
243
TOSHKENT VILOYATI CHAVLISOY HUDUDIDA
TULIPA MOGOLTAVICA
POPOV&VVED TARQALISHI
Abdullayev Davlatali Alijon oʻgʻli,
Jo‗raqulov Jahongir Jo‗raqul o‗g‗li,
Turgunov Mirabdulla Dehkanovich
O‘zR FA Botanika instituti huzuridagi akademik
F.N. Rusanov nomidagi Toshkent botanika bogʻi,
Tabiiy flora oʻsimliklari introduksiyasi laboratoriyasi
kichik ilmiy xodimlari
Annotatsiya:
Maqolada Tulipa mogoltavica turni G‗arbiy chotqol rayonining chavlisoy
hududida tarqalgan populyatsiyalari, 10 m
2
hududdagi o‘simliklar soni, generative va yuvenil
o‘simliklarning o‘rtacha uchrash foizi hamda kamayish sabablari ko‘rsatib o‘tilgan.
Kalit soʻzlar:
Tulipa L., Tulipa mogoltavica, Tyan-Shan, Pomir-Oloy, Leiostemones,
Qizil kitob, flora.
O‗rta Osiyo lolalarning –
Tulipa L.
turkumining kelib chiqishi markazi va turkumlarning
turli tumanligi eng yuqori bo‗lgan xudud hisoblanadi. Bu yerda lolalar turlari hosil bo‗lishining
tarixiy tarkib topgan to‗rtta o‗choqlari mavjudligi aniqlangan. Ulardan biri O‗rta Osiyoning
cho‗llarida va yarim cho‗llarida, boshqasi baland tog‗larda joylashgan. Uchinchi o‗chog‗ deb
Pomir-Oloy tog‗lari tizimi topilgan. To‗rtinchisi esa G‗arbiy Tyan-Shanning adirlari va
tog‗lariga to‗g‗ri kelib o‗ziga xosligi bilan ajralib turadi [1]. O‗rta Osiyoda lolalarning 63 turi
o‗sadi. Bu turlar ichida Mo‗g‗ultog‗ lolasi (
Tulipa mogoltavica Popov&Vved)
aloxida etiborga
molik tur hisoblanadi.
Leiostemones kenja turkumiga mansub bu tur morfologik jihatdan
T. gregii
Regel ga juda
yaqin tur hisoblanadi. Greyg lolasidan farq qiluvchi belgilari nisbatan past bo‘yi, barglarining
to‘q yashil bo‘lishi va gullarining maydaroqligi hisoblanadi. Gultojbarglari qizil, chetlari biroz
sarg‘ish rangda. Mo‘g‘ultog‘ lolasining yana bir o‘ziga xos belgisi gultojbarglari asosida aniq
sariq xoshiya bo‘lishi ham keltirilgan. Lekin Mo‘g‘ultog‘ hududida uchraydigan formalar orasida
sariq xoshiyasiz vakillari ham ko‘plab topilgan. Adabiyotlarda faqat urug‘dan ko‘payadi,
vegetativ ko‘payish imkoniyati cheklangan deyilgan [2]. Tyan-Shan tog‘larining lyossimon
mayin tuproqli tog‘oldi, past va o‘rta tog‘ mintaqasining toshli yonbag‘rliklarida (Toshkent
Olatog‘i, Qurama tizmasi,) va Pomir-Oloyning (Mo‘g‘ultog‘) o‘rta tog‘ mintaqasida uchraydi.
Aprel-may oylarida gullaydi. Landshaft ko‘kalamzorlashtirishda qo‘llanilgan. Ochiq
grunt sharoiti uchun chidamli ob‘yekt hisoblanadi.
Xo‘jand, Dushanbe, Toshkent, Bishkek, Ashxabod, Olma-Ota, Kiyev va Sankt-
Peterburgda sinovdan o‘tkazilgan. Xorijiy adabiyotlarda Greyg lolasi bilan bir tur sifatida
qarashadi [3].
Lola turlarini o‗rganishga botanik olim, biologiya fanlari nomzodi A.I.Vvedenskiy [4]
ulkan hissa qo‗shgan. U lolalarni 12 ta yangi turini aniqlagan va
Tulipa L.
turkumining dunyoda
eng mashhur bo‗lgan tizimlaridan birini ishlab chiqqan [1]. Bundan tashqari O‗rta Osiyo
lolalarni o‗rganishda prof Z.P. Bachantseva [5], b.f.n A.X. Sharipov [6], akad. K.Sh.Tojiboyev
[7] kabi olimlar ulkan hissa qo‗shishgan.
Ayni paytda
Tulipa
turkumining O‘zbekiston florasida 34 turi ro‘yxatga olingan [8].
Tulipa mogoltavica
bo‗yi 10-30 sm. Piyozi tuxumsimon, diametri 5 sm gacha. Barglari 3-4 ta,
siyrak joylashgan, uzunligi 15 sm va eni 5-7 sm, ustki tomonida juda ko‗p to‗q qizil dog‗lari bor.
Guli bitta, uzunligi 3-5 sm, yorqin qizil, shaklan qizil lola guliga o‗xshaydi. Changchi ipi qora,
faqat changdoniga yaqin o‗tkir uchi qizil. Changdoni qora yoki qoramtir binafsharang. Ko‗sagi
uzunchoq uchburchaksimon, uzunligi 4,2 sm va eni 2,2 sm gacha bo‗ladi. Urug‗i qiyshiq
dumaloq uchburchaksimon, jigarrang, uzunligi 0,5sm va eni 0,3 sm gacha yetadi. Aprel-mayda
gullab, may-iyyunda mevalaydi. Tog‗larning quyi va o‗rta qismidagi toshli va soz tuproqli

244
yonbag‗irlarda o‗sadi. Toshkent viloyati Qurama tizmasida bir necha papulyatsiyasi
uchraydi.[1]. Chotqol tizmasining janubiy-g‗arbiy qismida xam o‗sishi aniqlandi.
G‗arbiy Tyan-Shan okrug g`arbdan Toshkent-Mirzacho‗l okrugi bilan o‗ralgan,
shimoldan, sharqdan va janubdan uning chegarasi shartli ravishda O‗zbekistonning Qozog‗iston,
Qirg‗iziston va Tojikiston bilan bo‗lgan ma‗muriy chegarasiga to‗g`ri keladi. Bu chegara
shimoli-g‗arbda Qorjantog‗, shimolda Talas Olatovi, sharqda Pskom tog‗larining o‗ng
, Mo‗g‗ultog‘ tog‗larining suvayirg‗ich qismlari orqali o‗tadi [10]. Qizil
tog‘ hududi Chavlisoy bo‘limi, G‘arbiy Tyan-Shan okrugining G‘arbiy Chotqol rayonida
joylashgan.
Afsuski, o‘tgan asr oxiriga kelib antropogen omillar ta‘sirining kuchayishi natijasida
ko‘plab turlar arealining qisqarib ketishi jiddiy muammolardan biriga aylanib qolmoqda. Buning
asosiy sabablari sifatida - lola piyozlari va gullagan o‘simliklarning betartib terib olinishi, tur
areallarida chorva mollarining boqilishi, atrof-muhit degradatsiyasini sanab o‘tishimiz mumkin.
O‘zbekiston Qizil kitobiga lola turkumining 19 turi kiritilgan. [9]. Floramizda tarqalgan lola
turkumiga mansub noyob o‘simliklarimizni saqlab qolish va muhofaza qilish maqsadida, ularni
populyatsiyalari keng tarqalgan hududlar nazorat ostiga olinmoqda. Tabiiy floraga ziyon
yetkazmagan xolatda o‘simliklar kolleksiyalarini yaratishda Botanika bog‘larida turli ilmiy
tadqiqotlar olib borilmoqda.
1-jadval
T. mogoltavica
turning tarqalish koordinatalari, populyatsiyadagi generativ va yuvenil
o‘simliklar miqdori
№
Umu
miy
soni
Generati
v
o‗simlikl
ar
soni
%
Yuvenil
o‗simliklar
soni
%
JPS kordinata
Dengiz
sathidan
balandlig
i
N
E
1
9
7
77,78
2
22,22
41,119475
69,703021
983
2
11
6
54,55
5
45,45
41,119743
69,703046
984
3
7
4
57,14
3
42,86
41,119955
69,703773
979
4
7
5
71,43
2
28,57
41,118702
69,702821
980
5
16
9
56,25
7
43,75
41,118479
69,702393
973
6
7
4
57,14
3
42,86
41,118639
69,702538
975
7
13
7
53,85
6
46,15
41,118925
69,702742
978
8
21
14
66,67
7
33,33
41,111808
69,714001
1092
9
17
12
70,59
5
29,41
41,111615
69,713159
1084
10
21
14
66,67
7
33,33
41,112349
69,714989
1098
M
12,9
8,2
63,2
4,7
36,8
m
1,77
1,23
5,33
0,65
7,03
Chotqol tizmasining janubiy-g‗arbiy qismidagi Qizil tog‗ hududi Chavlisoyning ikkala
tomonida Mo‗g‗ultog‗ lolasining tasmasimon populyatsiyasi aniqlandi. Bu hududning har 10 m
2
qismida lolalar o‗rtacha 12,9 ±1.77 miqdorda o‗sishi aniqlandi. Hududda mavjud lolalarning
63,2±5.33 % qismi generativ holatda, qolgan 36,8±7.03 % qismi esa yuvenil holatda ekanligi
aniqlandi. Bu holatning sababi sifatida hududda chorva mollari ko‘p miqdorda boqilishini
ko‘rsatishimiz mumkin.

245
2-rasm.
T. mogoltavica
1-rasm.
T. mogoltavica
turning tarqalish Chavlisoy hududidagi populyatsiyalari
Olib borilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra generativ o‘simliklar miqdori yuvenil
o‘simliklar miqdoridan deyarli ikki barobar ko‘p ekanligi aniqlandi. Buni izohlashda ikkita
sababni ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin. Birinchidan, ilmiy adabiyotlarda turning asosan urug‘dan
ko‘payishi haqida ma‘lumotlar keltirilgan. Ikkinchi sabab, chorva mollari ko‘p miqdorda
boqilishi yuvenil o‘simliklarning ko‘plab nobud bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. Bu esa
populyatsiyaning ―qarishi‖ga olib keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1.
Tojibaev K, Kadirov R (2010) Tulips of Uzbekistan. Tashkent: Sharq.
2.
Декоративные травянистые растения для открытого грунта. Том 2. 1977. Изд
«Наука», Ленингр. Отд., Л. 1-459(260-sahifa)
3.
https://powo.science.kew.org/taxon/urn:lsid:ipni.org:names:543007-1
4.
Vvedensky AI (1941) The genus
Tulipa
L. In: Flora Uzbekistanica. Tashkent, The
Publishing house of the Academy of Sciences UzSSR, 1: 502-520.

246
5.
Botschantzeva ZP (1982) Tulips: taxonomy, morphology, cytology, phytogeography
and physiology. CRC Press, Rotterdam
6.
Sharipov AH, Pechenitsyn VP, Ashurmetov OA (2002) Wild tulips of Central Asia.
In: Tilip and Man. Almaty. Proceedings of the symposium: 37–42.
7.
Tojibaev K, Karimov F, Oh BU, Oh SH, Jang CG (2018) A checklist of the geophytes
of Fergana Valley, Middle Asia – Monocotyledonous plant and biogeographical analysis. Journal
of Asia-Pacific Biodiversity 11 (3): 431–441. https://doi.org/
8.
Tojibaev K, Beshko N (2015) Reassessment of diversity and analysis of distribution in
Tulipa
(Liliaceae) in Uzbekistan. Nordic Journal of Botany 33 (3): 224–234.
https://doi.org/10.1111/njb.00616
9.
The Red data book. 2019
10.
http://www.hozir.org/buxoro-davlat-universiteti-ozbekiston-tabiiy-geografiyasi-
MAHALLIY
BUGʻDOY NAV- NAMUNALARINING NONBOPLIK XUSUSIYATLARI
Alloberganova Z.B.,
Atajanov A.Y.,
Raximova M.X.
b.f.n.dotsent,
akademik litseyi biologiya fani o‘qituvchisi,
2- bosqich talabasi.
Urganch Davlat universiteti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Xorazm tuproq iqlim sharoitida ye
tishtirilgan mahalliy
bug‘doy nav namunalaridan
Qora - qiltiq navining nonboplik xossalari va nonning sifat
ko‘rsatkichlari aniqlanlab o‘rganilgan.
Kalit soʻzlar.
Termostat, achitqi, elastik, bijg‘ish,
kontinental,opara, nonboplik,
g‘ovaklik,
sahro,
raqobatbardosh.
Oxirgi paytda Respublikamiz aholisining yuqori sifatli un mahsulotlariga bo‘lgan talabi
ortib bormoqda. Buni qo‘shni Qozog‘iston, Rossiya mamlakatlaridan kiritilayotgan yuqori sifatli
un mahsulotlari salmog‘ining oshib borayotgani bilan ham ko‘rish mumkin. Mamlakatimiz
ichida ham shu mahsulotlarga raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish,
chiqarilayotgan un sifatini oshirish davr talabidir.
Bu borada Respublikamizning turli mintaqalarida g‘allachilik yo‘nalishida qator ilmiy
tadqiqot ishlari amalga oshiriloqda. Xorazm viloyati ham shular qatoriga kirib,
hududda
yetishtirilayotgan bug‘doy donlarining sifatini, texnologik va nonboplik xossalarini o‘rgangan
holda yuqori sifatga ega bo‘lgan navlardan un olish yo‘llarini takomillashtirish kabi masalarga
katta e‘tibor qaratilmoqda.
Xorazm vohasi respublikamizning shimolida joylashgan bo‘lib, o‘zining tuproq-iqlim
sharoitlariga ko‘ra O‘zbekistonning boshqa viloyatlaridan farqlanadi. Xorazm vohasi hududda
sahroning kontinental iqlimi hukm suradi, hammasi bo‘lib 100 mm atrofida yog‘in-yog‘ib, qishi
qattiq sovuq, qariyb qorsiz bo‘ladi.[5]
Anashunday o‘ziga xos iqlim sharoitli xududlarda bug‘doy yetishtirish va undan yuqori
hosil olish uchun ko‘p mehnat va xarajat talab qiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, bug‘doydan yuqori va sifatli don olish maqsadida
yetishtirishning kompleks agrotexnologiyalarni ishlab chiqish va yuqori hosilli navlarni tanlab
olish va ular ustidan tajribalar olib borish va ishlab chiqarishga joriy qilish muhim ahamiyat kasb
etadi.[1]