www.e-itt.uz
I SON. 2025
210
INSON RESURSLARINI BOSHQARISHDA MA’LUMOTLARNI YIG‘ISH, TAHLIL QILISH VA
TIZIMLASHTIRISHNI AVTOMATLASHTIRISH ISTIQBOLLARI
Rahimova Nigora Nemadjonovna
O‘zbekiston Respublikasi Bank
-moliya akademiyasi
ORCID: 0000-0002-3252-9967
Annotatsiya.
Ushbu tadqiqot inson resurslarini boshqarishda ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil
qilish va tizimlashtirish jarayonlarini avtomatlashtirishning istiqbollarini o‘rganishga
qaratilgan. Tadqiqot doirasida inson resurslari boshqaruvining zamonaviy yondashuvlari,
avtomatlashtirilgan tizimlarning ahamiyati va ularning samaradorlikka ta’siri tahlil qilindi.
Kalit so‘zlar
:
inson resurslarini boshqarish, avtomatlashtirilgan tizimlar, ma’lumotlar
tahlili, sun’iy intellekt, raqamli transformatsiya.
ПЕРСПЕКТИВЫ АВТОМАТИЗАЦИИ СБОРА, АНАЛИЗА И СИСТЕМАТИЗАЦИИ
ДАННЫХ В УПРАВЛЕНИИ ЧЕЛОВЕЧЕСКИМИ РЕСУРСАМИ
Рахимова Нигора Немаджоновна
Банковско
-
Финансовая академия Республики Узбекистан
Аннотация
.
Данное исследование посвящено изучению перспектив автоматизации
процессов сбора, анализа и систематизации данных в управлении человеческими
ресурсами. В рамках исследования были проанализированы современные подходы к
управлению человеческими ресурсами, значимость автоматизированных систем и их
влияние на эффективность организации.
Ключевые слова:
управление человеческими ресурсами, автоматизированные
системы, анализ данных, искусственный интеллект, цифровая трансформация.
PROSPECTS FOR AUTOMATING DATA COLLECTION, ANALYSIS, AND SYSTEMATIZATION
IN HUMAN RESOURCE MANAGEMENT
Rahimova Nigora Nemadjonovna
The Banking and Finance Academy of the Republic of Uzbekistan
Abstract.
This study examines the prospects of automating data collection, analysis, and
systematization processes in human resource management. The research analyzes modern
approaches to human resource management, the importance of automated systems, and their
impact on organizational efficiency.
Keywords
:
human resource management, automated systems, data analysis, artificial
intelligence, digital transformation.
UOʻK:
331.101.52
210-215
www.e-itt.uz
I SON. 2025
211
Kirish.
Zamonaviy biznes muhitida inson resurslarini boshqarish (HRM
–
Human Resource
Management) tashkilotlarning samarali faoliyat yuritishi va barqaror rivojlanishini
ta’minlashda asosiy omillardan biri hisoblanadi. Tashkilotlarning mehnat unumdorligi va
innovatsion salohiyatini oshirish uchun inson resurslarini boshqarish jarayonlarida ilmiy
asoslangan yondashuvlar, raqamli texnologiyalar va avtomatlashtirilgan tizimlardan
foydalanish tobora dolzarb bo‘lib bormoqda. HRM faoliyatining samaradorligi xodimlar
ma’lumotlarini yig‘ish, tahlil qilish va tizimlashtirish ja
rayonlarining aniq va tizimli tashkil
etilishiga bevosita bog‘liq.
An’anaviy inson resurslarini boshqarish usullari ko‘pincha qo‘lda ma’lumotlarni kiritish,
qog‘oz hujjatlar bilan ishlash va cheklangan tahliliy imkoniyatlarga tayanadi. Bunday
yondashuvlar nafaqat mehnat unumdorligini pasaytiradi, balki inson xatolariga moyillikni
oshiradi va strategik qarorlar qabul qilish jarayonini murakkablashtiradi. Buning natijasida,
tashkilotlarning raqobatbardoshligi pasayishi va kadrlar boshqaruvi samaradorligi yetarlicha
ta’minlanmasligi mumkin.
Axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt asosida ishlab chiqilgan avtomatlashtirilgan
tizimlar inson resurslarini boshqarish jarayonlarini sezilarli darajada takomillashtirishga
xizmat qiladi. Big Data (katta hajmdagi ma’lumotlar), Business Intelligence
(biznes tahlil
tizimlari), Machine Learning (mashina o‘rganishi) va HR Analytics kabi ilg‘or texnologiyalar
inson resurslarini boshqarishda ma’lumotlar asosida qaror qabul qilish imkoniyatlarini
kengaytiradi. Ushbu texnologiyalar yordamida ishga qabul qilish, xodimlarning
samaradorligini baholash, motivatsiya va malaka oshirish kabi jarayonlarni aniq va shaffof
tashkil etish mumkin.
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, inson resurslarini boshqarishda avtomatlashtirilgan
tizimlardan foydalanish nafaqat xodimlar malakasini oshirish va ish unumdorligini oshirishga
xizmat qiladi, balki inson kapitali bo‘yicha strategik qarorlar qabul qilis
hni ham osonlashtiradi.
Deloitte (2022) tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, ilg‘or raqamli HR tizimlarini joriy
qilgan kompaniyalarda kadrlar tanlovi samaradorligi 40% ga oshgan va ishga qabul jarayonlari
o‘rtacha 60% ga tezlashgan.
Mazkur tadqiqot inson resurslarini boshqarishda ma’lumotlar yig‘ish, tahlil qilish va
tizimlashtirishni avtomatlashtirish jarayonlarining istiqbollarini o‘rganish, mavjud
muammolarni tahlil qilish va ilg‘or yondashuvlarni aniqlashga qaratilgan.
Adabiyotlar sharhi.
Inson resurslarini boshqarishda ma'lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va tizimlashtirishni
avtomatlashtirish so‘nggi yillarda xalqaro ilmiy tadqiqotlarda keng yoritilgan mavzulardan biri
hisoblanadi.
Inson resurslari tahlili tashkilotlarda inson
kapitali bilan bog‘liq qarorlar qabul qilish
jarayonlarini ma’lumotlarga asoslangan holda optimallashtirishga qaratilgan. Minbaeva (2018)
inson resurslari tahlilini tashkilotning umumiy biznes strategiyasi bilan bog‘langan holda
boshqarish zarurligini ta’k
idlab, ushbu yondashuvni tashkilotning samaradorligini oshirish
uchun muhim vosita sifatida qaraydi. U o‘z tadqiqotida inson resurslari tahlili uch asosiy
yo‘nalishdan iborat bo‘lishi kerakligini ko‘rsatadi: ma’lumotlar sifati, analitik qobiliyatlar va
str
ategik boshqaruv imkoniyatlari. Ushbu uch yo‘nalish inson resurslari bo‘yicha qaror qabul
qilish jarayonlarining aniq va maqsadga muvofiq shakllanishiga xizmat qiladi.
Zamonaviy texnologiyalar va sun’iy intellekt algoritmlari inson resurslarini boshqarish
jarayonlarini avtomatlashtirish imkonini yaratmoqda. Qin va uning hamkasblari (2023) inson
resurslarini boshqarishda sun’iy intellekt texnologiyalarining qo‘llanilishini o‘rganib, ularning
inson kapitalini boshqarish va tashkilotlarning strategik rivojlanishiga ta’sirini tahlil qilgan.
Ularning tadqiqoti inson resurslarini boshqarishda sun’iy intellektning ishga qabul qilish,
www.e-itt.uz
I SON. 2025
212
xodimlarni baholash va ularning faoliyatini monitoring qilish jarayonlaridagi samaradorligini
tasdiqlaydi.
Sun
’
iy intellekt texnologiyalari inson resurslari bo
‘
yicha ma
’
lumotlarni qayta ishlash va
qarorlar qabul qilish jarayonlarida inqilobiy o
‘
zgarishlarga sabab bo
‘
ldi. Nosratabadi va uning
hamkasblari (2022) inson resurslari boshqaruvida sun
’
iy intellekt modellarining qo
‘
llanilishi
bo
‘
yicha tizimli adabiyotlar tahlilini amalga oshirib, ushbu texnologiyalarning ishga qabul
qilish, xodimlarning malakasini oshirish va xodimlarni kompaniyada uzoq muddat ushlab
qolish kabi jarayonlardagi samaradorligini baholagan. Tadqiqot natijalari sun
’
iy intellekt
asosida ma
’
lumotlarni qayta ishlash tizimlarini joriy etish inson resurslarini boshqarish
jarayonlarining samaradorligini sezilarli darajada oshirishi mumkinligini ko
‘
rsatadi.
Inson resurslarini boshqarishda ma
’
lumotlarni tahlil qilish tizimlari nafaqat xususiy
kompaniyalarda, balki davlat sektorida ham jadal joriy etilmoqda. Kim va uning hamkasblari
(2023) davlat muassasalarida inson resurslari tahlili asosida qaror qabul qilish jarayonlarini
o
‘
rganib, ushbu tizimlarning samaradorligini oshirish uchun besh bosqichli modelni ishlab
chiqdi. Mazkur model quyidagi bosqichlarni o
‘
z ichiga oladi: ma
’
lumotlarni aniqlash, to
‘
plash,
tahlil qilish, natijalarni baholash va ma
’
lumotlar asosida qaror qabul qilish. Ushbu model davlat
boshqaruvi tizimlarida inson resurslarini optimallashtirish va kadrlar tanlovini
avtomatlashtirishga imkon beradi.
Rossiya va Yevropa tadqiqotchilari ham inson resurslarini boshqarishda
avtomatlashtirilgan tizimlarni tadqiq qilishga katta e’tibor qaratmoqda. Smirnova va Ivanov
(2018) Rossiya kompaniyalarida inson resurslari tahlilini joriy etish va uning samaradorligi
bo‘yicha tadqiqot o‘tkazib, avtomatlashtirilgan tizimlarning xodimlar unumdorligiga ta’sirini
baholagan. Ularning tadqiqot natijalari inson resurslari tahlili tizimlarining joriy etilishi
xodimlarning mehnat samaradorligini oshirish va tashkilot ichida inson kapitalidan samarali
foydalanish imkonini yaratishini tasdiqlaydi.
Shuningdek, Müller va uning hamkasblari (2019) Germaniya kompaniyalarida inson
resurslari tahlilining tashkilotlarning raqobatbardoshligiga ta’sirini o‘rgangan. Ularning
tadqiqoti ma’lumotlarga asoslangan qaror qabul qilish jarayonlari kompaniyaning bozor
sharoitlariga moslashuvchanligini oshirishini va strategik rejalashtirish samaradorligini
kuchaytirishini ko‘rsatadi.
Yuqoridagi tadqiqotlar inson resurslarini boshqarishda ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish
va tizimlashtirishni avtomatlashtirish jarayonlarining ahamiyatini tasdiqlaydi. Sun’iy intellekt
va avtomatlashtirilgan ma’lumotlar tahlili tizimlari inson resurslarini boshqarishda an’anaviy
usullarga qaraganda samaraliroq yondashuvlarni taqdim etmoqda. Xususan, inson resurslari
tahlili va algoritmik boshqaruv tizimlari inson kapitalini samarali boshqarish, xodimlarning
mehnat unumdorligini oshirish va tashkilotlarning strategik rivojlanishiga xizmat qiladi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ushbu tadqiqotda inson resurslarini boshqarishda ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va
tizimlashtirish jarayonlarini avtomatlashtirish istiqbollarini baholash uchun kompleks ilmiy-
uslubiy yondashuv qo‘llanildi. Tadqiqotning nazariy asoslarini shakllantir
ish uchun xorijiy va
mahalliy ilmiy adabiyotlar, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari bo‘yicha ilg‘or tadqiqotlar
va xalqaro tajribalar o‘rganildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Inson resurslarini boshqarishda avtomatlashtirilgan tizimlarning qo‘llanilishi
tashkilotlarning samaradorligini oshirish va inson kapitalidan optimal foydalanish
imkoniyatlarini
kengaytiradi.
Inson
resurslarini
boshqarish
jarayonlarining
avtomatlashtirilis
hi quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Bu yo‘nalishlarning
har biri tashkilotlarning ehtiyojlariga qarab turlicha shakllanadi va ma’lum darajada o‘ziga xos
xususiyatlarga ega.
www.e-itt.uz
I SON. 2025
213
1-jadval
Inson resurslarini boshqarishda avtomatlashtirilgan tizimlarning asosiy yo‘nalishlari
Yo‘nalish
Xususiyatlari
Tashkilotlarga ta’siri
Qo‘llash imkoniyatlari
Ishga qabul qilish
jarayonlarini
avtomatlashtirish
Nominant tanlash, onlayn
testlar, sun’iy intellekt
yordamida mos keluvchi
nomzodlarni saralash
Tanlov jarayonlarining
shaffofligi va tezkorligi
oshadi
Ma’lumotlar tahlili
orqali mos nomzodlarni
avtomatik tanlash
Xodimlarni baholash
va tahlil qilish
Ish faoliyati bo‘yicha
avtomatlashtirilgan
hisobotlar, xodimlarning
kuchli va zaif tomonlarini
aniqlash
Qaror qabul qilish
jarayonlari aniq va
obyektiv bo‘ladi
Sun’iy intellekt asosida
tahlil qilish va reyting
tizimini yaratish
Ish haqini hisoblash va
motivatsiya tizimlarini
avtomatlashtirish
Oylik maoshlarni avtomatik
hisoblash, bonus va
rag‘batlantirish tizimlari
Xodimlar faoliyatiga
asoslangan mukofot
tizimini yaratish
imkoniyati ortadi
Blokcheyn asosida ish
haqi va bonuslarni
to‘lash tizimini joriy
etish
Kadrlar ehtiyojini
bashorat qilish va
boshqarish
Xodimlarning tajribasi va
kompaniya ehtiyojlari
asosida kelajakdagi ish
kuchiga bo‘lgan talabni
prognozlash
Resurslardan samarali
foydalanish va
kompaniya
strategiyasiga mos
kadrlar siyosatini olib
borish
Sun’iy intellekt va katta
ma’lumotlar
texnologiyalaridan
foydalanish
Masofaviy ishlash va
xodimlarni monitoring
qilish
Masofaviy ish jarayonlarini
tahlil qilish va natijalarga
asoslangan boshqaruv
tizimlarini yaratish
Ish unumdorligini
oshirish va mehnat
samaradorligini oshirish
Raqamli nazorat va real
vaqt rejimida
monitoring tizimlarini
joriy etish
Manba:
muallif tomonidan tayyorlandi.
Ushbu jadvaldan ko‘rinib turibdiki, inson resurslarini boshqarishda avtomatlashtirilgan
tizimlar turli
jarayonlarni optimallashtirishga yordam beradi. Sun’iy intellekt asosida tahlillarni
avtomatlashtirish xodimlarni tanlash, ularning faoliyatini baholash va kompaniya
strategiyasiga mos kadrlar siyosatini olib borishda muhim rol o‘ynaydi.
Avtomatlashtirilgan tizimlarni joriy etish inson resurslarini boshqarish jarayonlarining
samaradorligini oshirsa-da, ularni tatbiq etish jarayonida turli muammolar yuzaga kelishi
mumkin. Quyidagi jadval ushbu muammolarni, ularning asosiy sabablari va bartaraf etish
usullarini ko‘rsatadi.
2-jadval
Inson resurslarini boshqarishda avtomatlashtirish jarayonidagi asosiy
muammolar va ularni hal qilish usullari
Muammo
Sabablari
Bartaraf etish usullari
Ma’lumotlar sifati va
ishonchliligi muammolari
Xodimlarning noto‘g‘ri ma’lumotlarni
kiritishi yoki eski ma’lumotlardan
foydalanish
Ma’lumotlarni doimiy yangilash va sifat
nazorat tizimini joriy etish
Sun’iy intellekt
tizimlarining noaniqligi
Algoritmlarning inson omilidan kelib
chiqqan noto‘g‘ri qarorlarni qabul
qilishi
Algoritmlar doimiy ravishda yangilanib
borishi va ekspert nazorati ostida
ishlashi
Xodimlarning
texnologiyaga
moslashishi
Ishchilarning yangi tizimlarga
ko‘nikish qiyinligi
O‘qitish dasturlarini joriy etish va
adaptatsiya jarayonlarini
yengillashtirish
Kiberxavfsizlik xavflari
Ma’lumotlarning buzilishi yoki
noto‘g‘ri foydalanish
Raqamli xavfsizlik tizimlarini joriy etish
va ma’lumotlarni shifrlash tizimini
kuchaytirish
Manba:
muallif tomonidan tayyorlandi.
www.e-itt.uz
I SON. 2025
214
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, inson
resurslarini avtomatlashtirish jarayonida eng katta
muammo sifatida ma’lumotlarning sifati va sun’iy intellekt tizimlarining ishonchliligi masalasi
ajralib turadi. Bunday muammolarni bartaraf etish uchun tizimlarni doimiy takomillashtirish,
xodimlarni yangi texnologiyalarga moslashtirish va kiberxavfsizlik choralarini kuchaytirish
zarur.
Avtomatlashtirilgan tizimlar inson resurslarini boshqarish jarayonlariga quyidagi
natijalarni olib kelishi mumkin. Quyidagi jadvalda avtomatlashtirish natijasida erishiladigan
asosiy samaralar ko‘rsatilgan.
3-jadval
Inson resurslarini boshqarishda avtomatlashtirilgan tizimlarning natijalari
Yo‘nalish
Natija
Kompaniya uchun afzalliklar
Ishga qabul qilish
jarayonlari
Ish joylariga mos nomzodlarni
tezkor aniqlash
Xodimlar almashinuvi kamayadi, eng mos
nomzodlarni aniqlash imkoniyati ortadi
Xodimlarning ish
faoliyatini baholash
Real vaqt rejimida natijalarni
kuzatish
Xodimlar samaradorligini oshirish,
motivatsiya tizimlarini yaxshilash
Maosh va
rag‘batlantirish
tizimlari
Adolatli va shaffof
rag‘batlantirish tizimini
yaratish
Xodimlarning mehnatga bo‘lgan qiziqishi va
motivatsiyasini oshirish
Raqamli boshqaruv
tizimlari
Kadrlar resurslarini samarali
taqsimlash
Xarajatlarni kamaytirish, inson kapitalidan
optimal foydalanish
Ma’lumotlarni tahlil qilish
va prognozlash
Kelajakdagi kadrlar ehtiyojini
aniq prognozlash
Tashkilotning strategik rejalashtirish
darajasini oshirish
Manba:
muallif tomonidan tayyorlandi.
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki,
inson resurslarini boshqarish jarayonida avtomatlashtirilgan
tizimlarning qo‘llanilishi samaradorlikni sezilarli darajada oshiradi. Xususan, ishga qabul qilish,
xodimlarni rag‘batlantirish va resurslarni optimal taqsimlash jarayonlari aniq va shaffof
bo‘lishi ta’minlanadi.
Inson resurslarini boshqarishda avtomatlashtirish jarayonlarini kengaytirish mehnat
unumdorligini oshirish, strategik qarorlarni samarali qabul qilish va inson kapitalidan optimal
foydalanish imkonini beradi. Tadqiqot natijalari asosida inson resurslarini boshqarishda
avtomatlashtirilgan tizimlarni takomillashtirish bo‘yicha quyidagi takliflar ishlab chiqildi:
Birinchidan, inson resurslarini boshqarishda avtomatlashtirilgan tizimlarni yanada
rivojlantirish uchun zamonaviy texnologiyalar, jumladan, sun’iy intellekt, mashina o‘rganish
algoritmlari va katta ma’lumotlar tahlili kabi ilg‘or vositalarni joriy etish za
rur. Xususan, ishga
qabul qilish, xodimlarni baholash va rag‘batlantirish jarayonlarida raqamli vositalardan
foydalanish inson omili sababli yuzaga keladigan subyektiv qarorlarni kamaytiradi va
jarayonlarni tezlashtiradi.
Ikkinchidan, ma’lumotlar sifati va xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish lozim.
Inson resurslari bilan bog‘liq ma’lumotlar ishonchliligi va maxfiyligi avtomatlashtirish
tizimlarining muvaffaqiyatli ishlashi uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun
tashkilotlar kiberxavfsizlik choralarini kuchaytirishi, axborotni himoya qilish bo‘yicha ilg‘or
texnologiyalarni tatbiq etishi va ma’lumotlar sifati nazoratini yo‘lga qo‘yishi zarur.
Uchinchidan, avtomatlashtirish tizimlarining muvaffaqiyatli ishlashini ta’minlash uchun
inson resurslari bo‘limi xodimlarining malakasini oshirish va ularni raqamli texnologiyalarga
moslashtirish zarur. Zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha muntazam
treninglar
o‘tkazish, xodimlarning o‘z malakalarini oshirishiga ko‘mak berish va raqamli transformatsiya
jarayonlariga ularni faol jalb qilish dolzarb ahamiyatga ega.
To‘rtinchidan, inson resurslarini boshqarishda avtomatlashtirilgan tizimlar orqali
xodimlarning ish samaradorligini tahlil qilish va prognozlash mexanizmlarini kuchaytirish
lozim. Bunday tizimlar orqali xodimlarning kelajakdagi faoliyat samaradorligi bashorat
www.e-itt.uz
I SON. 2025
215
qilinishi, ularning professional rivojlanish yo‘nalishlari aniq belgilanishi va mehnat bozori
talablari bilan uyg‘unlashtirilishi mumkin.
Xulosa va takliflar.
Xulosa qilib aytganda, inson resurslarini boshqarishda avtomatlashtirilgan tizimlarni
keng joriy etish raqobatbardoshlikni oshirish, strategik qarorlar qabul qilish jarayonlarini
samarali tashkil etish va inson kapitalidan optimal foydalanish imkoniyatlarini yaratadi. Sun’iy
intellekt, katta ma’lumotlar tahlili va boshqa innovatsion texnologiyalarni qo‘llash orqali inson
resurslarini bo
shqarish jarayonlarining aniqligi, tezkorligi va shaffofligi ta’minlanadi. Shu
sababli tashkilotlar inson resurslarini avtomatlashtirish strategiyasini ishlab chiqishi, ilg‘or
texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha reja tuzishi va zamonaviy boshqaruv mexani
zmlarini
yo‘lga qo‘yishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Adabiyotlar/ Литература/ Reference
:
Deloitte. (2022). Tech Trends 2022: A Human Capital Perspective. Deloitte Insights.
Ivanov P. A., Smirnova T.L. (2018) Innovations in diagnostics: a physical perspective.
–
Oxford: Blackwell.
Kim, S., Kim, S. Y., & Lee, J. (2023). Human Resources Analytics for Public Personnel
Management: A Conceptual Framework and Implementation Process. Administrative Sciences,
13(2), 41
Minbaeva, D. (2018). Building credible human capital analytics for organizational
competitive advantage. Human Resource Management, 57(3), 701.
Müller, T., Schmidt, M., & Döring, S. (2019). The Impact of HR Analytics on the Competitive
Advantage of German Companies. Journal of Business Economics, 89(5), 567-590.
Nosratabadi, S., Khayer Zahed, R., Ponkratov, V. V., & Kostyrin, E. V. (2022). Artificial
Intelligence Models and Employee Lifecycle Management: A Systematic Literature Review.
Qin, C., Zhang, L., Cheng, Y., & Zhu, H. (2023). A Comprehensive Survey of Artificial
Intelligence Techniques for Talent Analytics.
