BANK TIZIMINING BARQARORLIGI

Annotasiya

Bank tizimining barqarorligini ta’minlash ularning toʻlovga qobilligini ta’minlashning muhim omili boʻlgani holda, mamlakat iqtisodiyotida amalga oshiriladigan toʻlovlarning uzluksizligini ta’minlashning zarur sharti hisoblanadi. Shu sababli, bank tizimining barqarorligini ta’minlash bank nazoratining asosiy obyektlaridan biri hisoblanadi. Maqolada Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimining barqarorligini ta’minlash bilan bogʻliq boʻlgan dolzarb muammolar aniqlangan va ularni hal qilishga qaratilgan ilmiy takliflar ishlab chiqilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Murodova , M. (2025). BANK TIZIMINING BARQARORLIGI. Ilgʻor Iqtisodiyot Va Pedagogik Texnologiyalar, 2(1), 232–237. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/aept/article/view/80174
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Bank tizimining barqarorligini ta’minlash ularning toʻlovga qobilligini ta’minlashning muhim omili boʻlgani holda, mamlakat iqtisodiyotida amalga oshiriladigan toʻlovlarning uzluksizligini ta’minlashning zarur sharti hisoblanadi. Shu sababli, bank tizimining barqarorligini ta’minlash bank nazoratining asosiy obyektlaridan biri hisoblanadi. Maqolada Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimining barqarorligini ta’minlash bilan bogʻliq boʻlgan dolzarb muammolar aniqlangan va ularni hal qilishga qaratilgan ilmiy takliflar ishlab chiqilgan.


background image


www.e-itt.uz

I SON. 2025

232


BANK TIZIMINING BARQARORLIGI

PhD

Murodova Mohigul Chori qizi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

ORCID: 0009-0000-0011-0515

mohigul777_murodova@mail.ru


Annotatsiya.

Bank tizimining barqarorligini

ta’minlash

ularning toʻlovga qobilligini

ta’minlashning

muhim omili boʻlgani holda, mamlakat iqtisodiyotida amalga oshiriladigan

toʻlovlarning uzluksizligini ta’minlashning

zarur sharti hisoblanadi. Shu sababli, bank tizimining

barqarorligini ta

minlash bank nazoratining asosiy obyektlaridan biri hisoblanadi. Maqolada

Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimining barqarorligini ta’minlash

bilan bogʻliq boʻlgan dolzarb

muammolar aniqlangan va ularni hal qilishga qaratilgan ilmiy takliflar ishlab chiqilgan.

Kalit soʻzlar

:

markaziy bank, pul-kredit siyosati, tijorat banklari, kredit, depozit, moliyaviy

barqarorlik, muammoli kreditlar.

СТАБИЛЬНОСТЬ БАНКОВСКОЙ СИСТЕМЫ

PhD

Муродов

a

Мохигул Чори кизи

Ташкентский государственный

экономический университет

Аннотация

.

Обеспечение устойчивости банковской системы, являясь важным

фактором обеспечения их платежеспособности, является необходимым условием
обеспечения непрерывности платежей, осуществляемых в экономике страны. Поэтому

обеспечение устойчивости банковской системы является одной из основных задач

банковского надзора.

В статье выявлены актуальные проблемы, связанные с

обеспечением устойчивости банковской системы Республики Узбекистан и разработаны
научные предложения, направленные на их решение.

Ключевые слова:

центральный банк, денежно

-

кредитная политика, коммерческие

банки, кредит, депозит, финансовая устойчивость, проблемные кредиты.

STABILITY OF THE BANKING SYSTEM

PhD

Murodova Mohigul Chori kizi

Tashkent State University of Economics

Abstract.

Ensuring the stability of the banking system, being an important factor in

ensuring their solvency, is a necessary condition for ensuring the continuity of payments made in

the country's economy. Therefore, ensuring the stability of the banking system is one of the main
tasks of banking supervision. The article identifies urgent problems related to ensuring the

stability of the banking system of the Republic of Uzbekistan and develops scientific proposals

aimed at solving them.

Keywords:

central bank, monetary policy, commercial banks, credit, deposit, financial

stability, problem loans.

UOʻK:

33.336.774.3

232-237


background image


www.e-itt.uz

I SON. 2025

233

Kirish.

Bugungi kunda mamlakatimizda bank tizimi samaradorligini oshirish boʻyicha bir qator

ishlar amalga oshirilayotgan boʻlib, ular Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining 2022 yil 28

yanvardagi “2022

-

2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi

toʻgʻrisida” gi PF

-60-

son Farmonida belgilab berilgan. Xususan, “iqtisodiyotga kredit

qoʻyilmalari oʻsish sur'atini (16

-

18 foiz) yalpi ichki mahsulot nominal hajmi oʻsish sur'atlari

bilan mutanosib boʻlishini

ta'minlash, Xususan, 2022 yil yakuniga qadar 13 ta investisiya

loyihasi doirasida 486,0 mln dollarlik xorijiy bank kreditini jalb qilish” kabi masalalar qoʻyilgan

Lex.uz. (2022).

Shu sababli, bank tizimining barqarorligini ta'minlash prudensial bank nazoratining

asosiy ob'ektlaridan biri hisoblanadi.Bozor mexanizmlari joriy etilgan har qanday iqtisodiyotda

tijorat banklari faoliyati va moliyaviy barqarorligi mamlakat Markaziy banki tomonidan

nazorat qilinadi va tartibga solinadi. Shu bilan birga, ayrim rivojlangan mamlakatlarda mustaqil

megoregulyatorlar banklar faoliyati ustidan tegishli nazoratni amalga oshirish, toʻlov

qobiliyatini mustahkamlash va tartibga solish ishlari bilan shugʻullanadi.

Albatta, xorijiy mamlakatlarda Markaziy bank va megoregulyatorlar banklar moliyaviy

barqarorligini ta'minlash

hamda toʻlov qobiliyatini mustahkamlash boʻyicha katta tajriba va

ijobiy natijalarga ega. Biroq, jahon iqtisodiyotining tobora globallashuvi va mamlakatlar

oʻrtasidagi mehnat taqsimotining chuqurlashuvi natijasida turli darajadagi moliyaviy

-iqtisodiy

inqi

rozlar xorij banklari moliyaviy barqarorligi va toʻlov qobiliyati mustahkamligiga

ta'sir

etmasdan qolmayapti. Xususan, buni keyingi yillarda AQShda yuz bergan jahon moliyaviy-

iqtisodiy inqirozi natijasida yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar va ziddiyatli holatlarda
ham kuzatish mumkin.

Har qanday davlatning iqtisodiyot sohasidagi pirovard maqsadi barqaror iqtisodiy

oʻsishni, yuqori bandlikni, barqaror ichki baholarning mavjudligini

ta'minlash hisoblanadi.

Ushbu maqsadga iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonida erishiladi. Pul-
kredit siyosati, byudjet siyosati, narx-navo siyosati, ish haqi va bandlik siyosati iqtisodiy

siyosatning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi.

Bank faoliyati barcha mamlakatlarda qat'iy ravishda tartibga solinadi va nazorat qilinadi.

Zero, banklar mamlakatdagi kapitalni safarbar qilish va kreditlar taqdim etish bilan mamlakat
moliya tizimida faol ishtirok etadi. Va albatta, nazoratning asosiy maqsadi aholisini qolaversa

mamlakat manfaatlarini himoya qilishdir.

Adabiyotlar sharhi.

Bozor mexanizmlari joriy etilgan har qanday iqtisodiyotda tijorat banklari faoliyati va

moliyaviy barqarorligi mamlakat Markaziy banki tomonidan nazorat qilinadi va tartibga

solinadi. Shu bilan birga, ayrim rivojlangan mamlakatlarda mustaqil megoregulyatorlar banklar

faoliyati ustidan tegishli nazoratni amalga oshirish, toʻlov qobiliyatini mustahkamlash va

tartibga solish ishlari bilan shugʻullanadi.

Albatta, xorijiy mamlakatlarda Markaziy bank va megoregulyatorlar banklar moliyaviy

barqarorligini ta'minlash

hamda toʻlov qobiliyatini mustahkamlash boʻyicha katta tajriba va

ijobiy natijalarga ega. Biroq, jahon iqtisodiyotining tobora globallashuvi va mamlakatlar

oʻrtasidagi mehnat taqsimotining chuqurlashuvi natijasida turli darajadagi moliyaviy

-iqtisodiy

inqi

rozlar xorij banklari moliyaviy barqarorligi va toʻlov qobiliyati mustahkamligiga

ta'sir

etmasdan qolmayapti. Xususan, buni keyingi yillarda AQShda yuz bergan jahon moliyaviy-

iqtisodiy inqirozi natijasida yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar va ziddiyatli holatlarda

ham kuzatish mumkin.

Har qanday davlatning iqtisodiyot sohasidagi pirovard maqsadi barqaror iqtisodiy

oʻsishni, yuqori bandlikni, barqaror ichki baholarning mavjudligini

ta'minlash hisoblanadi.

Ushbu maqsadga iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonida erishiladi. Pul-


background image


www.e-itt.uz

I SON. 2025

234

kredit siyosati, byudjet siyosati, narx-navo siyosati, ish haqi va bandlik siyosati iqtisodiy
siyosatning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi.

Bank faoliyati barcha mamlakatlarda qat'iy ravishda tartibga solinadi va nazorat qilinadi.

Zero, banklar mamlakatdagi kapitalni safarbar qilish va kreditlar taqdim etish bilan mamlakat

moliya tizimida faol ishtirok etadi. Va albatta, nazoratning asosiy maqsadi aholisini qolaversa
mamlakat manfaatlarini himoya qilishdir. Albatta moliyaviy barqaror bank har qanday qiyin,

katta yoʻqotishlar boʻlganda, oʻzini tezda tiklashi, bozorda mustahkam turishi katta ahamiyatga

ega.

Artemenko (1999)

oʻz ilmiy ishlarida barqarorlikni toʻlov qobiliyati bilan bogʻlaydi hamda

absolyut va bir qancha koʻrsatkichlar asosida ular moliyaviy barqarorligini baholashni nazarda

tutadi. Toʻlov qobiliyatini xoʻjalik yurituvchi sub'ektlar toʻlov majburiyatlarini oʻz

vaqtida

bajarish, shuningdek, moliyaviy barqarorlikni pul oqimlari tahlili asosida baholanadi degan

xulosalarni ilgari suradi (Artemenko, Belendir, 1999). Shu bilan birga ushbu koʻrsatkichlar
tizimida banklar barqarorligi bilan ular ishonchliligi oʻrtasida

aloqadorlik mavjud emasligi

koʻrinadi.

Efimova (1999)

tadqiqotlarida moliyaviy barqarorlikni boshqa koʻrsatkichlar tizimidan

foydalanish zarur ekanligini tavsiya etadi. Ushbu umumlashtirilgan koʻrsatkichlar tizimiga
olimning fikricha, kompleks ravishda banklar kapitalini oshib borishini koʻrsatuvchi kapital

r

entabelligi koʻrsatkichini, ikkinchi koʻrsatkich sifatida kapitalning yalpi passivlar hajmidagi

ulushini, shuningdek, moliyaviy barqarorlikka baho berishda aktivlar strukturasi, kapital

aylanmasi, rentabellik, doimiy va oʻzgaruvchi xarajatlarni solishtirilish orqali aniqlash lozim

degan xulosalarni beradi (Efimova, 1999).

Shuni alohida ta

'kidlash lozimki, yuqorida sanab oʻtilgan koʻrsatkichlar tizimidan

foydalangan holda, banklar moliyaviy barqarorligida kapital etarliligi va rentabellik darajasi,

kapitalning aktivlardagi ulushi orqali moliyaviy barqarorlikka baho berish mumkin deb

hisoblaymiz.

Yuqoridagi tadqiqotlardan oʻrganilgan olimlar tomonidan tadqiqotlarida ishonchlilikni

alohida koʻrsatkichlar bilan ajratib koʻrsatilmagan boʻlsada, uni moliyaviy barqarorlik

koʻrsatkichi bilan oʻzaro bogʻliq degan xulosa sifatida qarashmoqda.

Bizning fikrimizcha, tijorat banklari moliyaviy barqarorligini kapital etarliligi, uning

rentabelligi va aktivlarga nisbati, shuningdek, moliyaviy barqarorlikka ijobiy ta'sir etuvchi

likvidlilik, toʻlov qobiliyati, rentabellik va ishonchlilik koʻrsatkichlar tizimi orqali baholash

maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Xalqaro moliyaviy tashkilotlarning tijorat banklari moliyaviy barqarorligini ta'minlash

metodologiyasini oʻrganish, mazkur metodologiyalardan tegishli xulosalarni shakllantirish

dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shu bois, biz eng avvalo, Xalqaro valyuta fondi

tomonidan tavsiya etilgan indikatorlar va ularning ahamiyatli jihatlarini koʻr

ib chiqamiz.

Xalqaro valyuta fondi asosiy va tavsiyaviy xarakterga ega boʻlgan Moliyaviy barqarorlik

(Financial Soundness Indicators -

FSI) koʻrsatkichlarini chop etib keladi. Moliyaviy barqarorlik

indikatorlaridan 12 tasi asosiy indikatorlar boʻlsa, 26 tasi tavsiyaviy xarakterga ega boʻlgan

indikatorlar hisoblanadi. Moliyaviy barqarorlik asosiy koʻrsatkichlari qatoriga: kapital etarlilik

koʻrsatkichlari, aktivlar sifati, foyda va rentabellilik, likvidlilik, bozor riskiga sezgirlik darajasi

kabi koʻrsatkichlarni oʻz ichiga olsa, tavsiyaviy xarakteriga ega boʻlgan koʻrsatkichlar qatoriga

banklar, shuningdek, boshqa moliyaviy muassasalar, korporativ kompaniyalar, xonadon

xoʻjaligi, bozor likvidligi, koʻchmas mulk bozoriga moʻljallangandir

(https://www.imf.org,

2006).


Tadqiqot metodologiyasi.

Ilmiy maqolani tayyorlash jarayonida ma'lumotlarni jadvallar asosida qiyosiy tahlil,

ma'lumotlarni guruhlash, abstrakt-mantiqiy fikrlash tizimli tahlil asosida statistik guruhlash,

induksiya va deduksiya hamda ekspert baholash usullaridan ham unumli foydalanildi.


background image


www.e-itt.uz

I SON. 2025

235

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Markaziy bank faoliyatining asosiy maqsadlaridan biri sifatida belgilangan bank tizimi

barqarorligini ta'minlash

yoʻnalishida ham tizimli ishlar davom ettirildi. Ushbu yoʻnalishda

asosiy e'tibor iqtisodiyotning moliyaviy resurslarga boʻlgan talabini real oʻsish sur'atlari

doirasida qondirib borishga hamda bank tizimida moliyaviy barqarorlik koʻrsatkichlarini

maqbul

darajada boʻlishini

ta'minlashga qaratildi.

Ta'kidlash kerakki, kreditlash oʻsish sur'atlarining yuqori darajada saqlanib qolishi

iqtisodiy oʻsishni qoʻllab

-quvvatlashga xizmat qilishi bilan birga bank tizimida muommoli

kreditlarning ortishiga ham olib kelmoqda.

Xozida yurtimizda uchta bank imtiyozli kreditlarni taqdim qilmoqda bular, Xalq banki,

Mikrokredit bank va Agrobanklardir.

1-jadval

Tijorat banklarining muammoli kreditlari (NPL)(

www.cbu.uz)

, mlrd soʻm

Sana

Kreditlar

Muammoli kreditlar (NPL)

Jami

shundan:

Jami

shundan:

davlat ulushi

mavjud

banklar

boshqa

banklar

davlat ulushi

mavjud

banklar

boshqa

banklar

1

2

3

4

5

6

7

01.01.2021

276 974,8

244 483,9

32 490,9

5 784,8

5 167,6

617,2

01.01.2022

326 385,6

280 073,6

46 311,9

16 974,0

15 068,8

1 905,2

01.01.2023

390 049,9

324 680,7

65 368,1

13 992,3

12 643,3

1 349,0

01.01.2024

471 405,5

333 298,0

138 107,4

16 621,3

13 267,1

3 354,2

Manba:

www.cbu.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki ma'lumotlari

.

Bu borada bank tizimi kredit portfeli tarkibidagi muammoli kreditlarning banklar

moliyaviy barqarorligiga boʻlgan salbiy

ta'sirining oldini olish maqsadida banklar va hukumat

tomonidan tegishli chora-

tadbirlar koʻrib borilmoqda. 2021 yilga nisbatan jami kreditlar 276

974,8 mlrd soʻm tashkil etgan bo’lsa shundan, davlat ulushiga ega bo’lganlari 244 483,9 mlrd

soʻm bo’lib boshqa

banklarga tegishlisi 32 490,9 mlrd soʻm. Muammoli kreditlar esa 5 784,8

mlrd soʻm tashkil etgan bo’lsa shundan, davlat ulushiga ega bo’lganlari 5 167,6 mlrd soʻm bo’lib

boshqa banklarga tegishlisi 617,2 mlrd soʻm. Yillar davomida kreditlar berishdagi qiymat ortib

borgan.

2024 yilda jami kreditlar 471 405,5 mlrd soʻm tashkil etgan bo’lsa shundan, davlat

ulushiga ega bo’lganlari 333 298,0 mlrd soʻm bo’lib boshqa banklarga tegishlisi 138 107,4 mlrd
soʻm. Muammoli kreditlar esa 16 621,3 mlrd soʻm tashkil etgan bo’lsa shundan,

davlat ulushiga

ega bo’lganlari 13 267,1 mlrd soʻm bo’lib boshqa banklarga tegishlisi 3 354,2 mlrd soʻm.

Hozirda muammoliy kreditlarni asosiy qismi davlat tomoidan aholini tadbirkorligi uchun

beriladiga kreditlar zimmasiga to’g’ri kelmoqda.

Xalqaro Bazel III standartlariga muvofiq yuqori foiz stavkalarda ajratilgan hamda

muammoga aylangan kreditlarga nisbatan 1,5-2 barobar miqdorida kapital buferini

shakllantirish talablari amaliyotga joriy etildi.Tijorat banklari faoliyati turli ssenariylarda

stress-

testlardan oʻtkazilib, kelgusida ularning kapitali va likvidligiga salbiy

ta

'sir koʻrsatuvchi

xatarlarni kamaytirish choralari koʻrib borilmoqda.2021 yil yakunlari boʻyicha bank tizimida
kapital etarliligi koʻrsatkichi 17,5 foizni tashkil etib, minimal talabdan (13 foiz) yuqori boʻlishi

ta'minlandi.

Bank tizimi moliyaviy barqarorligi amalga oshirishda bank reytingiga etibor berish lozim,

bank reytingi esa moliyaviy barqarorlikka bevosita ta

'sir qiladi. Reyting boʻlmasa, na butun

amaliy hayotni, na shaxsiy hayotni tasavvur qilish mumkin (Qoraliev, Abdullaev, 2009).


background image


www.e-itt.uz

I SON. 2025

236

2- jadval

Tijorat banklarining resruslari tarkibi(

www.cbu.uz), mlrd.

soʻm

Koʻrsatkichlar nomi

01.01.2021

01.01.2022

01.01.2023

01.01.2024

mlrd.

soʻm

ulush,

foizda

mlrd.

soʻm

ulush,

foizda

mlrd.

soʻm

ulushi,

foizda

mlrd.

soʻm

ulushi,

foizda

1

2

3

4

5

6

7

8

9

Majburiyatlar

Depozitlar

114746,9 37,3 156 189,8 41,8 216 738 45,4% 241687 43,5%

Markaziy

bankning

hisobvaraqlari

1 089,2

0,4

708,8

0,2

784

0,2%

1 345

0,2%

Boshqa banklarning mablagʻlari

-

rezidentlar

13 001,4

4,2

13 288,6

3,6

18 781 3,9%

24 577

4,4%

Boshqa banklarning mablagʻlari

-

norezidentlar

3 175,4

1,0

4 670,8

1,2

22 798 4,8%

20 074

3,6%

Olingan kreditlar va lizing

151704,0 49,3 173 750,3 46,5 186 614 39,1% 224351 40,4%

Chiqarilgan qimmatli qogʻozlar

9 523,0

3,1

10 612,7

2,8

10 915 2,29% 13 161

2,4%

Subordinar qarzlar

3 999,5

1,3

4 248,5

1,1

6 619

1,4%

9 653

1,7%

Toʻlanishi

lozim

boʻlgan

hisoblangan foizlar

3 714,8

1,2

3 960,0

1,1

5 487

1,1%

8 106

1,5%

Boshqa majburiyatlar

6 815,6

2,2

6 575,4

1,8

8 444

1,8%

12 125

2,2%

Jami majburiyatlar

307769,9 100,0 374 004,9 100,0 477 181 100% 555078 100%

Kapital

Ustav kapitali

44 655,8

76,5

54 760,0

77,2 59 857 75,2% 68 643 70,7%

Qoʻshimcha kapital

434,6

0,7

675,5

1,0

997

1,3%

1 339

1,4%

Zaxira kapitali

5 205,9

8,9

8 452,2

11,9

7 321

9,2%

11 153 11,5%

Taqsimlanmagan foyda

8 055,0

13,8

7 029,9

9,9

11 391 14,3% 15 945 16,4%

Jami kapital

58 351,3 100,0 70 917,6 100,0 79 565 100% 97 079 100%

Jadvalda ko’rinadiki, 2021 yilda majburiyatlar jami

307769,9

mlrd soʻm

ni tashkil etib

2024 yilga kelib 555078

mlrd soʻm

bo’lib yillar kesimida o’sgan.

Makroprudensial siyosat

instrumentlarini amaliyotga faol joriy etish va moliyaviy barqarorlikni ta'minlash doirasida

aholining bank kreditlari boʻyicha qarz yukini muntazam kuzatib borish amaliyoti yoʻlga

qoʻyildi.

Reyting

bu muayyan ob'ekt yoki sub'ekt toʻgʻrisidagi natijaviy baho boʻlib, qaror qabul

qilish boʻyicha gʻoyat muhim vosita hisoblanadi. Chunki u, aytaylik, bankirga bankning taraqqiy
etish yoʻnalishini, ishbilarmonlikning jonlanishini, demak, foyda olish imkoniy

atlarini ham

hech shubhasiz koʻrsatib beradi. Shuningdek, reyting tizimi:

banklar faoliyatini xalqaro amaliyotda qabul qilingan me'yorlar asosida qiyosiy tahlil

qilishda;

mazkur bankning moliyaviy bozordagi oʻrnini, nufuzini, shuningdek, muammoli

banklarni aniqlashda;

banklar taraqqiyotidagi mayl (tendensiya)larni kuzatish, umumlashtiruvchi va xususiy

koʻrsatkichlarning dinamikasini tahlil qilishda;

banklar samaradorligiga baho berishda juda ham zarur.

Barcha manfaatdor tomonlarning xohish va istaklarini inobatga oluvchi reyting usuli

yordamida aholi omonatlari qaerlarda koʻproq, qaysi banklarda qanday foizlarda

joylashtirilyapti, depozitlar boʻyicha ahvol qanday, sertifikat va aksiyalarning sotib olinis

hi qay

darajada kabi savollarga ham javob olish mumkin.

Xalqaro amaliyotda bank reytinglarini baholashning juda koʻp turlari mavjud. Ular ichida

quyidagi ikki usul eng koʻp tarqalgan:

miqdoriy koʻrsatkichlar orqali baholash;

sifat koʻrsatkichlari orqali baholash.


background image


www.e-itt.uz

I SON. 2025

237

Miqdoriy koʻrsatkichlar orqali baholash usuli asosan banklar faoliyatining rivojlanishini

tahlil qilish maqsadida qoʻllanilib, ularga quyidagilar kiradi:

aktivlar summasi;

depozitlar;

kreditlar;

oʻz kapitalining summasi;

daromad summasi.

Bu koʻrsatkichlar orqali banklar faoliyati ommalashtiriladi.

Baholashning ommaviy axborot vositalari yordamida ikkinchi turi sifat koʻrsatkichlari

boʻlib, ular bankning ishonchlilik darajasini ifodalaydi. Bu koʻrsatkichlar turkumiga quyidagilar

kiradi: kapitalning etarliligi, aktivlar sifati, daromadlilik darajasi, bank likvidliligi.

Xulosa va takliflar.

1. Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligi bir tomondan bank moliyaviy faoliyatini

kengaytirish va oshirishga qaratilsa, ikkinchi tomondan, iqtisodiyotni rivojlantirish uchun turli

tarmoq va sohalarga investisiya kiritish tijorat banklarning likvidligini baholash kabi

masalalarga qat'iy e'tibor berilishini taqozo etmoqda. Bank moliyaviy barqarorligini ta'minlash

yoʻllari va usullarini aniqlash alohida dolzarblik boʻlib, bank oʻz faoliyatni bir tekis olib borishi,

faoliyatini uzoq muddatli ijobiy natijalarga erishish maqsadlari bilan chambarchas boʻlishi

lozim.

2. Bank nazoratini amalga oshirishdan asosiy maqsad bank mijozlari va kreditorlarining

manfaatlarini himoya qilishdir. Banklar faoliyati ustidan nazoratning etarliligi va samaradorligi
bank tizimi barqarorligini ta'minlash

va banklarga boʻlgan ishonchni mustahkamlashning

asosiy omilidir. Soʻnggi yillarda banklarning tanazzulga uchrash xavfining oshib ketganligi

sababli bank faoliyati nazoratining uzluksizamalga oshirilishi shartligini taqozo qiladi. XX

asrning 80 yillariga kelib esa bank nazorati tizimi xalqaro miqyosda shakllani boshladi va shu

asnoda bank nazorati boʻyicha Bazel qoʻmitasi tarkib topdi. Bank tizimining yuqori tezlikda

rivojlanishi va integrasiyalashuvini hisobga olgan holda ushbu qoʻmitaning talablari yilda

n

yilga ortib bormoqda.

3. Reyting -

bu muayyan ob'ekt yoki sub'ekt toʻgʻrisidagi natijaviy baho boʻlib, qaror qabul

qilish boʻyicha gʻoyat muhim vosita hisoblanadi. Chunki, aytaylik bankirga bankning taraqqiy

etish yoʻnalishini, ishbilarmonlikning jonlanishini, demak, foyda olish i

mkoniyatlarini ham

hech shubhasiz koʻrsatib beradi.

Adabiyotlar/ Литература/ Reference

:

Artemenko V.G., Belendir M.V. (1999) Finansoviy analiz.

M.: DIS,

s. 227.

Efimova O.V. (1999) Finansoviy analiz.

M.: Buxgalterskiy uchet,

s. 341.

https://www.imf.org/external/pubs/ft/fsi/guide/2006/pdf/rus/guide.pdf

Lex.uz. (2022). ПФ

-60-

сон 28.01.2022. 2022

-

2026 йилларга мўлжалланган Янги

Ўзбекистоннинг

тараққиёт

стратегияси

тўғрисида.

[online]

Available

at:

https://lex.uz/docs/5841063

Qoraliev T., Abdullaev Yo. (2009)

“Bank ishi”

darslik. Toshkent.

Показатели финансовой устойчивости Руководство по составлению

2007. (n.d.).

Available at: https://www.imf.org/external/pubs/ft/fsi/guide/2006/pdf/rus/guide.pdf.

Bibliografik manbalar

Artemenko V.G., Belendir M.V. (1999) Finansoviy analiz. – M.: DIS, – s. 227.

Efimova O.V. (1999) Finansoviy analiz. – M.: Buxgalterskiy uchet, – s. 341.

https://www.imf.org/external/pubs/ft/fsi/guide/2006/pdf/rus/guide.pdf

Lex.uz. (2022). ПФ-60-сон 28.01.2022. 2022-2026 йилларга мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегияси тўғрисида. [online] Available at: https://lex.uz/docs/5841063

Qoraliev T., Abdullaev Yo. (2009) “Bank ishi” darslik. Toshkent.

Показатели финансовой устойчивости Руководство по составлению 2007. (n.d.). Available at: https://www.imf.org/external/pubs/ft/fsi/guide/2006/pdf/rus/guide.pdf.