35
BOSHLANGʻICH SINFLARGA HUSNIXATNI OʻRGATISH METODIKASI VA
TAMOYILLARI
Kakabayeva Gurbanjemal
NDPI. Boshlangʻich taʼlim fakultetining 1-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15421210
Annotasiya:
Boshlang'ich sinf o'quvchilarni husnixatni o'rgatish juda muhim va
murakkab masalalardan biri hisoblanadi. Shu bois ham husnixatga o'rgatish tamoyillari ham-
da ularga to'g'ri va chiroyli yozish metodlarni va usullarni o'rgatish bilan bir qatorda rioya
qilishlari lozimligini ham o'rgatish haqida.
Kalit soʻzlar:
husnixatga o'rgatish metodikasi va tamoyillar, gigiyenik talablar,
husnixatga o'rgatishning ahamiyati, metod va usullari.
Boshlang'ich sinfi o'quvchilariga husnixatga o'rgatish juda muhim ahamiyatga ega
hisoblanadi. Ularga husnixatga yozishni oʻrgatish bilan bir qatorda chiroyli va to'g'ri yozishni
ham o'rgatish lozim. Asosan husnixatga o'rgatishda avvalambor o'quvchilarga ruchkani
qanday tutishini daftariga qanday yozishni o'rgatilinib boriladi va tushuntiriladi. Ushbu
tushuntirilgan narsalar asosida ular oʻzlarini sinab ko'rishadilar. Keyinchalik ularga harflarni
yozib o`rgatishdan oldin chiziqlarni chizishni o'rgatish va mustaqil ishlash o'rgatilinadi.
Ma'lumki inson o'z fikrni boshqa kishilarga ogʻzaki yozma shaklda yetkazadi . Nutqning
bu ikki shaklining o'xshash va farqli tomonlari mavjud boʻlib bular o'z o'rinda afzalliklariga
ega hisoblanadi. Oʻg'zaki nutq tovush chiqarib aytish va eshittirish uchun mo'ljallanadi. U
kishilarning nutq jarayoni vaqtidagi aloqa vositasi bo'lib xizmat qiladi. Yozma nutq esa tosh
yog'och , qogʻoz kabilarga ko'rish asosida idrok qilinadigan doimiy belgilar orqali qo'yiladi.
Yozuv bu kishilarning o'zaro fikr almashishi uchun juda zarur hisoblanadi.
Boshlang'ich sinf o'quvchilarini husnixatga oʻrgatish ehtiyoji yuqoridagi talablar asosida
yuzaga keladi. Boshlangʻich sinf o'quvchilarni husnixatga yozishga o'rgatish metodikasi
ularda chiroyli va tez yozish malakasini shakllantirishga xizmat qiladi. Husnixatga o'rgatish
tamoyillari quyidagilar:
1. Onglilik tamoyili
2. Kenetik tamoyil
3. Takrorlash tamoyili
4. Koʻrgazmalik tamoyili
5. Bolaning yosh va individual xususiyatlarni hisobga olish tamoyili
6. Yozuvga o'rgatishning o'qishga o'rgatish bilan bir paytda amalga oshirish tamoyili
7. Chiroyli yozuvning imlo bilan bog'liqni tamoyili.
Asosan bu tamoyillarda chiroyli yozuvga o'rgatish muhim hisoblanadi. Oʻquvchilar
asosan harflarni qay tartibda yozishni bilishi harflarini qanday yozishni to'g'ri va chiroyli
yoza bilishlari lozim. Ruchkani uslashda kuchka bilan barmoq oralindagi masofa 1,5-2 sm
bo'lishi e'tiborda tutuladi. Shuningdek partada o'tirish qoidalariga ko'z va daftar oraligi 25-30
sm ma'lum qiyalikda bo'lishiga partaga engashmasdan boshini to'g'ri tutib tirsaklarni partaga
yengil qoʻyish, oyoqlarni parta qoʻygichga qoʻyish, koʻkrak bilan parta oroligʻi bir kaft
sigʻadigan masofada bo'lishiga amal qilishlari lozimdir. Asosan bu tamoyillarning maqsadi
o'quvchilarni to'g'ri va chiroyli yozishga o'rgatish va ushbu qoidalarga rioya qilish haqidadir.
Gigenik talablarga ko'ra maktab jihozi o'quvchining bo'yiga mos kelishi lozim. Jihozning
36
o'quvchining bo'yiga to'g'ri kelmasligi umurtqa pogʻonasining qishayshiga va uzoqni ko'ra
oʻlmaslik kasalligiga olib keladi. Oʻ'quvchilarning bo`yi 18 sm ko'p bo'lmagan holda farqlansa
ularni bir xil o'lchamdagi partaga oʻtkazish mumkin. Boʻyni 0,5 sm gacha aniq va to'g'ri
o'lchash lozim. Oʻquvchilarni portaga o'tkazish paytida ularning ko'rish va eshitish
qobiliyatlari hisobga olinadi. Yaxshi ko'rmaydigan yoki eshitmaydigan o'quvchini
o'qituvchining yaqiniga o'tkazish maqsadga muvofiqdir. Sinfda yorug'lik me'yorida bo'lishi
kerak. Oʻquvchi doskada yozuv belgilarni ko'ra olish uchun sinfda yorug'lik chap tomonidan
tushish lozim.
Xulosa oʻrnida shuni aytishim joizki, boshlangʻich sinf o'quvchilari yozishni endigina
o'rganadilar. Husnixat ularni harflarini to'g'ri chiroyli va tushunarli tarzda yozishga
o'rgatishda yordam beradi. Bu esa ularning qiziqishini va savodxonlik darajasini
yuqorilanishiga olib keladi. Chiroyli va to'g'ri yozish bolalarining diqqatini jamlashishiga va
yodda saqlashni yaxshilashga olib keladi. Husnixat mashqlari orqali bolalar harflar va
ularning tuzilishlarini yozishni oʻrganadilar . Mashqlari asosan bolalar to'g'ri tez chiroyli
ozoda yozishga o'rgatadi yozish qoidalariga rioya qilishlari ham yuqori darajada shakllanadi.
Bolalar husnixatga yozishda asosan har bir harfni yozganda maʼlum qoidalarga amal qilib
yozishi kerakligini tushuntirish lozim. Husnixatga to'g'ri yozish asosan bolalarning yozib
turgan soʻzlariga to'g'ri tushunganligini ham bildiradi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Jumayev Hulkarxon Muhammedovna " Matematika oʻqitish metodikasi" Termiz - 2023.
2.
M.E.Jumayev , Z.G. Tadjiyeva" Boshlangʻich sinflarda matematika oʻqitish metodikasi "
Toshkent - 2005.
3.
S. Matchanova, H. Bakiyeva, X. Gʻulomova, Sh. Yoʻldasheva, G. Xolbayeva. " Boshlangʻich
sinflarga ona tilini oʻqitish metodikasi " Toshkent - 2021.
4.
Karima Qosimova, Safo Matchonov, Xolida Gʻulomova, Sharofat Sariyev " Ona tili oʻqitish
metodikasi" Toshkent - 2009.