www.e-itt.uz
II SON. 2024
49
QISHLOQ XO‘JALIGI FAOLIYATI HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH
PhD
Boltayev Abror Sayitmuradovich
Alfraganus University
ORCID: 0000-0003-4198-7983
Annotatsiya.
Mazkur maqolada qishloq xo‘jaligi faoliyati hisobini takomillashtirish
masalasi tadqiq qilib o‘rganilgan. Xususan, qishloq xo‘jaligi faoliyati hisobining metadologiyasini
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida takomillashtirish bilan bog‘liq nazariy,
normativ-huquqiy, uslubiy va amaliy muammolar o‘rganildi. Shuningdek, ularni bartaraf etish
yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladigan nazariy, metodologik va amaliy ishlar ko‘rsatib
berilgan holda xulosalar shakllantirilgan.
Kalit soʻzlar:
qishloq xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi faoliyati, buxgalteriya hisobi, biologik aktiv,
biotransformatsiya, qishloq xo‘jaligi mahsuloti, ko‘p yillik o‘simliklar, ishchi va mahsuldor
hayvonlar.
УЛУЧШЕНИЕ УЧЕТА СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ
PhD
Болтаев Аброр Сайитмурадович
Alfraganus University
Аннотация.
В данной статье изучается вопрос совершенствования учета
сельскохозяйственной деятельности. В частности, были изучены теоретические,
нормативно-правовые, методологические и практические проблемы, связанные с
совершенствованием методологии учета сельскохозяйственной деятельности на
основе международных стандартов финансовой отчетности. Также, показаны
теоретические, методические и практические работы, которые необходимо провести по
направлениям их устранения, и сформулированы выводы.
Ключевые слова
:
сельское хозяйство, сельскохозяйственная деятельность,
бухгалтерский учет, биологические активы, биотрансформация, сельскохозяйственная
продукция, многолетние растения, рабочие и продуктивные животные.
IMPROVING THE ACCOUNTING OF AGRICULTURAL ACTIVITIES
PhD
Boltayev Abror Sayitmuradovich
Alfraganus University
Abstract.
This article examines the issue of improving the accounting of agricultural
activities. In particular, theoretical, regulatory, methodological and practical problems related to
improving the methodology for accounting for agricultural activities based on international
financial reporting standards were studied. Also, the theoretical, methodological and practical
work that needs to be carried out in the areas of eliminating them is shown, and conclusions are
formulated.
Key words:
agriculture, agricultural activities, accounting, biological assets,
biotransformation, agricultural products, perennial plants, working and productive animals.
UOʻK: 657.222:63(575.1)
49-55
www.e-itt.uz
II SON. 2024
50
Kirish.
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvarda “2022-2026-
yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-sonli
Farmoni qabul qilindi (Farmon, 2022). Unda Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
boʻyicha Harakatlar strategiyasining mantiqiy davomi boʻlgan, “Harakatlar strategiyasidan -
Taraqqiyot strategiyasi sari” prinsipi asosida ishlab chiqilgan, yettita ustuvor yoʻnalishdan
iborat boʻlgan 2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi
tasdiqlangan.
Taraqqiyot strategiyasining ustuvor yoʻnalishlaridan biri
“Milliy iqtisodiyotni jadal
rivojlantirish va yuqori oʻsish surʼatlarini taʼminlash”
da “30-maqsad:
Qishloq xoʻjaligini
ilmiy asosda intensiv rivojlantirish orqali dehqon va fermerlar daromadini kamida 2
baravar oshirish, qishloq xoʻjaligining yillik oʻsishini kamida 5 foizga yetkazish”
(Farmon, 2022) boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash qishloq xoʻjalik
mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini va hosildorlik darajasini oshirish, mahsulot tannarxi
darajasini pasaytirish, ilm-fan va innovatsiyaga asoslangan agroxizmatlar koʻrsatish tizimini
takomillashtirish, qishloq xoʻjalik korxonalarida buxgalteriya hisobini toʻgʻri tashkil etish va
uning metodologiyasini takomillashtirishni taqozo etadi. Chunki, mazkur vazifalar ijrosini
taʼminlashda qishloq xoʻjalik korxonalarida joriy buxgalteriya hisobi, ichki nazorat va tahlil
uslublarining yaxlit tizimi shakllanmaganligi belgilangan vazifalarning samarali
bajarilmayotganligiga maʼlum darajada taʼsir koʻrsatadi.
Adabiyotlar sharhi.
Albatta, bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodchi olimlari Dusmuratov (2014), Karimov
(2008), Urazov (2011), Menglikulov (2023), Aliqulov (2012), Xolbekov (2006), Qudratov
(2010), Mamadiyarov (2008), Rizayev (2020), Djurayev (2016), Boltayev (2024),
Muxammadiyev (2021), Temirov (2021) va boshqalarning ilmiy va oʻquv-uslubiy ishlarida
qishloq xoʻjaligi korxonalarining faoliyat xususiyatiga xos buxgalteriya hisobining ayrim
nazariy-uslubiy jihatlari oʻrganilgan. Jumladan, iqtisodchi olimlar Dusmuratov va
Menglikulovlar (2023) tomonidan qishloq xo‘jaligi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalarda
buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish, biznes jarayonlarini hisobga olishning
xususiyatlari, mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish, moliyaviy natijalarni shakllantirish va
buxgalteriya hisobotlarini tayyorlash masalalari tadqiq qilib o‘rganilgan. Albatta, iqtisodchi
olimlar tomonidan yuqoridagi masalalar qishloq xo‘jaligi faoliyati xususiyatlarini hisobga olgan
holda, xususan qishloq xo‘jaligi faoliyatidan olingan mahsulotlar tannarxini qalkulyatsiya qilish
tartibi atroflicha yoritib berilgan. Biroq, qishloq xo‘jaligi faoliyati hisobining metodologiyasini
MHXS asosida takomillashtirish masalalariga to‘xtalib o‘tilmagan.
Iqtisodchi olim Menglikulov (2023) chorvachilikda biologik aktivlarni saqlash xarajatlari
hisobi, tannarx hisoblash va auditi metodologiyasini takomillashtirish masalalarini tadqiq qilib
o‘rgangan. Iqtisodchi olim o‘zining izlanishlarida chorvachilik tarmog‘ida buxgalteriya hisobini
tashkil etishning nazariy va tashkiliy-uslubiy asoslari, chorvachilikda biologik aktivlarni
saqlash xarajatlari hisobini tashkil etish va uni takomillashtirish hamda chorvachilik
mahsulotlari tannarxini hisoblashning metodologik asoslari va uni takomillashtirish
masalalarini bayon qilgan. Ammo, iqtisodchi olim tomonidan qishloq xo‘jaligi faoliyati
hisobining muammolari va ularni bartaraf etish yo‘nalishlari o‘rganilmagan.
Iqtisodchi olimlar Dusmuratov va Rizaevlar (2020) tomonidan esa, agrar sohada MHXSni
qo‘llashning nazariy va amaliy jihatlari, xususan, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari
qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan 41-sonli “Qishloq xo‘jaligi” BHXSning maqsadi, uni amal
qilish sohalari hamda respublika agrar sohasida uni qo‘llash masalalari tadqiq qilib o‘rganilgan.
Biroq, qishloq xo‘jaligi faoliyati hisobini MHXSga uyg‘unlashtirish masalalari yoritib
berilmagan. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, qishloq xo‘jaligi faoliyati hisobi birgina 41-son BHXS
bilan tartibga solinmaydi. Balki, boshqa xalqaro standartlarda belgilangan qoidalar ham
www.e-itt.uz
II SON. 2024
51
bevosita qishloq xo‘jaligi faoliyatini hisobga olishda qo‘llaniladi. Bir so‘z bilan aytganda,
iqtisodchi olimlar 41-son BHXSni agrar sohada qo‘llash masalalariga to‘xtalib o‘tgan xolos.
Iqtisοdchi οlim Maxammadiev (2021) korxonalarda modernizatsiya jarayonlari hisobi va
auditini takomillashtirish masalalarini tadqiq qilib o‘rganishda biologik aktivlar tushunchasi,
ularning tasniflanishi va tavsifi, biologik aktivlarni hisobga olishda qo‘llaniladigan schyotlarni
takomillashtirish bo‘yicha o‘z qarashlarini keltirib o‘tadi. Jumladan, uning fikricha: Biοlοgik
aktivlar - bu kοrxοnalar ixtiyoridagi o‘ziga xοs biοlοgik xususiyatlarga ega bo‘lgan, ular
tοmοnidan yangi biοlοgik aktivlarni hamda qishlοq xo‘jalik mahsulοtlarini οlish, ayribοshlash,
ijaraga berish yo‘li bilan iqtisοdiy manfaat οlish maqsadlarida bοshqariladigan ishchi va
mahsuldοr hayvοnlar hamda ko‘p yillik o‘simliklardir. Fikrimizcha, ko‘p yillik o‘simliklar hamda
ishchi va mahsuldor hayvonlar boshqarilmaydi, balki ularning biologik transformatsiyasi va
qishloq xo‘jaligi mahsulotini yig‘ish jarayoni boshqariladi.
Iqtisodchi olim Temirov (2021) esa, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya
hisobini tashkil etishni takomillashtirish masalalarini tadqiq qilib o‘rgangan. Xususan,
iqtisodchi olim tomonidan qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobini tashkil qilishning nazariy-
uslubiy asoslari, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobini tashkil etishning
amaldagi holati, ularda buxgalteriya hisobi shakllarini optimallashtirish hamda halqaro
standartlar asosida takomillashtirish yo‘nalishlari tadqiq qilingan holda taklif va tavsiyalar
berilgan.
Shuningdek, iqtisodchi olim Boltayev (2024) qishloq xo‘jaligi faoliyatida asosiy hisob
ob’ektlaridan biri bo‘lgan, biologik aktivlar va ularni hisobga olishning uslubiy jihatlarini
takomillashtirish bo‘yicha izlanishlar olib borgan. Unda iqtisodchi olim biologik aktivlar,
ularning tasniflanishi, buxgalteriya hisobi ob’ekti va moliyaviy hisobot elementi sifatida aks
ettirishdagi muammolar va ularni bartaraf etish masalalariga to‘xtalib o‘tgan xolos.
Umuman olganda, hozirgacha qishloq xoʻjaligi faoliyati hisobining metodologiyasini
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida takomillashtirishga bagʻishlangan
kompleks tadqiqot olib borilmagan. Bu holat, mazkur yoʻnalishda tizimli ilmiy izlanishlar olib
borish zarurligini belgilaydi. Bu albatta, qishloq xoʻjaligi faoliyati natijasida yuzaga keladigan
biznes jarayonlarini buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettirish boʻyicha mavjud muammo va
kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab
chiqish imkonini beradi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Qishloq xo‘jaligi faoliyati hisobini takomillashtirish masalalarini tadqiq qilishda ilmiy-
tadqiqot metodologiyasidagi mavjud nazariy va empirik tadqiqot metodlaridan foydalanildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi “Moliyaviy hisobotning
xalqaro standartlariga oʻtish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4611-son
qarori (Qaror, 2020) da bir qator vazifalarni amalga oshirish belgilangan. Milliy hisob tizimini
xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish boʻyicha qoʻyilayotgan vazifalar ijrosini taʼminlash va
qishloq xoʻjaligi korxonalarida xoʻjalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobida va moliyaviy
hisobotda aks ettirish boʻyicha mavjud nazariy, normativ-huquqiy, uslubiy va amaliy
muammolar qishloq xoʻjaligi faoliyati hisobining metodologiyasini moliyaviy hisobot xalqaro
standartlari asosida takomillashtirishni talab etadi (1-jadval).
Jadvalda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida qishloq xoʻjaligi faoliyati hisobi bilan
bogʻliq muammolar tizimlashtirilgan holda tasniflangan va tavsiflab berilgan.
Fikrimizcha, mazkur muammolarni hal etishda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha nazariy,
amaliy va metodologik ishlarni amalga oshirish lozim:
“Qishloq xoʻjaligi faoliyati hisobini tartibga soluvchi normativ-huquqiy muammolar”
yoʻnalishi. Bunda milliy hisob tizimiga moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS)ni
www.e-itt.uz
II SON. 2024
52
joriy etishni hisobga olgan holda normativ-huquqiy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish lozim.
Xususan, buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHMS)ni MHXSga uygʻunlashtirishni
hisobga olgan holda ularni takomillashtirish zarur deb hisoblaymiz. Chunki, amaldagi BHMSlar
MHXS talablariga toʻliq javob bermaydi. Shu bilan birga, qishloq xoʻjaligi mamlakat
iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri ekanligini hisobga olgan holda qishloq xoʻjaligi
faoliyatini hisobga olish va moliyaviy hisobotda aks ettirish tartibi belgilangan buxgalteriya
hisobi milliy standartini ishlab chiqish lozim.
Bularning natijasida qishloq xoʻjaligi faoliyatini tartibga soluvchi alohida normativ-
huquqiy hujjat mavjudligi taʼminlanadi va unda belgilangan qoidalar qishloq xoʻjaligi faoliyati
hisobini tartibga soladi. Shuningdek, MHXS talablari asosida yangi schyotlar rejasi va moliyaviy
hisobot shakllarini ishlab chiqish imkonini beradi.
1-jadval
Qishloq xoʻjaligi faoliyatini hisobga olish va moliyaviy hisobotda aks ettirish
bilan bogʻliq muammolar va ularning tavsifi
№
Muammolarning
tasniflanishi
Muammolar tavsifi
1
Qishloq
xoʻjaligi
faoliyati hisobini
tartibga soluvchi
normativ-huquqiy
muammolar
Qishloq xoʻjaligi faoliyati hisobi turli normativ
-huquqiy hujjatlar bilan
tartibiga solinishi va ularda qishloq xoʻjaligi faoliyatining xususiyatlari
umumiy asoslarda belgilanganligi, milliy va xalqaro standartlardagi
tafovutlar, agrar soha xususiyatlarini hisobga olgan holda qishloq xoʻjaligi
faoliyati natijalarini buxgalteriya hisobida va moliyaviy hisobotda aks
ettirish tartibini belgilovchi nizom (yoʻriqnoma)larning yetishmasligi
2
Qishloq xoʻjaligi
faoliyati
hisobining
nazariy
muammolari
Qishloq xoʻjalik faoliyati, qishloq xoʻjalik korxonalari faoliyati buxgalteriya
hisobining asosiy hisob obyektlari boʻlgan ishchi va mahsuldor hayvonlar,
koʻp yillik oʻsimliklar, oʻstiruvdagi va
boquvdagi hayvonlarni buxgalteriya
hisobi nuqtayi nazardan tasniflash muammolari, qishloq xoʻjaligi hosili,
biologik aktiv va biologik transformatsiya jarayonlari natijasida olingan
qishloq xoʻjaligi mahsuloti yoki biologik aktivlarni tan olish masalalari
yetarlicha ochib berilmaganligi, biologik aktivlarni hisobga olish va
moliyaviy hisobotda aks ettirish tartibini moliyaviy hisobotning xalqaro
standartlari (MHXS)ga uygʻunlashtirishni hisobga olgan holda
takomillashtirish masalalari boʻyicha kompleks tadqi
qotlar olib
borilmaganligi
3
Qishloq xoʻjaligi
faoliyati
hisobining
uslubiy
muammolari
Qishloq xoʻjaligi faoliyati bilan bogʻliq xoʻjalik jarayonlari natijalarini tan
olish va baholash, buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirish, biologik
transformatsi
ya jarayonlari natijasida olingan qishloq xoʻjaligi mahsuloti
yoki biologik aktivlar tannarxini shakllantirish, qishloq xoʻjaligi
mahsulotlarining qoʻshimcha turlarini hisobga olish, moliyaviy natijalarini
shakllantirish va moliyaviy hisobotda aks ettirish
boʻyicha yagona uslubiy
koʻrsatmalarning mavjud emasligi
4
Qishloq xoʻjaligi
faoliyati
hisobining amaliy
muammolari
Qishloq xoʻjaligi faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan xoʻjalik jarayonlarini
hujjatlashtirish, hujjatlar aylanishini tashkil etish, analitik hisobni tashkil
etish, xarajatlarni taqsimlash, xarajatlarni taqsimlashda mavjud
normativlarning eskirganligi va taqsimlash usullarining mavjud emasligi,
qishloq xoʻjaligi faoliyati natijalari boʻyicha olingan daromadlarni toʻgʻri
hisobga olish, f
oyda va zararlarni tan olish va ular toʻgʻrisidagi axborotlarni
moliyaviy hisobotda aks ettirishda noaniqliklarning mavjudligi va
boshqalar
Manba:
Muallif tomonidan ilmiy izlanishlar natijasida shakllantirildi
www.e-itt.uz
II SON. 2024
53
“Qishloq xoʻjaligi faoliyati hisobining nazariy muammolari” yoʻnalishi. Mazkur
yoʻnalishdagi muammolar bugungi kunda qishloq xoʻjaligi faoliyati hisobining
metodologiyasini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida takomillashtirish
boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish zaruratini koʻchaytiradi. Chunki, tadqiqot natijalari
asosida qishloq xoʻjaligi faoliyati hisobining asosiy hisob obyektlari boʻlgan ishchi va mahsuldor
hayvonlar, koʻp yillik oʻsimliklar, oʻstiruvdagi va boquvdagi hayvonlarni buxgalteriya hisobi
nuqtayi nazardan takomillashgan tavsifi va tasnifi ishlab chiqiladi. Xususan, “qishloq xoʻjaligi
faoliyati”,
“
biologik aktiv”,
“
biologik transformatsiya
”
,
“
qishloq xoʻjaligi mahsuloti” va
“
qayta
ishlash natijasida olingan mahsulot” kabi tushunchalarga iqtisodchi olimlarning nazariy
qarashlarini oʻrgangan holda ilmiy asoslangan yondashuvlar ishlab chiqiladi.
“Qishloq xoʻjaligi faoliyati hisobining uslubiy muammolari” yoʻnalishi. Ushbu
yoʻnalishdagi muammolarning bartaraf etilishi milliy hisob tizimini, jumladan qishloq xoʻjaligi
faoliyati hisobining metodologiyasini MHXSga muvofiq takomillashtirish boʻyicha amalga
oshirilgan ishlar samarasiga bevosita bogʻliq boʻladi. Shu sababli, mazkur yoʻnalishda quyidagi
vazifalarni bajarish lozim, deb hisoblaymiz:
-
qishloq xoʻjaligi korxonalarida qishloq xoʻjaligi faoliyatini tizimli va toʻliq hisobga olish
orqali hisob siyosatini takomillashtirish;
-
xalqaro tajribalar asosida biologik aktivlarni tan olish, hisobini tashkil etish va yuritish
hamda moliyaviy hisobotda aks ettirish boʻyicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar tayyorlash;
-
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talablari asosida qishloq xoʻjaligi
mahsulotini hisobga olish va moliyaviy hisobotda aks ettirishning uslubiy jihatlarini
takomillashtirish boʻyicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish;
-
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash jarayoni va natijalarini hisobga olishning
uslubiy jihatlarini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida takomillashtirish.
Yuqoridagi vazifalarning bajarilishi qishloq xoʻjaligi faoliyatini hisobga olish va
moliyaviy
hisobotda aks ettirish tartibini hamda axborotdan foydalanuvchilarni ishonchli va
asoslangan maʼlumotlar bilan oʻz vaqtida taʼminlash imkonini beradi.
“Qishloq xoʻjaligi faoliyati hisobining amaliy muammolari” yoʻnalishi. Mazkur yoʻnalishda
qishloq xoʻjaligi faoliyatini hisobga olishda qoʻllaniladigan dastlabki va yigʻma hujjatlarni
takomillashtirish zarur. Chunki, bir qator dastlabki va yigʻma hujjat shakllarida barcha kerakli
rekvizitlar mavjud emas. Shuningdek, amaldagi mavjud shakllarda texnik-iqtisodiy
koʻrsatkichlar, xarajat moddalari, mahsulotning chiqishini aks ettirish bilan bogʻliq
kamchiliklar koʻzga tashlanadi. Shu sababli, ularning koʻrsatkichlarini imkoni boricha
unifikatsiyalash va hujjatlar aylanishini tashkil etish lozim. Shu bilan birga, qishloq xoʻjaligi
faoliyati hisobining analitik hisobi ham takomillashtirishga muhtoj. Masalan, 1110 –
“Oʻstirishdagi hayvonlar” schyoti boʻyicha joriy yilda tugʻilgan buzoqlar, oʻtgan yilda tugʻilgan
buzoqlar va ikki yoshdan katta buzoqlar guruhlariga ajratgan holda analitik hisobining tashkil
etilishi mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish va oʻstirishdagi hayvonlar bahosini aniqlashda
muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda qishloq xoʻjaligida mavjud, dolzarb boʻlgan amaliy muammolardan biri bu
xarajatlarni taqsimlash va mahsulot tannarxini aniqlash muammosi. Xususan, tadqiqotimiz
obyekti boʻlgan “MEHNAT BAXTLI SUT” masʼuliyati cheklangan jamiyatda boʻgʻoz
gʻunajinlardan nasl olinganda ularni saqlash xarajatlari toʻliq olingan sut tannarxiga
taqsimlanmoqda. Chunki, sut va nasl tannarxini hisoblashda xarajatlarni taqsimlash metodikasi
boʻyicha aniq uslubiy koʻrsatma mavjud emas.
Xulosa va takliflar.
Shunday qilib, qishloq xo‘jaligi faoliyati hisobining metodologiyasini takomillashtirish
bilan bog‘liq ilmiy izlanishlar natijalari asosida quyidagi xulosalar shakllantirildi:
qishloq xo‘jaligi faoliyati hisobining metodologiyasini takomillashtirish bilan bog‘liq
iqtisodchi olimlarning asarlari tadqiq qilib o‘rganildi. O‘rganishlar shuni ko‘rsatadiki, bugungi
www.e-itt.uz
II SON. 2024
54
kunga qadar qishloq xoʻjaligi faoliyati hisobining metodologiyasini moliyaviy hisobotning
xalqaro standartlari asosida takomillashtirishga bagʻishlangan kompleks tadqiqot olib
borilmagan. Bu esa, mazkur yoʻnalishda tizimli ilmiy izlanishlar olib borish zaruratini
belgilaydi.
Bu albatta, qishloq xoʻjaligi faoliyati natijasida yuzaga keladigan biznes jarayonlarini
buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettirish boʻyicha mavjud muammo va kamchiliklarni
aniqlash hamda ularni bartaraf etish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini
beradi;
milliy hisob tizimini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish boʻyicha qoʻyilayotgan
vazifalar ijrosini taʼminlashda bevosita qishloq xo‘jaligi faoliyati hisobining metodologiyasini
ham takomillashtirish zarurati mavjudligi asoslab berildi;
qishloq xo‘jaligi faoliyatini hisobga olish va moliyaviy hisobotda aks ettirish bilan bog‘liq
muammolar nazariy, normativ-huquqiy, uslubiy va amaliy muammolarga ajratilgan holda
tasniflandi va tavsiflab berildi;
qishloq xo‘jaligi faoliyati hisobining metodologiyasini takomillashtirish bilan bog‘liq
muammolarni bartaraf etish yo‘nalishlari ko‘rsatib berildi hamda ular bo‘yicha nazariy, amaliy
va metodologik ishlarni amalga oshirish lozimligi asoslandi.
Umuman olganda, qishloq xoʻjaligi faoliyatini hisobga olish bilan bogʻliq mavjud
muammolar qishloq xoʻjaligi faoliyatini toʻgʻri va oʻz vaqtida hisobga olishning obyektiv
zaruratini koʻchaytiradi, yuqorida koʻrsatilgan yoʻnalishlar boʻyicha tizimli ravishda ilmiy
tadqiqotlarning amalga oshirilishi qishloq xoʻjaligi faoliyati hisobining metodologiyasini
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida takomillashtirish imkonini beradi.
Adabiyotlar/ Литература/ Reference:
Aliqulov A.I. (2012) Paxta tolasini ishlab chiqarish va tayyorlash xarajatlari hisobi hamda
tahlili metodologiyasini takomillashtirish: iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun
taqdim etilgan dissertatsiya avtoreferati: 08.00.08. / Aliqulov Abdumoʻmin Ismatovich. -Toshkent,
-37 b.
Boltaev A. (2024). Biologik aktivlar hisobining uslubiy jihatlarini takomillashtirish
//Economics and Innovative Technologies. – T. 12. – №. 1. – S. 36-47.
Doʻsmuratov R.D., Mamadiyarov D.Oʻ. (2008) Qishloq xoʻjaligida boshqaruv hisobi; uslubiyot
va amaliyot. -T.: “Moliya” nashriyoti, -148 b.
Dusmuratov R.D., Djurayev B.M. (2016) Qishloq xoʻjalik korxonalarida hisob siyosati: uslubiy
va tashkiliy-texnik jihatlari. Monografiya. – T.:.
Dusmuratov R.D., Menglikulov B.Yu. (2014). Qishloq xoʻjaligida buxgalteriya hisobi va
statistika asoslari. – T.: “Fan va texnologiya”, 392 bet.
Dusmuratov R.D., Rizayev N.K. (2020). Agrar sohada moliyaviy hisobotning xalqaro
standartlari: nazariya va amaliyot. “Logistika va iqtisodiyot” ilmiy elektron jurnali. 1-son. 15-21
betlar.
Farmon, (2022). Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvarda “2022-
2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-
https://lex.uz/ru/docs/-5841063
Maxammadiev Z.U. (2021). Korxonalarda modernizatsiya jarayonlari hisobi va auditini
takomillashtirish. Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun
tayyorlangan diss. –T.: – 76 b.
Menglikulov B.Yu. (2023). Chοrvachilikda biοlοgik aktivlarni saqlash xarajatlari hisοbi,
tannarx hisοblash va auditi metοdοlοgiyasini takοmillashtirish. Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc)
ilmiy darajasini οlish uchun tayyorlangan diss. – T.: – 203 b.
Qaror, (2020). Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi “Moliyaviy
hisobotning xalqaro standartlariga oʻtish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-
4611-son Qarori.
www.e-itt.uz
II SON. 2024
55
Qudratov T.Q., Fayziyeva N. (2010) Qishloq xoʻjalik korxonalari faoliyatining tahlili. –
Samarqand. “N.Dobf”., -169 b.
Temirov F.T. (2021) Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobini
takomillashtirish. “Iqtisodiyot va taʼlim”, 3-son. 70-75 betlar.
Urazov K.B., Vaxidov S.V. (2011). Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xususiyatlari.
– T.: Adib, 494 bet.
Xolbekov R.O. (2006). Donni saqlash va qayta ishlash korxonalarida ishlab chiqarish hisobini
tashkil qilishning tamoyillari va uslubiyoti: iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun
yozilgan dissertatsiya avtoreferati: 08.00.08. / Xolbekov Rasul Olimovich. –Toshkent, -46 b.
Каримов А.А. (2008). Фермер хўжаликларида бухгалтерия ҳисобини юритишнинг
айрим жиҳатлари. // Социално-экономические проблемы развития интеграционных
процессов в условиях либерализации националной экономики: Сборник научных трудов. —
Москва, МГЕИ. -С. 145-147.
