 yil 11 apreldagi 18/2527-

son xati.

6.

Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023 yil 30 aprel kuni o‘tkazilgan

O‘zbekiston Respublikasi

referendumida

umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan. 28-modda.

URL:https://constitution.uz/uz/clause/index

(Elektron manbaga murojaat qilingan sana:


background image

120

28.02.2024).

Bibliografik manbalar

Семенов Е.А., Власов В.В. Как использовать предварительные исследования специалиста до возбуждения дела // Уголовный процесс. — 2017. — №. 5. — С. 84–91.

Семенов Е.А., Нечушкина К.А. Участники проверки сообщения о преступлении: проблемы правового регулирования // Вестник Калининградского филиала Санкт-Петербургского университета МВД России. — 2017. — № 2 (48). — С. 30–33.

O‘zbekiston Respublikasining “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida” gi 2012 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-344-sonli qonuni. URL: https://lex.uz/docs/2107763 (Elektron manbaga murojaat qilingan sana: 29.02.2024).

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018 yil 24 avgustdagi “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 24-son qarori. URL: https://lex.uz/docs/3895986 (Elektron manbaga murojaat qilingan sana: 28.02.2024).

Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentining 2023 yil 11 apreldagi 18/2527-son xati.

Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023 yil 30 aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan. 28-modda. URL:https://constitution.uz/uz/clause/index (Elektron manbaga murojaat qilingan sana: 28.02.2024).