www.e-itt.uz
III SON. 2024
41
INNOVATSION KLASTERLARNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMLARINI
TAKOMILLASHTIRISH
i.f.n., prof.
Qurbonov Alisher Boboqulovich
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti
ORCID: 0000-0002-3208-5657
Bekmurodova Saodat Ikromovna
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti
saodatbekmurodova824@gmail.com
Annotatsiya.
Mаqolаdа klаstеrlаrning iqtisodiyot fаnidа vujudgа kеlish еvolyutsiyаsi
hаmdа olimlаrning uslubiy yondаshuvlаri tаhlil еtilgаn. Shuningdеk, klаstеrlаrning sinеrgеtik
sаmаrаsi, triggеr sаmаrаsini rеspublikаmiz tаdbirkorlik subyеktlаridа qo‘llаsh yo‘nаlishlаri
ko‘rsаtilgаn. Klаstеrlаrning hozirgi holаti tаhlil еtilib, xulosа vа tаkliflаr kеltirilgаn.
Kаlit so‘zlаr:
klаstеr, sanoаt klаstеrlаri, mаhаlliy sаnoаt, tаdbirkorlik, sinеrgеtik sаmаrа,
triggеr sаmаrаsi, klаstеrlаrning “erkin bozor” vа “qutblаr” nаzаriyаsi.
СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ОРГАНИЗАЦИОННО-ЭКОНОМИЧЕСКИХ МЕХАНИЗМОВ
ИННОВАЦИОННЫХ КЛАСТЕРОВ
к.э.н., проф.
Курбанов Алишер Бобокулович
Университет экономики и педагогики
Бекмуродова Саодат Икромовна
Университет экономики и педагогики
Аннотация.
В статье анализируется эволюция кластеров в экономике и
методологические подходы ученых. Также обозначены направления применения
синергетического эффекта кластеров и триггерного эффекта в нашей республике.
Проанализировано современное состояние кластеров, представлены выводы и
предложения.
Ключевые слова:
кластер, промышленные кластеры, местная промышленность,
предпринимательство, синергетический эффект, триггерный эффект, «свободный
рынок» и «полюсная» теория кластеров.
UOʻK: 330.43:338.432:631.1(575.1)
41-49
www.e-itt.uz
III SON. 2024
42
IMPROVING THE ORGANIZATIONAL AND ECONOMIC MECHANISMS
OF INNOVATION CLUSTERS
PhD, prof.
Kurbanov Alisher Bobokulovich
University of Economics and Pedagogy
Bekmurodova Saodat Ikromovna
University of Economics and Pedagogy
Abstract.
Thе аrticlе аnаlyzеs thе еvolution of clustеrs in thе еconomy аnd thе
mеthodologicаl аpproаchеs of sciеntists. Thе dirеctions for аpplying thе synеrgistic еffеct of
clustеrs аnd thе triggеr еffеct in our rеpublic аrе аlso indicаtеd. Thе currеnt stаtе of clustеrs is
аnаlyzеd, conclusions аnd proposаls аrе prеsеntеd.
Кеywords:
clustеr, industry clustеrs, locаl industry, еntrеprеnеurship, synеrgistic еffеct,
triggеr еffеct, “frее mаrкеt” аnd “polаr” thеory of clustеrs.
Kirish.
O‘zbekistonda sanoatini innovatsion rivojlantirishning yangi yo‘nalishi, raqobatda
ustunlikni ta’minlash strategiyasi sifatida klasterlarni joriy qilish amaliyotiga e’tibor
chuqurlashmoqda. Klasterlar ishlab chiqarish, sanoat va xizmat ko‘rsatishni bir tarmoqqa
to‘plash, qo‘shilgan qiymat zanjirini hosil qilishning samarali yo‘nalishi sifatida raqobatbardosh
mulkchilik shakllarining paydo bo‘lishiga zamin yaratdi. Qisqa muddat mobaynida klaster
usulida faoliyat yuritish o‘zining ijobiy tomonlarini ko‘rsatdi. Jumladan respublikamizda
to‘qimachilik sanoatida resurslarni tejaydigan texnika va texnologiyalarni joriy yetildi. Yangi va
zamonaviy korxonalarni barpo yetildi, yangi ish o‘rinlarini yaratildi, yuqori qo‘shilgan qiymatga
yega tayyor mahsulot ishlab chiqarish rivojlandi. Shu bois shakllanayotgan va rivojlanayotgan
klasterlar faoliyatini barqarorlashtirish, mavjud muammolarni bartaraf yetish dolzarb vazifalar
sifatida qaralmoqda.
Adabiyotlar sharhi.
Klaster ma’lum bir hududda o‘zaro bog‘langan korxonalarning iqtisodiy aglomeratsiyatsi
ob’ekti sifatida hunarmandchilik ishlab chiqarish davridan beri ma’lum. Uning fanda samarali
usul sifatida talqin yetilishi birinchilardan bo‘lib, atoqli iqtisodchi olim Marshalning asarlarida
paydo bo‘ldi. Marshall (1993) ularni "Mahalliy sanoat" deb atadi. Keyinchalik "Sanoat
hududlari" nomi keng tarqaldi. Hozirda yeng mashhur atama "klaster" esa ancha keyin paydo
bo‘ldi. Klaster alohida iqtisodiy tizim sifatida qaralishi mumkin (Бабкин и Шамина, 2008). Bu
yesa ham davlat sanoat siyosatining rivojlanishiga, ham butun iqtisodiyotga sezilarli ta’sir
ko‘rsatadi (Бабкин и др., 2013)
Bizning
davrimizdagi
klasterlar
to‘lqinining
ko‘tarilishi
asosan
vertikal
integratsiyalashgan kompaniyalarning parchalanish jarayonlari bilan bog‘liq. Buning sababi
mahsulotlarning murakkabligining keskin o‘sishi yedi - birinchi navbatda mashinasozlikda.
Yakuniy mahsulotlarni yig‘ishda ishlatiladigan oraliq mahsulotlar va butlovchi qismlarning
soni va assortimenti ko‘p marta oshdi. Bunday sharoitlarda barcha korxonlarning
konsentratsiyasi bitta tom ostidagi ishlab chiqarish maydonchalari haqiqiy tanlov bo‘lishni
to‘xtatdi. Muqobil variant - mustaqil ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli
hamkorlik, ya’ni klasterlar vujudga kela boshladi. Klaster yondashuvining asoschisi sifatida
Porter (2005) klasterni “Geografik jihatdan qo‘shni bo‘lgan bir-biriga bog‘langan kompaniyalar
va ular bilan bog‘liq bo‘lgan kompaniyalar guruhi” deb ta’riflaydi. Bunday yondashuvlar
tarmoqlararo va tarmoq ichida sinergatik ta’sirni ifodalaydi.
Sinergiya samarasi ichki va tashqi qarshiliklarni, yutuqlar yig‘indisini birlashtirganda
paydo bo‘ladi. Jamoa harakatini natijasini yerishish uchun kompaniyalar tuzilmalarini tashkil
yetishda "Sinergiya" atamasi Bogdanov (1989), Ansoff (1999) tomonidan qo‘llanilgan.
www.e-itt.uz
III SON. 2024
43
Sinergiya deganda ikki yoki undan ortiq korxonalarning bir xil yo‘nalishda birlashishi natijasida
yuzaga keladigan strategik afzalliklar tushuniladi (www.viкtоrоvа-ts.ru, n.d.). Klasterlashning
sinergetik ta’siri tufayli quyidagi imkoniyatlar vujudga keladi:
•
raqobatdan oldingi imkoniyatlar;
•
innovatsiyalarning tarqalishi;
•
vertikal integratsiya;
•
texnologik transfer, hayotiy sikl uzaytirilishi, gorizontal differensiatsiya.
Klasterlar tadbirkorlarning imkoniyatlarini birlashtirgan yagona tizim sifatida shakllandi.
Shu bilan birga bir-biriga bog‘liq turli xil faoliyat yurituvchi tadbirkorlarning o‘rtacha
xarajatlarini qisqartirdi. Tarmoqda mavjud bo‘lmagan faoliyat turlarining hosil bo‘lishiga
imkon yaratdi. Bu yesa bir yo‘nalishdagi ishlab chiqarish boshqa faoliyat turlariga senergetik
ta’sir ko‘rsatadi. Senergetik ta’sir mahalliy harakatlar oddiy individual harakatlar yig‘indisidan
iborat bo‘ladi. Shu munosabat bilan integral tuzilmaning salohiyati individual tuzilma a’zolari
potensiallaridan yuqori bo‘ladi. Hamkorlik va samarali foydalanish natijasida uzoq muddatli
istiqbolda barcha manfaatdor
sheriklarning imkoniyatlari sinergik yeffektga olib keladi. U yoki
bu klasterni yaratish g‘oyasi hududnii batafsil o‘rganish va tizimli yondashuvni talab qiladi.
Kompaniyalar uchun unga kirish faqat bir-birining yonida joylashganligi yemas, balki foydali
bo‘lishi lozim. Klasterlarni yaratishda ishlab chiqaruvchilarning manfaatlari bir-biri bilan
chambarchas bog‘liq bo‘lmasligi kerakligini tushunish muhimligi infratuzilmani rivojlantirish
imkoniyatini yaratadi (Савелева, 2009).
Klaster iqtisodiyoti ijodkorlik muhitini yaratish va innovatsion faoliyatni shakllantirishni
ta’minlash imkonini beradi. Jahon tajribasida klasterlarni shakllantirishda ikkita asosiy
yondashuv mavjud. Birinchisi, 80-90-yillarda taklif qilingan klassik liberal yoki anglo-sakson
yondashuvidir. M.Porter aytganidek, xo‘jalik sub’ektlarining o‘zini-o‘zi tashkil yetishiga
asoslangan “Yerkin bozor” mexanizmlari doirasida sodir bo‘ladi. Ikkinchisi - "Qutblar" deb
nomlangan zamonaviy Yevropa yondashuvi raqobatbardosh biznes hamda markaziy va
mahalliy hokimiyat organlari o‘rtasidagi hamkorlikka asoslangan.
Tаdqiqot mеtаdologiyаsi.
Ushbu tаdqiqotni аmаlgа oshirishdа sаnoаt кlаstеrlаrining nаzаriy-uslubiy аsoslаri,
кlаstеrlаr vа ungа birlаshgаn tаdbirкorliк sub’екtlаrining mаhsulotlаr bozori tаrаqqiyotidаgi
roli, ungа tа’sir qiluvchi omillаrni o‘rgаnish каbi yo‘nаlishlаrdа ilmiy tаdqiqot ishini olib borgаn
bir qаtor olimlаrning ishlаri nаzаriy jihаtdаn tаhlil qilindi. Tаdqiqot mеtodologiyаsi sifаtidа
ilmiy tаdqiqotlаrning diаlекtiка nаzаriyаsigа tаyаngаn holdа аnаliz vа sintеz, stаtistiк tаhlil
usullаridаn foydаlаnildi.
Tаhlil vа nаtijаlаr muhokamasi.
O‘zbekiston Respublikasida klasterlarning vujudga kelishi davlat tomonidan agrar
tarmoqda sanoat integratsiyasini qo‘llab - quvvatlash orqali sodir bo‘lmoqda. Bu yesa xorijiy va
mahalliy investorlarning yerkin faoliyat ko‘rsatishi uchun me’yoriy – huquqiy xujjatlar asosida
ta’minlandi. Agrar sohada qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlashning ortda qolishi davlat
aralashuvini taqozo qildi. Jumladan, agrar tarmoqda paxta – to‘qimachilik, g‘allachilik, meva –
savzavotchilik, farmasevtika, qorako‘lchilik, pillachilik klasterlari tashkil yetildi.
Qashqadaryo viloyatida 2023 yilda 180300 tonna tola ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2022
yilga nisbatan 74.2 foizga o‘sgan. Ip –kalava ishlab chiqarish 73,2 foizga, tayyor tikuv - trikotaj
mahsulotlari ishlab chiqarish 81.0 foizga ortgan, yog‘-moy ishlab chiqarish 73.1 foizga ortgan.
Ammo mato ishlab chiqarish, tayyor tikuv - trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish darajasi
oshgan bilan, ishlab chiqarish xajmi kam. Shunday bo‘lsa-da, ushbu ishlab chiqarish sohalari
oldingi yillarda mavjud bo‘lmagan. Klsaterlarning sinergetik ta’sirida ushbu ishlab chiqarish
yo‘nalishlari sekin bo‘lsa-da rivojlanmoqda.
www.e-itt.uz
III SON. 2024
44
1-rasm. Qashqadaryo viloyatida klasterlar soni, birlik.
Qashqadaryo viloyatida paxta – to‘qimachilik klasterlarining soni 19 tani tashkil qilgan
bulib, shundan, faqat 9-tasi ip-kalava , mato, tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaradi.
Bu O‘zbekiston iqtisodiyotiga klasterlarning kirib kelishining dastlabki ko‘rinishlari xalos. 2017
yildan buyon agrar sohada klasterlarni rivojlantirishning huquqiy asoslari yaratilgan. Ammo
xorijiy va mahalliy investorlarning bu yo‘nalishga kirib kelish sekin kechdi. 2021-2023
yillardan boshlab klasterlar qayta ishlash sohalarini o‘z o‘rniga quyishni boshladi.
1-jadval
Qashqadaryo viloyati to‘qimachilik klasterlarining innnovatsion samaradorlik
ko‘rsatkichlari
O’lchov
birligi
2019
2020
2021
2022
2023
2023 yilda
2019 yilga
nisbatan
o‘zgarish,
marta
Sotishdan
tushgan daromad
Mlrd. so‘m
141,3
211,2
1
152,5
3
412,8
4
837,9
34,2
Xarjat
Mlrd. so‘m
141,8
326,4
1
667,9
3
317,1
4
125,8
29,1
Sof foyda
Mlrd. so‘m
-0,53
-115, 2
-515,4
95,6
711,9
x
Rentabellik,%
Mlrd. so‘m
x
x
x
2,9
17,3
x
Texnologik
transfer
xarajatlari
Mlrd. so‘m
227, 6
1
181,0
4
1
765,9
1819,4
3
882,6
17,1
Asosiy vositalar
Mlrd. so‘m
178, 8
713, 4
1
012,6
1
365,8
1
789,2
10,0
Tovar moddiy
zahiralar
Mlrd. so‘m
49, 3
695, 2
1
934,8
2
219,6
3
912,8
79,2
Ishchilar soni
Kishi
5 596
6 383
7 212
8 159
7 872
1,4
Qashqadaryo viloyatida innovatsiya faoliyatning natijalarini joriy qilish ob’ekti sifatida
klasterlarni olishimiz mumkin.
Qashqadaryo viloyatida to‘qimachilik sanoat asosida klasterlar shakllanib bormoqda.
Chunki, qishloq xo‘jaligida mahsulot yetishtirish va sanoat bilan integratsiyasi
rivojlantirishning boshqa imkoniyatlarini qilib bo‘lmadi. Qashqadaryo viloyatida to‘qimachilik
klasterlarining soni 19 tani tashkil qiladi. Jami to‘qimachilik klasterlari bo‘yicha sotishdan
tushgan daromad 2023 yilda 4837,9 mlrd. so‘mni tashkil qilib, 2019 yilga nisbatan 34,2
martaga oshgan. Qilingan xarajatlar esa mos ravishda 29,1 martaga oshganligini 6– jadvaldan
ko‘rishimiz mumkin. Sof foyda 2019-2021 yillarda ko‘rilmagan. Faqatgina 2022-2023 yillarda
Основной
Основной
Основной
Основной
Основной
Основной
www.e-itt.uz
III SON. 2024
45
sof oyda ko‘rilgan bo‘lib, 2023 yilda sof foyda 41425,8 mlrd. so‘mni tashkil qilib, 2022 yilga
nisbatan 153,9 mlrd. so‘mga kamaygan. Rentabellik darajasi mos ravishda 6,1 – 0,9 ni tashkil
qilgan. Klasterlar tomonidan 2023 yilda texnologik tranferlar 3 882,6 milrd.so‘mni tashkil qilib,
2019 yilga nisbatan 17,1 martaga oshgan. 2019-2023 yillarda klasterlar bazasidagi asosiy
vositalar 10,1 marga, tovar moddiy zahiralardan foydalanish esa 79,2 martaga ortgan. Hududiy
nuqtai nazardan klasterlarning soniga nisbatan o‘rtacha samardorlikni hisoblash muhim
hisoblanadi (2-jadval).
2-jadval
Qashqadaryo viloyati to‘qimachilik klasterlarining o‘rtacha samaradorlik
ko‘rsatkichlari
O’lchov
birligi
2019
2020
2021
2022
2023
2023 yilda
2019 yilga
nisbatan
o‘zgarish,%
Sotishdan tushgan
daromad
Mlrd. so‘m
7,435
11,117
60,658
179,621
254,625
34,2
Xarjat
Mlrd. so‘m
7 463
17,178
87,783
174,585
217,152
29,1
Sof foyda
Mlrd. so‘m
-0,278
-6,061
-27124,5
5,036
37,472
x
Rentabellik,%
Mlrd. so‘m
x
x
x
2,9
17,3
x
Texnologik
transfer xarajatlari
Mlrd. so‘m
11,9
62,2
92,9
95,8
204,3
17,1
Asosiy vositalar
Mlrd. so‘m
9,4
37,6
53,3
71,9
94,2
10,0
Tovar moddiy
zahiralar
Mlrd. so‘m
2,6
36,6
101, 8
116,8
205,9
79,2
Ishchilar soni
Kishi
295
336
380
429
414
1,4
Qashqadaryo viloyatida 2023 yilda har bir klasterga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yalpi
daromad 254,625 mlrd.so‘mni tashkil qilgan, xarajatlar esa 217,152 mlrd.so‘mga to‘g‘ri kelgan.
Texnologik transfer xarajatlari esa 204,3 mlrd.so‘mni tashkil qilgan.
Klasterlar ichida o‘rtacha daromad qiluvchi “Oqsaroy” klasterining samaradorlik
ko‘rsatkichlarini ko‘rib chiqamiz. Ushbu klasterda Sotishdan tushgan daromad 445,7 so‘mni
tashkil qilib, 2019 yilga nisbatan 4,1 martaga oshib, xarajatlar esa 3,7 martaga o‘sgan. Sof foyda
2023 yilda 121,2 mlrd.so‘mni tashkil qilib, 2019 yilga nisbatan 212,6 mirtaga oshganligini
ko‘rishimiz mumkin. 2023 yilda texnologik transfer xarajatlari 2023 yilda 445,2 mlrd.so‘mni
tashkil qilib, 2019 yilga nisbatan 2,4 martaga oshgan.
3-jadval
Qashqadaryo viloyati “Oqsaroy” klasterining samaradorlik ko‘rsatkichlari
Ko‘rsatkichlar
O’lchov
birligi
2019
2020
2021
2022
2023
2023 yilda
2019 yilga
nisbatan
o‘zgarish,
marta
Sotishdan tushgan
daromad
Mlrd. so‘m
108,6
137,8
167,5
180,1
445,7
4,1
Xarjat
Mlrd. so‘m
108,5
137,5
166,6
128,9
324,5
3,0
Sof foyda
Mlrd. so‘m
0,057
0,230
0,930
51,2
121,2
212,6
Rentabellik,%
Mlrd. so‘m
0,1
0,2
0,6
39,7
37,4
x
Texnologik transfer
xarajatlari
Mlrd. so‘m
187,6
114,4
242,0
77,068
445,2
2,4
Asosiy vositalar
Mlrd. so‘m
152 ,8
206,4
211,1
244,5
34,7
2,2
Tovar moddiy zahiralar
Mlrd. so‘m
34,7
95,6
145,2
74,6
180,6
5,2
Ishchilar soni
Kishi
1 740
1761
1824
1824
1756
1,0
www.e-itt.uz
III SON. 2024
46
Qashqadaryo viloyati klasterlarining o‘rtacha samaradorligi va “Oqsaroy” klasterining
samaradorlik ko‘rsatkichlarining marjinal o‘sishini tahlil filamiz. 4 – jadval ma’lumotlaridan
ko‘rinib turibdiki, klasterlar 2019-2021 yillar davomida foyda bilan chiqmagan. Ammo keying
ishlab chiqarishlar uchun yangi texnologiyalar, asosiy vositalar keltirilgan. “Oqsaroy”
klasterida esa samaradorlik ko‘rsatkichlari o‘sib borgan. Qashqadaryo viloyati klasterlarining
o‘rtacha samaradorligi ko‘rsatkichlarining marjinal o‘sishini ko‘rib chiqamiz.
4-jadval
Qashqadaryo viloyati to‘qmiachmlik klasterlarining o‘rtacha samaradorlik
ko‘rsatkichlari
Ko‘rsatkichlar
O’lchov
birligi
2019
2020
2021
2022
2023
Sotishdan
tushgan
daromad
(𝑆
𝑡
)
Mlrd. so‘m
108, 641
137,823
167, 498
180,172
445, 684
Xarjat
𝑋
𝑡
Mlrd. so‘m
108, 584
137,593
166, 568
128, 953
324, 458
Texnologik
transfer
xarajatlari
(𝑡)
𝑡
Mlrd. so‘m
187,601
114,402
242, 027
77,068,0
445, 231
𝐷
𝑑𝑜‘
=
∆𝑆
𝑡
∆𝑡
𝑡
=
𝑆
𝑡2
− 𝑆
𝑡1
𝑡
𝑡2
− 𝑡
𝑡1
𝐷
𝑑𝑜‘
−
viloyat bo‘yicha klasterlarning qo‘shimcha bir so‘mlik texnologik xarajat sarflash
evaziga umumiy daromadning o‘sgan qismi.
∆𝑆
𝑡
−
viloyat bo‘yicha sotishdan tushgan daromadning o‘zgarishi.
∆𝑡
𝑡
−
viloyat bo‘yicha texnologik xarajatlarning o‘zgarishi.
𝐿
𝑑𝑜‘
=
∆𝑋
𝑡
∆𝑡
𝑡
=
𝑋
𝑡2
− 𝑋
𝑡1
𝑡
𝑡2
− 𝑡
𝑡1
𝐿
𝑑𝑜‘
−
viloyat bo‘yicha qo‘shimcha bir so‘mlik texnologik xarajat sarflash evaziga umumiy
xarajatning o‘sgan qismi.
∆𝑋
𝑡
−
viloyat bo‘yicha umumiy xarajatlarning o‘zgarishi.
𝐷
𝑑2022−2023
=
2546,25 − 179,621
204,343 − 95,760
=
75,004
108760
= 0,69
𝐿
𝑑2022−2023
=
217,157 − 174,585
204,343 − 95,760
=
42,587
10,876
= 0,39
Qashqadaryo viloyatida klasterlarning texnologik xarajatlarga nisbatan o‘rtacha
samaradorlik ko‘rsatkichlarini quyidagicha tahlil qilishimiz mumkin:
➢
texnologik xarajatlarning bir milliardga oshirilishi daromadlarni 0,69 milliardga
o‘sishini ko‘rsatadi.
➢
texnologik xarajatlarning bir milliardga oshirilishi xarajatlarning 0,39 milliardga
o‘sishini yuqoridgi hisob kitoblardan ko‘rishimiz mumkin.
Ko‘rinib turibdiki, Qashqadaryo viloyatida klasterlarning texnologik xarajatlarga mablag‘
ajratilishi daromadining oshishiga olib kelgan. Ammo bu ma’lum texnologik davrni ichiga olib,
qushimcha bir birlik
𝐷
𝑑
= 𝐿
𝑑
teng bulgunga qadar davom etadi. Xozirgi holatda esa viloyat
hududida faoliyat ko‘rsatayotgan klasterlar
𝐷
𝑑
> 𝐿
𝑑
(0,69 > 0,39)
qo‘shimcha innovatsion
texnologiyalarga mablag‘ sarflash imkoniyati mavjudligini ko‘rishimiz mumkin.
www.e-itt.uz
III SON. 2024
47
5-jadval
Qashqadaryo viloyati “Oqsaroy” klasterining samaradorlik ko‘rsatkichlari
Ko‘rsatkichlar
O’lchov
birligi
2019
2020
2021
2022
2023
2023-yilda
2019-yilga
nisbatan
o‘zgarish,
marta
Sotishdan tushgan
daromad
(𝑆
𝑡
)
Mlrd.
so‘m
108, 641
137,823
167, 498
180,172
445, 684
4,1
Xarjat
𝑋
𝑡
Mlrd.
so‘m
108, 584
137,593
166, 568
128, 953
324, 458
3,0
Texnologik transfer
xarajatlari
(𝑡)
𝑡
Mlrd.
so‘m
187,601
114,402
242, 027
77,068,0
445, 231
2,4
𝐷
𝑑2022−2023
=
445,684 − 180,172
445,231 − 77,068
=
265,512
368,163
= 0,721
𝐿
𝑑2022−2023
=
324,458 − 128,953
445,231 − 77,068
=
195,505
368,163
= 0,53
“Oqsaroy” klasterining texnologik xarajatlarga nisbatan o‘rtacha samaradorlik
ko‘rsatkichlarini quyidagicha tahlil qilishimiz mumkin:
➢
texnologik xarajatlarning bir milliardga oshirilishi daromadlarni 0,721 milliardga
o‘sishini ko‘rsatadi.
➢
texnologik xarajatlarning bir milliardga oshirilishi xarajatlarning 0,531 milliardga
o‘sishini yuqoridagi hisob kitoblardan ko‘rishimiz mumkin.
2-rasm. Innovatsion klasterlarning tashkiliy – iqtisodiy mexanizmi
Innovatsion klaster
Oliy o‘quv
yurtlari
Ilmiy tadqiqot
institutlari
Тexnoparklar
Aholining innovator
qatlami
Buyurtmachilar
Innovatsion
tovarlar
Innovatsion mahsulotlar bozori: Oflayn, onlayn
Real sektor
Davlat
Venchur
кompaniyalar
Innovatsion
ishlanmalar
- klaster boshqaruv
raisi va o‘rinbosarlar
-xodimlar bo‘limi
-innovatsiyalarni
tahlil qilish bo‘limi
-inovatsiyalar
bo‘yicha
hududiy
vakilliklar (1,2,3....n)
-merketing bo‘limi
-hisob –kitob bo‘limi
Tashkiliy tuzulma
-fyuchers
bitimlari
- tug‘ridan tug‘ri
shartnomalari
-
ayriboshlashni
ng boshqa
shakllari
- hamkorlik
shartnomalari
Jismoniy
shaxslar
Innovatsion
mahsulot
www.e-itt.uz
III SON. 2024
48
Ko‘rinib turibdiki, texnologik transfer xarajatlar “oqsaroy” klasterining daromadining
oshishiga sabab bo‘lgan. Ammo bu bu ma’lum texnologik davrni ichiga olib,
𝐷
𝑑
= 𝐿
𝑑
teng
bulgunga qadar davom etadi. Xozirgi holatda esa
𝐷
𝑑
> 𝐿
𝑑
(0,721 > 0531)
qo‘shimcha bir
birlik innovatsion texnologiyalarga mablag‘ sarflash imkoniyati mavjudligini ko‘rishimiz
mumkin.
O‘zbekiston Respublikasida klaster iqtisodiyotiga tegishli bo‘lgan uyushgan kompleks
disassimilyatsiyadan ko‘ra assimilyatsiya (
ichkarida to‘planish
)ning ustunligi bilan tavsiflanadi,
ya’ni faoliyatni to‘plash, bu uning uchun noqulay sharoitlarda ayniqsa muhimdir.
Disassimilyatsiyaning ustunligi faoliyatning yo‘qolishiga va shunga mos ravishda tizimning
tashqi ta’siriga qarshilikning pasayishiga olib keladi. Klaster iqtisodiyoti konjugatsiya
hodisasini o‘zida aks yettiradi. Konjugatsiya, ingression va disgression kabi tushunchalarni o‘z
ichiga oladi. Konjugatsiya jarayoni yelementlarning bir xillik, o‘xshashlik, harakatning bir
yo‘nalishliligi, bir-birini to‘ldiruvchiligi va boshqalar tamoyillariga muvofiq bog‘lanishi,
shuningdek, ularning kombinatsiyasi natijasida "Zanjirli aloqa"ni tashkil yetishi bilan
ta’minlanadi. Bu yesa klaster iqtisodiyotiga to‘liq mos keladi. Yelementlar birikmasining paydo
bo‘lishi va o‘zgarishi, xilma-xillikni keltirib chiqaradi hamda tashkiliy shakllarni o‘zgartirib
yangi tashkilot hosil qiladi.
2-rasmda keltirilgan innovatsion klasterning namunaviy tashkiliy iqtisodiy mexanizmi
borzor iqtisodiyoti sharoitida M.Porterning “Erkin borzor” nazariyasiga asoslanib, unda
innovatsion mahsulotlar va ishlanmalar ishlab chiquvchi klasterlar zanjiri ifoda etilgan. Ushbu
mexanizm davlat aralashuvisiz mustaqil xususiy holda shakllantiriladi. Innovatsion klasterlar
innovatsion tayyor mahsulotni istemolchilarga va innovatsion ishlanmalarni byurtmachilarga
taklif etadi. Innovatsion mahsulotlar bozorinini onlayn va oflayn tarzda shakllantirilib, fyuchers
bitimlari, tug‘ridan tug‘ri shartnomalar, hamkorlik shartnomalari va ayriboshlashning boshqa
shakllaridan foydalangan holda iqtisodiy munosabatga kirishadilar. Mexanizmda tashkiliy
tuzulmaning hududlar buyicha vakilliklari real sektor, jismoniy shaxslar, davlat va boshqa
byurtmachilar bilan shartnomalar imzolaydi. Shuningdek, innovatsion ishlanmalar taqdim
qiluvchi oliy o‘quv yurtlari, ilmiy tadqiqot institutlari, texnoparklar, aholining innovator
qatlami bilan hamkorlikni tashkil qiladi. Innovatsiyalarni thlil qilish bo‘limi innovatsion
mahsulotni tovar yoki iglanma sifatida innovatsiyalar bozoriga olib chiqishni taklif etadilar.
Umuman olganda, klasterning paydo bo‘lishi, kamdan-kam istisnolardan tashqari,
kombinatsiya ta’siri ostida o‘z-o‘zidan sodir bo‘lishi lozim. Tadbirkorlik tashabbusini ayrim
omillarning asosiysi deb hisoblash mumkin. Bu yesa klasterlarning shakllanishi uchun asos
hisoblanadi. Bir yoki ko‘plab xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan birgalikda foydalanish
imkoniyati yoki zaruriyati bir nechta birlashtiruvchi omillariga bog‘liq. Masalan: asosiy
texnologiya, mahsulotlarni marketingni ilgari surish kanallari, kadrlar tayyorlash tizimi,
yagona mahsulot sohasiga oid nou-xau yaratish tizimi.
Xulosа vа takliflar.
Klaster bir tomondan, trigger yeffektiga ko‘ra tezda yangilash imkonini beradi. Ikkinchi
tomondan, bu jarayonda xaridorlar bozordan oldinngi uzluksiz rivojlanishini eslashga majbur
qiladi. Boshqa tomondan, klasterning barqarorligi tashqi va ichki salbiy buzilishlarga qarshi
turish, mutanosib va barqaror holatni saqlash qobiliyati bilan belgilanadi. Uzoq vaqt davomida
harakat bir xil tuzilish, ishlash usuli va traektoriyasi nisbatan. Aynan klaster iqtisodiyoti sizga
biznes konsepsiyasini yangidan qurish, odatiy modellarni o‘zgartirish, o‘zingizni boshqacha
joylashtirish va raqobatbardoshlikning yangi joylarini topish imkonini beradi. Klaster ichidagi
raqobat tizimni optimallashtirishga va ma’lumotlar almashinuviga, mutaxassislar,
texnologiyalar tizimni rivojlantirishga, moliyaviy resurslarni o‘tkazish imkonini beradi.
Klasterni rivojlantirish uchun yeng zarur bo‘lgan tarmoqlarga, zamonaviy iqtisodiyot global
iqtisodiyot bilan tavsiflanadigan raqobat, o‘zgarishlar, axborot va kommunikatsiyalarning
yanada tezroq oqimi o‘sib bormoqda. Bu yesa biznesning murakkabligi va keng tarqalgan
www.e-itt.uz
III SON. 2024
49
globallashuvni taqdim yetadi. O‘zgarishlar tezligi shunchalik yuqori bo‘ladiki, biz uning
mohiyatida innovatsion biznesning yangi davri tug‘ilishi haqida gapirishimiz mumkin. Bu yangi
iqtisodiy va biznes muhitida zamonaviy texnologik yutuqlar bilan tavsiflanadi. Bozorlarda tez
o‘zgaruvchan o‘yin qoidalari va moslashgan yangi xaridorning shakllanishi ham katta tezlikda
o‘zgaradi. Shunga ko‘ra, ishlab chiqaruvchi talab muammolariga ham, atrofdagi bozor
muhitidagi o‘zgarishlarga ham moslashishadi.
Klasterni shakllantirish uchun quyidagi vositalar to‘plamidan foydalanish lozim:
➢
tashkiliy va kommunikativ, jalb qiluvchi klasterni rivojlantirish va amalga oshirish
mumkin bo‘lgan kommunikativ muhitni rivojlantirish;
➢
yaratishni nazarda tutuvchi investitsiyalar jalb qilish, muhandislik yoki klasterni
shakllantirish uchun zarur bo‘lgan boshqa infratuzilmani shakllantirish;
➢
tashkiliy va huquqiy, me’yoriy-huquqiy bazani ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash. Bu
xodimlar, axborot, marketing va boshqa dasturlarni o‘z ichiga oladi.
Har qanday klaster ma’lum bosqichlar ketma-ketligidan o‘tadi. Ular barcha klasterlar
uchun bir xil bo‘lmasligi mumkin. Ularning rivojlanish sur’ati har xil bo‘lishi mumkin. Biroq,
klasterlarning rivojlanishida ba’zi xarakterli jihatlarni aniqlashga imkon beradigan ichki
mantiq mavjud.. Yeng ko‘p ishlatiladigan klaster bosqichlari quyidagilar bo‘lishi lozim:
➢
strukturaviy - bosqichli, klaster strukturasi rivojlanishini dinamikada qayd yetish,
uning asosiy vazifasi klaster tuzilmasida uning rivojlanishi uchun paydo bo‘lishi kerak bo‘lgan
yangi yelementlarni aniqlashdan iborat;
➢
asosiy ishlab chiqarish va texnologik bosqichlarni belgilovchi ishlab chiqarish va
texnologik ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlovchi klasterdagi jarayonlar va asosiy
infratuzilma;
➢
muammoli, potensial klaster tuzilmasi va mavjud vaziyat o‘rtasidagi tafovutlarni qayd
yetish yoki potensial klaster rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan tashqi
muammolar.
Adabiyotlar/ Литература/ References:
www.viкtоrоvа-ts.ru (n.d.) Синергетический подход в управлении [Электронный
ресурс] // Режим доступа:
Ансофф, И. (1999). Новая корпоративная стратегия / И. Ансофф. – СПб.: Изд-во
«Питер», 416 с.
Бабкин А.В., Бахмутская А.В., Кудрявцева Т.Ю. (2013) Разработка Эффективный
механизм регионалной промышленной политики // Экономический рост России. - № 4
(61). - С. 204.
Бабкин А.В., Шамина Л.К. (2008). Анализ исползования методических подходов в
управлении экономическими системами // Научно-технические ведомости СПбГПУ. Серия
«Экономика». № 1 (53). – Страницы 18-22.
Богданов, А.А. (1989). Тектология – всеобщая организационная наука. [Текст] – Т. I,
II. – М.: Экономика.
Маршалл, А. (1993). Основы экономики / А. Маршалл. - М.: Издателство. "Прогресс", -
Т.3. - 351 с.
Портер, М. (2005). Конкуренция. Пер. с англ. – М.: Издателский дом «Вилямс», 608 с.
Савелева, Е. А. (2009). Создание промышленных кластеров и повышение
конкурентоспособности Самарского региона / Е. А.Савелева // Вестник Самарского
государственного аэрокосмического университета. - №3 - С. 178-192.