Авторы

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aept.59553

Ключевые слова:

система высшего образования концепция развития учебная программа вузы инновации кредитный модуль образовательные программы основные задачи совета

Аннотация

Образовательные услуги, услуги по программированию, интеллектуальная собственность, инжиниринг и другие перспективные виды услуг, основанные на этапе развития системы высшего образования в процессе построения нового Узбекистана и перспективной работе и опыте быстрого развития, эффективного использования. имеющихся возможностей, рост экспорта услуг, считается одной из приоритетных задач, обеспечивающих переход на путь всестороннего благотворного развития инновационного развития нашей страны.


background image

www.e-itt.uz

I SON. 2024

159


OLIY TAʼLIM MUASSASALARIDA TAʼLIM SIFATINI BAHOLASHDA ILGʻOR XORIJIY

TAJRIBALAR VA MODELLARDAN FOYDALANISH

Shermuhammadov Bahromjon Bahodirjon oʻgʻli

Fargʻona davlat universiteti

ORCID: 0009-0004-1872-7504

fardu_info@umail.uz

Annotatsiya.

Yangi Oʻzbekistonni barpo etish jarayonida oliy taʼlim tizimining rivojlanish

bosqichi va kelgusida amalga oshiriladigan ishlari va rivojlangan davlatlar tajribasidan
foydalangan holda xizmatlarning innovatsion yoʻnalishlaridan boʻlgan taʼlim xizmatlari,

dasturlash xizmatlari, intellektual mulk, injenering va boshqa istiqbolli xizmatlar turlarini jadal

surʼatlarda rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanib, xizmatlar eksportini

oʻstirish asosida mamlakatimiz innovatsion rivojlanishi uchun har tomonlama foydali taraqqiyot

yoʻliga oʻtishni taʼminlaydigan ustuvor vazifalardan hisoblanadi.

Kalit soʻzlar:

oliy taʼlim tizimi, rivojlantirish konsepsiyasi, oʻquv reja, oliy taʼlim

muassasalari, innovatsiya, kredit-modul, taʼlim dasturlari, kengashning asosiy vazifalari, xalqaro

aloqalar, strategik maqsadlar


ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ПЕРЕДОВОГО ЗАРУБЕЖНОГО ОПЫТА И МОДЕЛЕЙ В ОЦЕНКЕ

КАЧЕСТВА ОБРАЗОВАНИЯ В ВЫСШИХ УЧЕБНЫХ ЗАВЕДЕНИЯХ

Шермуҳаммадов Баҳромжон Баҳодиржонович

Ферганский государственный университет

Аннотация.

Образовательные

услуги,

услуги

по

программированию,

интеллектуальная собственность, инжиниринг и другие перспективные виды услуг,

основанные на этапе развития системы высшего образования в процессе построения

нового Узбекистана и перспективной работе и опыте быстрого развития, эффективного

использования. имеющихся возможностей, рост экспорта услуг, считается одной из
приоритетных задач, обеспечивающих переход на путь всестороннего благотворного
развития инновационного развития нашей страны.

Ключевые слова:

система высшего образования, концепция развития, учебная

программа, вузы, инновации, кредитный модуль, образовательные программы, основные
задачи совета, международные отношения, стратегические цели.

UOʻK: 338.486(575.1)

I SON – IYUL-AVGUST

159-166


background image

www.e-itt.uz

I SON. 2024

160

THE USE OF ADVANCED FOREIGN EXPERIMENTS AND MODELS IN ASSESSING THE

QUALITY OF EDUCATION IN HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS

Shermuhammadov Bahromjon Bahodirjon ugli

Fergana State University

Abstract

Educational services, programming services, intellectual property, engineering

and other promising types of services based on the development stage of the higher education

system in the process of building a new Uzbekistan and the future work and the experience of
developed countries. rapid development, effective use of available opportunities, growth of export

of services is one of the priority tasks that ensure the transition to the path of all-round beneficial

development for the innovative development of our country.

Keywords

higher education system, development concept, curriculum, higher education

institutions, innovation, credit module, educational programs, main tasks of the council,

international relations, strategic goals.

Kirish.

Xizmatlar savdosi avval inson omili bilan bevosita bogʻliq boʻlgani uchun qiyin kechgan

boʻlsa, keyinchalik bilimlarga tayangan raqamli iqtisodiyotning rivoji xizmatlar xalqaro

savdosini yuritishda bir qator toʻsiqlarni bartaraf qildi va sohani innovatsion rivojlanishiga

asosiy turtki boʻldi. Internet, mobil aloqa vositalari, nanotexnologiyalar va boshqa intellektual

texnologik innovatsiyalar xizmatlar savdosini huddi tovarlar savdosi kabi deyarli moddiy
koʻrinishga keltirib qoʻymoqda. Kelajakda texnologiyalarning bunday virtual imkoniyatlarining

oshib borishi xizmatlar tezligini yanada oshirib uning tannarxini yanada tushirishi va xizmatlar

sohasining global bozorda yana katta ulushga ega boʻlishiga olib kelishi ehtimolini yuqori qilib

qoʻymoqda.

“Oʻzbekiston Respublikasida oliy taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish

konsepsiyasi”da xorijiy talabalarning ulushini 2019 yildagi 1 % dan 2025 yilgacha 10 % va

2030 yilgacha esa 15% ga olib chiqish (Farmon, 2019), hamda dasturlash xizmatlari xalqaro

savdosi boʻyicha “Raqamli Oʻzbekiston

-

2030” strategiyasida dasturiy mahsulotlar va axborot

texnologiyalari texnoparkining inkubatsiya va akseleratsiya dasturlariga kiritilgan startap-

loyihalar sonini 2020 yildagi 50 tadan 2025 yilgacha 700 taga, 2030 yilgacha esa 2300 taga olib

chiqish, shuningdek, dasturiy mahsulotlar eksportini 2020 yildagi 10 million dollardan 2025

yilgacha 100 million dollargacha, yaʼni, 10 barobar oshirish va ularni yalpi ichki mahsulot

(YaIM)ning axborot texnologiyalari sektoridagi

ulushini kamida 4 foizga koʻtarish strategik

maqsad qilib rejalashtirilgan (Farmon, 2019).

Adabiyotlar tahlili.

“Taʼlim xizmatlari insonning uzoq muddatga moʻljallangan, uning butun faol hayotining

barcha davri mobaynida jamiyatning raqobatbardosh aʼzosi boʻlib qolishga imkon beruvchi
vakolat (huquq)larini shakllantirishi lozim”

(

Константинов, Филонович

, 2005).

Xodiyevning (2012) maqolasida mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish

istiqbollaridan kelib chiqib, oʻrta muddatli istiqbolda oliy taʼlimda xizmatlar koʻrsatish
tizimining asosiy yoʻnalishlari taʼkidlangan boʻlib, maqolada ilmiy tadqiqotimizga oid masalalar

oʻrin olgan. Bu masalada olimlarning mulohazalari quyidagicha: “Oliy taʼlimda xizmat

koʻrsatishdan kutiladigan xususiy manfaat bu bevosita taʼlim oluvchilar uchundir. Taʼlim

xizmatlarining iqtisodiy natijalari shakli turlicha, yaʼni natura va pul koʻrinishida, bevosita va
bilvosita boʻlishi mumkin. Qoidaga koʻra, inson qanchalik yuqori darajada taʼlim olsa, u

shunchalik koʻp oylik maosh oladi (pul koʻrinishidagi samara), nufuzli ishga kirishda imkoniyati

oshadi (pul koʻrinishida boʻlmagan samara), ilmiy-texnik taraqqiyot tufayli boʻlayotgan

oʻzgarish va yangilanishlarga tezda moslashadi (bilvosita samara) (Гулямова,


background image

www.e-itt.uz

I SON. 2024

161

Абдурахмонова, 2004), “XXI asrning intellektual iqtisodiyotida yuqori malakali
mutaxassislarning mavqeyi oʻsib boradi. Shuning uchun, ... innovatsion loyihalar ishlab

chiqarish va joriy etishga qodir kadrlar tayyorlash respublika va hududlar miqyosida birinchi

darajali vazifa boʻlishi lozim” (Рахманбаева, 2012), “XXI asr – intellektual boylik, yuksak bilim

va salohiyat talab etadigan asr. Darhaqiqat, taraqqiyot yoʻlidan izchil rivojlanishda hal qiluvchi
muhim mezon zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallagan mutaxassislar hisoblanadi”

(Хамрақулов, 2011).

MDH davlatlari

olimlaridan biri Yu.A.Shevchenkoning asarida “Taʼlim xizmatlarining

shakllanishi, oliy taʼlim muassasalarida narxning shakllanishi va uning marketing strategiyasi,
taʼlim xizmatlariga narx belgilashning umumiy algoritmi, pullik taʼlim xizmatlari bahosini

aniqlashda xarajatlar usuli, oliy taʼlim muassasalarini moliyalashtirish, taʼlim xizmatlariga narx

belgilash bosqichlari, davlat oliy taʼlim muassasalarida narx belgilash siyosatining maqsadlari

kabi masalalar tadqiq qilingan” (Константинов, Филонович, 2005).

Shuningdek, V.S.Bajenovaning asarida “Taʼlim xizmatlarining shakllanishi, taʼlim

xizmatlarida marketing tadqiqotlarini amalga oshirish, taʼlim xizmatlariga talab va taklif
muvofiqligi, bitiruvchilarni ishga joylashtirishni tartibga solish, iqtisodiyotning

transformatsiyalashuvi sharoitida uzluksiz taʼlimni amalga oshirish siyosatining asosiy
yoʻnalishlari, bitiruvchilarni ishga

joylashtirishni tartibga solish mexanizmlari, oliy taʼlim

muassasalarida moliyaviy resurslarni diversifikatsiyalash jarayoni, taʼlim xizmatlari bozorida

raqobatni qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq tadqiqotlar olib borilgan” (Ходиев, 2012).

M.A.Lukashenko asarida “Taʼlim xizmatlarining xususiyatlari va shart-sharoitlari, oliy

taʼlim muassasalarini boshqarish tizimi, taʼlim xizmatlarida talab va taklifning shakllanishi,
mehnat bozori va taʼlim xizmatlari bozorining oʻzaro bogʻliqligi, bitiruvchilarni ishga

joylashtirish jarayoni, oliy taʼlimni rivojlantirish siyosatining maqsad va vazifalari, taʼlim

xizmatlari bozorida raqobatni shakllanishiga doir masalalar tadqiq qilingan”.

Rossiyalik

tadqiqotchi

L.V.Zaxarovaning tadqiqot ishida “Taʼlim xizmatlarining

rivojlanish xususiyatlari, taʼlim xizmatlari va mutaxassislar mehnat bozorining oʻzaro

bogʻliqligi, taʼlim xizmatlari tushunchasining mohiyati, mazmuni va tasnifi, taʼlim xizmatlari

bozorida raqobatni shakllanishi, taʼlim xizmatlariga talab va taklifning shakllanishi, oliy taʼlim

muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish, taʼlim xizmatlari bozorining strategik
rivojlanishi va marketing tadqiqotlari masalalari oʻrganilgan” (Гулямова, Абдурахмонова,

2004).

Tadqiqot metodologiyasi.

Maqolada oliy taʼlim xizmatlari sifatini baholash koʻrsatkichlari keyingi bir necha yillardan

beri taʼlim tizimining eksponensial oʻzgarishi jarayonlari bilan belgilanadi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Taʼlim olish maqsadida ilm izlovchilarning bir hududdan ikkinchi bir hududga yoki

mamlakatga koʻchib borish harakatlari dastlab eramizdan oldingi IV asrga borib taqaladi. XX
asrga kelib taʼlim xizmatlari savdosi faqat foyda koʻrish yoki biznes qilish uchun emas, balki,

kam rivojlangan mamlakatlarga ijtimoiy koʻmak sifatida koʻproq shakllangan va vaqt oʻtishi

ushbu innovatsion xizmat turining rivojiga olib keldi. Keyingi davrda, ingliz tili rasmiy til deb
tan olingan sanoati rivojlangan mamlakatlarda taʼlim xizmatlari rivojlantirildi. Bu holat taʼlimni,

aniqrogʻi, innovatsiyalarning tijoratlashtirilishini jadallashtirdi. Xususan, 1985-2000 yillarda

transmilliy taʼlim orqali offshor bozorlarda turli xalqaro darajadagi franchayzing va qoʻshma

dasturlar hamda hamkorlik (twinning) dasturlari taraqqiy qildi. XXI asrdan boshlab, Dubay,
Singapur, Shanxay, London, Doxa va boshqa shaharlarda “transmilliy taʼlim markazlari (hubs)”

larda offshor kampuslarlarning tashkil qilinishi taʼlim xizmatlari xalqaro savdosining yanada

jadal rivojlanishiga olib keldi. Bunga misol qilib Rossiya, Italiya, Malayziya, Yaponiya va Janubiy


background image

www.e-itt.uz

I SON. 2024

162

Koreya kabi davlatlar koʻplab kampuslarining Oʻzbekistonda ham joylashganligini bunga misol
qilib keltirish mumkin.

Mamlakatimiz taʼlim tizimi uchun yangi boʻlgan “Choice Based Credit system (CBCS) –

Oʻqitishning tanlovga asoslangan kredit tizimi” ni mamlakatimiz va uning mintaqalarida,

jumladan, Fargʻona davlat universitetida joriy qilinishi esa taʼlim xizmatlarining yanada
rivojlanishiga sabab boʻladi. Ushbu innovatsion tizimning joriy qilinishi taʼlimda nazoratni

kuchayishiga, talabalarning mustaqil izlanishiga, pedagoglar oʻrtasida kuchli raqobat

shakllanishiga, oʻquv dasturlarining jahon standartlariga yaqinlashishiga, tizimning

elektronlashishiga va, eng muhimi, milliy taʼlim tizimi imidjining jahon taʼlim bozori
standartlari darajasiga koʻtarilishiga olib keladi. Iqtisodiyot boʻyicha 2019 yilgi Nobel mukoffoti

sovdindorlarining taʼlim dasturlari boʻyicha olib borgan ilmiy izlanishlari natijalariga koʻra,

qisqa muddatli shartnoma asosida faoliyat olib boradigan pedagoglarning natijalari odatdagi

tizimga nisbatan yuqori samarali ekanligi, yaʼni, bir yillik yoki yuqori natija koʻrsatgan
pedagoglarga nisbatan uzoqroq muddatli shartnomalar orqali ishga yoʻllash taʼlim sohasi

rivojiga ijobiy xizmat qilishi aniqlangan. Malayziyalik iqtisodchi olim S.Y. Tam taʼlim xizmatlari
xalqaro savdosi rivojida shaffof qonunchilik mavjudligi, akkreditatsiyaning faqatgina

boshqaruvga yoki hujjatlarga emas, balki taʼlim sifatiga kuchli eʼtibor qaratilishi va
universitetlar nufuzi bilan bogʻliq ekanligini ilmiy tadqiq qilgan.

Bizning fikrimizcha, yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, innovatsion taʼlim xizmatlari –

bu oʻrganuvchilarga samarali, qiziqarli va oson uslubda bilimlarni yetkazib berishning yangicha

hamda noyob oʻrgatish texnologiyasidir. Oliy taʼlim muassasalari taʼlim berishning anʼanaviy

shakllaridan voz kechgan holda, oʻrganuvchilarda xato qilib qoʻyishdan choʻchimaslik va toʻliq
erkin holda gʻoyalarini yuzaga chiqarishga imkoniyat yaratib berish, deb hisoblaymiz.

Xizmatlari sohasida bugungi kunda kuzatilayotgan eng katta kamchilik, bu sohada

malakali kadrlarning yetishmasligidir. Faoliyat olib borayotgan koʻpchilik mutaxassislarning

faqatgina amaliy koʻnikmalarga egaligi, ham nazariy, ham amaliy tajribaga ega boʻlgan
mutaxassislar kamligi oliy taʼlim muassasalari taʼlim xizmatlari bilan bogʻliq turli

muammolarga sabab boʻlmoqda. Ushbu soha mutaxassislarini tayyorlash bilan bogʻliq taʼlim

tizimini toʻgʻri tashkil qilish, xorij tajribalarini oʻrganib kelish bilan bogʻliq tizimning yoʻlga

qoʻyilishi soha rivojiga xizmat qiladi.

Oliy taʼlim muassasalarida innovatsion xizmatlar turlarining koʻpayishi, ularning rivoji

mintaqada mavjud imkoniyatlar, shart-sharoitlar bilan birgalikda, ekzogen (tashqi) va endogen

(ichki) omillar bilan ham bevosita bogʻliq hisoblanadi. Ushbu yondashuvdan kelib chiqqan

holda, Oliy taʼlim muassasalarida innovatsion xizmatlarni rivojlantirish asosida bu omillarni
chuqur tahlil qilish va natijalarni amaliyotga izchil tatbiq qilish yotadi. Amalda innovatsiya

mamlakatlarning oʻzlari bilan bogʻliq boʻlmagan tashqi va ichki oʻzgarishlar bilan bevosita

bogʻliq boʻlgan endogen hamda aralash shakllardagi omillarga boʻlinadi. Mamlakatimizda

hozirgi davrga kelib koʻrsatilayotgan har qanday innovatsion xizmat turlarining YaIM

tarkibidagi ulushi hamda ularning xoh ichki boʻlsin, xoh tashqi savdodagi ulushi nisbatan kichik
hajmga ega. Innovatsion xizmatlar hajmi yildan-yilga rivojlanish tendensiyasiga ega boʻlsada,
taraqqiy qilgan mamlakatlardagi bilan respublikamiz va uning boshqa mintaqalaridagi natijalar

taqqoslanganda, ham sifat, ham hajm jihatdan ancha orqada ekanligi yuzaga chiqadi. Shu

sababdan ham, yangilanayotgan institutsional sharoitda, raqobatbardoshlikning eng muhim
tarkibiy qismi boʻlgan mintaqaviy iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi unda ilm, taʼlim,

ishlab chiqarish, moliyaviy, ijtimoiy faoliyatlarning bir-biri bilan chambarchas bogʻliq tarzda

shakllanishini nazarda tutadi.

Tadqiqotlar va tahlillar asosida oliy taʼlim muassasalarida xizmatlar bugungi kundagi

holati va uning kelajakda rivojlanishiga koʻplab ekzogen va endogen omillar taʼsirlari juda

yuqoriligini kuzatish mumkin. Xizmat koʻrsatuvchi subyektlar hamda ularning faoliyat yuritishi

bilan bogʻliq jarayonlarga taʼsir qiluvchi barcha omillar shartli ravishda ikki katta guruhga,

yaʼni, ekzogen va endogen omillarga boʻlib oʻrganildi. Nazarimizda omillarni bunday tasniflash


background image

www.e-itt.uz

I SON. 2024

163

va ular tahlili oliy taʼlim muassasalarida innovatsion xizmatlar rivojlanishi bilan bogʻliq
muammolarni hal qilish hamda yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni tezda bartaraf qilish imkonini

beradi va kelajakda soha jadal rivojida amaliy dastur boʻlib xizmat qiladi.

1-

rasm. Xizmat koʻrsatuvchi subyektlarni tashkil qilish va samarali faoliyatini

taʼminlashga taʼsir qiluvchi ekzogen va endogen omillar guruhlari tasnifi

Manba:

muallif tomonidan ishlab chiqilgan.

ekzogen omillar

endogen omillar

-

Toʻgʻri tashkil qilingan tashqi

-

iqtisodiy aloqalar

-

Integratsion aloqalar

-

Moliyaviy resurslar

-

Erkin savdo hududlari

-

Jahon talabidagi standartlar va boshqalar

Iqtis

odi

y

Fan

va tex

ni

ka

-

tex

nolo

gi

ya

-

Xizmat koʻrsatish turi

-

Daromadlar manbalari va taqsimlanishi

-

Subsidiya, moliyaviy yordam va zaxira

-

Faoliyat koʻlami darajasi va boshqalar

-

Geografik joylashuv

-

Tabiiy resurslar

-

Ekologik va sanitar gigiyenik vaziyat

-

Tabiiy-geografik ofatlar

-

Harorat, iqlim oʻzgarishlari va boshqalar

-

Milliy

qadriyatlar va anʼanalar

-

Diniy qarashlar

-

Tarixiy qadriyatlar va aloqalar

-

Aholining sohaga boʻlgan moyilligi

-

Ijtimoiy infratuzilmalar mavjudligi

-

Texnik va texnologik qurollanganligi

-

Fan-texnika yutuqlari joriy qilinishi

-

Xodimlar malakasining oshib borishi va
boshqalar

-

Xizmatlarning ekostandartlarga mosligi

-

Ekologik bilim, madaniyat va etika

-

Tabiiy ofat va iqlimiy oʻzgarishlardan

himoyalanish vositalari, jihozlari va

boshqalar

-

Xodimlarni har tomonlama ijtimoiy

himoyasi

-

Ijtimoiy ragʻbat tizimining yoʻlga

qoʻyilganligi

-

Yosh mutaxassislarni qoʻllab

-quvvatlash

va ustoz-shogird munosabatlari

-

Innovatsion texnologiyalarning jalb

qilinganligi

-

Sohaga ilmiy yondashuv

-

Infratuzilma darajasi

-

Texnopolis, texnoparklar hamda

markazlar tashkil qilinganligi va

boshqalar

-

Yuqori sifatli maʼlumotlar bazasini

shakllantirish

-

Hamkorlar bilan aloqalar va ular

oʻrtasidagi raqobatga oid maʼlumotlar

-

Tezkor va birlamchi axborotlar

olinishining innovatsion vositalari va

boshqalar

T

abi

iy

A

xb

orot

Ij

ti

m

oi

y

-

Ishchilar bilan aloqa va teskari aloqa

mavjudligi

-

AKT bilan taʼminlanganlik va ulardan

foydalanish darajasi

-

Xodimlarning kundalik maʼlumot bilan

taʼminlanganligi, kiberxavfsizlik va

boshqalar

-

Zamonaviy boshqaruv usullari

-

Xalqaro

tashkilotlarga aʼzolik

-

Ikki va koʻp tomonlama aloqalar

-

Malakali kadrlar, ular bilimini oshirish,

qayta oʻqitish va boshqalar

-

Qarorlarni ishlab chiqish va qabul

qilishda nazorat va monitoring

-

Sohada xodimlarning yetarli tajribaga

egaligi va layoqati

-

Ichki boshqaruv tizimi shaffofligi

-

Xodimlarning jamoaga sodiqligi va

boshqalar

T

as

hki

liy

-

Xalqaro huquqiy normalar

-

Sohaga oid huquqiy normalar va meyoriy

xujjatlar

-

Xalqaro huquqiy nazorat va monitoring

-

Hamkorlikka oid xalqaro huquqiy

shartnomalar, kelishuvlar va boshqalar

Huq

uqi

y

-

Mulkiy egalik qilish shakli va

xususiyatlari

-

Soha va xodimlar faoliyatining huquqiy

himoyalanganligi

-

Xodimlar huquqlari himoyasi

kafolatlanganligi

-

Qonun ustuvorligi va boshqalar


background image

www.e-itt.uz

I SON. 2024

164

Ushbu maqsadda oliy taʼlim muassasalarida xizmat koʻrsatuvchi subyektlar faoliyatini

tashkil qilish va barqarorligini taʼminlashga taʼsir qiluvchi ekzogen va endogen omillar turlari

va ularning tasnifini quyidagicha shakllantiramiz (1-rasm).

Iqtisodiyotda xizmat koʻrsatuvchilar faoliyatiga taʼsir qiluvchi omillarni mavjud nazariy

bilimlarga tayangan holda, ikkita katta, ekzogen va endogen guruhlarga, oʻz navbatida, bu
guruhlarni asosiy yettita kichik boʻlimlarga ajratgan holda tasniflandi.

Raqamli iqtisodiyot sharoitida xizmat koʻrsatuvchi subyektlar faoliyatini olib borish,

jahon standartlariga mos xizmatlarni tashkil etishda bevosita iqtisodiy qonuniyatlar muhim rol

oʻynashini inobatga olgan holda birlamchi omil sifatida iqtisodiy omillar qarab chiqildi. Bugungi
kunda mavjud koʻrsatilayotgan xizmatlarni kelajakda hajm va sifat jihatdan rivojlantirishda,

uning innovatsion turlarini amaliyotga tadbiq qilishda eng muhim omilni iqtisodiy omil tashkil

qiladi.

Ekzogen omillar sifatida, innovatsion xizmatlar koʻrsatilishida rivojlangan mamlakatlar

tajribasi muhim rol oʻynashini inobatga olib, tashqi iqtisodiy aloqalar va integratsion aloqalar

oʻrnatilishi bevosita taʼsirga ega. Innovatsiyalar amaliyotda katta hajmdagi investitsiya bilan
bogʻliqlikda rivojlanadi. Buning uchun tashqi moliyaviy resurslar zarurligi, investorlar

faoliyatini tashkil qilishiga jozibador muhit, yaʼni, erkin savdo hududlarining tashkil qilinishi va
natijada jahon standartlariga mos xizmatlar koʻrsatilishi bilan bogʻliq omillar ijobiy taʼsirga ega

hisoblanadi.

Endogen iqtisodiy omillar sifatida, oliy taʼlim muassasalarida diversifikatsiyasi,

daromadlar manbalari va taqsimlanishining sifati, islohotlar davrida davlatning moliyaviy

koʻmagi hamda subsidiyalar koʻlami va boshqa omillar taʼsir doirasi kengligi inobatga olindi.

Shuningdek, oliy taʼlim muassasalarida xizmatlarni tashkil etishda milliy qadriyatlar,

diniy qarashlar, ragʻbat va munosabatlar, aholi qiziqishi, intellektual salohiyati va ijtimoiy

himoya darajasi bilan bogʻliq munosabatlarni inobatga olgan holda endogen va ekzogen

ijtimoiy omillar ham oʻrganildi.

Barcha sohalarda boʻlgani kabi, faoliyat turining geografik joylashuvi, resurslarning

mavjudligi, ekologik holat, iqlim oʻzgarishlari va boshqa tabiiy jarayonlar hamda xizmatlarning

ekostandartlarga mosligi, aholining ekologik bilim, madaniyat va etikasi taʼsirlarini inobatga

olib, xizmatlar sohasida endogen va ekzogen tabiiy omillar ham katta taʼsirga ega

Toʻrtinchi guruh sifatida fan va texnik-texnologik omillar keltirilgan boʻlib, bunda asosiy

eʼtibor innovatsion texnologiyalarning jalb qilinganligi, oliy taʼlim muassasalarida ilmiy

yondashuv, infratuzilma darajasi va boshqa shart-sharoitlarga qaratilgan. Bevosita taʼlim

xizmatlarini koʻrsatishda tadqiqot obyekti boʻlganligini eʼtiborga olib, bu muhim omillarning
ISO 9001: 2000 standartining isteʼmolchilar ehtiyojlari hamda talablarining qanchalik

qondirilganligini baholaydigan sifat menejmenti tizimi eʼtiborimizda boʻldi.

Oliy taʼlim muassasalarida innovatsion xizmatlar turlarini rivojlantirishda qarorlarni

toʻgʻri va oʻz vaqtida qabul qilish lozim. Faoliyat barqarorligiga erishishda axborot sifati,

ishonchliligi, xavfsizligi, jarayonning yuqori zamonaviy dastur hamda AKT vositalari va

jihozlari bilan taʼminlanishida axborot omillarining muhim ahamiyat kasb etishi inobatga

olindi.

Mamlakatimizda azaldan nufuzli oliy taʼlim, tibbiyot oʻquv va oʻrta maxsus bilim yurtlari

sonining koʻpligi, qoʻshni Turkmaniston va Qozogʻistonning chegara viloyatlaridan bizdagi
taʼlim va tibbiy xizmatlariga boʻlgan ehtiyojning yuqori ekanligini koʻrsatmoqda. Bu omil

istiqbolda, mavjud imkoniyatlardan yanada unumli foydalanib va kengaytirib, soha xizmatlari

xalqaro savdosini jadal surʼatlarda rivojlantirishga asos boʻladi.

Shu oʻrinda Amerikaning xalqaro oʻqituvchilar taʼlim va almashinuvga ixtisoslashgan

dunyodagi eng yirik notijorat birlashmasi (NAFSA) AQShning 509 ta universitetlari orasida

taʼlim xizmatlari eksportiga aks taʼsir qiladigan omillar boʻyicha soʻrovnoma natijalarini

keltiramiz (1-jadval).


background image

www.e-itt.uz

I SON. 2024

165

1-jadval

Taʼlim xizmatlari eksportiga aks taʼsir qiladigan omillar

22

Roʻyxatdan oʻtishni rad etish sababi

2021 Kuzgi

semestr (%)

2022 Kuzgi

semestr (%)

2023 Kuzgi

semestr (%)

Viza olish jarayonidagi kechikishlar yoki
rad etish

34

68

83

Ijtimoiy va siyosiy muhit

15

57

60

Boshqa davlat universitetlaridan
roʻyxatdan oʻtish

19

54

59

Oʻqish narxi

51

55

57

Oʻzini noqulay his qilishi

-

49

50

Ish bilan taʼminlanganlik

-

41

44

Xavfsizlik

12

33

44

Soʻrovning birinchi yilida eng yuqori koʻrsatkich oʻqish narxining yuqoriligi boʻlsa, 2022

yilga kelib, viza munosabatlari eng yuqoriga chiqqan va soʻnggi, 2023 yilda ham deyarli 83%

talabalar viza olish bilan bogʻliq muammolarga uchraganliklarini maʼlum qilganlar. Shu bilan
birga, qolgan barcha 6 ta yoʻnalishda ham dastlabki yilga nisbatan oʻsish, yaʼni, muammolar

koʻpayganligi maʼlum boʻlgan va buning oqibatida dunyo boʻyicha AQShda taʼlim oluvchilar

hajmi umumiy 28% dan 21%gacha pasaygan.

Avstraliyadagi bitiruvchilarga oʻqishdan keyin qolib, 18 oy ishlashi mumkinligi

toʻgʻrisidagi qonun 2023 yilda roʻyxatdan oʻtgan talabalar hajmining 15% ga oshishiga va

Kanadada bitiruvchilarga uch yillik ishchi vizasining berilishi esa 2022 yilda bu mamlakatda

roʻyxatdan oʻtgan talabalar hajmining 20 % oʻsishiga olib kelgan.

Fikrimizcha, oliy taʼlim tizimini ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlaridan

kelib chiqqan holda, fan, taʼlim va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasini taʼminlash

asosida taʼlim sifatini yaxshilash, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion

faoliyatni samarali tashkil etish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida ishlab

chiqilganligi asoslangan ustuvor tarmoqlar jadal rivojlanishi bilan mamlakat iqtisodiyoti uchun
multiplikator samaradorligini berishda katta ahamiyat kasb etadi.

Xulosa va takliflar.

Yuqorida belgilangan vazifalar va amaliy natijalar asosida quyidagi taklif va tavsiyalar

berildi:

Taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda axborot texnologiyalarini

rivojlantirishga qaratilgan amaliy “Bir million oʻzbek dasturchilari” loyihasi, hududlarda IT

parklari markazlari va biznes inkubatorlarining tashkil qilinishi bilan bogʻliq jarayonlar taklif

qilinayotgan bu konseptual chora-tadbirlarning kelajakda albatta natijalaridan boʻladi.

Taʼlim sohasida amalga oshiralayotgan islohotlar, taʼlimga kredit tizimining joriy qilinishi,

oylik maoshlarning oshirilishi, fanlar sonini qisqartirish boʻyicha takliflarning ishlab
chiqilganligi kelajakda albatta oʻz mevasini beradi. Albatda, taʼlim xizmatlari savdosi bilan

jahon bozoriga kirish va kuchli raqobatga moslashish uchun yuqoridagilarning oʻzi kamlik
qiladi. Taʼlim xizmatlari bilan jahon bozoriga kirish uchun kuchli tajribaga ega boʻlgan taʼlimda

katta yutuqlarga erishgan mamlakatlar tajribasidan foydalanish talab qilinadi. Albatta, ushbu

erishilgan natijani saqlab qolish va kelajakda yanada rivojlantirish uchun kelajakda qoʻshni va

boshqa turli imkoniyatlari yuqori boʻlgan Osiyo mamlakatlari bilan geosiyosiy, savdo-iqtisodiy,
madaniy-tarixiy aloqalarni yanada kuchaytirish hamkorlikda faoliyatni takomillashtirish

yaxshi samaralar beradi.

22

NAFSA.org Butun jahon pedagoglar jurnali ramiy sayti.


background image

www.e-itt.uz

I SON. 2024

166

Adabiyotlar:

Farmon (2019) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktabrdagi PF-5847-son

“Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini

tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoniga 1-ilova. [https://lex.uz/docs/4545884]

Farmon (2020) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktabrdagi PF-6079-son

“Raqamli Oʻzbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-

tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga 1-ilova. [https://lex.uz/docs/5030957]

Гулямова С.С., Абдурахмонова К.Х. (2004) Образование в системе человеческого

развития: мировая практика и опыт Узбекистана // Под ред. акад. Гулямова С.С., акад.
Абдурахмонова К.Х. – Ташкент. – 170 с.

Гулямова С.С., акад. Абдурахмонова К.Х. (2004) Образование в системе человеческого

развития: мировая практика и опыт Узбекистана // Под ред. акад. Гулямова С.С., акад.

Абдурахмонова К.Х. – Ташкент. – 170 с.

Константинов Г.Н., Филонович С.Р. (2005) Университеты, общество знания и

парадоксы образования // Вопросы образования. 4. – с.106-126.

Константинов Г.Н., Филонович С.Р. (2005) Университеты, общество знания и

парадоксы образования // Вопросы образования. – 4. – с.106-126.

Рахманбаева Р.А. (2012) Управление интеллектуальным потенциалом вузов в

условиях интеграции образования и производства. Автореф.дисс. ... д-ра эконом. наук. –

Ташкент, – 50 с.

Хамрақулов Ж. (2011) Демократик ўзгаришларни чуқурлаштириш шароитида

кадрлар тайёрлашда таълим тизимининг ўрни ва роли // Иқтисодиёт ва таълим. –
Тошкент: № 2, – Б. 5-8.

Ходиев Б.Ю. (2012) Приоритеты развития высшего образования // Подготовка

образованного и интеллектуально развитого поколения – как важнейшее условие

устойчивого развития и модернизации страны. Сборник статей международной
конференции. 16-17 февраля 2012 года. – Т., – С. 36-40.

Ходиев Б.Ю. (2012) Приоритеты развития высшего образования // Подготовка

образованного и интеллектуально развитого поколения – как важнейшее условие

устойчивого развития и модернизации страны. Сборник статей международной
конференции. 16-17 февраля 2012 года. – Т., – С. 36-40.


Библиографические ссылки

Farmon (2019) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktabrdagi PF-5847-son “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoniga 1-ilova. [https://lex.uz/docs/4545884]

Farmon (2020) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktabrdagi PF-6079-son “Raqamli Oʻzbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga 1-ilova. [https://lex.uz/docs/5030957]

Гулямова С.С., Абдурахмонова К.Х. (2004) Образование в системе человеческого развития: мировая практика и опыт Узбекистана // Под ред. акад. Гулямова С.С., акад. Абдурахмонова К.Х. – Ташкент. – 170 с.

Гулямова С.С., акад. Абдурахмонова К.Х. (2004) Образование в системе человеческого развития: мировая практика и опыт Узбекистана // Под ред. акад. Гулямова С.С., акад. Абдурахмонова К.Х. – Ташкент. – 170 с.

Константинов Г.Н., Филонович С.Р. (2005) Университеты, общество знания и парадоксы образования // Вопросы образования. 4. – с.106-126.

Константинов Г.Н., Филонович С.Р. (2005) Университеты, общество знания и парадоксы образования // Вопросы образования. – 4. – с.106-126.

Рахманбаева Р.А. (2012) Управление интеллектуальным потенциалом вузов в условиях интеграции образования и производства. Автореф.дисс. ... д-ра эконом. наук. – Ташкент, – 50 с.

Хамрақулов Ж. (2011) Демократик ўзгаришларни чуқурлаштириш шароитида кадрлар тайёрлашда таълим тизимининг ўрни ва роли // Иқтисодиёт ва таълим. – Тошкент: № 2, – Б. 5-8.

Ходиев Б.Ю. (2012) Приоритеты развития высшего образования // Подготовка образованного и интеллектуально развитого поколения – как важнейшее условие устойчивого развития и модернизации страны. Сборник статей международной конференции. 16-17 февраля 2012 года. – Т., – С. 36-40.

Ходиев Б.Ю. (2012) Приоритеты развития высшего образования // Подготовка образованного и интеллектуально развитого поколения – как важнейшее условие устойчивого развития и модернизации страны. Сборник статей международной конференции. 16-17 февраля 2012 года. – Т., – С. 36-40.