Mualliflar

  • J.B. Jabborov
    Guliston davlat universiteti Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.117334

Kalit so‘zlar:

Volontyorlik Qizil xoch jamiyati Klara Barton Volontyorlik turlari Volantyorlik assotsatsiyasi.

Annotasiya

Ushbu  maqolada bugungi muhim va global sharoitda volontyorlik faolyati yuzasidan, dunyo va yurtimizdagi volontyor insonlar tomonidan olib borilgan qator xayriya ishlari ,Volntyorlik faolyatining qisqacha tarixi va ijtimoiy ish mezoni sifatdagi roli tahlil qilingan,Volntyorlik faolyatining inson tabiatiga ijobiy ta’siri haqida   muallif tomonidan o'z fikrlari ham ilgari surilgan.


background image

88

VOLONTYORLIK FAOLYATI, UNING TARIXI VA IJTIMOIY HAYOTDAGI

MUAMMOLARI

J.B.Jabborov

Guliston davlat universiteti

Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti

ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15760663

Annotatsiya:

Ushbu maqolada bugungi muhim va global sharoitda volontyorlik faolyati

yuzasidan, dunyo va yurtimizdagi volontyor insonlar tomonidan olib borilgan qator xayriya
ishlari ,Volntyorlik faolyatining qisqacha tarixi va ijtimoiy ish mezoni sifatdagi roli tahlil
qilingan,Volntyorlik faolyatining inson tabiatiga ijobiy ta’siri haqida muallif tomonidan o'z
fikrlari ham ilgari surilgan.

Kalit so'zlar:

Volontyorlik, Qizil xoch jamiyati, Klara Barton, Volontyorlik turlari,

Volantyorlik assotsatsiyasi.

Kirish:

So’zim avvalida Volontyorlik faolyatiga izoh berib o’tsam.

Volontyor —

(oʻzbekcha — koʻngilli) — oʻz xohishi bilan vaqti va mehnatini biror-bir jamoat ishiga, hech
qanday manfaatsiz ixtiyoriy taklif etadigan shaxs yoki guruh

,

Bu ish bilan shug'ullanish

jarayoni volontyorlik deb yuritiladi. Koʻpgina koʻngillilar tibbiyot, taʼlim yoki favqulodda
vaziyatlarda qutqaruv kabi sohalarda maxsus oʻqitilgan. Boshqalar esa kerak boʻlganda,
masalan, tabiiy ofatga javob sifatida xizmat qiladi.

Bu Atama birinchi marta 1755-yilda qayd etilgan. Harbiy boʻlmagan maʼnoda bu soʻz

birinchi marta 1630-yillarda qayd etilgan „oʻzini harbiy xizmatga taklif qilgan“ maʼnosida
ishlatilgan.. Koʻngillilik soʻzi oʻsha vaqtda asosan harbiy maʼnoda — jamoat xizmati iborasi
bilan mos kelgan. Harbiy kontekstda koʻngilli armiya — bu askarlari chaqirilgandan farqli
ravishda xizmatga kirishni tanlagan harbiy organ sifatida ayd etilgan

Amerikadagi fuqarolar urushi davrida ayollar koʻngilli ravishda askarlar uchun

materiallar tikishadi va „Jang maydoni farishtasi“ Klara Barton va koʻngillilar jamoasi harbiy
xizmatchilarga yordam berishni boshladilar. Barton 1881-yilda Amerika Qizil Xoch
tashkilotiga
asos soldi va 1889-yilda Jonstaun toshqinidan jabrlanganlarga yordam
koʻrsatishni oʻz ichiga olgan ofat oqibatlarini bartaraf etish operatsiyalari uchun koʻngillilarni
safarbar qila boshladi. Aynan

shu ayol ismi bilan keyinchalik “VOLONTYORLAR

ONASI’’iborasi kelib chiqdi.

Volantyorlik faolyatining quyidagi turlari mavjud:

Xizmatni oʻrganish dasturlari tomonidan qoʻllaniladigan koʻngillilik

Koʻnikmalarga asoslangan koʻngillilik

Virtual koʻngillilik

Mikro koʻngillilik

Ekologik koʻngillilik

Favqulodda vaziyatda koʻngillilik

Maktablarda koʻngillilik

Korporativ koʻngillilik

Jamoa koʻngillilari

Katta sport tadbirlarida koʻngillilik
Jahonda hamda O’zbekistonfda quyidagi Volontyorlik tashkilotlari mavjud. Xalqaro


background image

89

Volontyorlik tashkilotlari:

Asociation of Leaders in Volunteer Engagement — Koʻngillilarni jalb qilish boʻyicha

yetakchilar uyushmasi

Association for Volunteer Administration — Koʻngillilarni boshqarish uyushmasi
Oʻzbekistonda Volontyorlik tashkiloti Oʻzbekistonda volontyorlar uchun Oʻzbekiston

Volontyorlari Assotsiatsiyasi

.

tashkil etilgan. Volontyorlar ko’ngilli tarzda (yanada

tushunarliroq qilib aytilsa, xolis, fidokorona, savob uchun) insonlar va jamiyat uchun
manfaatli bo’lgan, faoliyatida aniq maqsadga ega bo’lgan guruhlar hisoblanadi.

Dunyodagi

boshqa mamlakatlarda volontyorlik faoliyati rivojlanib borayotganini istisno etmagan holda
aytaman-ki, yurtimizda ushbu zamonaviy ijtimoiy harakat azaldan chuqur ildiz otgan.

Hozirgi vaqtda yer yuzida 100 ga yaqin mamlakatda yirik professional volontyorlik

tashkilotlari mavjud. Ular davlatlar tomonidan har tomonlama qo’llab-quvvatlanayotganligi
bois, ko’ngillilar sektori jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining muhim tarkibiy
bo’lagiga aylanib bormoqda.

Mamlakatimizda volontyorlar faoliyatini tartibga soluvchi aniq mexanizm mavjud

bo’lmaganligi sababli, qonunchilikdagi bo’shliqni to’ldirish hamda ushbu faoliyat turi bilan
bog’liq holda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan noqonuniy hatti-harakatlarning oldini olish
maqsadida 2019 yil 2 dekabrda O’RQ-585-son “Volontyorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonun
qabul qilindi. Qonunning 3-moddasi faoliyat to’g’risidagi asosiy tushunchalarni belgilaydi:

volontyor - volontyorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs;
volontyorlik - fuqarolar, ularning guruhlari yoki volontyorlik tashkilotlari tomonidan

jismoniy va (yoki) yuridik shaxslarning manfaatlarini ko’zlab ixtiyoriy faoliyatni amalga
oshirish;

volontyorlik faoliyati - jismoniy va (yoki) yuridik shaxslarning manfaatlarini ko’zlab

bepul asosda amalga oshiriladigan, erkin xohish-irodaga ko’ra bajariladigan, ijtimoiy jihatdan
yo’naltirilgan, jamoat uchun foydali bo’lgan ixtiyoriy faoliyat turi hisoblanadi.

Shu o’rinda Volontyorlik faoliyatining maqsad va vazifalari haqida to’xtalib o’tmasam

bo’lmas:

Volontyorlik faoliyatining maqsadlari jismoniy va yuridik shaxslarga, umuman jamiyatga

yordam ko’rsatish, atrof-muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy ahamiyatga molik tadbirlarda
ularni tashkil etuvchilarning roziligi bilan ishtirok etish, jamiyatda fuqarolik nuqtai nazarini,
o’zini o’zi tashkil etishni, ijtimoiy mas'uliyat, birdamlik, o’zaro yordam berish va rahm-shafqat
tuyg’ularini shakllantirishdan iboratdir.

Qonunga ko’ra volontyorlik faoliyatining vazifalari quyidagilardan iborat:

-

fuqarolarni aholining turmush sifatini yaxshilashga qaratilgan turli xil jamoat faoliyatiga

jalb etish mexanizmlarini shakllantirish;

-

ijtimoiy vazifalarni hal etishda jamiyatga yordam ko’rsatish;

-

volontyorlik faoliyatini tashkil etishga qaratilgan fuqarolik tashabbuslarini rivojlantirish

va qo’llab-quvvatlash;

-

aholida sog’lom turmush tarzi ko’nikmalarini shakllantirish, vatanparvarlik tuyg’usini

tarbiyalash;

-

fuqarolar tomonidan ijtimoiy vazifalarni hal etish uchun o’zini o’zi namoyon etish va

o’zini o’zi tashkil etish ko’nikmalarini olish.

Qonunga muvofiq o’n sakkiz yoshga to’lgan jismoniy shaxslar volontyorlik faoliyatini


background image

90

amalga oshirishi mumkin.

O’n olti yoshdan o’n sakkiz yoshgacha bo’lgan jismoniy shaxslar volontyorlik faoliyatini,

basharti bu faoliyat ularning sog’lig’iga hamda axloqiy rivojlanishiga zarar yetkazmasa va
o’quv jarayonini buzmasa, amalga oshirishi mumkin.

Shu o’rinda Hozirgi kunda Yurtimizda soxta volontyorlik faolyati bilan shug’ullanuvchu

shaxslar ham ko’payib bormoqda. Masalan ijtimoiy tarmoqlar orqali o’zini bloger deya
tanishtirib biror ish yoki inson uchun xayriya pullarini yi’g’ib keyin uni o’zlashtiruvchi
“Volontyorlar “ham afsus hayotimizda uchrab turibi. O’zbek xalqi ishonuvchan, mehribon xalq
o’z mablag’ini miskin uchun sarfladim deya ammo bir soxtakorni cho’ntagini
qappaytirayotgani achinarli holat .Aynan shu bizning nozik nuqtamiz bo’lib qolmoqda .Bu
sohta volontyorlar uchun biror maxsus tashkilot tuzmoq kerak deya o’ylayman.

2020 yil ko’plab dunyo mamlakatlari qatori yurtimizga ham sinovli keldi. Koronavirus

epidemiyasi davrida ko’ngilli tarzda ko’makka oshiqqan yuzlab yoshlarning hatti-harakati
aynan volontyorlik faoliyatining o’rni, maqsad va vazifalari jamiyat uchun naqadar muhim
ekanligini isbotladi.Bizning viloyatimizda ham “Sardoba “fojeasi yuz bergan pallada yelkama
yelka turib kurashgan yigit qizlarni ko’rib inson aqli shoshadi.Ularga havas va yana havas
bilan qaraydi kishi.

Xulosa o’rnida. Bugungu global jamiyatda ijtimoiylashuv jarayoni jadallik bilan

rivojlanar ekan unda yordamga muhtoj va yordam qiluvchilar ham ko’payaveradi.Aynan shu
atama zamirini o’quvchiga oz bo’lsada anglatsam ko’zlangan maqsadimga erishgan
hisoblanaman.Bu faolyatni rivojlantirish uchun avvalo shu haqda tushuncha keyin esa harakat
zarur deb hisoblayman.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekitson Respublikasi konstitutsiyasi - (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,

01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son);

2.

«Еtikа»; prаktikа dlyа studеntov dnеvnoy i zаochnoy formi obuchеniе. Minsk.:

Izdаtеlstvo MIU 2004

3.

Mеdvеdеvа G.P. еtikа sotsiаl‘noy rаboti. Uchеbnoе posobiyа dlyа vuzov Izdаtеl‘stvo:

Gumаnit, Vlаdivostok.: 2002

4.

Etikа sotsiаl‘noy rаboti . M.: Vlаdost. 2001

5.

Istoriyа sotsiаl‘noy rаboti v Rossii. Volgogrаd.: 2001 135

6.

Gаniеvа M.X. Ijtimoiy ishgа kirish.

Toshkеnt: CHАSHMА PRINT, 2010.

Bibliografik manbalar

O‘zbekitson Respublikasi konstitutsiyasi - (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son);

«Еtikа»; prаktikа dlyа studеntov dnеvnoy i zаochnoy formi obuchеniе. Minsk.: Izdаtеlstvo MIU 2004

Mеdvеdеvа G.P. еtikа sotsiаl‘noy rаboti. Uchеbnoе posobiyа dlyа vuzov Izdаtеl‘stvo: Gumаnit, Vlаdivostok.: 2002

Etikа sotsiаl‘noy rаboti . M.: Vlаdost. 2001

Istoriyа sotsiаl‘noy rаboti v Rossii. Volgogrаd.: 2001 135

Gаniеvа M.X. Ijtimoiy ishgа kirish.  Toshkеnt: CHАSHMА PRINT, 2010.