Авторы

  • Акмаль Абдувохидов
    Гулистанский государственный университет https://orcid.org/0000-0001-8014-9435
  • Санобар Камилова
    Научно-исследовательского центра «Научных основ и проблема развития экономики Узбекистана» при ТГЭУ https://orcid.org/0009-0005-1764-2944

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aept.59536

Ключевые слова:

цифровая экономика цифровые навыки молодежь занятость достойный труд безработица социальная защита эффективная занятость

Аннотация

Обеспечение занятости молодежи посредством развития цифровых навыков молодежи в условиях цифровой экономики, создание необходимых условий для того, чтобы молодежь занимала достойное место на рынке труда, является одной из приоритетных задач построения социальной государственности. Исходя из этого, в данной статье проанализированы теоретические аспекты обеспечения занятости молодежи в условиях цифровизации, создания достойных условий труда для молодежи.


background image

www.e-itt.uz

I SON. 2024

23


RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA YOSHLAR BANDLIGI VA MUNOSIB

MEHNATNING KONSEPTUAL ASOSLARI

Dots.

Abduvoxidov Akmal Abdulazizovich

Guliston davlat universiteti

ORCID: 0000-0001-8014-9435

akmalabduvoxidov@gmail.com

Kamilova Sanobar Mirdjamalovna

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

huzuridagi “Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy

asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi

ORCID: 0009-0005-1764-2944

rabonas86@mail.ru

Annotatsiya.

Raqamli iqtisodiyot sharoitida yoshlarning raqamli ko‘nikmalarini

rivojlantirish orqali yoshlar bandligini ta’minlash, yoshlarning mehnat bozorida munosib o‘rin

egallashlariga zaruriy shart-sharoitlar yaratish ijtimoiy davlatchilikni barpo etishning ustuvor

vazifalaridan biri hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur maqolada raqamlashtirish

sharoitida yoshlar bandligini ta’minlash, yoshlar uchun munosib mehnat sharoitlarini
yaratishning nazariy jihatlari tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar:

raqamli iqtisodiyot, raqamli ko‘nikmalar, yoshlar, bandlik, munosib mehnat,

ishsizlik, ijtimoiy himoya, samarali bandlik.

КОНЦЕПТУАЛЬНЫЕ ОСНОВЫ ЗАНЯТОСТИ МОЛОДЕЖИ И ДОСТОЙНОГО

ТРУДА В ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКЕ

Доц.

Абдувохидов Акмаль Абдулазизович

Гулистанский государственный университет

Камилова Санобар Мирджамаловна

Научно

-

исследовательского центра

«Научных основ и проблема развития

экономики Узбекистана» при ТГЭУ


Аннотация.

Обеспечение занятости молодежи посредством развития цифровых

навыков молодежи в условиях цифровой экономики, создание необходимых условий для
того, чтобы молодежь занимала достойное место на рынке труда, является одной из

приоритетных задач построения социальной государственности. Исходя из этого, в

данной статье проанализированы теоретические аспекты обеспечения занятости

молодежи в условиях цифровизации, создания достойных условий труда для молодежи.

Ключевые слова:

цифровая экономика, цифровые навыки, молодежь, занятость,

достойный труд, безработица, социальная защита, эффективная занятость.

UOʻK: 331.5

I SON – IYUL-AVGUST

23-35


background image

www.e-itt.uz

I SON. 2024

24

CONCEPTUAL FOUNDATIONS OF YOUTH EMPLOYMENT AND DECENT

WORK IN THE DIGITAL ECONOMY

Assoc. Prof.

Abduvokhidov Akmal Abdulazizovich

Gulistan State University

Kamilova Sanobar Mirdjamalovna

Scientific research center

“Scientific bases and problems of the development

of the economy of Uzbekistan” under TSEU


Annotation.

Ensuring youth employment through the development of digital skills of young

people in the digital economy, creating the necessary conditions for young people to occupy a

worthy place in the labor market is one of the priorities of building social statehood. Based on this,
this article analyzes the theoretical aspects of youth employment in the context of digitalization,

the creation of decent working conditions for young people.

Keywords:

digital economy, digital skills, youth, employment, decent work, unemployment,

social protection, effective employment.

Kirish.

Globallashuv sharoitida “munosib mehnat” kontseptsiyasini amalga oshirish jamiyatning

globallashuv talablariga munosib javob berish yo‘lidagi muhim intilishlaridan biri hisoblanadi.

Ta’kidlash joizki, zamonaviy O‘zbekistonda iqtisodiy rivojlanishning asosiy yo‘nalishi
innovatsion rivojlanishga yo‘naltirilganligida namoyon bo‘ladi, bunday taraqqiyot yo‘nalishi

intellektual resurslardan samarali foydalanish, munosib mehnat shart-sharoitlarini yaratishni

ko‘zda tutadi. Innovatsion iqtisodiy rivojlanishning keng ko‘lamli vazifalarini hal qilish mehnat

resurslarini to‘ldirish va yangilashning asosiy manbai, innovatsion g’oyalar va kasbiy
bilimlarning tashuvchisi va yaratuvchisi bo‘lgan yoshlarning mehnat va intellektual

salohiyatidan samarali foydalanishni ko‘zda tutadi.

Mehnatning intellektuallashuvi sharoitida mehnat bozorida yangi kasbiy segment-

intellektual mehnat xodimlari ajralib chiqdi Mazkur xodimlar ma’lumotlarni qayta ishlash,
bilim asosida ishlarni tashkil qilish, intellektual qobiliyatlardan foydalanish, mehnat bozorida

kreativlikka asoslangan o‘ziga xos mahsulotni taklif qilish bilan ajralib turadilar. Shu jihatdan

olganda, “O‘zbekiston-2030” strategiyasida barcha yo‘nalishlarda innovatsion faoliyatni keng

joriy etish, ilmiy tadqiqotlarni va innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga
alohida e’tibor qaratilganligi e’tiborga loyiq (Farmon,

2023

).

Ko‘pchilik tadqiqotchilar munosib mehnat kontseptsiyasini shunchaki mehnatga

munosib haq to‘lash va ijtimoiy himoyaning zaruriy darajasining ta’minlanganligi sifatida

tushuntiradilar. Bu holat munosib mehnat kontseptsiyasini yetarlicha tushunib etmaganlikning

belgisi hisoblanadi. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, raqamli iqtisodiyot sharoitida yoshlar
bandligini ta’minlash, yoshlar bandligi borasida munosib mehnat kontseptsiyasini amalga
oshirish masalalari ilmiy hamjamiyat tomonidan yetarlicha o‘rganilmagan, bu o‘z navbatida

mazkur tadqiqot ishi doirasida tanlangan mavzuning yetarlicha dolzarb ekanligini ko‘rsatadi.

Mazkur maqola doirasida yoshlarni ish bilan ta’minlashning o‘ziga xos xususiyatlarini

hisobga olgan holda munosib mehnat tamoyillarini aniqlashtirish va ularni amalga oshirish

jarayonining mazmunini ochib berish; yoshlarni ish bilan ta’minlash sohasida munosib mehnat

tamoyillarini amalga oshirishni rag’batlantiruvchi va cheklovchi omillarni aniqlash; mehnat

bozorining yoshlar segmentiga nisbatan munosib mehnatni o‘lchash va baholash uchun uslubiy
vositalarni ishlab chiqish kabi vazifalarni hal qilish ko‘zda tutiladi


background image

www.e-itt.uz

I SON. 2024

25

Adabiyotlar sharhi.

Ijtimoiy va mehnat munosabatlari deyilganda “mehnat orqali turmush kechirish sifatini

yaxshilashga qaratilgan mehnat faoliyati munosabatlari ishtirokchilarining ijtimoiy-huquqiy va

ma’naviy-axloqiy jihatdan o‘zaro aloqalari majmui” tushuniladi (Одегов, Руденко, Бабынина,

2007).

Munosib mehnat kontseptsiyasi A. Smitning “Xalqlar boyligining tabiati va sabablari

to‘g‘risida tadqiqotlar” asarida keltirilgan qoidalardan boshlab, K. Marks g‘oyalari, nemis tarixiy

maktabidan (V. Rosher, F. List, V. Zombart, M. Veber va boshqalar); eski va “yangi”

institutsionalizm; ish haqining turli nazariyalari; T. Shults va G. Bekkerning inson kapitali
nazariyasi qoidalari; “filtrlash” nazariyasi; boshqaruv kontseptsiyalari (ilmiy menejment,

“inson munosabatlari” maktabi, motivatsiyaning asosli, protsessual nazariyasi, vaziyatli

yo‘nalish, “partisipativ boshqarish”, vakillik nazariyasi; ijtimoiy mas’ullik, axloqiy boshqarish,

o‘zini o‘zi rivojlantiruvchi tashkilot); tartibga solishning frantsuz maktabi ( “post-fordizm”
shaklida mehnat va kapital o‘rtasidagi munosabatlar modeli); neokorporativizm nazariyasi;

inson resurslari kontseptsiyasiga qadar tadrijiy jihatdan rivojlanib keldi (Одегов, Руденко,
Бабынина, 2007).

Anker, Chernishev, Egger (2003) munosib mehnat kontseptsiyasini barcha uchun

tushunarli tilga o‘girish, munosib mehnatni tavsiflashga xizmat qiluvchi statistik

ko‘rsatkichlarni aniqlashtirish, borasida qator ilmiy izlanishlarni olib borishgan, mazkur

olimlarning fikricha, munosib mehnat kontseptsiyasi barcha mamlakatlar uchun o‘zaro

qiyoslash imkonini berishi lozim.

Xorijlik mutaxassislardan biri Periera (2019) munosib mehnat kontseptsiyasi to‘g’risida

to‘xtalar ekan, munosib mehnatni insonlarning hayotiy mehnat faoliyatidagi intilishlarining

yig’indisi. sifatida tavsiflaydi. Uning fikricha, munosib mehnat kontseptsiyasini tushunish

mamlakatlarning rivojlanganlik darajasidan kelib chiqqan holda farqlanadi.

Blustein

(2016)

o‘z ilmiy izlanishlarida munosib mehnat kontseptsiyasining inson

ruhiyati bilan bog’liq jihatlarini tahlil qiladi va munosib mehnat shart-shaoitlari ta’minlangan

sharoitda xodim o‘zini ruhiy osoyishta sezishini, bu esa o‘z navbatida mehnat samaradorligiga

ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlaydi.

Rossiyalik mutaxassis Stojko

(2023)

o‘z tadqiqotlarida makroiqtisodiy va geosiyosiy

inqiroz sharoitida yangi ijtimoiy voqelikning shakllanishi olimlarga an’anaviy kapitalizm

sharoitida ish haqi mehnatidan farovon davlat sharoitida munosib mehnatga o‘tish bilan bog’liq

nazariy, uslubiy, tashkiliy va amaliy masalalarni tahlil qilish muammosini tug’dirishini

ta’kidlaydi. Bunda munosib mehnat kontseptsiyasi zamonaviy mehnat bozorining asosini
tashkil qilishiga alohida urug’u beradi.

Akademik Abduraxmonov

(2020)

o‘z tadqiqotlarida mehnat samaradorligini oshirishning

muhim manbai sifatida munosib mehnat kontseptsiyasini alohida ajratib ko‘rsatadi. Uning

fikricha, munosib mehnat ish o‘rnida xodim uchun yaratilgan barcha shart-sharoitlarning

umumiyligini ifoda etadi va munosib mehnat ta’minlangan sharoitida xodim o‘z faoliyatidan
qoniqish hissini tuyadi.

Qalandarovna (2024) mehnat sohasida qulay shart-sharoitlarni yaratishning muhim

yo‘nalishlaridan biri sifatida ijtimoiy hamkorlik masalalariga alohida to‘xtalib o‘tadi, uning

fikricha O‘zbekistonda munosib mehnat kontseptsiyasini amalga oshirishda hukumat
siyosatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘lib: aholi bandligiga ko‘maklashish, ish haqini oshirib

borish, xavfsiz mehnat sharoitlari va mehnat xavfsizligini ta’minlash, ijtimoiy sheriklikni

rivojlantirish kabilar hisoblanadi.

Yuqorida ko‘rib chiqilgan adabiyotlar tahlili raqamli iqtisodiyot sharoitida yoshlar

bandligini ta’minlash sohasida munosib mehnat kontseptsiyasi yetarlicha o‘rganilmaganligini

ko‘rsatadi.


background image

www.e-itt.uz

I SON. 2024

26

Tadqiqot metodologiyasi.

Mehnat iqtisodiyoti, mehnat bozorining kontseptual asoslari, ijtimoiy va mehnat

munosabatlari, munosib mehnat kontseptsiyasi borasida mahalliy va xorijiy olimlarning

mehnat bozori sohasidagi amaliy tadqiqotlar natijalari va yoshlarni ish bilan ta’minlash,

ijtimoiy va mehnat munosabatlarini tartibga solish borasida hukumatlar tomonidan amalga
oshiriluvchi mehnat siyosati masalalari tadqiqot ishining uslubiy asoslarini tashkil qiladi.

Maqolada ko‘tarilgan masalalarni tizimli bayon qilishda dialektik, qiyosiy tahlil, guruhlash,

iqtisodiy va statistik tahlil usullaridan keng foydalanildi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Mamlakatning barqaror iqtisodiy rivojlanishi ko‘p jihatdan munosib mehnat standartlari

va tamoyillariga asoslangan ijtimoiy va mehnat sohasining rivojlanishi va samarali ishlashi

bilan bog‘liq. Munosib mehnatning kontseptual asoslari Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT)
hujjatlarida, qabul qilingan davlatlararo shartnomalarda, qabul qilingan milliy mehnat

standartlarida va hokazolarda aks etgan. Munosib mehnat kotseptsiyasi ilk marta 1999 - yilda
o‘tkazilgan Xalqaro mehnat konferentsiyasining 87-sessiyasida mazkur tashkilotning bosh

direktori X. Somaviya tomonidan tilga olib o‘tilgan. Munosib mehnat kontseptsiyasi XMTning
4 strategik maqsadi: yangi ish o‘rinlarini yaratish; mehnat sohasida huquqlarning umumiy

kafolatlarini ta’minlash; ijtimoiy himoya sohasida huquqlarni kengaytirish; ijtimoiy murosaga

erishish maqsadida ishlab chiqarish egalari va yollanma xodimlarning manfaatlarini

muvozanatga keltirishga imkon beruvchi samarali ijtimoiy muloqotni yo‘lga qo‘yish orqali

amalga oshiriladi

2

.

XMT ta’rifiga ko‘ra, “erkin, adolatli ish haqi to‘lanadigan, xavfsiz, ijtimoiy himoyalangan,

insonning qadr-qimmatini kamsitmaydigan, mehnat faoliyatini boshlashda hamma uchun teng

imkoniyat yaratadigan, boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ishtirok etishni va shaxsning

o‘zini o‘zi rivojlantirishini kafolatlaydigan mehnat” munosib mehnat sifatida baholanadi
(Abduraxmonov, 2019).

Hozirda O‘zbekiston hukumati tomonidan XMT tomonidan ilgari surilgan talablarni

bajarish, ishchi-xizmatchilar uchun munosib va xavfsiz mehnat shart-sharoitlarini yaratish

masalalariga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Xususan, yangi tahrirda qabul qilingan
Konstitutsiyaning 42-moddasida “Har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin

tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash,

mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng

kam miqdoridan kam bo‘lmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek ishsizlikdan qonunda
belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega...”, 43-moddasida “Davlat fuqarolarning

bandligini ta’minlash, ularni ishsizlikdan himoya qilish, shuningdek kambag‘allikni qisqartirish

choralarini ko‘radi...” deb e’tirof etiladi

3

.

Shu bilan bir qatorda, yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Mehnat

kodeksining 94-moddasida “Har kimga o‘zining ishlab chiqarishga va ijodiy mehnatga doir
qobiliyatlaridan foydalanish hamda qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyatni
amalga oshirish bo‘yicha mutlaq huquq tegishlidir. Har kim ish beruvchiga bevosita murojaat

qilish yoki mehnat organlarining bepul ko‘magi orqali, shuningdek xususiy bandlik

agentliklarining xizmatlari vositasida ish joyini erkin tanlash huquqiga ega” ekanligi
mustahkamlab qo‘yilgan

4

.

Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan munosib mehnatni ta’minlash sohasidagi faoliyatni

kuchaytirish maqsadida majburiy boigan “Mehnat sohasida tub asosiy tamoyillar va huquqlar

to‘g‘risida”gi deklaratsiyasi qabul qilingan (ILO, 1998). Unda ko‘rsatilgan tamoyillarga rioya
qilish, ularni qo‘llash va hayotga tadbiq etishga ko‘maklashish shartligi belgilab qo‘yilgan.

2

https://www.ilo.org/wcmsp5/groups/public/---europe/---ro-geneva/---ilo-lisbon/documents/event/wcms_667247.pdf

3

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi,

https://lex.uz/docs/6445145

4

O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi,

https://lex.uz/docs/6257288


background image

www.e-itt.uz

I SON. 2024

27

1-jadval

“Munosib mehnat” tushunchasining talqini

(Decent work pilot programme, 1999)

O‘zbekistonda ham mamlakatda ijtimoiy-mehnat sohasini rivojlantirish, aholining real

daromadlari o‘sishini ta’minlash, mehnat bozorida vaziyatni yaxshilash, ish bilan unumli

bandlik sohasini kengaytirish, aholi ijtimoiy himoyasi tizimining manzilliligini ta’minlash,

mehnat muhofazasi va xavfsizligi darajasini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida

Munosib mehnat bo‘yicha mamlakat dasturini ishlab chiqdi hamda XMT bilan hamkorlikning
aniq ustuvor yo‘nalishlari, maqsadlari, vazifalari va natijalar indikatorlarini belgilab oldi

(Abduraxmonov, 2019).

XMTning O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konventsiyalari

normalari va talablarining tashkilotlarda ijro etilishi ustidan monitoring hamda nazorat qilish
ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash

masalalari bo‘yicha Parlament komissiyasi tomonidan korxona va tashkilotlarda, tadbirkorlik

sub’yektlari o‘rtasida mehnat to‘g‘risidagi qonunlar normalarini qo‘llash, majburiy mehnatga

Mualliflar,

dasturlar

“Munosib mehnat” tushunchasining

talqini

Izoh va qo‘shimchalar

Munosib mehnat

kontseptsiyasini

amalga oshirish

bo‘yicha

XMTning pilot

dasturi

Bu yyetarlicha daromad keltiruvchi va

shu bilan birga hayotning boshqa

jabhalariga vaqt ajratish, oilaning

ishonchliligini ta’minlash, inson

huquqlarini hurmat qilish, ovoz berish

huquqini beruvchi va ijtimoiy

integratsiyaga yo‘l ochish imkonini

beruvchi mehnat faoliyatidir. Munosib

mehnat -

bu bir so‘z

bilan aytganda,

ijtimoiy va iqtisodiy maqsadlarni o‘zaro

bog‘lovchi yo‘ldir

Turli taraflama aniqlashtirilishi va

rivojlantirilishi mumkin bo‘lgan

yyetarlicha katta sig‘imli ta’rif.

Bunda mehnat sohasidagi huquq va

kafolatlarni ta’minlash mexanizmi

orqali erishilgan iqtisodiy va

ijtimoiy maqsadlar o‘rtasidagi

bog‘liqlik muhim jiha

t hisoblanadi

XMTning

munosib mehnat

Klntseptsiyasi

Bir vaqtning o‘zida erkin, xavfsiz, adolatli

haq to‘lanadigan, rivojlantiruvchi va

insonning qadr-qimmatini

kamsitmaydigan unumli mehnat

faoliyatidir

Kategoriya mehnatning ijtimoiy va

iqtisodiy jihatlarini birlashtirasa-da,

bunda maqsadlarga erishish

mexanizmi sifatida ijtimoiy sheriklik

va muloqotning o‘rni yashirin tarzda

mavjud bo‘ladi

Xalqaro mehnat

konferentsiyasi

(1999 yil)

Erkaklar va ayollar uchun erkinlik,

tenglik, ijtimoiy kafolatlar va inson qadr-

qimmatini hurmat qilish sharoitida

munosib va samarali mehnat qilish

imkoniyatlari

Munosib mehnat borasida berilgan

avvalgi ta’riflarni to‘ldiradi, uni

kafolatlar masalasi, kamsituvchi

amaliyotlarning yo‘qligi jihatidan

konkretlashtiradi

G. Fille

Mehnat standartlariga javob beradigan

va uning sifatini oshirish imkoniyatini

beradigan ish o‘rniga ega bo‘lish zarurati

va imkoniyati

Ta’rif “mehnat standartlari” ga rioya

qilishga qaratilgan (mehnat

sohasini tartibga solishning umumiy

mantig‘i mavjudligi sharoitida

mazkur standartlar muayyan

mamlakatlarda va unda qabul

qilingan mehnat qonunchiligida farq

qilishi mumkin)

Shaymardonov

N.Z.

Bu munosib ish haqi, fuqarolarning

mehnat huquqlariga rioya qilish, ijtimoiy

kafolatlar va xavfsiz mehnat sharoitlarini

yaratishni ta’minlaydigan mehnatdir

Mazkur ta’rifdan foydalanish

asnosida “munosib ish haqi”

kategoriyasini qo‘shimcha asoslash

talab qilinadi. Ushbu holatda,

bunday ish haqi miqdorini aniqlash

borasida ga turli xil yondashuvlarni

ajratib ko‘rsatishimiz mumkin


background image

www.e-itt.uz

I SON. 2024

28

va bolalar mehnatiga yo‘l qo‘ymaslik masalalari bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan axborot-
tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi tomonidan XMTning 14 ta Konventsiyasi (shu jumladan, 8 ta

asosiy konventsiyaning barchasi) ratifikatsiya qilinganligini alohida ta’kidlash lozim. Shu bilan

birga, Xalqaro mehnat tashkilotining Mehnat inspektsiyasi to‘g‘risidagi 81-konventsiyasi
hamda Qishloq xo‘jaligida mehnat inspektsiyasi to‘g‘risidagi 129-konventsiyalaridagi aksariyat

normalar milliy qonunchilikka implementatsiya qilingan. Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, 81-

sonli konventsiya bugunga qadar 145 ta, 129-sonli konventsiya esa 53 ta mamlakat tomonidan

ratifikatsiya qilingan.

Ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish “munosib mehnat” tushunchasi va uning turli jihatlarining

o‘zaro bog‘liqligi to‘g‘risida yaqin pozitsiyalar mavjudligini aytishga imkon beradi. Munosib

mehnat tushunchasini o‘rganish asnosida XMTning asosiy hujjatlarida keng qo‘llaniluvchi

“decent work” tushunchasiga murojaat qilish o‘rinli hisoblanadi. 1-jadvalda “munosib mehnat”
kategoriyasining bir qator talqinlarini keltirib o‘tamiz, bunda mazkur tushunchaning iqtisodiy

mazmunga ega ekanligini unutmasligimiz lozim.Mehnat faoliyati orqali turmush kechirish sifati
kontseptsiyasi va uning o‘ziga xos qoidalari muhim ahamiyat kasb etadi. Inson taraqqiyoti

kontseptsiya-sida munosib mehnat muammosi “inson tanlovini kengaytirish” uchun zarur
shart sifatida qaraladi, bu ko‘p jihatdan ish sifati, mehnat sharoitlari, ijtimoiy qadriyatlar va shu

kabilarga bog‘liq.

Yollanib ishlaydigan ishchi kasallik, baxtsiz hodisa, keksalik yoki uning mehnatiga talab

kamayishi sababli mehnatga layoqatliligini yo‘qotsa (vaqtinchalik yoki muntazam ravishda),

unda moddiy ta’minlanish muammosi yuzaga keladi. Shu sababli bozor iqtisodiyotida ijtimoiy
himoya jamiyatning xo‘jalik faoliyati va ijtimoiy hayotning tarkibiy qismiga aylangan. Bu

tizimning tashkiliy-huquqiy shakllari esa mehnat jarayoni va xodim qobiliyatining takror hosil

qilinishi uzluksizligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi lozim. Xodimlarni ijtimoiy himoya qilish

korxona (tashkilot), tarmoq va hudud darajasida amalga oshiriladi (2-jadval).

2-jadval

Munosib mehnat jarayonida xodimlami ijtimoiy himoya qilish unsurlari,

mexanizmlari va tizimlari

Unsurlar

Mexanizmlar

Tizimlar

Ijtimoiy kafolatlar - milliy

darajada: mehnat, ijtimoiy

qonunchilik; texnika xavfsizligi

vamehnat gigiyenasi

Iqtisodiy,

huquqiy,

siyosiy

Davlat m inimal ijtimoiy standartlari:

tibbiy

yordam, kasbga v o ‘naltirish va

kasbga tayyorlash

Jamoa, hududiy, tarmoq va bosh

kelishuvlardagi ijtimoiy

kafolatlar

Ijtimoiy

Mehnatni muhofaza qilish, kasbiy

xavf-xataming profilaktikasi,

baholanishi, kamaytirilishi, ishlab

chiqarishdagi baxtsiz hodisalami

tekshirish

Xalqaro mehnat tashkiloti

konvensiya va tavsiyalaridagi

ijtimoiy kafolatlar

Iqtisodiy,

huquqiy

Kasb kasalligi va ishlab chiqarishda

mehnat qobiliyatini y o ‘qotganligini

aniqlash, tibbiy. ishsizlik bo

yicha

nafaqa, ishlab chiqarishdagi baxtsiz

hodisalardan

ijtimoiy sug‘urta

Маnbа:

mualliflar ishlanmasi.

Shu tariqa, munosib mehnat g‘oyalarini ishlab chiqish va rivojlantirish umumiy holatda

iqtisodiyot fanining turli sohalari, mehnat iqtisodiyoti, menejment nazariyalari doirasida sodir
bo‘lganligini ta’kid-lashimiz mumkin. Ijtimoiy va mehnat munosabatlari rivojlanishining

hozirgi bosqichi quyidagi jihatlar bilan tavsiflanadi:


background image

www.e-itt.uz

I SON. 2024

29

1-rasm. XMT konventsiyalari va ularning munosib mehnat kontseptsiyasini

tashkil etuvchilarga mosligi

Manba:

adabiyotlar tahlili asosida mualliflar tomonidan tuzilgan.

- kontseptual fikrlash doirasi, yuqori ma’lumot darajasi, polivalent, moslashuvchan,

mas’uliyatli, tashabbuskor, harakatchan, mehnat jarayonida o‘z-o‘zini rivojlantirishga

qaratilgan yangi turdagi xodimlar, shu bilan bir qatorda, “xodim-ish beruvchi”, “ish-shaxsiy

Bandlik sohasida siyosat

to‘g‘risida №122 konventsiya

Bandlikka ko‘maklashish va

ishsizlikdan himoyalanish

to‘g‘risida №168 konventsiya

Ish haqini muhofazalash

tg‘g‘risida №95 konventsiya

Eng kam ish haqi miqdorini

belgilash to‘g‘risida №131

konventsiya

Ijtimoiy ta’minot sohasida

huquqlarni himoya qilishning

xalqaro tizimi to‘g‘risida №

157 konventsiya

Jamoaviy muzokaralar olib

borish huquqlarini qo‘llash

qo‘llash tamoyillari to‘g‘risida

№ 98 konventsiya

Xalqaro mehnat normalarini

qo‘llash borasida uch

tomonlama maslahatlasuvlar

to‘g‘risida №144 konventsiya

Sanoat va savdo sohasida

mehnat inspektsiyasi

to‘g‘risida №81 konventsiya

Mehnakashlarni kasbiy

risklardan himoya qilish

to‘g‘risida №187 konventsiya

Bandlik va faoliyat sohasida

kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik

to‘g‘risida №111konventsiya

Ayollar va erkaklarni bir xil

tarzda rao‘batlantirish

to‘g‘risida №100 konventsiya

Qishloq xo‘jaligida mehnat

inspektsiyasi to‘g‘risida

№129 konventsiya

Samarali bandlik

Mehnatga munosib haq

to‘lash

Ijtimoiy muloqot

Mehnatni muhofaza qilish va

xavfsiz mehnat sharoitlari

Kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik

Ijtimoiy himoya

MU
N

OS

IB

M

EHNA

T

KO
N

T

SEP

T

SIYA
SI


background image

www.e-itt.uz

I SON. 2024

30

hayot” tizimida yangicha muvozanatni ko‘zda tutuvchi yangicha mehnat xulq-atvori va
ehtiyojlari modelining paydo bo‘lishi;

- rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda iqtisodiyotdagi globallashuv

jarayonlarining mehnat bozorlariga ta’sirining kuchayishi, tengsizlikning kuchayishi, bandlikni

ta’minlash borasida xatarlarning paydo bo‘lishi, mehnat bozori norasmiy segmentining o‘sishi,
ishsizlik, mehnat shartnomalari muddatining qisqarishi, nostandart bandlikning o‘sishi,

mehnat munosabatlarining tarmoqli tavsifga ega bo‘lib borishi va shu kabilar;

- FTT ta’siri ostida “inson-ishlab chiqarish” tizimining o‘zgarishi, turli darajadagi ta’lim,

bilim, ko‘nikmalarga ega bo‘lgan ishchilarni ish bilan ta’minlash sifatidagi tengsizlikning
oshishi. Mehnat bozorida “dualizm”ning ortib borishi, munosib mehnat sharoitlari va

himoyalanmagan ish bilan ta’minlangan yuqori sifatli ish o‘rinlari sektori o‘rtasidagi

nomutanosiblikning kuchayishi;

- faoliyatning yangi turlarini rivojlantirish, bandlikning yangi shakllari, yangi kasbiy

xatarlarning paydo bo‘lishi. Bandlik va ish o‘rinlarini tashkil etish shakllarining tobora

diversifikatsiya qilinishi bilan ish o‘rinlari sifatini hisobga olmagan holda va munosib
daromadni ta’minlamasdan faqat bitta sohada bandlikni kengaytirish yalpi talabni barqaror

tarzda qo‘llab-quvvatlay olmaydi. Ishchilar (bandlik turlari bo‘yicha) va ish beruvchilarning
(qiymat zanjiridagi joylashuvi bo‘yicha) yuqori geterogenligi sharoitida ularning ijtimoiy birligi

yanada murakkablashadi;

- innovatsion taraqqiyot yo‘liga o‘tish zarurati. Munosib mehnat uchun sharoit

yaratmasdan, xodimlarni o‘zgaruvchan ishlab chiqarish muhitiga samarali moslashtirish, yangi

g‘oyalarni yaratish va amalga oshirish mumkin emas. Bir qator mamlakatlar tajribasi yuqori
mahsuldorlik, texnologik innovatsiyalar va munosib mehnat muvozanatiga erishishda yuqori

samaraga erishganliklarini ko‘rsatadi;

- demografik va ijtimoiy-iqtisodiy omillar, shu jumladan makroiqtisodiy siyosatning

umumiy holatda mehnat faoliyati sohasiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatishi.

Ushbu o‘zgarishlar munosib mehnat masalasini nafaqat tadqiqot matritsasi, balki mehnat

va bandlik sohasidagi global va milliy siyosat platformasi sifatida ham dolzarblashtiradi.

Munosib mehnatning muhim, mazmunli, funktsional va tarkibiy jihatlari bo‘yicha

tadqiqot pozitsiyalarini batafsil ko‘rib chiqamiz.

Munosib mehnat kontseptsiyasi paydo bo‘lishidan ancha oldin, uning unsurlarining

asoslari XMT Konventsiyalarida o‘z aksini topgan edi (1-rasm). Shu bilan bir qatorda, mehnat

sohasidagi muammolarni o‘rganish va hal qilishda kompleks yondashuv ham mavjud emas edi.

Ushbu muammolarni hal qilishda yangi yondashuv jamiyat rivojlanishining ob’yektiv namunasi
sifatida ko‘rib chiqiluvchi bugungi kun muammolari va ijtimoiy davlat tamoyillariga javob

beradigan munosib mehnat kontseptsiyasiga aylandi.

2008 yilda qabul qilingan “Adolatli globallashuv maqsadlari borasida ijtimoiy adolat

to‘g‘risida” deklaratsiyasida mehnat siyosatida amalga oshirilgan ilmiy platforma sifatida

munosib mehnat kontseptsiyasi e’tirof etildi.

Munosib mehnat kontseptsiyasining zaruriy unsuri sifatida uning boshlang‘ich qoidalari,

ijtimoiy va mehnat munosabatlarini tartibga solish sohasidagi amaliy faoliyat borasida

ko‘rsatmalar uchun xizmat qiluvchi tamoyillar e’tirof etiladi. Tadqiqotlarimiz munosib mehnat

tamoyillarini farqlash borasida mualliflarning turlicha qarashlari mavjudligini ko‘rsatdi.


background image

www.e-itt.uz

I SON. 2024

31














2-rasm. Munosib mehnat kontseptsiyasi

Manba:

mualliflar ishlanmasi.

Mehnat taklifi omillari

Demografik

Iqtisodiy

Ijtimoiy-madaniy va psixologik

Mehnatga talab omillari

Texnik

Iqtisodiy

Tashkiliy

Munosib mehnat

kontseptsiyasini

ilgari suruvchi

xalqaro va milliy

institutlar

XODIM

Keng

ma’noda

insonning

rivojlanish

imkoniyat-

larini

ta’minlash

va risklarni

kamaytirish

ISH BERUVCHI

Xodimlarga

munosib

mehnat

sharoitlarini

yaratish orqali

raqobatbar-

doshlikni

oshirish

MUNOSIB

MEHNAT

KONTSEPTSIYASI

Funktsiyalar

Tamoyillar

Usullar

Ko‘rsatkichlar

Uslubiya platforma:

korxonaning ichki imkoniyatlari

-

mehnatni tashkil

etishdagi o‘zgarishlar;

-

ishchi o‘rinlarining

xavfsizligini
aktuallashtirish:

-

ish vaqtini tartibga

solish;

-

-munosib

rag‘batlantirish va ishchi
kuchi xarajatlarini

tartibga solish

Uslubiy platforma: korxonaning

tashqi imkoniyatlari

-

mehnat sohasida

XMTning o‘rnini
kengaytirish;

-

- milliy mehnat bozori
instititutlarini

takomillashtirish;

-

-ishchi kuchi mobilligini

rag‘batlantirish;

-

-makroiqtisodiy siyosat

va bandlik


background image

www.e-itt.uz

I SON. 2024

32

Biz munosib mehnat tamoyillari ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan to‘rtta asosiy blokni

aniqlash lozim, deb hisoblaymiz: a) samarali bandlik (samarali, yuqori mahsuldor bandlik,

ishsizlikning past darajasi, muvozanatli mehnat bozori, mehnat sohasida kamsitmaslik, kasbiy

o‘sish imkoniyati va boshqalar); b) mehnatga munosib haq to‘lash; v) xavfsiz mehnat sharoitlari

va mehnatni muhofaza qilish; d) ijtimoiy muloqot va ijtimoiy himoya (xodimlarning huquqiy
himoyasini ta’minlash, mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik, kuchli kasaba uyushmalari va

boshqalar). Bundan tashqari, quyidagi holatlarni ham hisobga olish lozim: birinchidan,

mehnatni “munosib” deb qabul qilishning sub’yektiv jihatlari; ikkinchidan, institutsional

jihatlar, ijtimoiy -mehnat munosabatlari sohasida qabul qilingan xalqaro va milliy standartlarga
muvofiqlik; uchinchidan, turli o‘lchamlar bo‘yicha munosib mehnat modellari tomon intilishni

aks ettiruvchi dinamik jihatlar; to‘rtinchidan, munosib mehnat tamoyillarining tuzilmaviy-

funktsional to‘ldirilishi; beshinchidan, darajali (mega -, makro -, mezo -, mikro - va nano)va

toifali (mehnat munosabatlari sub’yektlarining toifalari) jihatlar. Tilga olib o‘tilgan munosib
mehnat tamoyillarini amalga oshirish o‘z navbatida institutsional qo‘llab-quvvatlashni ham

ko‘zda tutadi.

Tadrijiy taraqqiyot jarayonida munosib mehnat tamoyillarining tarkibi o‘zgarishsiz

qolayotgan bo‘lsa-da, shu bilan birga vaqt o‘tishi bilan har bir unsur ichida sifat o‘zgarishlari
sodir bo‘ladi (mehnatga haq to‘lash va rag‘batlantirish tizimi murakkablashmoqda, ish joylari

modernizatsiya qilinmoqda, mehnat xavfsizligi yaxshilanmoqda,ijtimoiy muloqot shakllari

takomillashmoqda) va bir qator tamoyillarning ustuvorligi o‘zgarmoqda.

Yoshlarni ish bilan ta’minlash sohasida munosib mehnat tamoyillarini amalga oshirish

muammolarini batafsil o‘rganish jamiyatning boshqa sohalari bilan munosib mehnatning
o‘zaro bog‘liq sohasini ko‘p qirrali va ko‘p o‘lchovli tahlil qilishga imkon beradigan fanlararo

yondashuvdan foydalanishni o‘z ichiga oladi. 2-rasmda mehnat sohasini tartibga solish

nazariyasi, metodologiyasi va amaliyoti jihatidan munosib mehnat kontseptsiyasining

shakllanish omillari, tamoyillari va imkoniyatlari umumlashtirilgan.

2-jadval

Munosib mehnat tamoyillari

Tamoyil

Mazmuni

1

Ijtimoiy-

lashuv

Ijtimoiylashuv tamoyili munosib mehnatni, shu jumladan ijtimoiy ehtiyojlarni
tavsiflovchi iqtisodiy unsurlarni kengroq, ijtimoiy mazmun bilan boyitish

jarayoni, shaxsiy va jamiyat iqtisodiy manfaatlarining o‘zaro bog‘liqligini
ta’minlash, butun ijtimoiy

-

mehnat tizimi darajasida “munosib mehnat”

standartlarini belgilashga qaratilgan munosabatlarni aks ettiradi. Xususan, bu

mehnatdan qoniqish darajasini oshirish va ish haqi tengligiga erishish orqali

ijtimoiy barqarorlikning o‘sishi; majburiy va bolalar mehnatiga barham berish;

ijtimoiy mas’uliyatli, tashabbuskor, mustaqil va sodiq xodimni tarbiyalashda

namoyon b

o‘ladi. Ijtimoiylashuv tamoyili ko‘proq o‘zaro bog‘liq bo‘lib, bandlik,

gender tengligi, ijtimoiy sheriklik va muloqot, ijtimoiy himoya kabi munosib

mehnat unsurlari orqali amalga oshiriladi. Ayni chog‘da, shuni ta’kidlash

lozimki, ushbu tamoyil mehnatnin

g mazmuni va tabiati, mehnatga bo‘lgan

ijtimoiy-

madaniy ehtiyojlarni amalga oshirish va shu kabilarga ham ta’sir

ko‘rsatadi. Ta’kidlash joizki, kompaniyalarda korporativ siyosatning ijtimoiy
yo‘nalishini kuchaytirish, ijtimoiy himoya tizimlari va bandlikn

i muhofaza qilish

to‘g‘risidagi qonunchilikka katta e’tibor qaratilmoqda.

2

Barqarorlik

Ushbu tamoyil, bir tomondan, tashkilotda (umuman iqtisodiyotda) yaratilgan

munosib mehnat sharoitlarining o‘zaro bog‘liqligi va tashkilotning

(samaradorlik, yanada rivojlanish imkoniyati, raqobatbardoshlik) va umumiy

holatda iqtisodiyotning barqarorligi (t

o‘la bandlikni ta’minlash, samarali talab,

mehnat resurslarini ko‘paytirish, unumdorlikning o‘sishi, progressiv siljishlar,

xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar manfaatlarining muvozanati va boshqalar), yaxlit

tarzda aholining hayot sifatini yaxshilashni aks ettiradi. Shu bilan birga, turli


background image

www.e-itt.uz

I SON. 2024

33

jihatlarda munosib mehnat standartlariga rioya qilish ishchilarning kelajak

avlodlari uchun o‘z mehnat salohiyatini rivojlantirish va amalga oshirish

imkoniyatini yaratadi. Ushbu tamoyil bandlik sohasidagi kafolatlar va huquqlar,

kasbiy o‘sish imkoniyati, munosib ish haqi, ijtimoiy ta’minot, ijtimoiy
muloqotning samaradorligi bilan bog‘liq.

3

Himoya

langanlik

Ijtimoiy va mehnat munosabatlarining “inson

-

ishlab chiqarish” tizimining

asosiy funktsiyalarni bajarish qobiliyatini saqlab, tashqi va ichki “tahdidlar”,

“zarbalar”ga qarshi turish qobiliyatini o‘z zimmasiga oladi. Ushbu tamoyil
ijtimoiy va institutsional xavfsizlikni o‘z ichiga oladi (ish haqi, ish vaqti, mehnat

xavfsizligi, ish joylariga kirish, manfaatlarni ifoda etish va ifodalash sohasidagi

qat’iy kafo

latlarning haqiqiy maqsadga muvofiqligi; kamsitmaslik).

4

Xavfsizlik

Xavfsizlik tamoyili xodimning hayoti va sog‘lig‘i, ahvoli uchun xavf
tug‘dirmaydigan mehnat sharoitlarini yaratish zarurligini aks ettiradi; (mehnat

va bandlik sohasida vujudga keluvchi ijtimoiy xatarlardan himoya qilishning

turli unsurlarini ta’minlash.

Mehnat faqatgina qulay, va yyetarlicha xavfsiz

sharoitlarda, tashkilotlarda qarorlarni qabul qilish jarayonida ishtirok etish,

ta’lim va kasbiy darajani oshirish imkoniyatlarini ta’minlash orqaligina samarali
bo‘lishi mumkin.

5

Mehnat va

bandlikning

mahsuldorligi

Mahsuldorlik tamoyili bandlik (samarali va mahsuldorbandlikni ta’minlash,

yuqori samarali mehnat), munosib ish haqi kabi unsurlar bilan bevosita bog‘liq.

Ish haqi va mehnat samaradorligining muvofiqligi, mehnat va kapital o‘rtasida
taqsimotning ma’lum nis

batlarining mavjudligi, xodimni takror ishlab chiqarish

uchun mablag‘ bilan ta’minlash, mehnatga haq to‘lash borasida kamsitishlarning
yo‘qligi, adolatlilik, nomoddiy rag‘batlantirish unsurlaridan foydalana olish

nuqtai nazaridan xodimlar uchun imkoniyatlarning tengligi va boshqalar.
Yuqori mehnat unumdorligi va samarali bandlik qulay shart-sharoitlar,

mehnatga munosib haq to‘lash, ijtimoiy va kasbiy xavflar yuzaga kelganda
himoya kafolatlarini yaratish, bandlikka ko‘maklashish sohasida tegishli

siyosatni

amalga oshirish, ish vaqtini tartibga solish, kasbiy va ta’lim darajasini

oshirish imkoniyatlarini ta’minlash, qaror qabul qilishda ishtirok etish, ijodiy

o‘zini o‘zi ro‘yobga chiqarish, mehnat jarayonidan qoniqish orqali ta’minlanadi.

6

Munosib

mehnat

unsurlarining

bir-birini

to‘ldirishi

Munosib mehnat unsurlarining bir-

birini to‘ldirish tamoyili munosib mehnat

instituti yaxlitligining ma’lum bir xususiyatini

ifodalaydi va uning tarkibiy va

funktsional xususiyatlarining tizimli birligini aks ettiradi, ularning qadriyatlar

va jamiyatning ijtimoiy tuzilishining boshqa tarkibiy qismlari bilan birlikda

takrorlanishini ta’minlaydi. Munosib mehnat unsularining bir

-bi

rini to‘ldirish

tamoyili ushbu unsurlarning o‘zaro bog‘liqligi, ularni tartibga solishga,

muvofiqlashtirilgan rivojlanishiga asoslanadi. Tuzilmaga nisbatan bir-birini

to‘ldirish "munosib mehnat" ning asosiy tarkibiy qismlarining namoyon bo‘lish

shakllarin

ing tashkiliy o‘zaro bog‘liqligini aks ettiradi (bandlik tizimiga

integratsiya, ijtimoiy va mehnat munosabatlari sub’yektlarining o‘zaro

munosabatlarining madaniyatli, sherik shakllarini ta’minlash, munosib ish haqi,

xavfsiz mehnat sharoitlarini shakllantirish, ijtimoiy muloqot shakllari va

hokazo.). Funktsional komplementarlik funktsiyalarni amalga oshirish
mexanizmi va sifatini (munosib mehnatning har bir unsuri tomonidan

bajariluvchi), ijtimoiy va mehnat munosabatlari ishtirokchilarining o‘zaro

munosab

atlari va o‘zaro bog‘liqligini, "qadr

-qimmat"standartlariga erishish

jarayonining mohiyatini aks ettiradi.

7

Hamkorlik

(keng

ma’noda

ijtimoiy

sheriklik)

Ijtimoiy-

mehnat munosabatlari sub’yektlarining hamkorlik to‘g‘risidagi

ixtiyoriy kelishuvini aks ettiradi, bunda barcha sub’yektlar (xodimlar, ish

beruvchilar, davlat) munosib ish haqi, samarali bandlik, mehnat bozori

muvozanati, xodimlarning huquqiy himoy

asini ta’minlash, gender tengligi,

mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik maqsadlariga erishish, qaror qabul

qilishda tomonlarning teng ishtirok etishi, shuningdek, mehnat munosabatlari

sub’yektlarining xatarlar, majburiyatlar va natijalarni o‘zaro baham ko‘rishga

tayyor ekanliklarini namoyon qiladilar.


background image

www.e-itt.uz

I SON. 2024

34

Zamonaviy iqtisodiyotning voqeliklari (globallashuv, iqtisodiy jarayonlarning

murakkabligi va mehnat munosabatlari tizimida o‘yinning yangi qoidalarining paydo bo‘lishi,

noaniqlik va turbulentlikning o‘sishi, tashkilotlarda mehnatni boshqarish va unumdorlikka

yangi yondashuvlarning kengayishi va boshqalar)ni hisobga olgan holda munosib mehnatni

asoslash tizimli yondashuvdan foydalanishni o‘z ichiga oladi. Ushbu yondashuv doirasida
munosib mehnat tizimli tamoyillar nuqtai nazaridan, o‘zaro ta’siri sinergetik ta’sir

ko‘rsatadigan o‘zaro bog‘liq unsurlar to‘plami sifatida ko‘rib chiqiladi.

Xulosa va takliflar.

Yoshlar uchun munosib mehnat tamoyillari tizimida ijtimoiy sheriklik tamoyilini amalga

oshirish chora-tadbirlari doirasida munosib mehnatni ta’minlashning strategik yo‘nalishlarini

belgilashda ijtimoiy sheriklikning ahamiyatini oshirish zarur. Xususan, jamoa shartnomalari,

hududiy va tarmoq shartnomalarida yosh ishchilar uchun minimal ijtimoiy standartlarni
aniqlash, ish haqini oshirish va indeksatsiya qilish, norasmiy bandlikni qonuniylashtirish

choralarini ko‘rish talab etiladi.

Yuqori texnologiyali ish o‘rinlarini ko‘paytirish jarayoni tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha

sifatli mutaxassislarni oldindan tayyorlashni o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, bunday
mutaxassislarga talab katta bo‘lishi va yuqori maosh olishi lozimligi ko‘zda tutiladi. Bugungi

kunda mahalliy universitetlar yuqori malakali ish o‘rinlari uchun yuqori malakali

raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga imkon beradigan yangi ta’lim dasturlarini ishlab

chiqish jarayonlarini takomillashtirishlari zarur. Mazkur jarayonlarga ish beruvchilarni jalb

qilish ustuvorlik kasb etishi lozim.

Yoshlarni ish bilan ta’minlash sohasida munosib mehnat tamoyillarini amalga oshirish

yo‘nalishlaridan biri yoshlar uchun kasb-hunar ta’limi tizimini takomillashtirish, mehnat bozori

ehtiyojlari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning zamonaviy tendentsiyalari, xususan uzluksiz

ta’lim tizimi samaradorligini oshirishga ko‘proq e’tibor qaratishni ko‘zda tutadi. Ushbu
yondashuv mehnat bozorining yoshlar segmentidagi tarkibiy nomutanosibliklarni

yumshatishga yordam beradi. Shuningdek, ish beruvchilar va kasb-hunar ta’limi muassasalari

o‘rtasidagi hamkorlikning muhimligini ta’kidlash lozim. Kasb-hunar ta’limi muassasalari

bitiruvchilarining ko‘nikmalarini mustahkamlash korxonalarda amaliyot o‘tash va dual ta’limni
tashkil etish hisoblanadi.

Yoshlarning munosib mehnatini ta’minlash mexanizmi doirasida quyidagi ustuvor chora-

tadbirlarni amalga oshirish taklif qilinadi:

-

hududlarda o‘rtacha ish haqi, ishning murakkabligi, ishning xavflilik darajasi va

ahamiyatini hisobga olgan holda munosib ish haqi andozalariga erishish;

-

yoshlarning uzoq muddatli bandlik kafolatlarini ta’minlash;

-

korxonalarda yosh ishchilarga yo‘naltirilgan dasturlarni ishlab chiqish va amalga

oshirish (moslashtirish, ta’lim, ijtimoiy, rag’batlantirish dasturlari), korxonalarni boshqarishda

ishtirok etishni ta’minlash;

-

yosh ishchilar uchun ish o‘rinlarining sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash;

-

ustoz-shogird munosabatlarini rivojlantirish

-

yoshlar uchun innovatsion ish o‘rinlarini yaratish imkonini beruvchi kovorking

markazlari, mintaqaviy innovatsion klasterlarni yaratish;

-

hududlarda kasb-

hunar ta’limi muassasalari va korxonalari o‘rtasida kadrlar bilan

ta’minlash, amaliyot, stajirovkani tashkillashtirish borasida kelishuvlarni amalga oshirish; ish

beruvchilarning o‘quv jarayonida va kasbiy standartlar asosida talab qilinad

igan

kompetentsiyalarni shakllantirishda ishtiroklarini yo‘lga qo‘yish;

-

mintaqaviy darajada mehnat bozorining yoshlar segmenti borasida bandlikka

ko‘maklashish dasturlarini takomillashtirish, samarali dasturlarni saralab olish;

-

yoshlar uchun mintaqaviy munosib mehnat dasturlarini ishlab chiqish;


background image

www.e-itt.uz

I SON. 2024

35

-

yosh ishchilar uchun munosib mehnat tamoyillarini ta’minlashda ijtimoiy sheriklikni

rivojlantirish, hududiy shartnomalarga yoshlarni ish bilan ta’minlash, ish haqi, ijtimoiy

kafolatlar va xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash kafolatlariga yo‘naltirilgan

jihatlarni

kiritish va boshqalar.

Adabiyotlar:

Abduraxmonov Q.X. (2019) Mehnat iqtisodiyoti: Nazariya va amaliyot / Darslik. Qayta

ishlangan va to‘ldirilgan 3-nashri. T.: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “FAN”

nashriyot davlat korxonasi, –T.: 419-bet.

Abduvoxidov A., Kamilova S. (2023) INSON KAPITALI VA IQTISODIYOTNING INNOVATSION

RIVOJLANISHINI TADQIQ ETISHDAGI YONDASHUVLAR //Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil. – Т. 1. –

№. 4. – С. 12-21.

Anker R. et al. (2003) Measuring decent work with statistical indicators //Int'l Lab. Rev. – Т.

142. – С. 147.

Blustein D. L. et al. (2016) Decent work: A psychological perspective //Frontiers in

Psychology. – Т. 7. – С. 190229.

Decent

work

pilot

programme

(1999)

[Электронный

ресурс].:

http://www.ilo.org/public/english/bureau/dwpp/

ILO. Report of the Director-General: Decent

work

//

International

Labor

Conference,

87th

Session,

Geneva:

http://www.ilo.org/public/english/standards/relm/ilc/ilc87/rep-i.htm

Farmon (

2023

) O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi PF-158

sonli

“O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g’risidagi Farmoni,

https://lex.uz/docs/6600413

ILO (1998) ILO Declaration on Fundamental Principles and Rights in the Field of Labor and

a Mechanism for Its Implementation, Adopted at the LXXXVI Session of the International Labor

Conference, Geneva, 18 June //

https://www.ilo.org/wcmsp5/groups/public/ed_norm/-

eclaration/documents/normativeinstrument/wcms_763311.pdf

Pereira S., dos Santos N. R., Pais L. (2019) Empirical research on decent work: a literature

review.

Абдурахманова Гулнора Каландаровна, Рустамов Достонбек Жамшид Угли (2024)

Достойный труд в системе политики занятости // International scientific review. 2019.
№LXVII. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/dostoynyy-trud-v-sisteme-politiki-zanyatosti

(дата обращения: 26.03.2024).

Абдураҳмонов Қ. (2020) Меҳнат иқтисодиёти. Назария ва амалиёт //Архив научных

исследований.

Одегов Ю.Г., Руденко Г.Г., Бабынина Л.С. (2007) Экономика труда. В 2-х т.-М:Альфа

Пресс.

Стожко К. П. (2023) ПРОБЛЕМА «ДОСТОЙНОГО ТРУДА» В КОНТЕКСТЕ РАЗВИТИЯ

СОЦИАЛЬНО-ТРУДОВЫХ

ОТНОШЕНИЙ

//Актуальные

проблемы

социально-

экономического развития. – С. 96-104.


Библиографические ссылки

Abduraxmonov Q.X. (2019) Mehnat iqtisodiyoti: Nazariya va amaliyot / Darslik. Qayta ishlangan va to‘ldirilgan 3-nashri. T.: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “FAN” nashriyot davlat korxonasi, –T.: 419-bet.

Abduvoxidov A., Kamilova S. (2023) INSON KAPITALI VA IQTISODIYOTNING INNOVATSION RIVOJLANISHINI TADQIQ ETISHDAGI YONDASHUVLAR //Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil. – Т. 1. – №. 4. – С. 12-21.

Anker R. et al. (2003) Measuring decent work with statistical indicators //Int'l Lab. Rev. – Т. 142. – С. 147.

Blustein D. L. et al. (2016) Decent work: A psychological perspective //Frontiers in Psychology. – Т. 7. – С. 190229.

Decent work pilot programme (1999) [Электронный ресурс].: http://www.ilo.org/public/english/bureau/dwpp/ ILO. Report of the Director-General: Decent work // International Labor Conference, 87th Session, Geneva: http://www.ilo.org/public/english/standards/relm/ilc/ilc87/rep-i.htm

Farmon (2023) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi PF-158 –sonli “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g’risidagi Farmoni, https://lex.uz/docs/6600413

ILO (1998) ILO Declaration on Fundamental Principles and Rights in the Field of Labor and a Mechanism for Its Implementation, Adopted at the LXXXVI Session of the International Labor Conference, Geneva, 18 June // https://www.ilo.org/wcmsp5/groups/public/ed_norm/-eclaration/documents/normativeinstrument/wcms_763311.pdf

Pereira S., dos Santos N. R., Pais L. (2019) Empirical research on decent work: a literature review.

Абдурахманова Гулнора Каландаровна, Рустамов Достонбек Жамшид Угли (2024) Достойный труд в системе политики занятости // International scientific review. 2019. №LXVII. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/dostoynyy-trud-v-sisteme-politiki-zanyatosti (дата обращения: 26.03.2024).

Абдураҳмонов Қ. (2020) Меҳнат иқтисодиёти. Назария ва амалиёт //Архив научных исследований.

Одегов Ю.Г., Руденко Г.Г., Бабынина Л.С. (2007) Экономика труда. В 2-х т.-М:Альфа Пресс.

Стожко К. П. (2023) ПРОБЛЕМА «ДОСТОЙНОГО ТРУДА» В КОНТЕКСТЕ РАЗВИТИЯ СОЦИАЛЬНО-ТРУДОВЫХ ОТНОШЕНИЙ //Актуальные проблемы социально-экономического развития. – С. 96-104.