Авторы

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aept.59371

Ключевые слова:

рейтинг устойчивости субъекты хозяйствования бюджетная политика кризис бюджет налоговое администрирование субъекты предпринимательства налоговая отчетность налоговые поступления налоговые льготы налог ставка налога преференции

Аннотация

В целях дальнейшего совершенствования налоговой системы в нашей республике, сокращения скрытого оборота в экономике и реализации основных направлений концепции совершенствования справедливой налоговой политики Республики Узбекистан, расширение налоговой базы за счет внедрения цифровых технологий в экономику. изучено налоговое администрирование и некоторые важные реформы в налоговой системе, разработан зарубежный опыт, научно-практические выводы и предложения по его применению в нашей стране.


background image

www.e-itt.uz

I SON. 2024

9

SOLIQ MAʼMURCHILIGI SOHASIDA ELEKTRON HUJJATDAN FOYDALANISH ORQALI

SOLIQ BAZASINI KENGAYTIRISH YOʻNALISHLARI

Abdullaev Shahbozbek Nodirshoh oʻgʻli

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

ORCID: 0009000991985151

shahbozbek.abdullaev@soliq.uz

Annotatsiya.

Respublikamizda soliq tizimini yanada takomillashtirish, iqtisodiyotda

yashirin aylanmani qisqartirish va Oʻzbekiston Respublikasi adolatli soliq siyosatini

takomillashtirish konsepsiyasining asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirish maqsadida soliq

maʼmurchiligiga raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali soliq bazasini kengaytirish hamda

soliq tizimida amalga oshirilayotgan ayrim muhim islohotlar oʻrganilib, xorij tajribasi,
mamlakatimizda uni qoʻllash boʻyicha ilmiy-amaliy xulosa va takliflar ishlab chiqilgan.

Kalit soʻzlar:

barqarorlik reytingi, tadbirkorlik subyektlari, byudjet siyosati, inqiroz,

byudjet, soliq maʼmurchiligi, tadbirkorlik subyektlari, soliq hisoboti, soliq tushumlari, soliq

imtiyozlari, soliq, soliq stavkasi, preferensiyalar.

НАПРАВЛЕНИЯ РАСШИРЕНИЯ НАЛОГОВОЙ БАЗЫ ЗА СЧЕТ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ

ЭЛЕКТРОННЫХ ДОКУМЕНТОВ В СФЕРЕ НАЛОГОВОГО АДМИНИСТРИРОВАНИЯ

Абдуллаев Шахбозбек Нодиршах угли

Ташкентский государственный

экономический университет

Аннотация.

В целях дальнейшего совершенствования налоговой системы в нашей

республике, сокращения скрытого оборота в экономике и реализации основных

направлений концепции совершенствования справедливой налоговой политики
Республики Узбекистан, расширение налоговой базы за счет внедрения цифровых

технологий в экономику. изучено налоговое администрирование и некоторые важные

реформы в налоговой системе, разработан зарубежный опыт, научно-практические

выводы и предложения по его применению в нашей стране.

Ключевые слова:

рейтинг устойчивости, субъекты хозяйствования, бюджетная

политика,

кризис,

бюджет,

налоговое

администрирование,

субъекты

предпринимательства, налоговая отчетность, налоговые поступления, налоговые

льготы, налог, ставка налога, преференции.

UOʻK: 3332.22

I SON – IYUL-AVGUST

9-18


background image

www.e-itt.uz

I SON. 2024

10

DIRECTIONS FOR EXPANDING THE TAX BASE THROUGH THE USE OF ELECTRONIC

DOCUMENTS IN THE FIELD OF TAX ADMINISTRATION

Abdullaev Shahbozbek Nodirshah ugli

Tashkent State University of Economics


Abstract.

In order to further improve the tax system in our republic, to reduce hidden

circulation in the economy, and to implement the main directions of the concept of improving the

fair tax policy of the Republic of Uzbekistan, expanding the tax base by introducing digital
technologies to the tax administration and some important reforms in the tax system were studied,

foreign experience, scientific-practical conclusions, and proposals for its application in our

country have been developed.

Keywords:

stability rating, business entities, budget policy, crisis, budget, tax

administration, business entities, tax reporting, tax revenues, tax benefits, tax, tax rate,

preferences.

Kirish.

Oʻzbekiston ham rivojlangan mamlakatlar tajribasiga tayanib Hukumat va soliq

toʻlovchilar

oʻrtasidagi

munosabatlarni

elektron

interaktiv

xizmatlar

asosida

tashkillashtirishga oʻtmoqda. Soliq tizimida ham soliq organlari va soliq toʻlovchilar oʻrtasidagi

oʻzaro munosabatlarni raqamlashtirish orqali takomillashtirmoqdalar. Raqamli texnologiyani

oʻzlashtirish muvaffaqiyatli va samarali soliq islohotlarini amalga oshirishga, raqamli
iqtisodiyotning bexato soliqqa tortilishini taʼminlashga va rioya qilish yoʻlidagi toʻsiqlarni

kamaytirishga hamda inson omilini qisqartirishga imkon beradi.

Adabiyotlar sharhi.

Kukarina

(

2004

)

oʻz tadqiqotlarida, birinchi navbatda, tadqiqotning yangi predmeti –

menejment sohasiga faol joriy etilayotgan va qonunchilikni birlashtirishni talab qiluvchi

elektron hujjat ekanligini taʼkidlagan. Bu sohadagi birinchi qonunlar faqat XX asrning 90-yillari

oʻrtalarida paydo boʻlgan. Shuning uchun ilmiy ishlarda elektron hujjat hodisasini tushunish
asta-sekin undan foydalanish tajribasini toʻplashdan boshlanishini qayd etgan. Ularda mavjud

taʼriflarning qiyosiy tahlili oʻtkazilib, “elektron hujjat” va “elektron imzo” yangi tushunchalarini

shakllantirish jarayoni hujjat aylanishi nuqtai nazaridan koʻrib chiqqan.

Chervatyuk

(

2020

)

elektron hujjat aylanishining zamonaviy jarayonlardagi talablarini

tahlil qilgan va quyidagilarni amalga oshirgan:

1) zamonaviy elektron arxivlar va elektron hujjat aylanish tizimlarini, mavjud mahsulot

maʼlumotlarini boshqarish tizimlari imkoniyatlarini, elektron hujjatlardan foydalanish

huquqlarini differensiallashtirish tamoyillarini qiyosiy tahlil qilgan;

2) nodavlat notijorat tashkilotlarining texnik hujjatlari elektron arxivi va elektron hujjat

aylanishi uchun maʼlumotlar ombori modelini ishlab chiqqan;

3) axborotni himoya qilishning zarur darajasiga ega boʻlgan NNTlar oʻrtasida elektron

texnik hujjatlar almashinuvi modeli va algoritmlarini ishlab chiqqan;

4) nodavlat notijorat tashkilotlari texnik hujjatlari elektron arxividan maʼlumotlarni qayta

ishlash algoritmlarini ishlab chiqqan, bu esa texnik hujjatlarning yangi nusxalarining asl

nusxalarini yaratish jarayonini avtomatlashtirish imkonini bergan;

5) texnik hujjatlar elektron arxivi va nodavlat notijorat tashkilotlarining elektron hujjat

aylanishi maʼlumotlar ombori axborot tizimi (AT) uchun tizimli-funksional еchimni ishlab
chiqqan;

6) laboratoriyada AT algoritmlarining ishlashi va samaradorligini tekshirgan va elektron

hujjat aylanish tizimida arxivlash zarur jarayon ekanligini taʼkidlab oʻtgan (Кукарина, 2004

)

.


background image

www.e-itt.uz

I SON. 2024

11

Iqtisodchi olim Bisultanov

(

2019

)

oʻzining ilmiy ishida soliq maʼmurchiligini raqamli

iqtisodiyot sharoitida rivojlantirish metodologiyasini ishlab chiqqan. Olim soliq maʼmurchiligini

raqamli iqtisodiyot sharoitida rivojlantirish uchun soliq muʼmurchiligi kategoriyalarini

kompleks tahlil qilgan va yangi kategoriyalar joriy qilingan; soliq organlari va soliq

toʻlovchilarning munosabatlarini tizimlashtirish orqali soliq maʼmurchiligining instrumentlari
va usullarini oʻrgangan; uchinchidan Rossiya hududlaridagi zamonaviy soliq maʼmurchiligining

holatini oʻrgangan va sifat darajasini baholagan; toʻrtinchidan, soliq maʼmurchiligini

rivojlantirishning raqamli iqtisodiyot sharoitida anʼanviy va innovatsion usullardan

foydalangan holda yoʻnalishlarini aniqlagan hamda tavsiyalar ishlab chiqqan;beshinchidan,
raqamli soliq tizimi hisobi va soliq maʼmurchiligining yagona modelini ishlab chiqqan, hamda

foydalanish jarayonidagi samaradorligini aniqlagan.

Kortikov (2013

)

taʼkidlashicha axborot resurslarini integratsiyalash usullarini ishlab

chiqish axborot tizimlari sohasidagi eng dolzarb muammolardan biridir. Soʻnggi yillarda
maʼlumotlar manbalarining yuqori darajada turli xilligi tufayli u ayniqsa katta eʼtiborni jalb qila

boshladi. Har xil turdagi elektron hujjatlarning mavjudligi elektron hujjat aylanish tizimini juda
dolzarb axborot tizimiga aylantirdi. Olim mavjud elektron hujjat aylanish tizimlarini tahlil

qilgan va elektron hujjat aylanish tizimlarining tasnifini tuzgan. Elektron hujjat aylanishi
tizimining ishlashi uchun asosiy tamoyillar va talablarni aniqlagan. Ilmiy ish doirasida

sohasining strukturaviy modelini yaratgan. Strukturaviy modelning birgalikda ishlashini

miqdoriy baholashni taʼminlaydigan raqamli usullar va tegishli algoritmlarni ishlab chiqqan.

Jarkov

(

2014

)

taʼkidlashicha, elektron hujjat aylanish tizimi axborot texnologiyalari

asosida tashkilotning ichki va tashqi hujjatlar aylanishini tartibga soladi va tartibli boshqaradi.

Shreyter

(

2015

)

elektron hujjat aylanishi sohasini kengroq oʻrgangan. Korxonalarda

qogʻoz hujjat aylanishi jarayonlarini tahlil qilib bu jarayonlardagi bir qartor kamchiliklarni

keltirib oʻtgan. Jumladan, qogʻoz hujjatlarning saqlash jarayonlari va ular uchun katta miqdorda

joy hamda tegishli sharoitlar yaratilishi kerakligini katta xarajat sifatida eʼtirof etgan. Ikkinchi
navbatda, qogʻoz hujjatlarni qayta ishlash yoki tahlillar oʻtkazish jarayonining qiyinligi va koʻp

vaqt sarflanishi bilan uning samarasizligini aniqlagan. Natijada elektron hujjat aylanish

tizimining joriy qilinishini tabiiy zarurat sifatida tariflagan. Hamda elektron hujjat aylanishiga

bu – korxona elektron hujjatlari bilan ishlaydigan yagona mexanizm va qogʻozsiz ishlash
jarayonini joriy qilish deb taʼrif bergan.

Stolbovning

(

2007

)

fikricha elektron hujjat aylanishi – bu meʼyoriy–huquqiy hujjatlar,

standartlar asosida elektron hujjatlarni bulutli texnologiyalarda saqlash, qabul qilish va

yuborish. Shuningdek, ularni aloqa tarmoqlari orqali ishonchli va xavfsiz yuborilishini
taʼminlashdan iborat.

Tadqiqot metodologiyasi.

Ushbu maqolada qiyosiy tahlil hamda induksiya va deduksiya baholash usullaridan

foydalanildi. Qiyosiy usuldan foydalanilib, soliq maʼmurchiligiga raqamli texnologiyalarni joriy
etish orqali soliq bazasini kengaytirishga doir maʼlumotlar va ularni tahlillar amalga oshirilib
ilmiy xulosalar berildi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (Қарор, 2019)ga muvofiq

elektron hujjat aylanish tizimi ishtirokchilari quyidagi rasmda keltirilgan sxema asosida

faoliyatlarini boshlaganlar. Bu tizimishlash jarayonida Rouming operatori va elektron hujjat

aylanish tizimi operatorlari munosabatlari tartibga solingan. Dastlabki tizimda Soliq
qoʻmitasining maʼlumotlar bazasi talablariga muvofiq maʼlumotlarni 10 yil davomida

serverlarda xavfsiz saqlanishini kafolatlaydi.

Rouming tizimi yuqoridagi rasmda keltirilgan tartibda va qaror talablariga muvofiq

elektron hisobvaraq-fakturalarni tizim operatorlari tomonidan 5-yil muddatga Oʻzbekiston


background image

www.e-itt.uz

I SON. 2024

12

Respublikasi hududida joylashgan serverlarda saqlaydilar. Bu elektron hujjat aylanish tizimi
operatorlari uchun qoʻshimcha xarajat boʻlgan.





1-rasm. Rouming tizimi joriy qilinganda amalda boʻlgan mexanizmi

Manba:

muallif tomonidan tayyorlangan.

Tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 522-

son qaroriga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-
sonli qarori bilan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Kiritilgan oʻzgartirishda elektron hujjat

aylanish tizimi operatorlari tomonidan maʼlumotlarni majburiy tartida 5-yil davomida saqlash

majburiyati bekor qilindi.

Natijada elektron hujjat aylanish tizimi operatorlarining server qoʻrilmalarini xarid qilish

bilan bogʻliq xarajatlari tejab qolindi. Oʻzgarishlar asosida yangi sxema ishlab chiqildi va bu

sxema 2-rasmda keltirilgan. Yangi sxemaga muvofiq tizim yangidan ishlab chiqildm va eskisi

bilan almashtirildi. Natijada maʼlumotlar aymashinuvi tezligi ortdi. Yangi rouming tizimiga

muvofiq elektron hujjatlar elektron hujjat aylanishi tizimi operatorlarining serverlarida
majburiy saqlanishi bekor qilindi va maʼlumotlarni faqat Soliq qoʻmitasining maʼlumotlar

bazasida saqlash majburiyati qoldi.

Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilarning soliq solish bazalari ular tomonidan amalga

oshirilgan jami realizatsiyalar hisoblanadi. Qoʻshilgan qiymat soligʻi salmogʻi mamlakat
byudjetida katta salmoqga ega shu sababli bu soliqning maʼmuriyatchiligi soliq tizimi organlari

uchun muhim ahamiyatga ega.




2-rasm. Soliq hisobotlarini eski tartibda topshirish mexanizmi

Manba:

muallif tomonidan tayyorlangan.

Yuqorida keltirilgan rasmda qoʻshilgan qiymat soligʻi hisobotining elektron shaklda,

ammo eski tartibda topshirish mexanizmi keltirilgan. Eski mexanizmda soliq toʻlovchilar

Rouming

МB

my.soliq.uz API

factura.provider

API

app.calllback API

Operator 1

Operator

МB

Operator

1

Uzasbo.invoi

se.uz

Operator

МB

Operator 2

Operator

МB

Operator 3

Operator

МB

Rouming operatori

EHА tizimi operatorlari

Hisobvaraq-

fakturalar

Bojxona yuk

deklaratsiyalari

Boshqa manbalar

Onlayn NKM

maʼlumotlari

Hisobot

qoʼlda

toʼldiriladi

my.soliq.uz

sayti orqali

hisobot

yuboriladi

Soliq xizmati

organlari

xodimlari

maʼlumotlarni

tekshirib keyin

qabul qiladi

yoki rad qiladi

Maʼlumotlarni qoʼlda tekshiradilar


background image

www.e-itt.uz

I SON. 2024

13

oʻzlarida mavjud birlamchi hujjatlar asosida hisobotning kirim va chiqim reestrini qoʻlda
shakllantiradilar.

Kirim va chiqim reestri qoʻlda toʻdirish uchun elektron hisobot toʻldirish portalidan

shablon yuklab olini hisobvaraq-fakturalar, bojxona yuk deklaratsiyalari, onlayn nazorat kassa

mashinalari cheklari va boshqa birlamchi hujjatlar maʼlumotlari qoʻlda kiritiladi. Tayyorlangan
fayl tegishli oy uchun elektron hisobotga biriktirgan holda topshirilgan va soliq organlari

hisobotlarni tekshirib qabul qilganlar.





3-rasm. Qoʻshilgan qiymat soligʻi hisobotini avtomatlashtirish mexanizmi

Manba:

muallif tomonidan tayyorlangan.

Shuningdek, qoʻshilgan qiymat soligʻi hisobotida xaridlar va sotuvlarni hisobot oyiga

tegishli barcha summasi aks ettiriladi. Aylanma summalar elektron hisobvaraq-fakturalar,

bojxona yuk deklaratsiyalari va onlayn nazorat kassa mashinalari maʼlumotlari asosida
shakllanadi. Bu maʼlumotlarning barchasi avtomat ravishda hisobotda aks ettiriladi.

Avtomatlashtirishning ichki shakllanish sxemasi quyidagi rasmda keltirilgan.

Qoʻshilgan qiymat soligʻi davlat byudjetiga tushadigan soliqlarning eng katta salmoqga

ega soliqdir. Bu soliqning avtomatlashtirish jarayoni korxona tomonidan amalga oshirilgan

barcha kirim va chiqim operatsiyalarini oʻz ichiga oladi. Qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi
kirimdagi qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olgan holda realizitsiya bilan ijobiy farq sifatida

aniqlanadi.

Qoʻshilgan qiymat soligʻi hisoboti yillar davomida takomillashtirilib va avtomatlashtirib

kelinmoqda. Soliq hisobotining yillar davomida avtomatlashtirilish dinamikasini 1-jadvalda
koʻrish mumkin.

1-jadval

Qoʻshilgan qiymat soligʻi hisobotining avtomatlashtirish dinamikasi

Yillar

oʻzgarishlar

2018-y

2019-y

2020-y

2021-y

2022-y

2023-y

QQS hisobotining jami kataklari soni

257

259

211

216

201

213

avtomatlashtirilgan kataklar soni

103

89

90

95

161

177

avtomatlashmagan kataklar soni

154

170

121

121

40

36

Foiz dinamikasi

40,08

34,36

42,65

43,98

80,10

83,09

hisobotning ilovalar soni

9 ta

5 ta

7 ta

8 ta

6 ta

6 ta

hisobotning paket kodi

10005_9

10006_8

10006_14

10006_19

10006_34

10006_36

Manba:

qoʻshilgan qiymat soligʻi elektron hisoboti asosida muallif tomonidan tayyorlangan.

Boshqa manbalar

Onlayn NKM

maʼlumotlari

Elektron hisobvaraq-

fakturalar

Bojxona yuk

deklaratsiyalari

Qoʼshilgan

qiymat soligʼi

hisoboti

avtomat

shakllanadi

Soliq toʼlovchi

tekshirib ERI bilan

imzolab soliq

organlariga elektron

shaklda yuboradi

Qoʼshilgan qiymat soligʼi hisobotini avtomatlashtirish mexanizmi

Soliq qoʼmitasining
Maʼlumotlar bazasi


background image

www.e-itt.uz

I SON. 2024

14

Qoʻshilgan qiymat soligʻi hisobotining elektron shakli yillar davomida takomillashib

avtomatlashib borganini yuqoridagi jadval maʼlumotlaridan koʻrib olishimiz mumkin. Dastlab

qoʻshilgan qiymat soligʻi hisobotida kirim va chiqim hujjatlari qoʻlda kiritilgan. Bu jarayonlar

juda koʻp vaqt va buxgalteriya hisobi xodimlaridan sinchkovlikni talab qilgan. Kirim va chiqim

hujjatlari soniga qarab hisobotni toʻldirish va topshirish 2-3

soatdan ikki uch kungacha vaqt

olgan. Avtomatlashtirish natijasida bu vaqt ikki- uch minutga qadar qisqardi, bu oʻz navbatida

soliq toʻlovchilar uchun juda muhim boʻlgan vaqtni tejashga olib keladi.

Bundan tashqari soliq tizimi barcha soliqlarni oʻzlari hisoblab berishlari soliq

toʻlovchilarning xato qilishlarini oldini oladi va asosiy maqsadga avtomatlashtirishga erishilgan
boʻladi.

Soliq toʻlovchilar soliq rejimiga koʻra aylanmadan ham soliq toʻlochilarga boʻlinadi.

Aylanmadan soliq toʻlovchilar ham barcha tushumdan soliqlarni toʻlaydilar va hisobot

topshiradilar. Aylanmadan soliq hisobotining davri oylik hisoblanadi va hisobotni har oyda bir
marta hisobot oyidan keyingi oyning 15 sanasiga qadar taqdim etadilar.

2-jadval

Aylanmadan olinadigan soliq hisobotining avtomatlashtirish dinamikasi

Yillar

oʻzgarishlar

2018-yil

2019-yil

2020-yil

2021-yil

2022-yil

2023-yil

AOS hisobotining jami

kataklari soni

418

258

180

145

161

161

avtomatlashtirilgan

kataklar soni

194

123

75

67

110

110

avtomatlashmagan

kataklar soni

224

135

105

78

51

51

Foiz dinamikasi

46.41

47.67

41.66

46.20

68.33

68.33

hisobotning

ilovalar

soni

10 ta

7 ta

6 ta

4 ta

5 ta

5 ta

hisobotning paket kodi

10104_8

10104_19

10104_23

10104_24

10104_28

10104_30

Manba:

qoʻshilgan qiymat soligʻi elektron hisoboti asosida muallif tomonidan tayyorlangan.

Yuqorida

keltirilgan

jadvalda

aylanmadan

olinadigan

soliq

hisobotining

avtomatlashtirish dinamikasi aks ettirilgan. Bu maʼlumotlarda yillar davomida soliq toʻlovchilar

tomonidan toʻldirilishi belgilangan kataklarning kamayishini va avtomat toʻldiriladigan
kataklarning koʻpayishini koʻrish mumkin.





4-rasm. Aylanmadan olinadigan soliq hisobotini avtomatlashtirish mexanizmi

Manba:

muallif tomonidan tayyorlangan.

Aylanmadan olinadigan soliq hisobotining soliqqa tortiladigan bazasi elektron

hisobvaraq-faktura, bojxona yuk deklaratsiyalari va onlayn nazorat kassa mashinalarining chek

Boshqa manbalar

Onlayn NKM maʼlumotlari

BYuD maʼlumotlari

Elektron hisobvaraq-

fakturalar

Аylanmadan

olinadigan

hisoboti

avtomat

shakllanadi

Soliq toʼlovchi tekshirib

ERI bilan imzolab soliq

organlariga elektron

shaklda yuboradi

Аylanmadan olinadigan soliq hisobotini avtomatlashtirish mexanizmi

Soliq qoʼmitasining
Maʼlumotlar bazasi


background image

www.e-itt.uz

I SON. 2024

15

maʼlumotlari asosida shakllantiriladi. Bu hisobot ham avtomatlashtirishdan avval
maʼlumotlarni qoʻlda faylga kiritib keyin hisobotga ilova sifatida yuklangan va bu juda koʻp

vaqtni olgan. Hisobotni bosqichma-bosqich avtomatlashtirish natijasida uni rasmiylashtirish

hamda topshirish bir necha daqiqalarda amflga oshiriladigan boʻldi. Bu oʻz navbatida soliq

toʻlovchilarni vaqtlarini va shu faoliyat bilan bogʻliq xarajatlarni kamaytirishga olib keladi.

Soliq hisobotlarining avtomatlashtirilishi bilan bir qatorda ularga bogʻlangan boshqa

tizimlarni ham avtomatlashtirish yoki tartibga solish ehtiyoji oʻz-oʻzidan paydo boʻladi. Soliq

imtiyozlari ham shulardan biri hisoblanadi. Imtiyozlardan foydalanish tartibga solinmasa

ularning samarasi va ular yordamida amalga oshirilishi belgilangan ishlar natija bermaydi.
Soliq imtiyozlari soliq elementlaridan biri hisoblanadi va soliq hisobotlarini taqdim qilish

jarayonlarida ulardan foydalaniladi.






5-rasm. Soliq imtiyozlaridan foydalanishning eski tartibi

Manba:

muallif tomonidan tayyorlangan.

Yuqorida keltirilgan rasmda eski tartibda imtiyozlardan foydalanish mexanizmi

keltirilgan. Eski tartibda imtiyozdan foydalanish ixtiyoriy asosda amalga oshirilgan va

foydalanish jarayonini toʻgʻri yoki notoʻgʻriligi soliq toʻlovchining mahoratiga hamda soliq
organlarining tekshirishiga bogʻliq boʻlgan. Imtiyozlar soliq toʻlovchilarga tegishli sohani

rivojlantirish maqsadida berilgan. Bu imtiyozdan insofli boʻlmagan soliq toʻlovchilarning

foydalanishlari byudjetga va iqtisodiyotga katta zarar yеtkazib, yashirin iqtisodiyotning

rivojlanishiga olib keladi.





6-rasm. Elektron hujjat aylanishni soliq imtiyozlaridan foydalanishning

amaldagi tartibi

Manba:

muallif tomonidan tayyorlangan.

Soliq imtiyozlaridan foydalanishning amaldagi tartibi

Soliq

imtiyozlari

qonunlar va

boshqa

hujjatlar bilan

qabul qilinadi

Soliq

toʼlovchilar

mavjud

imtiyozlardan

foydalanish

uchun

murojaat

yuboradi

Soliq xizmati

organlari

murojaatlarni

tekshirib

imtiyozlardan

foydalanishga

ruxsat beradi

yoki rad etadi

Soliq xizmati

organlari

murojaatlarni

tekshirib

imtiyozlardan

foydalanishga

ruxsat beradi

yoki rad etadi

Soliq imtiyozlaridan foydalanishning eski tartibi

Soliq

imtiyozlari

qonunlar va

boshqa

hujjatlar bilan

qabul qilinadi

Soliq

toʼlovchilar

mavjud

imtiyozlardan

oʼzlari ixtiyoriy

foydalanib

hisobotlar

topshiradilar

Soliq xizmati

organlari

topshirilgan

hisobotlarni

birma-bir

tekshiradilar

Tekshirish

natijasi boʼyicha

foydalanishgan

imtiyozlar toʼgʼri

boʼlsa, hisobotlar

qabul qilinadi

aks holda rad etiladi

Qayta hisobot topshiriladi


background image

www.e-itt.uz

I SON. 2024

16

Eski tartibda imtiyozlardan foydalanish mexanizmi soliq xizmati organlaridan doimiy

ravishda topshirilgan hisobotlarni tahlil qilib borish va foydalanilgan imtiyozlarni qonun

talablariga mosligini tekshirib turishni talab qilgan. Agar soliq imtiyozlaridan noqununiy

foydalanish holatlari aniqlansa, bu soliq toʻlovchilarga talabnoma yuborib kamchiliklar bartaraf

etilgan holda qayta hisobot olish amalga oshiriladi.

Yuqorida keltirilgan rasmda imtiyozlardan foydalanishning yangi va amaldagi mexanizmi

keltirilgan. Amaldagi mexanizmda soliq toʻlovchilar foydalanishni xoxlagan imtiyozlarni va

tegishli asoslovchi hujjatlarni biriktirgan holda soliq xizmati organlriga shaxsiy kabinet orqali

murojaatlar joʻnatadilar. Soliq organlari maxsus dasturdan foydalangan holda murojaatchining
elektron taqdim qilingan hujjatlari oʻrganib chiqib asosli deb topilganlarini qabul iladi yoki rad

qiladilar.

Bu yangi tartib soliq toʻlovchilarning xato qilishlarini oldini oladi va imtiyozlardan

manzilli tartibda foydalanishni yoʻlga qoʻyadi. Yangi tizim joriy qilinishi bilan 2021 yilda 58
milliard notoʻgʻri foydalanilgan imtiyozlar aniqlanib soliq toʻlovchilardan qayta hisobotlar

olingan. 2022

yilga kelib bu kabi imtiyozlardan notoʻgʻri foydalanish holatlari keskin qisqargan.

Shuningdek, ayrim imtiyozlardan foydalanish uchun murojaatlarni avtomat qabul qilish

tizimlari joriy qilingan bu oʻz navbatida soliq xizmati organlri xodimlarining oʻz mahoratlari
ustida ishlab qoʻnikmalarini oshirishga imkon beradi

Qoʻshilgan qiymat soligʻi avtomatlashtirilishi bilan soliq organlarining ishi ham

еngillashdi. 2020 yil davomida qoʻshilgan qiymat soligʻi hisoboti kirim chiqim hujjatlari birma

bir tekshirilganda yaʼni A

korxona va B korxona oʻrtasidagi hisobvaraq-fakturalar ikkala

korxonaning hisobotida bir xil raqam va bir xil rekvizitlar bilan ifodalanganini solishtirish
uchun bir yilda oʻrtacha 1000 nafar xodim band boʻlishi kerak edi. Avtomatlashtirish natijasida

hisobotlardagi elektron hujjatlarni hamma kontragent korxonalarda parallel bir xil oʻtirishi

taʼminlandi. Buning natijasida Soliq tizimining xodimlari boshqa muhim ishlarni bajarishga va

ularning sonini kamaytirilishiga olib keldi. Bu oʻz navbatida soliq organlari xodimlari bilan soliq
toʻlovchilarning bevosita muloqotlarini kamaytirib korrupsion holatlarni kamaytirdi.

3-jadval

Qoʻshilgan qiymat soligʻi hisobotlarida qayd etilgan hisobvaraq

fakturalar soni dinamikasi

Yillar va koʻrsatgichlar

2016-y

2017-y

2018-y

2019-y

2020-y

QQS hisoboti kiritilgan

fakturalar soni

5

067 051

5

252 891

5

755 944

19

180 493

22

470 526

Manba:

my.soliq.uz sayti maʼlumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlangan.

Qoʻshilgan qiymat soligʻi hisoboti avtomatlashtirilgunga qadar oʻzida aks ettirilgan

hisobvaraq-fakturalar va ularga tenglashtirilgan hujjatlar soni kam boʻlgan, ammo ularni

nazorat qilishning imkoniyati juda kam boʻlgan va nazorat qilish soliq organlarining koʻp
vaqtini olgan. Soliq toʻlovchilarda xatolik qilish darajasini kamaytiri ularni miqdorini nolga

tushurgan.

Qoʻshilgan qiymat soligʻi byudjetdagi salmogʻiga koʻra eng katta soliq hisoblanadi.

Qoʻshilgan qiymat soligʻi hisobotida soliq toʻlovchilar ikki marta soliq toʻlamasliklari uchun

hisobga olish mexanizmi joriy qilingan. Bu avtomatlashtirilgan tizim insofli soliq toʻolovchilar

uchun juda qulay va kam xarajatdir. Ammo baʼzi bir “noinsof” soliq toʻlovchilar ham borki ular
hisobga olishlari cheklangan hollarda ham soliqlarni hisobga olib davlat byudjetiga va boshqa

soliq toʻlovchilarga noqulayliklar olib keladilar. Bu kabi noqonuniy hisobga olishnig oldini olish

albatta avtomatlashtirilgan tizimlar orqali amalga oshiriladi. Har bir qoʻshilgan qiymat soligʻi

toʻlovchisiga guvogʻnoma raqami beriladi va ularning holati avtomatlashtirilgan tizim orqali
kuzatib boriladi. Bu avtomatlashtirilgan tizimga 20 ga yaqin meʼzonlar kiritilgan, shu


background image

www.e-itt.uz

I SON. 2024

17

mezonlarga tushgan soliq toʻlovchilarning guvohnomalari avtomat vaqtinchpha nofaol holatga
oʻtkaziladi. Tovarlar va xizmatlar realizatsiyasi uchun rasmiylashtirilgan hisobvaraq-

fakturalarda qoʻshilgan qiymat soligʻi guvohnomasi holati avtomat tizim bergan holatda aks

ettiriladi. Elektron hisobvaraq-fakturadagi qoʻshilgan qiymat soligʻi guvohnoma holatiga qarab

qoʻshilgan qiymat soligʻi hisobotiga mazkur kirimlar avtomat ravishda hisobga olinadigan va
himsobga olinmaydiganga ajratiladi. Bu yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashda katta samara

berib 2021-2022 yillarda 2 trilliondan ortiq summaning noqonuniy hisob olinishi cheklandi va

byudjetga tushum ortdi.

Tahlillar natijasida soliq toʻlovchilar tomonidan soliqdan qochish maqsadida

qoʻllaniladigan yana bir usul bu imtiyozlardan noqonuniy foydalanishdir. Imtiyozlar

Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va

farmonlari bilan maʼlum bir sohaga beriladi. Baʼzi bir soliq toʻlovchilar soliqlarni toʻlashdan

qochish uchun noqonuniy boʻlsada imtiyozlardan foydalanadilar. Soliq toʻlovchilarning
imtiyozlardan samarali foydalanishlari uchun soliq toʻlovchilarning shaxsiy kabinetlarida

interaktiv xizmat sifatida soliq imtiyozlaridan foydalanish uchun murojaatlar xizmati joriy
qilindi. Bu tizim joriy qilinishi bilan qoʻshilgan qiymat soligʻi hisobotidagi ikkinchi ilova

imtiyozlar boʻlimi 100% avtomat shakllanishi taʼminlandi va imtiyozlardan 2021-2022-yillarda
70 milliarddan ortiq summada noqonuniy foydalanishlar oldi olindi.

Soliq hisbotlaridan Qoʻshilgan qiymat soligʻi, aylanmadan olinadigan soliq, еr soligi va

mol-mulk soligʻining avtomatlashuvi hukumat tashkilotlari oʻrtasidagi maʼlumot almashinuvini

ham raqamlashtirib avtomat ravishda boʻlishini taʼminladi. Bu tashkilrtlarga Bojxona qumitasi,

Kadasrt agentligi, IT park, Davlat turizmni rivojlantirish qoʻitasi, Davlt xizmatlari markazlari va
boshqalar. Qoʻshilgan qiymat soligʻi va aylanmadan olinadigan soliq hisobotlarini

avtomatlashtirishda zarur boʻlgan eksport-import operatsiyalari bilan bogʻliq boʻlgan

maʼlumotlar Bojxona qoʻmitasidan, еr soligʻi va mol-mulk soligʻi bilan bogʻliq maʼlumotlar

Kadastr agentligining maʼlumotlar bazasidan elektron shaklda olinib soliq toʻlovchilarga tayyor
hisobot taqdim qilinmoqda. Yuqoridagi avtomatlashtirish natijasida davlat korxonalari

oʻrtasidagi hujjat aylanishi ham toʻlligicha elektron shaklga oʻtkazildi.

“Maʼmuriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini

samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni

1

(PF–76-son,

24.05.2023-y.) qabul qilindi. Farmonga koʻra, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

raqamli xizmatlar va servislar koʻrsatish hamda ularning natijasini olishning yagona nuqtasi

hisoblanadi. Yagona portal orqali koʻrsatiladigan xizmatlardan foydalanish bosqichlari “3

qadam” tamoyili asosida maqbullashtiriladi. 2023-yil 1-dekabrgacha fuqarolar raqamli
xizmatlardan mustaqil foydalanishlari uchun davlat xizmatlari markazlarida birinchi bosqichda

14 ta “Raqamli xizmat nuqta”lari tashkil etiladi. 2024-yil 1-yanvargacha raqamli xizmat va

servislar, elektron toʻlovlar, media resurslar imkoniyatini birlashtirishni nazarda tutuvchi

Yagona portal orqali xizmatlarni taqdim etishning yangi dasturiy taʼminot shakli joriy etiladi.

2023-yil 1-sentabrdan ijro etuvchi hokimiyatning markaziy apparatlari “edo.ijro.uz” tizimiga
oʻtkaziladi. 2024-yil 1-maydan ijro etuvchi hokimiyatning hududiy boʻlinmalari va ular
tasarrufidagi tashkilotlar “edo.ijro.uz” tizimiga toʻliq oʻtkaziladi. 2023-yil 1-avgustdan davlat

organlarida raqamli texnologiyalarni joriy etishga doir loyihalarni amalga oshirish hisobiga

iqtisod qilingan mablagʻlarning 50 foizi kelgusi moliya yilida mazkur davlat organlari
faoliyatida raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga yoʻnaltiriladi. Shuningdek, 2023 yilda

mobil internet foydalanuvchilari sonini oshirish choralari koʻriladi. Bunda ular sonini 31,5 mln

nafarga еtkazish nazarda tutilgan (Farmon, 2023).

Bugungi kunda soliq toʻlovchilarning xoʻjalik faoliyatiga davlat organlarining, xususan

soliq organlarining aralashuvi keskin qisqartirildi. Bu kabi oʻzgarishlarni albatta

avtomatlashtirilgan raqamli texnologiyalarsiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Soliq toʻlovchilarni

xoʻjalik faoliyati tekshirilishi uchun nomzodlar dastlab ularning torshirgan hisobotlari,

1

https://old.lex.uz/docs/6472528


background image

www.e-itt.uz

I SON. 2024

18

rasmiylashtirilgan birlamchi hujjatlari, turli vazirlik va idoralardan olingan maʼlumotlar
asosida tahlil qilgan holda 400 dan ortiq kriteryalarga tayangan holda aniqlanadi. Dastlab soliq

toʻlovchiga kamchiliklar koʻrsatilgan holda ularni bartaraf qilish yuzasidan ogohlantirish

yuboriladi oʻn kun muddat bergan holda. Shunda ham soliq toʻlovchi koʻrsatilgan kamchiliklarni

bartaraf qilmasa, undan keyin tekshiruv tayinlanadi.

Xulosa va takliflar.

Xulosa qilib aytganda elektron hisobvaraq-faktura tizimi joriy qilinishi bilan biznesning

saffoflik darajasi ortganini koʻrish mumkin. Bundan tashqari yuqori likvidli tovatlar boʻyicha
elektron hisobvaraq-fakturalarni rad etish muddati kamaytirilgan natijada bu sohadagi

yashirin iqtisodoyitni kamaytirishga xizmat qiladi.

Bizning mamlakatda ham pandemiya davriga kelib elektron hujjat aylanish tizimidan

foydalanish darajasi keskin ortdi. Oʻzbekiston Respublikasi soliq tizimiga axborot
texnologiyalarining kirib kelishi soliq toʻlovchilarning sonini ortishi va ularni tahlil qilish uchun

avtomatlashtirilgan texnologiyalardan foydalanish zarurligi yuzaga kelishi bilan izohlash
mumkin. Agar shu tartibda avtomatlashtirilmasa soliq toʻlovchilar tomonidan hisobga olingan

qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi faqat tekshirish jarayonida aniqlangandan keyin byudjetga
undirilishi taʼminlanadi, ammo avtomatlashtirish natijasida bir summani ikki marta hisobga

olinishi cheklanadi.

Adabiyotlar:

Farmon (2023) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida

raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari

toʻgʻrisida”gi farmoni (PF–76-son, 24.05.2023 y.)

Бисултанов Амир Нажмудиевич (2019) Развитие методико-инструменталной базы

налогового администрирования условиях цифровизaци экономики, автореферат
диссертaци на соискание ученой степени кандидата экономических наук, Владикавказ, -

26 с.

Жарков А.А. (2014) Система электроного документооборота/ А.А. Жарков// Наука,

техника и образование. №3(3).- 65-71 бетлар.

Кортиков Федор Сергеевич (2013) Разработка комплекса алгоритмов и программ

для

повышения

производителности

функционирования

электронного

документооборота, автореферат диссертaци на соискание ученой степени кандидата

технических наук, Санкт-Петербург, -19 с.

Кукарина Юлия Михайловна (2004) Формирование и развитие понятия

“электронный документ” в зарубежном и Российском законодателстве, автореферат

диссертaции на соискание ученой степени кандидата исторических наук, Москва, -32.с.

Қарор (2019) www.lex.uz.Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2019

йил 25

июндаги “Ўзаро ҳисоб-китоблар тизимида электрон шаклдаги ҳисобварақ-

фактуралардан фойдаланишни такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида” 522-
сон Қарори

Столбов А.П. (2007) Организaци электронного документаоборота в

здравоохранении/ Столбов А.П.// Врач и информaционные технологии. -№5-33-39 бетлар

Черватюк Василий Демянович (2020) Модел и алгоритмы хранилища данных

электронного архива технической документaци и электронного документооборота

научно-производственной организaци, автореферат диссертaции на соискание ученой

степени кандидата технических наук, Санкт-Петербург, -20 с.

Шрэётэр К.О. (2015) Электронный документооборот: возможности и

преимущества. /К.О.Шрэйтэр// Молодой ученый. -№2.-с.52-55

Библиографические ссылки

Farmon (2023) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni (PF–76-son, 24.05.2023 y.)

Бисултанов Амир Нажмудиевич (2019) Развитие методико-инструменталной базы налогового администрирования условиях цифровизaци экономики, автореферат диссертaци на соискание ученой степени кандидата экономических наук, Владикавказ, -26 с.

Жарков А.А. (2014) Система электроного документооборота/ А.А. Жарков// Наука, техника и образование. №3(3).- 65-71 бетлар.

Кортиков Федор Сергеевич (2013) Разработка комплекса алгоритмов и программ для повышения производителности функционирования электронного документооборота, автореферат диссертaци на соискание ученой степени кандидата технических наук, Санкт-Петербург, -19 с.

Кукарина Юлия Михайловна (2004) Формирование и развитие понятия “электронный документ” в зарубежном и Российском законодателстве, автореферат диссертaции на соискание ученой степени кандидата исторических наук, Москва, -32.с.

Қарор (2019) www.lex.uz.Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2019 йил 25 июндаги “Ўзаро ҳисоб-китоблар тизимида электрон шаклдаги ҳисобварақ-фактуралардан фойдаланишни такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида” 522-сон Қарори

Столбов А.П. (2007) Организaци электронного документаоборота в здравоохранении/ Столбов А.П.// Врач и информaционные технологии. -№5-33-39 бетлар

Черватюк Василий Демянович (2020) Модел и алгоритмы хранилища данных электронного архива технической документaци и электронного документооборота научно-производственной организaци, автореферат диссертaции на соискание ученой степени кандидата технических наук, Санкт-Петербург, -20 с.

Шрэётэр К.О. (2015) Электронный документооборот: возможности и преимущества. /К.О.Шрэйтэр// Молодой ученый. -№2.-с.52-55