
483
kompitensiyalar, uzluksiz o‘z ustida ishlash, malakasini oshirib borish talab etiladi.
Psixologik xizmat mahsuldorligi sharoitlarini uch guruhga ajratish mumkin. Ular: a)bola uchun qulay
iqlim yaratish ;
b)bolaning qiziqishlari va qobiliyatlarini rivojlantirish;
v)har bir yosh davrining xususiyatlarini hisobga olish [4]. Shularga asoslangan holda maktabgacha ta‘lim
tashkilotida psixolog o‘z faokliyatini tashkil etishi samarali natija beradi.
Maktabgacha ta‘lim tashkilotlardagi pedagogik Kengashlarda, ota-onalar yig‘ilishlarida, ―Ochiq
eshiklar kuni‖da, turli yig‘inlar va tadbirlarda psixolog faoliyati sezilarli darajada bo‘lishi ham ota-onalar,
pedagog va tarbiyachilarning psixologik savodxonligini oshishiga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1.
Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz.
Toshkent. ―O‘zbekiston‖ nashriyoti. 2017 yil. 263-bet.
2.
I.A.Karimov . Yuksak ma'naviyat engilmas kuch. T.: ―Ma‘naviyat‖, 2008 yil, 53-bet.
3.
Nazarova F.T."Maktabgacha ta‘lim muassasalarida psixologik xizmatni yuritishga doir me‘yoriy
hujjatlar" metodik qo‘llanmasi. Toshkent. ―Tafakkur‖ nashriyoti. 2009- yil. 4-bet.
4.
Nishanova Z.T., Alimova G.K.Psixologik xizmat .Psixokorreksiya.T.:―Ijod
press‖nashriyoti. 2019-yil. 103-bet.
XULQI OG‗ISHGAN O‗SMIR O‗QUVCHILARDA
AGRESSIV XATTI-HARAKATLARNING NAMOYON BO‗LISHI
Sharafitdinov Abdulla XXX
O‗zMU Jizzax filiali psixologiya kafedrasi stajyor o‗qituvchisi
Eshqulova Nargiza Ximmataliyevna
O‗zMU Jizzax filiali psixologiya yo‗nalishi talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada o‗smirlarda agressiv xulq-atvor shakllanishining ijtimoiy-
psixologik xususiyatlari tahlil etilgan. Bunda ijtimoiy muhit, oila, ular o‘qiyotgan jamoa,
sinfning ro‗li ko‗rsatib o‗tilgan. O‗smirlarning jismoniy ruhiy-psixologik kamol topishida yosh
davri bilan bog‗liq psixologik rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatlariga e‘tibor qaratilgan.
Kalit soʻzlar:
O‗smir yoshi, agressivlik, xarakter xususiyat, emotsional qabul qilmaslik,
adaptatsiya, imitatsiya, emansipatsiya reaksiyasi.
Shaxsning shakllanishida o‗smirlik yoshi, ya‘ni uning ijtimoiy, biologik va psixologik
rivojlanishida murakkab davr hisoblanadi. Hayot yo‗lining mana shu muhim qismida o‗smir
shaxsining axloqiy sifatlari shakllanib boradi. Xuddi shu davrda o‗smirlar aqliy kamoloti bilan
birgalikda, ularning xarakter xususiyatlari ham shakllanadi. O‗smir xarakter xususiyatlari
shakllanishiga asosiy ta‘sir etuvchi omillar qatoriga asosan biologik, ijtimoiy va psixologik ta‘sir
vositalarini kiritamiz. Darhaqiqat, o‗smir shaxsining shakllanishida yuqorida keltirilgan ta‘sir
vositalarining o‗rni muhimdir.
Bu davrda o‗smir organizmida biologik, fiziologik qayta qurilish davri kechishi natijasida
ularda agressiv xulq motivlari namoyon bo‗ladi. O‗smirlik davrida barcha organizmlarning bir-
biriga nomutanosib tarzda rivojlanishi va jinsiy rivojlanish jarayonida gormonal maqomning
o‗zgarishi yuz beradi. Bir tomondan bu o‗smir organizmidagi barcha o‗zgarishlar gipotalamus va
endokrin bezlarning rag‗batlantiruvchi va nazorat qiluvchi ta‘siri ostida kechadi. Ayrim
gormonlarning ortiqcha ishlab chiqarilishi natijasida o‗smir xatti-harakatida agressivlik holatlari
kelib chiqadi.[1-2]
Tadqiqotchilar fikricha, shaxsning agressiv xatti-harakatlari shakllanishida hal qiluvchi
rolni bevosita ijtimoiy muhit o‗ynaydi. Ijtimoiy muhitning asosi bo‗lgan oila, o‗smir xulqi
shakllanishiga katta ta‘sir o‗tkazadi. An‘anaviy tarzda tarbiya asosiy instituti oila hisoblanadi.

484
O‗smir oilada olgan tarbiyaning keyin bir umrga saqlanib qoladi. Oilaning tarbiya instituti
sifatida muhimligi shundaki, o‗smir unda hayotining ko‗p qismini o‗tkazadi va shaxsga ta‘sir
etuvchi muddati bo‗yicha birorta ham tarbiya institutlari oilaga teng kela olmaydi.[3-4]
Bola tarbiyasida oilaning roli haqida E.Fromm: "Oila — o‗ziga xos jamiyatning
"psixologik vositachisi", shuning uchun oilada adaptatsiya jarayonida bola keyinchalik jamiyatda
adaptatsiya va turli ijtimoiy muammolarni yechish asosi bo‗lib qoladigan xarakterni
shakllantiradi"- degan edi.
Darhaqiqat, bola oilada qaysidir xarakter xislatlarini o‗zida mujassamlashtirishi bilan
ijtimoiy muhitga ham uni nomoyon qiladi. Agressiyaning oilada nomoyon bo‗lish shakllari
turlicha. Bu bevosita ijtimoiy yoki jinsiy zo‗ravonlik, sovuqqonlik, salbiy baholar, shaxsni ruhan
ezish, bolani emotsional qabul qilmaslik bo‗lishi mumkin. Oila a‘zolari agressiv xatti-harakatni
o‗zlari namoyish etishlari mumkin.[5]
Bolaning agressiv xatti-xarakatlari paydo bo‗lishiga turli oilaviy omillar tasir etishi
mumkin. Masalan, oilaviy bilishning past darajasi, to‗qnashuv, bola va ota-ona o‗rtasidagi yetarli
bo‗lmagan yaqinlik, bolalar o‗rtasidagi salbiy munosabatlar, oila tarbiyasining noadekvat usuli.
Masalan o‗ta qattiq jazo qo‗llaydigan, o‗ta qattiq nazorat qiluvchi ota-onalar yoki aksincha,
bolalar mashg‗ulotlarini nazorat qilmaydigan ota-onalar farzandida uchraydigan agressiya bilan
ko‗proq duch kelishadi.[6]
Tadqiqotchilarning fikriga ko‗ra, bolalarning agressiv xatti-harakatiga tasir etuvchi
xususiyatlardan biri – bu frustratsiyani ko‗tara olmaslik qobiliyatidir. Malumki, frustratsiya
extiyojlarini qondirishda yoki maqsadga erishish yo‗lida paydo bo‗lgan to‗siqlar tufayli kelib
chiqqan holatdir. Xuddi shu paytda o‗smir o‗quvchi shaxsida ham ota-ona va yaqinlari uni
tushinmasligi va aksincha unga nisbatan qattiqqo‗lligi natijasida agressiv xatti-harakatlar
nomoyon bo‗lishini kuzatishimiz mumkin.[7]
Demak, bolaning agressiv xulqi shakllanishida asosan ota-ona tasiri kuzatiladi va oila
tarbiyasidagi quyidagi omillar katta rol o‗ynaydi:
1.
bola harakatidan qoniqmagan ota – ona reaksiyasi;
2.
bolalar va ota-onalar o‗rtasidagi munosabatning xarakteri;
3.
oila garmoniya va disgarmoniyasi darajasi;
4.
aka-uka, opa-singillar o‗rtasidagi munosabatlar xarakteri;
5.
ota yoki ona yoki ikkovlari bilan bo‗lgan yomon munosabat;
6.
bolalar o‗zlarini hech narsaga arzimaydi deb hisoblashganini sezishsa yoki o‗z his
tuyg‗ulariga nisbatan beparvolikni sezishsa;
Shuningdek, o‗smir yoshidagi o‗quvchi ota-onalarining qo‗llab quvvatlamasligini va
ularning qiziqishlariga beparvoligini sezsa, quyidagi vaziyatlar vujudga kelishi mumkin:
1.
jinoyatchilik faoliyatiga kirib ketishi;
2.
boshqa o‗quvchilarga qarshi chiqishi;
3.
o‗z ota-onasiga nisbatan o‗zlarini agressiv holda tutishlari mumkin.
O‗smir yoshidagi agressiv xulqli o‗quvchilar nisbatan kam o‗rganilgan. O‗z vaqtida
L.S.Vigotskiy tarbiyasi qiyinlik muammosini tadqiq qilishda yetilishning fiziologik holatiga
alohida e‘tibor berish lozimligini takidlagan edi.
Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifani bajarish maqsadga muvofiq.
1. O‗smirning maktabga moslasha olishligiga halaqit beruvchi asosiy xulq atvor
buzilishlarini klinik-psixologik tavsifini yaratish.
2. Xulq-atvor buzilishlarining potologik va nopotologik shakllarining defferensiyasini
amalga oshirish.
3. Xulq-atvor buzilishlarining biologik omillar bilan bog‗liqligini aniqlash.
4. Mikromuhit omil (tarbiya sharoitlari va muhit) larning aloqadorligini o‗rganish.[8-9]
Emansipatsiya reaksiyasi
.
Bu o‗smirning kattalar qaramog‗idan nazoratidan va homiyligidan ozodlikka intilish
uchun harakat qilishida nomoyon bo‗ladi. Reaksiya kattalar tomonidan belgilangan tartib, qoida,
qonun, va umuman joriy qilingan standart va qadriyatga qarshi yo‗naltiriladi. Ozod bo‗lish

485
extiyoji mustaqil hayotga intilish bilan bog‗liq bo‗lib, bu reaksiya o‗g‗il bolalarda qizlarga
nisbatan kuchliroq ifodalanadi. Psixopatiya sharoitlarida emansipatsiya reaksiyasi ashaddiy
ko‗rinishga ega bo‗lib, o‗smirning uydan qochib ketishida ro‗yobga chiqadi.
Qiziqish -xobbi reaksiyasi.
O‗smirlik davri uchun qiziqish xobbi o‗ziga xos xususiyatni mujassamlashtirgan. Xuddi
bola uchun o‗yin zarur xususiyatga ega bo‗lganidek, o‗smirning shaxs sifatida shakllanishi
uchun qiziqish ham shunday muhim ahamiyat kasb etadi. Qiziqish psixologik hodisalarning
alohida kategoriyasini tashkil etib, u bir tomondan mayl, boshqa tomondan ishtiyoq va havasning
o‗rtasida joylashadi. Qiziqishlarni muayyan tizimga joylashtirish juda murakkabdir.
Salbiy imitatsiya (taqlid) reaksiyasi.
Bu mustaqillik uchun kurashishning bir ko‗rinishi sifatida emansipatsiya reaksiyasi
shakllanishining davomidir. Oila a‘zolarining nomaqbul xatti – harakatlariga nisbatan qarama -
qarshi munosabat tarzidagi xulq atvor ifodalanishi. [10-11]
Xulosa qilib aytish mumkinki, xulqi og‗ishgan o‗quvchilarda uchraydigan agressiv xatti-
harakatlar asosini avalo oila muhiti tashkil qilishi va oiladaga o‗zaro bir birini psixologik
tomondan tushinmasligi natijasidir. O‗smirlik keskin o‗zgarishlar davriligini hisobga olgan
holda, ularga alohida etiborni qaratish maqsadga muvofiqdir. Aks holda esa, yuqoridagi salbiy
xususiyatlar o‗smir yoshidagi o‗quvchi xarakterini, uning xatti-harakatini tubdan o‗zgartirib
yuboradi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1.
G.Q.To‗laganova, ―Tarbiyasi qiyin o‗smirlar‖ Toshkent; 2005.
2.
Sharofitdinov, A. (2022). OILADA SIBLING MAQOMI MUNOSABATLARINING
PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI.
Журнал Педагогики и психологии в современном
образовании
,
2
(3).
3.
Sharofitdinov, A. (2022). DESTRUKTIV XULQ-ATVOR PAYDO BO‗LISHI VA
SHAKLLANISHINING IJTIMOIY PSIXOLOGIK OMILLARI.
Журнал Педагогики и
психологии в современном образовании
,
2
(3).
4.
Abdulla, S. (2022, March). THE ROLE OF FAMILY IN THE FORMATION OF
LEARNING MOTIVATION FOR ADOLESCENTS. In
Conference Zone
(pp. 286-288).
5.
Sharofitdinov, A. (2022). O ‗SMIRLARDA O ‗QUV MOTIVATSIYASINI
SHAKLLANTIRISHDA OILANING O‗RNI.
Журнал Педагогики и психологии в
современном образовании
,
2
(6), 82-87.
6.
Sharofitdinov, A. (2022). BOSHQARUV JARAYONIDA QAROR QABUL
QILISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI.
Журнал Педагогики и психологии в
современном образовании
,
2
(6).
7.
Sharofitdinov, A. (2022). O‗SMIRLARDA JINOYATCHILIK XULQINING KELIB
CHIQISHI.
Журнал Педагогики и психологии в современном образовании
,
2
(6), 78-81.
8.
XXX, Sharafitdinov Abdulla. "The role of family in the formation of learning
motivation for adolescents."
Texas Journal of Multidisciplinary Studies
6 (2022): 285-287.
9.
Sharaffitdinov, A., & Yusupov, U. (2022). The opportunities of educating morality for
children through samples of folklore.
Eurasian Scientific Herald
,
5
, 65-68.
10.
Abdulla, S., & Zulxaydar o‗g‗li, Q. M. (2022). Psychological Characteristics of
DecisionMaking in Management.
Global Scientific Review
,
1
, 14-18.
11.
Sharofitdinov, A., & Umidjon, Y. (2022). SHAXSIY KAMOLOTDA ART-
TERAPEVTIK
MASHQLAR.
Журнал Педагогики и психологии в современном
образовании
,
2
(3).
PSIXOLOGIYADA TUSH KO‗RISH TILSIMLARI
Shovxiyev Luqmoniddin Boynazar o‗g‗li
O‗zMU Jizzax filiali psixologiya kafedrasi stajyor o‗qituvchisi