Авторы

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aept.79712

Ключевые слова:

добавленная стоимость налоговая база по налогу на добавленную стоимость налог бюджетная политика бюджет налоговое администрирование налоговый потенциал анализ регулирования налоговая нагрузка налоговая отчетность налоговые поступления налоговые льготы

Аннотация

В статье анализируются особенности исчисления налоговой базы по налогу на добавленную стоимость, некоторые сложности и проблемы при ее определении, а также уделяется внимание вопросам совершенствования формирования налоговой базы. Кроме того, по результатам применения изменений и дополнений, внесенных в определение и расчет налоговой базы по налогу на добавленную стоимость, сделаны соответствующие выводы и разработаны рекомендации.


background image


www.e-itt.uz

II SON. 2025

16


OʻZBEKISTONDA QOʻSHILGAN QIYMAT SOLIGʻINING IQTISODIYOTNI

NG

RAQOBATBARDOSHLIGIGA TAʼSIRI

Erkayev Nodir Xudayberdiyevich

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

ORCID: 0009-0009-3286-4034

nodir.erkaev@soliq.uz

Annotatsiya

.

Maqolada qoʻshilgan qiymat soligʻi bazasini hisoblashning oʻziga xos

xususiyatlari, uni aniqlashdagi ayrim murakkabliklar va muammolar tahlil etilgan hamda soliq

bazasining shakllantirishni takomillashtirish masalalariga eʼtibor qaratiladi. Bundan tashqar

i,

qoʻshilgan qiymat soligʻi bazasini aniqlash va hisoblash yuzasidan kiritilgan oʻzgarishlar va

qoʻshimchalarni qoʻllash natijalarga asoslanib tegishli xulosalar shakllantirilgan va tavsiyalar

ishlab chiqilgan.

Kalit soʻzlar:

qoʻshi

l

gan qiymat, qoʻshilgan qiymat soligʻi bazasi, soliq, b

yudjet siyosati,

by

udjet, soliq maʼmurchiligi, soliq salohiyati, normativ tahlil, soliq yuki, soliq hisoboti, soliq

tushumlari, soliq imtiyozlari.

ВЛИЯНИЕ НАЛОГА НА ДОБАВЛЕННУЮ СТОИМОСТЬ НА

КОНКУРЕНТОСПОСОБНОСТЬ ЭКОНОМИКИ УЗБЕКИСТАНА

Эркаев Нодир Худайбердиевич

Ташкентский государственный

экономический университет

Аннотация.

В статье анализируются особенности исчисления налоговой базы по

налогу на добавленную стоимость, некоторые сложности и проблемы при ее

определении, а также уделяется внимание вопросам совершенствования формирования
налоговой базы. Кроме того, по результатам применения изменений и дополнений,

внесенных в определение и расчет налоговой базы по налогу на добавленную стоимость,

сделаны соответствующие выводы и разработаны рекомендации.

Ключевые слова:

добавленная стоимость, налоговая база по налогу на

добавленную стоимость, налог, бюджетная политика, бюджет, налоговое

администрирование, налоговый потенциал, анализ регулирования, налоговая нагрузка,

налоговая отчетность, налоговые поступления, налоговые льготы.

16-23

UOʻK:

336.226


background image


www.e-itt.uz

II SON. 2025

17

THE IMPACT OF VALUE ADDED TAX ON THE COMPETITIVENESS OF

THE ECONOMY IN UZBEKISTAN

Erkayev Nodir Khudaiberdiyevich

Tashkent State University of Economics

Abstract.

The article analyzes the specific features of calculating the value added tax base,

some complexities and problems in its determination, and focuses on the issues of improving the

formation of the tax base. In addition, based on the results of applying the changes and additions
made to the determination and calculation of the value added tax base, relevant conclusions are

drawn and recommendations are developed.

Keywords:

value added, value added tax base, tax, budget policy, budget, tax

administration, tax capacity, regulatory analysis, tax burden, tax reporting, tax revenues, tax
incentives.

Kirish.

Soliqqa tortish har qanday davlatning moliyaviy siyosatining asosiy tarkibiy qismi bo‘lib,

daromadlarni

shakllantirish va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.

O‘zbekistonda o‘sib borayotgan

iqtisodiyot sifatida soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish hamda

QQS ma’muriyati sohasida o‘ziga xos chora

-tadbirlar va amaliyotlarni qabul qildi.

O‘zbekistonda soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish tartibi va QQS ma’muriyatining

o‘ziga xos

jihatlari haqida umumiy ma’lumot berib, mamlakatda soliq qonunchiligiga rioya etilishini

ta’minlashda tadbirkorlik subyektlari uchun qulay muhit yaratish mu

himdir. Bundan tashqari,

O‘zbekistonning

soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish va QQS ma’muriyatiga bo‘lgan

yondashuvi raqamlashtirish va xalqaro savdodagi global tendensiyalarga mos ravishda

rivojlanmoqda. Bu esa O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan

korxonalarning o‘ziga xos

xususiyatlari va oqibatlarini har tomonlama o‘rganish imkonini beradi.

Adabiyotlar sharhi.

Rus iqtisodiy lug‘atida QQSni aniqlash quyidagicha ifodalagan: “Korxonada tovar va

xizmatlar sotishdan olinadigan tushumlar hamda tashqi bozorning boshqa ishlab

chiqaruvchilaridan olingan xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarning narxi o‘rtasidagi farq

sifatida hisoblangan ushbu korxonaning qiymatini oshiruvchi miqdorda soliq undiriladi

(Rayzberg, 2008).

Bir-

biriga yaqin fikrlar bilan mamlakat qonunchiligida belgilangan ta’riflarni qo‘llab

-

quvvatlagan olimlardan Polyak, Romanovskiylarning (2008) fikricha: “Qo‘shilgan qiymat solig‘i

ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida yaratilgan va sotilgan tovarlar (ishlar,

xizmatlar)ning qiymati va ishlab chiqarish hamda aylanma mablag‘larga sarflangan moddiy

xarajatlarning qiymati sifatida aniqlangan qo‘shimcha qiymatning bir qismini budjetga olib
chiqish shaklidir”.

Toshmatov (2012) “Qo‘shilgan qiymat solig‘i bu xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan

sotilgan tovar, bajarilgan ish va xizmatlarning bozor narxiga nisbatan hisoblangan bilvosita

soliqdir deya ta’riflagan”.

Pavlova va Dorojkolarning (2014) fikiricha, “agar QQSning soliq stavkalarini kamaytirsak,

unda budjet daromadlari sezilarli ravishda kamayadi, bu esa mablag‘lar taqsimlanishining

ko‘payishiga olib keladi. Boshqa tomondan agar ta’riflarni ko‘rib chiqsak, ko‘pchilik tashkilotlar

soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashni kuchaytiradilar, bunga ruxsat berilmaydi, chunki davlat
budjeti kamroq moliyaviy resurslarga ega bo‘ladi” deb hisoblaydi.

Iqtisodiy adabiyotlarda qo‘shilgan qiymat solig‘ini «Yevropacha» soliq deb ham atashadi.

(Romanovskogo, Vrublevskoy, 2007).


background image


www.e-itt.uz

II SON. 2025

18

Qo‘shilgan qiymat solig‘i fransuz iqtisodchisi Moris Lore (1958) nomi bilan bog‘liq bo‘lib,

1954-yilda Kot-

d’Ivuar fransuz koloniyasida yangi soliq sifatida sinovdan o‘tkazilgan, 1958

-

yilda esa Fransiyada joriy etilgan. Keyinchalik Yevropaning barcha mamlakatlariga 1972-yil

oxirigacha o‘z hududida xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun QQSni joriy etish bo‘yicha

buyurtma berishgan. Hozirgi kunda 137 ta mamlakatda QQS joriy etilgan.

Mohammad Alizadeh, Masoume Motallabilar (2016) esa qo‘shilgan qiymat solig‘i va

davlat xarajatlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni tadqiq qilib, ijtimoiy farovonlikni ta’minlash uchun

davlat xarajatlarini qisqartirish, natijada esa QQS stavkasini ham pasaytirishni ilgari suradi.

Sabine Freizer tomonidan “O‘zbekistonda soliq ma’muriyati islohoti va fiskal nazorat”

(2006) nomli tadqiqotida O‘zbekistonda soliq ma’muriyatchiligini isloh qilishning umumiy

ko‘rinishini beradi va soliq yig‘ish mexanizmlarini takomillashtirish muammolari va

imkoniyatlarini yoritadi. Muallif soliqlarni undirish jarayonini yaxshilashga soliq to‘lovchilarni

o‘qitish va tushuntirish ishlarini yaxshilash, shaffoflik va mas’uliyatni oshirish, soliq
ma’muriyatchiligi tizimini modernizatsiya qilish orqali erishish mumkinligini taklif qiladi.

Tigran Poghosyan va Evgeniya Kolomak (2013) tomonidan “O‘tish davridagi

mamlakatlarda soliq islohotlarining soliq qonunchiligiga ta’siri: O‘zbekistondan olingan

dalillar” nomli tadqiqotida soliq tartib

-qoidalarini soddalashtirish va soliq stavkalarini

pasa

ytirishga qaratilgan soliq islohotlari soliqqa rioya etish va daromadlarni yig‘ishni oshirishi

mumkin.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Iqtisodiyotda raqamli texnologiyalar qo‘llashni jadal rivojlantirish davrida

mamlakatimizda ishlab chiqarishni texnik hamda texnologik jihatdan yangilash, yuqori

texnologiyali qayta ishlash yo‘nalishlarini qo‘llab

-quvvatlash, iqtisodiyot tarmoqlari uchun

raqobatbardosh muhitni shakllantirish, ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning

raqobatdoshligiga erishish, eksport tarkibi hamda geografiyasini diversifikatsiya qilish,
shuningdek, hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish orqali milliy iqtisodiyot

barqarorligini ta’minlashga qaratilgan islohotlar ancha faollashdi. Shuningdek, davlatimizda

erkin bozor mexanizmlarini joriy qilish, sog‘lom raqobat va xususiy mulk daxlsizligini

ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab

-quvvatlashni Konstitutsiyamizda alohi

da o‘rin egallagani,

mulk daxlsizligi, iqtisodiy munosabatlardagi adolat tamoyilini belgiladi va demokratik

islohotlarni yanada ochib berdi.

XVII-

XIX asrlarda xorijlik olimlar budjet va milliy daromad o‘rtasidagi proporsiyani,

korxonalar va fuqarolardan soliq olish o‘lchamlarini tahlil qilib berishgan.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida soliq majburiyatiga quyidagicha ta’rif

keltirilgan bo‘lib, “Soliq to‘g‘risidagi qonunchilik bilan soliq to‘lovchilar zimmasiga yuklatilgan

soliqlarni va yig‘imlarni to‘g‘ri hisoblab chiqarish hamda o‘z vaqtida to‘la

sh majburiyati

ularning soliq majburiyatidir” deb belgilangan

(Kodeks, 2020).

Iris

Klauis

(2013)

o‘zining

“Qo‘shilgan

qiymat

solig‘i

makroiqtisodiy

barqarorlashtirishning foydali vositasidir” asarida Qo‘shilgan qiymat solig‘ining xalqaro

amaliyotda samarali soliq sifatida tan olinganligiga alohida e’tiborini qaratgan. Shuningdek,

ayrim sohalarda uning

salbiy tomonlarini ham ko‘rsatib o‘tgan. Jumladan, QQS inflyatsiya

o‘sishiga, iste’mol, investitsiyalar va jamg‘armalarning pasayishiga bilvosita salbiy ta’sir
ko‘rsatishi va shu orqali makroiqtisodiy barqarorlikni yomonlashtirishi ayti

ladi. QQSning

davlat budjetiga tushgan tushumi ortishi, uning iqtisodiy salohiyatini oshishiga va bir vaqtning

o‘zida xufiyona iqtisodiyotda QQS bilan bog‘liq ko‘zbo‘yamachilik va soliqdan qochish

holatlarini ko‘payishiga ta’sir qiladi.

Bu hususida Rossiyalik olima Aleksandrova (2017) bu boradagi tadqiqotlari natijasida

“Soliq to‘lovchilar tomonidan soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashning ommaviyligi, soliq

jinoyatlarining kechikish darajasining yuqoriligi alohida o‘tkirlik bilan ularni ochish

muammosini qo‘ymoqda, bu faoliyatning maqbul va

samarali yo‘llari va vositalarini izlash va


background image


www.e-itt.uz

II SON. 2025

19

ishlab chiqish zarurati tug‘iladi. Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatining tahlili shuni
ko‘rsatadiki, soliqqa oid jinoyatlarni aniqlash boshqa turdagi jinoyatlarga qaraganda ancha

qiyin. Darhaqiqat, bunday odamlarning soni ancha ko‘p. Bunday sharo

itda soliq jinoyatlarini

aniqlash bo‘yicha chora

-tadbirlarni, shu jumladan, sud-tibbiyotni ishlab chiqish ayniqsa

muhimdir”, deb hisoblagan.

Kichik biznes maqomining noto‘g‘ri talqin qilinishini oldini olish maqsadida 2019

-yildan

tadbirkorlik subyektining soddalashtirilgan soliq rejimida qolishi yoki umumbelgilangan soliq

rejimiga majburan o‘tishini hal qiluvchi mezon sifatida yillik oborot (ya

lpi tushum) belgilandi.

Unga ko‘ra, yillik tushumi 1 mlrd. so‘mdan oshgan korxonalar umumbelgilangan soliq rejimiga
o‘tadi va QQS to‘lovchisiga aylanadi. Shu orqali QQS qamrovini kengaytirish ko‘zda tutildi

(Farmon, 2018). Artur Laffer (2004) tomonidan ish

lab chiqilgan “Laffer egri chizig‘i”

konsepsiyasiga ko‘ra, stavkalar qanchalik baland bo‘lsa, soliqlarni to‘lashdan bosh tortish yoki

oxir-

oqibat biznesni yopish uchun moyillik shunchalik katta bo‘ladi.

“Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi axborot xizmati bergan

ma’lumotlariga ko‘ra, yashirin iqtisodiyotning ulushi jahon mamlakatlari, jumladan, AQSHda

8,0 foiz, Braziliyada 36,5 foiz, Ispaniyada 21,7 foiz, Italiyada 19,5 foiz, Portugaliyada 18,5 foiz,

Koreyada 18,4 foiz, Xitoyda 14,5 foiz, Kanadada 11,0 foiz, Germaniyada 10,2 foiz, Buyuk
Britaniyada 9,6 foiz, Avstraliyada 9,0 foiz, Singapurda 8,6 foiz va Yaponiyada 8,1 foizni tashkil

qildi”

(uza.uz, 2025).

Ya’ni yuqori soliqlar (shu jumladan, QQS) sharoitida marjinal soliq tushumlarini

kamaytirish qonuni amal qiladi

soliq stavkalari oshib borishi bilan tushumlar o‘sishi

sekinlashib boradi. QQS yuki tadbirkorlik faoliyati va soliq tushumiga, albatta, ta’sir

qiladi,

qaysiki maxsulot tannarxi orqali raqobatda bo‘lgan nufuzi kamayadi oqibatda, tannarx, albatta,

bozorda o‘z o‘rnini yo‘qotishiga sabab bo‘ladi. Chunki QQS biznes daromadlarining bir qismini

dastlabki bosqichidayoq kesib oladi. Umuman, egri soliqlarning hajmi va murakkabligi

korxonalar moliyaviy holatiga sezilarli darajada ta’sir qiladi. Bu, ayniqsa, kichik va o‘rta biznes
subyektlariga juda seziladi. Chunki bunday korxonalar uchun soliqni to‘lash xarajatlari yirik

korxonalarga nisbatan ancha yuqori

shakllanadi. Bundan tashqari, kichik va o‘rta korxonalar

QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun belgilangan eng kam tovar aylanmasi

chegarasidan pastroqda ishlaydigan va QQS to‘lamaydigan mayda biznes subyektlarining

bevosita raqobatchisi hisoblanadi. QQS da nazorat mexanizmi, asosan, soliq bazasiga qaratiladi.

Soliq bazasini aniqlashda, avvalo, uning tarkibi mezonlarga ajratilishi maqsadga muvofiqdir.

Soliq qonunchiligida QQS bazasi sifatida mahsulot (xizmat) larning sotish narxi nazarda

tutiladi

. Ya’ni Soliq kodeksiga asosan “soliq bazasi aksiz solig‘ini (aksiz to‘lanadigan tovarlar,

xizmatlar uchun) hisobga olib, unga soliqni kiritmagan holda, bitim taraflari tomonidan

qo‘llanilgan narxida sotiladigan tovarlarning (xizmatlarning) qiymati sifatid

a aniqlanadi

(Kodeks, 2019)

”. Ammo haqiqatda real holatda soliq bazasi o‘z nomi bilan qo‘shilgan qiymatdir.

Qo‘llaniladigan hisoblash metodikasiga ko‘ra sotib olingan mahsulotga to‘langan QQSning

hisobga olinishi korxona tomonidan to‘lanadigan QQS aslida o‘zi qo‘shilgan qiymatga nis

batan

to‘lanishini anglatadi. Ammo moliyaviy hisobotlarda qo‘shilgan qiymat ko‘rsatkichi

aniqlanmaydi va alohida ko‘rsatilmaydi. Shuning uchun qo‘shilgan qiymatga soliqqa tortish

nazaridan faqat sotib olingan va sotilgan mahsulot

narxi o‘rtasidagi farq sifatida qaraladi.

Bunda shunga e’tibor berish lozimki, barcha sotib olingan mahsulotlar emas faqat qo‘shilgan
qiymat solig‘i to‘lanib olinganlari hisobga olinadi. Shu tufayli qo‘shilgan qiymat tarkibiga aslida

nimalar kiritilishini

bilish muhim. Iqtisodiy nazariya nuqtayi nazaridan qo‘shilgan qiymatga

foyda va ish haqi kiritiladi.Soliq to‘lovchilar soni va budjetga tushum bo‘yicha foizlardagi ulushi

ortishi QQS stavkasiga xam bog‘liq. Soliqlarni belgilashda yillik budjet parametrlar

i matritsalari

ishlab chiqilib, ehtimoliy profitsit yoki defitsit taxmin qilinadi. Ushbu hollarda, asosan,

samaradorlik ko‘rsatkichlari yoki prognoz ko‘rsatkichlariga tayaniladi. Soliq stavkasi

dinamikasida o‘zgarishlar soliq to‘lovchilar sonini ortishiga

va soliqlarni budjetga tushumi

ko‘payishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.


background image


www.e-itt.uz

II SON. 2025

20

Davlatimiz rahbarining 2022 yil 20 dekabrdagi Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga

Murojaatnomasida “2023

-yil 1-

yanvardan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini 15

foizdan 12 foizga pasaytirish hisobidan tadbirkorlar ixtiyorida yiliga kamida 14 trillio

n so‘m

mablag‘ qoladi. Lekin biznes muhitini yaxshilash uchun faqat soliqni kamaytirishning o‘zi

yetarli emas”

(Mirziyoyev, 2022)

ligini ta’kidlab o‘tdilar.

Bilvosita turdagi bu soliq budjet tushumlari orasida juda katta qiyosiy salmoqqa ega.

Yuqoridagi raqamlardan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, mamlakatimiz

iqtisodiyotini

rivojlantirishda katta rol o‘ynamoqda. QQS savdoda soliqqa tortishning muvaffaqiyatli chora

deb tan olinib ham kelinmoqda.

Soliq va budjet siyosatining 2024 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari tasdiqlanganligi

munosabati bilan Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

2023-yil 1-apreldan boshlab tadbirkorlik subyektlariga quyidagicha imkoniyatlar

yaratildi:

• tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab

-

quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan bir yilda bir

marotaba o‘rta tadbirkorlik subyektlariga mol

-

mulkni sug‘urta qilish xarajatlarining 50

foizigacha, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan oshmagan qismi qoplab

beriladi;

• jami daromadi 10 milliard so‘mdan kam bo‘lmagan tadbirkorlik subyektlari uchun

davlat xaridlarida 20 foizlik kvota joriy etiladi va ushbu xaridlar doirasida budjet

buyurtmachilari bilan tuziladigan shartnomalarda 50 foiz miqdorida oldindan to‘lovni amalg

a

oshirish nazarda tutiladi. Bunda soliq organlari tomonidan jami daromadi 10 milliard so‘mdan

oshgan tadbirkorlik subyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllantiriladi va maxsus axborot
portali bilan ma’lumot almashinuvi ta’minlanmoqda.

Qo‘shilgan qiymat solig‘i ma’muriyatchiligiga oid quyidagilar bekor qilindi:

• davlat xaridlarida eng yaxshi

takliflarni tanlash va tender savdolarida ishtirokchilar

takliflarini baholashda qo‘shilgan qiymat soliq summasi inobatga olinmaydi;

• yuqori qo‘shilgan qiymatli mis mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalarning

mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni tashqi bozorga sotish bilan bog‘liq xarajatlarini eksport

qiymatining 6 foizigacha qoplash tartibi bekor qilinadi.

Shuningdek, ishonchli soliq to‘lovchilarni inson omilisiz aniqlash tizimi joriy etilmoqda.

Dori vositalarining davlat sog‘likni saqlash muassasalariga bepul berilishi yoki amal qilish

muddati qisqaligi sababli narxi pasaytirilgan qiymat bo‘yicha realizatsi

ya qilinishi iqtisodiy

jihatdan o‘zini oqlaydigan xarajatlar (zararlar) deb e’tirof etilmoqda va mos ravishda foyda

soliqni hisoblashda chegirib tashlanishi belgilandi.

2023-yil 1-

maydan boshlab tadbirkorlik subyektlariga avtomobillarga gaz to‘ldirish

kompressor stansiyalari va avtomobillarga gaz quyish stansiyalarida elektron o‘lchash

uskunalari va onlayn video kameralarini o‘rnatish hamda ularni soliq organlarining axbo

rot

tizimlari bilan integratsiya qilish majburiy hisoblanadi, paxta xomashyosi, g‘alla yoki sholini

qabul qilish va hisobini yuritish bo‘yicha axborot tizimlarining operatorlari o‘z tizimlarini soliq

organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilishlari majburiy hisoblanishi belgilandi.

Barchaga ma’lum, inson omilisiz, elektron tizim yashirin iqtisodiyotning, qolaversa,

korrupsiyaning oldini olishga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, bugungi kunda zamonaviy

xizmatlardan foydalanuvchilar soni juda tez ortib bormoqda. O‘tgan yilning o‘zida sol

iq

to‘lovchilar tomonidan shaxsiy kabinetdan foydalanishlar soni 40,5 milliontani (2020 yilga

nisbatan 1,3 barobar ko‘p), yuborilgan elektron hisobvaraq

-fakturalar soni 33,9 milliontani

(2020 yilga nisbatan 1,6 baravar ko‘p), onlayn nazorat

-kassa mashinala

ri orqali ro‘yxatga

olingan cheklar soni 417,4 milliontani (2020 yilga nisbatan 4 baravar ko‘p) tashkil etdi.

Ma’lumotlarni qayta ishlash markazida giperkonvergent texnologiyasi yo‘lga qo‘yildi va u

axborot tizimlariga yuklama hajmini serverlararo taqsimlab, ularning uzluksiz faoliyatini

ta’minlab kelmoqda.


background image


www.e-itt.uz

II SON. 2025

21

Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari. Soliq kodeksining 237

-moddasi birinchi qismiga

muvofiq qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari quyidagilar hisoblanadi (Kodeks, 2020):

1) O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari;

2) tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi soliq davrida bir

milliard so‘mdan oshgan yoxud ixtiyoriy ravishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashga o‘tgan

yakka tartibdagi tadbirkorlar;

3) Agar tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish joyi deb O‘zbekiston Respublikasi

e’tirof etilsa, O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi

chet el yuridik shaxslari;

4) faoliyatni O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasalar orqali amalga oshiruvchi

chet el yuridik shaxslari;

5) oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnoma) doirasida

amalga oshiriladigan faoliyat bo‘yicha –

oddiy shirkatning ishlarini yuritish vazifasi zimmasiga

yuklatilgan ishonchli shaxs

oddiy shirkatning ishtirokchisi;

6) O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tuvchi

shaxslar. Mazkur shaxslar bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq qo‘shilgan qiymat

solig‘ini to‘lovchilar deb e’tirof etiladi.

QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tish tartibi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021

-yil 22-sentyabrdagi 595-son

Qarori (2021)

bilan soliq to‘lovchilarni QQS to‘lovchisi sifatida maxsus ro‘yxatdan o‘tkazishni

inson omili ta’siri cheklangan yangi tartibi joriy etildi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad insofli

soliq to‘lovchilarni qo‘llab

-quvvatlagan holda ularni xufiyona iqtisodiyot

bilan shug‘ullanishni

o‘ziga maqsad qilib olgan, qalbaki va ko‘zbo‘yamachilik uchun tuzilgan bitimlarni amalga

oshirishni rejalashtirgan soliq to‘lovchilar bilan

moliyaviy operatsiyalarga kirishishni oldini

olishga qaratilgan.

Bunda soliq to‘lovchilar va ularning kontragentlari faqat QQS to‘lovchi guvohnomasi faol

bo‘lgan holatda QQS summasini hisobga olishga haqli bo‘ladi. Arizalarni ko‘rib chiqish muddati

7 kun qilib belgilangan, agar ariza ushbu muddatda ko‘rib chiqilmasa, gu

vohnoma avtomatik

ravishda beriladi. QQS to‘lovchilarga berilgan faol holatdagi guvohnomalar har kuni avtomatik

ravishda 18 ta mezonlar (soliq qarzi, rahbar shaxsi, hisobot taqdim etishi, manzilda

joylashganligi va b.) bo‘yicha tahlil qilib boriladi va dastur tomonidan soliq to‘lovchi hech

bo‘lmaganda 1 ta mezon bo‘yicha soliq xavfi yuqori darajasiga tushsa, guvohnomaning amal

qilishi avtomatik ravishda vaqtincha to‘xtatiladi, shuningdek, soliq to‘lovchi kamchilikni

bartaraf etgan taqdirda dasturda guvohnomani amal qilishi avtomatik ravishda tiklanadi.

Qayd etish joizki, QQS to‘lovchisi guvohnomasining amal qilishi vaqtincha to‘xtatilgan

davrda soliq to‘lovchi va uning kontragenti QQS summasini hisobga ololmaydi. Guvohnomaning

amal qilishini vaqtincha to‘xtatib turish, asosan, quyidagi hollarda amalga os

hiriladi:

-

soliq qarzi mavjud bo‘lganda, bunda ikki oydan ortiq vaqt davomida QQS bo‘yicha

to‘lanmagan soliq qarzi tushuniladi;

-

uch oydan ortiq vaqt davomida moliya xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmaganda

(mavsumiy faoliyatga ega shaxslar mustasno);

-

soliq xavfi yuqori bo‘lgan soliq to‘lovchilar toifasiga tushganda.

Bunda, soliq to‘lovchi tomonidan soliq xavfi yuqori bo‘lishiga sabab bo‘lgan holatlar va

kamchiliklar bartaraf etilgandan so‘ng QQS guvohnoma berilishi va aktivlashtirilishi mumkin

bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022

-yil 28-iyundagi PF-162-son Farmoniga

asosan soliq xavfining yuqori darajasiga ega soliq to‘lovchilarning QQS bo‘yicha maxsus
ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnomasining amal qilishi bu haqida soliq or

ganlari

tomonidan besh ish kuni oldin xabarnoma yuborilgandan so‘ng hamda mazkur muddatda

kamchiliklar bartaraf etilmagan taqdirda to‘xtatib turish tartibi joriy etiladi. Subyektlar

tomonidan QQS to‘lovchisi sifatida maxsus ro‘yxatdan o‘tish uchun ariza ta

qdim etish hamda


background image


www.e-itt.uz

II SON. 2025

22

ushbu arizani soliq organlarida ko‘rib chiqish tartibi: Soliq to‘lovchi ixtiyoriy yoki majburiy

tartibda tanlagan holda ariza taqdim etishi mumkin. Soliq kodeksining 237 hamda 461-

moddasiga asosan QQS to‘lash majburiyati yuzaga kelgan korxonalar majburiy t

artibni

tanlagan holda ariza taqdim etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022

-yil 28-iyundagi PF-162-son Farmoni bilan

2022-yil 1-

iyuldan majburiy ravishda QQS to‘lovchisi sifatida e’tirof etiladigan tadbirkorlik

subyektlariga QQS bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guv

ohnoma soliq xavfi

darajasiga aniqlik kiritilmasdan turib avtomatik ravishda berish tartibi joriy etildi.

Ushbu farmonga asosan majburiy tartibda taqdim etilgan arizalarga 1 daqiqa ichida

avtomatik tarzda QQS guvohnoma rasmiylashtirilmoqda.

QQS guvohnomasi berilgandan so‘ng dastur avtomatlashtirilgan tahlil tizimida soliq xavfi

mezonlari bo‘yicha tekshiradi. Soliq xavfining yuqori mezonlari aniqlansa, 5 ish kuni

aniqlangan kamchilik sabablari va bartaraf etish

yo‘llari ko‘rsatilgan holda xabarnoma

yuboriladi. Ushbu jarayonlar inson omili cheklangan holda to‘liq avtomatlashtirilgan tizim

orqali amalga oshiriladi.

QQS to‘lashga ixtiyoriy ravishda o‘tmoqchi bo‘lgan korxonalar tomonidan ixtiyoriy tartib

tanlangan holda ariza taqdim etiladi, bunda korxona keyingi oyning birinchi sanasidan QQS

to‘lashga o‘tishi mumkin.

1. Ariza taqdim etilgan zahoti avtomatlashtirilgan tizim 13 ta yuqori xavf mezoni bo‘yicha

korxona faoliyatini tahlil qiladi hamda ulardan hech

bo‘lmaganda bittasi aniqlanganda ham

ariza rad etiladi, aniqlangan kamchilik hamda uni bartaraf etish yo‘llari ko‘rsatilgan xabarnoma

va arizani rad etish qarorini shaxsiy kabinetga yuboradi.

2. Tizim tomonidan kamchilik aniqlanmaganda, dastur tomonidan subyekt joylashgan

DSIning birinchi o‘rinbosari “EDO” dasturiga arizachining ro‘yxatdan o‘tgan manzilda

haqiqatda mavjudligini o‘rganish hamda belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylashtirish

b

o‘yicha 3 kun muddat bilan topshiriq yuboradi.

3. Bir vaqtning o‘zida DSB mas’ul xodimi 7 ish kunida korxonada tovarlar nomutanosiblik

holatlari mavjudligi, soliq hisobotlarining to‘g‘ri taqdim etilganligini o‘rganadi hamda

belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylashtiradi.

4. O‘rganishlar natijasida subyektda soliq xavfining yuqori darajasi aniqlanmaganda

maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida kamchilik aniqlanganda arizani rad etish to‘g‘risida

qaror va xabarnoma shakllantiriladi hamda shaxsiy kabinetga yuboriladi.

Ushbu jarayonlar inson omili cheklangan holda to‘liq avtomatlashtirilgan tizim orqali

amalga oshiriladi.

Xulosa va takliflar.

Mamlakatimizda yashirin iqtisodiyot darajasini pasaytirish, tadbirkorlik faoliyatini

yuritishda soliq va ma’muriy javobgarlik sohasini qisqartirish, soliq qonunchiligi talablariga

rioya qilish tartib-taomillarini avtomatlashtirish va uning tartibini soddalashtirish ishlari
jadallik bilan olib borilmoqda. Shu bilan birga, soliqqa tortish tizimini va tamoyillarini, soliq

to‘lovlarining amalga oshirilishini hisobga olish tizimini imkon qadar soddalashtirsak, xo‘jalik

yurituvchi subyektlarda to‘g‘ri ishlash mex

anizmi yuzaga kela boshlaydi va soliqlardan qochish

holatlari kamayadi.

Milliy iqtisodiyotimizni xalqaro darajada raqobatbardoshligini oshirish va mahalliy

mahsulotlar ulushida eksport hajmini oshirishda qo‘shilgan qiymat solig‘i ma’murchiligini

takomillashtirish muhim masalalardan biri bo‘lib xizmat qiladi. Mahsulotlar tannar

xini

pasayishi va iste’mol tovarlari o‘rtasida raqobatbardoshlikni oshirilishi maqsadida soliq
to‘lovchilarda adolatlilik tamoyili asosida ish ko‘rilishi, bir turdagi iste’mol tovariga imtiyoz

qo‘llanilgan taqdirda, uning tarkibini tashkil qiluvchi mahsulo

tlarda xam imtiyozlar

qo‘llanilishi bevosita jamiyatda berilgan imtiyozlarni amalga kiritilishi va iste’mol tovarlar

narxlarini sezilarli ta’sir qilishini inobatga olish maqsadga muvofiq.


background image


www.e-itt.uz

II SON. 2025

23

Adabiyotlar /Литература/Reference:

Farmon (2018) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining soliq

siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi PF

-5468-sonli Farmoni, 2018-yil 29-iyun.

Iris Klauis (2013), The value added tax a useful macroeconomic stabilization instrument.

Jingxian Zou, Guangjun Shen, Yaxian Gong. (2019) The effect of value-added tax on leverage:

Evidence from China’s

value- added tax reform. // China Economic Review. Volume 54, April.

Pages 135-146

Kodeks (2019) Soliq kodeksi. 2019-yil 30-

dekabrda O‘RQ

-599 bilan qabul qilingan. 336-bet.

Laffer A.B. (2004) The Laffer Curve: Past, Present, and Future. Backgrounder. The Heritage

Foundation, 1 June, No.1765. pp. 2-page

Mirziyoyev Sh. (2022) https://president.uz/oz/lists/view/5774 2022-yil 20-dekabr

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga

Murojaatnomasi.

Mohammad Alizadeh, Masoume Motallabi (2016). Studying the Effect of Value Added Tax

on the Size of Current Government and Construction Government. // Procedia Economics and

Finance. Volume 36,. Pages 336-344.

Mohammad Alizadeh, Masoume Motallabi. (2016) Studying the Effect of Value Added Tax

on the Size of Current Government and Construction Government. // Procedia Economics and

Finance. Volume 36,. Pages 336-344.

Sabine Freizer (2006) tomonidan “O‘zbekistonda soliq ma’muriyati islohoti va fiskal

nazorat”:https://documents1.worldbank.

org/curated/en/

542691624154434845/text/Uzbekistan-Tax-Administration-Reform-Project.txt

Tigran

Poghosyan

va

Evgeniya

Kolomak

(2013)

https://www.files.ethz.ch/isn/139068/643172_sa231.pdf.

uza.uz (2025) Ўзбекистон Миллий ахборот агентлиги

-

расмий хабарлар, тезкор

янгиликлар, таҳлилий

-

танқидий материаллар, қонун ҳужжатлари, фото ва

видеорепортажлар Расмий хабарларни биринчилардан бўлиб бизнинг иловамизда ўқинг.

[online] Uza.uz. Available at:

https://uza.uz/ru/posts/past-daromadli-davlatlarda-xufiyona-

iqtisodiyot-kolami-oshishi-bilan-korrupciya-darazhasi-ham-oshadi

Александрова Л.И. (2017) Основные особенности и проблемы выявления уклонений

от уплаты налогов. // Актуальные проблемы правового регулирования. С.2.

Кодекс (2020) Ўзбекистон Республикаси Солиқ кодекси

-

Тошкент: Ғафур Ғулом

нашриёт уйи.

-

640 б.

Қарор (2021) Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2021

-

йил 22

-

сентабрдаги “ Солиқ тўловчиларни ҳисобга олишни янада такомиллаштириш ва

қўшилган қиймат солиғининг ўрнини қоплаш тартибини соддалаштириш чора

-

тадбирлари тўғрисида” ги 595

-

сонли Қарори

.

Морис Лоре (1958) Налоги и налогообложение: Учебник для вузов. 4

-

е изд. —

И.Д

Питер “Во Франции он стал применяться с 1958 г”.

Павлова Е.В., Дорожко Д.А. (2014) Безработица как социально

-

экономическое

явление в современной экономике. Проблемы безработицы в Российской Федерации и меры

по её снижению // Вектор науки Тольяттинского государственного университета.

Серия: Экономика и управление.. № 3 (18). С. 29–31. №2.

Райзберг Б.А. (2008) Современный экономический словарь [Текст] / Б.А. Райзберг,

Л.Ш. Лозовский, Е.Б. Стародубцева. –

М.: ИНФРА

-

М,. –

512 с.

Романовский М.В. (2008) Налоги и налогообложение: налог на добавленную

стоимость/М.В. Романовский, О.В.Врубелевская. –

СПб.: Питер,. –

576 с.

Романовского М.В., Врублевской О.В. (2007) Налоги и налогообложение: учебник

[Текст] / под ред. М.В.Романовского, О.В. Врублевской. –

6-

e изд. –

СПб.: Питер, –

491 с.

Тошматов Ш.А. (2012) Қўшилган қиймат солиғи. Монография .

-

Т: “Молия”,. 15 б; 160

бет.

Библиографические ссылки

Farmon (2018) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi PF-5468-sonli Farmoni, 2018-yil 29-iyun.

Iris Klauis (2013), The value added tax a useful macroeconomic stabilization instrument.

Jingxian Zou, Guangjun Shen, Yaxian Gong. (2019) The effect of value-added tax on leverage: Evidence from China’s value- added tax reform. // China Economic Review. Volume 54, April. – Pages 135-146

Kodeks (2019) Soliq kodeksi. 2019-yil 30-dekabrda O‘RQ-599 bilan qabul qilingan. 336-bet.

Laffer A.B. (2004) The Laffer Curve: Past, Present, and Future. Backgrounder. The Heritage Foundation, 1 June, No.1765. pp. 2-page

Mirziyoyev Sh. (2022) https://president.uz/oz/lists/view/5774 2022-yil 20-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi.

Mohammad Alizadeh, Masoume Motallabi (2016). Studying the Effect of Value Added Tax on the Size of Current Government and Construction Government. // Procedia Economics and Finance. Volume 36,. Pages 336-344.

Mohammad Alizadeh, Masoume Motallabi. (2016) Studying the Effect of Value Added Tax on the Size of Current Government and Construction Government. // Procedia Economics and Finance. Volume 36,. Pages 336-344.

Sabine Freizer (2006) tomonidan “O‘zbekistonda soliq ma’muriyati islohoti va fiskal nazorat”:https://documents1.worldbank. org/curated/en/ 542691624154434845/text/Uzbekistan-Tax-Administration-Reform-Project.txt

Tigran Poghosyan va Evgeniya Kolomak (2013) https://www.files.ethz.ch/isn/139068/643172_sa231.pdf.

uza.uz (2025) Ўзбекистон Миллий ахборот агентлиги - расмий хабарлар, тезкор янгиликлар, таҳлилий-танқидий материаллар, қонун ҳужжатлари, фото ва видеорепортажлар Расмий хабарларни биринчилардан бўлиб бизнинг иловамизда ўқинг. [online] Uza.uz. Available at: https://uza.uz/ru/posts/past-daromadli-davlatlarda-xufiyona-iqtisodiyot-kolami-oshishi-bilan-korrupciya-darazhasi-ham-oshadi

Александрова Л.И. (2017) Основные особенности и проблемы выявления уклонений от уплаты налогов. // Актуальные проблемы правового регулирования. С.2.

Кодекс (2020) Ўзбекистон Республикаси Солиқ кодекси - Тошкент: Ғафур Ғулом нашриёт уйи.- 640 б.

Қарор (2021) Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2021-йил 22-сентабрдаги “ Солиқ тўловчиларни ҳисобга олишни янада такомиллаштириш ва қўшилган қиймат солиғининг ўрнини қоплаш тартибини соддалаштириш чора-тадбирлари тўғрисида” ги 595-сонли Қарори.

Морис Лоре (1958) Налоги и налогообложение: Учебник для вузов. 4-е изд. — И.Д Питер “Во Франции он стал применяться с 1958 г”.

Павлова Е.В., Дорожко Д.А. (2014) Безработица как социально-экономическое явление в современной экономике. Проблемы безработицы в Российской Федерации и меры по её снижению // Вектор науки Тольяттинского государственного университета. Серия: Экономика и управление.. № 3 (18). С. 29–31. №2.

Райзберг Б.А. (2008) Современный экономический словарь [Текст] / Б.А. Райзберг, Л.Ш. Лозовский, Е.Б. Стародубцева. – М.: ИНФРА-М,. – 512 с.

Романовский М.В. (2008) Налоги и налогообложение: налог на добавленную стоимость/М.В. Романовский, О.В.Врубелевская. – СПб.: Питер,. – 576 с.

Романовского М.В., Врублевской О.В. (2007) Налоги и налогообложение: учебник [Текст] / под ред. М.В.Романовского, О.В. Врублевской. – 6-e изд. – СПб.: Питер, – 491 с.

Тошматов Ш.А. (2012) Қўшилган қиймат солиғи. Монография .-Т: “Молия”,. 15 б; 160 бет.