ALTERNATIV MOLIYA BOZORI: “ISLOM DARCHA”LARI FAOLIYATINING MAMLAKATLAR MOLIYAVIY SEKTORIGA TA’SIRI

Annotasiya

Ushbu maqolada alternativ moliya bozorining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblangan “Islom darchalari” faoliyatining mamlakatlar moliyaviy sektoriga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotda “Islom darchalari” konsepsiyasi, ularning an’anaviy banklar tarkibida tashkil etilishining iqtisodiy samaradorligi, moliyaviy inklyuzivlikni oshirishdagi roli va Shariat tamoyillariga mos xizmatlarni taqdim etish orqali bozor talabiga javob berish imkoniyatlari o‘rganiladi. Shuningdek, ushbu mexanizmning rivojlanayotgan mamlakatlardagi bank sektori barqarorligiga va xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga ta’siri tahlil qilinadi. Maqola tajriba asosidagi empirik natijalar va nazariy yondashuvlarni birlashtirgan holda “Islom darchalari”ning global moliyaviy bozordagi istiqbollarini ham yoritadi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
129-138
28

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Dadabayev , U. (2025). ALTERNATIV MOLIYA BOZORI: “ISLOM DARCHA”LARI FAOLIYATINING MAMLAKATLAR MOLIYAVIY SEKTORIGA TA’SIRI. Ilgʻor Iqtisodiyot Va Pedagogik Texnologiyalar, 2(1), 129–138. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/aept/article/view/65582
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada alternativ moliya bozorining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblangan “Islom darchalari” faoliyatining mamlakatlar moliyaviy sektoriga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotda “Islom darchalari” konsepsiyasi, ularning an’anaviy banklar tarkibida tashkil etilishining iqtisodiy samaradorligi, moliyaviy inklyuzivlikni oshirishdagi roli va Shariat tamoyillariga mos xizmatlarni taqdim etish orqali bozor talabiga javob berish imkoniyatlari o‘rganiladi. Shuningdek, ushbu mexanizmning rivojlanayotgan mamlakatlardagi bank sektori barqarorligiga va xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga ta’siri tahlil qilinadi. Maqola tajriba asosidagi empirik natijalar va nazariy yondashuvlarni birlashtirgan holda “Islom darchalari”ning global moliyaviy bozordagi istiqbollarini ham yoritadi.


background image

www.e-itt.uz

I SON. 2025

129


ALTERNATIV MOLIYA BOZORI: “ISLOM DARCHA”LARI FAOLIYATINING

MAMLAKATLAR MOLIYAVIY SEKTORIGA TA’SIRI

Dadabayev Umidjon Abdusamat o‘g‘li

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi

“O‘zbekiston iqtisodiyotini

rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy

-tadqiqot markazi

ORCID: 0000-0001-7143-2351

u.dadabayev@tsue.uz

Annotatsiya.

Ushbu maqolada alternativ moliya bozorining muhim yo‘nalishlaridan biri

hisoblangan “Islom darchalari” faoliyatining mamlakatlar moliyaviy sektoriga ta’siri tahlil qilinadi.

Tadqiqotda “Islom darchalari” konsepsiyasi, ularning an’anaviy banklar tarkibida

tashkil etilishining

iqtisodiy samaradorligi, moliyaviy inklyuzivlikni oshirishdagi roli va Shariat tamoyillariga mos

xizmatlarni taqdim etish orqali bozor talabiga javob berish imkoniyatlari o‘rganiladi. Shuningdek,

ushbu mexanizmning rivojlanayotgan mamlakatlardagi bank sektori barqarorligiga va xorijiy

investitsiyalarni jalb qilishga ta’siri tahlil qilinadi. Maqola tajriba asosidagi empirik natijalar va

nazariy yondashuvlarni birlashtirgan holda “Islom darchalari”ning global moliyaviy bozorda

gi

istiqbollarini ham yoritadi.

Kalit so‘zlar:

a

lternativ moliya bozori, islom darchalari, an’anaviy banklar,

moliyaviy

inklyuzivlik, bank sektori barqarorligi, xorijiy investitsiyalar.

АЛЬТЕРНАТИВНЫЙ ФИНАНСОВЫЙ РЫНОК: ВЛИЯНИЕ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ

«ИСЛАМСКИХ ОКОН» НА ФИНАНСОВЫЙ СЕКТОР СТРАН

Дадабаев Умиджон Абдусамат угли

Научно

-

исследовательский центр

«Научные основы и проблемы развития экономики Узбекистана»

при Ташкентском государственном экономическом университете

Аннотация.

В данной статье анализируется влияние деятельности «Исламских окон»,

одного из ключевых направлений альтернативного финансового рынка, на финансовый
сектор различных стран. Исследование охватывает концепцию «Исламских окон», их

экономическую эффективность

в составе традиционных банков, роль в повышении

финансовой инклюзии и возможности удовлетворения рыночного спроса через
предоставление услуг, соответствующих принципам Шариата. Также рассматривается

влияние данного механизма на стабильность банковского сектора и привлечение
иностранных инвестиций в развивающихся странах. Статья объединяет эмпирические

результаты и теоретические подходы, освещая перспективы «Исламских окон» на

глобальном финансовом рынке.

Ключевые слова:

альтернативный финансовый рынок, исламские окна, традиционные

банки, финансовая инклюзия, стабильность банковского сектора, иностранные инвестиции.

UOʻK:

339.187.62

129-138


background image

www.e-itt.uz

I SON. 2025

130

ALTERNATIVE FINANCIAL MARKET: THE IMPACT OF THE ACTIVITIES OF “ISLAMIC

WINDOWS” ON THE FINANCIAL SECTOR OF COUNTRIES

Dadabaev Umidjon Abdusamat ugli

Scientific Research Center "Scientific Foundations and Problems

of the Development of the Economy of Uzbekistan"

at Tashkent State University of Economics

Abstract.

This article examines the impact of “Islamic windows” a key segment of the

alternative finance market, on the financial sectors of various countries. The study explores the

concept of “Islamic windows” their economic efficiency within traditional banks, their role in

enhancing financial inclusion, and their capacity to meet market demand by offering services
compliant with Sharia principles. The paper also analyzes the effect of this mechanism on banking

sector stability and the attraction of foreign investments in developing countries. Combining

empi

rical findings and theoretical approaches, the article highlights the prospects of “Islamic

windows” in the global financial market.

Keywords:

alternative finance market, Islamic windows, traditional banks, financial

inclusion, banking sector stability, foreign investments.

Kirish.

Zamonaviy dunyoda moliya bozorlarining o‘zgaruvchanligi va murakkabligi sharoitida

alternativ moliya bozori, xususan, islomiy moliyaviy xizmatlar, tobora dolzarb ahamiyat kasb

etmoqda. An’anaviy bank tizimlariga muqobil bo‘lgan bu yo‘nalish Shariat tamoyillariga

asoslangan holda, axloqiy va ijtimoiy mas’uliyatni birinchi o‘ringa qo‘ygan moliyaviy
yechimlarni taqdim etadi. Ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda “Islom darchalari”

konsepsiyasi moliyaviy inklyuzivlikni oshir

ish, bank sektori barqarorligini ta’minlash va xorijiy

investitsiyalarni jalb qilish uchun samarali mexanizm sifatida namoyon bo‘lmoqda.

“Islom darchalari” nafaqat moliyaviy xizmatlarning yangi turlarini taqdim etadi, balki

an’anaviy banklar

faoliyatini diversifikatsiya qilishga va moliyaviy bozorning yanada barqaror

rivojlanishiga xizmat qiladi. Ushbu jarayon nafaqat iqtisodiy jihatdan, balki ijtimoiy va axloqiy

nuqtai nazardan ham muhimdir. Ushbu maqolada “Islom darchalari”ning mamlakatlar

m

oliyaviy sektoriga ta’siri, ularning iqtisodiy samaradorligi va xalqaro moliyaviy bozorlardagi

istiqbollari tahlil qilinadi.

Mazkur tadqiqotning natijalari alternativ moliya bozorining ahamiyatini chuqurroq

anglash va rivojlanayotgan mamlakatlarda barqaror moliyaviy yechimlarni joriy etishda

muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Adabiyotlar sharhi.

Alternativ moliya bozori, xususan, islom moliyasi, o‘zining noyob faoliyat tamoyillari va

kengroq bank sektoriga ta’siri sababli, so’nggi yillarda katta e’tibor tortmoqda. Islom banklari

shariat tamoyillari asosida faoliyat yuritib, foiz olishni taqiqlaydi va foyda ulashish, adolat va

ijtimoiy mas’uliyatni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Olimlar olib borgan tadqiqotlar shuni

ko‘rsatadiki, islomiy bankchilik moliyaviy faoliyatni axloqiy va ijtimoiy maqsadlar bilan

uyg‘unlashtiradi, bu esa uni an’anaviy bank tiziml

aridan farq qiladi (Chapra, 2000).

Tadqiqotlarga ko‘ra, islom banklari va an

-anaviy banklarda islom darchalari faoliyatini

yo’lga qo’yish mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu banklar

diniy sabablarga ko‘ra an’anaviy banklardan foydalanmaydigan aholini qamrab

olish orqali

moliyaviy inklyuzivlikni oshiradi (Iqbal va Molinyuks, 2005). O‘zbekistonlik tadqiqotchi

A.Eshimov o‘zining tadqiqotida an’anaviy banklar tarkibida “islomiy darchalar”ni joriy

etishning iqtisodiy samaradorligini isbotladi. Tadqiqot O‘zbekisto

n sharoitida islomiy

moliyaviy xizmatlarning joriy etilishi foydali ekanini ko‘rsatdi (Eshimov, 2023).


background image

www.e-itt.uz

I SON. 2025

131

So’nggi yillarda inqiroz davri olib borilgan tadqiqotlarda bir nechta xorij olimlari

tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda islomiy banklar 2008-yilgi moliyaviy inqiroz davrida

inqirozga nisbatan chidamliroq bo‘lgani qayd etilgan (Beck va boshq., 2013). Pan

demiya

davrida ham olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, islomiy banklarning yillik o’sish suratlari ijobiy

va boshqalarga qaraganda barqarorroq bo‘lgan (Hasan va Dridi, 2011).

Rivojlanayotgan bozorlarda ham islom moliyasi keng rivojlanish imkoniyatlariga ega.

Horijlik iqtisodchi olim Asutay (Asutay, 2012) tadqiqotida islomiy moliya musulmon aholisi

ko‘p bo‘lgan hududlarda mamlakatning barqaror rivojlanishga xizmat qilishi ta’kid

langan.

O‘zbekistonda islom banklarini tashkil etish xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va islom

qoidalariga mos moliyaviy xizmatlarga talabni qondirish uchun muhim qadam sifatida

ko‘rilmoqda (Eshnayev, 2023).


Tadqiqot metodologiyasi.

Tadqiqot metodologiyasi mahalliy va xorijiy mualliflarning an’anaviy banklar tarkibida

faoliyat ko’rsatuvchi islom darchalariga turli jihatlariga bag‘ishlangan konsepsiyalariga

asoslanadi. Tadqiqotning uslubiy asosini strukturaviy-funksional va islom iqtisodiyoti va

moliyasida neoliberal yondashuv tashkil etadi.


Tahlil va natijalar muhokamasi.

“O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy

-

tadqiqot markazi mustaqil izlanuvchisi Eshimov Alisher Dusmurodovichning iqtisod fanlari

bo’yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun 2007

-yildan 2022-yilgacha Islom banklari

aktivlari (2020-yilgi narxlarda, mlrd. AQSh dollari), dunyoda mavjud islom banklari soni

(dona), shuningdek, dunyoda dualistik tizimli mamlakatlarda an’anaviy banklar tarkibida
faoliyat yuritayotgan islom darchalari soni (da) o’rtasidagi bog’li

qlikni regretsiya tenglamasi

asosida ilmiy tahlil qildi.

Tadqiqotchi m

aqsadga erishish uchun, ma’lumotlar harakteristikasidan kelib chiqqan

xolda, tanlangan model eng kichik kvadratlar (OLS,

Ordinary Least Squares) bo‘ldi. Chiziqli eng

kichik kvadratlar modeli chiziqli regressiya modelining parametrlarini baholash uchun

ishlatiladigan usul bolib, chiziqli regressiya kuzatilgan ma’lumotlarga chiziqli tenglamani
o‘rnatish orqali erksiz o‘zgaruvchi va bir yoki bir nechta mustaqil o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi

munosabatni modellashtirishga qaratilgan (Yu Miao va boshq., 2011).

Mazkur modelni quyidagi umumiy formula orqali ifodalsh mumkin:

Y

=

β

0

+

β

1

X

1

+

β

2

X

2

+… +

β

k

X

k

+

ε

(1)

bu yerda,

Y-

erksiz o‘zgaruvchi;

X1, X2, Xk

erkli

o‘zgaruvchilar;

β

-

modelni baholash uchun kerak bo‘lgan parametrlarni o‘z ichiga olgan vektor.

ε

tasodifiy xatolik

Tanlangan natijaviy omil va erkli o‘zgaruvchilar o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik mavjud.

Natijaviy omil va erkli o‘zgaruvchilarning normal taqsimoti, ishonch oralig‘i, ma’lumotlarning

75 foizi qaysi oraliqda joylashganligi omillar o‘rtasida modelga moslik grafiklari bitta qilib

(sixplot) grafikda 1-ilovada keltirilgan. Mazkur ilovadagi grafiklardan kuzatuv davridagi barcha

raqamli dataset tahlil qilish uchun yaroqli ekanligidan dalolat beradi.

Quyidagi grafikda natijaviy omil hisoblangan islom banklari aktivlari (mlrd. AQSh

dollarida) dinamikasi va bu tendensiyaning o‘rtacha qiymati tasvirlangan.


background image

www.e-itt.uz

I SON. 2025

132

6-rasm. Islom banklari aktivlari (mlrd. AQSh dollarida)

(ICD, 2022)

Grafikdan ko‘rinib turibdiki, islom banklari aktivlari 2005

-yildan boshlab faqat yillik

o‘sishga erishgan. Mana shu yillik barqaror o‘sishga ta’sir

etayotgan omillardan ikkitasi, islom

banklari sonining ortishi, hamda tijorat banklarida ham islom darchalarining ochilishi tanlab

olinib, ular yordamida oddiy chiziqli tahlil qilib ko‘rildi.

1-jadval

Vaqtli qator omillari ko‘rsatkichlari

Yillar

Islom banklari aktivlari

(2020-yilgi narxlarda,

mlrd. AQSh dollari)

Islom

banklari soni

(ta)

Islom darchalari soni

(ta)

2007

505

362

163

2008

639

420

194

2009

822

435

191

2010

894

456

199

2011

1033

512

161

2012

1173

549

145

2013

1352

593

110

2014

1460

623

126

2015

1603

644

138

2016

1707

675

145

2017

1768

702

159

2018

1819

742

187

2019

2069

784

180

2020

2364

794

140

2021

2765

808

202

2022

3240

849

236

Manba:

STATA dasturi yordamida muallif tomonidan ishlab chiqildi.

Ma’lumotlarni tahlil qilish, ilmiy farazni tekshirish uchun STATA 16 dasturidan keng

foydalanildi. Statistik gipotezani tekshirishda ikkita gipoteza solishtiriladi. Bular nol gipoteza

va muqobil gipoteza deb ataladi. Nol gipoteza -

bu aloqasi o‘rganilayotgan hodisalar o‘rtasida

hech qanday bog‘liqlik yoki hech bo‘lmaganda muqobil gipoteza tomonidan berilgan shakldagi

aloqa yo‘qligini bildiruvchi gipoteza. Muqobil gipoteza, nomidan ko‘rinib turibdiki, nol

gipotezaga muqobildir: u qandaydir munosabat mavjudligini bildiradi (Altman, 1990).


background image

www.e-itt.uz

I SON. 2025

133

STATA dasturi yordamida erishilgan quyidagi natijalar modelning parametrlari haqida

tasvirlaydi. Unga ko‘ra H

0

gipoteza inkor qilinib, H

1

gipoteza

natijaviy omil va mustaqil

o‘zgaruvchilar o‘rtasida chiziqli bog‘liqlik mavjudligi tan olinadi.

2-jadval

Erkli va erksiz o‘zgaruvchilarning ba’zi ko‘rsatkichlari

Omillar

Kuzatuvlar

soni

O‘rtacha

Standart

chetlanish

Minimum

Maksimum

Islom banklari aktivlari

(mlrd. AQSh dollari)

16

1575.813

763.324

505

3240

Islom banklari soni (ta)

16

621.75

153.893

362

849

Islom darchalari soni (ta)

16

167.25

33.133

110

236

Manba:

STATA dasturi yordamida muallif tomonidan ishlab chiqildi.

Regressiya tenglamasini tuzishdan oldin tanlangan omillarga nisbatan ba’zi

tekshirishlarni amalga oshirib olamiz. Dastlab omillarning o‘zaro korrelyatsiya
ko‘rsatkichlarini aniqlab olindi. Quyidagi 2.4

-

jadvalda erkli va erksiz o‘zgaruvchilarning o‘zaro

kor

relyatsiyasi koeffitsentlari keltirilgan, unga ko‘ra, islom banklari soni islom banklari

aktivlariga ham islom darchalari soniga nisbatan to‘g‘ri proportsional bo‘lib, korrelytasiya

koeffitsentlari mos ravishda 95 va 24 foizni tashkil qilmoqda. Bu esa biri

nchi erkli o‘zgaruvchi

Islom banklari sonining islom banklari aktivlari qiymatiga nisbatan kuchli bog‘liqlik, ikkinchi

erkli o‘zgaruvchi –

islom darchalari soniga nisbatan esa sezilarli bog‘liklik mavjud ekanligini

anglatadi. Aniqlangan korrelyatsiya koeffitsentlarining ishonchlilik darajasi 0.10 ishonch

oralig‘ida bo‘lib, statistik ahamiyatga ega ekanligini bildiradi.

3-jadval

O‘zgaruvchilar o‘rtasida o‘zaro korrelyatsiya koeffitsentlari jadvali

O‘zgaruvchilar

(1)

(2)

(3)

(1) Islom banklari aktivlari (mlrd.

AQSh dollari)

1.000

(2) Islom banklari soni (ta)

0.956*

1.000

(0.000)

(3) ln (Islom darchalari soni (ta)

0.244

0.090

1.000

(0.062)

(0.741)

*** p<0.01, ** p<0.05, * p<0.1

Manba:

STATA dasturi yordamida muallif tomonidan ishlab chiqildi.

Tadqiqotning avvalida natijaviy omilga nisbatan to‘rtta erkli o‘zgaruvchi tanlangan edi.

Ammo regressiya tenglamasi tuzilgandan so‘ng, erkli o‘zgaruvchilar o‘rtasida multikollenyarlik,
ya’ni o‘zari takrorlanish, bog‘liklik borligi aniqlandi. Shu sababdan ba’zi erkli o‘zgaruvchilar,

masalan dunyo bo‘ylab musulmonlar soni va islom bankchiligini joriy qilgan mamlakatlar soni

singari erkli o‘zgaruvchilarni olib tashlashga to‘g‘ri keldi. Shunday muammo tanlangan yana bir
erkli o‘zgaruvchi bilan yuzaga kelmasligi

uchun uni natural logarifmlab olindi.

Kointergarsion aloqani tekshirish o‘zgaruvchilarning integratsiya darajasini talab qilishi

sababli kointegratsiya testlaridan avval har bir o‘zgaruvchi uchun integratsiya darajasini

aniqlaniladi. Buning uchun Dickey-Fuller (DF) testidan foydalaniladi . Mazkur test Dikkey va

Fuller tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, “Birlik ildiz testi” nomi bilan ishlatiladi. Umuman
ko‘rsatkichlarni statsionarlikka tekshirish uch usulda amalga oshiriladi. Grafik usuli,


background image

www.e-itt.uz

I SON. 2025

134

avtokorrelyatsiyon korrelagramma hamda ADF (Augmented-Dickey-Fuller) testlaridir
(Jumayev va Turapova, 2022).

Vaqtli qator ma’lumotlari statsionar yoki statsionar emasligini quyidagi jadvallar orqali

tahlil qilish mumkin bo‘ladi. Dickey

-Fuller testi natijasi qolgan uchta (1% lik kritik qiymat, 5%

lik kritik qiymat, hamda 10%lik kritik qiymat) qiymatlarining barcha

sidan kichik bo‘lishi,

shuningdek, Makkinon

p-qiymatining

0.05 dan kichik bo‘lishihi talab etiladi (Johanson, 2004).

Vaqtli qatorlarni statsionarlikka tekshirish uchun Dikey-Fuller (Dickey-Fuller) testidan

foydalanildi. Quyida statsionarlik testi natijalar

ining jadval ko‘rinishi, 2

-ilovada esa grafik

ko‘rinishi keltirilgan.

4-jadval

Erkli va erksiz o‘zgaruvchilar birinchi

tartibli ayorishdan keyingi statsionarlikka

tekshirish natijalari (Dickey-Fuller testi asosisda)

Omillar

p-

qiymat

Test

natijasi

1% kritik

qiymat

5%

kritik

qiymat

10%

kritik

qiymat

Natijaviy omil (ikkinchi tartibli

ayirishdan so‘ng)

0.0098

-3.434

-3.750

-3.000

-2.630

Birinchi

erkli

o‘zgaruvchi

(birinchi tartibli ayirishdan

so‘ng)

0.0005

-4.282

-3.750

-3.000

-2.630

Ikkinchi

erkli

o‘zgaruvchi

(birinchi tartibli ayirishdan

so‘ng)

0.0090

-3.461

-3.750

-3.000

-2.630

Manba:

STATA dasturi yordamida muallif tomonidan ishlab chiqildi.

Mazkur test yordamida omillarning trendi aniqlab olindi. Ko‘p omilli ekonometrik model

tuzish bo‘yicha olib borilgan hisob

-

kitoblardan shuni ko‘rish mumkinki, ozod had va ko‘p omilli

ekonometrik modelga kiritilgan barcha omillar bo‘yicha t

-mezonning hisoblangan qiymatlari

aniqlikda jadval qiymatidan katta ekanligini ko‘rish mumkin (2.5

-jadval). Bu esa barcha

omillarni ishonchli ekanligini bildiradi va ko‘p omilli ekonometrik modelda ishtirok etishiga

imkon beradi. Ko‘rib turganimizdek, barcha koeffitsentlar

va ozod xadning (t-student) p-

qiymatlari 0.05 dan kichik. Bu esa erkli o‘zgaruvchilar hamda konstantaning statistik

ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi.

Fisher testining p-

qiymati ham 0.05 dan kichik, bo‘lib, ma’lumki, F

-testi modelning

samaradorligi to‘g‘risidagi qisqa natijalarni tahlil qilishga yordam beradi va modelning

maqbullik darajasini baholashda yordam beradi. Bundan tashqari modelning R-kvadrat

qiymati 0.93 ni tashkil qilgan. Bu esa modelning sifatidan, hayotiyligidan dalolar beradi. R-

kvadrat 0 va 1 orasida bo‘lgan bir qiymatdir. Agar R

-

kvadrat 1 ga yaqin bo‘lsa, bu modelning

o‘zgaruvchilar tomonidan ko‘rsatilgan yuklamalardagi o‘zgarishlarni an

iq shakllantirishda juda

yaxshi ekanligini anglatadi. Bunday holatda, model ma’lum bir o‘zgaruvchi tomonidan ma’lum

qisqa o‘zgarishlarni aniq shakllantiradi. Bu modelning 93 foiz hayotiy ekanligiga dalolat
qiladi.Quyida tanlangan o‘zgaruvchilar ishtirokida

tenglama tuzib olindi. Tenglamaning ba’zi

elementlarini baholash uchun jadval taqdim etiladi (5-jadval).


background image

www.e-itt.uz

I SON. 2025

135

5-jadval

Chiziqli tenglama (OLS modeli) koeffitsentlar va testlar jadvali

Natijaviy omilga

nisbatan

Koeffitsentlar Standart

xatolik

t

-qiymat

p

-qiymat

[95%

ishonch

orali’gi]

daraja

Birinchi o‘zgaruvchi

4.669

0.043

13.63

0.000

3.929

5.409

***

Ikkinchi o‘zgaruvchi

606.538

262.285

2.31

0.038

39.905

1173.17

**

Konstanta

-4420.881

1336.698

-3.31

.006

-7308.642 -1533.121

*


R-kvadrat

0.93

Kuzatuvlar soni

16

F-test

99.151 F-testning

p

-qiymati

0.000

*** p<.01, ** p<.05, * p<.1

Manba:

STATA dasturi yordamida muallif tomonidan ishlab chiqildi.

Yuqoridagi jadval ma’lumotlari asosida quyidagi tenglama tuzib olindi:

Y= 4.7 X

1

+606.5ln X

2

- 4420.881

(2)

Bu yerda,

Y

Islom banklari aktivlari (mlrd. AQSh dollari);

X

1

Islom banklari soni (ta);

X

2

ln (Islom darchalari soni (ta).

Yuqoridagi modelni interpritatsiya qilishdan oldin, model sifatiga baho beruvchi ba’zi

testlar natijalari bilan tanishib chiqilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Avvalo modelni sifatli tahlil
qilish uchun kuzatuvlar soni omillar sonidan besh barobar ko‘pligi qo

idasiga tekshirilsa,

tadqiqotda kuzatuvlar soni 16 ta, omillar soni 3 ta, demak bu shartdan model muvaffaqiyatli

o‘tganligini ko‘rish mumkin. Bu shartlarni ekonometrikaning taniqli nomayondasi G.Markov

ishlab chiqqan bo‘lib, modelning sifatini belgilashda asosiy ko‘rsatkichlar inobatga olingan.

6-jadval

Emperik va nazariy qiymatlarning ayrim ko‘rsatkichlarining solishtirma jadvali

O‘zgaruvchilar

Kuzatuvlar

soni

O‘rtacha

qiymat

Standart

chetlanish

Minimum

qiymat

Maksimum

qiymat

Emperik qiymat

16

1575.813

763.324

505

3240

Nazariy qiymat

16

1575.812

739.4701

358.7995

2857.005

Manba:

STATA dasturi yordamida muallif tomonidan ishlab chiqildi.

Modelning ikkinchi tekshiriladigan tarafi ishlab chiqilgan model va emperik qiymatlar

o‘rtasidagi tafovutni aniqlashdan iborat. Yuqoridagi jadvaldan ishlab chiqilgan model

qiymatlari hamda emperik qiymatlar solishtirilgan bo‘lib, ikkalasining o‘rtacha qiym

atlari

deyarli teng. Standart chetlanishlar o‘rtasida bir oz tavofut bor, chunki kuzatilgan vaziyat

o‘rtacha qiymatlar standart chetlanishi va model qiymatlari o‘rtachasidan standart chetlanishi

orasida farq bo‘lishi tabiiy holat hisoblanadi. Minimum qiyma

tlar va maksimum qiymatlar

o‘rtasida tafovut katta emas, va bu holat navbatdagi shartdan ham model muvaffaqiyatli

o‘tganini bildiradi.

Regressiya tahlilida multikollinearlik ikki yoki undan ortiq izohlovchi o‘zgaruvchilar bir

-

biri bilan yuqori darajada korrelyatsiya qilinganda yuzaga keladi, shuning uchun ular

regressiya modelida ishonchli natija bermaydi. Agar o‘zgaruvchilar orasidagi ko

rrelyatsiya

darajasi yetarlicha yuqori bo‘lsa, bu regressiya modelini tuzish va sharhlashda muammolarga

olib kelishi mumkin. Ikki erkli o‘zgaruvchi o‘rtasida multikollenyarlik hususiyati yo‘qligini,

Estat vif buyrug‘i orqali STATA mustaqil o‘zgaruvchilar u

chun dispersiya inflyatsiya omillarini

hisoblab chiqadi. Quyidagi jadvalda VIF (variance inflation factor) testi natijalari taqdim etilgan


background image

www.e-itt.uz

I SON. 2025

136

bo‘lib, mazkur test natijasi (qiymatlar 10 dan kichik, ya’ni VIF=1.008) ham ijobiy ekanligi,
tanlangan omillar o‘zaro kollenyar emasligi anglashiladi.

7-jadval

VIF testi natijasi

VIF

1/VIF

Islom banklari soni

1.008

0.992

lnX2

1.008

0.992

O‘rtacha VIF

1.008

0.00

Ekonometrikada heteroskedastiklikni (yoki geteroskedastistlikni) tekshirish regressiya

modelidagi xatolarning dispersiyasi mustaqil o‘zgaruvchilarning barcha darajalari bo‘yicha

doimiyligini baholash uchun juda muhimdir. Geteroskedastiklik chiziqli regressiyaning asosiy

taxminlaridan birini, ya’ni xatolar dispersiyasi doimiy ekanligini bildiruvchi homosedastiklikni

buzadi. Bu test, ayniqsa, prognoz olish uchun zaruriy testlardan hisoblanadi. Keyingi bosqichda

Brosh-Pagan va Kuk-Veysberglarning modeldagi jami qoldiqlar farqlarining konstantaligi

geteroskedastiklik holatining mavjud emasligi testiga tekshirilganda, gomoskodastiklik holati
aniqlandi (chi

2

(1) = 7.80, Prob > chi

2

=

0.0052). Ya’ni qiymat 0.05 dan kichik bo‘lishi kerak

edi, bunga erishildi, model qoldiqlarida geteroskedastiklik aniqlanmadi.

Quyidagi rasmdan yuqorida nazariy jihatdan isbotlangan teoremani grafikdagi holati aks

etgan. Ushbu grafikdan ham mazkur modelning qoldiqlari o‘rtasida hech qanday na to‘gri

proportsional, va na teskari propoertsional bog‘liqlik mavjud emasligini kuzatish

mumkin.

7-

rasm. Natijaviy omil va model qoldiqlarining o‘zaro bog‘liqligi

Manba:

STATA dasturi yordamida muallif tomonidan ishlab chiqildi.

Keyingi test qoldiqning normal taqsimlanganligi testi bo‘lib bu bosqichda ham Shapiro

-

Wilk testidan foydalanildi. Natija qoniqarli bo‘lib, testning qiymati

-0.308, prob>z-qiymati esa

0.62110 chiqdi. Prob>z-

qiymati 0.05dan katta bo‘lishi qoldiqlarning norma

l taqsimlanganligini

anglatadi. Buni garafik orqali tekshirib ko‘rilganda ham quyidagicha natija olindi.


background image

www.e-itt.uz

I SON. 2025

137

8-rasm. Model qoldiqlarining normal taqsimlanganligi

Manba:

STATA dasturi yordamida muallif tomonidan ishlab chiqildi.

Yuqoridagi barcha testlardan ijoboy baho olinganidan so‘ng, erishilgan chiziqli

tenglamani interpretatsiya qilish mumkin bo‘ladi, bunga ko‘ra:

Y= 4.7 X

1

+ 606.5ln X

2

- 4420.881

(3)

Bu yerda,

Y

Islom banklari aktivlari (mlrd. AQSh dollari);

X

1

Islom banklari soni (ta);

X

2

ln (Islom darchalari soni (ta).

Demak, tadqiqotdan olingan chiziqli OLS modeli natijasiga ko‘ra, dunyoda islom banklari

sonining bittaga ortishi, boshqa omillar ta’sir etmaganda dunyo bo‘ylab islom banklari

aktivlarining 4.7 million AQSh dollariga ortishini anglatadi.


Xulosa va takliflar.

An’anaviy banklarda islom darchalari ochilishining bir foizga ortishi, boshqa omillar ta’sir

etmaganda 606 million 500 ming AQSh dollariga ortishiga olib keladi.

“O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy

-

tadqiqot markazi mustaqil izlanuvchisi A.Eshimov ning ekonometrik tahlillardan olingan

xulosasi shu bo‘ladiki, dunyoda islom banklari soning ortishidan ko‘ra, an’anaviy bank

larda

islom darchalari ochilshi, boshqa omillar ta’sir etmaganda, islom banklari aktivlarining

ko‘payishiga ko‘proq hissa qo‘shar ekan. Buni esa quyidagicha izohlash mumkin bo‘ladi:

-

Mijozlar bazasining kengayishi islom banki bo‘limiga tegishli depozitlar va

investitsiyalar hajmining ko‘payishiga olib kelishi mumkin, bu esa islom banki aktivlarining

o‘sishiga olib keladi;

-

Shuningdek, shariatga mos keladigan turli xil mahsulotlarni joriy etish talabni

rag‘batlantirishi va umumiy bank portfelida islomiy aktivlarning ko‘payishiga olib kelsishi

mumkin;

-

Xarajatlarning samaradorligi va takomillashtirilgan operatsiyalar islom banki

bo‘limining rentabelligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, bu esa vaqt o‘tishi bilan aktivlarning

o‘sishiga olib keladi;


background image

www.e-itt.uz

I SON. 2025

138

-

Islom

moliyasi uchun tartibga soluvchi va qulay muhit an’anaviy banklarni islomiy

darchalarni ochishga undasa, shariatga muvofiq amaliyotlarni targ‘ib qiluvchi me’yoriy

-

huquqiy bazalar islom bankining rivojlanishiga hissa qo‘shadi. Natijada tartibga solish muhit

i

mijozlar o‘rtasida mazkur tizimga nisbatan ishonchni kuchaytiradi, bu esa islom banki

faoliyatida faol ishtirok etishiga va natijada aktivlarning o‘sishiga olib keladi.

Adabiyotlar/ Литература/ Reference

:

Altman, D.G. (1990) Practical Statistics for Medical Research. Boca Raton: CRC Press, Section

8.5.

Asutay, M. (2012) ‘Islamic banking and finance and its role in the GCC economic

development’, Arabian Journal of Business and Management Review, 1(3), pp. 1–

10.

Beck, T., Demirgüç

-

Kunt, A. and Merrouche, O. (2013) ‘Islamic vs. conventional banking:

Business model, efficiency, and stability’, Journal of Banking & Finance, 37(2), pp. 433–

447.

Chapra, M.U. (2000) The Future of Economics: An Islamic Perspective. Leicester: The Islamic

Foundation.

Eshimov, A. (2023) Integrating Islamic Windows into Conventional Banks: An Econometric

Analysis of Uzbekistan’s Banking Sector. PhD dissertation. Tashkent State University of Economics.

Hasan, M. and Dridi, J. (2011) ‘The Effects of the Global Crisis on Islamic and Conventional

Banks: A Comparative Study’, IMF Working Papers, 11(116).

ICD (2022) ICD

Refinitiv Islamic Finance development report 2022: Embracing change, p-

48.

ICD and Refinitiv (2022) Islamic Finance Development Report 2022: Embracing Change. p.

48.

Iqbal, M. and Molyneux, P. (2005) Thirty Years of Islamic Banking: History, Performance,

and Prospects. New York: Palgrave Macmillan.

Johansen, S. (2004). A small sample correction of the Dickey

Fuller test, Contributions to

Economic Analysis, 269, pp. 49

68. Elsevier. ISBN 9780444516336. ISSN 0573-8555.

Jumaev, A.M. and Turapova, D. (2022) Ipoteka kreditlarini ARIMA modeli asosida

prognozlash, Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 2(5). ISSN: 2181-2489.

Yu, M., Wang, K. and Zhao, F. (2011) ‘Some limit behaviors for the LS estimator in simple

linear EV regression models’, Statistics & Probability Letters, 81(1), pp. 92–

102.

doi:10.1016/j.spl.2010.09.010.

Bibliografik manbalar

Altman, D.G. (1990) Practical Statistics for Medical Research. Boca Raton: CRC Press, Section 8.5.

Asutay, M. (2012) ‘Islamic banking and finance and its role in the GCC economic development’, Arabian Journal of Business and Management Review, 1(3), pp. 1–10.

Beck, T., Demirgüç-Kunt, A. and Merrouche, O. (2013) ‘Islamic vs. conventional banking: Business model, efficiency, and stability’, Journal of Banking & Finance, 37(2), pp. 433–447.

Chapra, M.U. (2000) The Future of Economics: An Islamic Perspective. Leicester: The Islamic Foundation.

Eshimov, A. (2023) Integrating Islamic Windows into Conventional Banks: An Econometric Analysis of Uzbekistan’s Banking Sector. PhD dissertation. Tashkent State University of Economics.

Hasan, M. and Dridi, J. (2011) ‘The Effects of the Global Crisis on Islamic and Conventional Banks: A Comparative Study’, IMF Working Papers, 11(116).

ICD (2022) ICD – Refinitiv Islamic Finance development report 2022: Embracing change, p-48.

ICD and Refinitiv (2022) Islamic Finance Development Report 2022: Embracing Change. p. 48.

Iqbal, M. and Molyneux, P. (2005) Thirty Years of Islamic Banking: History, Performance, and Prospects. New York: Palgrave Macmillan.

Johansen, S. (2004). A small sample correction of the Dickey–Fuller test, Contributions to Economic Analysis, 269, pp. 49–68. Elsevier. ISBN 9780444516336. ISSN 0573-8555.

Jumaev, A.M. and Turapova, D. (2022) Ipoteka kreditlarini ARIMA modeli asosida prognozlash, Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 2(5). ISSN: 2181-2489.

Yu, M., Wang, K. and Zhao, F. (2011) ‘Some limit behaviors for the LS estimator in simple linear EV regression models’, Statistics & Probability Letters, 81(1), pp. 92–102. doi:10.1016/j.spl.2010.09.010.