Авторы

  • Роза Худайбергенова
    «Научные основы и проблемы развитие экономики Узбекистана» научно-исследовательский центр при Ташкентском государственном экономическом университете https://orcid.org/0009-0008-5671-0999

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aept.79704

Ключевые слова:

налог налоговая политика инвестиции инвестиционный климат инвестиционная привлекательность конкуренция фискальная политика налоговая ставка устойчивый экономический рост

Аннотация

В данной научной статье обсуждается концепция налоговой политики и ее значение как важного компонента государственной политики. Рассмотрено понятие привлекательности инвестиционного климата и внутренние и внешние факторы, на нее влияющие. Налоговая политика является одним из основных факторов инвестиционной привлекательности. В статье рассматриваются теоретические подходы к взаимосвязи налоговой политики и инвестиционного климата.


background image


www.e-itt.uz

I SON. 2025

423



SOLIQ SIYOSATINING MOHIYATI, VAZIFALARI VA INVESTITSIYA

MUHITI BILAN OʻZARO BOGʻLIQLIGI

Xudaybergenova Roza

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi

“Oʻzbekiston iqtisodiyotini

rivojlantirishning

ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy

-tadqiqot markazi

ORCID: 0009-0008-5671-0999

rozaakhmedovna011@gmail.com


Annotatsiya.

Ushbu ilmiy maqolada soliq siyosati tushunchasi va davlat siyosatining muhim

tarkibiy qismi sifatidagi ahamiyati muhokama qilinadi. Investitsiya muhiti jozibadorligi tushunchasi va

unga taʼsir etuvchi ichki va tashqi omillar koʻrib chiqilgan. Soliq siyosati investitsion jozibadorlikning

asosiy omillari

dan biri hisoblanadi. Maqolada soliq siyosati va investitsiya muhiti oʻrtasidagi oʻzaro

munosabatlar boʻyicha nazariy yondashuvlar oʻrganilgan.

Kalit soʻzlar

:

soliq, soliq siyosati, investitsiya, investitsion muhit, investitsion jozibadorlik, raqobat,

fiskal siyosat, soliq stavka, barqaror iqtisodiy oʻsish

.

СУЩНОСТЬ, ФУНКЦИИ НАЛОГОВОЙ ПОЛИТИКИ И ЕЕ ВЗАИМОСВЯЗЬ С ИНВЕСТИЦИОННОЙ

СРЕДОЙ

Худайбергенова

Роза

«Научные основы и проблемы развитие экономики Узбекистана»

научно

-

исследовательский центр

при Ташкентском

государственном экономическом университете

Аннотация.

В данной научной статье обсуждается концепция налоговой политики и ее

значение как важного компонента государственной политики. Рассмотрено понятие

привлекательности инвестиционного климата и внутренние и внешние факторы, на нее
влияющие. Налоговая политика является одним из основных факторов инвестиционной

привлекательности. В статье рассматриваются теоретические подходы к взаимосвязи
налоговой политики и инвестиционного климата.

Ключевые слова:

налог, налоговая политика, инвестиции, инвестиционный климат,

инвестиционная привлекательность, конкуренция, фискальная политика, налоговая ставка,

устойчивый экономический рост

.

ESSENCE OF TAX POLICY, TASKS AND RELATIONSHIP WITH INVESTMENT CLIMATE

Khudaybergenova Roza

“Scientific Foundations and Problems of Development of the Economy

of Uzbekistan” research center

under the Tashkent State University of Economics

Abstract.

This scientific article discusses the concept of tax policy and its importance as an important

component of state policy. The concept of investment climate attractiveness and the internal and external
factors influencing it are considered. Tax policy is one of the main factors of investment attractiveness. The

article studies theoretical approaches to the relationship between tax policy and the investment climate.

Keywords:

tax, tax policy, investment, investment climate, investment attractiveness, competition,

fiscal policy, tax rate, sustainable economic growth.

UOʻK:

336.02

423-432


background image


www.e-itt.uz

I SON. 2025

424

Kirish.

Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar soliq siyosati samarali tashkil etishga ham

alohida e’tibor qaratmoqda. Har bir mamlakat barqaror iqtisodiy o‘sishini ta’minlash

sharoitida, soliq siyosati orqali investitsiyalar jalb qilishni oshirishga qaratilgan ilmiy

izlanishlar olib borilayotgan bir paytda, eng avvalo, e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masala bu

soliq siyosatining nazariy-amaliy mohiyati, uning vazifalari hamda investitsiya muhiti bilan

bog‘liqligi to‘g‘risida umumiy xulosaga kelish hisoblana

di. Chunki mazkur masalalarga aniqlik

kiritmasdan turib, soliq siyosati orqali iqtisodiyotni investitsion jozibadorligini oshirish

xususida keng mulohazalar yuritish bir qancha noaniqliklar yuzaga keltirishi mumkin.

Soliq siyosati va investitsiya muhitinin

g o‘zaro bog‘liqligi ayniqsa zamonaviy

iqtisodiyotda sezilarli ahamiyatga ega. Investitsiyalar iqtisodiy o‘sishning asosiy manbalaridan

biri bo‘lib, davlatning soliq siyosati to‘g‘risida olib boriladigan islohotlar, soliq tizimi,

investitsion imtiyozlar va

soliq yuklamalarining o‘zgartirilishi investorlar uchun iqtisodiy

barqarorlikni ta’minlashga va ularga yanada ko‘proq daromad olish imkonini yaratadi.

Shunday qilib, soliq siyosatining samarali boshqarilishi investitsiya muhitining rivojlanishiga

bevosita

ta’sir ko‘rsatadi.

Adabiyotlar sharhi.

Ma’lumki, davlat iqtisodiy barqarorligi, ijtimoiy adolat va rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi

vositalardan biri soliq siyosatidir. O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosati va uning davlat

siyosatidagi ahamiyati

ning bugungi kundagi asosiy yo‘nalishlarini tahlil qilganimizda, albatta,

iqtisodchilarning “soliq siyosati” tushunchasiga bergan ta’riflariga tayanamiz.

Karp (2001) soliq siyosati davlatning umumiy moliya siyosatining o‘rta va uzoq muddatli

ajralmas qismidir va soliqqa tortish, soliq mexanizmi va soliq tizimini boshqarish kabi

tushunchalarni o‘z ichiga oladi deb ta’kidlaydi.

Barulin va boshqalar (2004) fikricha, soliq siyosati davlat tomonidan umumiqtisodiy

siyosat doirasida soliq jarayonlarini boshqarish sohasida strategik va taktik chora-tadbirlar

kompleksini ifodalaydi va ushbu bosqichda iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan muhim natijalarga

erishish uchun soliq-byudjetini tartibga solish va nazorat qilish vazifalarini maksimal darajada

amalga oshirishga yo‘naltirilgan ta’siridir.

Radchenko (2005), soliq siyosati

davlatning moliyaviy ehtiyojlarini qondirish,

mamlakat soliq tizimini shakllantirish uchun iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy choralar majmui,

deb hisoblaydi.

Serdyukov va boshqalar (2005) esa davlat soliq siyosati

davlatning umumiy iqtisodiy

strategiyasi doirasida davlat boshqaruvi va davlat organlarining faoliyatida amalga

oshirilayotgan, ma’lum bir davlatning tarixiy rivojlanishini tegishli bosqichida manfaatlari va

maqsadlarini hisobga olgan holda soliqqa tortish masalalarini har tomonlama hal etishga

qaratilgan deb ta’kidlaydi.

Panskov (2006) ning fikricha, soliq siyosati davlat va jamiyatning muayyan ijtimoiy

guruhlarini moliyaviy ehtiyojlarini qondirish, shuningdek, moliyaviy resurslarni qayta
taqsimlash orqali mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun soliq tizimini shakllantirish

bo‘yicha davlatning iqtisodiy, moliyaviy, va huquqiy choralari majmuidir.

Valinurov (2010) davlat soliq siyosatiga davlat va mahalliy hokimiyat organlarining

tabiatan majburiy-

shaffof bo‘lgan va davlatning umumiqtisodiy strategiyasining bir qismi

bo‘lgan va ma’lum bir davlatning tarixiy manfaatlari va maqsadlariga muvofiq soliqqa tortish

masalalarini kompleks hal qilishni nazarda tutuvchi tadbirlar tizimi deb ta’rif b

ergan.

Isayev (2023) fikriga ko‘ra, soliq siyosati –

davlatning ijtimoiy iqtisodiy siyosatining

ajralmas qismi bo‘lib, u mamlakatning milliy boyliklarini to‘plash va oqilona foydalanishini

rag‘batlantiradigan, iqtisodiyot va jamiyat manfaatlarini uyg‘unlas

htirishga yordam beradigan

va shu bilan jamiyatning ijtimoiy-

iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlaydigan soliq tizimini

shakllantirishga qaratilgan siyosat hisoblanadi.


background image


www.e-itt.uz

I SON. 2025

425

Shuningdek, Xalqaro Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti shunday ta’rif beradi:

“sol

iq siyosati

davlatning ijtimoiy iqtisodiy dasturlarini moliyalashtirish uchun zarur bo‘lgan

daromad bilan ta’minlash va soliq tizimining inklyuziv va barqaror iqtisodiy o‘sishga qo‘shgan

hissasini kuchaytirish o‘rtasida muvozanat saqlashga qaratilgan siyosatdir”.

Yuqoridagilarga asoslangan holda quyidagicha ta’rif shakllantirishimiz mumkin: “Soliq

siyosati

davlatning asosiy strategik sohalaridan biri bo‘lib, ijtimoiy

-iqtisodiy masalalarni

moliyaviy hal etishga qaratilgan hamda byudjet

daromadlarini to‘plash, ularni taqsimlash va

nazorat qilishga qaratilgan chora-

tadbirlar yig‘indisidir”.

Biz investitsion jozibadorlikni davlat, mintaqaviy, tarmoqlar, tashkilotlar darajasida

ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Investitsion jozibadorl

ik tushunchasini konseptual

talqin qilish muammolariga bag‘ishlangan yetarlicha iqtisodiy adabiyotlar, maqolalar va

monografiyalar mavjud. Shuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki, ularda umumiylik jihati aks

etmaydi.

Royzman va Grishinalar (1998)

investitsion jozibadorlik deganda, asosiy kapitalga

investitsiyalarning potensial to‘lov qobiliyatini ta’minlovchi turli xil obyektiv xususiyatlar,

vosita va imkoniyatlarni tushunadilar.

Valinurova va Kazakovalar (2010) ta’rifiga ko‘ra, investitsion jozibadorlik –

investitsiyalar potensial samaradorligiga xizmat qiluvchi obyektiv jihatlar, imkoniyatlardir.

Gilyarovskaya (2012) investitsion jozibadorlikga, xususiy va qarz kapitalidan samarali

foydalanishni baholash va ularning to‘lovga layoqatliligi va likvidliligini tahlil qilishdir deb ta’rif

bergan.

Blank (2013) fikriga ko‘ra, investitsion jozibadorlik potensial investor nuqtai nazaridan

olingan umumiy tushuncha bo‘lib, investitsiya uchun muayyan sohalarni investitsiyalashning

afzalliklari va kamchiliklarini ifodalaydi.

Umumiy qilib aytganda, investitsiyaviy jozibadorlik deganda, mamlakat, tarmoq yoki

korxona misolida investitsiyalarining daromadliligi, samaradorliligi, rivojlanish darajasi va
investitsiya riski doirasida baholanishi tushuniladi. Investitsiyaviy jozibadorlik investitsiya

salohiyati va investitsiya riski darajasini shakllantiradigan ikki guruh omillarning bir vaqtda

ta’sir etishi orqali aniqlanadi. Bu kabi ko‘rsatkichlarga baho berish orqali investitsiyalarning

maqsadga muvofiqligi hamda jozibadorligi, investitsiya riski darajasini aniqlash mumkin.

Investitsiya riski darajasi investitsiya muhitiga, bevosita, to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri bog‘liqdir.

Investitsiya muhiti tabiiy shart-sharoitlar, foydali qazilmalar zahiralari, ishchi kuchi malakasi

va o‘rtacha ish haqi darajasi, iqtisodiy kon‘yunktura holati, ichki bozor sig‘imi, tovarlarni tashqi

bozorda sotish imkoniyatlari, valyuta siyosati, kredit tizimi holati, soliqqa tortish darajasi,
ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmaning rivojlanganligi, xorijiy kapitalga nisbatan davlat

siyosati, unga nisbatan imtiyozli shart-sharoitlarning yaratilganligi kabi omillar orqali

belgilanadi.

Tadqiqot metodologiyasi.

Maqolada ilmiy abstaksiyalash, deduksiya, induksiya, monografik kuzatuv,

guruhlashtirish usullaridan foydalanilgan.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Shubhasiz, soliq siyosatining fiskal maqsadi har doim ustun bo‘lib kelgan va asosiy shu

bo‘lib qoladi. Boshqa maqsadlar, garchi davlat uchun juda muhim bo‘lsa

-da, ular ikkinchi

darajali xususiyatga ega. Buning sababi shundaki, fiskal funksiya davlatning asosiy tegishli

siyosatidir. Soliq siyosatining ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik, tashqi maqsadlarini amalga oshirish

usullaridan biri to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri emas, balki bilvosita usul hiso

blanadi.

Soliq siyosati maqsadlarida shuni alohida e’tiborga olish lozimki, maqsadlardan biri –

iqtisodiyotni tartibga solishni ta’minlash, iqtisodiyotni barqaror o‘sishiga sharoit yaratib

berish, umumtakror ishlab chiqarishdagi nomutanosibliklarini bartaraf etish va asosiy


background image


www.e-itt.uz

I SON. 2025

426

kapitalga investitsiyalar jalb qilishni rag‘batlantirish –

bugungi kundagi har bir davlat uchun

muhim vazifalardan hisoblanadi. Asosiy kapitalga investitsiyalar jalb qilish orqali ishlab

chiqarishni rivojlantirish va kengaytirish, shu o

rqali iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga

erishishimiz mumkin. Tabiiyki, bu borada davlatimiz “O‘zbekiston –

2030” strategiyasida aholi

jon boshiga daromadlarni 4 ming dollarga oshirish va shu maqsadda aholi farovonlik darajasini

oshirish ko‘zda tutilgan.

Bu masalada bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.











1-rasm. Soliq siyosatining asosiy maqsadlari

Investitsiya muhitini ta’riflashda va uning holatiga baho berishda quyidagilarni

ham inobatga

olish zarurdir:

jami ichki mahsulot, milliy daromad va sanoat ishlab chiqarishining o‘sishi yoki kamayishi;

milliy daromadning taqsimlanishi; jamg‘arma va iste’mol munosabatlarining o‘zgarishi;

xususiylashtirish jarayonlarining borishi; ma’muriy yo‘l bilan investitsiya faoliyatini tartibga

solishning holati; alohida investitsiya bozorlarining, shu jumladan, fond va pul bozorlarining

taraqqiyoti;

S

OL

IQ

S

IY

OSATI

N

IN

G MA

QSADL

ARI

Fiskal

Iqtisodiy

Ijtimoiy

Ekologik

Xalqaro

Yaratilgan YaIM ning byudjet tizimiga ajratilgan

qismini muayyan maqsadlar uchun qayta taqsimlash

Iqtisodiyotni tartibga solishni ta’minlash, iqtisodiyotni

barqaror o‘sishiga sharoit yaratib berish, umumtakror

ishlab chiqarishdagi nomutanosibliklarini bartaraf etish

va asosiy kapitalga investitsiyalar jalb qilishni

rag‘batlantirish

Aholi qatlamlarida daromadlar tengsizligini bartaraf

etish, kam ta’minlangan aholi qatlamlar ijtimoiy

himoyasini kuchaytirish, inson kapitaliga

investitsiyalarini rag‘batlantirish

Ekologik muhitni asrash va resurslardan samarali

foydalanish, tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun

kompensatsion mexanizmni shakllantirish, kelajak

avlod uchun tabiiy resurslarni saqlashga

investitsiyalarni rag‘batlantirish

Ikki tomonlama soliqqa tortish amaliyotini yo‘q qilish,

soliqqa tortishdan qochish imkoniyatlarini yo‘q qilish,
xalqaro tashkilot doirasida bojxona soliqlarini tartibga

solish, integratsiyalashgan davlatlarga soliq solishni

birlashtirish va uyg‘unlashtirish


background image


www.e-itt.uz

I SON. 2025

427

investitsiya iq

limiga ta’sir etuvchi barcha omillarni hisobga olish. Bu omillar qatoriga

quyidagilarni kiritish maqsadga muvofiq: hududning iqtisodiy salohiyati, ya’ni mintaqaning pul

mablag‘lari bilan ta’minlanganligi; ishlab chiqarish va investitsiyalarni yo‘lga qo‘yish uchun bo‘sh

yerlarning mavjudligi; mehnat va energiya resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi; ilmiy

-texnikaviy

salohiyatning rivojlanganlik darajasi; olib borilayotgan umumiy xo‘jalik yuritish shart

-sharoitlari,

ya’ni ekologik holat, moddiy ishlab chi

qarish sohalarining rivojlanganligi; tugallanmagan

qurilishlarning hajmi; asosiy ishlab chiqarish fondlarining eskirish darajasi; uy-joy qurilishi

sohasining taraqqiy etganligi;

mintaqada bozor muhitining tarkib topganligi, ya’ni to‘laqonli bozor infratu

zilmasining

rivojlanganligi, xususiylashtirishning investitsiya jarayoniga ta’siri, inflyatsiya darajasi va ta’siri,

aholining investitsiya faoliyatiga jalb etilish darajasi, tadbirkorlar o‘rtasida raqobat muhitining

rivojlanganlik darajasi, xo‘jaliklararo

aloqalarning faollik darajasi, eksport imkoniyatlari, xorijiy

kapitalning mavjudlik darajasi;

siyosiy omillar, ya’ni aholining mintaqa yoki mamlakat hokimiyat organlariga ishonchi

darajasi, mintaqa rahbariyatining markaziy davlat rahbariyati bilan munosabatlari, ijtimoiy

barqarorlik darajasi, milliy, diniy munosabatlarning ahvoli;

ijtimoiy va madaniy omillar, ya’ni aholi hayot darajasi, maishiy

-yashash sharoitlari, tibbiy

xizmatning rivojlanganligi, ichkilikbozlik, giyohvandlik va shunga o‘xshash salbi

y odatlarning aholi

o‘rtasida tarqalganlik darajasi, jinoyatchilik darajasi, haqiqiy ish haqining o‘rtacha miqdori, aholi

ko‘chishining investitsiya jarayoniga ta’siri, aholining o‘z davlati va chet davlat tadbirkorlariga

nisbatan munosabatlari, xorijlik mutaxassislarning ishlashi uchun shart-sharoitlar;

tashkiliy-

huquqiy omillar, ya’ni hokimiyatning o‘z va chet davlat investorlariga munosabati,

mintaqa rahbariyatining investitsiyaga doir qonun va me’yorlarga amal qilishi; korxonani ro‘yxatdan

o‘tkazish muammolari va uni hal qilish darajasi, ma’lumotlarni olish imkoniyatlari, mahalliy

ma’muriyatning malakaviy darajasi, huquqni himoya qilish idoralari faoliyatining samaradorligi,

tovarlarni, kapitalni va ishchi kuchini tashish va ko‘chirish shart

-sharoitlari, mahalliy

tadbirkorlarning ishchanlik sifatlari va madaniy-ahloqiy darajasi;

moliyaviy omillar, ya’ni mintaqa byudjetining daromadlari, aholi jon boshiga byudjetdan

tashqari jamg‘armalar mablag‘lari bilan ta’minlanganlik darajasi, markaziy va mintaqa

byudjetlaridan moliyaviy mablag‘lar olishning imkoniyatlari, xorij valyutasida kredit olish

imkoniyatlari, bank krediti foizlari darajasi, banklararo hamkorlikning rivojlanganligi, har ming

aholiga bank kreditlarining to‘g‘ri kelgan qismi, uzoq muddatli kr

editlarning umumiy kredit

qo‘yilmalaridagi salmog‘i, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan omonatlar miqdori, zarar ko‘rib ishlovchi

korxonalarning umumiy korxonalar tarkibidagi ulushi va boshqalar.

Investitsion jozibadorlikni miqyoslilik darajasigaga ko‘ra

tahlil qilishimiz mumkin (2-rasm).

Piramidaning asosi mamlakatning investitsion jozibadorligi bo‘lib, moliyaviy, ijtimoiy,

siyosiy va ijtimoiy rivojlanish majmuini belgilaydi. Bu umuman mamlakatda investitsiya

faoliyatining maqsadga muvofiqligini belgilaydigan umumlashtiruvchi kategoriya.

Mintaqaning investitsion jozibadorligi ekologik va iqtisodiy rivojlanishga va shuningdek,

mintaqaning infratuzilmasi, uning soliq imtiyozlariga bog‘liq.

Muayyan sohaning investitsion jozibadorligi ko

‘pincha o‘sha sohaga oid siyosatga,

shuningdek, alohida mintaqada yoki umuman mamlakatda sohani rivojlantirish istiqbollari va

sohaning jozibadorligi ham bog‘liq.

Piramidaning yuqori qismida alohida korxonaning investitsion jozibadorligi joylashgan.

Ushbu qarorning sababi shundaki, investor birinchi navbatda sohaning, mintaqalar va

mamlakatlar jozibadorligini baholaydi, moliyaviy resurslarni soha yoki mintaqaga istiqbolisiz

investitsiya qilish maqsadga muvofiq emas. Mamlakat jozibadorligi omillariga ham e’t

ibor

qaratish lozim. Shu asnoda, agar investor barcha 3 bosqichni o‘z nuqtai nazaridan jozibali deb

hisoblasa, muayyan korxonaga moliyaviy resurslarni sarflashga tayyor bo‘ladi.


background image


www.e-itt.uz

I SON. 2025

428

2-rasm. Investitsion jozibadorlik piramidasi

Investitsion jozibadorlik haqida gapirganda, risklarni ham unutmasligimiz zarur.

Investitsion risklarni uch darajaga bo‘lishimiz mumkin: makro daraja, o‘rta daraja va mikro

daraja.

Investitsion riskllarning makro darajasiga to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri global holatlar kiradi. Ul

ar

dunyodagi yoki uning alohida mintaqalaridagi vaziyatga ta’sir qiladi. Bunday xavflarga global
buzilishlar kiradi. Masalan, ta’minot zanjiri, qurolli mojarolar, pandemiya.

O‘rtacha darajaga iqtisodiyotning ma'lum bir sohasi bilan bog‘liq bo‘lgan xatarlar

kiradi

va bu raqobat, innovatsion rivojlanish darajasi, mahsulot o‘zgarishi kabilar.

Mikro darajaga to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri investitsiyalarga ta’sir qiladigan o’ziga xos loyiha

risklari kiradi. Ushbu omillar turli xil moliyaviy tahlil vositalari yordamida baholanadi.

3-rasm. Investitsiya faoliyati tarkibiy asoslari va ularning aloqadorligi

Korxonalar

investitsion

jozibadorligi

Soha investitsion

jozibadorligi

Mintaqa investitsion jozibadorligi

Mamlakat investitsion jozibadorligi

INVESTITSIYA

MUHITI

INVESTITSION

FAOLLIK

INVESTITSION

JOZIBADORLIK

INVESTITSION

POTENSIAL

INVESTITSIYA

RISKLARI


background image


www.e-itt.uz

I SON. 2025

429

Investitsion jozibadorlik investitsiya faoliyatining asosiy qismlaridan biri bo‘lib, u o‘z

navbatida boshqa tarkibiy qismlar bilan chambarchas bog‘liqdir

(3-rasm).

Har bir investor uchun samarali investitsiya faoliyatida ishtirok etishda investitsiya

muhitining jozibadorligi, investitsion potensial yuqorililigi va investitsiya risklarining past

darajasi muhim.

Soliq siyosati va investitsiyalar o‘rtasidagi

bog‘liqlik uzoq vaqtdan beri ko‘plab iqtisodchi

olimlarda qiziqish uyg‘otib kelgan. G‘arb iqtisodchi olimlaridan S. Djankov va T.Ganser (2010)

tadqiqot ishlari bunga yaqqol misol bo‘lishi mumkin. Ular o‘z tadqiqot ishlarida korporativ

soliqlar va invest

itsiyalar o‘zaro teskari bog‘liqligini ko‘rsatadi. Bu orqali ular davlat hukumati

davlat soliq stavkalarini pasaytirish islohotlari bilan investitsiyalarni rag‘batlantirish

mumkinligini e’tirof etishadi. Lekin Lester va Olbertlar (2024) fikricha, bu tadqiq

ot mobaynida

korporativ soliqlar mehnat investitsiyalariga ta’sirini aniqlashga kam e’tibor qaratilgan deb

hisoblaydi. Soliq siyosatidagi o‘zgarishlar mehnat investitsiyalariga ta’sir qiladimi yoki
yo‘qligini tushunish muhimligini, chunki firmaning mehnat

investitsiyalarining optimal

darajasidan chetga chiqish uning unumdorligi, samaradorligi, raqobatdosh ustunligi va firma

qiymatiga zarar yetkazishi mumkinligini Becker (1962) o‘z izlanishlarida ta’kidlab o‘tgan.

Hassett va Hubbard(1992) ilmiy izlanishlari mobaynida, umumiy darajadagi tahlilga

asoslangan dastlabki tadqiqotlar investitsiyalarning turli determinantlarining ta’sirini ajrata

olmadi, chunki investitsiyalar va soliq siyosati kabi jami o‘zgaruvchilar biznes tsikli davomida

birgalikda harakat qilish

tendentsiyasiga egaligini ta’kidlashdi. XX asr iqtisodchilaridan

Cummins va boshqalar (1996) fikriga ko‘ra, siyosatchilar investitsiya solig‘i kreditlarini

investitsiyalar kam deb hisoblanganda joriy etishlari va investitsiyalar yuqori deb qabul
qilingand

a ularni olib tashlashlari haqida xulosaga keladi. Bundan farqli o‘laroq, ajratilgan

darajada soliq siyosati alohida firmalarga turlicha ta‘sir qiladi, chunki kapital zaxiralarining

tarkibi barcha korxonalarda turlichadir. Shunday qilib, soliq siyosati tahlilning ushbu

darajasida firmalarning investitsiya qarorlariga ekzogen bo‘lishi mumkin.

Jahon banki tadqiqotlarida boshqaruv, soliqqa tortish va investitsiya muhiti o‘rtasidagi

bog‘liqlik uchta asosiy masalada aks ettirilgan:

1.

Samarali boshqaruv. Bunda soliq tizimini oqilona boshqaruv orqali tashkil etish

ko‘zda tutiladi. Samarali boshqaruvni tashkil etish orqali hukumatga ishonchni oshirish va

siyosiy barqarorlikka erishish muhim. Adolatli hukumat orqali samarali soliq tizimini

rivojlantirish mumkin.

2.

Soliq tizimi qanchalik samarali tashkil etilgan bo‘lsa, shunchalik samarali

boshqaruvni ta’minlaydi. Davlatlar qanday daromad olishlari sifatiga ularning boshqaruvi ta’sir
qiladi. Sog‘lom va adolatli mahalliy soliq tizimlari yaxshi

boshqaruvga yordam beradi, chunki

soliqni samarali oshirish soliq to‘lovchi aholining roziligini talab qiladi. Hukumat rahbarlari va

soliq to‘lovchilar o‘rtasidagi siyosiy muzokaralar jarayoni fuqarolar nazarida soliqlar davlatni

mustahkamlaydi. Davlatnin

g soliqlarni yig‘ish va boshqarish imkoniyatlarini oshiradi,

hukumatning soliq to‘lovchilar oldidagi javobgarligini kuchaytiradi. Davlat tomonidan keng
iqtisodiy farovonlikni ta’minlash uchun rag‘batga ega bo‘lishga oid muzokaralar soliq
to‘lovchilar bilan

davlat xarajatlari siyosatini munosabatini yaxshilashga olib keladi.

3.

Boshqaruv va soliq tizimi investitsiya muhitini shakllantiradi. Rivojlanayotgan

mamlakatlar hukumatlari ko‘pincha tor soliq bazalariga va majburiy soliq yig‘ishga bog‘lanib

qolishgan. Ko

‘pincha kichik rasmiy sektor odatda soliq majburiyatlarini bajarishda katta

moliyaviy va vaqt muammolariga duch keladi. Bu kabi muammolar investitsiyalar va rasmiy

iqtisodiyotda ishtirok etish uchun kuchli turtki yaratadi. Hukmron korxonalar soliq

imtiyozl

arini ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘lgan siyosiy jihatdan kuchli manfaatdor bo‘lishi

mumkin. Lekin, bu asnoda mikrofirmalar norasmiylikka yo‘qolishi mumkin. Natijada, o‘rta

biznes adolatli va samarali soliq islohotlari uchun siyosiy jihatdan eng muhim tanlov sifatida

paydo bo‘lishi mumkin.


background image


www.e-itt.uz

I SON. 2025

430

Iqtisodchilar soliq o‘zgarishi iqtisodiyotga ta‘sirini o‘rganishda, soliq islohotisiz amalga

oshirilgan investitsiyalar darajasi bilan soliq o‘zgarishi amalga oshirilganidan keyingi

investitsiyalar darajasi o‘rtasidagi farqni tahlil qilishni afzal ko‘rishadi.

Bu farq soliq

siyosatining iqtisodiy o‘sish va investitsiyalarga qanday ta‘sir qilishini aniqlashga yordam

beradi.

Xoll va Yorgenson (1969) larning ishlarida investitsiyalar darajasini tushuntirishda

mualliflar ikkit

a asosiy ko‘rsatkichdan foydalanadilar: soliqlarga bog‘liq bo‘lgan kapitaldan

foydalanish xarajatlari va iqtisodiyotning ishlab chiqarish darajasi. Bunda soliq tizimidagi

o‘zgarishlarning ishlab chiqarishga ta‘siri hisobga olinmaydi: ishlab chiqarish

model

lashtirilmaydi, u ekzogen o‘zgaruvchi deb tan olingan. Ular o‘z ishlarining xulosasiga

ko‘ra, daromad solig‘ini kamaytirish investitsiyalarga salbiy ta‘sir ko‘rsatishini ta’kidlashgan.

Yuqoridagilardan shuni xulosa qilib aytishimiz mumkinki, soliq siyosati investitsion

jozibadorlikni oshirishning asosidir. Ushbu omilni har tomonlama o‘rganish uchun soliqlarning
investitsiya jozibadorligiga ta’sirini o‘lchash va ushbu jarayonga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan
jihatlarni hisobga olish kerak. Ma’lumki, s

oliq siyosati mamlakat iqtisodiyotini

rivojlantirishning asosiy omili, eng daromadli tarmog‘i hisoblanadi.

Soliq tizimidagi quyidagi ikki jihat ketma-ketligi na iqtisodiyot uchun daromad manbai

bo‘lgan soliqlarning kamayishiga olib kelmasligi va na investitsiya jozibadorligiga salbiy ta’sir

ko‘rsatmasligi kerak. Salbiy jihatning paydo bo‘lishi ushbu mamlakatga sarmoya kiritishi

mumkin bo‘lgan xorijiy investorlarning fikrini o‘zgartirishiga olib kelishi mumkin:

Birinchidan, davlat soliq qonunchiligi talablariga javob beradigan va investorlar

manfaatlariga soya solmaydigan soliq mexanizmini joriy qilishi kerak. Soliq stavkalarini

belgilash davlat g‘aznasini to‘ldirish orqali nafaqat investitsiya jozibadorligiga salbiy ta’sir

ko‘rsatishi, balki shu bilan birga,

investitsiya oqimini ta’minlash nuqtai nazaridan ham,

iqtisodiyotni rivojlantirish nuqtai nazaridan ham o‘zining rivojlanish xususiyatini yo‘qotmasligi

kerak.

Ikkinchi asosiy omil - soliq siyosati aniq va maqsadli bo'lishi kerak. Investitsiya qiluvchi

tad

birkorlar kelajakda soliq siyosatining o‘zgarishi ehtimolini hisobga oladi. Shu nuqtai

nazardan, mamlakat soliq tizimining tez-tez o

zgarishi salbiy holat sifatida baholanishi va

investor manfaatlariga mos kelmasligi mumkin.

Investorlar o

rganishlari kerak bo

lgan asosiy masalalardan biri ular sarmoya kiritadigan

mamlakatlarning soliq siyosati bo

lishi kerak, chunki bu davlatning soliq siyosati ularning

investitsiyalarining asosini tashkil qiladi. Soliq stavkalarini oshirish ko‘p jihatdan investitsion

jozib

adorlikka jiddiy salbiy ta’sir ko'rsatishi mumkin:

1. Soliq stavkalarining oshishi investitsiya kiritgan investorlarning sof foydasini

pasaytiradi va shu bilan potensial investitsiyalarga qo

yilgan mablag

larni kamaytiradi.

Natijada yangi investitsiya imkoniyatlari va investitsiya sohalari qisqaradi.

2. Soliq stavkalarining oshishi bilan sarmoya kiritgan tadbirkorlar oladigan sof foyda foizi

jiddiy ravishda pasayib boradi, investitsiya muhiti jozibadorligi pasayadi, investorlar muqobil

investitsiya yo‘nalishlarini yoki boshqa mos variantlarni ko‘rib chiqishni afzal ko‘radi.

Ba’zi hollarda soliqlarni oshirish o‘sha mamlakat infratuzilmasi va ijtimoiy dasturlari va

loyihalarini rivojlantirishga yo‘naltirilishi mumkin va shu orqali investitsiya jozibadorligin

i

rivojlantirishga hissa qo‘shadi, jamiyatning ijtimoiy

-iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga

yordam beradi.

Har bir davlat iqtisodiy rivojlanish dinamikasini oshirishni istasa, soliq siyosatini to‘g‘ri

tartibga solish, investorlarni jalb etish, iqtisod

iy o‘sishni rag‘batlantirish orqali savdo

munosabatlarini yuqori darajada ushlab turishi kerak.

Soliq siyosati investitsion jozibadorlikka bevosita ta

sir qiladi. Agar biron-bir davlatda

soliq stavkalari yuqori bo‘lsa, u yerdagi investitsiyalarning joziba

dorligi pasayadi va investorlar

boshqa muqobil variantlarni ko‘rib chiqishga majbur bo‘ladi. Investitsion jozibadorlikni


background image


www.e-itt.uz

I SON. 2025

431

oshirishning asosiy elementlari soliq imtiyozlari va soliq imtiyozlari kabi afzalliklar bilan

ta’minlanishi mumkin.

Investitsion jozib

adorlikni oshirishda soliq imtiyozlarini qo‘llash alohida ahamiyatga ega

.

Iqtsodchi olim Yoram Margalios (2003)

ta’kidlashicha, to‘g‘ri ishlab chiqilgan va joriy etilgan

soliq imtiyozlari investitsiyalarni jalb etishda imkoniyatlar yaratsa va shu orqali bozor

mexanizmini tartibga solib, ijobiy natija ko‘rsatsa maqsadga muvofiq bo‘ladi va soliq

imtiyozlarini to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarga qo‘llash maqbul deb hisoblaydi.

Hukumat tomonidan soliq imtiyozlarni berish muqobil variant sifatida ko‘ri

sh bejizga

emas. Chunki iqtisodiyotdagi muhitni keskin yaxshilash yoki huquqiy tizimdagi kamchiliklarni

tuzatishdan ko‘ra soliq imtiyozlarini berish ancha oson. Bundan tashqari soliq imtiyozlari va

shu kabi muqobil variantlar hukumat tomonidan mablag‘ sarf

qilinishini talab qilmaydi. Soliq

imtiyozlari hukumat uchun iqtisodiy xarajat nuqtai nazaridan o‘xshash bo‘lsa

-da, siyosiy va

boshqa sabablarga ko‘ra, investorlarga pul mablag‘larini berishdan ko‘ra soliq imtiyozlarini
berish afzal. Shuningdek, ko‘pgina mamlakatlarda, soliq imtiyozlari to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri xorijiy

investitsiyalar

kapitalning ko‘payishi, yangi texnologiya, bandlikni ta’minlash va rivojlanish

darajasi past hududlar sharoitni yaxshilash uchun amalga oshirilgan investitsiyalarga beriladi.

Xulosa va takilflar.

Umumiy xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, soliq siyosati va investitsion jozibadorlik

o‘zaro muvozanatli va strategik yondashuvni talab qiladigan murakkab jarayondir. Soliq

yukining optimal darajasini belgilash, barqaror va prognoz qilinadigan soliq tizimini

shakllantirish, maqsadli soliq imtiyozlari orqali investitsiyalarni rag‘batlantirish, shuningdek,

huquqiy va institutsional infratuzilmani mustahkamlash orqali davlat investitsion

jozibadorligini oshirishi mumkin.

Shu boi

s, O‘zbekiston Respublikasi soliq siyosati shakllantirilayotgan va

takomillashtirilayotgan jarayonda quyidagi strategik tamoyillarga asoslanishi lozim:

uzoq muddatli barqarorlik

soliqlarga oid o‘zgarishlar oldindan aniq belgilangan

strategik rejalar asosida amalga oshirilishi kerak;

tadbirkorlikni rag‘batlantirish –

kichik va o‘rta bizneslar uchun soddalashtirilgan soliq

mexanizmlari joriy qilinishi zarur;

soliq yukining differensial yondashuvi

strategik muhim tarmoqlarga investitsiyalarni

rag‘batlantir

ish uchun maqsadli soliq imtiyozlari berilishi mumkin;

raqobatbardosh soliq muhiti

O‘zbekiston mintaqaviy va xalqaro investitsion raqobat

sharoitida soliq siyosatini investorlar uchun qulay shakllantirishga intilishi kerak.

Natijada, soliq siyosatining aniq va samarali yuritilishi mamlakatning investitsion

muhitini yaxshilash, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va investorlar uchun jozibador bo‘lgan

iqtisodiy muhitni yaratishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Adabiyotlar

/Литература/Reference:

Alexander Trepelkov, Marcio Verdi (2018). Design and assessment of tax incentives in

developing countries selected issues and a country experience

Becker, G. S. (1962). Investment in human capital: A theoretical analysis. Journal of political

economy, 70(5, Part 2), 9-49.

Ceрдюкoв A.Э., Вылкoвa E.C., Тaрaceвич A.Л. (2005) Нaлoги и нaлoгooблoжeниe:

Учeбник для вузoв. –CПб: Питeр, 752 c.

Hall R. E., Jorgenson D. W. (1969) Tax Policy and Investment Behavior: Reply and Further

Results. The American Economic Review, vol. 59, no. 3, pp. 388

401.

Isayev F.I. (2023) Soliq tahlili

iqtisodiy tahlilning tarkibiy qismi. Monografiya. T:

IQTISODIYOT

”. 222

bet.

Lester, R., & Olbert, M. (2024). Firms' Real and Reporting Responses to Taxation: A

Review. Available at SSRN 4779893.


background image


www.e-itt.uz

I SON. 2025

432

Linking

business tax reform with government. Investment climate in practice.

https://openknowledge.worldbank.org/server/api/core/bitstreams/490c6998-06f2-107-bd4c-

3bafe2dc38d2/content

OECD. (n.d.). Tax policy. [online] Available at:

https://www.oecd.org/en/topics/tax-

policy.html

. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot xalqaro tashkiloti rasmiy sayti.

Qonunchilik

ma’lumotlari milliy bazasi, 12.09.2023

-y., 06/23/158/0694-son; 29.12.2023-

y., 06/23/214/0984-son

S. Djankov, T. Ganser, C. McLiesh, R. Ramalho, A. Shleifer (2010) The effect of corporate taxes

on investment and entrepreneurship. Am. Econ. J. Macroecon., pp. 31-64

Vartia,

L. (2008), “How do Taxes Affect Investment and Productivity?: An Industry

-Level

Analysis of OECD Countries”,

OECD Economics Department Working Papers, No. 656, OECD

Publishing, Paris, https://doi.org/10.1787/230022721067.

Yixin Dai, Jiani Hou, Xing Li, Industry policy, cross-region investment, and enterprise

investment efficiency, Research in International Business and Finance, Volume 56, 2021, 101372,
ISSN 0275-5319,

Yoram Y. Margalioth (2003) Tax competition, foreign direct investments and growth: using

the tax system to promote developing countries, Virginia Tax Review, vol. 23, issue 1.

Бaрулин C.В., Мaкрушин A.В., Тимoшeнкo В.A. (2004) Нaлoгoвaя пoлитикa Рoccии. –

Caрaтoв: Caтeллит, 167 c.

Бланк И. А. (2013) Основы инвестиционного менеджмента. М.: Юрайт, 480 с.

Вaлинурoв Т.Р. (2010) Cущнocть нaлoгoвoй пoлитики гocудaрcтвa и coдeржaниe

нaлoгoвoгo мeхaнизмa. Прилoжeниe к журнaлу «Coврeмeнныe нaукoeмкиe тeхнoлoгии»
№1.

Валинурова Л. С., Казакова О. Б. (2010) Управление инвестиционной деятельностью:

учебник. М.: КНОРУС, 384 с.

Гиляровская Л. Т. (2012) Экономический анализ: учебник для вузов. 2

-

е изд., доп.

М.:ЮНИТИ

-

ДАНА, 423

с.

Кaрп М.В. Нaлoгoвый мeнeджмeнт: Учeбник для вузoв. –

М.: ЮНИТИ

-

ДAНA, 477 c. 2001.

Пaнcкoв В.Г. (2006) Нaлoги и нaлoгooблoжeниe в Рoccийcкoй Фeдeрaции: Учeбник для

вузoв. –

7-

eизд, дoп. И пeрeрaб. –

М.: МЦФЭР, 592 c.

Рaдчeнкo C.М. (2005) Нaлoгooблoжeниe

-

Нижний Тaгил: НТИ(ф)ГOУ ВПO УГТУ

-

УПИ,

92 c.

Ройзман И.И., Гришина И.В. (1998) Сложившаяся перспективная инвестиционная

привлекательность крупнейших отраслей отечественной промышленности //
Инвестиции в России. № 1. С. 37

-39.

Ростиславов Р.А. (2010) Инвестиционная привлекательность предприятия и

факторы влияющие на нее // Известия Тульского государственного университета.

Экономические и юридические науки, № 2.

Ростиславов Р.А. (2010) Инвестиционная привлекательность предприятия и

факторы влияющие на нее // Известия Тульского государственного университета.
Экономические

и

юридические

науки, №2.


Библиографические ссылки

Alexander Trepelkov, Marcio Verdi (2018). Design and assessment of tax incentives in developing countries selected issues and a country experience

Becker, G. S. (1962). Investment in human capital: A theoretical analysis. Journal of political economy, 70(5, Part 2), 9-49.

Ceрдюкoв A.Э., Вылкoвa E.C., Тaрaceвич A.Л. (2005) Нaлoги и нaлoгooблoжeниe: Учeбник для вузoв. –CПб: Питeр, 752 c.

Hall R. E., Jorgenson D. W. (1969) Tax Policy and Investment Behavior: Reply and Further Results. The American Economic Review, vol. 59, no. 3, pp. 388–401.

Isayev F.I. (2023) Soliq tahlili – iqtisodiy tahlilning tarkibiy qismi. Monografiya. T: “IQTISODIYOT”. 222 bet.

Lester, R., & Olbert, M. (2024). Firms' Real and Reporting Responses to Taxation: A Review. Available at SSRN 4779893.

Linking business tax reform with government. Investment climate in practice. https://openknowledge.worldbank.org/server/api/core/bitstreams/490c6998-06f2-107-bd4c-3bafe2dc38d2/content

OECD. (n.d.). Tax policy. [online] Available at: https://www.oecd.org/en/topics/tax-policy.html. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot xalqaro tashkiloti rasmiy sayti.

Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.09.2023-y., 06/23/158/0694-son; 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son

S. Djankov, T. Ganser, C. McLiesh, R. Ramalho, A. Shleifer (2010) The effect of corporate taxes on investment and entrepreneurship. Am. Econ. J. Macroecon., pp. 31-64

Vartia, L. (2008), “How do Taxes Affect Investment and Productivity?: An Industry-Level Analysis of OECD Countries”, OECD Economics Department Working Papers, No. 656, OECD Publishing, Paris, https://doi.org/10.1787/230022721067.

Yixin Dai, Jiani Hou, Xing Li, Industry policy, cross-region investment, and enterprise investment efficiency, Research in International Business and Finance, Volume 56, 2021, 101372, ISSN 0275-5319,

Yoram Y. Margalioth (2003) Tax competition, foreign direct investments and growth: using the tax system to promote developing countries, Virginia Tax Review, vol. 23, issue 1.

Бaрулин C.В., Мaкрушин A.В., Тимoшeнкo В.A. (2004) Нaлoгoвaя пoлитикa Рoccии. – Caрaтoв: Caтeллит, 167 c.

Бланк И. А. (2013) Основы инвестиционного менеджмента. М.: Юрайт, 480 с.

Вaлинурoв Т.Р. (2010) Cущнocть нaлoгoвoй пoлитики гocудaрcтвa и coдeржaниe нaлoгoвoгo мeхaнизмa. Прилoжeниe к журнaлу «Coврeмeнныe нaукoeмкиe тeхнoлoгии» №1.

Валинурова Л. С., Казакова О. Б. (2010) Управление инвестиционной деятельностью: учебник. М.: КНОРУС, 384 с.

Гиляровская Л. Т. (2012) Экономический анализ: учебник для вузов. 2-е изд., доп. М.:ЮНИТИ-ДАНА, 423 с.

Кaрп М.В. Нaлoгoвый мeнeджмeнт: Учeбник для вузoв. – М.: ЮНИТИ-ДAНA, 477 c. 2001.

Пaнcкoв В.Г. (2006) Нaлoги и нaлoгooблoжeниe в Рoccийcкoй Фeдeрaции: Учeбник для вузoв. – 7-eизд, дoп. И пeрeрaб. – М.: МЦФЭР, 592 c.

Рaдчeнкo C.М. (2005) Нaлoгooблoжeниe - Нижний Тaгил: НТИ(ф)ГOУ ВПO УГТУ-УПИ, 92 c.

Ройзман И.И., Гришина И.В. (1998) Сложившаяся перспективная инвестиционная привлекательность крупнейших отраслей отечественной промышленности // Инвестиции в России. № 1. С. 37-39.

Ростиславов Р.А. (2010) Инвестиционная привлекательность предприятия и факторы влияющие на нее // Известия Тульского государственного университета. Экономические и юридические науки, № 2.

Ростиславов Р.А. (2010) Инвестиционная привлекательность предприятия и факторы влияющие на нее // Известия Тульского государственного университета. Экономические и юридические науки, №2.