Авторы

  • Мухтабар Нурмухаммидова
    Гулистанский государственный университет

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aept.59548

Ключевые слова:

профессиональная квалификация рынок труда профессиональная подготовка молодежь женщины эффективность специалист социальная сфера

Аннотация

Обеспечение занятости женщин в Узбекистане, их профессиональной ориентации является одним из приоритетных направлений государственной политики. Повышение уровня профессиональной подготовки женщин их конкурентоспособности на рынке труда играет важную роль в искоренении гендерного неравенства. Исходя из этого, в данной статье основное внимание уделяется вопросам системы профессиональной подготовки женщин в сфере занятости.


background image

www.e-itt.uz

I SON. 2024

119


XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASHDA ZAMONAVIY KASBLARGA O‘QITISH

TIZIMINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

Nurmuxammidova Muxtabar Xasanovna

Guliston davlat universiteti

ORCID: 0009-0002-9006-638X

muxtabarnurmuxamidova65@gmail.com

Annotasiya.

O‘zbekistonda xotin-qizlar bandligini ta'minlash, ularni kasbga yo‘naltirish

davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Xotin-qizlarning kasbiy tayyorgarlik

darajasini oshirish, ularning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini yaxshilash gender

tengsizligiga barham berishda muhim o‘rin tutadi. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur

maqolada xotin-qizlar bandligini ta’minlashda kasbiy tayyorgarlik tizimi masalalariga e’tibor
qaratilgan.

Kalit so‘zlar:

kasbiy malaka, mehnat bozori, kasbiy tayyorgarlik, yoshlar, ayollar,

samaradorlik, mutaxassis, ijtimoiy soha, ta’lim xizmatlari, turmush darajasi.

ПЕРСПЕКТИВЫ РАЗВИТИЯ СИСТЕМЫ ОБУЧЕНИЯ СОВРЕМЕННЫМ

ПРОФЕССИЯМ В ОБЕСПЕЧЕНИИ ЗАНЯТОСТИ ЖЕНЩИН

Нурмухаммидова Мухтабар Хасановна

Гулистанский государственный университет

Аннотация.

Обеспечение занятости женщин в Узбекистане, их профессиональной

ориентации является одним из приоритетных направлений государственной политики.

Повышение уровня профессиональной подготовки женщин их конкурентоспособности на
рынке труда играет важную роль в искоренении гендерного неравенства. Исходя из

этого, в данной статье основное внимание уделяется вопросам системы

профессиональной подготовки женщин в сфере занятости.

Ключевые

слова:

профессиональная

квалификация,

рынок

труда,

профессиональная подготовка, молодежь, женщины, эффективность, специалист,

социальная сфера, образовательные услуги, уровень жизни.

PROSPECTS FOR THE DEVELOPMENT OF A SYSTEM OF TRAINING IN MODERN

PROFESSIONS IN THE PROVISION OF WOMEN'S EMPLOYMENT

Nurmukhammedova Mukhtabar Khasanovna

Gulistan State University

Annotation.

Ensuring the employment of women in Uzbekistan and their professional

orientation is one of the priorities of State policy. Improving the level of professional training of

women and their competitiveness in the labor market plays an important role in eliminating

gender inequality. Based on this, this article focuses on the issues of the vocational training system
for women in the field of employment.

Keywords:

professional qualifications, labor market, vocational training, youth, women,

efficiency, specialist, social sphere, educational services, standard of living.

UOʻK: 331.5.024.54

I SON – IYUL-AVGUST

119-131


background image

www.e-itt.uz

I SON. 2024

120

Kirish.

O‘zbekistonda mehnat ,bozorida ayollarning ahvolini yaxshilash bo‘yicha ko‘rilayotgan

jiddiy chora-tadbirlarga qaramay, gender tengsizligi saqlanib qolmoqda. Gender tengligi nuqtai

nazaridan teng ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga erishish borasida barcha uchun munosib

mehnat va minimal darajadagi ijtimoiy himoyani ta'minlash, shuningdek, Qonunchilik, siyosat,
institusional muhit va amaliy hayotdagi gender ziddiyatlarini bartaraf etish zarur.

2023 yilda mehnatga layoqatli ayollar va erkaklar soni umumiyga nisbatan 68,1 foizni

tashkil etgani holda, band bo‘lganlarning qariyb 60 foizi erkaklar hissasiga to‘g'ri keladi.

Mehnat yoshidagi iqtisodiy nofaol ayollarning ulushi 33,1 foizni tashkil etsa, bu ko‘rsatkich
erkaklar orasida 18,9 foizni tashkil qiladi. O‘zbekistonda aksariyat holatlarda ayollar haq

to‘lanmaydigan uy yumushlari, xususan bola parvarishlash va uy xo‘jaligini yuritish bilan

shug'ullanadilar. Bunda ayollar kuniga o‘rtacha 5,27 soatni haq to‘lanmaydigan uy ishlariga

sarflashadi,erkaklarda esa bu ko‘rsatkich 2,15 soatni tashkil qiladi.

Umuman olganda, xotin-qizlar, ayniqsa endi mustaqil hayotga kirib kelayotgan yosh

qizlarni jamiyatda munosib o‘rin egallashlari ko‘p jihatdan kasbiy tayyorgarlik tizimiga bog'liq
hisoblanadi.

Adabiyotlar sharhi.

Rossiyalik mutaxassis Kozlova (2005) xotin-qizlar bandligini ta'minlash masalalarini

tarixiylik nuqtai nazaridan o‘rganadi. Unng fikricha, 20-asrning oxiriga kelib industrial jihatdan

taraqqiy etgan mamlakatlarda ayollar bandligini ta'minlash borasida jiddiy o‘zgarishlar yuz

berdi, bunday o‘zgarishlar ayollar bandligini ta'minlashga quyidagi o‘ziga xos jihatlar bilan
tavsiflanuvchi postindustrial taraqqiyot o‘z ta'sirini ko‘rsatganligidan dalolat beradi:

-

aksariyat xotin-qizlarni ijtimoiy uyushgan mehnatga jalb qilish;

-

malakali mehnatga bo‘lgan qarashlarning o‘sishi;

-

xotin-qizdar bandligining sifat jihatidan yangi tuzilmasining shakllanishi;

-

an'anaviy ravishda erkak va ayollar bandligi borasidagi tafovutlarning yo‘qolib borishi,

mehnat rollarining bir xillashishi (Kozlova, 2005).

Yana bir tadqiqotchi Gnevasheva (2012) o‘z tadqiqotlarida kasbiy kompetentsiyalar,

ya’ni oliy kasbiy ta’lim hozirgi kunda yoshlar uchun ko‘proq atributiv tavsifga ega ekanligi, ya’ni
bunda ta’lim jarayonida olingan bilim va ko‘nikmalar emas, balki universitet, mutaxassislik,

diplomning obro‘si muhimligini ta’kidlaydi (Gnevasheva, 2012).

Kolesnikovaning fikricha, buning sababi shundaki, ushbu imtiyozlar va atributlarning

barchasi allaqachon shaxsga ma’lum bir ijtimoiy maqomni taqdim etadi, ular nufuzli ishga
murojaat qilishlari, o‘zlarini ijtimoiy himoyalangan his qilishlari mumkin. Tadqiqotlar shuni

ko‘rsatadiki, yoshlar uchun ish tanlashda ustuvorlik obro‘ - e’tiborga emas, aksincha ish haqiga

qaratiladi, ya’ni ko‘pchilik o‘z mutaxassisligi bo‘yicha noto‘g‘ri tanlov tufayli emas, balki

mutaxassislarga talab yo‘qligi yoki ish haqining kamligi o‘z sohasida faoliyat ko‘rsatmaydi.

Davlat mazkur muammoni kasbiy tayyorgarlikni boshqarish subyektlari bilan hamkorlikda
yoshlarni ish bilan ta’minlashni tartibga solish orqali hal qilishi mumkin (Kolesnikov, Antoxina,
Xrapovitskaya, 2018).

Mahalliy mutaxassislardan M. Ergasheva xotin-qizlarning kasbiy tayyorgarligini oshirish

ularni ijtimoiy himoya qilish, gender tengsizligiga barham berishning muhim tayanchi
ekanligini ta'kidlaydi, uning fikricha, kasbiy ko‘nikmalari etarlicha bo‘lgan ayollar jamiyatda

erkaklar bilan bir o‘rinda mehnat bozorida ishtirok qiladilar (Ergasheva, 2019).

Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish masalalari G. Ochilova va G. Musaxanovalarning

ilmiy izlanishlarida o‘z aksini topgan, ularning ta’kidlashicha, xotin-qizlar tadbirkorligini
rivojlantirish ko‘p jihatdan ayollarning ta’lim darajasi bilan belgilanadi (Ochilova, Musaxanova,

2019).

Maqola mavzusiga bag'ishlangan adabiyotlar va uslubiy materiallar sharhi shuni

ko‘rsatadiki, xotin-qizlar banlligini ta'minlashda kasbiy tayyorgarlikning o‘rni masalalariga


background image

www.e-itt.uz

I SON. 2024

121

yetarlicha e'tibor qaratilmagan, bu ayniqsa pandemiyadan keyingi davrda mehnat bozoridagi
tub o‘zgarishlar bilan bog‘liq holda yanada dolzarblashdi.

Tadqiqot metodologiyasi

.

Xotin-qizlar bandligini ta’minlashda kasbiy tayyorgarlik tizimini takomillashtirish

masalalariga bag‘ishlangan mazkur maqola materiallarini tartiblash va tizimlashtirish

maqsadida ilmiy bilishning tarixiylik, mantiqiylik, kuzatish, statistik ma’lumotlarni tahlil qilish

va qiyoslash usullaridan foydalanilgan.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

O‘zbekistonda institutsional muhitni shakllantirish jarayonida iqtisodiyot va

boshqaruvda professional kadrlar tayyorlash tizimi alohida ahamiyat kasb etadi, uning asosiy

yo‘nalishi inson kapitalini jamg‘arish va to‘g‘ri yo‘naltira olishdan iboratdir. Bunday vaziyat
mamlakatning har bir hududida inson resurslarini boshqarish borasida tizimli yondashuvni

amalga oshirishni talab qiladi.

Shu jihatdan olganda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.07.2021 yildagi PF-

6260-son “Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada
oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni muhim ahamiyat kasb etadi.

Xususan, mazkur Farmonda davlat organlari, tashkilot va muassasalarida faoliyat

ko‘rsatayotgan nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 500 talik ro‘yxatiga kiritilgan

xorijiy oliy ta’lim muassasalarini (bakalavriat, magistratura) tamomlagan yoki ularda ilmiy

daraja (PhD va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja) olgan yosh mutaxassislarning
lavozim maoshiga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha ustamalar to‘lab borish

tartibi joriy etilishi; 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab Toshkent shahrida Yoshlar biznes maktabi,

2022 yildan boshlab barcha hududlarda uning filiallari tashkil etilishi; 2021 yil 1 sentyabrdan

boshlab hududlarda yoshlarni muntazam sport bilan shug‘ullanishga jalb qilish maqsadida
Olimpiya va Paralimpiya hamda Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari, jahon, Osiyo va respublika

chempionatlarida oxirgi 5 yilda g‘olib va sovrindor (1 — 3 o‘rin) bo‘lgan sportchi-trenerlarga,

shuningdek, olis va chekka hududlarda faoliyat yurituvchi sportchi-trenerlarga: sport

to‘garaklarini tashkil etish uchun tuman va shaharlarda bo‘sh turgan davlat mulki hisoblangan
bino va inshootlar elektron savdolar o‘tkazmagan holda, ushbu obyektga nisbatan belgilangan

eng kam ijara to‘lovi stavkasining 50 foizi miqdorida ijaraga berilishi, sport to‘garaklarini

tashkil etish uchun sport inventarlari, buyumlari va jihozlarini xarid qilish uchun budjet

mablag‘lari hisobidan subsidiyalar ajratilishi; kamida 100 nafar yoshlarni muntazam sport
bilan shug‘ullanishini tashkil etgan taqdirda mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan bazaviy

hisoblash miqdorining 10 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda har oylik to‘lov joriy etilishi

kabi vazifalar belgilab berilgan . Shu bilan bir qatorda, mazkur Farmonning 2-ilovasi bilan

tasdiqlangan “O‘zbekiston yoshlari va talabalari forumida yoshlarga oid davlat siyosati

sohasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-
tadbirlar Dasturi” da paxta va g‘alladan bo‘shagan maydonlarni oziq-ovqat ekinlari yetishtirish
maqsadida 10 yil muddatga dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ijaraga berish tizimini joriy etish

va shu yo‘l bilan 400 ming nafar yoshlarni doimiy ish bilan ta’minlash; ta’lim muassasalari

bitiruvchilari bandligini ta’minlashga oid mahalliy, hududiy va respublika dasturlarini amalga
oshirish; xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorida kamida 150

ta kasb va lavozimlarga qo‘yilgan oliy ma’lumot talabini bekor qilish; yoshlarning bilim va kasb-

hunar egallashi, ular uchun munosib ish va turmush sharoitini yaratish, bo‘sh vaqtini mazmunli

tashkil etishga qaratilgan yoshlar dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; yoshlarning
axborot texnologiyalariga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Bir million

dasturchi” loyihasini keng joriy qilish uchun komyuniti-menejerlar faoliyatini tashkil qilish kabi

vazifalar ijrosini ta’minlash ko‘zda tutilgan.


background image

www.e-itt.uz

I SON. 2024

122

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarning bandligiga

ko‘maklashish hamda ularni doimiy ish bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar

to‘g‘risida”gi Farmonida 2023 yil 1 maydan boshlab, 2025 yil 1 yanvarga qadar ish

beruvchilarga (budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat

ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek, ijtimoiy soliqni 1 foiz
stavkada

to‘lovchilar

bundan

mustasno)

ular

tomonidan

25

yoshdan

oshmagan

xodimlar

uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasi Davlat budjetidan to‘liq qoplab

berilishi belgilab berilgan.

Professional kadrlar tayyorlashni subyekt-obyekt munosabatlarining maxsus majmuiga

ega bo‘lgan mustaqil tizim sifatida, shuningdek, uni kapital bozorining ajralmas qismi sifatida

ko‘rib chiqish mumkin, bunda talabalarning kompetentsiyalari (bilim, ko‘nikma va malakalar)

kapital ko‘rishiga, boshqacha aytganda, inson kapitaliga aylanadi.

Professional kadrlar tayyorlash tizimi o‘zida aholi, turli tashkilotlar, davlat idoralari kabi

bir qator subyektlarning o‘zaro ta’sirini ifoda etadi. Taklif bevosita ta’lim tashkilotlarining

ta’lim xizmatlari sifatida namoyon bo‘luvchi ta’lim xizmatlari bozorida talab va taklifning o‘zaro
nisbatlari qaror topishi asnosida aholi tomonidan bunday xizmatlarga talab bildiriladi. Ta’lim

xizmatlari bozorida raqobat kurashining tobora shiddatli tus olishi sharoitida ta’lim xizmatlari
ko‘rsatuvchilar mehnat bozori talablarini, sohadagi ilg‘or tendetsiyalarni doimiy tarzda kuzatib

borishlari talab etiladi. Shundan kelib chiqqan holda, “O‘zbekiston-2030” strategiyasida 6-

maqsad sifatida “Professional ta’lim tizimini rivojlantirish orqali o‘quvchilarni zamonaviy bilim

va ko‘nikmalarga o‘rgatish” va bunda 700 ta professional ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini

oshirish va moddiy-texnika bazasini takomillashtirish. 14 ta hududiy professional tayyorgarlik
markazlarini tashkil etish, malaka toifasiga ega bo‘lgan pedagog kadrlar ulushini 50 foizga,

masofaviy yoki aralash shakllarda tashkil etiladigan malaka oshirish kurslari ulushini 30 foizga

yetkazish, o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlashda davlat grantini

axborot texnologiyalari,

qurilish, transport va logistika yo‘nalishlarida 100 foizga

yetkazish vazifalarini ijro etish ko‘zda

tutilgan. Shuningdek, strategiyada oliy ta’lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma’lumotli

mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish, oliy ta’lim muassasalari tashkiliy-boshqaruv

faoliyatini takomillashtirish, ularning moddiy-texnik ta’minotini mustahkamlash kabi

maqsadlar ham belgilab berilgan.

1-rasm. O‘zbekistonda oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil oluvchi talabalar soni

Manba:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlari.

286222274520

253026258343259290261332264291268281

297689

360204

440991

571512

808439

1042100

0

200000

400000

600000

800000

1000000

1200000


background image

www.e-itt.uz

I SON. 2024

123

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.10.2019 yildagi PF-5847-son “O‘zbekiston

Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash

to‘g‘risida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan Kontsep-tsiyada oliy ta’lim sohasida davlat-xususiy

sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari, shuningdek

investitsiyalarni jalb qilgan holda nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari filiallari faoliyatini
tashkil etish orqali oliy ta’limda raqobat muhitini yaratish kabi ustuvor vazifalarning belgilab

berilishi asnosida oliy ta’lim tashkilotlari soni va tahsil olayotgan talabalar soni ham muntazam

o‘sib borayotganligini ko‘rishimiz mumkin (1-rasm). Xususan, bugungi kunda oliy ta’lim bilan

qamrov darajasi 38 foizga yetganligini ta’kidlash lozim.

Yoshlarning kasbiy tayyorgarligini oshirish, ularda muayyan kompetentsiya-larni

shakllantirish bugungi kunda O‘zbekiston professional ta’lim tizimi oldida turgan eng muhim

vazifalardan biri hisoblanadi. Bu borada “O‘zbekiston-2030” strategiyasida 29-maqsad sifatida

“fuqarolarni davlat hisobidan kasb-hunarga o‘qitish, ularning zamonaviy texnika va
texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha kasbiy ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish”, 30-

maqsad sifatida “yoshlarni zamonaviy kasblar va chet tillariga o‘qitish tizimini yaratish” ko‘zda
tutilgan.

2-rasm. O‘zbekistonda o‘rta-maxsus va kasb-hunar ta’lim muassasalari soni, birlik

Manba:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlari.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.08.2020 yildagi 466-son

“O‘zbekiston respublikasida uzluksiz boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim
tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” Qarori bilan

tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus

professional ta’lim to‘g‘risida Nizomda professional ta’limga “ta’lim oluvchilarda ma’lum bir

mutaxassislik va kasblar bo‘yicha kasbiy kompetentsiyalarni shakllantiradigan va
rivojlantiradigan uzluksiz ta’lim tizimi” sifatida ta’rif berilgan. 2.2-rasmda keltirilgan

ma’lumotlari tahliliga murojaat qilar ekanmiz O‘zbekistonda o‘rta-maxsus professional ta’lim

muassasalari bilan o‘quvchilarni qamrab olish darajasi pasayib borayotganligiga guvoh

bo‘lamiz. Xususan, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalari soni qariyb 2 baravarga,
10000 aholiga nisbatan to‘g‘ri keladigan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari

o‘quvchilari deyarli 5 martaga kamayganligini ko‘rish mumkin (2-rasm). Bu holat ko‘p jihatdan

11 yillik umumiy o‘rta ta’lim tizimiga qaytadan joriy qilinishi bilan bog‘liq bo‘lsa-da, keyingi

0

500

1000

1500

2000

O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari, birlik

ularda oʻquvchilar, ming kishi

10 000 aholiga nisbatan to‘g‘ri keladigan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari
oʻquvchilari


background image

www.e-itt.uz

I SON. 2024

124

yillarda kasb-hunar maktablari va texnikumlarning ta’lim xizmatlari bozoridagi o‘rni pasayib
borayotganligini ham ta’kidlash lozim. Mazkur muammoni hal qilish maqsadida professional

ta’limni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha milliy dastur ishlab chiqish, bunda davlat –

xususiy sherikchilik asosida munosabatlarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish talab

etiladi.

Kasbiy tayyorgarlik va yoshlarni ish bilan ta’minlash tizimi inson kapitalini

rivojlantirishning asosiy maqsadlari nuqtai nazaridan doimiy ravishda o‘zaro aloqada bo‘lmog‘i

lozim. Muayyan kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan kadrlar tayyorlash tizimida boshqaruv

obyekti sifatida yosh talabalar, abituriyentlar, bitiruvchilar va nson kapitalini muvaffaqiyatli
amalga oshirilgan inson salohiyati sifatida e’tirof etishimiz mumkin.





3.-rasm. Kasbiy tayyorgarlik tizimini boshqarish subyektlari o‘rtasidagi

munosabatlarni baholash

Manba:

muallif ishlanmasi.

Bunda boshqaruv subyektlari sifatida ta’lim muassasalari, markaziy va mahalliy ijro

etuvchi hokimiyat organlari hisoblansa-da, bugungi kunda boshqaruv subyekti sifatida
talabalar uchun milliy malaka doirasini shakllantirish, amaliyotning tashkilotchisi

hisoblanuvchi ish beruvchilar ham faol ishtirok etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining 15.05.2020 yildagi 287-son “O‘zbekiston Respublikasida kasbiy malakalar,

bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish milliy tizimi faoliyatini tashkil etish choralari to‘g‘risida”gi
Qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy malakalar ramkasi tasdiqlangan bo‘lib, mazkur

malaka ramkasi asbga o‘qitish natijalari va o‘qitish natijasida olinadigan bilimlar, mahoratlar,
ko‘nikmalar va kompetentsiyalarni uyg‘unlashtirish; kasbga o‘qitish va mehnat bozorining

malakalarga ehtiyojlari orasida o‘zaro aloqador-likning mustahkam tizimini shakllantirish;
kasbga o‘qitish, mehnat tajribasi natija-larining malaka talablariga va kasb standartlariga

mosligini baholash jarayonini amalga oshirish; milliy va xalqaro darajalarda malakalarni tan

olishni ta’minlaydi.

Shu nuqtai nazardan, tizimlarning obyekti va subyektini topish nuqtai nazaridan

yoshlarning bandligi o‘sishiga erishishmuhim ahamiyat kasb etadi. Mehnat sohasida

muvaffaqiyatli amalga oshirilgan inson salohiyati iqtisodiyotga hissa qo‘shadigan kapitaldir,

shu tariqa ta’lim xizmatlari iqtisodiyot resurs salohiyatining o‘sishiga yordam beradi. Bandlikni

boshqarish subyektlari (davlat va ish beruvchilar) professional kadrlar tayyorlashning ustuvor

vazifalarini hal qilishdan bevosita manfaatdor hisoblanadilar.

Tizim

subyektlari

Ijtimoiy

institutlar

Xizmatlarning

iste’molchilari

Vositachilar

Ishlab

chiqarish

jarayoni

ta’minotchilari

Xizmat ishlab

chiqaruvchilar


background image

www.e-itt.uz

I SON. 2024

125

Boshqaruv jarayonini takomillashtirishning ushbu yo‘nalishi kasbiy kadrlar tayyorlash

tizimi xizmatlariga talab va taklifni tartibga solish, ushbu xizmatlarni taqdim etish sifati, ta’lim

tashkilotlari siyosatining maqsadli qo‘llanmasi sifatida yoshlar o‘rtasida kasbiy

kompetentsiyalarni shakllantirish bilan bog‘liq holda ko‘rib chiqiladi.

Kasbiy tayyorgarlik tizimining samarali amalda bo‘lish mexanizmiga murojaat qilar

ekanmiz, shuni ta’kidlash kerakki, mazkur mexanizm ko‘plab subyektlarning o‘zaro

munosabati orqali amalga oshishini ta’kidlashimiz lozim, bunday subyektlarning xilma-xilligi

3-rasmda keltirib o‘tilgan.










4-rasm. Professional kadrlar tayyorlash tizimi va yoshlarni ish bilan ta’minlash

o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga tegishli tashkiliy - boshqaruv sohasidagi

muammolar

Manba:

muallif ishlanmasi.

Talabalar, o‘qituvchilar, ta’lim muassasalari ma’muriyati, davlat, ish beruvchining

vakillari kabi professional kadrlar tayyorlash tizimining boshqarish subyektlarini quyida

batafsil ko‘rib chiqamiz.

Muammolar

Bir paytning o‘zida muayyan ishchi kuchining tanqisligi va ortiqchaligi

Tarkibiy ishsizlik darajasining o‘sishi

Ta’lim xizmatlari va mehnat bozorlarining bir-biridan alohida faoliyat ko‘rsatishi

Mehnat resurslarining kasbiy jihatdan nomutanosibligi

Ish beruvci, davlat va iqtisodiy faol aholi manfaatlarining mos emasligi

Ta’lim xizmatlarining real ehtiyojlarga mos kelmasligi

Mutaxassis tayyorlash sifatining pastligi

Kasbiy tayyorgarlik sifatini oshirishda ish beruvchilarning yetarlicha ishtirokining

yo‘qligi

Ta’lim tashkilotlari va ish beruvchilar tomonidan yagona talablarning ishlab

chiqilmaganligi


background image

www.e-itt.uz

I SON. 2024

126

Professional kadrlar tayyorlash tizimining yuqorida sanab o‘tilgan subyektlarining har

biri o‘zaro aloqada bo‘lsa-da, har bir subyektning yakuniy maqsadi o‘ziga xos hisoblanadi, shu

bois, davlat inson kapitalini ko‘paytirish, ish beruvchilar esa yosh kompetentli kadrlarni ishga

qabul qilish, jahon xizmatlari bozorida ta’lim tashkilotlari ko‘rsatilayotgan xizmatlarga talabni

va o‘z ta’lim tashkilotlarining raqobatbardoshligini oshirishga harakat qiladi, aynan shu
maqsadda ular mehnat bozorining kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga intilishadi,

bunda ular turli usul va vositalardan keng foydalanadilar.

Shuni ta’kidlash kerakki, ushbu sohada ta’lim tashkiloti bitiruvchisining

raqobatbardoshligiga ta’sir qiluvchi bir qator muammolar mavjud.

Professional kadrlar tayyorlash tizimini boshqarishning barcha subyektlari o‘zaro

ta’sirini boshqarish mexanizmini rivojlantirish borasida quyidagi istiqbolli yo‘nalishlarni

ajratib ko‘rsatishimiz mumkin:

ta’lim tashkilotining obro‘si;

kasbga yo‘naltirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish;

ta’lim tashkilotlarining narx siyosati;

malakali o‘qituvchilar tarkibi;

o‘qitish jarayonida qo‘llaniluvchi ilg‘or axborot va innovatsion texnologiyalar;

ta’lim jarayonida ish beruvchilar bilan o‘zaro hamkorlik va hokazo.

Yoshlarni ish bilan ta’minlash va kasbiy tayyorgarlik xizmatlariga bo‘lgan talab o‘rtasidagi

o‘zaro bog‘liqlik darajasini baholashga tizimli yondashuv ushbu birlashtirilgan tizimlar

o‘rtasida muvozanatni o‘rnatish borasida zarur munosabat-larni aniqlashtirishga imkon

beradi.

Tadqiqot ishini ni amalga oshirish davomida olingan ma’lumotlar kasbiy tayyorgarlik

tizimi va xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash borasida tizimli

chora-tadbirlarni amalga oshirish lozimligini ko‘rsatadi. Mehnat bozori talabi va yoshlarni ish

bilan ta’minlashni rivojlantirish ehtiyojlarini hisobga olish, shuningdek, ma’lum sohalar
bo‘yicha malakali mutaxassislarga bo‘lgan mehnat bozori ehtiyojlarini prognozini

muvofiqlashtirish va ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qitishga talabgorlarni jalb qilish lozim. mazkur

shart va talablarni yoshlarni faol kasbga yo‘naltirish va motivatsiyalash darajasini ko‘tarish

orqaligina amalga oshirish mumkin. Kasbiy tayyorgarlik tizimi va yoshlarni ish bilan ta’minlash
o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ushbu sohada bir qator tashkiliy va boshqaruv muammolarining

mavjudligi bilan bog‘liq bo‘lib, bu 4-rasmda o‘z aksini topgan.

Ijro etuvchi hokimiyat organlari va ta’lim muassasalari tomonidan ish beruvchilar bilan

hamkorlikda amalga oshirilayotgan siyosat mehnat sohasiga yetkazib beriladigan
mutaxassislarni uning malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlari bilan moslashtirishga qaratilgan

bo‘lib, shu tariqa, mehnat bozoridagi ijtimoiy-iqtisodiy tanglikni kamaytirish, shuningdek,

ijtimoiy - iqtisodiy tizimda mehnat resurslari salohiyatini ro‘yobga chiqarish rejalashtiriladi.

Bugungi kunda bitiruvchilarning kasb tanlash erkinligi masalasini ta’limni kapital

shaklida taqdim etish orqali shakllantirish mumkin, bunda siz avval mablag‘ kiritishingiz,
so‘ngra iloji boricha mablag‘ni istiqbolli yo‘nalish, ya’ni kelgusida katta naf keltiruvchi kasb
tanlashga yo‘naltirish talab etiladi. Taraqqiyotning hozirgi bosqichida oliy ta’limning o‘rni

tobora ortib bormoqda va u hozirgi avlodning “ijtimoiy standarti” ga aylanib ulgurdi (Galbraith,

1958).

Aksariyat taraqqiy etgan mamlakatlarda ta’lim sohasi hukumatning doimo diqqat

markazida bo‘lgani holda, sohaga yo‘naltiriluvchi investitsiyalar yil sayin ortib bormoqda.

Ta’lim tizimini rivojlantirish xalqaro ta’lim faoliyatining asosiy tamoyillariga asoslanadi,

ulardan biri arzon sifatli ta’limni amalga oshirish uchun sharoit yaratish va ta’minlashdir.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev BMT Bosh assambleyasi 78-

sessiyasida so‘zlagan nutqida ta’kidlaganidek “...biz hamma uchun ochiq va sifatli ta’limni

kambag‘allikka barham berish,xalq farovonligini oshirish va barqaror iqtisodiy o‘sishning eng

samarali omili deb bilamiz... inson kapitalini rivojlantirish va kreativ yosh avlodni tarbiyalash


background image

www.e-itt.uz

I SON. 2024

127

– O‘zbekiston o‘z oldiga qo‘ygan strategik vazifalardan biridir... 2030 yilga qadar har bir
bolaning bog‘chaga qatnashi, maktabni bitirayotgan har ikki o‘quvchining biri esa oliygohda

o‘qishi uchun imkoniyat yaratiladi” (Mirziyoyev, 2023).















6-rasm. Professional kadrlarni tayyorlash tizimida yoshlar bandligini

ta’minlashni rivojlantirish modeli

Manba:

muallif ishlanmasi.

Talabalarni o‘qitish jarayoni talabalarning kasbiy kompetentsiyalarini shakllantirishni o‘z

ichiga oladi. Ushbu jarayon kelajakdagi kasb, mehnat faoliyatini me’yoriy-huquqiy tartibga

solish g‘oyasini o‘z ichiga oladi, ammo ta’lim muassasalarida nazariy bilimlarni egallash
jarayonida bunday bilimlarni o‘zlashtirishga yetarlicha e’tibor va nazorat qilinmaydi. Kasb

haqidagi nazariy bilimlardagi bo‘shliqlar talabaning kelajakdagi kasbiy faoliyati to‘g‘risida
noto‘g‘ri tasavvurga olib kelishi, raqobatdosh ustunliklariga ta’sir qilishi mumkin.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, universitet bitiruvchilarining atigi 30 foizi o‘qishni

tamomlash arafasida mutaxassislik bo‘yicha ish tajribasiga ega bo‘ladi.

O‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, iqtisodchilar va menejerlar soni ushbu

mutaxassisliklar bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari sonidan sezilarli darajada ko‘p bo‘lsa-da, muhandis

va texniklarning soni, aksincha, yetarli emas. Oliy ta’limga qabu jarayonida mazkur muammoni

ko‘rib chiqish lozim, chunki aynan mana shu pallada yoshlar o‘z hayotlaridagi eng muhim
qarorni qabul qiladilar va aynan shu qaror ularning kelgusidagi hayot yo‘llarini ko‘p jihatdan

belgilab beradi. Shu sababli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kasbga yo‘naltirish ishlariga

alohida e’tibor qaratish talab qilinadi.

Kas

bi

y t

ayy

org

ar

lik

Yos

hl

ar

band

lig

i

Abituriyent

Bitiruvchilarni

prognozlash

Tarmoqlar

bo‘yicha taklifni

bashoratlash

Iste’mol

talabini

prognozlash

Ta’lim muassasi

T

ar

m

oqlar

bo‘y
ich

a

talabn

i p

rog
noz

las

h

Ish beruvchi

Hukum

at v
a m
aha

lliy

ij

ro

etuvc

hi

org
anlar

Hukum

at, ah

oli

b

and
lig

ig

a

ko‘
m

akla

sh

uvc
hi id

orala

r


background image

www.e-itt.uz

I SON. 2024

128

Mabodo kasbiy kompetentsiyalar haqida gapiradigan bo‘lsak, ular nafaqat ta’lim

muassasasida o‘qish jarayonida, balki mehnat faoliyati jarayonida ham shakllanadi, bu esa

yoshlarning inson kapitali salohiyatiga ulush sifatida tanlagan kasbi bo‘yicha rivojlanishini

davom ettirish zarurligi borasida so‘z yuritish imkonini beradi, mazkur jihat ishchi kuchi

sifatini yaxshilash uchun ham muhimdir.

Professional kadrlarni tayyorlash xizmatlariga talabning oshishi kelajakda inson

salohiyatining o‘sishining natijasida inson kapitalining takror ishlab chiqarilishida ijobiy aks

etadi. Ushbu holat, yoshlarning yuqori sifatli ta’lim olishi, kompetentsiyaga asoslangan

yondashuv asosida yoshlarning o‘qitilishi sharoitida-gina, ijobiy sur’atga ega bo‘ladi va o‘z
navbatida yoshlar mehnatda avvaldan band bo‘lgan mutaxassislarga raqobatchi sifatida

maydonga chiqadilar.Tadqiqotlar shuni ko‘rsatishicha, oliy ta’lim muassasasini

tamomlagandan so‘ng yoshlarni ish bilan ta’minlashning muvaffaqiyati yosh mutaxassisning

ishga joylashish bo‘yicha kasbiy tayyorgarligi va malakasiga bog‘liq. Shu nuqtai nazardan, shuni
ta’kidlash lozimki, ta’lim muassasasi yoshlarni kelajakdagi mehnat munosabatlariga tayyorlash

joyi, yoshlarning yanada raqobatbardosh ustunligi va yoshlar bandligini oshirishga mutanosib
ravishda sifatli xizmatlar ko‘rsatiladigan o‘ziga xos maydonchadir.

O‘zaro hamkorlik qiluvchi ikki soha-bandlik va professional kadrlar tayyorlash bir-biri

bilan chambarchas bog‘liq. Professional kadrlar tayyorlash xizmatlarining iste’molchilari

mehnat sohasida ishchi kuchi sifatida taklifga aylanadi, bu o‘z navbatida ikkala tizim jarayonlari

ishtirokchilari:davlat, yoshlar, ish beruvchilar, ta’lim muassasalari o‘rtasida munosabatlarini

o‘rnatadi.

Yoshlarni ish bilan ta’minlash va prrofessional kadrlar tayyorlash tizimining o‘zaro

ta’sirini batafsil ko‘rib chiqish borasida mazkur tizimlar subyektlarining o‘zaro bog‘liqligini aks

ettiruvchi modelni yaratish talab qilinadi. Bu o‘z navbatida, muammoli jihatlarni topish va

ularning o‘zaro ta’siri samaradorligini oshirish borasida yechimlarni taklif qilishga imkon

beradi (6-rasm).

Ta’lim muassasalari, ish beruvchilar va abituriyentlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar

professional kadrlar tayyorlash tizimi xizmatlariga talab va taklifni prognoz qilishga asoslangan

o‘zaro aloqalar orqali amalga oshiriladi.

Talab va taklif qonuni bozor mexanizmi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, bunda turli omillar, shu

jumladan ish haqi, ya’ni mehnat narxi kabi dastaklar tartibga soluvchi sifatida maydonga

chiqadi. Talab va taklif qonuni kasbiy tayyorgarlik xizmatlari bozorida ham ustunlik qiladi, bu

yerda taklif birinchi navbatda o‘z narxiga ega bo‘lgan ta’lim xizmatlari bilan ifodalanadi. Bunday

xizmatlarga bo‘lgan talabni aholi ifodalaydi, fuqarolar o‘zlari uchun maqbul narxda kerakli
mahsulotni (ta’lim xizmatlarini) tanlaydilar va kasbiy tayyorgarlik xizmatlari bozorida

iste’molchiga aylanadilar.

1-jadval

Berilgan ranglar darajasi

X

Y

rang X, dx

rang Y, dy

29.9

11

3

1

34.9

11.4

4

2

Ta’lim muassasasining asosiy faoliyati ta’lim xizmatlarini yaratishdir. Oliy ta’lim

muassasalari bir vaqtning o‘zida ikkita: mehnat bozori va ta’lim xizmatlari bozorida faoliyat

ko‘rsatadi, bunda ta’lim xizmatlari bozorining obyekti - kelgusida mehnat bozorida taklif

yaratadigan tahsil olayotgan yoshlar hisoblanadi.


background image

www.e-itt.uz

I SON. 2024

129

2-jadval

Ranglar matritsasi

rang X, dx

rang Y, dy

(dx - dy)2

3 11

4

1

2

4

4

2

1
10

3

4
10

1

9
18

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, Guliston Davlat Universitetini bitiruvchilari (xotin-

qizlar) bo‘yicha o‘rtacha ma’lumotlar asosida Spirmen korrelyatsiya indeksidan foydalangan

holda yoshlarni ish bilan ta’minlash va professional kadrlar tayyorlash tizimining o‘zaro

bog‘liqligini aniqlash maqsadida hisob-kitoblar amalga oshirildi.

3-jadval

Regressiya ko‘rsatkichlari sifatini baholash

x

y

y(x)

(yi

y

o‘r

)2

(y-y(x))2

29.9

11

11.672

5.76

0.452

34.9

11.4

10.87

4

0.281

10.1

15.4

15.474

4

0.0055

9.8

15.8

15.54

5.76

0.0674

84.7

53.6

53.557

19.52

0.806

Manba:

muallif hisob-kitoblari.

Bunda 1 -jadval (berilgan ranglar darajasi) va 2-jadval (ranglar matritsasi) shakllantirildi,

bu yerda X- yoshlarning muayyan mutaxassislik bo‘yicha bandligi, Y- o‘xshash mutaxassislik

bo‘yicha bitiruvchilar soni.

Regressiya ko‘rsatkichlari sifatini baholash uchun biz yakuniy jadvalni shakllantiramiz

(3-jadval).

Cheddok shkalasiga ko‘ra, belgilar orasidagi munosabatlarning yaqinligi juda yuqori. X va

Y o‘zgaruvchilardagi o‘zgarishlarning umumiy tebranishi 95,87% ni tashkil qiladi.

Ushbu xulosa bandlikni rivojlantirish va kasbiy tayyorgarlik tizimi xizmatlariga talabning

o‘zaro ta’sirini aniqlashga xizmat qiluvchi modelni yaratishni taqozo qiladi, mazkur model
quyidagi 7-rasmda o‘zaro integratsiyalashgan chizma sifatida ifodalangan.

Talab va taklif chizmalari asosida mehnat bozori ko‘rib chiqiladi va muvozanat nuqtasi

aniqlanadi. Keyinchalik, kasbiy tayyorgarlik tizimi xizmatlariga talab va taklif egri chizig‘i

yaratiladi. Bandlik darajasi va xizmatlarga bo‘lgan talab o‘rtasida muvozanatni o‘rnatish uchun

ikkita bozorning (mehnat va professional kadralar tayyorlash xizmatlari) o‘zaro ta’siri ko‘rib
chiqiladi va chizmalar bir-biri bilan bog‘lanadi.7-rasmda (A) ish beruvchilarning talab egri
chizig‘i,(V) esa ta’lim muassasalari bitiruvchilarining taklif egri chizig‘ini aks ettiradi. (C) nuqta

- bu o‘zaro ta’sir qiluvchi sohalardagi muvozanat nuqtasi, bu yerda mehnat bozorining ma’lum

mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojining oshishi bilan tegishli ta’lim dasturlarida o‘qishga yollash
kuchayadi.

O‘zaro ta’sir qiluvchi bozorlarda muvozanatga erishilganda, inson kapitalining to‘planishi

sodir bo‘ladi, chizmada ushbu maydon Ms va Xs nuqtalari orasidagi zonada joylashgan bo‘lib,

unda mumkin bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari sonida ifodalanuvchi oliy o‘quv yurtlari tomonidan
mutaxassislarni tayyorlash shartlari ish beruvchilarning kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi.


background image

www.e-itt.uz

I SON. 2024

130

7-rasm. Yoshlar bandligi va ta’lim xizmatlari o‘rtasidagi bog‘liqlik

Manba:

muallif ishlanmasi.

Xulosa va takliflar.

O‘zbekistonda yaratilgan ish o‘rinlarining unumdorligi pastligi fonida ishsizlikning o‘sishi

kuzatilmoqda. Bunday sharoitda ayollar va yoshlar munosib ish topa olmaydilar.

Amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida erkak va ayollar tengligiga asoslangan

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga o‘tishni ta'minlash borasida ko‘plab samarali chora-tadbirlar

amalga oshirildi.Hozirgi kunda xotin-qizlarning ta’lim va tarbiyasini rivojlantirish, jumladan,

ularning soni kam bo‘lgan iqtisodiyot tarmoqlari, xususan, STIM sohasida qator islohotlar
amalga oshirilmoqda. Milliy muassasalar uchun gender jihatlarini hisobga olgan holda ta’lim,
kasb-hunar ta’limi, bandlik, migrasiya sohasidagi ertangi kun ehtiyojlarini oldindan bilishi va

shakllantirishi uchun tegishli sharoitlar yaratilishi kerak.

Tadbirkorlikni rivojlantirish hukumatning ayollar bandligini oshirishga bo‘lgan

yondashuvining asosiga aylandi. Muayyan sharoitlarda har kim tadbirkor bo‘lishi mumkin,

ammo hamma ham muvaffaqiyatli tadbirkor bo‘lavermaydi. Ayollar tadbirkorligi ko‘magida

tashkilotning jamoaviy shakllari, shu jumladan kooperativ shakllari rag'batlantirilishi kerak.

O‘zbekistondagi ish o‘rinlarining aksariyati norasmiy iqtisodiyotda band. Ayollarning

ahvoli va ularning ishini ko‘rib chiqishda ish joylarining sifatini empirik monitoring qilish va

ish joylarining sifati birinchi o‘rinda turishi zarur. Amaldagi gender me'yorlari tufayli oilaviy

majburiyatlar ayollarga yuklatilgan. Shu bilan birga, uy ularning asosiy ish joyi bo‘lib tuyuladi.


background image

www.e-itt.uz

I SON. 2024

131

Qishloq xo‘jaligida qishloq xo‘jaligini isloh qilish va er islohotlarini amalga oshirish mehnat
sharoitlari muammosini hal qilishga yordam beradi.

Sifatli ta’lim olish odamlarning turmush sharoitini yaxshilash va barqaror taraqqiyotni

ta’minlashga zamin yaratadi. Ta’limning qulayligi va sifati masalalari dunyoning barcha

davlatlari strategik rivojlanish dasturlariga kiritilgan, chunki davlat aholining o‘zini o‘zi anglash
imkoniyatlari uchun ta’lim muhitini yaratish orqali mamlakatda moddiy farovonlik va ijtimoiy-

iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga, inson kapitalini oshirishga hissa qo‘shadi, o‘z o‘rnida,

mamlakatning iqtisodiy salohiyatini yuksaltiradi va xalqaro maydonda raqobatdosh ustunlikni

yaratadi.

Adabiyotlar:

Козлова Ольга Анатольевна (2005) Женская занятость: проблемы, тенденции и

перспективы

развития

//

Экономика

региона.

№2.

URL:

https://cyberleninka.ru/article/n/zhenskaya-zanyatost-problemy-tendentsii-i-perspektivy-

razvitiya (дата обращения: 30.08.2024).

Гневашева В.А. (2012) Развитие молодежного сегмента рынка труда на основе

формирования

профессиональных

компетенций

через

систему

высшего

профессионального образования: дис. докт. экон. наук. 08.00.05/Гневашева Вера

Анатольевна – Москва, – 362 С.

Колесников А.М., Антохина Ю.А., Храповицкая Е.М. (2018) Совершенствование

экономического механизма управления организационной структурой в сфере

образовательных услуг. Монография/ Ю.А. Антохина, А.М. Колесников, Е.М. Храповицкая.

Санкт-Петербургский

государственный

университет

аэрокосмического

приборостроения (Санкт-Петербург). – с. 148.

Эргашева М.П. (2019) СОЦИАЛЬНАЯ ЗАЩИТА ЖЕНЩИН В УЗБЕКИСТАНЕ //Наука и

образование: проблемы, идеи, инновации. – №. 2. – С. 47-50.

Очилова Г. О., Мусаханова Г. М. (2019) Гендерные аспекты семейного бизнеса в

Узбекистане //Проблемы науки. – №. 4 (40). – С. 87-89.

Galbraith J.K. (1958) The affluent society. Boston: Houghton Mifflin Co.

Abduvoxidov A., Kamilova S. (2023) Inson kapitali va iqtisodiyotning innovatsion

rivojlanishini tadqiq etishdagi yondashuvlar //Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil. – Т. 1. – №. 4. – С. 12-

21.

Abduvoxidov A., Kamilova S. (2024) RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA YOSHLAR

BANDLIGI VA MUNOSIB MEHNATNING KONTSEPTUAL ASOSLARI //Iqtisodiyot va taʼlim. – Т. 25.
– №. 2. – С. 73-82.

Axmedova D. (2023) AYOLLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISHNING ASOSLARI

//Farg'ona davlat universiteti. – №. 1. – С. 50-50.

Erkinjon o’g’li A.X. (2024) O’ZBEKISTON RESBUBLIKASIDA GENDER TENGLIGI //World

scientific research journal. – Т. 23. – №. 2. – С. 18-24.

Farmon (2019) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.10.2019 yildagi PF-5847-son

“O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini

tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni, https://lex.uz/docs/4545884

Farmon (2021) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.07.2021 yildagi PF-6260-son

“Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga

oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni,https://lex.uz/docs/5512119

Farmon (2023) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.04.2023 yildagi PF-61-sonli

“Yoshlarning bandligiga ko‘maklashish hamda ularni doimiy ish bilan ta’minlashga oid
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni, https://lex.uz/docs/6442039

Farmon (2023) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.09.2023 yildagi “O‘zbekiston-

2030” strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi PF-158 sonli Farmoni,https://lex.uz/docs/6600413

Библиографические ссылки

Козлова Ольга Анатольевна (2005) Женская занятость: проблемы, тенденции и перспективы развития // Экономика региона. №2. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/zhenskaya-zanyatost-problemy-tendentsii-i-perspektivy-razvitiya (дата обращения: 30.08.2024).

Гневашева В.А. (2012) Развитие молодежного сегмента рынка труда на основе формирования профессиональных компетенций через систему высшего профессионального образования: дис. докт. экон. наук. 08.00.05/Гневашева Вера Анатольевна – Москва, – 362 С.

Колесников А.М., Антохина Ю.А., Храповицкая Е.М. (2018) Совершенствование экономического механизма управления организационной структурой в сфере образовательных услуг. Монография/ Ю.А. Антохина, А.М. Колесников, Е.М. Храповицкая. – Санкт-Петербургский государственный университет аэрокосмического приборостроения (Санкт-Петербург). – с. 148.

Эргашева М.П. (2019) СОЦИАЛЬНАЯ ЗАЩИТА ЖЕНЩИН В УЗБЕКИСТАНЕ //Наука и образование: проблемы, идеи, инновации. – №. 2. – С. 47-50.

Очилова Г. О., Мусаханова Г. М. (2019) Гендерные аспекты семейного бизнеса в Узбекистане //Проблемы науки. – №. 4 (40). – С. 87-89.

Galbraith J.K. (1958) The affluent society. Boston: Houghton Mifflin Co.

Abduvoxidov A., Kamilova S. (2023) Inson kapitali va iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishini tadqiq etishdagi yondashuvlar //Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil. – Т. 1. – №. 4. – С. 12-21.

Abduvoxidov A., Kamilova S. (2024) RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA YOSHLAR BANDLIGI VA MUNOSIB MEHNATNING KONTSEPTUAL ASOSLARI //Iqtisodiyot va taʼlim. – Т. 25. – №. 2. – С. 73-82.

Axmedova D. (2023) AYOLLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISHNING ASOSLARI //Farg'ona davlat universiteti. – №. 1. – С. 50-50. Erkinjon o’g’li A.X. (2024) O’ZBEKISTON RESBUBLIKASIDA GENDER TENGLIGI //World scientific research journal. – Т. 23. – №. 2. – С. 18-24.

Farmon (2019) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.10.2019 yildagi PF-5847-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni, https://lex.uz/docs/4545884

Farmon (2021) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.07.2021 yildagi PF-6260-son “Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni,https://lex.uz/docs/5512119

Farmon (2023) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.04.2023 yildagi PF-61-sonli “Yoshlarning bandligiga ko‘maklashish hamda ularni doimiy ish bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni, https://lex.uz/docs/6442039

Farmon (2023) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.09.2023 yildagi “O‘zbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi PF-158 sonli Farmoni,https://lex.uz/docs/6600413