Mualliflar

  • Muxaddas Ametova
    Nukus shahar, 38 maktab psixologi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.108592

Annotasiya

2017-2021 yillarda “O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da xalqimiz hayot darajasini yuksaltirishning aniq mexanizmlari belgilab berilganligi to‘g‘risida fikrlarini bildirib, ushbu strategiyaning nafaqat xalqimiz, balki dunyo jamoatchiligi e‘tiborini o‘ziga jalb etgan muhim hujjatga aylanganligini alohida ta‘kidla, o‘tamiz. 


background image

159

O‘QUVCHILARDA SHARQONA TARBIYANI SHAKLLANTIRISHDA

GENDERLI YONDASHUVNI TAKOMILLASHTIRISH TEXNOLOGIYALARI

Ametova Muxaddas

Nukus shahar, 38 maktab psixologi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15682200

2017-2021 yillarda “O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor

yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da xalqimiz hayot darajasini yuksaltirishning aniq
mexanizmlari belgilab berilganligi to‘g‘risida fikrlarini bildirib, ushbu strategiyaning nafaqat
xalqimiz, balki dunyo jamoatchiligi e‘tiborini o‘ziga jalb etgan muhim hujjatga aylanganligini
alohida ta‘kidla, o‘tamiz.

Harakatlar strategiyasida ta‘lim sifatini oshirish, yoshlarga oid davlat siyosatini

takomillashtirish masalalari alohida o‘rin egallaydi. Harakatlar strategiyasi xonalari
faoliyatinidan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish,
ularni 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasiga yanada kengroq jalb
qilishdir.

Yoshlarning bilim va iqtidorini chuqurlashtirish, ularning kelgusida malakali kadrlar

bo‘lib O‘zbekistonni yanada rivojlantirishdagi ishtirokini ta‘minlash maqsadida ta‘lim
jarayoniga zamonaviy yondashuvlar joriy etilmoqda, shunga javoban tadqiqot ishimizni
samarali va amaliyotga joriy etishda natijaviylikka yetiborni qaratmiz.

SHuni ham aytib o‘tamizki, har bir individ o‘zida maskulinlik va feminlik xislatlariga u

yoki bu darajada ega bo‘lishi mumkin. SHuning uchun tabiat tomonidan ikki jins belgilanishiga
qaramasdan, madaniyat, tarixiy davr, jamiyattdagi o‘zgarishlarga bog‘liq ravishda gender
tiplari variantlari, genderli xilma-xillik ko‘proq kuzatiladi. Gender tushunchasining turli
fanlardagi talqinini ko‘rib chiqaylik.

Psixologiyada gender ijtimoiy-biologik‖ xarakteristika sifatida qaraladi va uning

yordamida erkak va ayolga ta‘rif beriladi. Falsafada gender kategoriyasi kompleks mexanizm-
texnologiya bo‘lib, u sub‘ektni normativlik jarayonida ham erkak va ham ayol sifatida
ta‘riflaydi va odam ekspektatsiyalarga muvofiq ravishda kim bo‘lishini rostlashni belgilaydi.

Ba‘zi G‘arb tadqiqotchilari gender, bu shaxsiyatli psixologik xislatlar rol emas, balki

maxsus ijtimoiy yaratish mahsulidir. Gender tushunchasining ma‘naviy ahamiyati faqat. Bu
nima?‖ savoliga javobdagina emas, balki Qanday amalga oshiriladi?, ―Gender nima uchun
kerak?ligiga javobida hamdir.

Talqinlarining xilma-xilligiga qaramasadan, pedagogika entsiklopediyasida ―gender‖

tushunchasi umuman o‘rin olmagan. Pedagogikada ―gender‖ atamasining yo‘qligi uni tilga
olgan mavzuimiz kontekstida eksplikatsiyalanishini talab qiladi. Bizning nuqtai nazarimizcha,
gender – bu erkak va ayol jinsidagi shaxslarning shaxsiyat psixologik ustanovkalari, jamiyat va
davlat talablariga muvofiq ravishda xulq-atvori ―xos xarakteristikalari‖ majmuidir. Ta‘rifdagi
asosiy so‘zlarni ajratgan holda, asosiy xos xarakteristikalar ayollik, erkaklik, mehribonlikdir.
SHunga muvofiq ravishda pedagogikada genderli yondoshuv jinslar o‘zaro munosabati
madaniyati o‘g‘il bolalar va qiz bolalar orasida garmonik munosabatlarni tarbiyalash, ularning
identikligini anglashi, ideallar va hayotiy maqsadlarni tanlashga orientirlanadi.

―Erkaklik va ―ayollik‖ning juda muhim komponenti ―genderli identiklikdir‖. Bu

tushunchaning mazmunini ochishdan boshlaymiz. Agar katta sotsiologik lug‘atdagi ta‘rifga


background image

160

amal qiladigan bo‘lsa, genderli identiklik – bu o‘zini ―erkaklik va ―ayollik madaniy ta‘riflari
bilan anglashdir. Mazkur tushuncha ―Men‖ va boshqalarning o‘zaro ta‘sirlashuv jarayoni
natijasida yuzaga kelib, erkak va ayol xislatlarini psixologik interioriatsiyasi bo‘lib xizmat
qiladi.

Tilda jins biologik yo‘nalganlikka ega. U ―organizmlarning jinsiy ko‘payishini

ta‘minlovchi genetik va morfofiziologik xususiyatlar majmuini tavsifladi. Boshqacha aytganda,
jins – bu ―erkak va ayol orasidagi jismoniy farqlarga aloqador bo‘lgan anatomik-fiziologik
xarakteristikadir.

Genderli ta‘lim va tarbiya muammolariga shaxsiyatli-ijtimoiy yondoshuvni nazarda

tutadi. Bu pedagogning tarbiyalanuvchiga individuallikni har bir odamning betakror va
fenomenalligini ochish va rivojlantirish yo‘naltirilgan tarbiyaviy o‘zaro ta‘sir sub‘ekti sifatida
munosabatda bo‘lishini anlatadi. O‘g‘il bolalar va qiz bolalar bilan hayot sub‘ektlari sifatida
munosabatda bo‘lish o‘z mavqeini sferalarini va usullarini izlashda yordam berish va
qo‘llabquvvatlash ―adaptiv fenomenlikka‖ qobiliyatni egallash.

Agar an‘anaviy ta‘limda intellektni, tafakkurni jinsning psixik xususiyatlarini hisobga

olmasdan, rivojlantirishga urg‘u berilsa, genderli ta‘lim doirasida shaxsiyatli-ijtimoiy
yondoshuv

tarbiyalanuvchilarning

shaxsiyatli-ma‘naviy

sferasini

rivojlantirishga

yo‘naltirilgan, buning belgisi esa axloqiy-ma‘naviy sifatlar, hayotiy qadriyatlardir.

―Gender‖ tushunchasi keng ma‘noda ―murakkab tizim‖ sifatida aniqlanadi.

I.Abubikirova qayd etganidek, ―... bu kontseptual va tajribaga asoslangan, individual va
ijtimoiy, spetsifik madaniy, jismoniy va ma‘naviy va, shuningdek, siyosiy konstruktsiyadir‖.
[3] Yuqorida belgilangan konstruktsiya yoki tizim olamda erkak va ayol yaratgan hayotning
aks etishi bo‘ib, bu yerda har qanday farq yoki ajralish qat‘iy ierarxik va ustivorlik
munosabatlarida bo‘ladi. Gender tizimi bir qator tushunchalar majmuasini o‘z ichiga oladi:

―gender

roli‖;

―gender

stereotiplari‖;

―gender

adaptatsiyasi‖;―gender

ijtimoiylashuvi‖; ―genderli identiklik‖; ―gender faktorlari‖ va boshqalari.

―Gender rollari‖ – jamiyat tomonidan ―erkaklik‖ va ―ayollik‖ to‘g‘risidagi

tasavvurlarga muvofiq individlardan kutiladigan xulq-atvor modellaridir. Har bir jamiyatda
―gender rollari turlichaligi mutlaqo tabiiydir, ular ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy o‘zgarishlarga
bog‘liqdir. Bunda gender rollari gender stereotiplariga ta‘sir etadi va, aksincha. Endi gender
stereotipini muhokama qilaylik.

E.A.Azarova ko‘rsatib o‘tganidek, ―gender rollari‖ bu jamiyat har bir jins uchun belgilab

beradigan vazifalardir‖, o‘z navbatida bu vazifalar , gender stereotiplaridir. Demak, gender
stereotiplari ―Odamlar jins belgisi bo‘yicha egallashlari lozim bo‘lgan xarakteristikalari va
xususiyatlari to‘g‘risidagi stereotipiklashtirilgan hamma tasavvurlardir‖.[2]

Hozirgi kunda jamiyatimizda ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarning jadal amalga oshirilishi,

ta‘lim tizimining bosqichma-bosqich isloh qilib borilishi – murakkab ijtimoiy hodisa sifatida
umume‘tiborli va ma‘naviy qiziqishiga molik jarayonga aylandi. Ta‘lim tizimining umumiy
maqsadi teng huquqli va demokratik davlat talabiga javob beruvchi jamiyat a‘zolarini
tarbiyalab berishdan iboratdir. Demak, kasbiy faoliyatga pedagogik faollashuv yordamida
inson hayotiga, shaxs tarbiyasiga, ijtimoiy munosabatlar rivojlanishiga ma‘lum ta‘sir
ko‘rsatish mumkin. Faol o‘qituvchi shaxsini shakllantiish ijtimoiy uyg‘unlashuvi esa ta‘limni
taraqqiy ettirishning muhim omili hisoblanadi.

Pedagogik faoliyatning obro‘-e‘tiborini va ijtimoiy maqomini oshirish yuzasidan davlat


background image

161

siyosati ro‘yobga chiqariladi. Ta‘lim oluvchilarning va pedagoglarning o‘qishi, sog‘liga va dam
olishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi

to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4947-son farmoni. 2017 yil 7 fevral.
2.

Азарова Е.А. Проблема гендерных стереотипов в моралном сознании: Avtoref. dis...

kand. filos. nauk. SPb. : 2000 — 18s,
3.

АбубикироваН.И. Что такое гендер ИИ ОНС: Общественные науки и современност.

- 1996. №6. - S. 123-125.
4.

Джуринский A. Н. История педагогики древнего и среднего мира. [Учебное

пособие для высшей школы]. М. : Совершенство, 1999. -207s.
5.

Холматова З.Т Восточный менталитет: права женщин и гендерное равенство при

воспитании учащихся. (Monografiya) LAP LAMBERT Academic Publishing is trademark of
International Book Market Service Ltd., member of Omni Scriptum Publishing Group 17 ISBN
978-620-2-51702-7.

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4947-son farmoni. 2017 yil 7 fevral.

Азарова Е.А. Проблема гендерных стереотипов в моралном сознании: Avtoref. dis... kand. filos. nauk. SPb. : 2000 — 18s,

АбубикироваН.И. Что такое гендер ИИ ОНС: Общественные науки и современност. - 1996. №6. - S. 123-125.

Джуринский A. Н. История педагогики древнего и среднего мира. [Учебное пособие для высшей школы]. М. : Совершенство, 1999. -207s.

Холматова З.Т Восточный менталитет: права женщин и гендерное равенство при воспитании учащихся. (Monografiya) LAP LAMBERT Academic Publishing is trademark of International Book Market Service Ltd., member of Omni Scriptum Publishing Group 17 ISBN 978-620-2-51702-7.