СТАВКИ ПО КРЕДИТАМ, КОТОРЫЕ НАНОСЯТ ВРЕД НАСЕЛЕНИЮ

Аннотация

В статье рассматриваются кредиты, предоставляемые коммерческими банками Республики Узбекистан, и их процентные ставки, а также доходы населения, представлены проблемы и ситуации в связи с этим. Разъясняется суть правовых документов, связанных с кредитованием, и их современное содержание.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
222-226
25

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Муродова D. (2025). СТАВКИ ПО КРЕДИТАМ, КОТОРЫЕ НАНОСЯТ ВРЕД НАСЕЛЕНИЮ. Передовая экономика и педагогические технологии, 2(1), 222–226. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/aept/article/view/80176
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье рассматриваются кредиты, предоставляемые коммерческими банками Республики Узбекистан, и их процентные ставки, а также доходы населения, представлены проблемы и ситуации в связи с этим. Разъясняется суть правовых документов, связанных с кредитованием, и их современное содержание.


background image


www.e-itt.uz

I SON. 2025

222


AHOLINI QIYNAYOTGAN KREDIT FOIZLARI

DSc

Murodova Dilnoza Choriyevna

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

ORCID: 0000-0002-3613-9392

dilnoz88.murodova@mail.ru

Annotatsiya.

Maqolada Oʻzbekiston Respublikasi

tijorat banklari tomonidan taqdim

qilinayotgan kreditlar va ularning foizlari shu bilan birga aholining daromadi, undagi
muammolar va holatlar keltirilgan. Kreditga oid qonun hujjatlari va amaldagi mazmun-mohiyati

ochib berilgan.

Kalit soʻzlar

:

markaziy bank, tijorat banklari, kredit,

inflyatsiya, YaIM, qayta moliyalash

stavkasi, milliy valyuta, pul massasi, depozit.

СТАВКИ ПО КРЕДИТАМ, КОТОРЫЕ НАНОСЯТ ВРЕД НАСЕЛЕНИЮ

DSc

Муродова Дилноза Чориевна

Ташкентский государственный экономический университет

Аннотация

.

В

статье рассматриваются

кредиты, предоставляемые

коммерческими банками Республики Узбекистан, и их процентные ставки, а также

доходы населения, представлены проблемы и ситуации в связи с этим. Разъясняется
суть правовых документов, связанных с кредитованием, и их современное содержание.

Ключевые слова:

центральный банк, коммерческие банки, кредит, инфляция, ВВП,

ставка рефинансирования, национальная валюта, денежная масса, депозит

.

CREDIT INTEREST RATES THAT ARE HARMING THE POPULATION

DSc

Murodova Dilnoza Chorievna

Tashkent State University of Economics

Abstract.

The article presents the problems and situations in which loans and their interest

rates are provided by commercial banks of the Republic of Uzbekistan, as well as the income of the

population. The essence of the current legal acts on loans and the current content is revealed.

Keywords:

central bank, commercial banks, credit, inflation, GDP, refinancing rate, national

currency, money supply, deposit.

UOʻK:

336.722.117.7

222-226


background image


www.e-itt.uz

I SON. 2025

223

Kirish.

Jahon Bankining 2022-yilgi hisobotida global iqtisodiyot va rivojlanayotgan

mamlakatlardagi kredit foizlari, pul siyosati va o'sish prognozlari haqida batafsil ma'lumotlar

keltirilgan. Bu hisobotda, shuningdek, inflyatsiya va kredit stavkalarining o'zgarishi iqtisodiy

o'sish va barqarorlikka qanday ta'sir ko'rsatishi haqida tahlillar mavjud bo’lib bunga ko’ra,

Oʻzbekistonda banklar faoliyatini tartibga solish orqali bank tizimi samaradorligini

oshirish, bank

xizmati koʻrsatishni modernizasiya qilish, banklarning samarali infratuzilmasini

yaratish hamda prudensial nazoratning samarali mexanizmlarini qoʻllashga katta e'tibor

qaratilmoqda. 2020-

2025 yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimin

i

isloh qilish strategiyasida «...tijorat banklarining kredit portfelini va ular faoliyatidagi risklarni

boshqarish sifatini yaxshilash, davlat ulushi mavjud tijorat banklarini kompleks transformasiya

qilish, bank ishining zamonaviy standartlarini, axborot texnologiyalari va dasturiy

mahsulotlarni joriy etish» (

Фармон

, 2020) kabi ustuvor vazifalar belgilab berilgan. Mazkur

vazifalar ijrosini ta'minlashda tijorat banklari faoliyatini tartibga solish amaliyotini

takomillashtirish, banklarda regulyativ kapitalning passivlar hajmidagi salmogʻini oshirish,

kreditlardan koʻriladigan zararlarni qoplashga moʻljallangan zaxira ajratmalarining darajasi

xalqaro bank amaliyotida umume'tirof etilgan me'yoriy darajada saqlash yuzasidan taklif va
tavsiyalar ishlab chiqish zarurligini belgilaydi.

Adabiyotlar sharhi.

John Maynard Keynes (1936) "Pul va ish haqi" kabi asarlarida kredit foizlari va

iqtisodiyotning o'zaro aloqalarini tahlil qilgan. U kredit foizlarining iqtisodiy faoliyatga ta'siri
haqida quyidagicha fikr bildirgan:

-Foiz stavkalarining past bo'lishi iqtisodiy faoliyatni rag'batlantiradi, chunki past foizlar

biznesga investitsiya qilishni, shuningdek, iste'molni oshirishni rag'batlantiradi. Shunday qilib,

kreditning arzonligi iqtisodiy o'sishni qo'llab-quvvatlaydi.

-Biroq, foiz stavkalari yuqori bo'lsa, bu kredit olishni qiyinlashtiradi va iqtisodiy faollikni

kamaytiradi.

Milton Friedman (1963) monetarizmning asoschisi, kredit foizlariga ta'sir qiluvchi

omillarga diqqatni qaratgan. Uning fikriga ko'ra:

-Pul ta'minoti va inflyatsiya: Monetaristlar nazarida kredit foizlari asosida pul ta'minoti

yotadi. Agar markaziy bank pul massasi orttirsa, bu inflyatsiyani oshiradi, natijada kredit

foizlari yuqori bo'ladi.

-Soliq siyosati: Agar davlat yuqori soliqlarni o'rnatgan bo'lsa, bu iqtisodiyotdagi foiz

stavkalarini oshirishi mumkin, chunki davlat qarzlarini qoplash uchun ko'proq pul kerak

bo'ladi.

Robert Shiller Nobel mukofoti laureati (2003) iqtisodiy shaffoflik va psixologiya

o'rtasidagi aloqani tadqiqot qilgan. U kredit foizlari bilan bog'liq bo'lgan psixologik va xulq-

atvoriy omillarga e'tibor qaratadi. Shillerning fikriga ko'ra:

-Kredit foizlari ko'pincha investorlarning va iste'molchilarning iqtisodiy kutishlariga

asoslanadi. Agar odamlar kelajakda iqtisodiy o'sishni kutsa, ular kredit olishni ko'paytiradilar,

bu esa foiz stavkalarini pasaytiradi.

-Biroq, iqtisodiy beqarorlik yoki "balon" hodisalari (masalan, uy-joy narxlarining o'sishi)

kredit foizlarining keskin o'zgarishlariga olib kelishi mumkin.

Thomas Piketty (

2013) “Capital in the Twenty

-

First Century” asarida boylik va daromad

taqsimoti haqida gapirgan. U kredit foizlari va ularning ijtimoiy tengsizlikka ta'sirini tahlil

qiladi:

-Kredit foizlari va tengsizlik: Piketty kredit foizlarining yuqoriligi yuqori daromadli

qatlam uchun foydali bo'lib, boylikning yanada konsentratsiyasiga olib kelishini ta'kidlaydi.

Kam daromadli odamlarga kredit olishning qiyinligi esa ijtimoiy tengsizlikni kuchaytiradi.


background image


www.e-itt.uz

I SON. 2025

224

Joseph Stiglitz. (1986) Nobel mukofoti laureati, ma'lumki, "informatsion asimetriya"

nazariyasini ishlab chiqqan. Uning fikriga ko'ra:

-Kredit foizlari bozordagi asimmetrik ma'lumotlar tufayli shakllanadi. Banklar va qarz

oluvchilar o'rtasidagi ma'lumotlar notengligi foiz stavkalariga ta'sir qiladi. Masalan, banklar

qarz oluvchining to'lov qobiliyatini to'liq bilmasligi mumkin, shuning uchun ular yuqori foiz
stavkalarini qo'yishadi.

Mohammad Reza Hashem (2020)

Rivojlanayotgan mamlakatlardagi kredit foizlarining

iqtisodiy o'sish va barqarorlikka ta'sirini tahlil qiladi. U, shuningdek, yuqori foiz stavkalarining

biznes va investitsiyalarga bo'lgan salbiy ta'sirini ko'rsatadi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Kredit foizlari odatda iqtisodiy holat, bank siyosati va pul-moliya tizimiga bog'liq ravishda

o'zgarib turadi.

Aholi uchun yuqori kredit foizlari quyidagi omillarga bog'liq bo'lishi mumkin:

1.Markaziy bankning asosiy stavkasi: Agar Markaziy bank yuqori stavkada pul siyosatini

amalga oshirsa, bu tijorat banklarining kredit foizlarini ham oshirishi mumkin. Bu holat, odatda,

inflyatsiyani nazorat qilish uchun amalga oshiriladi.

2.Inflyatsiya: Inflyatsiya darajasi yuqori bo'lsa, banklar o'zlarining xarajatlarini qoplash

va foyda olish uchun yuqori foiz stavkalarini belgilaydi.

3.Iqtisodiy noaniqliklar: Iqtisodiyotning turg'unsizligi, masalan, siyosiy yoki moliyaviy

beqarorlik, kreditlar bo'yicha yuqori foizlar kiritilishiga olib kelishi mumkin. Banklar

o'zlarining xavfini kamaytirish uchun yuqori foizlarni talab qiladilar.

4.Xarajatlar va xavflar: Tijorat banklari, qarz oluvchining moliyaviy holati va kreditning

qaytirilishiga bo'lgan xavfga qarab foiz stavkalarini belgilashadi. Yuksak xavfli kreditlar

(masalan, kichik biznes yoki shaxsiy qarzlar) uchun foizlar yuqori bo'lishi mumkin.

1-jadval

Oʻzbekiston Respublikasida monetizasiya darajasi, inflyasiya va

YaIMning oʻsish sur'ati(cbu.uz)

Koʻrsatkichlar

2019

2020

2021

2022

2023

Iqtisodiyotni

pul

mablagʻlari

bilan

ta'minlanganlik darajasi, %

17,8

17,8

19,1

21,2

17,8

Inflyasiya darajasi, %

15,2

11,1

10,0

12,3

8,8

YaIMning oʻsish sur'ati, %

6,0

2,0

7,4

5,7

6,2

Manba:

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining statistik ma'lumotlari.

1-

jadval ma'lumotlaridan koʻrinadiki, Oʻzbekiston iqtisodiyotining pul mablagʻlari bilan

ta'minlanganlik darajasi 2022 yilda 2018 yilga nisbatan sezilarli darajada oshgan. Ammo, tahlil

qilingan davr mobaynida mamlakat iqtisodiyotining pul mablagʻlari bilan ta'minlanganligi past

darajada qolgan.

Respublikamizda inflyasiya darajasi 2019-2021 yillarda pasayish tendensiyasiga ega

boʻlgan, ammo, 2022 yilda 2021 yilga nisbatan sezilarli darajada oshgan. YaIMning oʻsish

sur'ati 2021 yilda 2019 yilga nisbatan sezilarli darajada oshgan. Lekin, 2022 yilda pasiyib 2023

shgan bunga sabab inflyasiyani oshganligidir.

2-

jadval ma'lumotlaridan koʻrinadiki, 2018

-2022 yillarda respublikamizda inflyasiya

darajasini yuqori boʻlganligi Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasini yuqori darajada

saqlanib qolishiga sabab boʻlgan. Bu esa, oʻz navbatida, tijorat banklarining mi

lliy valyutada

berilgan kreditlarining foiz stavkalarini yuqori boʻlishiga olib kelgan.


background image


www.e-itt.uz

I SON. 2025

225

2-jadval

Oʻzbekiston Respublikasida inflyasiyaning yillik darajasi, Markaziy bank qayta

moliyalash stavkasining yillik darajasi va tijorat banklarining milliy valyutada berilgan

kreditlarining oʻratcha yillik foiz stavkasi, foizda(cbu,uz)

Koʻrsatkichlar

2019

2020

2021

2022

2023

2024

Inflyasiya darajasi

15,1

11,1

10,0

12,3

8,8

9,8

Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi

16,0

14,0

14,0

15,0

14

13,5

Tijorat banklari kreditlarining foiz stavkasi

24,2

22,3

20,8

21,9

23,1

23,7

Manba:

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining statistik ma'lumotlari.

Oʻz navbatida, tijorat banklari kreditlarining foiz stavkalarini yuqori ekanligi

kompaniyalar va firmalarning tijorat banklari kreditlaridan foydalanish imkoniyatlarini

kengaytirishga toʻsqinlik qiladi. Shunisi ahamiyatliki, transaksion depozitlar tijorat

banklari

uchun resurs manbai hisoblanmaydi, muddatli va jamgʻarma depozitlar tijorat banklarining

aktiv operasiyalarini moliyalashtirishning barqaror manbai hisoblanadi.

Buning ustiga, Oʻzbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi

qonuniga muvofiq, faqat tijorat banklari depozitlar jalb qilish huquqiga ega

(2019).

3-jadval

Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari tomonidan milliy va xorijiy valyutada

berilgan kreditlarning oʻrtacha yillik foiz stavkasi,

foizda(cbu,uz)

Koʻrsatkichlar

2019

2020

2021

2022

2023

2024

Milliy valyutadagi kreditlarning oʻrtacha yillik

foiz stavkasi

23,7

22,3

20,8

21,9

23,1

23,7

Chet el valyutasidagi kreditlarning oʻrtacha

yillik foiz stavkasi

7,1

6,9

6,7

6,7

8,8

9,7

Manba:

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining statistik ma'lumotlari.

3-

jadvalda keltirilgan ma'lumotlardan yaqqol koʻrinadiki, Oʻzbekiston Respublikasi

tijorat banklari tomonidan milliy valyutada berilgan kreditlarning oʻrtacha yillik foiz

stavkasi

2022-

2024 yillarda oshish tendensiyasiga ega boʻlgan. Biroq, ushbu foiz stavkalarining darajasi

2021 yilda pasayish tendensiyasiga ega boʻlgan. Bu esa, mazkur davrda inflyasiya darajasini va

Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasini pasayganligi bilan izohlanadi.Respublikamiz

tijorat banklari tomonidan chet el valyutasida berilgan kreditlarning oʻrtacha yillik foiz stavkasi

2020-

2022 yillarda pasayish tendensiyasiga ega boʻlgan. Bu esa, tijorat banklarining investision

jozibadorligini ta'minlash nuqtai-nazaridan ijobiy holat hisoblanadi.Ammo 2023-2024 yillarga

kelib yana ko’tarilgan bu davrda infliyatsiya darajasi oshganligi va muammoliy kreditlarning

qaytmasligi bilan izohlanadi.


Xulosa va takliflar.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga inflyasiya darajasini 2021 yilda 10 foizgacha

pasaytirish hamda 2023 yilda 5 foiz darajadagi doimiy inflyasion maqsadni (target) oʻrnatish

yoʻli bilan 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab pul

-kredit siyosati mexanizmlarini bosqichma-

bosqich inflyasion targetlash rejimiga oʻtkazishni ta'minlash vazifasi yuklandi. 2021 yilda

inflyasiya boʻyicha belgilangan maqsadi koʻrsatkichga erishildi, ya'ni inflyasiyaning yillik

darajasi 9,98 foizni tashkil etdi. Ammo, 2022 yilda inf

lyasiya boʻyicha belgilangan maqsadli

koʻrsatkichga erishilmadi. pul

-kredit siyosatining 2022 yil va 2023-2024 yillar davriga

moʻljallangan asosiy yoʻnalishlarida 2022 yil uchun inflyasiyaning yillik darajasini 8

-9 %


background image


www.e-itt.uz

I SON. 2025

226

darajasida boʻlishi prognoz qilingan edi . Biroq, 2022 yilda inflyasiyaning yillik darajasi 12,3

foizni tashkil etdi.

2022-

yilda

respublikamizda

inflyasiya

boʻyicha

maqsadli

koʻrsatkichga

erishilmaganligining asosiy sabablari quyidagilardir:

1. Asosiy oziq-

ovqat va import tovarlari narxlarining yuqori oʻsishi bazaviy inflyasiya

darajasini keskin oshishiga olib keldi. 2022 yilda bazaviy inflyasiya darajasi 13,8 foizni tashkil

etdi.

2. Iqtisodiyotdagi yuqori inflyasion jarayonlar, yoqilgʻi

-energiya resurslari, asosiy oziq-

ovqat mahsulotlari va import xomashyosi narxlarining oshishi 2022 yilda inflyasion

kutilmalarning salbiy boʻlishiga olib keldi.

3. Pul massasining oʻsish sur'atini yuqori boʻldi. 2022 yilda pul massasining yillik oʻsish

sur'ati respublikamizda 30,2 foizni tashkil etdi.

Shuningdek, Pul-kredit siyosatining 2022 yil va 2023-

2024 yillar davriga moʻljallangan

asosiy yoʻnalishlarida asosiy pul

-

kredit operasiyalarini auksionlardan toʻliq qoplanadigan

oʻzgarmas stavkali (“fixed rate full allotment”) operasiyalarga oʻtkazish rejalashtirilgan boʻlib,

bunda joriy depozit auksion

lari oʻrniga cheklanmagan hajmda amalga oshiriladigan muddati

14 kungacha boʻlgan depozit operasiyalariga oʻtilishi pul bozoridagi foiz stavkalarining asosiy

stavkaga nisbatan tebranuvchanligining pasayishiga, asosiy stavka ta'sirining va transmission

mexanizm samaradorligining oshishiga xizmat qiladi, degan xulosa qilingan.

Adabiyotlar/ Литература/ Reference

:

John Maynard Keynes. (1936)

“The General Theory of Employment, Interest and Money”

.

Joseph Stiglitz . (1986) "The Economics of the Public Sector".

Milliy valyutadagi kreditlarning foiz stavkalari; Chet el valyutasidagi kreditlarning foiz

stavkalari//www.cbu.uz (Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki).

Milton Friedman. (1963)

“A Monetary History of the United States”

.

Mohammad Reza Hashem. (2020) "The Impact of Interest Rates on Economic Growth in

Developing Countries".

Qonun (2020) Oʻzbekiston Respublikasining qonuni. Banklar va bank faoliyati

toʻgʻrisida//Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 06.11.2019 y., 03/19/580/3994

-son;

07.01.2020 y., 03/20/600/0023-son.

Robert J. Shiller. (2003)

“Behavioral Finance and the Economy”

.

Thomas Piketty. (2013) (

Piketty,) “Capital in the Twenty

-

First Century”.

Фармон (2020) Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 12 майдаги ПФ

-

5992-

сон «2020

-

2025 йилларга мўлжалланган Ўзбекистон Республикасининг банк

тизимини ислоҳ қилиш стратегияси тўғрисида»ги фармони.


Библиографические ссылки

John Maynard Keynes. (1936) “The General Theory of Employment, Interest and Money”.

Joseph Stiglitz . (1986) "The Economics of the Public Sector".

Milliy valyutadagi kreditlarning foiz stavkalari; Chet el valyutasidagi kreditlarning foiz stavkalari//www.cbu.uz (Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki).

Milton Friedman. (1963) “A Monetary History of the United States”.

Mohammad Reza Hashem. (2020) "The Impact of Interest Rates on Economic Growth in Developing Countries".

Qonun (2020) Oʻzbekiston Respublikasining qonuni. Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida//Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 06.11.2019 y., 03/19/580/3994-son; 07.01.2020 y., 03/20/600/0023-son.

Robert J. Shiller. (2003) “Behavioral Finance and the Economy”.

Thomas Piketty. (2013) (Piketty,) “Capital in the Twenty-First Century”.

Фармон (2020) Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 12 майдаги ПФ-5992-сон «2020-2025 йилларга мўлжалланган Ўзбекистон Республикасининг банк тизимини ислоҳ қилиш стратегияси тўғрисида»ги фармони.