www.e-itt.uz
I SON. 2024
132
OLIY TA’LIM MUASSASALARINI INNOVASION BOSHQARIShDA TYUTORLIK
FAOLIYATINING O‘RNI
Dots.
Rahmatov Shuxrat Axatovich
ZARMED universiteti
ORCID: 0009-0006-5829-6264
Аnnotatsiya.
Ushbu maqolada muhandislik oliy ta’lim muassasalarini innovatsion
boshqarishda tyutorlik faoliyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan nazariyalar o‘z aksini
topgan. Ma’lumki oliy ta’lim muassalarida tyutorlik faoliyati talabalar bilan tyutor o‘rtasidagi
ta’lim va tarbiya jarayonlarini muvoffiqlashtirish bilan chegaralanib qolmoqda. Hududlarni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sharoitida har bir talabani tadbirkorlik ruhida tarbiyalash muhim
ahamiyat kasb etib kelmoqda. Maqolada ilgari surilgan g‘oyalar va ishlab chiqilgan modellar
asosan muhandislik OTMlarida talabalarni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilish, ilmiy ishlar
natijalarini tijoratlashtirishda ishtirokini ta’minlashga doir tavsiyalarni ishlab chiqishga
qaratilgan.
Kalit so‘zlar:
tyutor, tyutorlik faoliyati, tyutor madaniyati, tadbirkorlik, innovatsiya,
innovatsion tadbirkorlik, ideal tyutor, real tyutor.
РОЛЬ ТЮТОРСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ В ИННОВАЦИОННОМ
УПРАВЛЕНИИ ВУЗАМИ
Доц.
Рахматов Шухрат Ахатович
Университета ЗАРМЕД
Аннотация.
В данной статье отражены теории, направленные на дальнейшее
развитие тюторской деятельности в инновационном менеджменте высших
инженерных учебных заведений. Известно, что деятельность тюорства в высших
учебных заведениях ограничивается координацией учебно-воспитательных процессов
между студентами и преподавателями. В условиях социально-экономического развития
регионов все большее значение приобретает воспитание каждого студента в духе
предпринимательства. Высказанные в статье идеи и разработанные модели
направлены главным образом на разработку рекомендаций по привлечению студентов к
научно-исследовательской работе в инженерных вузах, обеспечение их участия в
коммерциализации результатов научной работы.
Ключевые слова:
тьютор, тьюторская деятельность, тьюторская культура,
предпринимательство, инновации, инновационное предпринимательство, идеальный
тьютор, реалний тьютор.
UOʻK: 330.101
I SON – IYUL-AVGUST
132-138
www.e-itt.uz
I SON. 2024
133
THE ROLE OF TUTOR ACTIVITIES IN INNOVATION
MANAGEMENT OF UNIVERSITIES
Assoc. prof.
Rahmatov Shukhrat Akhatovich
ZARMED University
Abstract.
This article reflects the theories aimed at the further development of tutoring
activities in the innovative management of higher engineering educational institutions. It is
known that the activity of tutoring in higher education institutions is limited to the coordination
of educational and educational processes between students and tutors. In the conditions of socio-
economic development of the regions, education of every student in the spirit of entrepreneurship
is gaining importance. The ideas put forward in the article and the developed models are mainly
aimed at the development of recommendations for involving students in scientific research work
in engineering higher education institutions, ensuring their participation in the
commercialization of the results of scientific work.
Key words:
tutor, tutoring activity, tutoring culture, entrepreneurship, innovation,
innovative entrepreneurship, ideal tutor, real tutor.
Kirish.
Jahonda globallashuv jarayonining chuqurlashuvi va chuqur bilim talab qiluvchi
texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarishning ustuvor rivojlanishi har qanday
mamlakatning iqtisodiy o‘sishi va turmush sifati oshishining zaruriy sharti innovatsion faollik
bilan belgilanadi. Innovatsion faollik, o‘z navbatida, davlatning iqtisodiy va ilmiy-texnik
imkoniyatlari, uning innovatsiyaga oid siyosati va salohiyati, shuningdek, jamiyatning ma’naviy
holatiga bog‘liq. Innovatsion faollik bo‘y ko‘rsata boshlagan joyda o‘z-o‘zidan boshqaruv
tizimiga ham innovatsion yondashishga ehtiyoj seziladi. Bu ehtiyoj yurtimizda innovatsion
faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning hamda davlat boshqaruvi, iqtisodiyot
ustuvor tarmoqlari va ijtimoiy sohaga innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni
amalda joriy qilishni rag‘batlantirish ham kadrlarni innovatsion boshqarishning samarali
tizimini yaratish zaruratini taqozo etadi.
O‘zbekistonda jadal rivojlanish davri boshlangan hozirgi paytda oliy ta’limning shaklan va
mazmunan qiyofasi ta’limning sifati va tarbiyaning aniq natijadorligi bilan baholashni nazarda
tutadi. Shu sababli, oliy ta’limning o‘z oldiga qo‘ygan taktik va strategik maqsadi – 2022-2026
yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasining ma’no-mazmunidan kelib chiqib, islohotlarni
bosqichma-bosqich, izchil olib borishni taqazo etadi.
Bu borada esa oliy ta’lim muassasalarida innovatsion boshqaruv tizimini yanada
takomillashtirish maqsadida tyutorlik lavozimlarini tashkil etish va talabalarni Vatanga
muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash bilan bir qatorda ularning innovatsion-tadbirkorlik
ruhida tarbiyalash ham tyutorlar zimmasiga yuklatilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Adabiyotlar sharhi.
Tyutor
‒ talabalarning shaxsiy rivojlanishiga, ta’lim muassasada, respublika va xalqaro
miqyosdagi tanlov va olimpiadalarda munosib ishtirok etishiga, shuningdek, ularning bo‘sh
vaqtlarini mazmunli o‘tkazishiga ko‘maklashuvchi pedagog bo‘lib, u yigit-qizlarni kasbga
yo‘naltirish, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, turli ilmiy to‘garaklarga jalb etish hamda
muammo va kamchiliklarini o‘rganib, ularga atroflicha yechim topish bilan shug‘ullanadi
(Olimov, Tukhtaeva, 2019).
Oliy ta’lim tizimini isloh qilishning zamonaviy sharoitida o‘zini uzluksiz kasbiy va ijodiy
rivojlantirishga qodir bo‘lgan professional, malakali mutaxassislarni tayyorlash dolzarb bo‘lib
bormoqda. Talabaning kasbiy, shaxsiy rivojlanishi nazariy majmuaviy bilim va amaliy
ko‘nikmalardan har tomonlama foydalanishni, turli vaziyatlarda muammolarni ko‘rish, ularni
www.e-itt.uz
I SON. 2024
134
hal qilish yo‘llarini tushunish, fikrlash qobiliyati, amaliy o‘z o‘zini baholab, takomillashtirishga
tayyorgarliklarni taqozo etadi. Bunday vaziyatda oliy ta’lim muassasasi talablarini yaxshi
biladigan va ularga moslashishiga yordam bera oladigan tyutorlar ko‘magi, madadi kerak
bo‘ladi.
Hozirgi globallashuv va integratsiyalashuv jarayonida axborot almashish subyektlari va
makonning kengayishi natijasida yoshlar dunyoqarashi, mafkurasi va intilishlaridagi
o‘zgarishlarni nazorat qilishning muhimligi oliy ta’lim muassasalarida tyutorlik faoliyatini joriy
etish uchun ijtimoiy-ma’naviy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Shunday ekan tyutorlik qachon, qayerda va nima sababdan paydo bo‘lgan degan
savollarga javob izlaymiz. Ko‘p manbalarda ta’kidlanishicha, tyutorlik dastlab XIV asrda
Angliyaning Oksford va Kembrij universitetlarida paydo bo‘lgan.
Individual yondashuv nuqtai nazaridan tyutor faoliyatining asosiy vazifasi kompensatsiya
bo‘lib, o‘quv samaradorligi, intizom, darsdan tashqari mashg‘ulotlar va boshqalarni hal qilishga
qaratilgan. Bunda individual yondashuv dasturlarda belgilangan ta’lim faoliyati darajasi bilan
o‘quvchining ularni o‘zlashtirish real imkoniyatlari o‘rtasidagi tafovutni bartaraf etish vositasi
bo‘lib xizmat qiladi (Умматов ва бошқ., 2023).
Tyutor bu tafovutni qoplashga yordam beradi. Ikkinchi (antropologik) pozitsiya
insondagi shaxsiy namoyonlik muammosini standartlar va dasturlardagi talablaridan qat’iy
nazar ta’lim vositalari orqali hal qilish, shaxsiy tamoyilni rivojlantirish bilan bog‘liq. Bunday
holatda tyutorning vazifasi insondagi shaxsiy salohiyatini ochishi va namoyon etishi uchun
yordam berish, qo‘llab- quvvatlashdan iboratdir. Tyutorlik ishida individuallashtirish, erkinlik,
o‘z taqdirini o‘zi belgilash, shaxsning o‘z hayotiga, uning kelajagiga, istiqboli, yoshga qarab
mazmunli munosabatda bo‘lish kabi qadriyatlar ishga solinadi. Bu bevosita ta’limni
gumanitarizatsiyalash (insonparvarlashtirish) masalalari, ya’ni insonni (o‘smirni, yigitni) o‘z
maqsadlari va kelajak qiyofasi bilan bog‘liq holda o‘zini ishlatishga, o‘zini salohiyat va resurs
sifatida tasavvur etishga o‘rgatish kabi vazifalar yuklatilgan.
Rus tadqiqotchisi Ribalkinaning (2016) fikriga ko‘ra, tyutorlik fenomeni Buyuk
Britaniyada taxminan XIV asrdan Oksford va Kembrij universitetlarida paydo bo‘lgan.
XVI asr oxiriga kelib tyutor universitet ta’limi tizimida qo‘l ostidagi talabalarning
tarbiyasiga ma’sul bo‘lgan muhim shaxsga aylanadi. XVII asrda tyutor faoliyati ko‘lami yanada
kengayadi, endi unga ta’lim berish vazifalari ham yuklanadi. Tyutor talabaga qaysi amaliy
mashg‘ulot va ma’ruzalarga kirishni aniqlab beradi, talabalar darslarni qoldirmay yaxshi
o‘qishlari va imtihonlarga tayyor bo‘lishlarini nazorat qilib boradi. XVII asrdan boshlab
tyutorlik tizimi rasman ingliz universitet ta’limi tizimining ajralmas qismi sifatida tan olinadi.
1700 yildan 1850 yilgacha ingliz universitetlarida rasmiy kurslar va kafedralar bo‘lmagani
uchun talabalarni imtihonlarga tyutor tayyorlagan. XVIII-XIX asrlar davomida tyutorlik tizimi
Angliya universitetlarida asosiy o‘rinni egallab oladi (Avliyoqulov, 2023).
Bugungi kunda ko‘plab ta’lim muassasalari o‘zining ichki ta’lim tarzini tubdan
o‘zgartirishga harakat qilmoqda: ta’lim yo‘nalishlari sonini ko‘paytirish; talabalar kontingentini
kengaytirish; yangi ta’lim texnologiyalarini o‘zlashtirish; fanlararo aloqalarni o‘rnatish va
boshqalar. Bunday holatda talaba uchun ta’lim maydoni nafaqat qat’iy belgilangan, hamma
uchun umumiy o‘quv dasturi, balki turli xil ta’lim takliflarini bilish va ularning muayyan
hamkorlikda tashkil etilishi bilan belgilanadi.
Stajyor tyutor ‒ talabaning o‘z-o‘zini boshqarishning faol bo‘lishi, kichik kurs talabalariga
o‘quv jarayoniga moslashishda yordam beradi, ularni darsdan tashqari ishlarga jalb qiladi va
ta’lim muassasasi maydonini o‘zlashtirishga yordam beradi.
Akademik tyutor – bu tyutorlik tayyorgarligiga majburiy ega bo‘lgan magistr bo‘lib, uning
ishi kredit modulli o‘qitish tizimini joriy etishda dolzarb bo‘lgan individual o‘quv rejasini ishlab
chiqish va amalga oshirishga qaratilgan.
Ustoz-tyutor – ta’lim muassasa bitiruvchisi, tyutorlik tayyorgarligidan o‘tgan, ehtimol
ilmiy darajaga ega. Ushbu darajadagi tyutorning asosiy vazifasi kelajakdagi mutaxassisning
www.e-itt.uz
I SON. 2024
135
shaxsiy va kasbiy qobiliyatlarini rivojlantirish jarayonini qo‘llab-quvvatlash va yordam
berishdan iborat.
Rahbar-tyutor ‒ bu professor bo‘lib, uning bevosita vazifasi tyutorlar ishini kuchaytirish
va tashkil etish, o‘qituvchining o‘ziga xos uslubini shakllantirish, qo‘llab-quvvatlash va
aniqlashdan iboratdir (Умматов ва бошқ., 2023).
Tadqiqotlar davomida Rossiya, Germaniya va Birlashgan Arab amirliklaridagi tyutorlar
o‘qitish modellarining umumiy tavsiflari quyidagilardan iboratligi belgilab olindi. Bunga ko‘ra:
Tyutor talabani individuallashtirish jarayoniga qaratilgan bo‘lib, uning maqsadi sifatida
shaxsning o‘zini o‘zi belgilashini ko‘zda tutadi.
Jarayon sifatida, bu individual maslahatchi, o‘qituvchi talabaga o‘z faoliyatining dasturi
sifatida individual ta’lim trayektoriyasini rivojlantirishga yordam beradi, uni amalga oshirish
jarayoniga hamroh bo‘ladi.
Dunyoning hech bir davlatida tyutorlik tizimi ishini nazorat qilish uchun normativ-
huquqiy baza mavjud emas; bu endigina Rossiyada shakllantirilmoqda.
Tyutor ishining asosiy shakli – individual maslahatchidir. Germaniya va Birlashgan Arab
amirliklari universitetlarida tyutorlik ham kunduzgi, ham masofaviy ta’limga joriy qilingan.
Tyutorning bajaradigan umumiy vazifasi talabani o‘qishga jalb etish, ya’ni talaba bilan
birgalikda uning individual ta’lim trayektoriyasi (yo‘nalishi)ni tuzish va uni amaliyotgatatbiq
etishdan iborat.
Tadqiqot metodologiyasi.
Tyutorlik faoliyati modellari. Talabalar bilan pedagogik faoliyat amaliyotiga tanlangan
tyutorlik modellarini tatbiq etish ularning samarali o‘zaro hamkorligini, ta’lim makonida
konstruktiv ijtimoiy faoliyat yuritishini va natijada har bir o‘quvchining shaxs sifatida o‘z-o‘ziga
yetarli qadriyatga aylanishiga yordam beradi. Bular jumlasiga:
1-model ‒ «Fanlar bo‘yicha ustozlik» (murabbiylik) modeli;
2-model ‒ «Parvozlarni boshqarish markazi» (dispetcherlik) modeli;
3-model ‒ «Ta’limdagi vositachilik» (rivojlanish bo‘yicha maslahatchilik) modeli;
4-model ‒ «Individuallashish makonini loyihalashtirish (uslubiy ustozlik) modeli;
5-model ‒ Refleksiya (aks etish) makonini tashkil etish modeli kiradi.
Ushbu modellar qatoriga biz tomonimizdan 6-model sifatida “Innovatsion-tadbirkorlik”
(tadbirkor ustoz) modeli ilgari surilmoqda. Bu esa OTM talabalarining tadbirkorlik
qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadigan model sifatida qarashimiz
mumkin.
Ushbu model asosida tyutorlarni ham innovatsion-tadbirkor xislatlarini rivojlantirishga
e’tiborni kuchaytirish, ularni ilmiy izlanishlarga jalb qilish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini
tijoratlashtirish jarayonlariga yaqinlashtirish masalasi ilgari suriladi.
Ushbu modellarni o‘qitishning turli bosqichlarida qo‘llash ta’lim jarayonining har bir
subekti, uning o‘z-o‘zini anglash va o‘z-o‘zini rivojlantirish uchun ajralmas huquqini ta’minlash
imkonini bersa biz ilgari surayotgan model har bir subyektni tadbirkorlik ruhida tarbiyalash
imkonini beradi.
Shu bilan birga tadqiqotlar davomida tyutorlarning kasbiy loyiqligini baholovchi
metodlarni yaratish g‘oyalarini ilgari surish lozimligini inobatga olib, Oliy ta’lim muassasasi
tyutorlarining innovatsion boshqaruvchilik xislatlarini baholash metodi takomillashtirildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Ushbu metod so‘rovnomalar asosida shakllantirilgan ideal va real tyutorlar xislatlarining
o‘rtacha arifmetik qiymatlari va vazn koeffitsiyentlari ma’lumotlariga asoslanadi. Har bir qayd
etilgan parametr bo‘yicha tyutorga qo‘yilgan baholarning o‘rtacha qiymati olinadi, so‘ng uning
innovatsion boshqaruv jarayonini qo‘llab-quvvatlovchi kasbiy xislatlari indivudual profilini
tuzish uchun foydalaniladi. Qanchalik real va ideal tyutor xislatlari baholash qiymatlari farqi
www.e-itt.uz
I SON. 2024
136
katta bo‘lsa, shunchalik baholanayotgan tyutorning kasbiy layoqatligi past hisoblanadi
(Rakhmatov, Nizamov, 2020).
Ideal tyutorning muvofiq xislatlarining real tyutor xislatlaridan farqi darajasini baholash
imkonini beradigan formula (1) ishlab chiqildi va bu formuladan foydalanish bizga OTMning
tahlil qilinayotgan guruh tyutorlarining o‘rganilayotgan sifatlarini baholash imkonini beradi:
𝑺
𝒒
=
∑
𝑾
𝒋
𝟐
∗(𝒌
𝒋
′
−𝒌
𝒋
)
𝟐
𝒏
𝒋=𝟏
∑
𝑽
𝒋
𝟐
∗𝒌
𝒋
𝟐
𝒏
𝒋=𝟏
∗ 100%
(1)
bunda,
S
q
- OTM tahlil qilinayotgan guruh tyutorining ideal tyutor uchun xos bo‘lgan muvofiq
xislatlaridan farqlar qiymati yig‘indisi, %;
q
– tahlil qilinayotgan OTM guruhi tartib raqami;
п
– tyutorning tahlil qilinayotgan xislatlari umumiy soni (bizning misolda n=25);
j
– tahlil etilayotgan xislatning tartib raqami;
W
j
–
j
-chi xislatning ahamiyatliligini tavsiflovchi vazn koeffitsiyenti (9-jadvaldan olinadi);
𝒌
𝒋
′
-
real (baholanayotgan) tyutorda j- chi xislatning namoyon bo‘lish darajasi, ball;
𝒌
𝒋
- ideal tyutorda j- chi xislatning namoyon bo‘lish darajasi, ball.
Oliy ta’lim muassasalarini innovatsion boshqarish mexanizmini takomillashtirishda tahlil
qilinayotgan guruh tyutorlarining yuqori layoqati darajasini aniqlash va kamchiliklari
tashxisini amalga oshirishni biz tomondan ishlab chiqilgan maxsus jadvalga Sq - qiymatlarini
joylashtirish orqali aniqlashtiriladi (Rahmatov, 2023).
1-jadval
Oliy ta’lim muassasalarini innovatsion boshqarish mexanizmini takomillashtirishdа
tyutor uchun zarur bo‘lgan xislatlar diagnostikasi
Sq, %
0-15
15-25
25-35
> 35
Diagnos-
tika
Tyutorning
yuqori kasbiy
loyiqligi.
Tyutorlikka
tavsiya etish
mumkin
Tyutorning
kasbiy loyiqligi.
Tyutorlikka
tavsiya etish
mumkin
(guruhlar
doirasida)
Tyutorning qisman
kasbiy loyiqligi.
Tyutorlikka tavsiya etish
mumkin (guruhlar
doirasida), shu bilan
birga qo‘shimcha o‘qitish
zarur
Tyutorning kasbiy
noloyiqligi.
O‘rganilgan tyutorni
qo‘shimcha o‘qitish zarur
yoki Sq qiymati 50%dan
yuqori bo‘lgan taqdirda
almashtirish kerak
Manba:
muallif ishlanmasi.
Tyutorning OTMda innovatsion boshqarish jarayonlarini tashkil qilish uchun zarur
bo‘lgan xislatlarni aniqlash bo‘yicha taklif etilgan baholash metodi faqatgina tyutorning kasbiy
loyiqligini tahlil qilish vositasi bo‘libgina qolmay, tyutorlar zahirasini shakllantirish muhim
elementi ham hisablanadi. Gap shundaki, OTMlarda innovatsion boshqaruv faoliyatni
rivojlantirishga to‘siq bo‘luvchi ko‘plab omillar ichida ishtirokchilar eng ahamiyatli sifatida
faoliyatni boshqarish bilan bog‘liq tashkiliy omillar guruhini tanlashgan. Ushbu kamchiliklar
nafaqat OTM darajasida, balki alohida tyutorlar darajasida ham namoyon bo‘lmoqda. Aynan
ana shu aniqlangan muammolarni bartaraf etish uchun keyingi tadqiqotlarimizda biz
tomondan hududiy OTMlar innovatsion boshqaruv faoliyatini rivojlantirishga o‘z hissasini
qo‘shadigan tyutor-xodimlar guruhini ta’minlaydigan modellarni ishlab chiqishga qaratilgan.
Biz tomondan taklif etilayotgan tyutorning OTMda innovatsion boshqaruv faoliyatini
amalga oshirish, bu jarayonlarni tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan hamda ushbu tizimli ishdagi
o‘rnini belgilab beradigan xislatlarni baholash ishchi metodining mazmun va mohiyati muhim
ahamiyat kasb etadi.
Shu bilan birga biz tomonimizdan ilgari surilgan ideal tyutorning muvofiq xislatlarining
real tyutor xislatlaridan farqi darajasini baholash imkonini beradigan formula bizga BuxMTI,
www.e-itt.uz
I SON. 2024
137
TYAIU, BDUlari misolida OTMning tahlil qilinayotgan guruhlari tyutorlarining o‘rganilayotgan
sifatlarini baholashni amalga oshirish imkonini berdi. Bu esa OTMni innovatsion boshqaruv
faoliyatini tashkil qilishda tahlil qilinayotgan guruhlar tyutorlining yuqori layoqati darajasini
aniqlash va kamchiliklari tashxisini amalga oshirishni maxsus jadvalga joylashtirish orqali
aniqlashtirildi (2-jadval).
2-jadval
Oliy ta’lim muassasalarini innovatsion boshqarishни muvaffaqiyatli
takomillashtirishda tyutor uchun zarur bo‘lgan xislatlar diagnostikasi
(BuxMTI, TYAIU, BuxDU)
O‘rganil-
gan OTM
St, %
0-15
15-25
25-35
> 35
Diagnos-
tika
Tyutorning
yuqori
kasbiy
loyiqligi.
Tyutorlikka
tavsiya etish
mumkin
Tyutorning
kasbiy
loyiqligi.
Tyutorlikka
tavsiya etish
mumkin
(guruhlar
doirasida)
Tyutorning qisman
kasbiy loyiqligi.
Tyutorlikka tavsiya
etish mumkin
(guruhlar doirasida),
shu bilan birga
qo‘shimcha o‘qitish
zarur
Tyutorning kasbiy
noloyiqligi.
O‘rganilgan
tyutorni
qo‘shimcha o‘qitish
zarur yoki Sq
qiymati 50%dan
yuqori bo‘lgan
taqdirda
almashtirish kerak
Jami
BuxMTI
kishi
11
14
7
1
33
% da
33,3
42,4
21,2
3,1
100,0
TYAIU
kishi
1
2
1
0
4
% da
25,0
50,0
25,0
0,0
100,0
BuxDU
kishi
15
19
24
3
61
% da
24,6
31,1
39,3
5.0
100,0
Ko‘rinib turibtiki, tadqiqotlar davomida Buxoro muhandislik-texnologiya institutning 33
nafar tyutorining innovatsion boshqaruvchilik xislatlari o‘rganilgan. Natijalarga ko‘ra ularning
33,3 % yuqori kasbiy loyiqlikka, 42,4 % o‘rtacha kasbiy loyiqlikka, 21,2 % qisman kasbiy
loyiqlikka ega ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Bir nafar tyutorni qo‘shimcha o‘qitish zarurligini
ko‘rishimiz mumkin.
Turkiston yangi innovatsiyalar universitetida 4 nafar tyutor faoliyat ko‘rsatadi. Nodavlat
OTMsi yangi tashkil etilganligi va talabalar soni kamligi sababli faoliyat yuritayotgan tyutorlar
soni ham kam. OTM tyutorlari o‘rtasida amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida ularning 25,0
% yuqori kasbiy loyiqlikka, 50,0 % o‘rtacha kasbiy loyiqlikka, 25,0 % qisman kasbiy loyiqlikka
ega ekanligini ko‘rishimiz mumkin.
Ushbu ko‘rsankichlar Buxoro Davlat universitetining 61 nafar tyutorlari o‘rtasida amalga
oshirilgan tadqiqotlar natijasida ularning 24,6 % yuqori kasbiy loyiqlikka, 31,1 % o‘rtacha
kasbiy loyiqlikka, 39,3 % qisman kasbiy loyiqlikka ega ekanligini ko‘rishimiz mumkin. 5% ya’ni
3 nafar tyutorni qayta o‘qitish zarurligini ko‘rishimiz mumkin. E’tiborli jihati shundaki har
uchala OTM tyutorlari orasida innovatsion boshqaruvchilik xislatlari bo‘yicha kasbiy noloyiq
rahbarlar borligini ham kuzatishimiz mumkin.
Xulosa va takliflar
.
Taklif etilayotgan metodning afzallik jihati shundaki, birinchidan tyutorlarning OTMda
innovatsion boshqaruvchanlik faoliyatni amalga oshirish jarayonlarini tashkil qilish uchun
zarur bo‘lgan xislatlarni aniqlashda ahamiyatli hisoblansa, ikkinchidan tyutorlarning kasbiy
loyiqligini tahlil qilish vositasi bo‘libgina qolmay, tyutorlar zahirasini shakllantirish OTM
kadrlar siyosatining muhim elementi ham hisablanadi.
www.e-itt.uz
I SON. 2024
138
Yuqoridagi natijalar asosida OTMda tyutorlar zahirasini shakllantirish hamda bu asosida
boshqaruv samaradorligini oshirishga ham erishilishini alohida ta’kidlash lozim.
Adabiyotlar:
Avliyoqulov B. B. (2023) Talabalarga tirgak bo‘layotgan tyutorlar./ Fan, jamiyat va
innovatsiyalar VOLUME-1 ISSUE-3 AVGUST.
Olimov K.T., Tukhtaeva Z.Sh. (2019) Integration of Special Subjects. Opportunities and
Solutions. Eastenr European Scientific Journal, 2. – P. 67-70.
Rahmatov Sh.A. (2023) Oliy ta’lim muassasalari innovatsion tadbirkorlik faoliyatini
takomillashtirish mexanizmi / Monografiya.
Rakhmatov S. A., Nizamov A. B. (2020) Principal components of implementation of
“university-3.0” transformation in the development of innovative-entrepreneurial activities of
modern higher educational institutions //Journal of Physics: Conference Series. – IOP Publishing,
– Т. 1691. – №. 1. – С. 012231.
Рахматов Ш. А., Алимова Р. Х., Субханова Н. Х. (2020) Scientific theories and concepts in
creating entrepreneurship universities focused on innovation //Актуальные научные
исследования в современном мире. – №. 12-7. – С. 20-26.
Раҳматов Ш. А. (2021) Олий таълим муассасаси менежери инновацион-
тадбиркорлик хислатларини баҳолаш методи.: Раҳматов Шухрат Ахатович, Бухоро
муҳандислик технология институти таянч докторанти //Образование и
инновационные исследования международный научно-методический журнал. – №. 4. – С.
71-77.
Раҳматов Ш. А. и др. (2022) Олий таълим муассасалари инновацион тадбиркорлик
бўлинмалари амалга оширувчи вазифаларининг асосий йўналишларини шакллантириш
//Новости образования: исследование в XXI веке. – Т. 1. – №. 5. – С. 604-611.
Рыбалкина Н.В. (2016) Размышления о тьюторстве. Москва-Тверь: «СФК-Офис», –
188 с.
Умматов О., Ҳусанов Б., С.Худойқулов, М.Бойсариев, А.Амонов, Н.Дўсимбетова,
О.Эрназаров, Н.Эшнаев, С.Мирзаева. (2023) Олий таълим муассасаларида тьюторлик
фаолиятини амалга ошириш (таклифлар, тавсиялар, услублар). Услубий қўлланма /–
Тошкент. -140 б.