www.e-itt.uz
I SON. 2024
167
YANGI O‘ZBEKISTONNING XALQARO MUNOSABATLARDA TUTGAN O‘RNI
Xayitova Feruza Baxrom qizi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini
rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari”
ilmiy-tadqiqot markazi
ORCID: 0009-0006-6903-7751
Annotatsiya.
Ushbu maqola Yangi O‘zbekistonni xorij mamlakatlari va mintaqalararo
xalqaro miqyosda rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari, davlatlar iqtisodiy aloqalarni
mustahkamlashga qaratilgan strategiyalar va amaliyotlari haqida yoritib berilgan. O‘zbekiston
Markaziy Osiyoda strategik ahamiyatga ega bo‘lib, Xitoy, Rossiya, AQSh va Yevropa Ittifoqi kabi
yirik davlatlar va tashkilotlar bilan keng ko‘lamli hamkorlik aloqalarini rivojlantirib kelmoqda.
Maqolada mamlakatimizning jahon iqtisodiyotidagi hissasi, import va eksport ulushi hamda
xalqaro munosabatlarda tutgan o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berilgan.
Kalit so’zlar:
jahon iqtisodiyoti, import, eksport, milliy iqtisodiyot, xalqaro munosabatlar,
elchixonalar, tashqi savdo, xalqaro shartnomalar.
РОЛЬ НОВОГО УЗБЕКИСТАНА В МЕЖДУНАРОДНЫХ ОТНОШЕНИЯХ
Хайитова Феруза Бахром кизи
Научно-исследовательский центр «Научные основы
и проблемы развития экономики Узбекистана»
при Ташкентском государственном
экономическом университете
Аннотация.
Данная статья проливает свет на современные тенденции развития
Нового Узбекистана на международном уровне между зарубежными странами и
регионами, стратегии и практики, направленные на укрепление экономических связей.
Узбекистан имеет стратегическое значение в Центральной Азии и развивает
широкомасштабные отношения сотрудничества с крупными странами и
организациями, такими как Китай, Россия, США и Европейский Союз. В статье
представлена подробная информация о вкладе нашей страны в мировую экономику, доле
импорта и экспорта, ее роли в международных отношениях.
Ключевые слова:
мировая экономика, импорт, экспорт, национальная экономика,
международные отношения, посольства, внешняя торговля, международные
соглашения.
UOʻK: 339
I SON – IYUL-AVGUST
167-173
www.e-itt.uz
I SON. 2024
168
THE ROLE OF NEW UZBEKISTAN IN INTERNATIONAL RELATIONS
Khayitova Feruza Bakhrom kizi
Research center "Scientific bases and issues of
economic development of Uzbekistan" under the
Tashkent State University of Economics
Annotation.
This article sheds light on the modern trends of the development of New
Uzbekistan at the international level between foreign countries and regions, strategies and
practices aimed at strengthening economic relations. Uzbekistan is of strategic importance in
Central Asia and has been developing large-scale cooperative relations with major countries and
organizations such as China, Russia, the USA and the European Union. The article provides
detailed information about our country's contribution to the world economy, the share of imports
and exports, and its role in international relations.
Key words:
world economy, import, export, national economy, international relations,
embassies, foreign trade, international agreements.
Kirish.
Bugungi kundagi Yangi O’zbekistonning xalqaro munosabatlardagi eng muhim ustuvor
yo’nalishlaridan biri - bu mintaqaviy davlatlar bilan aloqalarni, har tomonlama hamkorlikni
rivojlantirishdan hamda mustahkamlashdan iboratdir. Bu esa, o’z navbatida Markaziy Osiyoda
tinchlik, siyosiy va iqtisodiy barqarorlikni va farovonlikni ta’minlaydi. Bundan tashqari,
mamlakatimiz G‘arb, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi, Janubi-Sharqiy va Janubiy Osiyo
mamlakatlari bilan aloqalarni jadal va izchil rivojlantirib, ularni sifat jihatidan yangi mazmun
bilan to‘ldirishga intilmoqda. Davlatimizning tashqi savdo aylanmasi so‘nggi yillarda sezilarli
darajada oshdi.
Adabiyotlar sharhi.
Yangi O‘zbekistonning xalqaro munosabatlarda tutgan o‘rni mavzusida yozilgan xorijiy va
mahalliy adabiyotlar keng qamrovli bo‘lib, ular iqtisodiyot, xalqaro munosabatlar, tashqi
siyosiy-iqtisodiy aloqalar, xorijiy davlatlar iqtisodiyoti va xalqaro tashkilotlar yo‘nalishlarida
tadqiqotlar olib borishgan.
Amerikalik iqtisodchi Joseph Stiglitz (2002) tomonidan "Globalization and Its
Discontents" tomonidan yozilgan kitob globalizatsiya jarayonining iqtisodiy va ijtimoiy
ta'sirlarini tahlil qiladi. Stiglitz globalizatsiyaning ijobiy va salbiy jihatlarini ko'rib chiqadi va
uning oqibatlari haqida chuqur tahlil qilgan. Angliyalik olimlar Stephen Mcglinchey (2017),
Rosie Walters va Christian Scheinpfluglar tomonidan yozilgan “International Relations Theory”
kitobida xalqaro iqtisodiy munosabatlarning bugungi kundagi roli va mohiyati, tashkiliy-
huquqiy asoslari va asosiy teoriyalar berilgan. Theodore Moranning (2011) "Foreign Direct
Investment and Development" kitobida to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy
rivojlanish va global savdo aloqalariga ta'sirini tahlil qiladi.
Mahalliy olimlardan Nazarova, Iminov, Xalilov, Hamidovlarning (2011) “Jahon
iqtisodiyoti va хalqaro iqtisodiy munosabatlar” o‘quv darsliklarida, jahon iqtisodiyoti va
хalqaro iqtisodiy munosabatlarning umumiy rivojlanish хususiyati o’zgarib borayotgan bir
davrda O’zbеkiston Rеspublikasi ham jahon hamjamiyatiga kirib borishi, xorijiy mamlakatlar
bilan iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalardagi hamkorliklar rivojlantirishi, xususan,
rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotini o’rganishi, shuningdеk bozor
iqtisodiyotining rivojlanishidagi yutuq – kamchiliklari, rivojlanish muammolarini hal etishdagi
to’g’ri yondashuvlar haqida ko‘plab ma’lumotlar berilgan. Iqtisodchi olim Mirsaidovning
(2006) “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” o‘quv qo‘llanmasida xalqaro iqtisodiy
munosabatlarning hozirgi zamondagi roli va mohiyati, tashkiliy-huquqiy asoslari, tashqi
www.e-itt.uz
I SON. 2024
169
iqtisodiy faoliyatini tartibga solish usullari, xalqaro savdo, xalqaro hududiy-iqtisodiy
integratsiya va boshqa iqtisodiy masalalar keng yoritilgan. Iqtisodchi Mustafoqulova (2023)
o’zining maqolasida O’zbekistonning xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlariga kirib borishi,
respublikamizning ham ichki, ham tashqi salohiyatni yanada yuksalib borasida ko’plab
ma’lumotlar berilgan. O’zbekistonning integratsiya tuzilmalaridagi ishtiroki tufayli uning ikki
tomonlama va ko’p tomonlama xalqaro aloqalari kengayib borayotganligini yoritib bergan.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ilmiy tadqiqot davomida mantiqiy va tarkibiy tahlil qilish, guruhlashtirish, o‘zaro va
qiyosiy taqqoslash usullaridan samarali foydalanildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z milliy manfaatlaridan kelib chiqgan holda ochiq, o‘zaro
manfaatli va konstruktiv xalqaro munosabatlarni olib bormoqda. Ma’lumki, asrlardan beri
xalqaro munosabatlar qadimdan insoniyat ijtimoiy, madaniy hamda ma’naviy rivojining muhim
omili sifatida rivojlanib kelgan. Ayniqsa, oxirgi yillarda mamlakatimizda xorijiy davlatlar bilan
do‘stona munosabatlarni mustahkamlash orqali yurtimizda yashab kelayotgan barcha millat va
etnik guruhlar madaniyati, ma’naviy qadriyatlari, milliy an’ana va urf-odatlarini saqlash hamda
har tomonlama rivojlantirish tamoyillariga tayanib faoliyat yuritayotmoqda. Hozirgi kunda
mamlakatimizda yashab kelayotgan 130 dan ortiq millat va elat vakillarining birgalikda, ahil va
hamjihatlikdagi o‘zaro munosabatlari ta’sirida ko‘pmillatli xalqimizning turmush tarzi ham
yanada yaxshilanib bormoqda. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, davlatimiz rahbari Shavkat
Mirziyoyevning tashabbuslari va yuqori saviyadagi muzokaralarda faolligi tufayli “Dunyoga
ochiqlik siyosati”ga sodiq qolayotgan Yangi O‘zbekistonning yangi hamkorlari, xayrixohlari
ortib bormoqda. Davlatimiz rahbarining xalqaro tashriflari natijasida mamlakatimiz xorij
davlatlari bilan faol diplomatik munosabatlarni yo‘lga qo‘ydi. Xususan, bir qator yirik davlatlar
bilan munosabatimiz strategik sheriklik darajasigacha ko‘tarildi.
Bugungi kundagi Yangi O’zbekistonning xalqaro munosabatlardagi eng muhim ustuvor
yo’nalishlaridan biri - bu mintaqaviy davlatlar bilan aloqalarni, har tomonlama hamkorlikni
rivojlantirishdan hamda mustahkamlashdan iboratdir. Bu esa, o’z navbatida Markaziy Osiyoda
tinchlik, siyosiy va iqtisodiy barqarorlikni va farovonlikni ta’minlaydi. Bundan tashqari,
mamlakatimiz G‘arb, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi, Janubi-Sharqiy va Janubiy Osiyo
mamlakatlari bilan aloqalarni jadal va izchil rivojlantirib, ularni sifat jihatidan yangi mazmun
bilan to‘ldirishga intilmoqda. Davlatimizning tashqi savdo aylanmasi so‘nggi yillarda sezilarli
darajada oshdi. Buning asosiy sabablaridan biri mamlakatning tashqi savdo aloqalarini
diversifikatsiya qilishga qaratilgan siyosati va yangi bozorlar bilan hamkorlik o‘rnatishdir.
2023 yilda umumiy tashqi savdo aylanmasi $50 milliard AQSh dollaridan oshdi. Bundan
eksport hajmi $19,3 milliard AQSh dollarini, import hajmi $30,7 milliard AQSh dollarini hamda
savdo balansi esa $11,4 milliard AQSh dollari miqdorida salbiy balansni tashkil qilgan edi.
Davlatimizning xalqaro munosabatlardagi teng huquqli subyekt sifatidagi rolini oshirish
maqsadida, 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida
xalqaro munosabatlarni yaxshilash va rivojlantirish borasida alohida 93-maqsadi qilib
belgilandi. Bunda quyidagilar ta’kidlangan (Farmon, 2022).
o
Hamkor mamlakatlar bilan hamda xalqaro tashkilotlar doirasida mintaqaviy va global
masalalar bo‘yicha muvozanatli, doimiy muloqot olib borish, ular bilan ikki va ko‘p tomonlama
uchrashuvlar o‘tkazish, siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda hamda turli dar
ajadagi
maslahatlashuvlarni tashkil etish.
o
Yetakchi davlatlar bilan keng qamrovli hamkorlikni strategik darajaga olib chiqish
hamda ular bilan kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlarni kelishish.
o
Yirik tadbirlarda (xalqaro tashkilotlar doirasida va xorijiy hamkorlar bilan sherikchilik
asosida hamda ikki tomonlama hamkorlik darajasidagi konferensiya, forum, seminar va davra
www.e-itt.uz
I SON. 2024
170
suhbatlari) mintaqaviy va xalqaro masalalar bo‘yicha O‘zbekiston pozitsiyasi hamda
umumjahon miqyosidagi tashabbuslarini ilgari surish
O’zbekiston va Yevropa ittifoqi o’rtasidagi o’zaro sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi
amaldagi bitim 1996-yilda Florensiyada imzolangan bo’lib, uning doirasida 6 ta qo’shma organ
tashkil etildi. Mamlakatimiz Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan savdo-
iqtisodiy, suv, energetika, transport va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarini
rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik shakllarini qoʻllab-quvvatlash masalalari bo’yicha amalga
oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasi oʻlaroq, bugun Oʻzbekistonning Germaniya va Fransiya
kabi katta iqtisodiy salohiyatga ega Yevropa mamlakatlari, shuningdek, YEI bilan savdo-
iqtisodiy aloqalari tobora kengayib bormoqda. Raqamlarga qaraydigan bo’lsak, 2022-yilda
Oʻzbekiston bilan YEI oʻrtasidagi umumiy savdo hajmi qariyb 4,5 milliard dollarni tashkil qilib,
16 foizga oʻsgan, bunday oʻsishga Oʻzbekistonning maxsus GSP+ imtiyozlar tizimiga kiritilishi
katta turtki boʻldi. Oʻzbekistonning mazkur tizimga kiritilishi milliy eksportchi korxonalarga
Yevropa bozorlariga 6200 turdagi mahsulotlarni hech qanday bojxona toʻlovlarisiz olib kirish
imkonini beradi. Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, hozirgi vaqtda mamlakatimiz Jahon
savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish uchun faol ish olib bormoqda. Yevropa Ittifoqi bu
intilishlarimizni qo‘llab-quvvatlagan holda, ayni yo‘nalishda texnik ko‘mak uchun 5 million
yevro miqdorida mablag‘ ajratdi. «O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi» Parlament hamkorligi
qo‘mitasining Bryusselda 2022-yil bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida Yevropa vakillariga Prezident
Shavkat Mirziyoevning “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot
strategiyasi” ma’no-mohiyati va ahamiyati haqida batafsil axborot taqdim etilgani ham bejizga
emas. Ushbu yig‘ilishda mamlakatimiz bilan Yevropa ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarning joriy
holati hamda kelajakda o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqibollari muhokama
qilindi. Bunda yurtimizda malaga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohatlar o‘z samarasini
berayotganini, har bir hududlarda investitsiya muhiti yaxshilanayotganini, ta’lim, sog‘liqni
saqlash, transport, energetika va infratuzilma sohalari bilan bog‘liq loyihalarni amalga
oshirishni yanada kengaytirishni hamda atrof muhitni himoya qilish, qishloq joylarni va
ekologik barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirish omillarini hisobga olib, o‘zaro hamkorlikni
amalga oshirish masalalarini atroflicha ko’rib chiqtilar. 2023-yil yanvar-dekabr oylari statistic
ma’lumotlariga ko‘ra mamlakatimiz Yevropa ittifoqi mamlakatlari bilan – 5,8mlrd.$ga teng
tashqi savdo hamkorligini amalga oshirgan.
O‘zbekistonning xalqaro munosabatlardagi o‘rni keyingi yillarda sezilarli darajada oshdi.
Mamlakat o‘zining geosiyosiy joylashuvi, tabiiy resurslari va iqtisodiy rivojlanish salohiyati
bilan mintaqadagi muhim o‘yinchilardan biriga aylandi. O‘zbekiston Markaziy Osiyoda
strategik ahamiyatga ega bo‘lib, Xitoy, Rossiya, AQSh va Yevropa Ittifoqi kabi yirik davlatlar va
tashkilotlar bilan keng ko‘lamli hamkorlik aloqalarini rivojlantirib kelmoqda.
Mamlakatimizning xalqaro siyosiy maydondagi roli kuchayib bormoqda. Mamlakat BMT, SHHT
(Shanxay Hamkorlik Tashkiloti), MDH va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida faol ishtirok
etadi. Xususan, O‘zbekistonning SHHT doirasidagi ishtiroki, qo‘shni davlatlar bilan chegara
masalalari bo‘yicha olib borilayotgan muzokaralar va Afg‘onistondagi tinchlik jarayonlaridagi
vositachilik roli mintaqadagi barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan
tashqari, ushbu hamkorlik tashkiloti katta geografik hududni qamrab olib, sayyoramiz
aholisining qariyb yarmini birlashtiradi. Bugungi kunda SHHTga a’zo davlatlar yalpi ichki
mahsulotining umumiy hajmi jahon ko‘rsatkichining qariyb chorak qismini tashkil qilmoqda.
Bu esa endigina 20 yoshga to‘lgan ushbu mintaqaviy Tashkilot tomonidan dunyoning barqaror
rivojlanishiga qo‘shilayotgan hissasining salmog‘i yuksak ekanidan dalolat beradi. Shu o‘rinda
davlatimiz ShHT mamlakatlari, xususan, Rossiya, Xitoy markaziy Osiyo mamlakatlari bilan
asosiy savdo-iqtisodiy hamkori hisoblanadi hamda 2017-2023 yillar davomida ushbu tashkilot
bilan Tovar ayirboshlash hajmi 2,5 barobar, eksport hajmi 1,5 barobar, import hajmi 3,3
23
https://president.uz/oz/pages/view/strategy?menu_id=144
www.e-itt.uz
I SON. 2024
171
barobar oshdi. Shu bilan birga, ShHT mamlakatlari bilan tovar ayirboshlashning mamlakat
tashqi savdo aylanmasidagi ulushi ham 47,2 foizdan 50,1 foizga oshdi.
1-rasm. O’zbekistonning ShHT mamlakatlari bilan 2023-yildagi
savdo-iqtisodiy hamkorligi
Quyida berilgan rasmda ko‘rishimiz mumkin, 2023 yilda ShHT mamlakatlari O‘zbekiston
tashqi savdo aylanmasining 50,1 foizini (31,36 milliard dollar), eksport umumiy hajmining 36,6
foizini (8,94 milliard dollar) va importning 58,8 foizini (22,43 milliard dollar) tashkil etdi.
Boshqa mamlakatlarga yetkazib beriladigan eksportning umumiy hajmida oltinni (2023 yilda
8,15 milliard dollar) hisobga olmaganda, ShHT mamlakatlarining O‘zbekiston eksportining
umumiy hajmidagi ulushi 55 foizni tashkil etadi. 2023 yilda 2022 yilga nisbatan
O‘zbekistonning ShHT mamlakatlari bilan tovar aylanmasi 18,5 foizga o‘sib, 31 362,0 million
dollarni tashkil etdi, eksport 1,3 foizga kamayib, 8 936,3 million dollarni tashkil etdi, import
28,9 foizga o‘sib, 22 425,6 million dollarni tashkil etdi.
Davlatimiz Shimoliy va Janubiy Amerika davlatlari, xususan, AQSh bilan hamkorligi
kengaymoqda. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharqdagi ruhi, dini,
urf-odat va an’analari yaqin bo‘lgan musulmon sivilizatsiyasi mamlakatlari bilan bevosita
aloqalar o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘ldi. O‘zbekiston bilan ushbu mamlakatlar o‘rtasidagi
iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi ham ijobiy dinamikaga ega. So‘nggi statistik ma’lumotlarga
ko‘ra, mamlakatimizning asosiy eksport hamkorlari orasi Amerika qo‘shma shtatlari 22 –
o‘rindan 12o‘ringa ko‘tarilgani ham davlatlar o‘rtasidagi do‘stlik iqtisodiy-siyosiy
munosabatlar yildan yilga yaxshilanib borayotganini ko‘rishimiz mumkin. Shuningdek, oxirgi 6
yil ichida mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan Amerika kompaniyalari soni ikki baravarga,
AQSH bilan umumiy tovar va xizmatlar savdosi esa shu vaqt oralig‘ida uch baravardan oshgan.
Amerikaning mashhur kompaniyalari Caterpillar, John Deere, CNH Industrial, General Electric,
Hilton va Delphos International O‘zbekistondagi investitsiya hajmini oshirgan bo‘lsa, Air
Products’ning 1 milliard dollarlik investitsiyasi va Qashqadaryo viloyatidagi gazni qayta
ishlash zavodiga sarmoya kiritilgan. Bundan tashqari, 2023-yilning birinchi yarmida
O‘zbekistonning IT-eksporti hajmi o‘tgan yilga nisbatan 2,7 barobarga oshib, 145,3 million
dollarni tashkil etib Amerika bozori O‘zbekiston IT eksportining 45 %ini tashkil qiladi.
www.e-itt.uz
I SON. 2024
172
1-jadval
O‘zbekistonning Shimoliy va Janubiy Amerika davlatlari bilan tashqi savdo
aylanmasi dinamikasi (mln. AQSh dollar)
Davlatlar
2021
2022
2023
AQSh
426,3
493,2
657,3
Eksport
60,8
124,5
155,4
Import
365,5
368,7
501,9
Braziliya
350,1
554,6
656,6
Eksport
1,9
1,2
4,4
Import
348,2
553,4
652,3
O‘zbekistonning Qo‘shma Shtatlarga eksporti 2023-yilida 155,4 mln. dollarga yetdi va
o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 25% ga (301,6) ko‘paydi, import esa 36% ga o‘sdi. (2022-
yil 368,7 million, 2023-yilning mos davrida 501,9 million). Braziliya davlatining xuddi shu
ko‘rsatkichlariga qaraydigan bo‘lsak, tashqi savdo aylanmasi 2023 yilga kelib qariyb bir
baravarga o’sganini ko’rishimiz mumkin.
Shuningdek, Yangi O‘zbekiston rivojlanishda davom etar ekan, AQSh prezidenti Jo Bayden
ma’muriyati ham kengaygan va keng qamrovli strategik hamkorlikni ta’minlagan demokratik
va bozor islohotlarini qo‘llab-quvvatlamoqda. Amerika qo‘shma shtatlari davlat kotibi Entoni
Blinken 2023-yil mart oyida O‘zbekistonga tashrifi doirasida “Biz prezident Mirziyoyevning
islohotlar dasturini to‘liq amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash orqali imkoniyatlarni
kengaytirmoqdamiz. O‘zbekistonning mehnat huquqlari bo‘yicha erishgan yutuqlari ushbu kun
tartibi naqadar transformativ bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi” deb ta’kidlagan edi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi hamkorlik
uchun yangidan yangi imkoniyatlarni taqdim etmoqda. Shu bilan birga, yillik siyosiy
maslahatlashuvlar yaqinroq va mustahkam hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan Strategik
sheriklik muloqoti darajasiga ko‘tarildi. Ushbu yilda yuqori martabali delegatsiyalarning 20
martadan ortiq o‘zaro tashriflari, shuningdek, 150 martadan ko‘p siyosiy muloqotlar o‘tkazildi.
AQShning Markaziy Osiyo davlatlariga e’tibori oshib bormoqda.
Yangi O’zbekistonning inson manfaatlari ustuvorligi birinchi navbatda Amerika bilan
oddiy o‘zbeklar hayotini yaxshilashga qaratilgan bir qancha qo‘shma dasturlarga yo’l ochdi.
Buning natijasi olaroq, joriy 2024 yil 14-mayda AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)
tomonidan Qozog’iston shahrida o’tkazilgan “13-Markaziy Osiyoda Savdo Forumi (CATF)”
forumi bo‘lib o‘tdi. Ushbu forum “Savdo munosabatlari: xalqaro aloqalar ko`prigi” deb
nomlangan bo‘lib, mintaqadagi aloqa, savdo va savdo siyosatini rivojlantiruvchi asosiy savdo
tadbirlaridan biri hisoblanadi. CATF forumi tashkil topgandan beri, 25 ta davlatda 10.000 dan
ortiq hukumat va biznes rahbarlari o‘rtasida o‘zaro savdo aloqali o‘rnatgan bo‘lib, 32 mln.$ dan
ko‘p shartnomalar imzolangan. Ushbu forum doirasida Qozog‘iston Qirgʻiziston, Tojikiston,
Turkmaniston va Oʻzbekistondan 40 ta kompaniya tomonidan qishloq xoʻjaligi, toʻqimachilik,
kiyim-kechak va oziq-ovqat mahsulotlari namoyish etiladigan savdo yarmarkasi chet-ellik
xaridor va biznes xodimlari uchun tashkillashtirilgan. Oxirgi 20 yilda Markaziy Osiyo davlatlari
sezilarli yutuqlarga erishib, yuqori rivojlanish salohiyatiga ega bo‘ldi. O‘tgan yillar davomida
mintaqaning yalpi ichki mahsuloti real ko‘rinishda yillik o‘rtacha 6,2% ga ko‘payib, 347 mlrd.$
ini tashkil etdi. Mamlakatlar tashqi savdosi 2000 yildan qaraganda yeti baravar oshdi. 2022
yilda mintaqa davlatlarining eksport importi qariyb 190 mlrd. $ini tashkil etdi. Mamlakatimizni
Amerika davlati bilan mustahkamlanib borayotgan strategik hamkorligi Markaziy Osiyoda
tinchlik, xavfsizlik va farovonlikni ta’minlaydi. Bu esa o‘z navbatida mintaqa hududida tashqi
savdo va xalqaro munosabatlar muntazam rivojlanib borayotganini ko‘rsatadi.
24
www.e-itt.uz
I SON. 2024
173
Xulosa va takliflar.
Yangi O‘zbekistonning xalqaro munosabatlardagi o‘rni sezilarli darajada oshib bormoqda.
O’zbekiston xalqaro munosabatlarining eng muhim ustuvor yo‘nalishi qo‘shni, birinchi o‘rinda,
mintaqaviy davlatlar bilan aloqalar va har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va
musthakamlashdan iborat. Mamlakatning geosiyosiy joylashuvi, tashqi siyosiy islohotlari, va
iqtisodiy rivojlanish strategiyalari O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi muhim va nufuzli
davlatlardan biriga aylantirdi. Yangi O‘zbekiston o‘zining ko‘p vektorli tashqi siyosati orqali
Rossiya, Xitoy, AQSh, Yevropa Ittifoqi va qo‘shni davlatlar bilan o‘zaro manfaatli
munosabatlarni rivojlantirib, xalqaro maydonda faol ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston xalqaro tashkilotlarda, xususan BMT, SHHT va MDH kabi tuzilmalarda faol
ishtirok etib, mintaqaviy xavfsizlik, barqarorlik, va ekologik muammolarni hal qilishda muhim
rol o‘ynaydi. Mamlakatning iqtisodiy va investitsion siyosati tashqi savdo aloqalarini
diversifikatsiya qilish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, va yangi bozorlar bilan hamkorlik
o‘rnatishga qaratilgan. Xususan, Xitoyning “Bir Makon, Bir Yo‘l” tashabbusi doirasidagi
loyihalarda ishtirok, Yevropa Ittifoqi bilan savdo bitimlari va turizm sohasidagi muvaffaqiyatlar
mamlakatning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlaydi.
Madaniy va gumanitar sohalarda ham Yangi O‘zbekiston o‘zining boy tarixiy va madaniy
merosini xalqaro miqyosda targ‘ib qilib, turkiy davlatlar bilan aloqalarni rivojlantirishda,
shuningdek, islom dunyosida o‘z nufuzini oshirishda katta muvaffaqiyatlarga erishmoqda.
Xulosa qilib aytganda, Yangi O‘zbekistonning xalqaro munosabatlardagi o‘rni kuchayib,
mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalardagi yutuqlari nafaqat Markaziy Osiyo,
balki global miqyosda ham sezilarli ta’sirga ega bo‘lib bormoqda. Bu o‘z navbatida, Yangi
O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Adabiyotlar:
Farmon (2022) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-
2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF–60-
son
Joseph E. Stiglitz (2002) "Globalization and Its Discontents".
Mirsaidov M.S. (2006) “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar”. O’quv qo’llanma-T.: “IQTISOD-
MOLIYA”.
Mustafoqulova M. (2023) “O'zbekiston respublikasining xalqaro iqtisodiy aloqalari.
o'zbekistonning xalqaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish siyosati” maqola.
Nazarova G.G’., Iminov Z.M., Xalilov X.X., Hamidov O.B. (2011) “Jahon iqtisodiyoti va хalqaro
iqtisodiy munosabatlar”. Darslik – Toshkеnt.
O’zbekiston
Respublikasi
tashqi
iqtisodiy
faoliyat
axborotnoma
(2023)
https://stat.uz/uz/default/choraklik-natijalar/39033-2023-2
Stephen Mcglinchey, (2017) Rosie Walters va Christian Scheinpflug. - “International
Relations Theory”.
Theodore Moran (2011) "Foreign Direct Investment and Development".