www.e-itt.uz
I SON. 2024
363
O‘ZBEKISTONNING YASHIL ENERGIYA SALOHIYATINI
OSHIRISH YO‘NALISHLARI
PhD
Toshboyev Bekzod Baxtiyorovich
Guliston davlat universiteti
Annotatsiya.
Bugungi kunda dunyo mamlakatlarida yashil energetikani rivojlantirish
hukumat siyosatining ustivorliklari sifatida qaralmoqda. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur
maqolada mamlakatda yashil energetikani rivojlantirish masalalari muhokama qilingan.
Kalit so‘zlar:
yashil iqtisodiyot, yashil texnologiyalar, yashil o‘sish, quyosh energiyasi,
shamol energiyasi, energetika subsidiyalari, energetika investitsiyalari.
НАПРАВЛЕНИЯ НАРАЩИВАНИЯ ПОТЕНЦИАЛА ЗЕЛЕНОЙ
ЭНЕРГЕТИКИ УЗБЕКИСТАНА
PhD
Ташбоев Бекзод Бахтиярович
Гулистанский государственный университет
Аннотация.
сегодня развитие зеленой энергетики в странах мира
рассматривается как приоритет государственной политики. Исходя из этого, в данной
статье обсуждается развитие зеленой энергетики в стране.
Ключевые слова:
зеленая экономика, зеленые технологии, зеленый рост, солнечная
энергия, энергия ветра, энергетические субсидии, энергетические инвестиции.
DIRECTIONS OF BUILDING THE POTENTIAL OF GREEN
ENERGY IN UZBEKISTAN
PhD
Tashbayev Bekzod Bakhtiyarovich
Gulistan State University
Abstract.
Today, the development of green energy in the countries of the world is
considered as a priority of state policy. Based on this, this article discusses the development of
green energy in the country.
Keywords:
green economy, green technologies, green growth, solar energy, wind energy,
energy subsidies, energy investments.
UOʻK: 330.342.24
363-370
I SON – IYUL-AVGUST
www.e-itt.uz
I SON. 2024
364
Kirish.
Dunyo davlatlarida iqlim o‘zgarishlarini salbiy oqibatlari chuqurlashib borar ekan, jahon
hamjamiyati bu muammoning oqibatlari bilan emas balki sabablari bilan kurashish eng to‘g‘ri
yo‘l ekanligini anglab yetmoqda.
Qayta tiklanadigan energiya - bu tabiiy manbalardan olinadigan energiya, ular iste'mol
qilinganidan ko‘ra tezroq tiklanadi. Quyosh nurlari va shamol, masalan, doimiy ravishda
to‘ldirilib boriladigan shunday manbalardir. Qayta tiklanadigan energiya manbalari yetrli
darajada hisoblanadi.
Qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarish qazib olinadigan yoqilg‘ilarni yoqishdan
olinadigan energiyaga qiyoslaganda tabiatga deyarli zarar yetkazmaydi. Shuning uchun ham
hozirgi vaqtda chiqindilarning asosiy ulushini tashkil etuvchi qazib olinadigan yoqilg‘idan
qayta tiklanadigan energiyaga o‘tish iqlim inqirozini hal qilishning kalitidir.
Qayta tiklanadigan energiya hozirda aksariyat mamlakatlarda arzonroq va qazib
olinadigan yoqilg‘iga qaraganda uch baravar ko‘p ish o‘rinlarini yaratadi
So‘nggi o‘n yillikda quyosh panellarini ishlab chiqarish narxi keskin tushish
tendensiyasini ko‘rsatmoqda, bu ularni nafaqat arzon, balki ko‘pincha elektr energiyasining eng
arzon shakliga aylantirdi. Quyosh panellari taxminan 30 yil xizmat qiladi va ishlab chiqarishda
ishlatiladigan material turiga qarab turlicha bo‘ladi.
Shamol energiyasi esa, quruqlikda yoki dengizda joylashgan yirik shamol turbinalari
yordamida harakatlanuvchi havoning kinetik energiyasidan vujudga keladi. Shamol energiyasi
ming yillar davomida ishlatilgan, ammo so‘nggi bir necha yil ichida quruqlikdagi va dengizdagi
shamol energiyasi texnologiyalari ishlab chiqarilgan elektr energiyasini maksimal darajada
oshirish uchun rivojlandi - balandroq turbinalar va katta diametrli rotorlar bilan
jihozlanmoqda. 2023-yilda energiyaga global miqyosda 2,8 trillion dollar sarmoya kiritilishi
rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 1,7 trillion dollar (61%)dan ortig‘i toza texnologiyalarga,
jumladan qayta tiklanadigan manbalar, elektr transport vositalari, atom energetikasi,
tarmoqlar, saqlash, kam emissiyali yoqilg‘ilar, samaradorlikni oshirishga yo‘naltirilishi
kutilmoqda, qolgan 1 trillion dollardan sal ko‘proq qismi ko‘mir, gaz va neft asososida energiya
ichlab chiqaruvchi sohalarga ajratilmoqda
Adabiyotlar sharhi.
Umuman “Yashil”iqtisodiyotga o‘tish masalasining zarurligi global miqyosda 2012-yil
Meksikaning Los-Kabosda shaxrida “Katta yigirmatalik” (G20) samitida ko‘tarilib, keyinchalik
bir qator mamlakatlarning taraqqiyot strategiyalarida aks eta boshladi. O‘zbekistonda 2022-yil
2-dekabrda Prezidentning PQ-436 “2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasining “yashil”
iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi qarori (Qaror, 2022). 16-fevral 2023-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy
etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-57-son qarorilari (Qaror, 2023) qabul
qilindi, bu qarorlar ijrosini ta’minlash uchun amaliy ishlar olib borilmoqda.
Mashhur ingliz iqtisodchi olimi Artur Pigu (1929) “Sanoat tebranishlari” (Industrial
Fluctuations, 1929) asarida tashqi tasirlarni neytrallashtirish nazariyasini asoslab uglevodorod
chiqindilariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri soliq belgilashning ahamiyatini tushuntirib bergan. Biroq
ta’sirlarni implementatsiya qilish o‘lchashning ratsionalligini idrok qilish hozirgacha qarama-
qarshi munozaralarni keltirib chiqarmoqda. Tabiat insoniyat oldigan shunday muammolarni
ko‘ndalang qo‘ymoqdaki, insoniyat yashab qolishi uchun ekologik muammolarni tezroq
bartaraf etishi, insoniyat oldidagi asosiy vazifaga aylanib ulgurdi.
35
https://www.iea.org/reports/world-energy-outlook
36
www.e-itt.uz
I SON. 2024
365
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqotning nazariy va uslubiy asoslarini maxalliy va horijiy olimlarning “Yashil
iqtisodiyot” va qayta tiklanuvchi energiya resurslariga bag‘ishlangan ilmiy izlanishlari
natijalari, Halqaro energetika agentligi (IEA) tadqiqotlari va ushbu sohada qabul qilingan
Prezident qarorlari va hukumat dasturlari asos bo‘ldi. Tadqiqotning uslubiyoti energetika
sohasidagi tendensiyalar tizimli-funksional va dialektik o‘zaro bog‘liklikda tadqid qilingan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Mutaxasislarning fikricha, Mamlakatimizda bir yilda 300-320 kun atrofida quyoshli kun
bo‘lganligi sababli, bu sohaning imkoniyatlari ulkan.
O‘zbekiston Respublikasida 2017-yildan so‘ng olib borilayotgan pragmatik siyosat
natijasida iqtisodiyot o‘sib, aholining turmush darajasi oshmoqda bu esa elekter energiyasiga
bo‘lgan talabning muttasil oshib borishi kuzatilmoqda.
Mamlakatimiz 2030-yilgacha 25 gigavatt quvvatdagi qayta tiklanuvchi energiya
manbalarini yaratishni va energiya balansida uning ulishini 40 foizga yetkazishni maqsad
qilgan. 2023-yilda 2 gigavat quvvatdagi yirik shamol va quyosh elektr stansiyalarini ishga
tushirmoqda. Shuningdek “yashil vodorod” ishlab chiqarish sohasida ham ilk qadamlar
qo‘yilmoqda
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatish, iste’molchilarni muqobil
energiyaga o‘tkazish va energiya tejamkor texnologiyalarni joriy qilish orqali 2023-yilda
qo‘shimcha 5 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish va 4,8 milliard metr kub
tabiiy gazni iqtisod qilish, ushbu maqsadlarga jami 15.4 milliard AQSH dollari miqdoridagi
mablag‘larni yo‘naltirish, shu jumladan 13,4 milliard AQSH dollari – davlat-sheriklik loyihalari
doirasida investorlar mablag‘lari, 1,1 milliard AQSH dollari –tijorat banklari kreditlari, 610
million AQSH dollari – korxonalarning o‘z mablag‘lari, 150 million AQSH dollari – xorijiy
moliyaviy tashkilotlarning mablag‘lari va 100 million AQSH dollari ekvivalentidagi Davlat
byudjeti mablaglari yo‘naltirilishi rejalashtirilgan (Qaror, 2023).
1-jadval
Muqobil energiya manbalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish, mln. kVt. Soat, *
Ma’lumotlar 2015 yildan yig‘iladi
(Mirziyoyev, 2022)
Nomi
2015
2016
2017
2018
2019
2020
2021
2022
Quyosh elektr stantsiyalari
tomonidan ishlab chiqarilgan elektr
energiyasi *
0,003
0,3
0,7
0,2
0,1
0,03
49,0
435,8
Shamol elektr stantsiyalari
tomonidan ishlab chiqarilgan elektr
energiyasi*
-
-
-
-
15,5
-
1,2
-
O‘zbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi energiya holatini tahlil qiladigan bo‘lsak, bu
sohada 2015-yildan boshlab statistik ma’lumotlar shakillantirib kelenmoqda, 2015-yilda
Quyosh elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan energiyasi 0.003 mln kVt.soat bo‘lgan
bo‘lsa, 2021-yilda bu ko‘rsatkich 49.0 mln kVt.soatni tashkil etib umumiy ishlab chiqarilgan
elektr energiyasidagi ulushi 0.07% izni tashkil qilgan (2021-yilda Respublikamizda 71364,6
mln kVt.soat, 2022-yil dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra 74269,3 mln kVt.soat elektr energiyasi
ishlab chiqarilgan) 2022-yilgi daslabki ma’lumotlariga taqqoslasak bu ko‘rsatkich 0.6%izni
tashkil etadi. Bu ko‘rsatkichlar hozirgi zamon talablariga, qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun
juda kam dep hisoblaymiz (1-jadval).
37
www.e-itt.uz
I SON. 2024
366
1-rasm. Yashil texnologi narxlari AQSH dollari/kVt soat (nominal narxlar)
Manba:
xalqaro energiya agentligi
https://www.iea.org/reports/world-energy-outlook
ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi).
O‘zbekistonda Ilk bor 100 foiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar hisobidan Karmana
va Nurobod tumanlarida 2 ta quyosh stansiyasi ishga tushirilib, shu kunga qadar 1 milliard
kilovatt soat “yashil” elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Navoiy viloyatining Tomdi tumanida
barpo etilayotgan zamonaviy shamol stansiyasining 100 megavatti ishga tushirilmoqda.
“Gezhouba” kompaniyasi bilan esa Buxoro va Qashqadaryo viloyatlaridagi quyosh
stansiyalarining dastlabki 400 megavattli generasiyasi boshlanadi (Абдувохидов и др. 2022).
Yashil energiya ishlab chiqarish sohasini Halqaro energiya agentligi (IEA-International
Energy Agency) ma’lumotlariga tayanib tahlil qiladigan bo‘lsak, shamol turbinalari, quyosh
panellari, elektro mobil bateriyalari, energiya saqlovchi bateriyalarni ishlab chiqarish va
o‘rnatish narxlari tushush tendensiyasida ekanligini ko‘rishimiz mumkin (1-rasm).
Qushosh panellari narxi 2014-yilda har bir kVt soati uchun 150-160 AQSH dollaridan
2022-yilda 70-80 AQSH dolariga, Shamol turbinalari narxi 2014-yilda har bir kVt soati 1240-
260 AQSH dollaridan 2022-yilda 170-180 AQSH dolariga, Elektro avtomabil akkumlyatorlari
2014-yilda har bir kVt soati 500-550 AQSH dollaridan 2022-yilda 140-150 AQSH dolariga,
Energiya saqlovchi bateriyalar narxi 2014-yilda har bir kVt soati 350-360 AQSH dollaridan
2022-yilda 210-215 AQSH dolarigacha pasayganini ko‘rishmiz mumkun. Bu ijobiy tendensiya
keying yillarda ham davom etishi kutilmoqda.
Toza energiya uskunalarining narh indeksi umumiy holatda 2014-yil 230-240 million
AQSH dollari bir megavatt uchun talab qilingan bo‘lsa bu ko‘rsatkich 2022-yilga kelib 100-110
million AQSH dollarigacha kamaydi (2-rasm). Bu dunyo mamlakatlari xukumatlari oldiga
energetika sohasidagi qarorlarini qabul qilishda bu ijobiy tendensiyalarni ham hisobga olishiga
majburlamoqda.
0
100
200
300
400
500
600
2014
2015
2016
2017
2018
2019
2020
2021
2022
Quyosh panellari
Shamol turbinalari
Elektr avtomobil akkumulyatori
Energiya saqlovchi batareyalar
Energiya
saqlovchi
Shamol turbinalari
Elektr avtomobil akkumulyatori
Quyosh panellari
www.e-itt.uz
I SON. 2024
367
2-rasm. Toza energiya uskunalari narx indeksi Million AQSH dollari/megavatt
(nominal narxlar)
Manba:
xalqaro energiya agentligi
https://www.iea.org/reports/world-energy-outlook
ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi).
Umuman dunyo davlatlari “Yashil energetika” tizimiga investitsiya kiritish jarayoni ham
yil sayin jadallashib bormoqda, masalan, ohirgi uch yilda Energiya ishlab chiqarishga global
yillik investitsiyalarni tahlil qiladigan bo‘lsak, 2020 yilda Qushosh elektr stansiyalari sohasiga
215 milliard AQSH dollariga yaqin, Shamol elektr stansiyalariga 180 milliard AQSH dollariga
yaqin, ko‘mirda ishlaydigan elektr stansiyalariga 60 milliard AQSH dollariga yaqin, tabiiy gazda
ishlaydigan elektr stansiyalariga 40 milliard AQSH dollariga yaqin investitsiyalar kiritilgan
bo‘lsa, bu ko‘rsankich 2023-yil yakunlari bo‘yicha Qushosh elektr stansiyalari sohasiga 360
milliard AQSH dollaridan ortiq yoki 2020-yilga nisbatan 68% ga ko‘proq, Shamol elektr
stansiyalariga 215 milliard AQSH dollaridan ortiq yoki 2020-yilga nisbatan 19% ga ko‘proq,
ko‘mirda ishlaydigan elektr stansiyalariga 40 milliard AQSH dollariga yaqin yoki 2020-yilga
nisbatan 34% ga kam investitsiya qilingan bo‘lsa, tabiiy gazda ishlaydigan elektr stansiyalariga
50 milliard AQSH dollariga yaqin yoki 2020-yilga nisbatan 25% ga ko‘p investitsiyalar kiritilishi
kutilmoqda. Yoqoridagi tahlil natijalaridan hulasa qilish mumkinki yashil energetika sohasiga
ko‘proq e’tibor bermoqda va bu ko‘rsatkichlar yil sayin jadallashmoqda (3-rasm).
O‘zbekiston Respublikasi ham oxirgi yillarda yirik shamol va qusosh elektr stansiyalarini
qurish jarayonlarini jadallashtirmoqda, aholi tomonidan oshiqcha ishlab chiqarilgan “yashil”
elektr energiyasini “Yashil” tariflar asosida sotib olish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Qayta tiklanuvchi
energiya manbaalarini sotib olishda imtiyozlar subsidiyalar berilmoqda.
3-rasm. Energiya ishlab chiqarishga global yillik investitsiyalar. milliard AQSH dollari
Manba:
xalqaro
energiya
agentligi
https://www.iea.org/reports/world-energy-outlook
ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi).
0
50
100
150
200
250
300
2014
2015
2016
2017
2018
2019
2020
2021
2022
Toza energiya uskunalari narx indeksi
215
180
60
41
260
160
50
43
320
185
46
48
357
230
43
50
0
50
100
150
200
250
300
350
400
Quyosh panellari
Shamol turbinalari
Ko'mir
Tabiiy gaz
2020
2021
2022
2023 taxminiy
www.e-itt.uz
I SON. 2024
368
Umumiy qiymati 150 milliard dollarlik 500 dan ziyod yirik sanoat va infratuzilma
loyihalarini amalga oshirishni ko‘zlayapmiz. Bu ulug‘vor niyatlarimizga erishish uchun bizga
kafolatli va barqaror energiya resurslari suv bilan havodek zarur. Hisob-kitoblarimizga ko‘ra,
kelgusi olti yilda mamlakatimizda elektr energiyasiga bo‘lgan talab hozirgi 83 milliarddan 120
milliard kilovatt soatga o‘sishi kutilmoqda. Buni, birinchi galda, qayta tiklanadigan energiya
hisobidan qoplaymiz (Абдувохидов и др. 2022).
Tabiiy haqli savol tug‘iladi halq uchun energetika resurslari Davlat byudjetidan
moliyalashtirilsa buning nimasi yomon?! Masalaning asl mantig‘i shundaki bizning nazarimizda
bu subsidiyalar maqsadlimi?, adolatlimi?, ratsionalmi?... degan haqli savollar o‘rtaga chiqadi.
O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 68-moddasida “Yer, yerosti boyliklari, suv,
o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar umummilliy boylikdir, ulardan
oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir…”
, asosiy qomusimizda shunday
ekan bu tartib-tamoilni yuqoridagi savollar asosida mantiqiy tahlil qiladigan bo‘lsak,
O‘zbekiston aholisining 100% ga yaqini to‘liq elektr energiyasi bilan ta’minlangan, tabiiy gaz
bilan taminlanish darajasi esa 50% atrofida, «O‘zbekistonda aholi jon boshiga tabiiy gaz
iste'moli rivojlangan davlatlar va qo‘shni mamlakatlarga qaraganda 3 baravar ko‘proq.
Taqqoslash uchun, xorij davlatlarida bir kishi uchun 90 kub metr gaz to‘g‘ri kelsa,
O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 400 kub metrdan oshgan
. Bitta xonadon yil davomida 5000 kub
metr gaz ishlatadi. Tahlillarni davom ettiradigan bo‘lsak, aholining 50 %ga yaqini tabiiy gaz va
elektr energiyasi uchun Davlat byudjetidan subsidiya olmoqda, qolgan 50% izi esa faqat elektr
energiyasi unun olmoqda. Endi elektr energiya iste’moliga e’tibor beragigan bo‘lsak (2-jadval),
aholining sal kam 75 % izi 26% ga yaqin elektr energiyasini iste’mol qilsa 25% dan ortiq aholi
74% dan ortiqroq elektr energiyasini iste’mol qiladi. Bu irrotsional ko‘rsatkichni hukumat
tabaqalashtirilgan tariflar bilan bartaraf etmoqchi. Lekin bizning nazarimizda muammoning
yechimi bu emas, chunki tabiiy gaz bilan taminlanmagan honadonlar tabiiyki elektr
energiyasini ko‘proq iste’mol qiladi albatta. Buning yagona adolatli yechimi, bizning fikrimizcha
rivojlangan davlatlar tajribasidan kelib chiqib, bu bozorni erkinlashtirish, bozor tamoyillariga
o‘tkazish va aholining kam taminlangan qismini maqsadli va manzilli energetika subsidiyalari
bilan taminlash. Masalan Germaniyada energiya bilan ta’minlash to‘liq bozor tamoyillari
asosida yo‘lga qo‘yilgan, kim qancha energiya iste’mol qilsa shunga mos haqqini to‘laydi. Bu
tizim aholidan energiya iste’molida tejamkor texnologiyalardan va muqobil energiya
manbalaridan foydalanishni rag‘batlantiradi. Aholining kam ta’minlangan qismiga esa manzilli
yordam pullari evaziga ijtimoiy himoya qilinadi.
2-jadval
O‘zbekiston aholisining 2023-yil misolida o‘rtacha elektr energiyasi iste’moli
№
Iste'mol hajmi
Obonentlar
(ming dona)
ulushi, %
Iste'mol
(mln kVt-s
Umushi,
%
1
200 kVt-soatgacha
5684
74,91%
5163
25,72%
2
201-300 kVt-soat
737
9,71%
2258
11,25%
3
301-500 kVt-soat
628
8,28%
2932
14,61%
4
501-1000 kVt-soat
393
5,18%
3234
16,11%
5
1001-2000 kVt-soat
82
1,08%
2529
12,60%
6
2001-5000 kVt-soat
54
0,71%
1686
8,40%
7
5001-10000 kVt-soat
6
0,08%
778
3,88%
8
10000 kVt-soatdan yuqori
4
0,05%
1491
7,43%
Jami:
7588
1
20071
1
Manba:
energetika vazirligi ma’lumotlari.
38
39
www.e-itt.uz
I SON. 2024
369
Respublikamizda energetika sohasini bozor tamoyillarini joriy qilish uchun barcha
tashkiliy infratuzlma yetarli deb o‘ylaymiz, chunki deyarli barcha honadonlarga electron
hisoblagichlar o‘rnatilgan, tabiiy boyliklar halq Mulki ekanligi konstitutsiyamizda
mustaxkamlab qo‘yilgan, faqat isloxotlarni qilish uchun siyosiy iroda kerak.
Iqtisodiyot nazariyasidan ma’lumki biron bir mahsulot yoki xizmatning narxi arzon bo‘lsa
uni iqtisod qilishga va hisobini yuritishga e’tibor shuncha past bo‘ladi. Aholiga yetkazib
berilayotgan elektr energiyasi va tabiiy gazda ham shunday holat ko‘zga tashlanmoqda. Tabiiy
boyliklardan foydalanish O‘zbekiston fuqorolarining konstitutsion xuquqi ekan buni ratsional,
adolatli va manzilli yetkazish mumkin. Buning uchun hozirda ajratilayotgan 1,15 milliard AQSH
dollaridada subsidiyani aholi soni (36 mln)ga bo‘lsak 32 AQSH dollari atrofida ya’ni Davlat
buyudjetidan yiliga aholi jon boshiga 32 AQSH dollari ikvivalentidagi subsidiyalar ajratilmoqda.
lekin bu ajratilayotgan subsidiyalarning asosiy qismi aksariyat daromadi yuqori oilalarga
energetika subsidiyalari shaklida ketmoqda (2-jadval). Endi rasmiy statistika ma’lumotlariga
tayanadigan bo‘lsak, 2022-yilda O‘zbekiston aholisining 14.1 %izi
kambag‘allik darasida yashamoqda endi shu 5 mln aholiga belgilangan energiya subsidiyalarini
moddiy yordam ko‘rinishida beradigan bo‘lsa 5 mln*32 ASH dollari=160 mln (0.16 milliard)
AQSH dollari, qolgan 1.15 milliard-0.16 milliard=0.99 milliard AQSH dollari davlat buyudjeti
ixtiyorida qoladi. Bundan tashqari energi resurslari narxining bozor tamoyillari asosida faoliyat
yuritishi natijasida aholida ushbu resurslardan tejab foydalanish, qayta tiklanuvchi energiya
manbaladan foydalanish darajasini rag‘batlantiradi. Bundan tashqari O‘zbekiston energetika
bozoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalari va investorlarining kirishini keskin oshiradi,
yashil energetikani muhimligi oshadi va aholiga etkazilayotgan energiya resurslarining
uzilishlarsim doimiy va me’yorlarda bo‘lishini ta’minlaydi. Chunki narxning bozor talablari
asosida shakllanishi raqobatni oshiradi, raqobatning oshishi esa sifatga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Xulosa va takliflar.
Amalga oshirilayotgan tadqiqotlar va tahlillar asosida yashil iqtisodiyotga o‘tish
jarayonida energetika bo‘yicha energiya samaradorligini oshirish, qayta tiklanuvchi energiyaga
o‘tish jarayonini tezlatish uchun quyidagilarga etibor qaratish kerak dep hisoblaymiz:
Birinchidan,
global miqyosda yashil iqtisodiyotga o‘tish, ekologik innovatsiyalardan
foydalanish jarayonini rag‘batlantirish zamon talabi ekanligini anglab yetish, yashil
iqtisodiyotning tezroq rivojlanishiga turtki beradi.
Ikkinchidan,
yashil iqtisodiyotga o‘tish maqsadlarini qo‘llab-quvvatlovchi maqsadli va
manzilli yashil moliya instrumentlarini joriy qilish orqali energetika tariflarini bozor
tamoyillari asosida shakillanishiga yo‘l ochib berish zarur. Bu sohaning investitsiya
jozibadorligini, raqobatni va xizmatlar sifatining oshishiga, tabiiy resurslardan oqilona
foydalanishiga erishish mumkin.
Uchunchidan,
energetika sohasining bozor mexanizimlari asosida faoliyat yuritishi
Davlat byudjetining energetika subsidiyalari qismi keskin kamayadi, davlat byudjeti
mablag‘lari iqtisod qilinishiga erishiladi.
To‘rtinchidan,
energetika bozorinig liberallashishi natijasida energiya tejamkor
texnologiyalar va qayta tiklanuvchi texnologiyalardan foydalanish darajasi ortadi.
Adabiyotlar:
Artur Pigu (1929) Industrial Fluctuations, Macmillan Press Ltd.; 2nd Edition (January 1).
Mirziyoyev Sh. (2022)
https://president.uz/uz/lists/view/6952
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “yashil” energetika sohasidagi yirik qo‘shma loyihalarni ishga
tushirishga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi
40
www.e-itt.uz
I SON. 2024
370
Qaror (2022) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2.12.2022-yildagi PQ-436 “2030-
yilgacha “yashil” iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar, samaradorligini oshirish bo‘yicha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori.
Qaror (2023) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-yilda qayta tiklanuvchi
energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi 16.02.2023 PQ-57-son qarori.
Zokirov Sh. (2020) Возобновляемая энергия для устойчивогоразвития. //журнал
Экономическое обозрение. №12(240). – С44-51.
Абдувохидов А. А. и др. (2022) САНОАТ СИЁСАТИНИ АМАЛГА ОШИРИШНИНГ НАЗАРИЙ
ЖИҲАТЛАРИ //BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI. – Т. 2. –
№. 5. – С. 40-45.
Абдувохидов А., Маткулиева С., Тошбоев Б. () 2023ИМПОРТ ЎРНИНИ БОСУВЧИ
ЛОЙИҲАЛАРНИНГ ИҚТИСОДИЙ САМАРАДОРЛИГИНИ БАҲОЛАШ //Economics and education.
– Т. 24. – №. 1. – С. 12-22.