Psixologiyada tush korish tilsimlari

CC BY f
485-488
274
22
Поделиться
Шовксиев, Л., & Шарафитдинов, А. (2022). Psixologiyada tush korish tilsimlari . Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы, 1(1), 485–488. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zitdmrt/article/view/5204
Лукмониддин Шовксиев, O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali

psixologiya kafedrasi stajyor oqituvchisi

Абдулла Шарафитдинов, O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali

psixologiya kafedrasi stajyor oqituvchisi 

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Tush korish jarayoni anglanmagan jarayon ya‘ni ongsizlik holatiga kiradi. Tush korish holatini olimlar qadimdan qanday jarayon ekanligini, paydo bulish fiziologiyasini, diniy va ilmiy jixatlarini organib mhiyatini ochib berishga harakat qilib kelganlar. Jumladan, ibn Sino, Bositxon ibn Zohidxon Shoshiy va psixoanaliz maktabining asoschisi Zegmund Freyd kabi olimlar tush korish holatlarini tadqiq qilganlar.


background image

485

extiyoji mustaqil hayotga intilish bilan bog‗liq bo‗lib, bu reaksiya o‗g‗il bolalarda qizlarga
nisbatan kuchliroq ifodalanadi. Psixopatiya sharoitlarida emansipatsiya reaksiyasi ashaddiy
ko‗rinishga ega bo‗lib, o‗smirning uydan qochib ketishida ro‗yobga chiqadi.

Qiziqish -xobbi reaksiyasi.

O‗smirlik davri uchun qiziqish xobbi o‗ziga xos xususiyatni mujassamlashtirgan. Xuddi

bola uchun o‗yin zarur xususiyatga ega bo‗lganidek, o‗smirning shaxs sifatida shakllanishi
uchun qiziqish ham shunday muhim ahamiyat kasb etadi. Qiziqish psixologik hodisalarning
alohida kategoriyasini tashkil etib, u bir tomondan mayl, boshqa tomondan ishtiyoq va havasning
o‗rtasida joylashadi. Qiziqishlarni muayyan tizimga joylashtirish juda murakkabdir.

Salbiy imitatsiya (taqlid) reaksiyasi.

Bu mustaqillik uchun kurashishning bir ko‗rinishi sifatida emansipatsiya reaksiyasi

shakllanishining davomidir. Oila a‘zolarining nomaqbul xatti – harakatlariga nisbatan qarama -
qarshi munosabat tarzidagi xulq atvor ifodalanishi. [10-11]

Xulosa qilib aytish mumkinki, xulqi og‗ishgan o‗quvchilarda uchraydigan agressiv xatti-

harakatlar asosini avalo oila muhiti tashkil qilishi va oiladaga o‗zaro bir birini psixologik
tomondan tushinmasligi natijasidir. O‗smirlik keskin o‗zgarishlar davriligini hisobga olgan
holda, ularga alohida etiborni qaratish maqsadga muvofiqdir. Aks holda esa, yuqoridagi salbiy
xususiyatlar o‗smir yoshidagi o‗quvchi xarakterini, uning xatti-harakatini tubdan o‗zgartirib
yuboradi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.

G.Q.To‗laganova, ―Tarbiyasi qiyin o‗smirlar‖ Toshkent; 2005.

2.

Sharofitdinov, A. (2022). OILADA SIBLING MAQOMI MUNOSABATLARINING

PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI.

Журнал Педагогики и психологии в современном

образовании

,

2

(3).

3.

Sharofitdinov, A. (2022). DESTRUKTIV XULQ-ATVOR PAYDO BO‗LISHI VA

SHAKLLANISHINING IJTIMOIY PSIXOLOGIK OMILLARI.

Журнал Педагогики и

психологии в современном образовании

,

2

(3).

4.

Abdulla, S. (2022, March). THE ROLE OF FAMILY IN THE FORMATION OF

LEARNING MOTIVATION FOR ADOLESCENTS. In

Conference Zone

(pp. 286-288).

5.

Sharofitdinov, A. (2022). O ‗SMIRLARDA O ‗QUV MOTIVATSIYASINI

SHAKLLANTIRISHDA OILANING O‗RNI.

Журнал Педагогики и психологии в

современном образовании

,

2

(6), 82-87.

6.

Sharofitdinov, A. (2022). BOSHQARUV JARAYONIDA QAROR QABUL

QILISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI.

Журнал Педагогики и психологии в

современном образовании

,

2

(6).

7.

Sharofitdinov, A. (2022). O‗SMIRLARDA JINOYATCHILIK XULQINING KELIB

CHIQISHI.

Журнал Педагогики и психологии в современном образовании

,

2

(6), 78-81.

8.

XXX, Sharafitdinov Abdulla. "The role of family in the formation of learning

motivation for adolescents."

Texas Journal of Multidisciplinary Studies

6 (2022): 285-287.

9.

Sharaffitdinov, A., & Yusupov, U. (2022). The opportunities of educating morality for

children through samples of folklore.

Eurasian Scientific Herald

,

5

, 65-68.

10.

Abdulla, S., & Zulxaydar o‗g‗li, Q. M. (2022). Psychological Characteristics of

DecisionMaking in Management.

Global Scientific Review

,

1

, 14-18.

11.

Sharofitdinov, A., & Umidjon, Y. (2022). SHAXSIY KAMOLOTDA ART-

TERAPEVTIK

MASHQLAR.

Журнал Педагогики и психологии в современном

образовании

,

2

(3).

PSIXOLOGIYADA TUSH KO‗RISH TILSIMLARI

Shovxiyev Luqmoniddin Boynazar o‗g‗li

O‗zMU Jizzax filiali psixologiya kafedrasi stajyor o‗qituvchisi


background image

486

Sharafitdinov Abdulla XXX

O‗zMU Jizzax filiali psixologiya kafedrasi stajyor o‗qituvchisi

Annotatsiya:

Tush ko‗rish jarayoni anglanmagan jarayon ya‘ni ongsizlik holatiga kiradi.

Tush ko‗rish holatini olimlar qadimdan qanday jarayon ekanligini, paydo bulish fiziologiyasini,
diniy va ilmiy jixatlarini o‗rganib mhiyatini ochib berishga harakat qilib kelganlar. Jumladan,
ibn Sino, Bositxon ibn Zohidxon Shoshiy va psixoanaliz maktabining asoschisi Zegmund Freyd
kabi olimlar tush ko‗rish holatlarini tadqiq qilganlar.

Kalit so‗zlar:

Tush ko‗rish, uyqu, Bositxon ibn Zohidxon Shoshiy, nafsi notiqa, ruh,

tasavvur.


Ma‘lumki, tush ko‗rish ixtiyorsiz xayolning bir ko‗rinishidir. Odam uxlagan vaqtida tush

ko‗radi. Ilmiy asarlarda yozilishicha, uyquda miyadagi psixik jarayonlarning markazlari
tormozlanadi va odam miriqib uxlab dam oladi. Agar bosh miyada biror markaz qo‗zg‗alib
qolsa, shu markazga ta‘sir etgan voqea hodisalar xira bo‗lsa ham miyada tiklanadi va odam tush
ko‗radi.

Bugungi ilm-fan inson ko‗zi hamma narsani ko‗rish qobiliyatiga ega emasligini

aniqlagan. Quloq esa barcha tovushlarni eshitishga qodir emas. Xuddi shuningdek, bu kungi
fanimizni miyaning sezuvchanlik qobiliyati qiziqtirib turibdi. Koma holatiga tushgan ko‗p
odamlar orasida o‗tkazilgan so‗rovlar bunday alpozda inson boshqa o‗lchamdagi dunyoda
yashashini isbotlagan. Ayniqsa, tush masalasi olimlarimiz diqqat-e‘tiborimizni o‗ziga jalb etgan.

Tush nima? Tush qanday vosita orqali ko‗riladi? Tushga nisbatan ―ko‗rish‖ fe‘lini

ishlatish joizmi? Inson tush ko‗radimi yoki tushida yashaydimi? Tushda voqelikdan o‗zib ketish
hodisasi nimaga asoslanadi? Inson taqdiri avvaldan belgilab qo‗yilganmi yoki taqdirni
o‗zgartirib bo‗ladimi? Odam o‗lgandan so‗ng boshqa olamdagi dunyoda yashaydimi yoki
insonning ―men‖ligiga nuqta qo‗yiladimi? Bu kabi o‗nlab, yuzlab savollar tadqiqotchilar fikr-u
o‗yini band etib turibdi. Mutaffakur Bositxon ibn Zohidxon Shoshiy ―Qonuni Bositiy‖ kitobining
―Ammo arvohi arba‘a‖ (―Ammo to‗rtta ruhlar‖) bobida ruhlar haqida so‗z ochib, ikkita ruhga
alohida urg‗u beradi.

―Birinchi ruhini samoviy derlarki, Hazrati Xalloqi bechunning ato qilg‗on

ruhidir. ―Qulur-ruhi min amri robbi farmoni birlan ani haqiqatdin lisoni shar lol va sokit va
mohiyatidin hukamoi dahr ojiz vas omit (jim) bo‗lg‗on haqiqiy ruh, ya‘ni jondurki, faqat lutfi
ilohydir‖ deb yozadi olim., - ―Va naftu fihi min ruhi‖ sha‘ni birlan sharafyobdurki, bu ruhni
hukamoi faylasuflar nafsi notuqa deb ta‘bir qilurlar. Va ba‘zi hukamoi derlarki, insonda bir
javhari mudrika bordurki, mufrikai nafsoniya ani qilg‗on idroki suvar va ma‘oniyi juz‘iyalarini
qo‗shib, majmu‘ini kulliaton idrok qilur. Bas, javharni badang‗a va badanni tadbirig‗a
mutaalliqlik e‘tibori ila nomi nafsi notiqadur. Va olami qudsiyg‗a tavajjuhini e‘tibori ila nomi
ruhdir. Ya‘ni biz-zot ruhdur, yani bil-e‘tibor nafsi notiqadur, derlar‖.

―Nafsi notiqaning‖ lug‗aviy ma‘nosi ―gapiruvchi o‗zlik‖ demakdir. Ya‘ni insonning

o‗zligi gapirish, fikrlash, mushohada yuritish, ko‗rgan-kechirganlarini yodda saqlash barobarida
shakllanadi. Agarda inson xotirasini butkul yo‗qotsa ismini, ko‗rgan-kechirganlarini, hayotda
mavjudligini, xullas, mavjudod ekanligini butkul unutsa ―nafsi notiq‖lik pasayadi. Masalan,
o‗lim deganda ―Men‖likning yo‗qolishi tushuniladi. Xuddi ana shu xususiyat insonni o‗limdan
qo‗rqishga sababchi bo‗ladi.

Shoshiy ―…Asl inson jasad emas, balki ruhdur‖ deb yozar ekan, bundan inson jasadi

bo‗lmasa ham isboti tush ko‗rish hodisasi hisoblanadi.

Xush tush o‗zi nima? Ko‗pchilik tushni miya qavatlaridagi obraz yasash faoliyati bilan

izhlaydilar. Jumladan ―O‗zbek tilining izohli lug‗ati‖ (1981) kitobida tush shunday ta‘riflanadi:
―Tush uyquda vujudga keladigan obrazlar, uyqu vaqtida ko‗riladigan‖.

Haqiqtdan ham obraz yasash xususiyatiga egadir, ya‘ni miya qavatida obraz yasovchin

―uskuna‖ mavjud. Binobarin, alohida iqtidorga ega kishilar(masalan yozuvchilar) umuman
hayotda bo‗lmagan, yashamagan odamlarning obrazlarini yaratadilar. Yozuvchi tasavvurining
mahsuli sanalmish obrazlar o‗z-o‗zidan harakatlanadi, haqiqatan yashab o‗tganiga o‗quvchini


background image

487

ishontiradi. Deylik, Abdulla Qodiriy yaratgan obrazar: Yusufbek hoji, Otabek, Kumush, Zaynab
va hokozolar hayotda yashab o‗tganligiga ayrim o‗quvchilar qattiq ishonishadi. Shu bois
Kumush olamni tark etganida adib o‗zini tutolmay yig‗lagani yodnomalarda qayd etilgan. Qani
endi o‗quvchilarni bu obrazlarni yozuvchi o‗ylab topgan, deya ishontirib kuring-chi? Bu gapga
ishonishmaydi. Demak, inson miyasi obrazni haqiqat sifatida yuzaga chiqarishga qodir ekan.

Keng miqyosda esa tushni faqat miya qavatlarida obraz yasash ―uskuna‖siga bog‗lash

mantiqan to‗g‗ri emas. Tasavvur qiling tushungizga bundan ko‗p yillar muqaddam olamni tark
etgan yaqin kishingiz kirdi. U siz bilan gaplashadi, savollarga javob beradi. Sizga savol beradi,
javobingizni eshitib, o‗ylab ko‗radi, ba‘zi ishlaringizdan norozi bo‗lsa, shuni gapiradi.

Tush ruh bilan bog‗liq hodisa, unda ruhlar suhbati voqelikka ko‗chadi.
Haqli ravishda savol tug‗ladi. Yaqin kishingizning (dunyodan o‗tgan) obrazini miyaning

o‗zi yaratgan bo‗lsa, bu obraz sizning muommolaringizni qanday qilib biladi? Demakki, tushga
kirgan kishi haqiqatdan boshqa o‗lchamdagi dunyoda yashamoqda. Sizni kuzatib turmoqda. Yani
tush ruh bilan bog‗liq hodisa. Tushda ruhlar suhbati voqelikka ko‗chadi.

Qisqacha qilib aytganda, tush ruhga bog‗langan mu‘jiza. Ruhning shakli, yashash tarziga

hech kimning aqli yetmaydi. Zotan Qur‘oni Karimda ta‘kidlanganiday, ―…Ruh
Parvardigorimning ishidandur‖.[1]

Ko‗rgan tushlarimizni ma‘zmuniga qarasak, odam ikki olamda hayot kechirar ekan,

degan fikirga kelamiz. Nahotki bu haqida odamlar shu vaqgacha o‗ylab ko‗rishmagan? Axir bu
hodisa mutloq yangi ilm-ku. Tushda kechgan hayot bizning tabiatimizning ikki tarafi bir-biridan
mutlaqo ajralib qolganini bildiradi. Oqibatda, men bu hodisa timsolida botin kechinmalarimiz
oshkora hissiyotlarimizga nisbatan qudratliroq degan xulosaga keldim. (Balzak. ―Lui Lamber
1833‖)[2]

Tush koʻrish —

uyquda

sodir boʻladigan subʼyektiv psixik hodisa. Fiziologik jihatdan

tush

bosh miya

katta yarim sharlarining tormozlanmagan hujayralari faoliyati natijasidir. Chuqur

uyqu paytida bosh miya poʻstloq qismining hujayralari butunlay tormozlanadi va bunda tush
koʻrilmaydi. Bosh miya poʻstloq qismining ayrim boʻlaklari tormozlanmaganda shu joylar
kuchsiz taʼsirotlarga sezgir boʻladi. Shunda odam tush koʻradi.tushda uyqudagi kishi aniq va
tasvirli kechinmalarning shohidi boʻladi. Tushdagi voqealar bir-biriga bogʻliq, bir oz noaniq,
hayajonli, afsonaviy tus oladi. Tush asosan, tez kechadigan uyqu fazasidan uygʻonish vaqtida
yoki undan soʻnggi bir necha minut davomida roʻy beradi, kishi uni uzoq vaqt yodsa saqlay
olmaydi. Kishi sokin kechadigan uyqu fazasida ham tush koʻrishi mumkin. Ertalabki uygʻonish
davrida tush, odatda, uzoq davom etadi (chunki bunda "tez kechadigan" uyqu vaqti uzoqroq
boʻladi). Tushning xususiyati kishining nerv sistemasi tipiga, uning sogʻligʻiga, maʼlum davrdagi
kechinmalariga bogʻliq[3].

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.M.E.Zufarova. Qiziqarli psixologiya. ―FAYLASUFLAR‖ nashryoti. Toshkent-2021
2.Sadriddin Shams. Zegmund Freyd. @PsixoBLOGuz teligram kanal.
3.www.vikipediya.uz
4. Sharofitdinov, A. (2022). Destruktiv xulq-atvor paydo bo‗lishi va shakllanishining

ijtimoiy psixologik omillari. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании,
2(3).

5. Sharofitdinov, A. (2022). Boshqaruv jarayonida qaror qabul qilishning psixologik

xususiyatlari. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 2(6).

6. Sharofitdinov, A. (2022). O‗smirlarda jinoyatchilik xulqining kelib chiqishi. Журнал

Педагогики и психологии в современном образовании, 2(6), 78-81.

7. Shovxiyev L.(2021). Ursachen der Entstehung von psychischen Krisen. "International

Simposium of Young Scholars" Xalqaro Amerika konferensiyasi. (514-516 betlar)

8. Shovxiyev Luqmoniddin Boynazar o‗g‗li, Murotmusaev Komiljon Buriboyevich,

Yuldashev Sheryigit Ergashovich. ―PSCHOLOGY OF MODERN LEADERSHIP AS AN


background image

488

IMPORTANT PHENOMENON OF EFFECTIVE MANAGEMENT‖ Intenational Journal of
Early Childhood Special Education ISSN:1308-5581 2022 yil

9. Shovxiyev Luqmoniddin Boynazar o‗g‗li. Xulqi og‗ishganlikning psixogeginasi va

psixoprofilaktikasi. ―Zamonaviy ta‘lim-tarbiya jarayonining psixologik-pedagogik masalalari‖
ga bag‘ishlangan Xalqaro konferensiya. // Yoshlarga ijtimoiy-psixologik xizmat ko‘rsatish
markazi. Toshkent-2021.

ONTOGENEZNING TURLI YOSH DAVRLARIDA OʻZINI-OʻZI ANGLASHNING

SHAKLLANISHI

Yusupova Shoxroʻza Shamsiddin qizi

O‗zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

―Psixologiya‖ kafedrasi oʻqituvchisi

Tursunov Sardor Ravshan o‗g‗li

O‗zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

―Psixologiya‖ fakulteti talabasi

Bo‗ronov Shahzodjon Erkin o‗gʻli

O‗zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

―Psixologiya‖ fakulteti talabasi

Annotatsiya:

Har bir shaxs hayoti davomida o‗zining yetuklik pog‗onasiga intiladi.

Ushbu intilish har bir inson uchun muhim o‗ringa ega. Chunki jamiyat rivojida o‗z
qobiliyatlarini to‗laqonli tarzda namoyon qila bilish, (samoaktualizatsiya) jamiyat va keyingi
avlod rivoji uchun juda muhim. O‗z qobiliyatlarini namoyon qila bilish uchun esa shaxsning
turli davrlarida birinchi navbatda o‗zini anglash jarayoni tog‘ri shakllanishi kerak.

Kalit soʻzlar

: kognitiv rivojlanish, o‘zini-o‘zi anglash, samoaktualizatsiya, ijtimoiy ta‘sir,

maktabgacha yosh, o‘smir yosh.


Inson shaxsi butun umr bilishga intilish bilan bilish jarayonlari, xarakter xususiyatlari,

hissiy-emotsionalligi, irodaviy jihatlari, qiziqish, intilishi, qobiliyatlari individuallik ko‘rinishida
rivojlanib boradi. Rivojlanish bu bir umr bo‘ladigan jarayon hisoblanadi. Albatta rivojlanish
bosqichma-bosqish bo‘ladi. Rivojlanish kognitiv va ijtimoiy bo‘lishi mumkin. Kognitiv
rivojlanish miyaning rivojlanishi bilan bog‘liq holda fikrlashning ham rivojlanishi narzarda
tutiladi. Ijtimoiy rivojlanish atrof muit va atrofdagilar bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishi bilan
izohlanadi. Rivojlanish tug‘ma hamda tarbiyalash ta‘sirida bo‘ladi. Bugunga qadar olimlar shuni
aniqladilarki, miyaning rivojlanishida maktabgacha yosh bosqichlari nihoyatda muhim ro‘l
o‘ynaydi. Miya bevosita tashqi stimul ta‘sirida rivojlanib boradi.

Bola dunyoga kelibdiki, u har bir yoshda dastlab atrof-olamni, predmetni va jamiyatdagi

shaxslarni kuzatib, o‘z xatti-harakatlari orqali o‘rganib boradi. Ilk tashqi ta‘sirni ijtimoiy muhit
va munosabatni oilada va oila a‘zolari bilan bo‘ladigan munosabatda oladi. Oila bola shaxsining
o‘zini-o‘zi anglashida, individual xususiyatlari va oliy hislarning namoyon bo‘lishida
fundamental shakllantiruvchi asosiy maskan bo‘lib qoladi. Bu maskanda muhim ro‘lda ota-ona
bolani o‘zligini anglashga yordam beruvchi va rivojantiruvchi vakil deb hisoblashimiz mumkin.
Oila maskani bilan birga ta‘lim muassasalari va unda faoliyat yuritayotgan tarbiyachi,
o‘qituvchilar faoliyati ham bola shaxsi akademik, ijtimoiy bilim, ko‘nikmalalari, hissiy-
emotsional yetukligini ta‘minlashda ongli o‘zini-o‘zi anglash muhimligi borasidagi qarashlarni
chet el olimlarining olib borgan tadqiqotlarida ham ko‘rishimiz mumkin. O‘zini-o‘zi anglash
jarayonini yoshlikdan tog‘ri shakllantirib borish bolaning keyingi yoshdagi psixik rivojlanishi va
u bilan bog‘liq inqirozli davrlarning yengil o‘tishini ta‘minlaydi. Ammo turli yoshdagi
shaxslarda biz hozirgacha uchratayotgan deviant xulq-atvorning ya‘ni xulqi og‘ishning yuzaga
chiqayotganligi ushbu jarayonni to‘g‘ri shakllantirishning muhimligini anglatadi. Negaki

Библиографические ссылки

M.E.Zufarova. Qiziqarli psixologiya. “FAYLASUFLAR” nashryoti. Toshkent-2021

Sadriddin Shams. Zegmund Freyd. @PsixoBLOGuz teligram kanal.

www. vikipediya.uz

Sharofitdinov, A. (2022). Destruktiv xulq-atvor paydo bo‘lishi va shakllanishining ijtimoiy psixologik omillari. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 2(3).

Sharofitdinov, А. (2022). Boshqaruv jarayonida qaror qabul qilishning psixologik xususiyatlari. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании. 2(6).

Sharofitdinov, А. (2022). O'smirlarda jinoyatchilik xulqining kelib chiqishi. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 2(6), 78-81.

Shovxiyev L.(2021). Ursachen der Entstehung von psychischen Krisen. "International Simposium ofYoung Scholars" Xalqaro Amerika konferensiyasi. (514-516 betlar)

Shovxiyev Luqmoniddin Boynazar o‘g‘li, Murotmusaev Komiljon Buriboyevich, Yuldashev Sheryigit Ergashovich. “PSCHOLOGY OF MODERN LEADERSHIP AS AN IMPORTANT PHENOMENON OF EFFECTIVE MANAGEMENT” Intenational Journal of Early Childhood Special Education ISSN: 1308-5581 2022 yil

Shovxiyev Luqmoniddin Boynazar o‘g‘li. Xulqi og‘ishganlikning psixogeginasi va psixoprofilaktikasi. “Zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonining psixologik-pedagogik masalalari” ga bag’ishlangan Xalqaro konferensiya. // Yoshlarga ijtimoiy-psixologik xizmat ko’rsatish markazi. Toshkent-2021.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов