Авторы

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aept.65128

Ключевые слова:

основные средства классификация основных средств финансовая отчетность бухгалтерский учет международные стандарты

Аннотация

В статье рассмотрены вопросы методического и организационного совершенствования учета основных средств. В частности, обсуждались критерии признания основных средств на основе НСБУ и МСФО, ввод основных средств, классификация, отток, корректность представления информации об основных средствах в финансовых отчетах.


background image

www.e-itt.uz

III SON. 2024

93



ASOSIY VOSITALAR BUXGALTERIYA HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH

Sanokulova Nafisa

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

ORCID: 0009-0006-7007-1906

nafisasanokulova6@gmail.com

Annotatsiya.

Maqolada

asosiy vositalar hisobini uslubiy va tashkiliy jihatdan

takomillashtirish masalalari yoritilgan. Jumladan, asosiy vositalarni BHMS va MHXS asosida
tan olish mezonlari, asosiy vositalarning kirimi, turkumlanishi, chiqib ketishi, moliyaviy
hisobotlarda asosiy vositalar toʻgʻrisidagi axborotlarni to‘g‘ri yetkazib berish

haqida toʻxtalib

oʻtilgan.

Kalit so‘zlar:

asosiy vositalar, asosiy vositalarni turkumlash, moliyaviy hisobot,

buxgalteriya hisobi, xalqaro standartlar.

УЛУЧШЕНИЕ УЧЕТА ОСНОВНЫХ СРЕДСТВ

Санокулова Нафиса

Ташкентский государственный экономический университет

Аннотация.

В

статье

рассмотрены

вопросы

методического

и

организационного совершенствования учета основных средств. В частности,
обсуждались критерии признания основных средств на основе НСБУ и МСФО, ввод
основных средств, классификация, отток, корректность представления
информации об основных средствах в финансовых отчетах.

Ключевые слова:

основные средства, классификация основных средств,

финансовая отчетность, бухгалтерский учет, международные стандарты.

IMPROVING FIXED ASSET ACCOUNTING

Sanokulova Nafisa

Tashkent State University of Economics

Abstract.

The article discusses the issues of methodological and organizational

improvement of fixed asset accounting. In particular, the article deals with the criteria for
recognizing fixed assets based on the National Accounting Standards and IFRS, the entry,
classification, disposal of fixed assets, and the correct presentation of information about fixed
assets in financial statements.

Keywords:

fixed assets, classification of fixed assets, financial reporting, accounting,

international standards.

UOʻK: 656.071.32

93-99


background image

www.e-itt.uz

III SON. 2024

94


Kirish.

Iqtisodiyotni taraqqiyot strategiyasi asosida rivojlantirish sharoitida xoʻjalik yurituvchi

subyektlar raqobatbardoshligini oshirish faqat yollanma mehnat, tovar-moddiy zaxiralar

aylanmasi orqali emas, balki, asosan, har qanday tarmoq yoki tashkilotning moddiy-texnik

bazasining asosiy qismini tashkil etuvchi asosiy vositalarni shakllantirish va ulardan samarali
foydalanishni taqozo etadi. Xo‘jalik faoliyati samaradorligini oshirishning eng muhim

omillaridan biri korxonalarni asosiy vositalar bilan zarur miqdorda, assortimentda hamda

to‘liqroq ta’minlashdan iborat.

Bugungi kunda, asosiy vositalar hisobini takomillashtirish dolzarb masalaga aylangan.

Mavjud hisob tizimi ayrim hollarda yetarlicha samarali emasligi, ma’lumotlarning noaniqligi,

amortizatsiya hisob-kitoblarida xatoliklar va eskirishning to‘g‘ri baholanmasligi kabi

muammolar yuzaga kelmoqda. Mazkur ishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil

24-fevraldagi “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-
tadbirlar [1] to‘g‘risida”gi 4611-son qarori mamlakatimizda buxgalteriya hisobi va hisobotini

tashkil etish hamda yuritish borasida tub burilish yasadi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu
qarorning qabul qilinishidan maqsad moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tishni

jadallashtirish orqali xorijiy investorlarni zarur axborot muhiti bilan ta’minlash va xalqaro
moliya bozorlariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, hisob va audit sohalari

mutaxassislarini xalqaro standartlar bo‘yicha tayyorlash tizimini takomillashtirishdan iborat.

Ushbu qarorda 2021-yil 1-yanvardan boshlab, mamalakatimizdagi barcha yirik soliq to‘lovchi

korxonalar MHXS asosida buxgalteriya hisobi yuritilishini tashkil etishi va 2021-yil yakunlari

bo‘yicha moliyaviy hisobotni MHXS asosida tayyorlashlari va taqdim etishlari belgilab qo‘yildi.

Adabiyotlar sharhi.

Asosiy vositalarni buxgalteriya hisobida tan olinishi, baholanishi, amortizatsiyasi bo‘yicha

ko‘plab iqtisodchi olimlar tadqiqotlar olib borganlar. Xususan, Ismanov (2006) fikriga koʻra
“Asosiy vositalar – bu kelgusida iqtisodiy naf keltiradigan, korxona tomonidan uzoq muddat

davomida xo‘jalik faoliyatini yuritishda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki

xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga

oshirish maqsadida foydalanish uchun tutib turiladigan moddiy aktivlar”.

Kudbiyev (2022) asosiy vositalarga quyidagicha ta’rif beradi: “Asosiy fondlar uzoq vaqt

davomida moddiy ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohasida ishlaydi, tabiiy shaklini

saqlab qoladi va eskirganligi- yaroqsizligi sababli asta-sekin, qismlab, foydalanish o‘lchoviga

(holatiga) qarab o‘z qiymatini yo‘qotadi. Moddiy ishlab chiqarishda asosiy fondlar yo‘qotgan
qiymatini ular yaratgan mahsulotga o‘tkazadi”.

Kurbanov (2021) ta’rifi bo’yicha “Asosiy vositalar tovarlarni ishlab chiqarish yoki

yetkazib berish va xizmatlarni ko‘rsatish, ijaraga berish yoki ma’muriy maqsadlarda

foydalanish uchun mo‘ljallangan, uzoq davr davomida ishlatiladi, o‘zini natural shaklini

o‘zgartirmaydi, faqat eskirish qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulot (ko‘rsatilgan xizmat)
tannarxiga yoki davr xarajatlariga o‘tkazib boradi”.

Alisenovga (2017) ko‘ra “Asosiy vositalar-bu ishlab chiqarish jarayonida bir necha bor

ishtirok etadigan va o’z qiymatini ishlab chiqarilgan tovarlarga qismlarga bo’lib o’tkazadigan,

shu bilan birga moddiy shaklini o’zgartirmaydigan mehnat vositalari”.

Sklyarenko (2019) esa “Asosiy vositalar – uzoq vaqt davomida ishlab chiqarish jarayonida

faoliyat ko‘rsatadigan, butun davr mobaynida o‘z tabiiy va moddiy shaklini saqlab qoladigan va

amortizatsiya to‘lovlari shaklida eskiradigan mahsulotlarga o‘z qiymatini qismlarga bo‘lib

o‘tkazadigan ishlab chiqarish, moddiy va moddiy qiymatliklar majmuyi” deb ta’rif berdi.

Yuqoridagi iqtisodchi olimlarning ilmiy-uslubiy asarlari sharhi shuni koʻrsatadiki, ular

tomonidan asosiy vositalar hisobi va ulardan foydalanishni tahlil qilishga bagʻishlangan bir-

biriga yaqin bo‘lgan yondashuvlarni e’tirof etishgan. Bizning fikrimizcha, korxona va


background image

www.e-itt.uz

III SON. 2024

95


tashkilotlar BHMS talablaridan kelib chiqqan holda, asosiy vositalar hisobini tashkil etish va
ularni yuritish uchun BHXS ga o‘tishi zarur.

Tadqiqot metodologiyasi.

Tadqiqot ishini bajarishda kuzatish, ma’lumotlarni yig‘ish, umumlashtirish, taqqoslash,

mahalliy va xorijiy olimlarning asosiy vositalar hisobini takomillashtirishdagi iqtisodiy

qarashlari, sohadagi muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha izlanishlari hamda sohaga

doir qonuniy va me’yoriy-huquqiy hujjatlar o‘rganilib, xulosa va takliflar ishlab chiqildi.

Тahlil va natijalar muhokamasi.

O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonuniga (2016) ko‘ra

“Aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zaxiralar, daromadlar, xarajatlar, foyda, zararlar va

ularning harakati bilan bog‘liq xo‘jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining obyektlaridir.
Buxgalteriya hisobi obyektlari sintetik va analitik hisoblarda yuritiladi”.

Bizga ma’lumki aktivlar o‘z navbatida ikki qismga qisqa muddatli va uzoq muddatli

aktivlarga turkumlanadi. Asosiy vositalar uzoq muddatli aktivlarning asosiy qismini tashkil

etadi. Shu sababdan asosiy vositalar hisobi buxgalteriya hisobini asosiy obyektlaridan biri
bo‘lib hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 5-son buxgalteriya

hisobi milliy standarti “Asosiy vositalar” ning yangi tahriri 2024-yil 9-avgustda ro‘yxatdan

o‘tkazildi. Mazkur buyruq 2025-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.

5-son BHMS “Аsosiy vositalar”ga ko‘ra quyidagi ta’rifga javob bergan hisob obyektlari

asosiy vositalar sifatida tan olinishi belgilab berilgan:

1 yildan ortiq xizmati muddati;

Bir-

birlik (to‘plam) uchun qiymati O‘zbekiston Respublikasida (xarid paytida)

belgilangan eng kam oylik ish haqqini haqqi miqdorining 50 barobaridan ortiq bo‘lgan

buyumlar;

Ijaraga berilishi mumkin bo‘lgan aktivlar.

Buxgalteriya hisobi uchun asosiy vositalar turli mezonlarga muvofiq tasniflanadi.

Tashkilotning asosiy fondlari tarkibi va maqsadi jihatidan xilma-xildir. Asosiy vositalar hisobini

tashkil qilish uchun ular turi, maqsadi, boʻlinmalari, foydalanish va egalik qilish darajasi
boʻyicha tasniflanishi kerak (Shakarov, 2000).

1-rasm

.

Asosiy vositalarni turkumlash

Xizmat muddati va qiymatidan qat’i nazar, quyidagilar asosiy vositalar tarkibiga

kiritilmaydi:

maxsus asboblar va moslamalar (muayyan buyumlarni turkumlab va yoppasiga ishlab

chiqarish uchun yoki yakka tartibdagi buyurtmalarni tayyorlash uchun mo‘ljallangan, maqsadli

yo‘naltirilgan asboblar va moslamalar);

kamida bir yillik foydalanish muddatiga ega bo‘lgan almashtiriladigan uskunalar;

maxsus va sanitariya kiyim-kechaklari, maxsus poyabzallar;

ko‘rpa

-

to‘shak anjomlari;

Asosiy vositalarni

turkumlash

Bajaradigan

vazifasiga ko‘ra

Obyektlardan

foydalanish

darajasiga ko‘ra

Obyektlarning

joylashgan joyi

bo‘yicha

Soliq solish

maqsadiga ko‘ra


background image

www.e-itt.uz

III SON. 2024

96


oshxona anjomlari, shuningdek oshxona uchun dasturxon-sochiqlar;

yozuv-chizuv anjomlari (kalkulyatorlar, stol

ustiga qo‘yiladigan asboblar va boshqalar);

tiklanishi bo‘yicha xarajatlar qurilish

-montaj ishlari tannarxiga kiritiladigan

vaqtinchalik moslamalar va qurilmalar;

ov qurollari.

Asosiy vositalar tarkibiga ko‘chmas mulk ham hisobga olinadi. Ko‘chmas mulk-xo‘jalik

yurituvchi subyektlarda mavjud mol-mulki yer bilan uzviy bog‘langan va huquqiy jihatdan

mustahkamlangan, o‘zining maqsadli foydalanish vazifasiga va ahamiyatiga shikast

yetkazmasdan turib boshqa joyga ko‘chirishning imkoni bo‘lmagan tovarlar, ish va xizmatlarni
ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va ularni yetkazib berishda, lizing, ijara va ma’muriy

maqsadlarda uzoq muddat davomida foydalaniladigan obyektlar hisoblanadi. Ko‘chmas mulkni

baholashda xarajat, taqqoslash (bozor) va daromad usullari asosida yuritiladi. Ko‘chmas

mulkni baholashda xarajat usuli maqbul usul bo‘lib, obyektni yaratishda qilingan xarajatlarni
uning qiymati bilan solishtirgan holda amalga oshiriladi. Bu usul yuridik va jismoniy shaxslar

mulkini soliqqa tortish maqsadida foydalaniladi.

Jahon amaliyotida ko‘chmas mulk qiymatini qayta ko‘rib chiqish yoki qayta baholash

muddati quyidagicha:

Yaponiyada har 3 yilda mulkning qiymati qayta ko‘rib chiqiladi;

Ispaniyada ko‘chmas mulkning kadastr qiymati har 8 yilda qayta baholadi;

Fransiyada kadastr qiymati o‘zgarmas (keying 50 yilda o‘zgarmasdan qolgan);

AQSH da soliqqa tortish maqsadida ko‘chmas mulkning bozor qiymati qayta baholanadi;

Rossiya Federatsiyasida ko‘chmas mulkning kadastr qiymatida soliqqa tortiladi.

1-jadval

Asosiy vositalarni bajaradigan vazifasiga ko‘ra turkumlash

Turkum

Tarkibi

Ishlab chiqarish vositalari

Sanoat mashinalari, presslar, robotlar, ishlab chiqarish liniyalari

Transport vositalari

Avtomobillar, poyezdlar, samolyotlar, kemalar

Komunikatsiya vositalari

Telefonlar, radio, televizor, internet tarmoqlari

Mehnat vositalari

Qaychi, bolg‘a, pichoq, shpagat, kompyuter

O‘lchov vositalari

Mikroskop, termometr, voltmetr, dinamometr

Ta’lim vositalari

Darsliklar

, multimedia, o‘quv materiallari, interaktiv ta'lim tizimlari

Kuzatuv vositalari

Kamera tizimlari, radarlar, sensorlar, meteorologik asboblar

Boshqaruv vositalari

Rejalashtirish dasturlari

Yuridik vositalar

Shartnomalar, qonunlar, nizomlar, sud hujjatlari

Asosiy vositalarning bunday guruhlanishidan maqsad resurslarni samarali boshqarish,

xarajatlarni optimallashtirish, texnik xizmatni tashkil etish, ishlab chiqarish jarayonini doimiy

ravishda yaxshilash va kompaniyaning strategik qarorlar qabul qilish jarayonini

osonlashtirishdir. Bu turkumlash vositalarning ishlatilish muddati va intensivligini hisobga
olib, har bir vosita uchun aniq boshqaruv va ta'mirlash strategiyalarini ishlab chiqishga imkon
beradi.

Asosiy vositalarni joylashgan joyi (javobgarlik markazlari) bo‘yicha turkumlanishi:

Asosiy ishlab chiqarishdagi;

Umumishlab chiqarishdagi;

Yordamchi ishlab chiqarishdagi;

Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklardagi;

Materiallarni tayyorlash va xarid qilishdagi.


background image

www.e-itt.uz

III SON. 2024

97


2-rasm. Asosiy vositalarni foydalanish darajasiga ko`ra turkumlash

Buxgalteriya sohasida olib borilayotgan islohotlarning tub mohiyati moliyaviy hisobot

ma’lumotlaridan foydalanuvchilarga haqqoniy, to‘liq va to‘g‘ri ma’lumotlarni o‘z vaqtida

yetkazib berish hamda investitsion qarorlarni qabul qilish uchun asos sifatida foydalana

olinishi mumkin bo‘lgan darajaga ko‘tarishdir. Biroq mamlakatimiz me’yoriy-huquqiy
hujjatlarida keltirib o‘tilgan shart va talablar bu maqsadlarni bajarish uchun yetarli emas.

Mamlakatimizda yaqin yillargacha barcha xo‘jalik subyektlari buxgalteriya hisobida asosiy

vositalar hisobini tashkil etish, ya’ni ularni tan olish, baholash, amortizatsiyasi 5-son “Asosiy

vositalar” nomli BHMSda tartibga solingan, ammo talablarga javob bermaydi. Shu sababdan,
mazkur me’yoriy-huquqiy hujjatni xalqaro standartlar talablari asosida qayta shakllantirish va

yangidan qabul qilish zarurati yuzaga chiqadi. Rivojlangan mamlakatlar amaliyotida

buxgalteriyada asosiy vositalarni hisobga olish bir nechta moliyaviy hisobotning xalqaro

standartlari asosida tartibga solinadi. 16-son BHXS “Asosiy vositalar”, 5-son MHXS “Sotish
uchun mo‘ljallangan uzoq muddatli aktivlar va davom ettirilmaydigan faoliyat”, 17-son BHXS

“Ijara”, 40-son BHXS “Investitsion mulk” hamda 13-MHXS “Haqqoniy qiymatni baholash” kabi

xalqaro standartlar shular jumlasidandir (Raximova, 2023).

Asosiy vositalarni hisob jarayonini tashkil etishda milliy va xalqaro standartlar talablari

orasida juda katta tafovut mavjud. Jumladan, asosiy vositalarning tasniflanishi, asosiy
vositalarni kirim qilish jarayonlari, asosiy vositalarga eskirish hisoblash jarayonlari, ijara

munosabatlarini hisobga olish masalalarini sanab oʻtish mumkin. Asosiy vositalar hisobi

moliyaviy hisobning xalqaro standartlari talablaridan kelib chiqib “tarixiy qiymat” yoki “qayta

baholash” usullarida hisobga olinishi mumkin. Milliy hisoblar tizimida esa bu haqda
ma'lumotlar keltirilmagan. Kirim qilish jarayonida MHXSga koʻra asosiy vositalar qiymatining

yirik qismini tashkil etgan, asosiy vositadan farqli xizmat muddatiga ega boʻlgan elementlari
alohida hisob ob’ekti sifatida kirim qilish va ularga alohida eskirish usullarini qoʻllash, asosiy

vositalar boshlangʻich qiymati tarkibiga demontaj xarajatlarining diskontlangan qiymatlarini
kiritish mumkinligi aytilgan boʻlsa, BHMSda bu haqda ham yetarli ma’lumotlar keltirilmagan

(Ergasheva, 2021). Xalqaro tajribalar talablari boʻyicha asosiy vositalarning hisobini tashkil

qilishda asosiy jihatlaridan yana biri bu, asosiy vositalarni sotib olinib, foydalanishga

topshirgandan keyin amalga oshiriladigan xarajatlar, jumladan ta’mirlash, xizmat koʻrsatish
yoki yaxshilanish quyidagi usullarning biri boʻyicha hisobga olinadi:

-

Xarajat sifatida tan olinadi;

-

Kapitallashtiriladi;

-

Jamgʻarilgan eskirishni kamaytirilishi sifatida tan olinadi.

Asosiy vositalarni foydalanish

darajasiga ko

ra turkumlash

Foydalanilayotgan asosiy vositalar

Zahirada turgan asosiy vositalar

Konservatsiya qilingan asosiy

vositalar


background image

www.e-itt.uz

III SON. 2024

98


2-jadval

Asosiy vositalarning buxgalteriya hisobida tan olish mezonlari va boshlang`ich qiymat

tarkibini 5-BHMS bilan 16-MHXS dagi asosiy normalarni taqqoslama jadvali

Ko

rsatkichlar

nomi

16-

MHXS “Asosiy vositalar”

5-sonli BHMS

Asosiy vositalar

tushunchasi va

tan olishning

mezonlari

Kompaniya tomonidan tovar va

xizmatlarni ishlab chiqarish yoki

yetkazib berish, boshqa kompaniyalarga

ijaraga berish yoki ma’muriy maqsadlar

uchun

foydalaniladigan

va

bir

muddatdan

ko‘proq

foydalanishi

kutilayotgan moddiy boyliklar (16-IAS)

16-bandining 6-bandi.

Aktivlarni tan olish mezonlari: asosiy

vositalar obyektining tannarxi faqatgina

quyidagi shartlar bajarilganda aktiv

sifatida tan olinadi:

-

tadbirkorlik subyekti tomonidan

asosiy vosita bilan bog‘liq kelgusi

iqtisodiy naf olinishi ehtimoli mavjud

bo‘lsa;

-

aktivning tannarxi ishonchli baholay

olsa.

Asosiy vositalar

tashkilotning uzoq

muddat davomida (bir yildan ortiq)

xo‘jalik faoliyatini yuritishda mahsulot

ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki

xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud

ma’muriy va ijtimoiy

-madaniy vazifalarni

bajarish jarayonida foydalaniladigan,

shuningdek ijaraga berish mumkin

bo‘lgan moddiy aktivlar.

Asosiy vositalar tarkibiga quyidagi

mezonlarga bir vaqtning o‘zida javob

beriladigan moddiy aktivlar kiritiladi:

-

bir yildan ortiq xizmat muddati;

-

bir birlik uchun qiymati O‘zbekiston

Respublikasida

(xarid

paytida)

belgilangan eng kam oylik ish haqi

miqdorining ellik barovaridan ortiq

bo‘lgan buyumlar.

Asosiy

vositalarning

boshlang`ich

qiymati tarkibi

Asosiy

vositalarning

tannarxi

quyidagilardan tashkil topadi:

-

savdo

chegirmalarini

va

imtiyozlarini chegirish holda, uning

xarid narxi, jumladan import bojlari va
sotib olish bilan bog`liq qoplanmaydigan

soliqlar;

-

aktivni

undan

tadbirkorlik

subyektining rahbariyati tomonidan

ko‘zlangan holda foydalanish uchun

zarur bo‘lgan joy va holatiga olib kelishi

bilan bog‘liq bevosita xarajatlar;

-

asosiy vosita obyektini demontaj

qilish va olib tashlash hamda u

joylashgan joydagi tabiiy resurslarni

qayta

tiklash

xarajatlarining

boshlang‘ich bahosini. Tadbirkorlik

subyekti asosiy vosita sotib olingan

paytda yoki undan ma’lum davr

mobaynida

tovar-moddiy

qimmatliklarni ishlab chiqarish bilan

bog‘liq

bo‘lmagan

maqsadlarda

foydalanish oqibatida ushbu xarajatlat

bo`yicha majburiyatni o‘z zimmasiga

oladi.

Asosiy vositalar boshlang‘ich qiymat

bo‘yicha hisobga olinadi.

Asosiy vositalarni xarid qilish bilan

bog‘liq xarajatlarga quyidagilar kiradi:

-

ro‘yxatga olish yig‘imlari, davlat

bojlari va asosiy vositalarga bo‘lgan

huquqni xarid qilish bo‘yicha amalga

oshirilgan boshqa shunga o‘xshash

to‘lovlar;

-

bojxona bojlari va yig‘imlari;

-

asosiy vositalar obyektlarini xarid

qilish (barpo etish) munosabati bilan

soliqlar va yig‘imlar summalari (agar ular

qoplanmasa);

-

asosiy vositalar obyektlarini xarid

qilish (barpo etish) bilan bog‘liq axborot

va

maslahat

xizmatlari

uchun

to‘lanadigan summalar;

-

asosiy

vositalar

obyektlarini

yetkazib berish (barpo etish) xatarini

sug‘urtalash bo‘yicha xarajatlar.

Agar korxona tomonidan aktivni foydalanshsdan dastlab kutilayotgan boʻlgʻusi iqtisodiy

naflar oshish ehtimoli yuqori deb, hisoblansa, xarajatlar tegishli aktivning balans qiymatiga

qoʻshilishi mumkin. Asosiy vositalar ob'ektlari bilan bogʻliq keyin amalga oshiriladigan

xarajatlar faqat ular aktivning holatini yaxshilasa, yoki oldindan hisoblangan dastlabki

me’yorlarga qaraganda uning unumdorligini oshirsa aktiv sifatida tan olinishi mumkin.


background image

www.e-itt.uz

III SON. 2024

99


Xulosa va takliflar.

Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, asosiy vositalar tashkilotning faoliyatini yuritishda katta

rol o'ynaydi. Ammo asosiy vositalarni hisobga olish va boshqarishda ko‘plab muammolar

uchraydi. Ushbu muammolar korxona moliyaviy hisobotlarining ishonchliligiga ta’sir

ko‘rsatadi hamda resurslardan samarali foydalanishga to‘sqinlik qiladi. Masalan, noto‘g‘ri
qiymatlash va eskirishning o‘z vaqtida hisoblanmasligi, hujjatlashtirish va hisobga olishdagi

kamchiliklar, zamonaviy texnologiyalarning qo‘llanilmasligi, bozordagi o‘zgarishlarga

moslashuvchanlikning pastligini ko`rsatadi. Shunga asosan, korxonalarda asosiy vositalar

hisobini takomillashtirish hamda mavjud muammolarni bartaraf qilish maqsadida
quyidagilarni taklif etamiz:

1.

Avtomatlashtirilgan tizimlarni joriy etish. 1C: Buxgalteriya yoki shunga o'xshash

dasturlarni joriy etish hisob-kitob jarayonlarini avtomatlashtirish va xatoliklarni

kamaytirishga yordam beradi.

2.

Tovar hisobini optimallashtirish. Har bir mahsulotning kirim va chiqim hisobini doimiy

kuzatib borish uchun ombor hisobining aniq va shaffof tizimini yaratish zarur. Ya’ni FIFO yoki
LIFO usullaridan samarali foydalanish.

3.

Moliya boshqaruvini mustahkamlash. Xarajatlar va daromadlar tahlilini o'z vaqtida olib

borish uchun muntazam hisobot tizimini tashkil qilish.

4.

Ichki nazorat tizimini kuchaytirish. Firibgarlik va noto'g'ri hisob-kitoblarning oldini

olish uchun ichki audit tizimini yo'lga qo'yish.

Adabiyotlar/ Литература/ References:

Ergasheva Sh.T. (2021) Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari. Darslik. T.: TDIU, 310 b.

Ismanov I.N. (2006) Uzoq muddatli aktivlar buxgalteriya hisobining metodologik asoslari.

Monografiya. – T.: Fan, -172 b.

Kudbiyev D. (2022) Особенности Учета Основных Средств В Узбекистане. Periodica

Journal of Modern Philosophy, Social Sciences and Humanities, 142–149 b.

Kurbanov Z.N. (2021) Asosiy vositalarning buxgalteriya hisobining dolzarb masalalari.

“Экономика и социум” № 6(85) ч. 752–763-b.

Qaror (2020) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi PQ-4611

“Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o`tish bo`yicha qoʻshimcha chora-tadbirlar

toʻgʻrisida”.

Qonun (2016) Oʻzbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida” 2016 yil 13

apreldagi OʻRQ-404-sonli T.: O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining axborotnomasi.

Raximova G.M. (2023) Asosiy vositalar hisobi va auditni xalqaro standartlari asosida

takomillashtirish. Monografiya. – T.: “TIQXMMI” MTU, -137 b.

Shakarov A. (2000) “Asosiy vositalar hisobi va nazoratini tashkil qilish” (mulkchilikning turli

shakllarida). Toshkent moliya instituti. Iqtisodiyot fanlari nomzodlik dissertatsiyasiga

Avtoreferat.

Алисенов А.С. (2017) Бухгалтерский финансовый учет: учебник и практикум для

академического бакалавриата. –М.: Юрайт. - 457 с.

Скляренко В.К., Прудников В.М. (2019) Экономика предприятия, изд. 2. – Москва:

Инфра-М, – 256 с.

Библиографические ссылки

Ergasheva Sh.T. (2021) Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari. Darslik. T.: TDIU, 310 b.

Ismanov I.N. (2006) Uzoq muddatli aktivlar buxgalteriya hisobining metodologik asoslari. Monografiya. – T.: Fan, -172 b.

Kudbiyev D. (2022) Особенности Учета Основных Средств В Узбекистане. Periodica Journal of Modern Philosophy, Social Sciences and Humanities, 142–149 b.

Kurbanov Z.N. (2021) Asosiy vositalarning buxgalteriya hisobining dolzarb masalalari. “Экономика и социум” № 6(85) ч. 752–763-b.

Qaror (2020) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi PQ-4611 “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o`tish bo`yicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”.

Qonun (2016) Oʻzbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida” 2016 yil 13 apreldagi OʻRQ-404-sonli T.: O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining axborotnomasi.

Raximova G.M. (2023) Asosiy vositalar hisobi va auditni xalqaro standartlari asosida takomillashtirish. Monografiya. – T.: “TIQXMMI” MTU, -137 b.

Shakarov A. (2000) “Asosiy vositalar hisobi va nazoratini tashkil qilish” (mulkchilikning turli shakllarida). Toshkent moliya instituti. Iqtisodiyot fanlari nomzodlik dissertatsiyasiga Avtoreferat.

Алисенов А.С. (2017) Бухгалтерский финансовый учет: учебник и практикум для академического бакалавриата. –М.: Юрайт. - 457 с.

Скляренко В.К., Прудников В.М. (2019) Экономика предприятия, изд. 2. – Москва: Инфра-М, – 256 с.