www.e-itt.uz
I SON. 2024
44
SOLIQ TIZIMIDA ELEKTRON HUJJAT AYLANISHIGA OID HUQUQIY YONDASHUVLAR
Axmedjanov Farrux Karimovich
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0009-0004-5932-6360
Annotatsiya.
Bugungi kunda soliq ma’muriyatchiligi doirasida soliqlar tuzilmasini
optimallashtirish, ularni undirish, soliq hisobi va hisobotini yuritish mexanizmini
takomillashtirish, soliq to‘g‘ri hisoblanishi, o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishi, soliq to‘lovchilarning
soliq qonunchiligida belgilangan huquq va majburiyatlariga rioya etishini nazorat qilish, soliq
tushumlarini turli darajadagi byudjetlar o‘rtasida taqsimlash, natijalarni yig‘ish va tahlil qilish,
soliqqa tortish jarayonining barcha ishtirokchilarining soliq munosabatlarini uyg‘unlashtirish
bo‘yicha keng chora-tadbirlar amalga oshirish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Shuningdek,
2023-yil 18-avgust kuni o‘tkazilgan Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida
belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab,
qonunchilik talablariga amal qilgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga
yanada qulay shart-sharoitlar yaratish va ularni rag‘batlantirish maqsadida soliq
ma’murchiligiga raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali soliq bazasini kengaytirish hamda
soliq tizimida amalga oshirilayotgan ayrim muhim islohotlar o‘rganilib, xorij tajribasi,
mamlakatimizda uni qo‘llash bo‘yicha ilmiy-amaliy xulosa va takliflar ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar:
barqarorlik reytingi, tadbirkorlik sub’ektlari, byudjet siyosati, inqiroz,
byudjet, soliq ma’murchiligi, tadbirkorlik sub’ektlari, soliq hisoboti, soliq tushumlari, soliq
imtiyozlari, soliq, soliq stavkasi, preferensiyalar.
ПРАВОВЫЕ ПОДХОДЫ К ЭЛЕКТРОННОМУ ДОКУМЕНТООБОРОТУ
В НАЛОГОВОЙ СИСТЕМЕ
Ахмеджанов Фаррух Каримович
Ташкентский государственный экономический университет
Аннотация.
Сегодня в рамках налогового администрирования, оптимизации
структуры налогов, их сбора, совершенствования механизма налогового учета и
отчетности, правильного исчисления налогов, своевременной и полной уплаты,
реализуются
права
налогоплательщиков,
установленные
налоговым
законодательством и осуществляется контроль за соблюдением обязательств,
распределение налоговых поступлений между бюджетами разных уровней, сбор и анализ
результатов, реализация обширных мер по гармонизации налоговых отношений всех
участников налогового процесса.. Также субъектам хозяйствования, своевременно
уплачивающим налоги и осуществляющим деятельность с соблюдением требований
законодательства, удобнее обеспечить реализацию приоритетных задач, поставленных
в рамках открытого диалога Президента с предпринимателями, состоявшегося 18
августа 2023 года. в целях создания условий и их стимулирования путем внедрения
цифровых технологий в налоговое администрирование, расширения налоговой базы и
некоторых важных реформ, реализуемых в налоговой системе, изучается зарубежный
опыт, разрабатываются научные и практические выводы по его применению в нашей
стране и предложения.
UOʻK: 336.225
I SON – IYUL-AVGUST
44-53
www.e-itt.uz
I SON. 2024
45
Ключевые слова:
рейтинг устойчивости, субъекты хозяйствования, бюджетная
политика,
кризис,
бюджет,
налоговое
администрирование,
субъекты
предпринимательства, налоговая отчетность, налоговые поступления, налоговые
льготы, налог, ставка налога, преференции.
LEGAL APPROACHES TO ELECTRONIC DOCUMENT CIRCULATION
IN THE TAX SYSTEM
Akhmedjanov Farrukh Karimovich
Tashkent State University of Economics
Abstract.
Today, within the framework of the tax administration, optimization of the
structure of taxes, their collection, improvement of the mechanism of tax accounting and
reporting, correct calculation of taxes, timely and full payment, the right of taxpayers established
in the tax legislation and monitoring compliance with obligations, distribution of tax revenues
between budgets of different levels, collection and analysis of results, implementation of extensive
measures to harmonize tax relations of all participants in the taxation process are being
conducted. Also, it is more convenient for business entities that pay taxes on time and operate in
compliance with legal requirements to ensure the implementation of the priority tasks set in the
framework of the open dialogue of the President with entrepreneurs held on August 18, 2023. in
order to create conditions and encourage them, by introducing digital technologies to the tax
administration, expanding the tax base, and some important reforms implemented in the tax
system are studied, foreign experience, scientific and practical conclusions on its application in
our country, and proposals are developed.
Keywords:
stability rating, business entities, budget policy, crisis, budget, tax
administration, business entities, tax reporting, tax revenues, tax benefits, tax, tax rate,
preferences.
Kirish.
Dunyoning rivojlangan mamlakatlarining amaliyotidan ko‘rinib turibdiki, soliq
ma’muriyatchiligini raqamlashtirish asosida qonunchilikka rioya etish va ma’muriy
xarajatlarni kamaytirish, ko‘proq daromadlarni samaraliroq yig‘ish, shaffoflik va soliq
to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, inson omili aralashuvini kamaytirish hamda katta
ma’lumotlar oqimini moslashtirishni ta’minlaydi. Soliq tizimida raqamlashtirishni
rivojlantirish orqali soliqlarni yig‘iluvchanligini oshirish bilan birgalikda xo‘jalik yurituvchi
subyektlar o‘rtasidagi adolatli raqobat muhitini ham samarali rivojlantirish mumkin.
O‘zbekiston ham rivojlangan mamlakatlar tajribasiga tayanib Hukumat va soliq
to‘lovchilar
o‘rtasidagi
munosabatlarni
elektron
interaktiv
xizmatlar
asosida
tashkillashtirishga o‘tmoqda. Soliq tizimida ham soliq organlari va soliq to‘lovchilar o‘rtasidagi
o‘zaro munosabatlarni raqamlashtirish orqali takomillashtirmoqdalar. Raqamli texnologiyani
o‘zlashtirish muvaffaqiyatli va samarali soliq islohotlarini amalga oshirishga, raqamli
iqtisodiyotning bexato soliqqa tortilishini ta’minlashga va rioya qilish yo‘lidagi to‘siqlarni
kamaytirishga hamda inson omilini qisqartirishga imkon beradi.
Adabiyotlar sharhi.
Kukarina
(
2004
)
o‘z tadqiqotlarida, birinchi navbatda, tadqiqotning yangi predmeti -
menejment sohasiga faol joriy etilayotgan va qonunchilikni birlashtirishni talab qiluvchi
elektron hujjat ekanligini ta’kidlagan. Bu sohadagi birinchi qonunlar faqat XX asrning 90-yillari
o‘rtalarida paydo bo‘lgan. Shuning uchun ilmiy ishlarda elektron hujjat hodisasini tushunish
asta-sekin undan foydalanish tajribasini to‘plashdan boshlanishini qayd etgan. Ularda mavjud
www.e-itt.uz
I SON. 2024
46
ta’riflarning qiyosiy tahlili o‘tkazilib, “elektron hujjat” va “elektron imzo” yangi tushunchalarini
shakllantirish jarayoni hujjat aylanishi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqqan.
Chervatyuk
(
2020
)
elektron hujjat aylanishining zamonaviy jarayonlardagi talablarini
tahlil qilgan va quyidagilarni amalga oshirgan:
1) zamonaviy elektron arxivlar va elektron hujjat aylanish tizimlarini, mavjud mahsulot
ma’lumotlarini boshqarish tizimlari imkoniyatlarini, elektron hujjatlardan foydalanish
huquqlarini differentsiallashtirish tamoyillarini qiyosiy tahlil qilgan;
2) nodavlat notijorat tashkilotlarining texnik hujjatlari elektron arxivi va elektron hujjat
aylanishi uchun ma’lumotlar ombori modelini ishlab chiqqan;
3) axborotni himoya qilishning zarur darajasiga ega bo‘lgan NNTlar o‘rtasida elektron
texnik hujjatlar almashinuvi modeli va algoritmlarini ishlab chiqqan;
4) nodavlat notijorat tashkilotlari texnik hujjatlari elektron arxividan ma’lumotlarni qayta
ishlash algoritmlarini ishlab chiqqan, bu esa texnik hujjatlarning yangi nusxalarining asl
nusxalarini yaratish jarayonini avtomatlashtirish imkonini bergan;
5) texnik hujjatlar elektron arxivi va nodavlat notijorat tashkilotlarining elektron hujjat
aylanishi ma’lumotlar ombori axborot tizimi (AT) uchun tizimli-funksional еchimni ishlab
chiqqan;
6) laboratoriyada AT algoritmlarining ishlashi va samaradorligini tekshirgan va elektron
hujjat aylanish tizimida arxivlash zarur jarayon ekanligini ta’kidlab o‘tgan.
Kortikov
(
2013
)
ta’kidlashicha axborot resurslarini integratsiyalash usullarini ishlab
chiqish axborot tizimlari sohasidagi eng dolzarb muammolardan biridir. So‘nggi yillarda
ma’lumotlar manbalarining yuqori darajada turli xilligi tufayli u ayniqsa katta e’tiborni jalb qila
boshladi. Har xil turdagi elektron hujjatlarning mavjudligi elektron hujjat aylanish tizimini juda
dolzarb axborot tizimiga aylantirdi. Olim mavjud elektron hujjat aylanish tizimlarini tahlil
qilgan va elektron hujjat aylanish tizimlarining tasnifini tuzgan. Elektron hujjat aylanishi
tizimining ishlashi uchun asosiy tamoyillar va talablarni aniqlagan. Ilmiy ish doirasida
sohasining strukturaviy modelini yaratgan. Strukturaviy modelning birgalikda ishlashini
miqdoriy baholashni ta’minlaydigan raqamli usullar va tegishli algoritmlarni ishlab chiqqan.
Jarkov
(
2014
)
ta’kidlashicha, elektron hujjat aylanish tizimi axborot texnologiyalari
asosida tashkilotning ichki va tashqi hujjatlar aylanishini tartibga soladi va tartibli boshqaradi.
Stolbovning
(
2007
)
fikricha elektron hujjat aylanishi – bu me’yoriy–huquqiy hujjatlar,
standartlar asosida elektron hujjatlarni bulutli texnologiyalarda saqlash, qabul qilish va
yuborish. Shuningdek, ularni aloqa tarmoqlari orqali ishonchli va xavfsiz yuborilishini
ta’minlashdan iborat.
Iqtisodchi olim Bisultanov
(
2019
)
o‘zining ilmiy ishida soliq ma’murchiligini raqamli
iqtisodiyot sharoitida rivojlantirish metodologiyasini ishlab chiqqan. Olim soliq ma’murchiligini
raqamli iqtisodiyot sharoitida rivojlantirish uchun soliq mu’murchiligi kategoriyalarini
kompleks tahlil qilgan va yangi kategoriyalar joriy qilingan; soliq organlari va soliq
to‘lovchilarning munosabatlarini tizimlashtirish orqali soliq ma’murchiligining instrumentlari
va usullarini o‘rgangan; uchinchidan Rossiya hududlaridagi zamonaviy soliq ma’murchiligining
holatini o‘rgangan va sifat darajasini baholagan; to‘rtinchidan, soliq ma’murchiligini
rivojlantirishning raqamli iqtisodiyot sharoitida an’anviy va innovatsion usullardan
foydalangan holda yo‘nalishlarini aniqlagan hamda tavsiyalar ishlab chiqqan;beshinchidan,
raqamli soliq tizimi hisobi va soliq ma’murchiligining yagona modelini ishlab chiqqan, hamda
foydalanish jarayonidagi samaradorligini aniqlagan.
Shreyter
(
2015
)
elektron hujjat aylanishi sohasini kengroq o‘rgangan. Korxonalarda
qog‘oz hujjat aylanishi jarayonlarini tahlil qilib bu jarayonlardagi bir qartor kamchiliklarni
keltirib o‘tgan. Jumladan, qog‘oz hujjatlarning saqlash jarayonlari va ular uchun katta miqdorda
joy hamda tegishli sharoitlar yaratilishi kerakligini katta xarajat sifatida e’tirof etgan. Ikkinchi
navbatda, qog‘oz hujjatlarni qayta ishlash yoki tahlillar o‘tkazish jarayonining qiyinligi va ko‘p
vaqt sarflanishi bilan uning samarasizligini aniqlagan. Natijada elektron hujjat aylanish
www.e-itt.uz
I SON. 2024
47
tizimining joriy qilinishini tabiiy zarurat sifatida tariflagan. Hamda elektron hujjat aylanishiga
bu – korxona elektron hujjatlari bilan ishlaydigan yagona mexanizm va qog‘ozsiz ishlash
jarayonini joriy qilish deb ta’rif bergan.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ushbu maqolada qiyosiy tahlil hamda induksiya va deduksiya baholash usullaridan
foydalanildi. Qiyosiy usuldan foydalanilib, soliq ma’murchiligiga raqamli texnologiyalarni joriy
etish orqali soliq bazasini kengaytirishga doir ma’lumotlar va ularni tahlillar amalga oshirilib
ilmiy xulosalar berildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
O‘zbekiston Respublikasining soliq tizimi barcha tizimlar kabi xorij tajribasi va olimlar
fikrlariga yondashgan holda ishlab chiqilgan ilmiy asoslangan tajribalar doirasida barpo etilgan.
Bu borada bir qancha olimlarning fikrlarini keltirishimiz mumkin.
Ayrim iqtisodchi olimlar, xususan V.S.Ukolov o‘zining ilmiy ishida bajarilgan yagona
axborot makonini yaratish masalalari va ma’lumotlarni qayta ishlash tizimlarida axborotni
tashkiliy, ma’muriy, texnik va dasturiy himoya qilish usullarini tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki,
elliginchi yillarning o‘rtalaridan boshlab mamlakatimizda va xorijda muhim ahamiyatga ega.
Umumiy va maxsus maqsadlar uchun avtomatlashtirilgan tizimlarda axborotni autentifikatsiya
qilishni amaliy ro‘yobga chiqarish imkonini beradigan nazariy tajriba to‘plandi.
Olim tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, elektron hujjat aylanishini
tashkil etishning mavjud tizimlari tahlil qilingan. Elektron hujjat aylanishi tizimlarida signal
modellari sifatida maxsus funksiyalarni, xususan, ortogonal funksiyalarni va ko‘phadlarni
iqtisodiy jihatdan asosli qo‘llash imkoniyatlari tahlili o‘tkaziladi.
Aniqlangan imkoniyatlar doirasida elektron hujjat aylanish tizimlarida xabarlarni
autentifikatsiya qilish uchun zarur parametrlarni yaratish metodologiyasi ishlab chiqildi,
xususan, elektron hujjatlarda elektron raqamli imzoni yaratish uchun konvolyusiya funksiyasini
yaratish metodologiyasi ishlab chiqildi.
Tashkilotning iqtisodiy samaradorligini oshirishning yangi elementi sifatida axborot
oqimlarining o‘zaro ta’siri sxemasi tahlil qilinib, elektron kotibiyatdan foydalangan holda
axborot almashinuvi sxemasi taklif etiladi. Oliy ta’lim muassasasining elektron hujjat aylanishi
tizimining iqtisodiy samaradorligini hisoblash metodikasi ishlab chiqildi. Ishlab chiqilgan
modellarning iqtisodiy va matematik jihatdan muvofiqligi baholandi va ularni amaliyotda
qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berildi. Oliy ta’lim muassasasining elektron hujjat aylanishi
tizimining iqtisodiy samaradorligi baholandi (Уколов, 2009
)
. Olimning bu boradagi ishlari
hozirgi kunga kelib keng miqyosda iqtisodiyotning rivojlanishiga xizmat qilib kelmoqda.
Iqtisodchi olim Lelina
(
2009
)
zamonaviy axborot texnologiyalarining globallashuvi
jarayonida elektron hujjat aylanish tizimining muhim omil ekanligini ta’kidlagan. Olim o‘zining
ilmiy ishi orqali quyidagilarni amalga oshirgan bajargan:
geografik jihatdan taqsimlangan tuzilmaga ega tashkilotlarda boshqaruv tizimi va hujjat
aylanishining xususiyatlarini o‘rgangan;
idoralararo ish jarayonining zamonaviy usullarini, jumladan boshqaruvni hujjatli
ta’minlashning amaldagi me’yoriy-uslubiy bazasini tahlil qilgan;
zamonaviy elektron hujjat aylanish tizimlarini tahlil qilgan;
hujjatlar bilan geografik taqsimlangan ishlarni tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqqan.
Bu olim ham boshqa olimlar kabi elektron hujjat aylanish tizimining rivojlanishi uchun katta
hajmda izlanishlar olib borgan hamda takliflar bergan.
Iqtisodchi olim Shukayev (2006) o‘zining ilmiy ishida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning
yiriklashuvi hamda boshqaruv jarayonlarining murakkablashuvida ularni boshqarishning eng
optimal еchimi jarayonlarda elektron hujjat aylanish tizimini joriy qilishni e’tirof etgan.
www.e-itt.uz
I SON. 2024
48
Olim o‘zining ilmiy ishida korporativ boshqaruvning maqsad va vazifalarini, korporativ
boshqaruv sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish tendensiyalarini
tahlil qilgan va shu asosda elektron hujjat aylanishining moliyaviy biznes-jarayonning
yordamchi operatsiyalari bilan o‘zaro aloqasi sxemasini ishlab chiqqan.
Ishlab chiqarish birlashmasi korxonalarini boshqarish, shuningdek elektron hujjatlar
oqimining yordamchi xo‘jalik operatsiyalari - korporativ xo‘jalik operatsiyalari jarayonlari bilan
o‘zaro ta’siri sxemasini yaratgan; korxonalarda sof foyda va sof pul oqimi mezonlari bo‘yicha
qisqa muddatli moliyaviy rejalashtirishning optimallashtirish iqtisodiy-matematik modellarini
ishlab chiqqan va tadqiq etgan; korporativ moliyaviy resurslarni boshqarish tizimida boshqaruv
qarorlarining asosliligini oshirish uchun korporativ elektron hujjat aylanish tizimi vositalariga
qisqa muddatli moliyaviy rejalashtirishning iqtisodiy va matematik modellarini kiritgan;
korxonalar o‘rtasidagi moddiy va moliyaviy oqimlarni boshqarish samaradorligini oshirish
uchun yordamchi biznes-jarayonlarning hujjat aylanishini saqlash xarajatlarini baholash
tizimidan foydalangan holda umumiy xarajatlar mezoni bo‘yicha korporativ xo‘jalik
operatsiyalarini boshqarishni optimallashtirishning iqtisodiy va matematik modellarini
yaratgan; boshqaruv qarorlarini qabul qilish tezligini oshirish uchun elektron hujjat aylanish
tizimi asosida vertikal integratsiyalashgan korxonalarda ta’minot zanjirini operativ boshqarish
tizimida korporativ xo‘jalik operatsiyalarini monitoring qilish modellarini ishlab chiqqan.
Nguen Din Xing (2012) o‘zining ilmiy ishida elektron hujjat aylanishi tizimining joriy
etilishi bilan bir qatorda bu hujjatlarning haqiqiyligini tasdiqlab beradigan markazlarining joriy
qilinishini zarur jarayon sifatida e’tirof etgan.
Qog‘oz shaklida hujjat aylanishi ikki o‘zaro munosabatga kirishuvchi tomonlar
munosabatlarini tartibga solsa, elektron hujjat aylanishida uchinchi tomonning paydo
bo‘lishiga ehtiyojni yuzaga keltirishini isbotlagan.
Elektron hujjat aylanishida elektron raqamli imzoning haqiqiyligini isbotlash zaruriyati
doimiy mavjud bo‘lishi isbotlangan.
Bundan tashqari, olim o‘zining ilmiy ishida elektron hujjat aylanish tizimining o‘ziga xos
xususiyatlari va muammoli tomonlarini batafsil o‘rgangan, elektron hujjat aylanish tizimining
joriy qilinishida uchinchi tomonnning bo‘lishi shartligini isbotlagan va uchinchi tomon elektron
hujjat aylanish tizimining ratsional sxemalarini taklif qilgan.
Olim uchinchi tomon texnologiyalaridan foydalangan holda elektron hujjat aylanishi
tizimini tashkil etish modelini ishlab chiqgan va simulyatsiya modellashtirish yordamida uning
xususiyatlarini o‘rgangan, yuqoridagilarga qo‘shimcha tarzda elektron hujjat aylanish tizimi
loyihalashtirish jarayonida uchinchi tomon tizimining ko‘p bo‘lishi muhimligini ham isbotlab
bergan.
Samotuga
(
2017
)
o‘zining ilmiy avtoreferatida elektron hujjat aylanishining himoyalanishi
va boshqa bir qator boshqa tomonlariga etibor bergan. Imzo beruvchining psixofiziologik
holatiga qarab imzoni ko‘paytirish parametrlarini o‘zgartirish qonuniyatlarini tahlil qilishga
asoslangan subyektlarning qo‘lda yozilgan tasvirlarining matematik modelining yangiligi taklif
qilinganligi bilan ajralib turadi.
Statistik bog‘liqlikdan foydalanish, imzo parametrlarining normal holatdagi qiymatlari
asosida o‘zgartirilgan holatdagi imzo parametrlarini hisoblash uchun koeffitsientlarni qo‘llash,
bu uzoq tajribalarni oddiy hisoblash protseduralari bilan almashtirish o‘zgartirilgan holatda
imzo shablonini olish imkonini beradi. Qo‘lda yozilgan tasvirlarni ko‘paytirish xususiyatlarini
tahlil qilish asosida imzolovchining psixofiziologik holatini aniqlashning ishlab chiqilgan
usulining yangiligi PFC tasnifi uchun ko‘p o‘lchovli Bayesian maksimal ehtimollik
funksiyalarining sun’iy neyron tarmoqlaridan foydalanish taklif qilinganligi bilan ajralib turadi,
imzoni tekshirish bosqichida imzolovchining PFC ni baholash imkonini beradi.
Olimning taklif etayotgan imzoni tekshirish usulining yangiligi, uning psixofiziologik
holatini hisobga olgan holda, qo‘lda yozilgan tasvirlarni ko‘paytirish xususiyatlarini tahlil
qilishga asoslangan bo‘lib, u ko‘p o‘lchovli Bayesian maksimal ehtimollik funksiyalaridan
www.e-itt.uz
I SON. 2024
49
foydalanish taklif qilinganligi bilan ajralib turadi. Imzo qo‘yuvchi, bu qo‘l yozuvi xususiyatlari
orqali shaxsni tekshirishda aniqlikni oshirishga imkon beradi.
Axborot tizimlarida gibrid hujjatlarni yaratish algoritmining yangiligi hujjatni imzolash
vaqtida ma’lumotlar egasining shaxsini tekshirish imkoniyati bilan qo‘lda yozilgan tasvirlarni
ko‘paytirish xususiyatlarini tahlil qilish asosida farqlanadi. Uning psixofiziologik holatini
baholash uchun blokni joriy etish, bu keyinchalik uning yaxlitligi va haqiqiyligini tasdiqlash,
shuningdek, yaratuvchining adekvat holatda ekanligiga ishonch hosil qilish imkonini beradi
(Самотуга, 2017
)
. Bu olimning fikrlari asosan elektron hujjat aylanishida xavfsizlik va
ma’lumotlarning ishonchliligiga qaratilgan.
Petrov
(
2003
)
elektron hujjat aylanish tushunchasini ishlab chiqarish korxonalari
misolida tadqiqot qilgan va bir qator yondashuv hamda yangiliklar kiritgan. Ishlab chiqarish
tashkilotlarida zamonaviy elektron va
axborot texnologiyalaridan foydalanishda korxona
boshqaruvi xususiyatlarini aniqlagan va yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar bergan.
Innovatsion axborot tizimlarining zamonaviy tashkiliy shakllari va
ularni yaratish
usullarini o‘rgangan, ularning tuzilmalarini qurish va
boshqaruv jarayonlarini axborotlashtirish
tamoyillarini oydinlashtirgan. Korxona va tashkilotlar uchun hujjat aylanish tushunchasiga
aniqlik kiritib bergan. Iqtisodchi axborot va elektron texnologiyalardan foydalangan holda
boshqaruv tizimlarini baholashning miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlarini aniqlagan; ularning
tuzilmalari va jarayonlarini tartibga solgan; korxonada boshqaruv tizimlarini moslashuvchan
modellashtirish usullarini ishlab chiqqan; elektron texnologiyalarga asoslangan boshqaruv
tizimlarini yaratgan va joriy etishning tashkiliy shartlarini va ularning samaradorligini
asoslagan.
Shuningdek, bu borada o‘zbek tadqiqotchilaridan H.X. Nasrulloyev “Soliq ma’murchiligiga
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali soliq bazasini
kengaytirish istiqbollari” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini
olish uchun tayyorlangan dissertatsiyasida izlanishlar olib borgan. Olim o‘zining ilmiy
izlanishlarida soliq ma’murchiligiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
rivojlantirishda virtual kassalar hamda elektron hisobvaraq-faktura ma’lumotlarini qayta
ishlash va ular asosida soliq ma’murchiligini amalga oshirish jarayonini avtomatlashtirishni
joriy qilish kerakligiga xulosa bergan. Yashirin iqtisodiyot ulushini pasaytirish, tadbirkorlik
faoliyatini yuritish uchun, shu jumladan tartibga solish va ma’muriy yukni kamaytirish hisobiga
teng raqobat sharoitlarini yaratish, soliq qonunchiligi talablariga rioya qilish tartib-taomillarini
avtomatlashtirish va uning tartibini soddalashtirish orqali mamlakatimiz iqtisodiyotda yashirin
aylanma darajasini qisqartirish va qonuniy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-
sharoitlar yaratish imkoniyatlarining berilishini e’tirof etgan.
Iqtisodchi olim Sh.M. Sadikov o‘zining ilmiy ishida mamlakatning sanoat korxonalaridagi
elektron hujjat almashinuvini tadqiq qilgan, va bir qator ishlarni amalgan oshirgan:
-
korxonalarni boshqarish tizimidagi asosiy muammolarni aniqlagan, bozor iqtisodiyotida
axborot texnologiyalarini o‘rnini aniq ko‘rsatib bergan;
-
axborot texnologiyalari asosida korxonani boshqarish tizimi tuzilishining umumiy
tamoyiillarini guruhlagan;
-
korxona va tashkilotlarda kompyuter texnikasi hamda axborot kommunikatsion
vositalar bilan ta’minlanganlik darajasini tahlil qilgan;
-
iqtisodiy o‘sishning zamonaviy axborot resurslari rivojiga bevosita bog‘liqligini ilmiy
asoslagan;
-
hujjatlar boshqaruv tizimi arxitekturasiga qo‘yiladigan talablarni mutanosib ravishda
guruhlashtirgan;
-
elektron hujjat aylanishini boshqarish tizimlarini baholashning miqdoriy va sifat
ko‘rsatkichlarini aniqlagan;
-
axborot tizimlaridan foydalanuvchilarning o‘zaro munosabatlari turlarini tahlil etgan;
www.e-itt.uz
I SON. 2024
50
-
elektron hujjat aylanishini boshqarish tizimlarida tadbiq qilish jarayonilaridagi risklarni
asosiy omillari bo‘yicha guruhlagan;
-
hujjatlarni elektron boshqarish tizimini va joriy qilish algoritmini yaratgan;
-
hujjat aylanishini boshqarish tizimlarining samaradorligini baholash uslubiyotini ishlab
chiqqan.
Shuningdek olim o‘zining gipotezasini yaratgan, bunda elektron hujjat aylanish tizimlarini
joriy qilib korxona va tashkilotlarda iqtisodiy hamda boshqaruv samaradorligi keskin oshishiga
olib kelishini ilgari surgan (Sadikov, 2012
)
.
Ayrim internet manbalarida yozilishicha EHA - bu kompaniyaning qog‘oz hujjatlarini
raqamli tizimga aylantirish va tashqi hujjatlarni onlayn almashish. Barcha zamonaviy va yangi
joriy qilinayotgan tizimlar kabi elektron hujjat aylanish tizimini ham joriy qilinishi natijasida
bir qator ijobiy hamda salbiy holatlar vujudga keladi. Bu holatlarni quyidagi solishtirma
jadvalda ko‘rishimiz mumkin.
Nurmetov va Saidovlar
(
2013
)
tomonidan chop etilgan risolada birinchi navbatda ichki va
idoralararo elektron hujjat aylanishi tizimlarini tashkil etish muhimligini ta’kidlab o‘tganlar.
Elektron hujjat aylanishi (EHA) tizimi bu ish yuritish tizimidagi hujjatlar aylanishining hayotiy
davomi bo‘lib hisoblanadi.
1- jadval
EHA tizimining afzalliklari va kamchiliklari
Ijobiy
Salbiy
hamkorlar va mijozlar bilan muloqotni yaxshilash
ma’lumotlar bazasini buzish ehtimoli mavjud
mehnat unumdorligini oshirish (jarayonlarni
nazorat qilish, hujjatlarga tezkor tuzatishlar kiritish)
katta
yosh
toifasidagi
xodimlarni
moslashtirishda qiyinchiliklar
hujjatlarni chop etish uchun moliyaviy va vaqt
xarajatlarini istisno qilish
yuqori narx
ofis texnikasini saqlash, arxivlarni saqlash, jo‘natish
hujjatlarini kamaytirish
ba’zi kontragentlar bilan ishlashda elektron
hujjatning qog‘oz nusxasiga ehtiyojning borligi
muntazam
ish
oqimini
qayta
ishlashni
optimallashtirish va avtomatlashtirish
kompaniyaning
kontragentlarida
EHA
yo‘qligida samaradorlik pasayadi
inson omilini ta’sirini pasayishi hisobiga xatolar
sonini kamaytirish
hujjatlarni uzoq muddatli saqlash kafolatlari va
ularni tiklash imkoniyati
O‘zbekiston
Respublikasi
Markaziy
bankiga
kelib
tushayotgan
qog‘oz
korrespondensiyalarning 80-85 foizini tijorat banklariga kelayotgan xatlar tashkil qiladi va
ularning 90 foizi mutaxassislarga qayta ishlash uchun beriladigan hisobotlardan iborat. Hosil
qilinayotgan har bir hisobot o‘zida tijorat banklariga oid o‘nlab iqtisodiy ko‘rsatgiklarni
majassam qiladi. Ushbu hisobot va ma’lumotlarning qog‘oz ko‘rinishida ishlanishi, albatta, juda
sermashaqqat ish hisoblanadi. Mazkur hisobotlar Markaziy bankka kelganidan so‘ng, ularni
qayta ishlash, turli iqtisodiy ko‘rsatgichlar bo‘yicha umumlashtirish va tahlil qilish ishlari
mutaxassislar ish vaqtining asosiy qismini band etadi. Bundan tashqari, tijorat banklari o‘z
vaqtida jo‘natilmagan hisobotlar va ayrim ma’lumotlarni telefon, faks, va boshqa vositalar orqali
uzatishga majbur edi. Bunday hol ish jarayonida quyidagi holatlarini keltirib chiqaradi:
mutaxassilar ish vaqtining hisobotlarni yig‘ish va umumlashtirish uchun sarf qilishi;
tezkor ravishda davriy ma’lumotlarni qabul qilish va qayta ishlash imkoniyatining mavjud
emasligi;
5
https://www.kadry.uz/article/821-elektron-ujjat-aylanishini-amalga-oshirish-bosichma-bosich-reja#ttl1
www.e-itt.uz
I SON. 2024
51
mutaxassislarning kompyuterlariga kelib tushadigan va saqlanadigan ma’lumotlarning
yo‘qolish xavfining mavjudligi;
turli hisobotlarda bir xildagi takrorlanish hollarini ko‘plab uchrashi;
hisobotlarni uzatish, yig‘ish va qayta ishlash bilan bog‘liq xarajatlarning asossiz ravishda
ortib ketishi keltirib o‘tilgan. Shuningdek, olimlar tomonidan hujjatlarning asosiy funksiyalari
aks ettirilgan rasm ham keltirilgan (Nurmetov, Saidov,
2013
)
.
Keyingi tadqiqotning yana bir yo‘nalishi turli manfaatdor tomonlarning o‘qituvchilar,
talabalar va ma’murlar kabi ta’limdagi elektron hujjat aylanishi tizimlariga nisbatan qarashlari
va munosabatlarini o‘rganishlari rejalashtirilgan.
A.N.Aripov va boshqalar o‘zlarining kitoblarida davlat boshqaruvida AKTni joriy etish
masalalari o‘z mohiyatiga ko‘ra muammolarning juda murakkab doirasini o‘z ichiga olishini
qayd etganlar. Bu uni shakllantirishga yondashuvlarni ishlab chiqishdan elektron davlat
xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash va uni amalda ta’minlashgacha bo‘lgan muammolari
sifatida e’tirof etganlar.
O‘zbekiston axborot jamiyatini shakllantirishning boshlang‘ich bosqichida turgan holda
maqsadga muvofiq va maqbul modelni tanlashdek murakkab muammo oldida turibdi. Biz ko‘rib
chiqqanimizdek, har bir mamlakatda axborot jamiyatini tashkil etishning jahon tajribasi o‘z
xususiyatlariga ega va tayyor etalon bo‘ladigan tavsiyalarni bermaydi.
Har bir aniq holatda davlat boshqaruvida AKTni tadbiq etish mamlakatning o‘zining
siyosiy-iqtisodiy yo‘nalishlariga, davlat tuzilishining xususiyatlariga, davlatning biznes
subyektlari va aholi bilan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari rivojlanishi darajasiga hamda
rivojlanishning mazkur bosqichida hal etilayotgan vazifalar doirasiga bog‘liq ekanligini qayd
etish zarur. Ya’ni, AKTning boshqaruv tizimlarini qurish paradigmasi jahon hamjamiyatida
mamlakatlar qancha bo‘lsa shuncha ko‘pdir.
O‘zbekistonda AKTga asoslangan davlat boshqaruvini mavjud sxemalardan qaysi biri
bo‘yicha qurish kerak? Vatanimiz AKT sohasida ilgari hech qachon bunday ijtimoiy ahamiyatli,
texnik jihatdan murakkab, mas’uliyatli, ilm-fanni va resurslarni ko‘plab talab qiladigan vazifa
hal etilmagan.
Mana shularni hisobga olgan holda davlat boshqaruvi tizimini bosqichma-bosqich
modernizatsiya qilish va samaradorligini oshirishni ta’minlash, shu jumladan quyidagi
vazifalarni hal etish maqsadga muvofiq tuyuladi:
- mamlakatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturini izchil
amalga oshirish;
- axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining normativ-huquqiy bazasi monitoringi,
ularni joriy etishga to‘sqinlik qilayotgan omillarni aniqlash;
- AKTni rivojlantirish monitoringi va uning holatini to‘liq xatlovdan o‘tkazish,
hujjatlarning elektron aylanishi tizimlarini joriy etish jarayonlarini, davlat boshqaruvi
organlarining moliyaviy, texnik va odam resurslari holatini o‘rganish,
- davlat boshqaruvi organlarining yagona axborot tarmog‘ini tashkil etish;
- davlat xizmatchilari va aholini o‘qitish bo‘yicha maqsadli tadbirlarni amalga oshirish;
- axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat byudjetidan ustuvor moliyalashtirish
siyosatini shakllantirish va boshqalar.
Olimlar tadqiqot qilgan davriga qarab ularni uch guruhga ajratish mumkin:
birinchi guruh, nazariy bilimlar orqali elektron hujjat aylanish tizimiga o‘tishning
afzalliklarini o‘rgangan olimlar;
ikkinchi guruh, elektron hujjat aylanish tizimi amaliyotga joriy qilingan davrdagi ijobiy
hamda salbiy oqibatlarni tahlil qiluvchilar;
uchinchi guruh, elektron hujjat aylanish tizimi joriy qilinishi bilan shu sohadagi bilimlarni
oshirish va xavfsizlik tomonlarini ko‘proq etibor berish yuzasidan tadqiqot olib boruvchilarga
ajratish mumkin.
www.e-itt.uz
I SON. 2024
52
Yuqorida qayd etilgan olimlarning fikrlariga e’tibor qaratilsa, elektron hujjat aylanish
tizimi zamonaviy axborot texnologiyalarining globalashuvi bilan birga kirib kelgan yangi bir
tizim hisoblanadi.
Bu borada ilmiy izlanish qilgan olimlar har biri elektron hujjat aylanish tizimining turli
jabhalarini o‘rgangan va xulosalarini bergan. Tadqiqot ishining birinchi bobida keltirilgan
olimlarning fikrlari va mulohazalariga tayangan holda elektron hujjat aylanishiga quyidagicha
o‘zimizning ta’rifimizni berishimiz mumkin.
Ya’ni elektron hujjat aylanishi bu xo‘jalik yurituvchi tadbirkorlik subyektlari va jismoniy
shaxslar tomonidan iqtisodiy - ijtimoiy voqea hodisalarni qonun talablariga mos ravishda
ma’lum bir tashuvchi moslamalarga kiritish saqlash, qayta ishlash va uzatishdan iborat
operatsiyalar ketma-ketligidir.
Shuningdek, olimlar o‘zlarining ilmiy asarlarida elektron hujjat aylanish tizimining turli
sohalar va zamonlardagi xususiyatlari hamda iqtisodiy mohiyatini ochib berganlar. Elektron
hujjat aylanish tizimi barcha tizimlardagi kabi soliq tizimida ham katta ahamiyat kasb etadi va
soliq tizimidagi jadal olib borilayotgan siyosatning qo‘llab quvvvatlanishiga yordam beradi.
Ammo axborot texnologiyalari rivojlangan sari uning o‘rganilmagan sohalari ko‘pligi aniqlanib
boraveriladi.
Xulosa va takliflar.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olish jarayonida yana
bir kamchilik tadqiqotlar natijasida aniqlandi. Ya’ni ko‘chmas mulkini ijaraga beruvchi
tashkilotlar kommunal to‘lovlar uchun hisobvaraq-fakturalarni qabul qilishadi va ularning
qo‘shilgan qiymat solig‘i summalarini hisobga oladilar. Xarajatlarni qoplash maqsadida
ijarachilarga hisobvaraq fakturalarni qayta taqdim qiladilar, ammo o‘zlariga tegish bo‘lmagan
hisobga olingan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi juda ko‘p hollarda hisobdan chiqarilmaydi.
Buning еchimi sifatida xarajatlarni qoplash tariqasida taqdim qiladigan elektron hisobvaraq-
fakturalarga qabul qilingan elektron hisobvaraq-fakturalarni bog‘lash orqali erishiladi. Bunda
kirim qilingan summadan chiqim summasini ortib ketmasligi nazorat qilinadi va qo‘shilgan
qiymat solig‘i hisobotida hisobdan chiqariladigan summalar qatoriga avtomat ravishda
xarajatlarni qoplash tariqasida rasmiylashtirilgan elektron hisobvaraq-fakturalarda aks
ettirilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi hisobdan chiqariladi. Agar shu tartibda
avtomatlashtirilmasa soliq to‘lovchilar tomonidan hisobga olingan qo‘shilgan qiymat solig‘i
summasi faqat tekshirish jarayonida aniqlangandan keyin byudjetga undirilishi ta’minlanadi,
ammo avtomatlashtirish natijasida bir summani ikki marta hisobga olinishi cheklanadi.
Adabiyotlar/Литература/
Reference:
Nurmetov D.B., Saidov F.M. (2013) Elektron hujjat aylanishi: xorijiy va milliy ququqiy tizim
tahlili, risola, Toshkent, Istiqlol nuri, 88-bet.
Sadikov Shuxrat Maxamadjonovich (2012) Korxona va muassasalarda elektron hujjat
almashuvini joriy etishning iqtisodiy samaradorligi, Iqtisodiy fanlar nomzodi dissertatsiyasi,
Toshkent, 154-bet.
Бисултанов Амир Нажмудиевич (2019) Развитие методико-инструменталной базы
налогового администрирования условиях цифровизaци экономики, автореферат
диссертaци на соискание ученой степени кандидата экономических наук, Владикавказ. -
26.
Жарков А.А. (2014) Система электроного документооборота/ А.А. Жарков// Наука,
техника и образование. -№3(3).- 65-71 бетлар.
Кортиков Федор Сергеевич (2013) Разработка комплекса алгоритмов и программ
для
повышения
производителности
функционирования
электронного
документооборота, автореферат диссертaци на соискание ученой степени кандидата
технических наук, Санкт-Петербург, -19 с.
www.e-itt.uz
I SON. 2024
53
Кукарина Юлия Михайловна (2004), Формирование и развитие понятия
“электронный документ” в зарубежном и Российском законодателстве, автореферат
диссертaции на соискание ученой степени кандидата исторических наук, Москва, - 32.с.
Лелина Юлия Владимировна (2009) Формирование территориално-распределенной
системы электронного документооборота в организaциях административного и
отраслевого образований, автореферат кандидат экономических наук, Москва, -18 с.
Нгуен Дин Хынг (2012) Организaция системы электронного документооборота на
основе агентных технологий, автореферат кандидат технических наук, Волгоград, -24 с.
Петров Юрий Юревич (2003) Методы управления промышленным предприятием на
основе электронного документооборота, автореферата кандидат экономических наук,
Санк-Петербург, -23.с.
Самотуга Александр Евгеневич (2017) Распознавание субъектов и их
психофизиологических состояний на основе параметров подписи для защиты
документооборота автореферат диссертaци на соискание ученой степени кандидата
технических наук, ОМСК, -18.с.
Столбов А.П. (2007) Организaци электронного документаоборота в
здравоохранении/ Столбов А.П.// Врач и информaционные технологии. -№5-33-39 бетлар
Уколов, Виктор Сергеевич (2009) Инструменталные методы экономики в процессах
аутентификaци электронных документов на основе ортогоналного преобразования,
автореферат кандидат экономических наук, Москва, 24 с.
Черватюк Василий Демянович (2020) Модел и алгоритмы хранилища данных
электронного архива технической документaци и электронного документооборота
научно-производственной организaци, автореферат диссертaции на соискание ученой
степени кандидата технических наук, Санкт-Петербург, -20 с.
Шрэётэр К.О. (2015) Электронный документооборот: возможности и
преимущества./К.О.Шрэйтэр// Молодой ученый. №2.-с.52-55
Шукаев
Александр
Иванович
(2006),
Моделирование
электронного
документооборота бизнес-процессов в организaциях сложной структуры, диссертaци на
соискание ученой степени кандидата экономических наук, Москва, -25 с.