www.e-itt.uz
I SON. 2024
69
O‘ZBEKISTONDA TURIZM SOHASIDA YANGI INNOVATSION YO‘NALISHLARNI
TASHKIL ETISHDA XORIJ TAJRIBASI
Bolqiboyeva Ug‘iloy Bolqiboy qizi
TDIU huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini
rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari”
ilmiy-tadqiqot markazi
ORCID: 009-005-8200-0446
Annotatsiya.
Ushbu maqolada mamlakatimizda turizm sohasida yangi yo‘nalishlarni
tashkil etishda xorij tajribasi o‘rganilgan va turizm sohasini rivojlantirish borasida taklif va
tavsiyalar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
turizm turlari, innovatsiya, turizm infratuzilmasi, bandlik, ishsizlik,
ekoturizm, madaniy turizm, klaster tizimi, iqtisodiyot, demografik omillar.
ЗАРУБЕЖНЫЙ ОПЫТ ОРГАНИЗАЦИИ НОВЫХ ИННОВАЦИОННЫХ
НАПРАВЛЕНИЙ В ОБЛАСТИ ТУРИЗМА В УЗБЕКИСТАНЕ
Болкибоева Угилой Болкибой кызи
Научнo сследовательского центра
«Научные основы и проблемы развития экономики
Узбекистана» при ТДИУ
Аннотация.
В данной статье изучен зарубежный опыт становления новых
направлений в сфере туризма в нашей стране, а также представлены предложения и
рекомендации по развитию сферы туризма.
Ключевые слова:
виды туризма, туристская инфраструктура, занятость,
безработица, экотуризм, культурный туризм, кластерная система, экономика,
демографические факторы
FOREIGN EXPERIENCE IN ORGANIZING NEW INNOVATION DIRECTIONS
IN THE FIELD OF TOURISM IN UZBEKISTAN
Bolkiboyeva Ugiloy Bolkiboy kizi
Scientific research center
“Scientific bases and problems of the development
of the economy of Uzbekistan” under TSEU
Annotation.
In this article, the foreign experience in the establishment of new directions in
the field of tourism in our country is studied, and proposals and recommendations for the
development of the field of tourism are presented.
Key words:
tourism types, tourism infrastructure, employment, unemployment, ecotourism,
cultural tourism, cluster system, economy, demographic factors.
UOʻK: 336.225
I SON – IYUL-AVGUST
69-75
www.e-itt.uz
I SON. 2024
70
Kirish.
Bugungi globallashuv sharoitda turizm sohasi iqtisodiyotning eng ustuvor tarmoqlaridan
biriga aylanmoqda. Turizm sohasiga hukumatimiz, davlatimiz tamonidan qaratilinayotgan
e’tibor va islohatlar yuqoridagi fikrimizni tastiqlaydi deb ayta olamiz. Ya’ni, sohani
rivojlantirish doirasida bir qator me’yoriy va huquqiy hujatlar qabul qilinmoqda. Jumladan,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida
turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar okimini yanada oshirishga karatilgan
ko‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-102-son Farmoni, 2024-yil 12-yanvardagi
“Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda keskin oshirish hamda ichki
turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-9-son Farmoni qabul qilingan
Bundan tashqari, “O‘zbekiston-2030” strategiyasida turizm sohasini rivojlantirishga va yangi
ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan maqsadlar keltirilgan. “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan
Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”ning Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va
yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash bobi, 35-maqsadida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qiling”
dasturi doirasida mahalliy sayyohlar sonini 12 million nafardan oshirish hamda respublikaga
tashrif buyuradigan xorijiy turistlar sonini 9 million nafarga yetkazish belgilangan bo‘lib, bu
asosida:
- to‘siqsiz turizm infratuzilmasini mamlakatning asosiy turizm shaharlarida keng joriy
qilish. 2026-yilgacha turizm sohasida band bo‘lgan aholi sonini 2 baravar oshirib, 520 ming
nafarga yetkazish;
- turizm va madaniy meros obyektlari infratuzilmasini rivojlantirish hamda 8 mingdan
ortiq madaniy meros obyektlaridan samarali foydalanish bo‘yicha davlat dasturini qabul qilish;
- Samarqandni “Turizm darvozasi”ga aylantirish orqali kelgusi besh yilda turizm
xizmatlari hajmini kamida 10 baravarga oshirish. Turizm sohasida 40 ming kishi bandligini
ta’minlash. 2022-yilda “Abadiy shahar” tarixiy majmuasini o‘z ichiga olgan Samarqand turizm
markazini va zaruriy infratuzilmani tashkil etish;
- Xorazm viloyatida turizm yangi ish o‘rinlarini yaratishda asosiy drayver soha bo‘lishi
uchun alohida dastur qabul qilish;
- Toshkent viloyatida turizm salohiyatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha alohida
dastur ishlab chiqish
O‘zbekiston-2030” strategiyasida turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan bir qancha
maqsad va vazifalar belgilangan. Jumladan, 2030-yilga qadar xorijiy sayyohlar sonini 15 million
nafarga, ichki sayyohlar sonini 25 million nafarga, ziyorat turizmi bo‘yicha keladigan sayyohlar
sonini 3 million nafarga yetkazish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, xususiy investitsiyalarni jalb
qilish hisobiga respublikada mehmonlar uchun mo‘ljallangan o‘rinlar sonini kamida 2 barobar
oshirish, turizm mahallalari sonini 175 taga, turizm xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga,
tibbiyot va ta’lim turizmi eksportini yiliga 1,5 milliard dollarga yetkazish belgilangan (Farmon,
2023).
Adabiyotlar sharhi
.
Malumki, turizm sohasi juda keng iqtisodiy tarmoq sifatida ko‘plab olimlar, izlanuvchilar
tamonidan izlanishlar olib borilib o‘rganib kelinmoqda. Jumladan, xorij mamlakatlari
olimlaridan, Bolgariya Janubiy-G‘arbida joylashgan “Neofit Rilski” universitet tadqiqotchilari
Kiryakova-Dineva, Vasenska (2021) olib borgan tadqiqotida tadqiqoti yangi turizm turlarini
yaratishda yangi turizmga oid so‘zlarni neologizatsiya qilishni tadqiqotning boshlang‘ich
nuqtasi sifatida e’tibor qaratishgan. Ya’ni, tadqiqotchi yangi turizm turlarini yaratishni hamda,
yangi turizm atamalarining hosil bo‘lish jarayonini parallel tarzda olib borgan. Bundan tashqari,
Knut, Jens, Axel (2023) “Vino turizmiga kirish” nomli maqolasida, Vino turizmini rivojlantirish
6
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi
7
https://president.uz/oz/pages/view/strategy?menu_id=144
www.e-itt.uz
I SON. 2024
71
maqsadida vino ishlab chiqarishga potensiali mavjud bo‘lgan, iqlimi, landshafti to‘g‘ri keladigan
hududlarda vinoning turlarini yaratishga qaratilgan izlanish olib borilgan.
Buhalis (2020), “Turizm sohasidagi texnalogiyalar: axborot kommunikatsiya
texnalogiyalaridan e-Turizmgacha va atrof-muhitni o‘rganishga qaratilgan samart turizm”
nomli tizimli tadqiqotida, e-Turizm konsepsiyasini hamda turizm sanoati uchun zamonaviy
texnalogiyalarning transformatsion xususiyati o‘rganilgan.
O‘zbekistonlik olimlardan, Abdurahmanovaning (2023) “Turistik klasterlarning
texnologik platformasini ishlab chiqish” nomli maqolasida turizm sohasida klaster usullaridan
keng foydalanish va uning texnalogik platformasini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan hamda,
klasterlarning texnalogik platformasining imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha bir qancha
takliflar keltirilgan. Shuningdek, Eshtayev (2023) tamonidan yozilgan “Qoraqolpog‘iston
Respublikasida turizm sohasining yangi yo‘nalishlarini tashkil etish imkoniyatlari” maqolasida,
Qoraqolpog‘iston turistik salohiyatini oshirish maqsadida “Yangi O‘zbekistonni birgalikda
quramiz!” sadosi ostida “Sahro sadosi” yoshlar festivali o‘tkazilganligi va bu festival orqali
mahalliy hamda xorijoy sayyohlar sonini oshirish, qolaversa foydalanilmayotgan turizm
resurslaridan oqilona foydalangan holda hududda yangi turizm turlarini yaratish, turizm
klasterini tashkil etish masalalari muhokama qilingan. Axmedov (2023) olib borgan
izlanishlarining birida, O‘zbekistonda tog‘ turizmini rivojlantirishdagi muammolar o‘rganilgan.
Tadqiqotchi xulosasiga ko‘ra, Respublikamizda tog‘ turizmini rivojlantirish uchun bizda turizm
salohiyati katta ammo turistik bazalar va mehmonxonalarining kamligi hamda transport
infrastrukturasining yahshi emasligi asosiy muammolarimiz ekanligi ko‘rastilgan.
Tadqiqot metodologiyasi
.
Maqolada ilmiy abstraksiya, empirik, tavsifiy statistika, guruhlash, taqqoslash va dinamik
tahlilning tadqiqot usullaridan foydalaniladi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Yangi O‘zbekistonni barpo etishda turizm sohasining rolini yanada oshirish hamda
tarmoqda yangi innovatsion yo‘nalishlarni yaratish orqali aholi bandligini taminlashga
qaratilgan vazifalar amalga oshirilmoqda. Yuqorida keltirib o‘tganimizdek, Qoraqolpogiston
Respublikasidagi Xo‘jayli hamda Ellikqal’a tumanlarida turizm salohiyatini oshirish maqsadida
mahalliy aholini turizm sohasiga jalb qilish hamda ish bilan bandlik darajasini oshirishga
qaratilgan seminarlar tashkil etilmoqda. Bundan tashqari turizm imkoniyatlariga boy bo‘lgan
Respublikamizning boshqa hududlarini misol tariqasida keltirishimiz mumkin. Jumladan,
Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida ham turizmga bo‘lgan potensial juda yuqori
hisoblanib, tumanda turizm xomashyosi sifatida foydalanilmayotgan resurslar ham mavjuddir.
Pangat qishlog‘i yuqoridagi gapimizni tasdiqlashda yaqqol misol bo‘la oladi. Pangat qishlog‘i
rekratsion jozibaga ega bo‘lgan tabiiy turizm resurslariga boy maskandir. Qishloq aholisi
orasida “U dunyoda Jannat bu dunyoda Pangat” deb ataladigan ibora hali hanuz og‘izdan og‘izga
o‘tib gapirilib kelinar ekan. Bundan tashqari, hududda xorij tajribasidan foydalangan holda
“Qishloq turizmi”ni rivojlantirish orqali sayyohlarni jalb qilish hamda barqaror tajribaga ega
bo‘la olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadga muvofiqdir.
Mamlakatimizda barqaror turizmni rivojlantirishga qaratilgan bir qancha islohatlar olib
borilmoqda. Barqaror turizm konsepsiyasining ilmiy-nazariy tuzilmasi Birlashgan Millatlar
Tashkiloti tomonidan ilgari surilgan barqaror rivojlanishning 17 ta maqsadlarini jamlagan
metodologik yondashuvga tayanadi. Barqaror turizm konsepsiyasiasosida faoliyat yuritishning
ustuvor yo‘nalishlari quyidagilarni nazarda tutadi (Amonboyev, Xalilov, 2021):
-turistik infratuzilma obyektlarining qabul qilish va joylashtirish quvvatlarini baholab
borish;
-turistik kompaniyalar boshqaruv jarayonida iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy omillar
ta’sirini hisobga olish;
www.e-itt.uz
I SON. 2024
72
-mehmondo‘stlik industriasi xodimlarining barqaror turizm tamoyillariga oid
kompetentsiyasini qaror toptirish;
-makro, mezzo va mikroiqtisodiy darajada turizmni rejalashtirishda resurslar sarfi va
iste’molining optimal me’yorini belgilash;
-turizmga oid davlatlararo va mintaqalararo texnalogiyalar transferini yo‘lga qo‘yish;
-xizmat ko‘rsatish obyektlari turistlar qamrovida demografik parametrlarning taklif
etilayotgan turistik mahsulot iste’mol xossalari bilan o‘zaro muvofiqligini taminlash;
- turistik mahsulotlar ishlab chiqish jarayonida atrof-muhitmuhofazasi va resurslarni
tejab ishlatishga, turistlarni qabo’l qiluvchi tomon mahalliy aholisining farovonligi ortishiga
hissa qo‘shishni ko‘zlash;
-mintaqalararo turizmning rivojlanishi o‘rtasidagi tafovutlarga barham berish;
-turizmni strategik rivojlantirish dasturini ro‘yobga chiqarishda davlat va xususiy sector
sherikchiligi imkoniyatlaridan foydalanish.
Rasmiy statistik ma’lumotlar turizm sohasining yaqin besh yillar ichida sayyohlar oshib
borishi bilan mamlakat iqtisodiyotida yetakchi o’rinlarni egallab kelayotganligini
isbotlamoqda. 2023-yil hisobi bo‘yicha taxminan 7 millionta sayyohlar yurtimizga turli
maqsadlarda tashrif buyurishdi. Bu ko‘rsatkichni 2024-yil uchun pragnoz natijalariga ko‘ra,
sayyohlar sonini 10 milliontaga oshirish belgilandi.
1-grafikdan ko‘rinib turibdiki, mamlakatimizga tashrif buyuradigan sayyohlarning asosiy
qismini yosh jihatidan tahlil qilganimizda 31-55 oralig‘idagi sayohatchilar tashkil etgan.
Bundan shuni xulosa qilish mumkinki, Respublikamizda tarixiy xususiyatga ega bo‘lgan hamda
passiv turizmni rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘lgan mintaqalarda yangi turizm turlarini
tashkil qilish mumkin. Misol uchun, nafaqat Samarqand, Buxoro, Xivada ziyorat turizmni
rivojlantirishga qaratilgan vazifalarni balki, boshqa viloyatlarda xususan, Andijon, Namangan,
Navoiy viloyatlarida ham madaniy meros obyektlari salmoqligina va biz bu hududlarda avvalo
turizm infratuzilmasini shakillantirishimiz hamda turistik marshurtni tashkil qilishimiz
muhimdir. Jumladan, Navoiy viloyati ham qadimgi tarixiy rivoyatlarni jonlantiradigan “Nur-
Ota” chashmasi hozirgi kunda turistlar uchun passiv turizm maskaniga aylangan. Shu o‘rinda
aytish joizki, chashma haqidagi tarixiy afsonaviy rivoyatlar ijtimoiy tarmoqlarda to‘la holatda
ma’lumot bazasi sifatida joylanmagan. Bundan tashqari viloyatda yana YUNESKO ro‘yxatiga
kiritilgan madaniy meros obidalar ham mavjuddir.
1-jadval
2023-yilda O‘zbekistonga tashrif buyurgan sayyohlar soni yoshlar kesimida
Manba:
O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat Qo‘mitasi ma’lumotlari.
UNWTO ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil ko‘plab sayohatchilar “Barqaror amaliyotlar va
moslashuvchanlik”ni hisobga olishadi. Chunki, ular nafaqat barqaror tarzda biznes yuritadigan
sayyohlik kompaniyalari bilan shartnoma tuzishdan manfaatdor balki sayohati davomidagi
tashrif buyuradigan joylarining infrastrukturasi, ekalogik-toza iqlimi, xizmatlar sifati ham
ahamiyatli hisoblanadi. Buni Arivalning “2024-yilgi AQSh sayohati” asari tasdiqlaydi, unda
tabiatga sayohatlar va boshqa “ekoturlar” ayniqsa amerikalik sayohatchilar tomonidan yuqori
talabga ega ekanligini aniqlangan
8
https://www.rezgo.com/blog/innovative-tourism-business-ideas/
Yoshlar kesimi
2023 yil
0 dan 18 yoshgacha
1064,57
19 dan 30 yoshgacha
1000,22
31 dan 55 yoshgacha
3192,76
55 yoshdan oshgan
1368,74
Jami
6626,30
www.e-itt.uz
I SON. 2024
73
2024 yilda Fransiya sayohatchilarning oshib borayotgan ehtiyoj va qiziqishlarini inobatga
olgan holda yangi innovatsion turizm turlarini yaratmoqda. Jumladan, “Barqaror va Ekoturizm”
kabi yo‘nalishda turizm ekalogik mehmonxonalarda tabiat qo‘ynida turlar tashkil etish bundan
tashqari, “Eco-friendly” zonalarda velosipedda sayohatlar tashkil etish orqali Fransiya
sayyohlarga o‘z turizm salohiyatini namoyish etmoqda. Ekoturizm nafaqat Fransiyada balki,
butun dunyo bo‘yicha rivojlanishi kutilmoqda ya’ni 2024 yil oxiriga kelib, global ekoturizm
bozori hajmi 249,16 milliard dollargacha o‘sishi prognoz qilinmoqda, bu 2023 yildagi 219,53
milliard dollardan 13,5 foizga oshadi. 2028 yilga borib ekoturizmning global bozori hajmi
428,97 milliard dollargacha oshishi pragnoz qilingan
. Bundan tashqari, Fransiyada,
“Pazzandachilik va fermadan dasturxongacha bo‘lgan tajribalar” kabi turizm turlari tashkil
etilgan. Bunda turistlar bemalol organic dehqonchilik amaliyotlarini o‘rganishlari yoki hatto
mahalliy ingrediyentlardan foydalangan holda pazandachilik darslarida bemalol qatnasha
olishlari mumkin.
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, turizm sohasida klasterlarni tashkil qilish mamlkat
iqtisodiyotiga yuqori daromad manbaini olib keladi. Garvard biznes maktabi ma’lumotlariga
ko‘ra, AQSH iqtisodiyotida 32 foizdan ortiq bandlikni klasterlar taminlab beradi (byujet
sektoridan tashqari) (Eshtaev, 2023). Klaster tizimi to‘g‘risida bir qator olimlar o‘zlarining
fikrlarini bildirgan. O‘zbekistonlik olimlardan Rahmatov, Zaripov (2018) tamonidan klasterga
quyidagicha tarif berilgan: “Umuman olganda klasterlash bu katta geografik hududda
konsentratsiyalashgan va ma’lum bir aniq vazifani yechishga qaratilgan, yagona boshqaruvdagi
zanjirga bog‘langan korxonalar guruhi bo‘lib, ular bir-biri bilan uzviy aloqadagi, jamoaviy
raqobatlashuvni mustahkamlash maqsadida ishchi kuchlarini o‘zaro birlashtiruvchi
integratsion, innovatsion va albatta, iqtisodiy o‘sishni taminlaydigan, ilmga asoslangan jarayon
hisoblanadi”.
Mazkur jadvalda Turizm klasterining mamlakat iqtisodiyotiga ta’sirini ko‘riishimiz
mumkin (1-rasm).
1-rasm. Turizm klasterining mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri
Manba:
tadqiqotchi tamonidan ishlab chiqildi.
9
France.travel.uz
10
France.travel.uz
Turizm
klasterining
ta'siri
Biznes
jarayonlarini
takomillashtiri
sh
Mahalliy
raqobatbardosh
likni oshirish
Turistik
destenatsiyalar
ning
yahshilanishi
Mahalliy aholi
uchun
imtiyozlar
Klaster
a'zolarining
individual
rivojlanishi
Global
raqobatbardoshli
kni oshirish
www.e-itt.uz
I SON. 2024
74
Joriy yilda butun dunyoda turizm turlari bo‘yicha mashhurlikka erishib kelayotgan hamda
bizga dunyoni qanday ko‘rishimizni anglatib turadigan sayohat tendensiyalari quyidagicha
guruhlandi:
1. “Astro turizm”. Albatta, astronomiya sivilizatsiya paydo bo‘lganidan beri mavjud
bo‘lgan tadqiqot sohasi bo‘lib, yulduzlarga qarash uzoq vaqtdan beri qalbni tinchlantiradigan
hayrat manbai bo‘lib kelgan. Bugungi kunda jamiyat tobora kengayib borayotgan virtual
olamga qanchalik chuqurroq kirib borsa, biz haqiqiy koinotdagi dunyoqarashimizni
kengaytirish zaruratini shunchalik ko‘p his qilamiz. Astro turizm yoki yulduzli cho‘milish - bu
astronomik hodisalarni ko‘rish maqsadida sayohat qilish - har qanday ifloslanish, olomon va
tirbandlikdan mahrum bo‘lgan yerlarga g‘oyib bo‘lish, bu yerda biz faqat yuqoridagi osmonga
e’tibor qaratishimiz mumkin bo‘lgan turizm turi hisoblanadi.
2. “Poyezd stansiyalarining yangi ovqatlanish maskanlariga aylanishi” – bu trend o‘z nomi
bilan albatta ma’lumki, avvallari poyezd stansiyalarida yo‘lovchilar kamroq o‘z reyslarini kutub
turish uchun imkon qadar tahminan 5 daqiqa qolganida yetib kelishar edilar, aksariyat bugungi
dunyo sayohatchilari hatto poyezd stansiyalaridagi vaqtlarini ham barqaror tarzda tajribaga
almashishni yoqtirishmoqda va albatta bugungi kunda poyezd stansiyalarida ham ovqatlanish,
savdo, turli xizmat ko‘rsatish shaxobchalari xizmatlar to‘plamlari o‘z o‘rnini egallamoqda.
3. “AI (suhbatdosh chatbot) siz bilan birga”. Haqiqatda bunday soyohat albatta hamma
uchun qiziqarli bo‘lishi shubhasiz. Bizga ma’lumki, 2023-yilda sun’iy intellekt sayohatchilarga
sayohatlarni rejalashtirishiga yordamchi bo‘lgan bo‘lsa, 2024-yilda esa har bir sayohatchiga
hamrohlik qilishi kutilmoqda
4. “Yovvoyi ziyofat”. Yovvoyi ziyofat tabiiy muhitda giper-mahalliy va yem-xashakdan
tayyorlangan ingredientlarni birlashtirgan holda chiroyli tarzda tayyorlangan oshpazlik
tajribalari tendentsiyasini tasvirlaydi. Misol uchun, Shvetsiyada siz sayohatchilar o‘z qo‘llari
bilan ochiq restoranlarda ovqatlarni o’z qo’llaringiz bilan tayyorlab dasturxonga torta olasiz.
Ajablanarlisi shundaki, u yerda ovqatga tayyor mahsulot holatiga kelmagan yovvoyi o‘tlar,
barglari qalin sabzavotlarni o‘zingiz kerakli miqdorda olib tozalash jarayonini ham amalga
oshirasiz. Sayohatchilar pishiradigan barcha ovqatlar bosh oshpaz ko‘rsatmasi asosida
tayyorlanadi.
Xulosa va takliflar.
Xulosa qilib aytganda turizm sohasida yangi innovatsiyalarni qo‘llash hamda yangi turizm
turlarini O‘zbekistonda rivojlantirish orqali biz yurtimizga turistlar oqimining prognoz qilgan
raqamlaridan ham ancha yuqori natijaga erisha olamiz. Shu o‘rinda O‘zbekistonda, ayniqsa
qishloq hududlarda yangi turizm yo‘nalishlarini tashkil etishda quyidagi takliflar keltirilgan:
Qishloq turizmnini rivojlantirish maqsadida “Madaniy dam olish uylari” tashkil qilinsa,
sayohatchilar qishloq hamda mahalliy jamoalarda mahalliy oilalar bilan yashaydilar. Bu orqali
aholining kundalik hayot tarzi va an’analarida qatnasha olish imkoniyatiga hamda internet
dunyosidan uzoqlashishga erishadilar. Bundan tashqari, “Heritage technology tourism” turizm
turi ya’ni, bu bir paytning o’zida turist qadimiy madaniy meros obyektlar haqida hamda
zamonaviy texnologiyalar va arxetektura na’munalari haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar. Misol
uchun, Samarqand viloyatida joylashgan Registon maydonining tarixi va zamonaviy bugungi
hayoti parallel tarzda tashkil qilingan bo‘ladi.
Adabiyotlar/Литература/
Reference:
Abdurahmanovaning G.Q. (2023) “Turistik klasterlarning texnologik platformasini ishlab
chiqish”, Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot, dekabr. Maxsus son.
AMONBOYEV M., XALILOV S. (2021) “BARQAROR TURIZM RIVOJLANISHI”- O‘quv qo‘llanma.
– T.: «Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi», – 96 b.
11
https://www.cntraveller.com/article/travel-trends-2024
www.e-itt.uz
I SON. 2024
75
Axmedov (2023) “ЎЗБЕКИСТОНДА ТОҒ ТУРИЗМИНИНГ ЙЎНАЛИШЛАРИ” YASHIL
IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT 2023-yil, dekabr. Maxsus son
Buhalis, D. (2020), “Technology in tourism-from information communication technologies
to eTourism and smart tourism towards ambient intelligence tourism: a perspective article”,
Tourism Review 75(1)
Eshtaev A.A. (2023) O‘zbekistonning turizm salohiyati va uni rivojlantirish istiqbollari.
Monografiya, Samarqand, -288 bet.
Eshtayev A.A. (2023) “Qoraqolpog’iston Respublikasida turizm sohasining yangi
yo’nalishlarini tashkil etish imkoniyatlari” , Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot, dekabr. Maxsus son.
Farmon (2023) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston-2030” strategiyasi
to‘g‘risida PF-158-son Farmoni
Knut Scherhag, Jens Rüdiger, Axel Dreyer (2023) “Introduction to wine tourism” article.,
December.
Rahmatov M.A., Zaripov B.Z. (2018), Klaster-integratsiya, innovatsiya va iqtisodiy o‘sish//
Zamin nashr. T., 17-bet.
Teodora Kiryakova-Dineva, Ivanka Vasenska and Blagoevesta Koyundzhiyska-Davidkova
(2021) South-West University “Neofit Rilski”, Blagoevgrad, Bulgaria., “New Forms of Tourism: A
Matter of Neologism Formation or Reality in the Tourism Practice” “A Virtual Conference hosted
by Politechnic Institute of Porto, Portugal., 20-21 May.