www.e-itt.uz
I SON. 2025
298
MAHALLA TIZIMIDA
DAVLAT XIZMATLARI KOʻRSATISH MILLIY TIZIMINI
TAKOMILLASHTIRISH
YOʻLLARI
Sagdullayev
Ulugʻbek Axmadjon oʻgʻli
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
ORCID: 0009-0008-3954-3287
Annotatsiya.
Maqolada mahalla tizimida davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimining
fuqarolarning shaxsiy ishtirokini qisqartirish “3 qadam”, “foydalanuvchi uchun moslashtirilgan”
tamoyillari asosida takomillashtirilgan
mahalla tizimida davlat xizmatlariga boʻlgan talabni
aniqlash, davlat xizmatlari koʻrsatish talablarini belgilash, davlat xizmatlari koʻrsatish
standartlarini belgilash, davlat xizmatlari roʻyxatini shakllantirish, davlat xizmatlari
koʻrsatishdagi us
tuvorliklarni belgilash imkonini beruvchi tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi va uning
mahalla
tizimida davlat xizmatlari koʻrsatishni tashkil qilish jarayoni
yoritib berilgan. Ushbu
tashkiliy-iqtisodiy mexanizm asosida
mahalla tizimida davlat xizmatlari koʻrsatishning asosiy
yoʻnalishlarini taklif qilingan.
Kalit soʻzlar:
davlat xizmatlari, “3 qadam”, “foydalanuvchi uchun moslashtirilgan”, davlat
-
xizmat koʻrsatuvchi, davlat
-xususiy sheriklik, aqlli boshqaruv, aqlli hukumat, elektron hukumat,
davlat xizmatlari reyestri
.
ПУТИ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ НАЦИОНАЛЬНОЙ СИСТЕМЫ ПРЕДОСТАВЛЕНИЯ
ГОСУДАРСТВЕННЫХ УСЛУГ В СИСТЕМЕ МАХАЛЛЯ
Сагдуллаев Улугбек Ахмаджон угли
Самаркандский институт экономики и сервиса
Аннотация.
В статье освещены сокрашения личное участие граждан в
национальной системе представления государственных услуг в системе махалли на
основе принципов “3 шага”, “адаптированный для пользователя” определение спроса на
государственные услуги в системе махалли,
определение требований к предоставлению
государственных
услуг,
установление
стандартов,
формирование
перечня
государственных
услуг,
освещены
организационно
-
экономический
механизм,
позволяющий устанавливать методики оказания государственных услуг, и процесс
организации оказания государственных услуг в системе махалля. На основе
организационно
-
экономического механизма предложены основные направления оказания
государственных услуг в махалли.
Ключевые слова:
государственные услуги, “3 шага”, “адаптированный для
пользователя”, государственно
-
частное партнерство, интеллектуальное управление,
интеллектуальное
правительство,
электронное
правительство,
реестр
государственных услуг.
UOʻK:
338.465.4
298-304
www.e-itt.uz
I SON. 2025
299
WAYS TO IMPROVE THE NATIONAL SYSTEM OF PUBLIC SERVICE
PROVISION IN THE “MAHALLA” SYSTEM
Sagdullaev Ulugbek Akhmadjon ugli
Samarkand Institute of Economics and Service
Abstract.
The article highlights the reduction in the personal participation of citizens in the
national system of public services in the “mahalla” system based on the principles of “3 steps”,
“adapted for the user” determining the demand for public services. Defin
ing requirements for the
provision of public services, setting standards, forming a list of public services, highlights the
organizational and economic mechanism that allows establishing methods for the provision of
public services, and the process of orga
nizing the provision of public services in the “mahalla”
system. Proposed based on the organizational and economic mechanism, the main directions of
the provision of public services in the “mahalla”.
Keywords:
public services, “3 steps", “adapted for the user", public
-private partnership,
intelligent management, intelligent government, electronic government, registry of public
services.
Kirish.
Xorijiy mamlakatlarning davlat xizmatlari ko‘rsatish amaliyotini ilmiy yondashuvlar
davlat
xizmatlarni ko‘rsatish milliy tizimini takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish
borasidagi sa’y
-
harakatlari ko’p jihatdan turli boshqaruv darajalarida davlat xizmatlarni
ko‘rsatishning aniq xizmatlar nomenklaturasining shakllantirilganligi, ko‘rsat
iladigan
xizmatlar sifatni baholash tizimlarini ishlab chiqilganligi, hududlarda davlat xizmatlari
ko‘rsatishni muvofiqlashtiruvchi tuzilmalarning mavjudligi, odatda aholining kundalik
muammolari doirasida cheklangan xizmatlar ko‘rsatishga yo‘naltirilganli
gi, aholining natijaga
yo‘naltirilgan boshqaruv, rejalashtirish va byudjetlashtirish jarayonlariga keng jalb qilinganligi
bilan ahamiyatlidir.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida ham aholining kundalik muammolarini
samarali hal etishda mahalla institutining rolini yanada oshirish, hududlarda amalga
oshiriladigan vazifalar bo‘yicha vakolatlarini kuchaytirish, natijaga yo‘naltirilgan boshqaruv
va
byujetlashtirish usullarini keng joriy etish asosida aholining turmush darajasini ko‘tarishga
erishish” bilan bir qatorda davlat xizmatlar ko‘rsatishning yangicha natijador shakllariga
o‘tishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Adabiyotlar sharhi.
Xorijlik olimlar
tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatishga turli yondashuvlar keltirilgan
bo‘lib, “....
mahalliy
aholining sifatli yashash sharoitlarini shakllantirish bilan bog‘liq xizmatlar
ko‘rsatish”
(Kostin, 2007), “...davlat xizmatlarining sifati hududda aholining turmush darajasi,
soni va zichligi, mehnat bozorining to‘yinganlik darajasi, xizmat ko‘rsatishning texnik
-
texnologik jihatdan ta’minlanganligi kabi omillar orqali baholanishi maqsadga muvof
iqligi,
davlat xizmati sifat uning nafliligini ifodalashi” (Chvilyov, 2014), “davlat xizmati
-
ma’lum bir
iste’molchiga ma’lum bir davlat yoki munitsipal organga nisbatan ma’lum bir foydali
o‘lchanadigan natijani olish uchun zarur bo‘lgan davlat tomonidan tasdiqlangan imkoniyatni
qo‘llash asosida normativ ravishda belgilangan ta’minlash”(Savelev, 2017) kabi izohlar
keltirilgan.
O‘zbekistonlik olimlarning tadqiqotlarida
davlat xizmatlari markazlari tomonidan
ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari qamrovini kengaytirish, “...ariza beruvchilarning ehtiyojlari va
vakolatli sub’ektlarning moliyaviy imkoniyatlarini hisobga olgan holda davlat xizmatlarini
ko‘rsatish uchun asosiy talablar ro‘yxati, jarayonining xususiyatlari, shu jumladan, shakli,
mazmuni va davlat xizmatlarining sifatiga qo‘yiladigan talablarni normativ mustahkamlab
www.e-itt.uz
I SON. 2025
300
qo‘yilgan majmui” (Zakirova, 2022), “...davlat xizmati bu
- qonunlar asosida ommaviy
boshqaruv organiga rasmiy ravishda yuklatilgan funksiya, vazifa va vakolatlarni amalga
oshirish kompetensiyasiga ega bo‘lgan, vertikal bo‘ysinishga asoslangan ijro hokimiy
ati
faoliyati”(Muratayev, 2020), hamda “...mahalla tizimida mahalla hududida barcha xizmatlardan
foydalanishni ta’minlash tamoyili asosida ijtimoiy va davlat xizmatlari ko‘rsatishni joriy etish”
(Karjavova, 2023) kabilar
o‘z aksini topgan.
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqot davomida induksiya va deduksiya, guruhlash, mantiqiy tahlil usullardan
foydalanilgan. Tadqiqot natijalarini umumiy yaxlit tarzda ifodalash maqsadida jadval va
rasmlardan foydalanilgan.
Tahlillar va natijalar muhokamasi.
Davlat xizmatlarini raqamlashtirishning ko‘lamini kengaytirish orqali aholi uchun “Servis
davlat” tizimini joriy qilish, fuqaro va davlat o‘rtasidagi munosabatlarda byurokratik
tartibotlarga barham berish, aholining davlat xizmatlaridan foydalanishi uchun murojaat
qilishida turli shakllarni to‘ldirish kabi ortiqcha formal tartiblarni bekor qilish kabi vazifalarni
samarali amalga oshirishda mahalla tizimida davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimining
tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini fuqarolarning shaxsiy i
shtirokini qisqartirish “3 qadam”,
“foydalanuvchi uchun moslashtirilgan” tamoyillari asosida takomillashtirish maqsadga
muvofiq (1-rasm).
Mahalla tizimida davlat xizmatlarni ko‘rsatishni takomillashtirishning asosiy
vazifalaridan biri aholiga sifatli, keng turdagi va qulay davlat xizmatlari ko‘rsatish, mahalla
tizimida raqobat muhitini kuchaytirish uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratishdir. Davlat
xizmatlarining asosiy iste’molchilari aholi bo‘lganligi bois, mazkur xizmatlar ko‘rsatishning
fuqarolarning shaxsiy ishtirokini yanada qisqartirishga qaratilgan natijador yo‘nalishini
tanlash, shuningdek sifatini baholashda keng jamoatchilik a’zola
rini jalb qilish imkoniyatini
ta’minlash ham zarurdir.
Mahala tizimida ijtimoiy-
iqtisodiy rejalashtirish va davlat xizmatlari ko‘rsatishni
bosqichma-bosqich joriy qilishga qaratilgan integratsiyalashgan tarkibiy va mantiqiy jarayoni
2-
rasmda keltirilgan. Ushbu sxema mahalla tizimida davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy
tizimining tashkiliy-
iqtisodiy mexanizmi hisoblanib, davlat xizmatlari ko‘rsatish shakllantirish
bosqichlari ketma-ketligini, hal etiladigan chora-
tadbirlarning iqtisodiy xususiyatiga bog‘liq
holda ushbu jarayon ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni tasvirlashga imkon beradi.
Bu nafaqat davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonining bevosita ishtirokchilarini qamrab
olishga, balki hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish uchun zarur
bo‘lgan ma’lumotlarning ishonchliligini oshirish maqsadida ko‘rsatilay
otgan xizmatlar sifatini
oshirishni ham ko‘zda tutadi.
Dastlabki bosqichda mahalla tizimida aholining asosan ijtimoiy xizmatlarni
muammolarini hal etishga qaratilgan to‘liq yoki qisman bepul/pullik shaklda ko‘rsatiladigan
xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash amalga oshiriladi. Indikativ rejalashtirishning am
aldagi
uslubiyatidan kelib chiqib hudud aholisining davlat xizmatlari bilan ta’minlanganlik darajasini
ta’minlash ko‘zda tutiladi. Fikrimizcha, ushbu bosqichda mahalladagi demografik va ijtimoiy
vaziyatni hisobga olib prognoz qilinayotgan o‘zgarishlarga mo
nand ravishda davlat xizmatlari
ko‘rsatishning haqiqiy hajmini aniqlash va prognoz parametrlarini ham indikator ko‘rsatkich
sifatida aniqlab olish maqsadga muvofiq.
Mahalla tizimida davlat xizmatlariga bo‘lgan talabni aniqlash.
Mahallada aholining davlat
xizmatlari bilan ta’minlanganlik darajasi yoki haqiqiy ehtiyojlari aniqlagach, ular davlat
xizmatlari ko‘rsatish mezonlariga va standartlariga taqqoslanishi lozim.
www.e-itt.uz
I SON. 2025
301
1-rasm.
Mahalla tizimida davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimining tashkiliy
-
iqtisodiy mexanizmi
Manba:
muallif tomonidan ishlab chiqilgan.
O‘zaro nomuvofiqliklar aniqlangan taqdirda muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan
ushbu xizmatlarin
ko‘rsatish jarayoni yoki ko‘rsatish/ko‘rsatmaslik masalasi hal etiladi.
Natijada aholining davlat xizmatlariga, eng muhim xizmat turlariga bo‘lgan ehtiyojlarni to‘liq
hisobga olish va yuqori darajada qondirish imkoniyatlari baholanadi.
Mahallada ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ko‘rsatish talablarini belgilash .
Davlat
xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha talablar va haqiqiy vaziyat taqqoslanadi, shu asosida mahalla
tizimida davlat xizmatlari ko‘rsatshni rivojlantirishdagi mavjud nomutanosibliklar to‘g‘risida
xulosa qilish mumkin bo‘ladi.
Mahallada ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ko‘rsatish standartlarini belgilash.
Bu
davlat
xizmatlari ko‘rsatishning strategik ustvorliklarini ham anglatib keyinchalik hududiy rivojlanish
dasturlarining
bajarilishini va davlat xizmatlari ko‘rsatishga yo‘naltirilgan resurslarning
maqsadli sarflanishi ustidan nazorat qilishda foydalaniladi.
Mahalla tizimida davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimining
tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi
Davlat
xizmatlari
ko‘rsatuvchi
tadbirkorlik
sub’ektlari bilan
hamkorlikni
rivojlantirish
Mahalla tizimida davlat
xizmatlari ko‘rsatish
holatini tahlil qilish va
aholining turmush
farovonligiga ta’sirini
muntazam baholab
borish
Mahalla
tizimida davlat
xizmatlari
ko‘rsatish
talablarini
ishlab chiqish
Elektron
xizmat
nuqtalari
faoliyatini
yo‘lga qo‘yish
va
takomillashtiri
b borish
hududlarda aholining
kundalik masalalarni hal
etish imkonini beruvchi
davlat xizmatlari ko‘lamini
muntazam kengaytirib
borish
Imkoniyati
cheklangan
fuqarolar uchun “3
qadam” tamoyili
asosida davlat
xizmatlari
ko‘rsatish
Aholining davlat
xizmatlariga
bo‘lgan talabini
o‘rganish va
xizmatlar reestrini
takomillashtirish
Imkoniyati
cheklangan
fuqarolarning davlat
xizmatlari
ko‘rsatishga keng
jalb qilish
Imkoniyati
cheklangan
fuqarolar uchun
davzlat
xizmatlari
“paketi”ni
ishlab chiqish
www.e-itt.uz
I SON. 2025
302
2-rasm. Mahala tizimida davlat xizmatlari
ko‘rsatishni tashkil qilish jarayoni
Manba:
muallif tomonidan ishlab chiqilgan.
Mahallada ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxatini shakllantirish.
Davlat xizmatlari
ko‘rsatishning mahalla tizimi uchun xos bo‘lgan hududiy mezon va standartlarini ham
shakllantirish mumkin bo‘lib, ular ko‘rsatilayotgan xizmatlarni aholining ijtimoiy
-iqtisodiy
holati haqidagi ma’lumotlar asosida pullik yoki bepul ko‘rsat
ishni tashkil qilishga, har bir
xizmatning sifati va tarkibining to‘liqlik/qisman darajasini belgilashga asos bo‘lib xizmat qiladi
(1-jadval).
Davlat xizmatlari ko‘rsatishdagi usuvorliklarni belgilash.
Davlat xizmatlari ko‘rsatishni
takomillashtirishda avvalo reja ko‘rsatkichlarining indikativ parametrlari mahalla faoliyatining
ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan strategik ustuvor sohalariga qaratilib, mahalliy siyosatni
amalga oshirish bo‘yicha shaffof aloq
a mexanizmini yaratishga imkon beradi. Bu kelgusida
mahalla tizimida davlat xizmatlari ko‘rsatishning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydigan maqsadli
dasturlarni ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi hamda natijaga yo‘naltirilgan xizmat
ko‘rsatish faoliyatini shakllantirishga imkon beradi.
Mahalla tizimida davlat xizmatlariga bo‘lgan talabni
aniqlash
Mahallada ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ko‘rsatish
talablarini belgilash
Mahallada ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ko‘rsatish
standartlarini belgilash
Mahallada ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxatini
shakllantirish
Davlat xizmatlari ko‘rsatishdagi usuvorliklarni
belgilash
Davlat xizmatlari
ko‘rsatishning ma’muriy
reglamenti
Davlat xizmatlari ko‘rsatishning maqsadli
dastur va parametrlarini ishlab chiqish
Hudud aholisining davlat xizmatlari bilan
ta’minlanganlik darajasini baholash
Davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonini
monitoring qilish va tuzatishlar kiritish
Ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari
bo‘yicha mahalliy aholi
Davlat xizmatlari ko‘rsatishni tashkil qilish va muvofiqlashtirish
www.e-itt.uz
I SON. 2025
303
1-jadval
Mahalla tizimida ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari
reestri
Davlat xizmatlari turlari
Davlat xizmatlarining
potensial iste’molchilari
va
resurs salohiyati
Xizmat ko‘rsatish
shakli
Bolalarni davlat maktabgacha, boshlang‘ich va o‘rta ta’lim
muassasalariga o‘qishga joylashtirish
1,5 yoshdan 17 yoshgacha
bo‘lgan bolalar
pullik/ bepul
Bolalarni maktabgacha, boshlang‘ich va o‘rta ta’lim
muassasalarida o‘qish va ovqatlanish harajatlarini qoplash
bo‘yicha xizmatlar
1,5 yoshdan 17 yoshgacha
bo‘lgan bolalar
pullik
Bolalarni xususiy maktabgacha, boshlang‘ich va o‘rta ta’lim
muassasalariga o‘qishga joylashtirish
1,5 yoshdan 7
yoshgacha bo‘lgan
bolalar
pullik/ bepul
Yoshlarni o‘rta
-
maxsus ta’lim muasasalari va kasbga
o‘rgatish maktablariga joylashtirish
15 yoshdan 22 yoshgacha
bo‘lgan yoshlar
bepul
Qo‘shimcha ta’lim xizmatlari, fan to‘garaklarini tashkil etish
5 yoshdan 17
yoshgacha bo‘lgan
bolalar
pullik/ bepul
O‘quvchilarni yozgi oromgohlarga joylashtirish
7 yoshdan 17
yoshgacha bo‘lgan
bolalar
bepul
Ambulator sharoitlarda birlamchi tibbiy-sanitariya
yordami ko‘rsatish
Mahalla aholisi
pullik/ bepul, tibbiy
sug‘urta mablag‘lari
Statsionar sharoitlarda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami
ko‘rsatish
Mahalla aholisi
bepul, tibbiy
sug‘urta mablag‘lari
Tez tibbiy yordam ko‘rsatish
Mahalla aholisi
pullik
Xususiy hamshiralik xizmatlaridan foydalanish
Mahalla aholisi
pullik/ bepul
Aholining bo‘sh vaqtini maroqli o‘tkazish maqsadida turli
madaniy tadbirlarni amalga oshirish
Mahalla aholisi
bepul
Aholining ommaviy tadbirlarini o‘tkazish va dam olishi
uchun sharoitlar yaratib berish, ommaviy tadbirlar
infratuzilmasidan foydalanish
Mahalla aholisi
pullik
Kutubxona xizmatlarini tashkil qilish va kitoblar ijarasini
yo‘lga qo‘yish
Mahalla aholisi
bepul
Madaniy
ob’ektlarni
saqlash,
foydalanish
va
ommalashtirish bo‘yicha madaniy xizmatlar ko‘rsatish
Mahalla aholisi
bepul
Nodir qo‘lyozmalar kitob fondidan foydalanish
Mahalla aholisi
pullik
Mahalla
yoshlarini sport turlari bo‘yicha targ‘ib qilish
7 yoshdan 17
yoshgacha bo‘lgan
bolalar
Aralash shaklda
Mahalla tizimida ichimlik suvi ta’minotini tashkil qilish,
ichimlik suvi tarmoqlariga ulanish
Mahalla aholisi
pullik/ bepul
Ommaviy sportni
tashkil etish bo‘yicha xizmatlar
Mahalla aholisi
bepul/pullik
Sport-
sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil qilish, sport
inshootlaridan vaqtinchalik foydalanish, ijaraga olish
Mahalla aholisi
pullik
Marosim xizmatlarini tashkil etish va
o‘tkazish
Mahalla aholisi
pullik
Mahalla yo‘l fondini tashkil qilish
Mahalla aholisi
pullik
Mahalla tizimida issiqlik ta’minotini tashkil qilish, issiqlik
ta’minoti tarmoqlariga ulanish
Mahalla aholisi
pullik/ bepul
Mahalla tizimida tabiiy gaz,
elektr energiyasi ta’minotini
tashkil qilish va ta’minot tarmoqlariga ulanish
Mahalla aholisi
pullik/ bepul
Mahalla hududini ko‘kalamzorlashtirish
Mahalla aholisi
pullik
Manba:
muallif tomonidan ishlab chiqilgan.
Х
ulosa va takliflar.
Mahalla
tizimida davlat xizmatlari ko‘rsatishda muvofiqlashtiruvchi kengashning asosiy
vazifasi mazkur xizmatlarning moliyalashtirish manbalarini va aholi uchun qulayliklar
yaratishiga ustuvorlik berilishi lozim. Bu avvalo:
–
davlat xizmatlari ko‘rsatishda muvofiqlashtiruvchi kengashning doimiy faoliyati hudud
aholisining hayoti, xo‘jalik yuritish samaradorligiga va sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi;
–
aholining ko‘p sonli ijtimoiy guruhlari va qatlamlari manfaatlariga zid kelmasligi;
www.e-itt.uz
I SON. 2025
304
–
fuqarolarning huquqlari, jamoat tartibi va qonunchilik normalarining buzilishi olib
kelmasligi;
–
jamoat mulkiga, shuningdek fuqarolarning mulkiy manfaatlariga zarar yetkazmasligi;
–
“...aholining ma’naviy, axloqiy va madaniy qadriyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi”.
Adabiyotlar/ Литература/ Reference
:
Костин Олег Анатольевич
(2007)
Формирование системы организационно
-
экономического обеспечения управления муниципальными услугами.Автореферат
диссертации на соискание ученой степени кандидата экономических наук. / Костин Олег
Анатольевич. Государственный
университет управления. Москва.
-
21 с.
Чвилёв Денис Дмитриевич
(2014)
Повышение качества государственных и
муниципальных услуг в мегаполисах. Автореферат диссертации на соискание ученой
степени кандидата экономических наук. / Чвилёв Денис Дмитриевич. Гуманитарно
-
экономический и технологический институт. Москва. −27 с.
Савельев И.И.
(2017)
Государственные и муниципальные услуги: анализ и методика
оценки качества : монография / И.И.Савельев. —
Москва :
РУСАЙНС,
-
136 с.
Аширова, М.Н. Институционализация отношений государства и потребителей его
услуг. Автореферат диссертации на соискание ученой степени кандидата экономических
наук. / Аширова Мария Николаевна. Южно
-
Российский институт управления. Ростов
-
на
-
Дону –
2014.−26 с
.
Закирова
С.М.
(2022)
Давлат
хизматлари
кўрсатиш
тизимини
такомиллаштиришнинг ташкилий
-
ҳуқуқий масалалари. Юридик фанлар бўйича
фалсафа доктори (PhD) диссертацияси автореферати. Тошкент. −39 б
Муратаев
С.А., Мусаев
Б.Т., Артиков
Д.Р. (2020)
Маъмурий ҳуқуқ ва процесс. –
Т.: ТДЮУ
нашриёти, –
423б
Каржавова
Х.А.
(2023)
Маҳалла
тизимида
ижтимоий
хизматларни
ривожлантиришнинг
ташкилий
-
иқтисодий
механизмини
такомиллаштириш.
Иқтисодиёт фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси автореферати.
Нукус.
−54 б