RISKKA TORTILGAN AKTIVLAR VA ULARNING BARQARORLIKKA TA’SIRI

Annotasiya

Mazkur maqolada 2013-2023-yillarda Oʻzbekiston banklarining faoliyati tahlil qilingan boʻlib, kredit va likvidlik risklarining bank barqarorligiga taʼsiri oʻrganilgan. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatdiki, kredit risklarining ortishi moliyaviy barqarorlikni pasaytiruvchi asosiy omildir. Shu bilan birga, yuqori likvid aktivlarga ega boʻlgan banklar barqarorroq ekanligi aniqlangan. Tadqiqot banklarning risklarni boshqarish tizimini takomillashtirish uchun ilmiy asos va amaliy tavsiyalarni taklif etadi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Ro‘ziyev , B. (2025). RISKKA TORTILGAN AKTIVLAR VA ULARNING BARQARORLIKKA TA’SIRI. Ilgʻor Iqtisodiyot Va Pedagogik Texnologiyalar, 2(1), 227–231. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/aept/article/view/80175
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Mazkur maqolada 2013-2023-yillarda Oʻzbekiston banklarining faoliyati tahlil qilingan boʻlib, kredit va likvidlik risklarining bank barqarorligiga taʼsiri oʻrganilgan. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatdiki, kredit risklarining ortishi moliyaviy barqarorlikni pasaytiruvchi asosiy omildir. Shu bilan birga, yuqori likvid aktivlarga ega boʻlgan banklar barqarorroq ekanligi aniqlangan. Tadqiqot banklarning risklarni boshqarish tizimini takomillashtirish uchun ilmiy asos va amaliy tavsiyalarni taklif etadi.


background image


www.e-itt.uz

I SON. 2025

227


RISKKA TORTILGAN AKTIVLAR VA ULARNING BARQARORLIKKA TA’SIRI

Ro

ziyev Baxtiyor Salimboyevich

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

ORCID: 0009-0002-4431-6659

bakhtishka5199990@yandex.com

Annotatsiya.

Mazkur maqolada 2013-2023-

yillarda Oʻzbekiston banklarining faoliyati

tahlil qilingan boʻlib, kredit va likvidlik risklarining bank barqarorligiga taʼsiri oʻrganilgan.

Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatdiki, kredit risklarining ortishi moliyaviy barqarorlikni

pasaytiruvchi asosiy omildir. Shu bilan birga, yuqori likvid aktivlarga ega boʻlgan banklar

barqarorroq ekanligi aniqlangan. Tadqiqot banklarning risklarni boshqarish tizimini

takomillashtirish uchun ilmiy asos va amaliy tavsiyalarni taklif etadi.

Kalit soʻzlar:

kredit risklari, likvidlik risklari, bank barqarorligi, Oʻzbekiston banklari,

moliyaviy islohotlar, Z-score.

РИСКОВЫЕ АКТИВЫ И ИХ ВЛИЯНИЕ НА СТАБИЛЬНОСТ

Рузиев Бахтиёр Салимбоевич

Ташкентский

государственный

экономический

университет

Аннотация.

В статье анализируется деятельность банков Узбекистана за период

2013-

2023 годов с акцентом на влияние кредитных и ликвидных рисков на финансовую

стабильность. Результаты показывают, что рост кредитных рисков является
ключевым фактором снижения стабильности. Также установлено, что банки с

высокими ликвидными активами более устойчивы. Исследование предлагает научные

основы и практические рекомендации по улучшению систем управления рисками в банках.

Ключевые слова:

кредитные риски, ликвидные риски, стабильность банков, банки

Узбекистана, финансовые реформы,

Z-score.

RISKY ASSETS AND THEIR IMPACT ON STABILITY

Ruziev Bakhtiyor Salimboevich

Tashkent State University of Economics

Abstract.

This article analyzes the performance of Uzbek banks during 2013-2023, focusing

on the impact of credit and liquidity risks on financial stability. The results show that an increase
in credit risks is a key factor reducing financial stability. Moreover, banks with higher liquid assets

are found to be more stable. The study provides scientific foundations and practical

recommendations for improving risk management systems in banks.

Keywords:

credit risks, liquidity risks, bank stability, banks of Uzbekistan, financial reforms,

Z-score.

UOʻK:

330.131.7

227-231


background image


www.e-itt.uz

I SON. 2025

228

Kirish.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston moliya bozorining rivojlanishi, xususan, bank

-moliya sektori,

iqtisodiy islohotlar va global iqtisodiy o‘zgarishlar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib kelmoqda.

Banklar iqtisodiyotning yurak urish tizimi sifatida mamlakatdagi iqtisodiy barqarorlikni

saqlash va rivojlantirishda asosiy rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, global moliyaviy inqirozlarning

saboqlari, likvidlik muammolari va kredit risklari kabi xavf omillari banklarning moliyaviy

barqarorligiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar sifatida ko‘rib chiqiladi.

2013-2023-

yillar davomida O‘zbekiston banklari qator muhim o‘zgarishlarni boshdan

kechirdi:

2017-2021-yillar islohotlar valyuta liberallashuvi, banklarning xalqaro bozorga chiqishi

va xususiy sektor ulushining oshishi bilan xarakterli bo’ldi;

COVID-

19 pandemiyasi iqtisodiyotga qattiq zarba bergan bo‘lsa

-da, davlat tomonidan

banklarni qo‘llab

-quvvatlash choralari risklarni yumshatdi;

Elektron to‘lov tizimlari va fintech kompaniyalari bilan hamkorlik banklarning moliyaviy

xizmatlarini kengaytirdi.

Mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi

2013-2023-

yillar davomida O‘zbekiston

banklarida kuzatilgan kredit va likvidlik risklarini tahlil qilish va ularning moliyaviy

barqarorlikka ta’sirini baholash. Tadqiqot natijalari nafaqat banklarning risklarni boshqarish

strategiyalarini aniqlashga yordam beradi, balki moliyaviy barqarorlikni ta'minlashda samarali

yechimlar taklif etadi.

Adabiyotlar sharhi.

O‘zbekiston bank sektorida 2017

-yildan boshlangan islohotlar moliyaviy barqarorlikni

oshirishga katta ta’sir ko‘rsatdi. Jahon Banki (2020) hisobotida ta’kidlanganidek, valyuta

liberallashuvi va xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik bank aktivlari hajmining

o‘sishiga olib keldi.

Shu bilan birga, ushbu islohotlar risk boshqaruvi strategiyalarini yangilash

zaruratini tug‘dirdi.

Imbierowicz va Rauch (2014) tadqiqotida kredit risklari banklarning defolt xavfini

sezilarli darajada oshirishi ko‘rsatilgan. O‘zbekistondagi banklar faoliyatiga oid tadqiqotlarda

muammoli kreditlar ulushining oshishi moliyaviy ko‘rsatkichlarga salbiy ta’sir ko‘rsatgani
ta’kidlangan

.

Ghenimi, Chaibi va Omri (2017) o‘z tadqiqotida likvidlik risklarining barqarorlikka ijobiy

ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlaydi, chunki likvid aktivlar banklarning inqirozga qarshi chidamliligini

oshiradi. O‘zbekiston bo‘yicha esa pandemiya davrida likvidlikni

ng pasayishi (9.4%, 2020)

bank tizimida inqiroz xavfini kuchaytirgan.

OECD (2021) hisobotida raqamli texnologiyalarning bank tizimiga joriy etilishi

banklarning moliyaviy ko‘rsatkichlarini yaxshilashi va operatsion risklarni kamaytirishi
ta’kidlangan. O‘zbekistonda elektron to‘lov tizimlarining keng joriy etilishi (2020

-yildan

boshlab) banklar likvidlik riskini pasaytirishga yordam berdi.

COVID-

19 pandemiyasi davrida kredit risklari keskin ortdi. IMF (2020) hisobotiga ko‘ra,

pandemiya davrida banklarning kredit xavfini boshqarish qobiliyati zaiflashgan bo‘lsa

-da,

hukumat tomonidan qo‘llab

-quvvatlov dasturlari vaziyatni yumshatishga yordam berdi.

O‘zbekistonda esa davlat tomonidan 2020

-2021 yillarda ajratilgan subsidiya va likvidlik

injeksiyalari banklarning barqarorligini tiklashga yordam berdi.

Mintaqaviy tadqiqotlarda, jumladan, Berger va Bouwman (2009) tadqiqotida, yuqori

likvidlik va kuchli kapital talablarining bank barqarorligini ta’minlashdagi ahamiyati

ta’kidlangan. O‘zbekistonda 2023

-yilga kelib kapitalning jami aktivlarga nisbati oshishi

(14.5%) banklarning defolt xavfini kamaytirgan.


background image


www.e-itt.uz

I SON. 2025

229

Tadqiqot metodologiyasi.

Ushbu tadqiqotning samaradorligini ta’minlash maqsadida

Z-score usulidan foydalanildi.

Z-score

bankning barqarorlik ko‘rsatkichi bo‘lib, aktivlarning o‘rtacha rentabelligi (ROA),

kapital ulushi (CAR), va aktivlar rentabelligi o‘zgaruvchanligini hisobga oladi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Likvidlilik tavakkalchiligini hisoblash, mezonlar va monitoring boʻyicha х

alqaro

standartlari (Basel III)ga ko’ra, yanada barqaror bank tizimini shakllantirish maqsadida bank

kapitali va likvidligini boshqarish boʻyicha хalqaro me’yorlarni takomillashtirish, shuningdek

bank sektorining moliyaviy va iqtisodiy inqirozlar oqibatlarini bartaraf etish qobiliyatini

ya

х

shilash, pirovardida bunday muammolarni iqtisodiyotning moliyaviy sektoridan real

sektoriga oʻtish tavakkalchiligini kamaytirish maqsadida quyidagi yo’nalishlar belgilangan:

kapitalni isloh qilish (shu jumladan, kapitalning sifat va miqdori, barcha

tavakkalchiliklarni inobatga olish, qarz yuki koeffitsiyentini, konservatsiya va kontrsiklik bufer

kapitali tushunchalarini joriy etish);

likvidlilikni isloh qilish (qisqa (LCR) va uzoq (NSFR) muddatli);

moliyaviy tizimni barqarorligini takomillashtirishga qaratilgan boshqa elementlar [8].

Shu jumladan, kredit risklari bankning qarz oluvchilar o‘z majburiyatlarini bajarmaslik

xavfi bilan bog‘liq. Bu ko‘rsatkich asosan muammoli kreditlarning jami kreditlarga nisbati

sifatida o‘lchanadi.

Kredit risklarining ortishi bankning foydalilik darajasiga va moliyaviy barqarorlikka

salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Kredit risklarining tahlili bank uchun muammoli mijozlarni aniqlash va

qarz portfelini diversifikatsiya qilish strategiyalarini ishlab chiqishga yordam beradi. Yuqori

kredit risklari bankni kapitalni oshirishga va defolt xavfini kamaytirishga majbur qiladi.

Likvidlik risklari bankning qisqa muddatli majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarish

qobiliyatining yetishmovchiligi bilan bog‘liq. Likvidlik yetishmovchiligi bankni qisqa muddatli

qarz olishga majbur qiladi, bu esa operatsion xarajatlarni oshiradi. Yuqori likvidlik aktivlariga

ega bo‘lish bankning inqiroz davrida barqarorligini ta’minlaydi. Likvidlik risklarini tahlil qilish

bankning moliyaviy resurslarini samarali boshqarishga yordam beradi va defolt xavfini

kamaytiradi.

2013-2023-

yillar oralig‘ida olingan ma’lumotlar asosida

Z-score orqali barqarorlik tahlil

qilindi. Z-score tahlili statistik tahlil metodlaridan biridir va ma'lumotlarning o'rtacha

qiymatdan qanchalik uzoqligini standart og'ish birligi bilan o'lchashga yordam beradi. Bu usul

ko'pincha statistik tekshiruvlarda, normal taqsimotlarni baholashda va anomal qiymatlarni
aniqlashda qo'llaniladi.

Quyidagi jadvalda asosiy ko‘rsatkichlar keltirilgan:

1-jadval

Kredit risklari, likvidlik risklari va Z-score tahlili

Yil

Kredit Risk (%)

Likvidlik Risk (%)

Z-score

2013

4.2

15.6

2.5

2016

5.8

12.8

2.7

2019

6.5

10.9

3.1

2020

8.3

9.4

2.3

2023

5.1

13.7

3.4

Manba:

muallif hisob-kitoblari asosida tayyorlandi.


background image


www.e-itt.uz

I SON. 2025

230

Z-score juda yuqori yoki juda past qiymatlarda bo'lsa (

Z

>3), bu anomal deb qaralishi

mumkin.

2013-2023-

yillarda O‘zbekiston banklari faoliyatida kredit va likvidlik risklari o‘rtasidagi

munosabat tahlil

qilindi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki:

Kredit risklarining oshishi (muammoli kreditlarning jami kreditlarga nisbati) banklarning

daromad ko‘rsatkichlarini pasaytirib, defolt xavfini opandemiya sharoitida iqtisodiy pasayish

va mijozlarning qarzlarini qaytarishda qiyinchiliklar bilan bog‘liq edi.

Likvid aktivlar ulushining oshishi (2019-yilda 10,9

%) banklarning o‘z majburiyatlarini

bajarish imkoniyatini oshirdi va barqarorlikni mustahkamladi. Shu bilan birga, 2020-yilda
likvidlik pasayishi banklar faoliyatida qiyinchiliklarni keltirib chiqardi.

2-jadval

Z-score komponentlari tahlili

Yil

ROA (%)

CAR (%)

ROA

o'zgaruvchanligi

(%)

2013

1.5

11.7

0.8

2016

1.7

12.9

0.7

2019

1.8

13.8

0.6

2020

1.2

12.1

1.0

2023

2.0

14.5

0.5

Manba:

muallif hisob-kitoblari asosida tayyorlandi.

Tadqiqot davomida bank barqarorligi Z-score

ko‘rsatkichi orqali tahlil qilindi.

Z-score

kredit va likvidlik risklarining birgalikdagi ta’sirini aniqlashda muhim ko‘rsatkich bo‘lib, u
banklarning defolt xavfidan qanchalik uzoqligini o‘lchaydi. Yuqori

Z-score yuqori barqarorlikni

bildiradi. Bankning moliyaviy chidamliligini baholashga yordam beradi, ayniqsa, inqiroz

sharoitida. Z-score

orqali kredit va likvidlik risklarining birgalikdagi ta’siri o‘lchanadi.

Banklar barqarorlik ko‘rsatkichlari islohotlar va iqtisodiy o‘sish hisobiga yaxshilangan.

Pandemiya davrida kredit risklarining o‘sishi va likvidlikning pasayishi barqarorlik

ko‘rsatkichlarini salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Davlat tomonidan amalga oshirilgan isl

ohotlar va

xususiy banklar ulushining oshishi natijasida Z-score eng yuqori darajaga yetdi (3.4).

2020-yilda COVID-19 pandemiyasi sababli banklar kredit va likvidlik risklariga sezilarli

darajada duch keldi:

Korxonalar va jismoniy shaxslar tomonidan kreditlarni qaytarishdagi qiyinchiliklar

natijasida muammoli kreditlar ulushi 8.3% ga yetdi.

Banklar o‘z majburiyatlarini qoplash uchun zaxiralarini sarflashga majbur bo‘ldi, natijada

likvidlik risklari oshdi.

Pandemiya sharoitida hukumat tomonidan likvidlikni qo‘llab

-quvvatlash uchun

subsidiyalar ajratildi. Bu chora-tadbirlar bank tizimidagi umumiy barqarorlikni tiklashga

yordam berdi.

2017-yildan boshlangan islohotlar doirasida banklar sektorida xususiy sektor ulushining

oshishi sezilarli o‘zgarishlarga olib keldi:

Davlat ulushi mavjud eng yirik top-

5 banklarning (O’zmilliy bank, Sanoatqurilishbank,

Asaka bank, Ipoteka bank, Agrobank) bank tizimi aktivlaridagi ulushi 70.9%dan 60.5%gacha

kamaydi. Davlat ulushi mavjud boshqa banklar ulushi 11%dan 18%gacha oshgan bo’lsa

,

xususiy banklar ulushi 18.1%dan 21.5%gacha ko’paydi. 2025 yilda esa, bank tizimi

aktivlarining umumiy hajmida davlat ulushi bo‘lmagan banklar aktivlari ulushini 60%gacha

oshirish rejalashtirilgan.

Mazkur davrda bank tizimiga Tenge bank, TBC bank, Anor bank, Uzum (Apelsin) bank va

Poytaxt bank kirib keldi. Ushbu banklarning jami aktivlardagi ulushi 1.8%ga yetdi.

Moliyaviy ko‘rsatkichlar bo‘yicha quyidagi kuzatishlar aniqlandi:


background image


www.e-itt.uz

I SON. 2025

231

Aktivlar rentabelligi pandemiya davrida pasayib, 2023-yilga kelib qayta tiklandi.

Banklarning kapital ulushi barqarorlikni ta’minlash uchun oshirildi va bu barqarorlikni

mustahkamladi.

Xulosa va takliflar.

Mazkur tadqiqot 2013-2023-

yillar davomida O‘zbekiston banklarining kredit va likvidlik

risklariga ta’sirini tahlil qilishga bag‘ishlandi. Olingan natijalar asosida quyidagi xulosalar

chiqarildi:

Kredit xavfi darajasining oshishi banklarning moliyaviy barqarorligini pasaytiruvchi

asosiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu, ayniqsa, pandemiya yillarida yaqqol kuzatildi.

Likvid aktivlar ulushi yuqori bo‘lgan banklar inqiroz sharoitida barqarorroq bo‘lishgan.

2023-yilga kelib likvidlik darajasi qayta tiklandi.

Kapital yetarliligini oshirish, davlat qo‘llab

-quvvatlov choralari va xususiy sektorning

ulushi ortishi banklarning barqarorlik darajasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.

COVID-19 pandemiyasi davrida kredit risklari keskin oshib, bank tizimida muammoli

aktivlar ulushining ko‘payishiga olib keldi.

Mazkur natijalar shuni ko‘rsatadiki, banklarning risklarni boshqarish tizimini yanada

kuchaytirish zarurati mavjud.

Tadqiqot davomida quyidagi takliflar shakllantirildi:

Kredit risklarini kamaytirish maqsadida qarz oluvchilarning kreditga layoqatlilik

darajasini baholash tizimini takomillashtirish.

Likvidlik risklarini boshqarishda yuqori likvid aktivlarga bo‘lgan talablarni oshirish va

stress-

testlarni muntazam o‘tkazish.

Basel III standartlariga mos ravishda minimal kapital talablarini oshirish.

Davlat va xususiy investitsiyalarni jalb qilish orqali bank kapitalini ko‘paytirish.

Xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikni kengaytirish orqali innovatsion moliyaviy

mahsulotlar va xizmatlarni joriy qilish.

Davlatning moliyaviy tizimni qo‘llab

-quvvatlash dasturlarini yanada kengaytirish.

Adabiyotlar/ Литература/ Reference

:

Altman, E. I., & Hotchkiss, E. (2006). Corporate Financial Distress and Bankruptcy: Predict

and Avoid Bankruptcy, Analyze and Invest in Distressed Debt. Wiley Finance Series.

Berger, A. N., & Bouwman, C. H. S. (2009). Bank Liquidity Creation and Financial Crises.

Review of Financial Studies, 22(9), 3779

3837. DOI: 10.1093/rfs/hhn104

Ghenimi, A., Chaibi, H., & Omri, M. A. (2017). Liquidity Risk and Bank Stability: A Comparative

Study Between MENA and OECD Countries. Research in International Business and Finance, 40,

435

447. DOI: 10.1016/j.ribaf.2017.04.002

Imbierowicz, B., & Rauch, C. (2014). The Relationship Between Liquidity Risk and Credit Risk

in Banks. Journal of Banking & Finance, 40, 242

256. DOI: 10.1016/j.jbankfin.2013.11.030

Norma.uz Informatsionno-

pravovoy portal. (2016). Oʻzbekiston tijorat banklarida bank

nazoratining

хalqaro

standartlarini

qoʻllash

amaliyoti.

[online]

Available

at:

https://www.norma.uz/oz/bizning_sharhlar/uzbekiston_tijorat_banklarida_bank_nazoratining

halqaro_standartlarini_qullash_amalieti

Vazquez, F., & Federico, P. (2015). Bank Funding Structures and Risk: Evidence from the

Global Financial Crisis. (2015) Journal of Banking & Finance, 61, 1

14. DOI: 10.1016/j.jbankfin.

2015.07.013

Bibliografik manbalar

Altman, E. I., & Hotchkiss, E. (2006). Corporate Financial Distress and Bankruptcy: Predict and Avoid Bankruptcy, Analyze and Invest in Distressed Debt. Wiley Finance Series.

Berger, A. N., & Bouwman, C. H. S. (2009). Bank Liquidity Creation and Financial Crises. Review of Financial Studies, 22(9), 3779–3837. DOI: 10.1093/rfs/hhn104

Ghenimi, A., Chaibi, H., & Omri, M. A. (2017). Liquidity Risk and Bank Stability: A Comparative Study Between MENA and OECD Countries. Research in International Business and Finance, 40, 435–447. DOI: 10.1016/j.ribaf.2017.04.002

Imbierowicz, B., & Rauch, C. (2014). The Relationship Between Liquidity Risk and Credit Risk in Banks. Journal of Banking & Finance, 40, 242–256. DOI: 10.1016/j.jbankfin.2013.11.030

Norma.uz Informatsionno-pravovoy portal. (2016). Oʻzbekiston tijorat banklarida bank nazoratining хalqaro standartlarini qoʻllash amaliyoti. [online] Available at: https://www.norma.uz/oz/bizning_sharhlar/uzbekiston_tijorat_banklarida_bank_nazoratininghalqaro_standartlarini_qullash_amalieti

Vazquez, F., & Federico, P. (2015). Bank Funding Structures and Risk: Evidence from the Global Financial Crisis. (2015) Journal of Banking & Finance, 61, 1–14. DOI: 10.1016/j.jbankfin. 2015.07.013