www.e-itt.uz
I SON. 2024
87
O‘ZBEKISTON SOLIQ TIZIMIDA SOLIQ TO‘LOVCHILARGA XIZMAT
KO‘RSATISHNING NAZARIY VA IQTISODIY ASOSLARI
G'aniyev Farrux Izzatilloyevich
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0009-0001-0162-8225
Annotasiya.
Ushbu maqolada tovar va moliya bozorlarida monopoliyani bosqichma-
bosqich qisqartirish, imtiyozlar va preferensiyalar berish tizimining samaradorligini oshirish,
shuningdek, qonunchilikni tartibga solish tizimini qisqartirish orqali respublika iqtisodiyotining
raqobatbardoshligiga salbiy ta’sirni yanada kamaytirishga alohida e’tibor qaratilgan. xo'jalik
yurituvchi sub'ektlar zimmasiga yuklash va soliq ma'muriyatchiligini amalga oshirish va
respublika soliq majburiyatlarini bajarishda soliq to'lovchilarning o'zaro hamkorligini tubdan
yaxshilash.
Kalit so'zlar:
soliq, fiskal siyosat, byudjet, soliq ma'muriyati, soliq salohiyati, normativ
tahlil, ijobiy tahlil, soliq yuki, vakillik soliq stavkasi, o'rtacha stavka, soliq hisoboti, soliq
tushumlari, soliq imtiyozlari.
ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ И ЭКОНОМИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ОБСЛУЖИВАНИЯ
НАЛОГОПЛАТЕЛЬЩИКОВ В НАЛОГОВОЙ СИСТЕМЕ УЗБЕКИСТАНА
Ганиев Фаррух Иззатиллоевич
Ташкентский государственный
экономический университет
Аннотация.
В данной статье основное внимание уделяется дальнейшему
снижению негативного воздействия на конкурентоспособность экономики республики
путем постепенного снижения монополии на товарном и финансовом рынках,
повышения эффективности системы предоставления льгот и преференций, а также
сокращения законодательной системы регулирования. обременение субъектов
хозяйствования и осуществление налогового администрирования и коренное улучшение
взаимного сотрудничества налогоплательщиков при выполнении республиканских
налоговых обязательств.
Ключевые
слова:
налог,
фискальная
политика,
бюджет,
налоговое
администрирование, налоговый потенциал, нормативный анализ, позитивный анализ,
налоговая нагрузка, репрезентативная налоговая ставка, средняя ставка, налоговый
отчет, налоговые поступления, налоговые кредиты.
UOʻK: 336.221.4
I SON – IYUL-AVGUST
87-96
www.e-itt.uz
I SON. 2024
88
THEORETICAL AND ECONOMIC BASIS OF SERVICE TO TAXPAYERS IN
THE TAX SYSTEM OF UZBEKISTAN
Ganiyev Farrukh Izzatilloyevich
Tashkent State University of Economics
Abstract.
This article focuses on further reducing the negative impact on the
competitiveness of the republic's economy by gradually reducing the monopoly in the commodity
and financial markets, increasing the efficiency of the system of giving benefits and preferences,
as well as reducing the legislative regulatory system. burdening economic entities implementing
tax administration and fundamentally improving the mutual cooperation of taxpayers in the
fulfillment of republican tax obligations.
Keywords:
tax, fiscal policy, budget, tax administration, tax potential, regulatory analysis,
positive analysis, tax burden, representative tax rate, average rate, tax report, tax revenues, tax
credits.
Kirish.
Soliq intizomiga rioya qilish davlat yuridik shaxslarining moliyaviy manfaatlarini himoya
qilishning eng muhim omili bo‘lib, soliq munosabatlarining amalga oshirilishini nazorat
qiluvchi ixtisoslashtirilgan muassasalar tomonidan ta’minlanadi. Soliq ma’muriyatchiligi soliq
yig‘ishning qonuniy belgilangan qoidalariga va ularni amalga oshirish uchun majburiy
huquqlariga asoslanib, huquqiy va iqtisodiy vositalar, dastaklar va imtiyozlar to‘plamidan
foydalangan holda soliq siyosatining strategik maqsadlarini amalga oshirishga mo‘ljallangan.
Biroq, zamonaviy soliq amaliyotining nomukammalligi va soliq organlarining funksional
tuzilishi manfaatlar to‘qnashuvining kuchayishiga olib keldi. Soliq to‘lovchilarga xizmat
ko‘rsatishda soliq to‘lovchilar bilan munosabatlar, shu jumladan, soliq to‘lovchilarga xizmat
ko‘rsatish ma’muriyatchiligi rivojlantirishda soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashning yangi
usullariga barham berish rivojlanmagan. Bundan tashqari, soliqqa tortishning xalqaro
tajribalaridan kelib chiqib, O‘zbekistonda soliq ma’muriyatchiligida soliq to‘lovchilarga xizmat
ko‘rsatishni takomillashtirishning maqbul darajasini aniqlash muammosini hal etish imkonini
bermayapti.
Adabiyotlar sharhi.
Mavzu doirasida asosiy o‘rganiluvchi iqtisodiy kategoriya soliq soliq ma'muriyatchiligida
soliq to'lovchilarga xizmat ko'rsatishni takkomilashtirish bo‘lib, soliq to'lovchilarga xizmat
ko'rsatishni takkomilashtirishga nisbatan berilgan ta’riflarga batafsil to‘xtalsak.
Xususan, buyuk klassik iqtisodchi Adam Smit (1992) fikricha, raqobatni bozor sub’ektlari
o‘rtasida tovarlar xarid qilish va sotish borasida qulayroq sharoitlar uchun olib boriladigan,
to‘g‘ri, halol, til biriktirishlarsiz kurash, musobaqa bilan bog‘lagan. U raqobat kurashining
asosiy usuli deb narx o‘zgarishlarini bilgan. Bunda u jamoa irodasi (ixtiе ri) bilan
boshqarilmaydigan, umumiy mo‘ljallarga ega bo‘lmagan bozorda qat’iy xulq-atvor qoidalariga
amal qilishini qayd etgan. Demak, raqobat–bozor qatnashchilari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi
aynan o‘sha «ko‘rinmas qo‘l»dir.
Shumpeter (2007) iqtisodiy rivojlanish nazariyasi doirasida raqobatni eskilikning
yangilik bilan raqiblik kurashi sifatida ta’riflagan. Yangiliklar kiritish bozor tomonidan shubha
bilan qabul qilinadi, biroq agar novator ularni amalga oshirishning uddasidan chiqsa, raqobat
mexanizmi eskirgan texnologiyalardan foydalanuvchi korxonalarni bozordan siqib chiqaradi
degan fikirni takidlagan.
Tokarev va Maninalar (2015)ning fikriga ko‘ra, eksport salohiyati korxonaning eksport
uchun raqobatbardosh mahsulotlar yaratish va ishlab chiqarish, uni tashqi bozorlarga targ‘ib
www.e-itt.uz
I SON. 2024
89
qilish, u yerda tovarlarni sotish va kerakli darajada xizmat ko‘rsatish qobiliyati sifatida
belgilanishi mumkin.
Amerikalik iqtisodchi Naisbit (2013) korxonaning eksport salohiyatini iqtisodiy
salohiyatning dinamik o‘zgaruvchan komponenti sifatida belgilaydi, uning tashkiliy-texnik
tuzilishi, korxona missiyasi hamda maqsadlariga muvofiq, ekologik omillar va ichki
sharoitlarning ta’sirini hisobga olgan holda, uzoq va yaqin xorij bozorlarida rentabellik darajasi
bilan barqaror savdo hajmlarini ta’minlaydi.
Pugachev, Parfenovalarning (2017) fikricha, “Soliq siyosati sohasida raqamli iqtisodiyotni
tartibga solish ikkita asosiy yo‘nalishni ajratish zarur:
1) raqamli iqtisodiyot operasiyalarini soliqqa tortish vaboj-ta’riflarini tartibga solish;
2) soliq va bojxona ma’muriyatchiligi va nazoratiga raqamli texnologiyalarni kiritish.”
Vishnevskiy (2019)ning e’tirof etishicha soliqqa tortishni raqamlashtirish sharoitida
ishlab chiqarish jarayoni va iqtisodiy munosabatlar tizimini robotlashtirishga asoslangan
avtomatlashtirish bilan bog‘liq yangi soliq institutlari shakllanadi. Soliqqa tortish tizimi
ob’ektiv ravishda transformasiyalanadi.
Umuman olganda, adabiyotlarda raqamlashtirishni amalga oshirish, soliq tartib-
qoidalarini soddalashtirish, aloqa va axborot olish imkoniyatlarini yaxshilash O‘zbekistonda
soliq ma’muriyatchiligida soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilashi mumkinligini
ko‘rsatmoqda.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
O‘zbekiston soliq tizimida soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishning nazariy va iqtisodiy
asoslari bir qancha qonun hujjatlari bilan belgilanadi. O‘zbekistonda soliq to‘lovchilarga xizmat
ko‘rsatishni tartibga soluvchi asosiy hujjat O‘zbekiston Respublikasining soliq kodeksidir. Unda
soliqlar va yig‘imlarni undirish qoidalari va tartiblarini, shuningdek soliq to‘lovchilarning
huquq va majburiyatlarini belgilovchi normalar mavjud. O‘zbekiston soliq kodeksiga muvofiq
soliq xizmati soliq to‘lovchilarga soliq majburiyatlarini to‘g‘ri bajarishda ma’lumotni taqdim
etishi, maslahat va yordam ko‘rsatishi shart. Soliq to‘lovchilar, shuningdek, soliq qonunchiligiga
aniqlik kiritishni so‘rab soliq xizmatiga murojaat qilish va belgilangan muddatda javob olish
huquqiga ega. O‘zbekistonda soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishning nazariy asoslaridan biri
aholiga soliq xizmati ko‘rsatish tamoyilidir. Ushbu tamoyilga ko‘ra, soliq tizimi soliq
to‘lovchilarning manfaatlarini qondirishga va ularga soliq majburiyatlarini bajarish uchun
qulay shart-sharoitlarni ta’minlashga qaratilishi kerak. O‘zbekiston soliq tizimida soliq
to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni tartibga soluvchi boshqa Nizom va uslubiy tavsiyalar ham
mavjud. Masalan, bu Iqtisodiyot va moliya vazirligining soliqlarni hisobga olish, soliq
tekshiruvlari va boshqa soliq proseduralarini o‘tkazish tartibini tasdiqlovchi buyruqlari va
ko‘rsatmalari hisoblanadi. O‘zbekiston soliq tizimi soliq to‘lovchilar uchun soliq hisobotlarini
elektron shaklda topshirish va soliqlarni internet orqali to‘lash kabi elektron xizmatlarni ham
faol rivojlantirmoqda. Bu soliq to‘lovchilar va soliq organlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar
jarayonini tezlashtirish va soddalashtirish, shuningdek soliq majburiyatlarini bajarishda
ma’muriy to‘siqlarni kamaytirish imkonini beradi. Umuman olganda, O‘zbekiston soliq tizimida
soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishning iqtisodiy va nazariy asoslari qonun hujjatlarida
belgilangan bo‘lib, soliq to‘lovchilar va soliq organlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning
shaffofligi, qulayligi va adolatliligini ta’minlashga qaratilgan.
Soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishning nazariy jihatlariga qaraydigan bo‘lsak, bu soliq
xizmati tushunchasini, uning tarkibiy elementlarini, ishlash tamoyillari va xususiyatlarini
tushuntiradigan va belgilaydigan tushuncha bo‘lib, ushbu nazariya soliq xizmatini qo‘llay bilish
sohalarini, uning iqtisodiyotdagi rolini va jamiyatning turli jabhalariga ta’sirini o‘rganadi. Soliq
to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishda soliq nazariyasining asosiy tamoyillari va tarkibiy
elementlariga e’tiborimizni qaratishimiz lozim. Birinchidan, soliq majburiyatlari ya’ni soliq
xizmati mamlakat qonunlari va qoidalarida belgilangan soliq majburiyatlariga asoslanadi.
www.e-itt.uz
I SON. 2024
90
Bunga soliq miqdorini, to‘lovlarni amalga oshirish muddatlarini, soliq deklarasiyalari va
hisobotlarini topshirish shakli va tartibini aniqlash kiradi. Ikkinchidan, soliq to‘lovchilarga
xizmat ko‘rsatish davlatga soliq tushumlarini yig‘ish jarayoni bilan bog‘liq. Bunga soliq
solinadigan bazani, soliq stavkalarini, soliqlarni hisoblash va yig‘ish usullarini ko‘rib chiqish
kiradi. Uchinchidan, soliq qoidalari va proseduralari hisoblanib, unda soliq to‘lovchilarga
xizmat ko‘rsatishda soliqlarni hisoblash, to‘lash va qaytarish tartibini belgilaydigan amaldagi
soliq qoidalari va tartiblarini o‘rganishni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, soliq to‘lovchilarga
xizmat ko‘rsatishda tarkibiy qism sifatida soliq organlari tomonidan soliq nazorat qilish
jarayonini va shu bilan birga soliqqa oid huquqbuzarliklarga qarorlariga shikoyat qilish
imkoniyatini tushiniladi. To‘rtinchidan, soliqni rejalashtirish bo‘lib, unda korxonalar va
jismoniy shaxslarga qonunchilik doirasida soliq majburiyatlarini minimallashtirishga yordam
beradigan usullar hisoblanadi.
Soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish
-
soliqlarni to‘lashda davlat faoliyatining ajralmas
qismi bo‘lib, fuqarolar va tashkilotlar daromadining bir qismini davlat foydasiga majburiy
tartibda o‘tkazishni ifodalaydi degan fikrga asoslanadi. Shu bois, soliq to‘lovchilarga xizmat
ko‘rsatishning asosiy prinsipi davlat tomonidan yig‘ilgan soliqlar hisobidan
moliyalashtiriladigan jamiyat uchun muayyan yengillik va imtiyozlar berishdir. Soliq xizmatini
ko‘rsatishda soliq islohotlarini amalga oshirish, soliqlarni belgilash va undirish, shuningdek
soliq majburiyatlarining to‘g‘ri bajarilishini nazorat qilishni o‘z ichiga oladi hamda bu soliq
tizimi adolatli va samarali bo‘lishi kerakligini anglatadi. Soliq tizimining adolatliligi shuni
anglatadiki, soliqlar fuqarolar va tashkilotlarning daromadlari va mol-mulkiga mutanosib
ravishda taqsimlanishi kerak va u jamiyat uchun minimal xarajat bilan to‘lovlarning maksimal
miqdorini ta’minlashi kerakligini ko‘rsatadi. Soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish doirasida
iqtisodiyotni tartibga solish va ijtimoiy maqsadlarga erishishda soliq tizimlarining roli ham
ko‘rib chiqiladi. Soliqlar iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish, inflyatsiyani tartibga solish,
tengsizlikka qarshi kurashish, ijtimoiy dasturlarni moliyalashtirish va jamoat farovonligini
ta’minlash uchun ishlatilishi mumkin. Biroq, soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish borasida
ba’zi iqtisodchilarning fikricha, yuqori soliq stavkalari va murakkab soliq tizimi iqtisodiy o‘sish
va innovasion faoliyatga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi keltirilgan. Bundan tashqari,
yig‘ilgan mablag‘larning nazoratsiz sarflanishi korrupsiya va isrofgarchilikka olib kelishi
mumkin (Иванoва, 2011).
Shunday qilib, soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish soliq tizimlari va ularning jamiyatdagi
rolini tahlil qilish va baholashning muhim vositasidir. Bu bir vaqtning o‘zida samaradorlik va
adolatni ta’minlaydigan soliq yig‘ishning maqbul yondashuvlarini aniqlashga yordam beradi.
Tadqiqot ishimizda alohida xorijiy olimlarning fikrlari ham o‘rganilgan bo‘lib, chet el
olimlarning soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish haqidagi qarashlari xilma-xil bo‘lishi mumkin
va ularning tajribasi, tadqiqotlari va har bir alohida mamlakat imkoniyatlariga bog‘liq. Biroq,
ko‘pchilik soliqlar davlat boshqaruvining muhim vositasi ekanligiga va zarur davlat
xizmatlarini moliyalashtirishiga rozi. Soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish tartibining aniq
ta’rifining ahamiyati Smit (1935) tomonidan ta’kidlangan: “Har bir shaxs to‘lashi shart bo‘lgan
soliq o‘zboshimchalik bilan emas, balki aniq belgilanishi kerak. To‘lov muddati, to‘lov usuli,
to‘lov miqdori – bularning barchasi to‘lovchi va boshqa har qanday shaxs uchun aniq va lo‘nda
bo‘lishi kerak. Agar bunday bo‘lmasa, ushbu soliqqa tortiladigan har bir shaxs ko‘p yoki kamroq
darajada soliq organlari kuchiga tayanadi, u o‘zi yoqtirmaydigan har qanday to‘lovchi uchun
soliqni yuk ko‘payishi yoki o‘zi uchun bunday tahdid bilan sovg‘alar yoki korrupsiya olib kelishi
va tovlamachilik qilishi mumkin bo‘lib qoladi. Soliqqa tortishning noaniqligini keltirib chiqaradi
va bunda ta’magarlik rivojlanadi. Ta’magarlik va korrupsiya bilan ajralib turmasa ham,
allaqachon soliq to‘lovchilar toifasini korrupsiya botqog‘iga olib kiradi. Soliq masalasida har bir
shaxs to‘lashi shart bo‘lgan soliqni aniqligi shunchalik katta ahamiyatga ega bo‘lib tuyuladiki,
bunda barcha xalqlarning tajribasidan kelib chiqib, kichik korxonalar miqyosida noaniqliklarga
olib keladi”.
www.e-itt.uz
I SON. 2024
91
Soliq munosabatlarida soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish huquqiy aniqlik prinsipini
ta’minlashning ahamiyati, shuningdek, ommaviy, majburiy xarakterga ega bo‘lib, ijtimoiy-
huquqiy o‘zaro ta’sirlar sharoitida barqarorlikni ta’minlaydigan normativ-huquqiy qoidalarni
shakllantirishning qat’iyligi va to‘liqligini oshirishni anglatadi. Ko‘plab davlatlar soliq
qonunchiligi aniqligini ta’minlashning amaliy jihatlariga e’tibor berishni boshladilar
(Пoдшивалoва, 2021). Ko‘pgina mamlakatlarda (AQSh, Kanada, Fransiya, Italiya, Buyuk
Britaniya va boshqalar.)
, “Huquqiy aniqlik cheklangan miqdordagi soliq to‘lovchilarga
nisbatan qo‘llaniladigan soliq qoidalarini shakllantirishda qonun chiqaruvchi organlarning
amal qilishi kerak bo‘lgan asosiy qadriyatlarni anglatadi” (Ткачук, 2021). Bir qator xorijlik
olimlarning fikriga ko‘ra, soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishda soliq ma’muriyatchiligiga
ahamiyat berilmoqda. Steberning (2017) ta’kidlashicha, nemis huquqiy normalari asosida soliq
ma’muriyatchiligida soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha fiskal majburiyatni
belgilovchi qonun shu qadar aniq, tushunarli, aniq bo‘lishi kerakki, uning mazmuni, maqsadi,
predmeti va qo‘llanilish doirasi bo‘yicha har qanday soliq to‘lovchi o‘z fikrlari asosida ushbu
me’yorga muvofiq soliq to‘lash majburiyatlari bor-yo‘qligi va qay darajada ekanligi to‘g‘risida
aniq xulosa qilishi lozim. Soliq to‘lovchi o‘zining soliq yuki haqida tasavvurga ega bo‘lishi,
shuningdek kelajakdagi soliq majburiyatini bajarish uchun mablag‘ to‘plashi kerak.
Robert Van Brederode (2013) gollandiyalik siyosatchi va iqtisodchi. Uning soliq to‘lovchi
xizmatlari haqidagi qarashlari juda xilma-xil bo‘lib, muayyan sharoit va siyosiy vaziyatga qarab
o‘zgarishi mumkin. Biroq, uning ushbu mavzu bo‘yicha qarashlarida bir nechta umumiy
tendensiyalar mavjud. Van Brederode soliq to‘lovchilar mablag‘laridan samarali foydalanish
muhimligini ta’kidlaydi va byudjetning shaffofligi va javobgarligi masalalariga e’tibor beradi. U
soliq to‘lovchilarning pullaridan yetarlicha samarali va jamoat manfaati uchun foydalanilishini
ta’minlash uchun davlat xarajatlarini puxta rejalashtirish va nazorat qilishni qo‘llab-
quvvatlaydi. Uning qarashlarining asosiy jihatlaridan biri soliq to‘lovchilarning majburiyatlari
va huquqlari o‘rtasidagi muvozanatdir. Van Brederodning (2013) fikricha, soliq
to‘lovchilarning xizmatlari bepul bo‘lmasligi kerak va odamlar davlat va jamiyat oldidagi
burchlari uchun mustaqil javobgar bo‘lishi kerak. U fuqarolarni faol fuqarolik pozitsiyasini
egallashga va davlat bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishga undaydigan soliq tizimini rivojlantirish
tarafdori. Van Brederode, shuningdek, davlat tizimi shaffoflik va ochiqlikning muhimligini
ta’kidlaydi va soliq to‘lovchilar va hokimiyat o‘rtasidagi aloqani yaxshilash bo‘yicha bir nechta
tashabbuslarni taklif qildi. U soliq to‘lovchilar pullari qanday va nimaga sarflanishini yaxshiroq
tushunishlari uchun byudjet masalalarini muhokama qilish va aniqlashtirishga ko‘proq tayyor
bo‘lishga chaqiradi.
Altshuler, Rosanne and Timothy
Goodspeedlar (2015) soliq xizmatlari va soliq siyosatini
ishlab chiqish sohasidagi mutaxassislar hisoblanib, “Soliq to‘lovchiga xizmat ko‘rsatishdagi
qarashlarida soliq tizimida jarayonni soddalashtirish ya’ni ularning fikricha, soliq xizmatlari
soliq to‘lovchilar uchun imkon qadar sodda va tushunarli bo‘lishi kerak. Bu xatolar sonini
kamaytirishga va soliq tushumlarini yig‘ish samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Yondashuvni individuallashtirish bilan har bir soliq to‘lovchi noyobdir va o‘ziga xos
xususiyatlar hamda ehtiyojlarga egaligidan kelib chiqib, olimlar ushbu individual
xususiyatlarni hisobga oladigan, soliq to‘lovchilarga individual xizmatlar ko‘rsatadigan soliq
siyosati va xizmatlarini ishlab chiqishga chaqiradi. Shaffoflik va ochiqlik borasida ular soliq
siyosati va xizmatida shaffoflik g‘oyasini qo‘llab-quvvatlaydilar. Soliq to‘lovchilar o‘z soliqlari
to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishlari, shuningdek yig‘ilgan soliqlar qanday va nimaga
sarflanishini tushunishlari kerak. Xizmat sifatini oshirishda olimlar soliq to‘lovchilarga xizmat
ko‘rsatish tizimini doimiy ravishda takomillashtirishga chaqiradi. Bunga texnologik bazani
takomillashtirish, xodimlarni o‘qitish, shuningdek, ma’lumotlarga yanada qulay va tezkor kirish
uchun onlayn xizmatlarni rivojlantirish kiradi. Ma’muriy yukni kamaytirish bilan ham ularning
fikricha, haddan tashqari murakkab soliq tizimi va ortiqcha hujjatlar soliq to‘lovchilar uchun
15
https://www.worldwide-tax.com/taxrevenueadministrations.asp
www.e-itt.uz
I SON. 2024
92
keraksiz ma’muriy yukni keltirib chiqaradi. Shuning uchun ular hisobotlarni topshirish tartibini
soddalashtirishni va kerakli hujjatlar sonini kamaytirishni tavsiya qiladilar. Shunday qilib,
ushbu olimlar (Altshuler and Goodspeed, 2015) soliq xizmati jarayonini osonlashtirish va
takomillashtirishga, shuningdek soliqqa yanada individual va shaffof yondashishga chaqiradi”.
Rus olimlarining tadqiqotlari tahlilida (Parshukov Ye. V., Ilyin A.V.), nafaqat obyektiv,
balki subyektiv bo‘lgan bir qator sabablarga ko‘ra soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish
sohasida mutlaq ishonchga erishish mumkin emas, bu ma’lum darajada faqat model, maqsad
asosida amalga oshirilishi lozim hisoblanadi (Паршукoв, 2021).
Davlatning soliqqa tortishning huquqiy aniqligini ta’minlashdan manfaatdorligi xalqaro
iqtisodiy agentlarni jalb qilish uchun iqtisodiy rag‘batlarni ham yaratishi mumkin, bu
raqamlashtirish sharoitida soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishda juda muhim hisoblanadi
(Степнoв, 2020). Shu bilan birga, soliqqa tortishning aniqligi ikki jihatdan ifodalanishi kerak:
huquqiy (normalarning aniqligi ma’nosida) va iqtisodiy (soliq solinadigan bazani va soliq
miqdorini hisoblash algoritmining ravshanligi va soddaligi) (Oрлoв, 2017). Davlatning soliq
siyosati, boshqa tadbirlar qatori, huquqiy ishonchga erishishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Zamonaviy voqelikda soliq munosabatlari sohasidagi huquqiy aniqlik funksiyasi ko‘pincha
fiskal funksiyaga yo‘l beradi va shu bilan birga doktrinalar (xususan, doktrinalar) degan bir
qator tadqiqotchilarning fikriga qo‘shilmaslik mumkin emas. Huquqni muhofaza qilish
sohasidagi huquqiy qoidalarni almashtirishi mumkin amaliyot hisoblanadi, shu jumladan
soliqqa tortishning huquqiy noaniqligi muammosi o‘tish davri bo‘lgan mamlakatlarda sudlar
orqali amalga oshirilishi lozim. Mavjud huquqiy madaniyat va qonun ustuvorligiga hurmat hali
to‘liq yetishtirilmagan va qonunchilikdagi bo‘shliqlarni bartaraf etish uchun ba’zi harakatlar
talab etiladigan iqtisodiyot zarur bo‘lishi kerak. Yevropa Adliya sudining sud hujjatlariga
murojaat qilgan holda olimlar soliq huquqiy munosabatlarida huquqiy ishonchning yettita
tamoyilini shakllantirgan. Ular:
1) umumiy tavsif (shakllantirish);
2) nashr etish;
3) qonun orqaga qaytish kuchining yo‘qligi;
4) aniqlik (tushunish);
5) ichki qarama-qarshiliklarning yo‘qligi;
6) amalda qo‘llanilishi;
7) juda tez-tez o‘zgaradigan qonunlar bo‘lmasligi kerak.
Ko‘pgina zamonaviy tadqiqotchilar muhim huquqiy ahamiyatga ega bo‘lgan soliq
qonunchiligida huquqiy ishonchni, aniqlikni ta’minlash zarurligi haqida yozadilar. Ular orasida
Tyutin (2014) ham bor, u bu hodisani soliqqa tortishning asosiy tamoyillaridan biri deb
hisoblaydi va “huquqiy aniqlik tamoyilining buzilishi ... soliq organlarining
o‘zboshimchaliklariga olib keladi”. Shu bilan birga, Tyutin (2014) ushbu prinsipning soliq
nazoratining turli jihatlariga nisbatan ta’sirini ko‘rib chiqadi. Bunda soliq majburiyatini
cheklash muddatini qonunchilik bilan tartibga solish, soliq to‘lovchining soliq organiga taqdim
etilishi zaruriyati, soliq va yig‘imlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan soliq
imtiyozlarini olish tartibi bo‘yicha barcha hujjatlar, shu jumladan yuridik shaxslarning yagona
davlat reestrida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan soliq to‘lovchining kontragentlari bilan
o‘zaro munosabatlar nuqtai nazaridan, soliq organi tomonidan soliq tekshiruvi materiallarini
ko‘rib chiqishning belgilangan tartibiga rioya qilinmasligining muhimligini aniqlash, sud
qarorining sud tomonidan bir ishni ko‘rib chiqish paytida ular rad etilgunga qadar, shuningdek,
boshqa sud tomonidan belgilangan faktlar nuqtai nazaridan xuddi shu yoki boshqa turdagi sud
jarayonlari, shu jumladan soliq nizolarini ko‘rib chiqishda va hokazo noto‘g‘ri xulosalarni
ahamiyatini tan olish.
Raqamli iqtisodiyotda soliq masalalarida soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishda huquqiy
ishonchni ta’minlash muhimligini inobatga olgan holda, Maxalinaning (2020) ta’kidlashicha,
uning maqsadi ikki tomonlama soliqqa tortish va ikki tomonlama soliqqa tortish
www.e-itt.uz
I SON. 2024
93
imkoniyatlarini minimallashtirish, bu biznes yuritish xarajatlarini kamaytirishning kaliti
ekanligini isbotlagan. Soliq qonunchiligi masalalaridagi har qanday noaniqlik xo‘jalik
yurituvchi subyektlar uchun samarali soliq stavkasini oshirishi va xo‘jalik yurituvchi
subyektlarning iqtisodiy faoliyatiga to‘sqinlik qilishda jiddiy yondashuv bo‘lishi mumkin.
Ushbu masala bo‘yicha fundamental tadqiqotlar orasida Deminning (2015) bir qator ilmiy
ishlari, xususan, olim o‘z monografiyasida tahlil qilinayotgan muammo mavzusini turli
jihatlardan muhokama qilganda bir tomondan, soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishda huquqiy
ishonch, qonun ustuvorligining asosiy prinsipi sifatida, boshqa ilmiy qarashlar qatori, inson
huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi tomonidan e’lon qilingan, soliq organlarining noqonuniy xatti-
harakatlarining oldini olib, aniq soliq to‘lovchilarning huquqlarini himoya qiladi. Demin (2015)
soliq qonunchiligi normasi qanchalik to‘liq va aniq ifoda etilgan bo‘lsa, soliq to‘lovchilar, shu
jumladan ular sud tizimida namoyish etilganda ham shunchalik himoyalangan degan to‘g‘ri
xulosaga keladi. Ushbu yo‘nalishdagi aniqlik prinsipi huquqiy tartibga solishning barqarorligi
va bashorat qilinishini, ayniqsa sud prosesslari doirasida, shaxslarning qonun va sudga bo‘lgan
ishonchini saqlashga va shu bilan xorijiy investorlar uchun milliy iqtisodiyotning
jozibadorligini oshirishga qaratilgan.
Soliq munosabatlaridagi huquqiy aniqlik aspektini ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan bir
qator asarlar orasida ko‘rib chiqilayotgan muammo bo‘yicha ko‘plab mualliflarning
pozitsiyalariga jiddiy ilmiy sharh beradigan bo‘lsak, Belaruslik olim Pilipenkoning (2017) ishini
alohida ta’kidlashimiz mumkin. Uning fikricha, soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishda huquqiy
noaniqlik muammosi umuman davlatning huquqiy tizimining barqarorligini ta’minlash
bo‘yicha umumiy muammosining bir qismi hisoblanadi. Shu bilan birga, bunday tizimning
barqarorligi va aniq huquqiy normalar asosida qabul qilingan sud hujjatlarining bashorat
qilinishi kafolatlari mavjud bo‘lgandagina, natijaga erishish haqida gapirish mumkin. Shuni
ta’kidlash kerakki, ushbu olim, Demin (2015) singari, huquqiy noaniqlikni ikki jihatdan ko‘rib
chiqadi: noaniq (huquqiy munosabatlar ishtirokchilarini himoya qilish uchun yo‘q qilishni talab
qiladigan salbiy hodisa sifatida) va ijobiy (qonunchilikni yanada takomillashtirish manbai
sifatida). Natijada
Pilipenko (2017) “noaniqlik holati
-
bu soliq to‘lovlarini xilma-xilligi, shu
jumladan soliq, uning uchun yangi potensial imkoniyatlar bilan oldindan belgilab qo‘yilgan
optimallashtirish”, shuningdek, “soliq aniqligi va noaniqlik nisbati qarama-qarshi konseptual
huquqiy tuzilmalarga asoslangan sinergetik model sifatida qaralishi kerak, uni amalga oshirish
va tartibga solishni huquqiy voqelikni optimallashtirishning ijobiy dinamikasini belgilaydi”
degan ijobiy xulosaga keladi.
Tadqiqot ishida, chet ellik olimlarning soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish haqidagi
qarashlari xilma-xil bo‘lishi mumkin va turli mamlakatlarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va
madaniy xususiyatlari kabi ko‘plab omillarga bog‘liq. Ba’zi olimlar soliq to‘lovchilarga xizmat
ko‘rsatish davlat faoliyatining muhim va ajralmas qismi deb hisoblashadi. Ularning
ta’kidlashicha, soliqlar davlat byudjetining asosiy daromad manbai bo‘lib, sog‘liqni saqlash,
ta’lim, ijtimoiy himoya va infratuzilma kabi davlat xizmatlarini moliyalashtirishga hissa
qo‘shadi. Ushbu olimlar ijtimoiy adolat va progressiv soliq tizimining muhimligini
ta’kidlaydilar, bu yerda badavlat fuqarolar soliqlarning yuqori foizini to‘laydilar. Boshqa
olimlar soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishning iqtisodiy jihatlariga e’tibor qaratishlari
mumkin. Ular soliq siyosati va soliq ma’muriyatchiligi mamlakatning iqtisodiy faoliyati va
rivojlanishiga qanday ta’sir qilishini tahlil qiladilar. Ular soliqlarning investitsiyalar,
tadbirkorlik, iste’mol va umumiy iqtisodiy samaradorlikka qanday ta’sir qilishini o‘rganishlari
mumkin. Ushbu olimlar iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga qaratilgan soliq tizimini isloh
qilishni taklif qilganlar. Biroq, soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni tanqid qiluvchi olimlar
ham bor. Ular soliq tushumlarini kamaytiradigan va ijtimoiy rivojlanish hamda adolatli ish olib
borishga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan soliqlarni noto‘g‘ri hisoblash, qochish va korrupsiyaga
ishora qilishlari mumkin. Shuningdek, ular soliq tizimlarining murakkabligi va adolatsizligini
www.e-itt.uz
I SON. 2024
94
tanqid qilishlari mumkin, bu esa tengsizlikka olib kelishi hamda kichik va o‘rta korxonalar
faoliyatini og‘irlashtirishi mumkin.
Xorijlik olimlarning soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish haqidagi qarashlari mamlakatga
va tadqiqotchilar fikriga qarab farq qilishi mumkin. Biroq, umuman olganda, bir nechta umumiy
yondashuvlar va fikrlar mavjud. Ba’zi olimlar soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish davlat
faoliyatining muhim va ajralmas qismi ekanligini tan olishadi. Ular qoidalarga rioya qilish
zarurati va soliq to‘lovchilarning soliq organlari bilan munosabatlarida javobgarligiga e’tibor
qaratadilar. Bu olimlarning fikricha, soliq to‘lovchilar o‘z huquq va majburiyatlarini bilishlari,
shuningdek, soliq mablag‘laridan foydalanishni boshqarish va nazorat qilish jarayonida faol
ishtirok etishlari kerak. Boshqa olimlar esa soliqqa tortishning samaradorligi va adolatliligi
masalalariga e’tibor berishadi. Ular badavlat fuqarolar byudjetga ko‘proq hissa qo‘shadigan,
kambag‘allarga tegishli soliq imtiyozlari va yordam ko‘rsatiladigan progressiv soliq tizimini
rivojlantirishga chaqiradilar. Shuningdek, ular soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash va soliq
tizimlarining adolatsizligi bilan kurashish zarurligi haqida gapirishadi. Soliq to‘lovchilarga
xizmat ko‘rsatishning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarini tahlil qiluvchi olimlar ham bor. Ularning
ta’kidlashicha, soliq mablag‘laridan to‘g‘ri foydalanish davlat dasturlari va infratuzilmani
moliyalashtirishga yordam beradi, bu esa o‘z navbatida iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy rivojlanishga
yordam beradi. Ushbu olimlar soliq mablag‘laridan samarali foydalanish va xarajatlar
to‘g‘risida hisobot berishda shaffoflik muhimligini ta’kidlaydilar. Albatta, soliq to‘lovchilarga
xizmat ko‘rsatish haqidagi bu qarashlar faqat olimlar fikrlarining bir qismi bilan ifodalanadi
hamda har bir mamlakatda yondashuv va ta’kidlashda farqlar bo‘lishi mumkin. Biroq, umumiy
tendensiya soliq to‘lovchilarga ko‘rsatiladigan xizmatning ahamiyatini va soliqqa tortishda
samaradorlik, adolatlilik va oshkoralik tamoyillariga rioya qilish zarurligini tan olishdir.
O‘zbek olimlarining soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish haqidagi fikrlari turlicha bo‘lishi
mumkin, lekin umuman olganda ular ushbu xizmatning ahamiyatini tan oladilar va uning
jamiyatdagi rolini qo‘llab-quvvatlaydilar.
Vahobov va Jo‘raevlarning (2009) “Soliqlar va soliqqa tortish” darsligida “Soliqlarni
yuridik va jismoniy shaxslardan undirish jarayonida beriladigan imtiyozlar natijasida soliq
yukini soliq to‘lovchilarning biridan ikkinchisiga yuklash jarayoni kuzatiladi. Shu o‘rinda soliq
bo‘yicha soliq to‘lovchilarga soliq yukini tartiblash yoki mantiqan aytganda me’yorlashtirish
muammosini hal qilish bo‘yicha” takliflar keltirilgan.
Idirisovning (2023) uslubiy yondashuviga ko‘ra “soliq nazorati” tushunchasi vakolatli
organlarning soliq to‘lovchilar va soliq agentlari tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonun
hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilishga doir faoliyati jihatidan takomillashtirilgan.
Ergashevning (2023) tadqiqot ishida “Soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishda soliqlarni
o‘z vaqtida va to‘liq byudjetga yo‘naltirishning zamonaviy vositalarini qo‘llashga” ahamiyat
berilgan. Jumladan soliq to‘lovchilarning ixtiyoriy soliq intizomini rag‘batlantirish, soliq
to‘lovchilarning faoliyatini risk boshqaruv tizimi (Risk Management Information System
(RMIS) orqali baholash hamda barcha toifadagi soliq to‘lovchilar tomonidan soliq
majburiyatlarining ixtiyoriy ravishda bajarish asosida ularning ehtiyojlarini qanoatlantirish
uchun soliq organlari va soliq to‘lovchilar o‘rtasida ishonchli munosabatlarni yaratish
masalasiga alohida tadqiqot yo‘nalishi sifatida e’tibor qaratilgan.
Axmedovning (2023) fikrlariga ko‘ra, respublikamizda soliq to‘lovchilarga xizmat
ko‘rsatishda soliqdan qochishni oldini olishning huquqiy va moliyaviy instrumentlarini qo‘llash
orqali yashirin iqtisodiyotni kamaytirish mumkin.
Olimlarning qarashlarini tahlil qilgan holda biz soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishga
quyidagi ta’rifni keltirib o‘tdik.
Soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish -
bu soliq masalalari
bo‘yicha huquqiy va axborot yordamini ko‘rsatish uchun davlat yoki soliq organlari tomonidan
ma’lum bir soliq to‘lovchiga ko‘rsatiladigan xizmat turi. Bunday xizmat soliq qonunchiligi
bo‘yicha maslahatlar, soliq hisobotlarini to‘ldirish uchun turli elektron (inson omilisiz)
shakllarda taqdim etish, shuningdek soliqlarni to‘lash tartibi va muddatlari bo‘yicha
www.e-itt.uz
I SON. 2024
95
tushuntirishlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Soliq to‘lovchi xizmatining maqsadi soliq to‘lovchiga
soliq ma’muriyatchiligini osonlashtirish va unga soliq qonunchiligi talablariga rioya qilishga
yordam berishdir. Umuman olganda kichik biznesni rivojlantirishda va ularga xizmat ko‘rsatish
nafaqat soliq organlari balki, boshqa vakolatli organlarning ham ta’siri juda katta hisoblanadi.
Xulosa va takliflar.
Soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishda fiskal instrumentlardan foydalanish
muammolaridan biri bu vositalar tizimini joriy etish va qo‘llanilishini murakkabligidir. Bu
korxona va tashkilotlarning hisob-kitob tizimida sezilarli o‘zgarishlarni va maxsus vositalarni
talab qilishi mumkin. Buning asosiy yechimlaridan biri korxona va tashkilotlar uchun hisob-
kitob tizimni joriy etish hamda qo‘llab-quvvatlashda tavsiyalar va yordam olish uchun fiskal
instrumentlar sohasidagi mutaxassislarga murojaat qilishlari kerak. Shuningdek, amalga
oshirish jarayonini soddalashtiradigan va xarajatlarni kamaytiradigan elektron yoki veb-
yechimlardan foydalanish imkoniyatiga e’tibor qaratish lozim. Ikkinchi navbatda
muammolardan bo‘lgan qonunchilikdagi o‘zgarishlar va soliq organlarining talablariga
muvofiq fiskal instrumentlarni muntazam ravishda yangilash va saqlash zarurati. Bu vaqt va
resurslarni talab qiladigan jarayon bo‘lishi mumkin. Bunda yechim sifatida korxona va
tashkilotlar fiskal instrumentlar bilan bog‘liq qonunchilikdagi o‘zgarishlarni muntazam
ravishda kuzatib borishlari va o‘z tizimlarini shunga mos ravishda yangilashlari kerak.
Adabiyotlar/Литература/Reference:
Altshuler, Rosanne and Timothy J. Goodspeed (2015) ‘Follow the Leader? Evidence on
European and US Tax Competition’, Public Finance Review 43.4, 485–504.
Axmedov F.B. (2023) Soliq to‘lashdan qochish xavflarini aniqlashda zamonaviy fiskal
nazorati mexanizmlarini takomillashtirish. Dissertatsiya avtoreferati. –Toshkent.
Ergashev I.A. (2023) Soliq intizomini ta’minlashning tashkiliy-huquqiy asoslarini
takomillashtirish. Dissertatsiya avtoreferati.Toshkent.
Idirisov A.O. (2023) Soliq ma’muriyatchiligi tizimida soliq nazoratini takomillashtirish.
Dissertatsiya avtoreferati.Toshkent.
Nesbit J. (2013) International economic relations. –М.: Dorchester, 419 p.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (2020) - Toshkent: G‘afur G‘ulom nashriyot uyi.- 640
b.
Oрлoв В.А. (2017) Сoвременные прoблемы в oбласти принципиалных oснoв
налoгooблoжения / В. А. Oрлoв // Вестник Пoлoцкoгo гoсударственнoгo университета.
Серия D. Экoнoмические и юридические науки. – № 5. – С. 135–142.
Pilipenko, A.A. (2017) [Tax aspects of the principle of certainty in law] PRAVO.BY. Vol. 2, pp.
57–62. Available at: https://www.elibrary.ru/download/elibrary_29035471_37009560.htm
(accessed: 10.01.2021). (In Russ.).
Robert F. Van Brederode, (2013) The Impact of Science and Technology on Taxation
Intertax Volume 41, Issue 12 pp. 628 – 637
Vahobov A., Jo‘raev A. (2009) “Soliqlar va soliqqa tortish” Darslik. “Sharq” nashriyot-
matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati TOShKENT.
Вишневский В.П. (2019) Экономические и регуляторные последствия цифровой
революции в налогообложении. Вестник Томского государственного университета
экономика. Научный журнал № 47. 9 стр.
Демин А.В. (2015) Принцип oпределеннoсти налoгooблoжения: Мoнoграфия. – М.:
Статут, – 368 с.
Иванoва Н.В. (2011) Развитие научных представлений o налoгooблoжении: oбщие и
частные теoрии налoгoв Текст научнoй стати пo специалнoсти «Экoнoмика и бизнес».
Махалина O.М. (2020) Трансфoрмatsiя цифрoвoй экoнoмики в нatsioналные
налoгoвые системы зарубежных стран / O. М. Махалина, В. Н. Махалин // Вестник РГГУ.
www.e-itt.uz
I SON. 2024
96
Серия: Экoнoмика. Управление. Правo. – № 3. – С. 38–51. – DOI: 10.28995/2073-6304-2020-3-
38-51.
Пoдшивалoва Д.Я. (2021) Налoгoвые разъяснения в кoнтексте oбеспечения правoвoй
oпределеннoсти в сфере налoгooблoжения в РФ / Д. Я. Пoдшивалoва // Юридическая наука.
– № 1. – С. 35–40.
Пoдшивалoва Д.Я. (2021) Пoдхoд к правoвoй oпределеннoсти в рамках налoгoвo-
правoвoгo регулирoвания в Канаде / Д. Я. Пoдшивалoва // Финансoвoе правo. – № 3. – С. 37–
41. – DOI: 10.18572/1813-1220-2021-3-37-41.
Паршукoв Е.В. (2021) Пределы oбoснoваннoсти налoгoвoй выгoды в кoнтексте
oпределеннoсти налoгooблoжения / Е. В. Паршукoв, А. В. Илин // Вoпрoсы рoссийскoгo и
междунарoднoгo права. –Т. 11. – № 9–1. – С. 36–46. – DOI: 10.34670/AR.2021.77.96.004
Пугачев А.А., Парфенова Л.Б. (2017) Налоги в цифровой экономике и цифровые
технологии в налогообложении: дилемма или диалектика. журнал: Философия хозяйства
№: 4 (124) Стр. 197-206.
Смит А. (1935) Исследoвание o прирoде и причинах бoгатства нарoдoв. М.
Смит А., (1992) «Исследования о природе и причинах богатства народов» т.2. Пер. с
англ. – М.: – 612 с.
Степнoв И. М. (2020) Цифрoвые вызoвы и справедливoст налoгoв / И. М. Степнoв, Ю.
А. Кoвалчук // Цифрoвoе правo. – Т. 1. – № 1. – С. 39–58. – DOI: 10.38044/DLJ-2020-1-1-39-58.
Ткачук И.К. (2021) Применение междунарoдных инструментoв предупреждения
налoгoвых спoрoв в рoссийских услoвиях / И. К. Ткачук // Правo и гoсударствo: теoрия и
практика. № 6(198). – С. 16–20. – DOI: 10.47643/1815-1337_2021_6_16.
Токарев Й.В., Манина М.П. (2015) Проблемы оценки экспортного потенциала
предприятия // Научный клуб.URL:
Тютин Д.В. (2014) Налoгoвый кoнтрoл, oтветственнoст и защита прав
налoгoплателщикoв: Мoнoграфия. − М.: КOНТРАКТ, − 216 с.
Штебер М. (2017) Значение oснoвoпoлагающих прав челoвека для налoгoвoгo права
Германии / М. Штебер // Правo. Журнал Высшей шкoлы экoнoмики. –№ 4.–С.216–231.–
DOI:10.17323/2072- 8166.2017.4.216.231
Шумпетер Й. (2007) Теория экономического развития. Капитализм, сотсиализм и
демократия / Й. Шум- петер. –М.: Изд-во Эксмо, 864 с.