Авторы

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aept.79699

Ключевые слова:

эффективность банков рентабельность капитала ROE коммерческие банки финансовые показатели управление банком финансовый анализ банки Узбекистана

Аннотация

В данной статье рассматривается показатель рентабельности капитала (ROE) как ключевой индикатор эффективности коммерческих банков Узбекистана. Исследование анализирует различия в показателе ROE среди четырех типов собственности банков в период с 1999 по 2023 год. Результаты исследования показывают, что банки с косвенной государственной собственностью имели наивысшее среднее значение ROE, тогда как банки с прямым государственным участием демонстрировали наименьшую рентабельность капитала. Частные банки отличались высокой волатильностью, что указывает на повышенный уровень риска в их деятельности. В то же время иностранные банки показали стабильную эффективность использования капитала с тенденцией к улучшению в последние годы. Данное исследование предоставляет полезную информацию для разработки стратегий и политики, направленных на повышение эффективности коммерческих банков в Узбекистане.


background image


www.e-itt.uz

I SON. 2025

332


OʻZBEKISTON TIJORAT BANKLARI SAMARADORLIGINI ROE

KOʻRSATKICHI ORQALI TAHLIL QILISH

PhD

Xannayev Sherzod

Tashkent International University

ORCID: 0009-0004-0768-2814

sherzod_khannaev@outlook.com

Annotatsiya.

Ushbu maqola Oʻzbekiston tijorat banklarining ustav kapitalidan foydalanish

samaradorligini baholash uchun asosiy koʻrsatkich boʻlgan kapital rentabelligi (ROE)

koʻrsatkichini tahlil qilishga qaratilgan. 1999

-

2023 yillar oraligʻida mamlakatda faoliyat

yuri

tgan tijorat banklari toʻrt guruhga ajratilgan holda mulkchilik shakli boʻyicha ROE oʻrtasidagi

farqlar oʻrganildi. Tahlil natijalariga koʻra, davlat bilvosita egalik qiluvchi banklar eng yuqori

oʻrtacha ROEga ega boʻlgan boʻlsa, davlat bevosi

ta egalik qiluvchi banklar eng past darajadagi

kapital rentabelligini namoyon etdi. Xususiy banklar yuqori darajada tebranuvchanlikka ega

boʻlib, bu ularning faoliyatida ortiqcha xavf mavjudligini koʻrsatadi.

Xorijiy banklarning

kapitaldan foydalanish samaradorligi esa barqaror boʻlib, ular tahlil davrining soʻnggi yillarida

ijobiy oʻsishni namoyish etdi. Ushbu tadqiqot tijorat banklarining samaradorligini oshirishga

qaratilgan siyosat va strategiyalarni ishlab

chiqishda foydali boʻlishi mumkin.

Kalit soʻzlar:

banklar samaradorligi, kapital rentabelligi, ROE, tijorat banklari, moliyaviy

koʻrsatkichlar, bank boshqaruvi, moliyaviy tahlil, Oʻzbekiston banklari.

АНАЛИЗ ЭФФЕКТИВНОСТИ КОММЕРЧЕСКИХ БАНКОВ УЗБЕКИСТАНА

ЧЕРЕЗ ПОКАЗАТЕЛЬ ROE

PhD

Ханнаев Шерзод

Tashkent International University

Аннотация.

В данной статье рассматривается показатель рентабельности

капитала (ROE) как ключевой индикатор эффективности коммерческих банков

Узбекистана. Исследование анализирует различия в показателе ROE среди четырех
типов собственности банков в период с 1999 по 2023 год. Результаты исследования

показывают, что банки с косвенной государственной собственностью имели наивысшее
среднее значение ROE, тогда как банки с прямым государственным участием

демонстрировали наименьшую рентабельность капитала. Частные банки отличались

высокой волатильностью, что указывает на повышенный уровень риска в их

деятельности. В то же время иностранные банки показали стабильную эффективность

использования капитала с тенденцией к улучшению в последние годы. Данное

исследование предоставляет полезную информацию для разработки стратегий и

политики, направленных на повышение эффективности коммерческих банков в

Узбекистане.

Ключевые слова:

эффективность банков, рентабельность капитала, ROE,

коммерческие банки, финансовые показатели, управление банком, финансовый анализ,

банки Узбекистана.

UOʻK:

336.71

332-339


background image


www.e-itt.uz

I SON. 2025

333

ANALYZING THE EFFICIENCY OF COMMERCIAL BANKS IN UZBEKISTAN

THROUGH THE ROE INDICATOR

PhD

Xannayev Sherzod

Tashkent International University

Abstract.

This article focuses on analyzing the return on equity (ROE) indicator as a key

measure of the efficiency of commercial banks in Uzbekistan. The study examines differences in

ROE across four types of bank ownership structures for the period 1999-2023. The findings
indicate that banks with indirect state ownership had the highest average ROE, whereas those

with direct state ownership showed the lowest capital profitability. Private banks exhibited high

volatility, suggesting a higher risk profile in their operations. Meanwhile, foreign banks

demonstrated a stable level of capital efficiency, with an improving trend in recent years. This
research provides insights into policies and strategies aimed at enhancing the efficiency of

commercial banks in Uzbekistan.

Keywords:

bank efficiency, return on equity, ROE, commercial banks, financial indicators,

bank management, financial analysis, Uzbekistan banks.

Kirish.

Tijorat banklari faoliyati samaradorligini koʻrsatuvchi yana bir moliyaviy koʻrsatkich

𝑅𝑂𝐸

koʻrsatkichi boʻlib, u ham bank menejmenti bank aktivlaridan, toʻgʻrirogʻi, aktivlardan

majburiyatlar chegirilgan qismi, yaʼni kapitaldan qanchalik samarali foydalanayotganligini

anglatadi. Banklar uchun qoniqarli darajadagi

𝑅𝑂𝐸

koʻrsatkichi miqdorini topish uchun bank

sektori uchun normal hisoblangan

𝑅𝑂𝐸

koʻrsatkichi oʻrtachasini topish kerak boʻladi. Odatda,

investorlar uchun

𝑆&𝑃 500

indeksining uzoq muddatli oʻrtachasi, yaʼni 14% ga yaqin boʻlgan

𝑅𝑂𝐸

koʻrsatkichi miqdori qoniqarli, 10% dan past

𝑅𝑂𝐸

koʻrsatkichi qoniqarsiz hisoblanadi

(Fernando, 2024).

𝑆&𝑃 500

indeksi iqtisodiyotning turli sohalarida faoliyat yurituvchi

korxonalarni oʻz ichiga olgani uchun ushbu koʻrsatkichni banklar uchun tadbiq etish unchalik

toʻgʻri boʻlmaydi. Shuningdek, ushbu indeks AQSHda listingdan oʻtgan korxonalarni oʻz ichiga

oladi.

Oʻzbekistonda

1999-2023 yillar

da faoliyat yuritgan banklarning oʻrtacha

𝑅𝑂𝐸

koʻrsatkichi 11.8% atrofida boʻlgan. 1999

-2015-

yillar oraligʻidagi butun dunyodagi

banklarning oʻrtacha

𝑅𝑂𝐸

koʻrsatkichi 13,6% ga teng boʻlgan

(Stlouisfed.org., 2015). Quyidagi

rasmdan koʻrish mumkinki, ushbu davrda Oʻzbekistonda faoliyat yuritgan banklarning oʻrtacha
kapital qaytimi dunyodagi oʻrtachadan yuqori boʻlgan. Kapital qaytimi yuqoriligi bir tomondan

bank biznesi jozibadorligini anglatsa, ikkinchi tomondan Oʻ

zbekistondagi bank biznesi

riskining butun dunyodagi oʻrtachaga qaraganda sezilarli darajada yuqoriligini anglatadi.
AQSHda ushbu davrda faoliyat yuritgan banklar oʻrtacha

𝑅𝑂𝐸

koʻrsatkichi 10,62% ga teng

boʻlgan. 1999

-yildan global moliyaviy inqirozgach

a boʻlgan davrda AQSH banklarining oʻrtacha

𝑅𝑂𝐸

koʻrsatkichi 14,6% boʻlgan boʻlsa, 2007 dan 2018

-

yilgacha boʻlgan davrdagi oʻrtachasi 8%

ga teng boʻlgan

(Federal Reserve Bank of St. Louis and Federal Financial Institutions

Examination Council (US) (n.d.).

Rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga oʻtgan yoki oʻtish davrida boʻlgan davlatlar bank

tizimidagi

𝑅𝑂𝐸

koʻrsatkichini Oʻzbekiston bank tizimidagi

𝑅𝑂𝐸

koʻrsatkichi bilan solishtirish

maqsadga muvofiq boʻlib, Xitoy banklarining 1999

-2017-

yillardagi oʻrtacha

𝑅𝑂𝐸

koʻrsatkichi

15,4% ga teng boʻlgan

(Stlouisfed.org., 2021). Ushbu davrda Rossiyada faoliyat yuritgan

banklarning oʻrtacha

𝑅𝑂𝐸

koʻrsatkichi 12,6% ga teng boʻlgan boʻlsa

(Stlouisfed.org., 2021),

Qozogʻiston banklariniki esa 18,6% ga teng boʻlgan

(Stlouisfed.org., 2021)

. Ammo, Qozogʻiston

banklari

𝑅𝑂𝐸

koʻrsatkichi yuqori darajada beqaror boʻlib, bu Qozogʻistonda bank biznesida risk

darajasi Oʻzbekistondagidan yuqoriroq ekanligi kelib chiqadi. Xitoy va Rossiyada kapitaldan

foydalanish samaradorligi Oʻzbekistondagidan past boʻlgan holda risk darajasi ham

pastroq


background image


www.e-itt.uz

I SON. 2025

334

ekanligi kelib chiqadi. Ammo, Rossiya banklaridagi kapitaldan samarali foydalanish darajasi

Qozogʻiston va Oʻzbekiston banklaridagi kabi dunyo banklari oʻrtachasidan yuqoriligidan sobiq

sovet davlatlarida bank biznesi riski dunyodagi oʻrtachadan yuqoriligi

kelib chiqadi. Rossiya-

Ukraina urushidan boshlangandan so’ng ushbu ko’rsatkich yanada yomonlashishi kuzatilgan.

Bu albatta Rossiya iqtisodiyotiga sanksiyalarning joriy qilinishi hamda bir qator iqtisodiy

cheklovlarning kiritilishi bilan bog’liq. Ushbu cheklovlar O’zbekiston banklariga ham o’z

ta’sirini ko’rsatmay qolmaydi. Chunki mamlakatimizning muhim savdo sherigi sifatida

Rossiyaga joriy qilingan cheklovlarning salbiy ta’sirini bizning bank tizimimizga ham vaqt

o’tishi bilan tarqalishini kuzatayapmiz. K

apital qaytimi yuqoriligi kapitaldan samarali

foydalanishni bildirish bilan birga banklar koʻproq qarz mablagʻlari hisobiga foyda koʻrayotgan

boʻlishi mumkinligini bildiradi. Qarz mablagʻlarining koʻpayishi banklarning defolt boʻlish

riskini oshiradi va investorlar investitsiyalari uchun yuqoriroq qaytim olishni hohlashadi.


Adabiyotlar sharhi.

Oʻz kapitalining rentabelligi (ROE) bank faoliyatida kapital taqsimoti va tavakkalchilikka

taʼsir qiluvchi muhim koʻrsatkichlardan biridir (Moussu & Petit

-

Romec, 2014). Soʻnggi

tadqiqotlar banklarda ROEga taʼsir qiluvchi turli omillarni oʻrganib chiqdi. Ch

idananda va

boshqalar (2024) tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotda Hindiston davlat banklarida P/E

nisbati, qarz kapitali nisbati, sof foyda marjasi va ROE oʻrtasida sezilarli ijobiy bogʻliqlik

borligini korsatdi. Giudice va boshqalar (2016) tadqiqotiga k

oʻra, Internet of Things (IoT)

xizmatlarini taklif qilish, keng qamrovli ipoteka krediti va anʼanaviy investitsiya xizmatlari

Evropa banklarida yuqori ROEga yordam berishini koʻrsatdi. Biroq, ROEga haddan tashqari
eʼtibor berish haddan tashqari yuqori risk

darajasiga va aktsiyadorlar uchun qiymatni yoʻq

qilishga olib kelishi mumkin (Moussu & Petit-Romec, 2014). Islom banklarida esa Hermina &

Suprianto (2016) tadqiqotlarida operatsion samaradorlik koeffitsienti ROEga taʼsir qiluvchi

muhim omil sifatida aniqlandi, ammo kapitalning etarlilik koeffitsienti (CAR), muammoli

kreditlar (NPL) va kreditlarning depozitlarga nisbati (LDR) sezilarli taʼsiri yoʻqligini koʻrsatdi.

Ushbu ilmiy natijalar turli kontekstlarda bank ishida ROE tahlilining murakkabligini taʼkidla

ydi.

Tadqiqot metodologiyasi.

Banklar samaradroligini hisoblash uchun keng qoʻllaniladigan yana bir anʼanaviy

metoddagi koʻrsatkich bu ustav kapitalga nisbatan daromad hisoblanadi. Ustav kapitalga

nisbatan daromad aktsiyadorlarning mablagʻlariga nisbatan foydaliligini oʻlchaydi. Uning

qanchalik yuqori darajada boʻlishi aksiyadorlar kapitalidan bank menejerlari shunchalik

samarali foydalanayotganini anglatadi.

𝑅𝑂𝐸 = (

𝑆𝑜𝑓 𝐷𝑎𝑟𝑜𝑚𝑎𝑑

𝐴𝑘𝑡𝑠𝑖𝑦𝑎𝑑𝑜𝑟𝑙𝑎𝑟 𝐾𝑎𝑝𝑖𝑡𝑎𝑙𝑖

) × 100

Yuqorida keltirilgan formula yordamida Oʻzbekiston bank tizmida 1999

-2023 yillarda

faoliyat yuritgan tijorat banklari ROE koʻrsatkichi hisoblandi.


Tahlil va natijalar muhokamasi.

Oʻzbekiston tijorat banklari samaradorligini baholash uchun 1999

-2023 yillarda

mamlakatimiz hududida faoliyat yuritgan barcha tijorat banklari tanlandi. Samaradorlikni

baholashda qoʻllaniladigan koʻrsatkichlar banklarning yillik hisobotlaridan olindi. Bank

lar

samaradorligi Xannayev (2019) ga asosan mulkchiligiga ko

ʻ

ra 4 ta guruhga ajratilgan holda

tahlil qilindi. Birinchi guruhdagi banklar davlat bevosita egalik qiluvchi banklar bo

ʻ

lib, ushbu

banklardagi davlat ulushi 100%. Ikkinchi guruhga davlat bilvosita egalik qiluvchi banklar, ya

ʼ

ni

davlat ulushi 100% bo

ʻ

lmagan va davlat ulushi ayrim qo

ʻ

mita yoki vazirliklar orqali bo

ʻ

lgan

tijorat banklari kiritildi. Ushbu guruhga kiruvchi banklar umumiy holda aksiyadorlik tijorat


background image


www.e-itt.uz

I SON. 2025

335

banklari deb nomlandi. Uchinchi guruhdagi banklar xususiy banklar bo

ʻ

lsa, to

ʻ

rtinchi guruhdagi

banklar xorijiy kapital ishtirokidagi banklardir.

Quyidagi jadvalda ushbu banklarning ROE koʻrsatkichi tasviriy statistikasi keltirilgan.

1-jadval

Banklarning ROE koʻrsatikichi tasviriy statistikasi, 1999

-2023 y.y.

Mulkchilik shakli

Soni

Oʻrtacha

Std.ogʻ

Min.

25% 50%

75%

Maks.

Aksiyadorlik tijorat banki

218

17.20

14.93

-41.17 8.41 14.92 24.60

79.04

Chet el banki

95

14.71

15.35

-44.45 3.70 16.36 23.04

58.86

Davlat tijorat banki

107

9.57

18.94

-74.16 3.49

9.35 15.75 120.99

Xususiy tijorat banki

251

6.84 232.02 -3637.83 6.33 18.09 33.06 193.07

Barcha Banklar

671

11.76 142.37 -3637.83 5.63 14.54 25.73 193.07

Jadvalda keltilrilgan oʻrtachalar tahliliga qaraydigan boʻlsak, davlat bilvosita egalik

qiluvchi banklar oʻrtacha ROE koʻrsatkichi tahlil davrida eng yuqoir darajada boʻlgan.

Xususiy

banklarning ROE koʻrsatkichi esa aksincha eng past darajada boʻlgan. Davlat bevosita egalik

qiluvchi tijorat banklari oʻrtacha ROEga koʻra xususiy banklardan yaxhiroq, ammo xorijiy

banklardan pastroq darajada davlat kapitalini boshqargan. Ammo, davlat bevosita egalik

qiluvchi tijorat banklari umumiy davrdagi oʻrtachadan xususiy

banklar kabi past darajada ROE

koʻrsatkichiga ega boʻlgan.

Jadvaldagi standart ogʻishlarga eʼtibor bergadigan boʻlsak, xususiy banklarda noodatiy

tarzda katta ekanligini koʻrish mumkin. Bundan kelib chiqadiki, xususiy banklar boʻyicha

statistik kuzatuvlarda ekstrim kuzatuvlar mavjud. Buni isbotini minimum va maksimumlar

telshirish orqali ishonch hosil qilish mumkin. Shuningdek, medianalarga eʼtibor beradigan

boʻlsak, xususiy tijorat banklari medianasi boshqa mulkchilik shakliga ega banklar

medianasidan sezilarli darajada katta ekanligini koʻrish mumkin. Bundan keli

b chiqadiku,

tahlillarni amalga oshirishda kuzatuvlarda mavjud boʻlgan ekstrim kuzatuvlarni tashlab
yuborish kerak boʻladi. Bunday qilinmasligi, tahlil xulosalarini siljitib yuborishi mumkin.

Medianalar tahlilkga koʻra, xususiy banklar eng yuqori, keyingi oʻrinlarda xorijiy va

aksiyadorlik tijorat banklari hamda oxirigi oʻrinda davlat bevosita egalik qiluvchi tijorat

banklari ekanligini koʻrish mumkin.

Quiydagi rasmda ekstrim chetki kuzatuvlar tashlab yuborilgandan keyin ROE koʻrsatkichi

yillar kesimida va mulkchilik shakliga koʻra keltrilgan. Chetki kuzatuvlarning umumiy

ma’lumotlar bazasidan olib tashlanmasaligi ma’lumotlarning statistik jihatdan xato

xulosalar

berilishiga olib kelishi mumkin. Ayniqda o’rtacha bilan bog’liq xulosalar o’z ishonchliligini
yo’qotadi. Chetki kuzatuvlarni aniqlash va ularni tashlab yuborishda keng tarqalgan usul

normal taqsimotning z-

qiymatlari asosida amalga oshirildi? Ya’n

i kvartillararo farqdan 3

standart og’ish uzoqlikda joylashgan qiymatlar ma’lumotlar bazasidan tashlab yuborildi. Bu o’z

navbatida natijalarning statistik jihatdan sog’lom bo’lishi oshiradi hamda ishonchliligini

oshiradi.

Quyidagi r

asmdan koʻrish mumkinki, ROE koʻrsatkichi 2006

-2016 yillarda nisbatan

barqaror darajada boʻlgan.

Tahlil davrining boshida 1999-2005 yillarda barcha banklar ROE

koʻrsatkichi beqaror boʻlgan hamda barcha banklar ROE koʻrsatkichi deyarli bir xil yoʻnalishda

harakat qilgan. 2016 yildan keyingi davrda ham umumiy banklar ROE koʻrsatkichida biroz

pasayish kuzatilgan. Ammo, xorijiy banklar, davlat bevosita egalik qiluvchi banklar va xususiy

banklar, davlat bilvosita egalik qiluvchi banklar ROE koʻsratkichi boʻyicha ikki guruhga ajralib

boshlagaini rasmdan koʻrish mumkin. Oradagi boʻshliq 2023

-yilga kelib xorijiy banklarning

yuqori ROE guruhiga qoʻshilishni boshlashi bilan ozroq toraygan.


background image


www.e-itt.uz

I SON. 2025

336

1-r

asm. ROE koʻrsatkichi, 1999

-2023-yillar

Yana bir qiziq holat, 1999-

2008 yilgacha boʻlgan davrda davlat bevosita egalik qilivuchi

tijorat banklari va xorijiy banklar oʻrtacha ROE koʻrsatkichi bir xil yoʻnalishda harakat qilgan,

yaʼni ularninig korrelyatsiyasi musbat ishoraag ega boʻlganligini rasmdan koʻrish mumkin,

global moliyaviy inqirozdan soʻng esa ushbu ikki guruhdagi banklar ROE koʻrsatkichi qarama

-

qarshi yoʻnalishda harakat qilgan va ularning korrelyatsiyasi manfiy ishoraga ega boʻlgan.

2-r

asm. Mulkchilik shakliga koʻra ROE koʻrsatkichi, 1999

-2023 y.y.


background image


www.e-itt.uz

I SON. 2025

337

Yuqoridagi rasmda tijorat banklarining mulkchilik shakliga koʻra quti grafigi keltirilgan

boʻlib, unda chetki kuzatuvlar tashlab yuborilgan. Rasmdan xususiy banklar ROE koʻrsatkichi

yuqori tebranuvchanlikka

ega boʻlganligini hamda mediana boshqa guruhdagi banklardan

yuqori ekanligini koʻrish mumkin. Bu albatta, bozorga yangi xususiy banklar kirib kelishi va

ayrimlarini bozorni tark etishi bilan bogʻliq.

Davlat ulushi mavjud banklarda bunday yuqori

darajada tebranish ROE bilan kuzatilmagan. Bu bir tomondan bank kapitaldan samarali

foydalanish keskin oʻzgarishlardan xoli ekanligini anglatadi ikkinchi tomondan esa ushbu

toʻplamlardagi banklar sonida katta oʻ

zgarishlar kuzatilmagan. Shuning uchun ham davlat

ulush

i mavjud banklarning ikkinchi va uchinchi kvartillari orasidagi kuzatuvlar oraligʻi

qisqaroq. Yaʼni davlat bevosita egalik qiluvchi banklarda taqriban 5

-

15% oraliqda boʻlgan

boʻlsa, davlat bilvosita egalik qiluvchi banklarda ushbu koʻrsatkich 10

-25% oralig

ʻida boʻlgan.

Xususiy banklarda ushbu koʻrsatkich 5

-

30% atrofida boʻlgan boʻlsa, xorijiy banklarda esa 5

-

25% atrofida boʻlgan.

3-

rasm. ROE koʻrsatkichi heatmapi, 1999

-2023 y.y.

Yuqoridagi rasmdan koʻrish mumkinki, davlat bevosita egalik qiluvchi banklar deyarli

butun tahlil davrida koʻkish rangda boʻlgan, yaʼni 10% dan past darajada ROEga ega boʻlgan.

Ayniqsa 2017-

yildan soʻnggi davrda 5% atrofida boʻlgan. Xuddi shundy xorijiy ba

nklarda ham

2018 yildan soʻng koʻkish rangga ega boʻlib boshlagan.

Davlat bilvosita egalik qiluvchi banklar 2017-

yildan soʻng barqaror ROE ga ega boʻla

boshlagan. Rasmdagi rangning bir xillashganini koʻrish mumkin. Xususiy banklarda esa

umumiy tahlil davrida oʻrtacha olganda 15% dan yuqori boʻlgan boʻlsada, biroz yuqori

t

ebranish kuzatilgan. Ushbu banklarda global iqtisodiy inqiroz va pandemiya davrida oʻrtacha

koʻrsatkich sezilarli darajada pasaygan.


background image


www.e-itt.uz

I SON. 2025

338

Taqsimot tahlilida koʻzga yaqqol tashlanadigan holat ROE koʻrsatkichining 0

-25%

atrofida boʻlganligi boʻlib, 0% dan kichkina qiymatlar kuzatilgan boʻlsada, ularning ulushi juda

kam hamda minimum -

20% gacha pasayganligini koʻrish mumkin. ROE koʻrsatkichinin

g 30%

dan oshgan qismida yana kuzatuvlar soni pasayganligini koʻrish mumkin.

4-rasm. ROE taqsimoti


Xulosa va takliflar.

O‘zbekiston tijorat banklarining 1999

-

2023 yillar davomida ROE ko‘rsatkichi bo‘yicha

amalga oshirilgan tahlillari banklarning samaradorligi mulkchilik shakli va boshqaruv

qobiliyatiga bog‘liq ekanligini tasdiqladi. Davlat bilvosita egalik qiluvchi banklar

yuqori

o‘rtacha ROEga ega bo‘lgan bo‘lsa, davlat bevosita egalik qiluvchi banklar past darajadagi

samaradorlikni namoyon etdi. Xususiy banklar yuqori darajadagi tebranuvchanlik va potentsial

xavflar bilan ajralib turadi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, davla

t ulushi mavjud banklarda

kapitaldan foydalanish samaradorligini oshirish uchun menejmentni takomillashtirish va
moliyaviy boshqaruvni optimallashtirish zarur. Ushbu maqola tijorat banklarining kelgusi

faoliyatini rejalashtirishda va samaradorlikni oshirishga qaratilgan strategiyalarni ishlab

chiqishda muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.

А

dabiyotlar

/Литература/Reference:

Chidananda H L, Dr. et al. (2024)

“Analyzing Return on Equity (ROE) Dynamics in Banking:

Insights from P/E Ratio, Debt Equity

Ratio, and Net Profit Margin.”

International Journal For

Multidisciplinary Research : n. pag.

Federal Reserve Bank of St. Louis and Federal Financial Institutions Examination Council

(US) (n.d.). Return on Average Equity for all U.S. Banks. [online] FRED, Federal Reserve Bank of St.

Louis. Available at:

https://fred.stlouisfed.org/series/USROE

.

Fernando, J. (2024). Return on Equity (ROE) Calculation and What It Means. [online]

Investopedia. Available at:

https://www.investopedia.com/terms/r/returnonequity.asp

.

Giudice, Manlio Del et al.

(2016)“The bank of things: An empirical investigation on the

profitability of the financial services of the future.”

Bus. Process. Manag. J. 22 (2016): 324-340.


background image


www.e-itt.uz

I SON. 2025

339

Hermina, Rida and Edy Suprianto.

“Analisis Pengaruh Car, Npl, Ldr, Dan Bopo Terhadap

Profitabilitas (ROE) Pada Bank Umum Syariah (Studi Kasus Pada Bank Umum Syariah di BEI

2008

2012)”.

Stlouisfed.org. (2015). Bank’s Return on Equity for World (DISCONTINUED). [online]

Available at:

https://fred.stlouisfed.org/series/DDEI061WA156NWDB

Stlouisfed.org. (2021). Bank’s Return on Equity for China. [online] Available at:

https://fred.stlouisfed.org/series/DDEI06CNA156NWDB

.

Stlouisfed.org. (2021). Bank’s Return on Equity for Kazakhstan. [online] Available at:

https://fred.stlouisfed.org/series/DDEI06KZA156NWDB

.

Stlouisfed.org. (2021). Bank’s Return on Equity for Russian Federation. [online] Available at:

https://fred.stlouisfed.org/series/DDEI06RUA156NWDB

.

Ханнаев, Ш. “Турли мулкчилик шаклидаги банклар фаолияти самарадорлиги

таҳлили. Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар, 1 (39), 1–15.“ Иқтисодиѐт Ва
Инновацион Технологиялар 1.39 (2019): 1

-15.

Библиографические ссылки

Chidananda H L, Dr. et al. (2024) “Analyzing Return on Equity (ROE) Dynamics in Banking: Insights from P/E Ratio, Debt Equity Ratio, and Net Profit Margin.” International Journal For Multidisciplinary Research : n. pag.

Federal Reserve Bank of St. Louis and Federal Financial Institutions Examination Council (US) (n.d.). Return on Average Equity for all U.S. Banks. [online] FRED, Federal Reserve Bank of St. Louis. Available at: https://fred.stlouisfed.org/series/USROE.

Fernando, J. (2024). Return on Equity (ROE) Calculation and What It Means. [online] Investopedia. Available at: https://www.investopedia.com/terms/r/returnonequity.asp.

Giudice, Manlio Del et al. (2016)“The bank of things: An empirical investigation on the profitability of the financial services of the future.” Bus. Process. Manag. J. 22 (2016): 324-340.

Hermina, Rida and Edy Suprianto. “Analisis Pengaruh Car, Npl, Ldr, Dan Bopo Terhadap Profitabilitas (ROE) Pada Bank Umum Syariah (Studi Kasus Pada Bank Umum Syariah di BEI 2008 – 2012)”.

Stlouisfed.org. (2015). Bank’s Return on Equity for World (DISCONTINUED). [online] Available at: https://fred.stlouisfed.org/series/DDEI061WA156NWDB

Stlouisfed.org. (2021). Bank’s Return on Equity for China. [online] Available at: https://fred.stlouisfed.org/series/DDEI06CNA156NWDB.

Stlouisfed.org. (2021). Bank’s Return on Equity for Kazakhstan. [online] Available at: https://fred.stlouisfed.org/series/DDEI06KZA156NWDB.

Stlouisfed.org. (2021). Bank’s Return on Equity for Russian Federation. [online] Available at: https://fred.stlouisfed.org/series/DDEI06RUA156NWDB.

Ханнаев, Ш. “Турли мулкчилик шаклидаги банклар фаолияти самарадорлиги таҳлили. Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар, 1 (39), 1–15.“ Иқтисодиѐт Ва Инновацион Технологиялар 1.39 (2019): 1-15.