www.sci-p.uz
II SON. 2025
260
O‘ZBEKISTONDA YIRIK SOLIQ TO‘LOVCHILARNING MOHIYATI,
GURUHLANISHI VA ANIQLASH MEZONLARI
Muzaffarov Dilshod Shuxratovich
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0009-0004-4637-7062
Annotatsiya.
Mazkur maqolada yirik soliq toʻlovchilarning soliq maʼmurchiligini amalga
oshirishning xorij tajribasi tahlil qilingan boʻlib, bu tahlillar natijasida Oʻzbekiston
Respublikasi
soliq qonunchiligini takomillashtirish masalalari, yirik soliq toʻlovchilarning soliq maʼmurchiligini
yanada takomillashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit soʻzlar:
soliq, byudjet siyosati, byudjet
, soliq maʼmurchiligi, yirik soliq toʻlovchilar,
xorij tajribasi, soliq salohiyati, soliq yuki, soliq stavkasi, soliq imtiyozlari.
ХАРАКТЕР, ГРУППИРОВКА И КРИТЕРИИ ВЫДЕЛЕНИЯ КРУПНЫХ
НАЛОГОПЛАТЕЛЬЩИКОВ В УЗБЕКИСТАНЕ
Музаффаров Дилшод Шухратович
Ташкентский государственный экономический университет
Аннотация
.
В данной статье проанализирован зарубежный опыт внедрения
налогового администрирования для крупных налогоплательщиков, в результате
которого разработаны предложения и рекомендации по вопросам совершенствования
налогового законодательства Республики Узбекистан, а также по дальнейшему
совершенствованию налогового администрирования для крупных налогоплательщиков.
Ключевые
слова:
налог,
бюджетная
политика, бюджет,
налоговое
администрирование, крупные налогоплательщики, зарубежный опыт, налоговый
потенциал, налоговая нагрузка, налоговая ставка, налоговые льготы.
THE ESSENCE, GROUPING AND CRITERIA FOR DETERMINING LARGE
TAXPAYERS IN UZBEKISTAN
Muzaffarov Dilshod Shukhratovich
Tashkent State University of Economics
Abstract.
This article analyzes foreign experience in implementing tax administration for
large taxpayers, and as a result of this analysis, issues of improving the tax legislation of the
Republic of Uzbekistan, proposals and recommendations for further improving tax administration
for large taxpayers were developed.
Keywords:
tax, budget policy, budget, tax administration, large taxpayers, foreign
experience, tax potential, tax burden, tax rate, tax benefits.
UOʻK:
336.221.4
260-267
www.sci-p.uz
II SON. 2025
261
Kirish.
Jahondagi rivojlanayotgan va o‘tish davrini kechirayotgan mamlakatlar tajribasi yirik
soliq to‘lovchilarning qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilish ma’lum xavflarni bartaraf
etib, soliq qonunchiligini oshirish va soliq ma’murchiligining yanada samarali bo‘lishini
ta’minlashini ko‘rsatmoqda. “Pandemiya munosabati bilan ko‘plab mamlakatlar soliq yig‘ish
eroziyasini boshdan kechirmoqda, bu iqtisodiy faoliyatning pasayishi va soliqqa rioya
qilishning mumkin bo‘lgan yomonlashuvini aks ettiradi. Aksariyat soliq ma’muriyatlari soliq
to‘lovchilar bilan deyarli yuzma
-
yuz aloqa o‘rnatmay, masofadan ishlashga o‘tishga majbur
bo‘ldi”. Bugungi kunda yirik soliq to‘lovchi majburiyatlarini baholash, soliq
ma’muriyatchiligining
asosiy
funksiyalariga
yangi
axb
orotlashtirilgan
tizimlarni
takomillashtirishni taqozo etmoqda.
Bunday yondashuvlarning asosiy o‘zagiga qaraydigan bo‘lsak, bir tomondan soliq
to‘lovchilarning faoliyatini davlatning moliyaviy instrumentlaridan samarali foydalanish
asnosida davlatning moli
ya siyosatini soddalashtirishga qaratilgan bo‘lsa, boshqa tomondan
har qaysi davlatning bosh fiskal masalasi bo‘lgan davlat budjeti daromadlarini qulay va
maksimal darajada shakllantirishga qaratilgan siyosatning samaradorligiga erishishdan iborat
bo‘ladi.
Bu esa, yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiruvchi korxonalarni aniqlash, ularning
faoliyatini soliqlar vositada optimal boshqarish masalalarini rivojlantirish borishni taqozo
etadi.
Adabiyotlar sharhi.
Yirik soliq to‘lovchilar soliq ma’murchiligini ta
komillashtirish yuzasidan bir qancha
olimlar tomonidan ilmiy tadqiqotlar olib borilgan bo‘lib, ushbu mavzu keng miqyosdagi dolzarb
tadqiqot yo‘nalishi sifatida o‘rganilib kelinmoqda.
Jumladan, Karataev (2011)
o‘z tadqiqotlarida asosiy masala sifatida yirik soliq
to‘lovchilarning soliq ma’muriyatchiligi tushunchalari va funksiyalarining mazmuni, yirik soliq
to‘lovchilarning soliq salohiyatini baholash orqali davlat budjetiga ta’siri, uning mantiqiy
modeli, soliq
organlarining yirik soliq to‘lovchilar bilan samarali soliq munosabatlarini
shakllantirishni ta’minlaydigan eng samarali soliq ma’muriyatchiligi vositalarini tanlash
masalalari, yirik soliq to‘lovchining soliq salohiyatini strategik tahlil qilish uslubiyo
ti
masalalariga keng e’tibor qaratadi.
Fedorovning (2010)
fikriga ko‘ra, yirik soliq to‘lovchilar uchun mavjud soliq imtiyozlarini
tizimlashtirish lozim bo‘ladi, yirik soliq to‘lovchilarga berilgan mavjud soliq imtiyozlarining
investitsiya jarayonlariga t
a’siri ahamiyatsiz soliq orqali rag‘batlantirishni kuchaytirishning
uslubiy asoslari ishlab chiqqan.
Kamalnev (2009)
yirik soliq to‘lovchilarning faoliyatini soliqqa tortish amaliyotini
bevosita gaz tarmog‘i korxonalari misolida tahlil qilgan bo‘lib, yirik
soliq to‘lovchilarining soliq
ma’muriyatchiligi natijalariga baho bergan, mintaqalararo soliq xizmati organlarining nazorat
faoliyati ham miqdoriy ham sifat ko‘rsatkichlari asosida tahlil qilgan”.
Yunak (2009)
tadqiqotlarida yirik soliq to‘lovchi tushunch
asini belgilovchi normalar,
yuridik shaxslarni belgilangan soliq to‘lovchilar toifasiga tasniflash mezonlari, soliq nazorati va
hisobining o‘ziga xos xususiyatlari, qonunlar bilan belgilanishi lozimligi asoslagan.
Brusnisin (2012) yirik soliq
to‘lovchilar faoliyatiga oid soliq ma’murchiligida qo‘shilgan
qiymat solig‘ining yukini boshqalarga o‘tkazilishida soliq nazoratini o‘rnatish muammolari
bilan bog‘liq ilmiy
-amaliy tavsiyalar beradi.
Sitnikova (2012) Rossiya Federatsiyasi misolida konsolida
tsiyalashgan soliq to‘lovchini
soliqqa tortish bo‘yicha amaliyotidagi kamchiliklarni aniqlangan holda bu turdagi soliq
to‘lovchilarni soliqqa tortish va soliq ma’muriyatchiligini tashkil etish mexanizmlarini yanada
takomillashtirish yo‘nalishlarini ko‘rsat
ib bergan.
Biroq, Vakulenko (2014), Germanova (2015), Darkina (2019) kabi olimlar yirik soliq
to‘lovchilar tushunchasiga ilmiy ta’rif berish bilan birgalikda ularning xususiyatlarini ochib
www.sci-p.uz
II SON. 2025
262
berishga harakat qilgan. Jumladan, Vakulenkoning (2014)
ta’rificha, “yirik soliq to‘lovchilar –
bu ma’lum mezonlarga ko‘ra eng yirik toifaga kiradigan yirik soliq to‘lovchi tashkilotlardir.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ushbu maqolada qiyosiy tahlil hamda induksiya va deduksiya baholash usullaridan
foydalanildi. Q
iyosiy usuldan foydalanilib, soliq imtiyozlariga doir ma’lumotlar va ularni
tahlillar amalga oshirilib ilmiy xulosalar berildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Ortodoksal nazariyalarga ko‘ra tadbirkorlik sub’ektlarning mazmun mohiyati, ularning
xususiyatlari hamda bozordagi o‘rnini aniqlash maqsadida ularning ma’lum bir mezonlarga
ko‘ra guruhlanish amalga oshiriladi. Bunday guruhlanishlar tarkibiga kichik korxona
lar,
mikrofirmalar, yakka tadbirkorlik sub’ektlari, o‘rta korxonalar, yirik korxonalar, transmilliy
kompaniyalar, tabiiy monopoliya korxonalari va shu kabilar. Korxonalarni bunday guruhlarga
ajratilishi yoki nomlanishi ularning ko‘lami asos qilib olinadi. Ko‘lamiylik mezoni esa turli
davlatlarda turlicha va ularni davlat tomonidan boshqarilishi ham har xil yondashuvlar mavjud
bo‘ladi. Jahon amaliyotida iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yoki daromad manbaiga ega
bo‘lganlarga jamiyat manfaatlari uchun
soliq majburiyatlari yuklatiladi. Bu kabilar zimmasiga
soliq majburiyatlarining yuklatilishi esa ularga oid soliq siyosatining o‘ziga xos yo‘nalishlari
ham yuzaga keladi. Soliqlarni undirish jarayoni ko‘plab munosabatlarni keltirib chiqaradi.
Soliqlar iqtisodiy munosabatlardan tashqari sotsial, psixologik, huquqiy, tashqi iqtisodiy va
hatto siyosiy munosabatlarni qamrab oladi. Soliqlar bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar,
avvalo, soliq to‘lovchilar va
budjet
tizimiga kiruvchi budjetlar o‘rtasida soliqlar v
a boshqa
majburiy to‘lovlarni undirish bilan bog‘liq o‘zaro munosabatlarni qamrab oladi. Bu jarayonda
esa ikki tomon yuzaga keladi. Biri budjet
manfaatlarini ko‘zlagan holda uni undirish bilan
bevosita shug‘ullanuvchi hamda ushbu jarayonda xizmat qiluvchi
davlatning vakolatli
organlari, boshqasi esa soliq to‘lovchilar sifatida ishtirok etadi. Soliq sub’ektlarida asosiy tomon
soliq to‘lovchilar hisoblanadi. Chunki soliq to‘lovchilar soliqlarni joriy etish ob’ekti bo‘lib, soliq
to‘lovchilar mavjud bo‘lgan taqdirdagina soliq ob’ekti paydo bo‘ladi va soliq elementlarini
qo‘llash imkoniyati tug‘iladi.
Keltirilgan1-
rasmdan ko‘rish mumkinki, soliq to‘lovchilar soliq munosabatlarini keltirib
chiqaruvchi muhim zvenosi hisoblanadi. Soliq to‘lovchi tushunchasi esa, sol
iq majburiyati bilan
uzviy bog‘lanadi.
Soliq to‘lovchilarni guruhlashda yuridik va jismoniy shaxslarga ajratilishi bilan bir
qatorda soliq to‘lovchilarning tashkiliy
-
huquqiy shakliga ham bog‘liq bo‘ladi.
Soliq
to‘lovchilar
huquqiy maqomi jihatidan yuridik shaxslar, jismoniy shaxslar, notijorat tashkilotlari, doimiy
muassasa, yakka tartibdagi tadbirkorlar, rezident va norezidentlarga ajratiladi. Soliqqa tortish
maqsadida yuridik shaxslar Soliq kodeksining 32-moddasi va fuqarolik Kodeksining 39-
moddasiga
ko‘ra
o‘z
mulkida,
xo‘jalik
yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-
mulkka ega
bo‘lgan
hamda
o‘z
majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan,
o‘z
nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega
bo‘la
oladigan va ularni amalga
oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda
da’vogar
va javobgar
bo‘la
oladigan
tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi.
Shuningdek, yuridik shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega
bo‘lishlari
kerak. Shu bilan
birgalikda yuridik shaxslar jumlasiga chet davlatning qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan
chet el tashkiloti va
O‘zbekiston
Respublikasining, chet davlatning qonun hujjatlariga yoki
xalqaro shartnomaga muvofiq tashkil etilgan xalqaro tashkilotlari ham kiritiladi. Notijorat
tashkilotlari deganda foyda olishni faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan va olingan
daromadlarni
o‘z
qatnashchilari
(a’zolari)
o‘rtasi
da taqsimlamaydigan yuridik shaxslar
tushunilib, ularga budjet tashkilotlari, shu jumladan, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari,
nodavlat notijorat tashkilotlari,
O‘zbekiston
Respublikasida davlat
ro‘yxatidan
o‘tgan
xalqaro
www.sci-p.uz
II SON. 2025
263
nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek, fuqarolarning
o‘zini
o‘zi
boshqarish organlari va
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tashkilotlar kiradi.
1-
rasm. Soliq to‘lovchilarning guruhlanishi
Manba:
rasm muallif tomonidan tuzilgan.
Soliq qonunchiligiga ko‘ra yuridik shaxslar sifatida: O‘zbekiston Respublikasining qonun
hujjatlariga muvofiq tashkil
etilgan yuridik shaxslar (O‘zbekiston Respublikasining yuridik
shaxslari); chet davlatlarning qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan, fuqarolik huquqiy
layoqatiga ega bo‘lgan chet el yuridik shaxslari (shu jumladan, kompaniyalar va boshqa
korporativ tuzilmalar); xalqaro tashkilotlar tan olinadi. Yuridik shaxsning hududiy jihatdan
alohida bo‘lgan, turgan yeri bo‘yicha doimiy ish joylari jihozlangan har qanday bo‘linmasi
O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxsining alohida bo‘linmasidir. Yuridik shaxsning
alohida
bo‘linmasini e’tirof etish, unga qanday vakolatlar berilganligidan va uning tashkil etilishi
bo‘yicha yuridik shaxsning ta’sis hujjatlarida yoki boshqa tashkiliy
-boshqaruv hujjatlarida aks
ettirilganligi yoki aks ettirilmaganligidan qat’iy nazar am
alga oshiriladi. Agar ish joyi bir oydan
ortiq muddatga yaratilgan bo‘lsa, u doimiy hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxsi
alohida bo‘linmasining joylashgan yeri ushbu yuridik shaxs mazkur alohida bo‘linma orqali
faoliyat olib boradigan joydir.
Norezidentning
O‘zbekiston
Respublikasidagi doimiy muassasasi deganda norezident
O‘zbekiston
Respublikasi hududida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan, shu jumladan,
faoliyatni vakolatli shaxs orqali amalga oshirayotgan har qanday joy
e’tirof
etiladi.
Norezidentning
O‘zbekiston
Respublikasidagi doimiy muassasasi
O‘zbekiston
Respublikasi
hududida har qanday ketma-ketlikdagi
o‘n
ikki oylik davr ichida bir yuz sakson uch kalendar
kunidan ortiq davom etadigan tadbirkorlik faoliyatining amalga oshirilishi ham
e’tirof
etiladi.
“Doimiy
muassasa”
tushunchasi faqat soliq sohasidagi maqomni aniqlash uchun
qo‘llanilib,
u
Soliq munosabatlari sub’ektlari
Qonunchilikka (Soliq kodeksiga) ko‘ra
muvofiq zimmasiga belgilangan soliqlar hamda
yig‘imlarni to‘lash majburiyati yuklatilgan
sub’ektlar
Soliq
to‘lovchilar
Soliq agentlari
Vakolatli
organlar
Soliqqa tortish maqsadidagi yuridik
shaxslar
Soliqqa tortish maqsadidagi jismoniy
shaxslar
O‘zbekiston
Respublikasining
fuqarolari
Chet el fuqarolar
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar
Rezidentlar
Norezidentlar
Yakka tartibdagi tadbirkorlar
Soliq majburiyati yuklatilgan
yuridik shaxslar
Doimiy muassasa maqomidagi
korxona va tashkilotlar
Chet el yuridik shaxsi
www.sci-p.uz
II SON. 2025
264
huquqiy jihatdan tashkiliy-huquqiy ahamiyatga ega hisoblanmaydi.
Ya’ni
u soliq solish
ob’ektlarini
ham
o‘zida
aks ettiradi.
Soliq
solish maqsadlarida chet el yuridik shaxsi O‘zbekiston Respublikasidagi tadbirkorlik
faoliyatini to‘liq yoki qisman qaysi doimiy faoliyat joyida amalga oshirayotgan bo‘lsa, o‘sha joy
chet el yuridik shaxsining O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi deb e’tirof etiladi.
Soliq
to‘lovchilarning
keyingi guruhi jismoniy shaxslar sifatida yuzaga chiqadi. Jismoniy
shaxslar deganda esa
O‘zbekiston
Respublikasining fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari,
shuningdek, fuqaroligi
bo‘lmagan
shaxslar tushuniladi. Ushbu guruhga kiruvchi soliq
to‘lovchilar
toifasiga yakka tartibdagi tadbirkorlar ham kirib, ularga tadbirkorlik faoliyatini
yuridik shaxs tashkil etmagan holda, mustaqil ravishda, xodimlarni yollash huquqisiz,
o‘ziga
mulk huquqi asosida tegishli bo
‘lgan
mol-mulk negizida, shuningdek, mol-mulkka egalik qilish
va (yoki) undan foydalanishga
yo‘l
qo‘yadigan
o‘zga
ashyoviy huquq asosida amalga oshiruvchi
jismoniy shaxslar kiradi.
Shu bilan birgalikda soliq
to‘lovchilar
guruhlaganda ularning yuzaga kelishi, soliq
to‘lashni
amalga oshirishi hamda soliq
to‘lovchilar
bo‘yicha
soliq potensialni aniqlash
maqsadida real va potensial soliq
to‘lovchilarga,
soliq
to‘lovchilarning
soliqlar
to‘lash
holati
yuzasidan
ro‘yxatdan
o‘tgan
soliq
to‘lovchilar,
faoliyat
ko‘rs
atayotgan soliq
to‘lovchilar,
faoliyatini
to‘xtatgan
soliq
to‘lovchilar
hamda soliq majburiyatlari tugagan(boshlangan) soliq
to‘lovchilarga
ajratiladi. Real soliq
to‘lovchilar
bu amalda faoliyat
ko‘rsatib
turgan va soliq
to‘lash
majburiyatini amalda bajarayotgan soliq
to‘lovchilar
tushunilsa, potensial soliq
to‘lovchilar
esa yaqin kelajakda soliq
to‘lovchilar
sifatida yuzaga kelishi kutilayotgan (soliq
imtiyozi davri tugaydigan soliq
to‘lovchilar,
layoqatli yoshga
to‘lib
mehnat bozoriga kiradigan
jismoniy shaxslar, yangidan tashkil etiladigan soliq
to‘lovchilar
va sh.) soliq
to‘lovchilar
nazarda
tutiladi. Soliq
to‘lovchilarni
bunday tartibda guruhlash esa soliq tizimida soliq tizimining
samaradorligini tahlil qilishda katta ahamiyatga egadir.
Soliq to‘lovchilarni ma’lum bir mezonlarga ajratish soliq to‘lovchilarga nisbatan soliq
ma’murchiligini tashkil etish yo‘nalishlarini aniqlashga xizmat qiladi. Masalan olaylik 1997
-
yildan boshlab kichik biznes sub’ektlarini milliy iqtisodiyotdagi rolini oshirish maqsadid
a
respublikamizda ularni soliqqa tortishning alohida tartibi, ya’ni soddalashtirilgan soliqqa
tortish tizimi qo‘llanib kelindi. Unga ko‘ra bu kabi korxonalarga soliq imtiyozlari va
preferensiyalar qo‘llash maqsadida bir necha soliqlar o‘rniga bitta yagona soliq to‘lash
imkoniyati va soddalashtirilgan tartibni yoki umumbelgilangan tartibni qo‘llashning
ixtiyoriyligi berilgan edi. Soliq to‘lovchilarni bunday guruhlash bir tomondan soliq
to‘lovchilarni soliqqa tortishda alohida yondashuv orqali ularni rag‘batlantirish bo‘lsa, boshqa
tomondan ularga nisbatan alohida soliq ma’murchiligini qo‘llash asosida soliqqa tortish tizimi
tartibga solib boriladi.
Soliq to‘lovchilarni soliq to‘lash maqomiga ko‘ra, konsolidatsiyalashgan guruhga kiruvchi
soliq to‘lovchilar, kontragen guruhlar va yirik soliq to‘lovchilar qatoriga kiritish mumkin.
Bundan tashqari donor soliq to‘lovchilar guruhi va yirik soliq to‘lovchilarni farqlash kerak
bo‘ladi. Donor soliq to‘lovchilar o‘z imkoniyatlariga ko‘ra, ularga yuklatilgan soliq
majbu
riyatlarini bajarish doirasida katta miqdordagi soliq to‘lovlarini to‘lash orqali tegishli
budjetga soliq to‘lovlari bo‘yicha boshqa soliq to‘lovchilarga nisbatan keskin ajralib turishi
orqali ular “donor” maqomini oladi. Bunday soliq to‘lovchilar ko‘pincha, yirik soliq to‘lovchilar
toifasiga ham kiradi. Masalan, bunday soliq to‘lovchilar qatoriga “Navoiy kon
-metallurgiya
kombinati” AJ, “Olmaliq kon
-
metallurgiya kombinati” AJ, “O‘ztransgaz” AJ, “O‘zbekneftgaz” AJ,
“O‘ZBAT” AJ QK, “Lukoil” "O‘zavto Motors" AJ, “O‘zbektelekom” AJ, “Hududgazta’minot” AJ
kabilarni kiritish mumkin.
O‘zbekiston milliy iqtisodiyotida yirik soliq to‘lovchi maqomiga ega bo‘lgan korxonalar
mavjud bo‘lgan. Ammo, 2017
-
yilgacha bo‘lgan soliq ma’murchiligida ularni alohida maqom
sifatida ajratgan holda ularga nisbatan mansub soliq ma’murchiligi shakllantirilm
agan. Shu
o‘rinda ta’kidlash kerakki, yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiruvchi korxonalarni soliqqa tortish
www.sci-p.uz
II SON. 2025
265
haqida gap ketganda ular bilan bog‘liq soliq menejmenti va soliq ma’murchiligini ham
e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak.
Soliq tizimi normal holatda amal qilishi uchun bu jarayonni tashkil qilish, uni
boshqarishning mexanizmlarini yaratish, soliqlarni budjetga jalb qilish va ularni undirish bilan
bog‘liq tavakkalchiliklarni bartaraf etish, davlatning joriy etilgan soliqlarni undirish borasidagi
f
aoliyatining
funksional
xususiyatlarini
aniqlash,
soliq
to‘lovchilarga
nisbatan
munosabatlarning umumiy va aniq yondashuvlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, soliq
siyosatini ishlab chiqish va uni amalga oshirishda ishtirok etuvchi vakolatli organlarning
faoliyatini muvofiqlashtirish va bu jarayonda boshqaruv tamoyillarini ishlab chiqish, soliq
to‘lovchilarning madaniyati, ularning soliq siyosatiga nisbatan munosabatlarini baholash,
davlat budjetiga soliqli daromadlarning kelib tushish jarayonlarini ilmiy asosda amalga
oshirish (soliqlarni rejalashtirish va prognozlashtirish), soliq tizimining turli bosqichlari va
elementlarida yuzaga keladigan turli darajadagi tavakkalchiliklarni baholash va ularning salbiy
ta’sirini kamaytirish va shu kabi muhim jarayonlar borki, bularni e’tiborga olmasdan soliq
tizimining samarali ishlashini tashkil etish amri maholdir. Bu jarayonlar esa soliq tizimining
muhim tarkibiy qismi bo‘lgan soliq menejmentiga bo‘lgan ehtiyojni va uning amal qilishini
taqozo etadi.
Soliq sohasidagi boshqaruv jarayonlarining zamonaviy shakli sifatida soliq menejmenti
ham o‘z ob’ekti, sub’ekti, bosqichlari va xususiyatlariga egadir. Soliq menejmenti deganda
davlatning soliq tizimiga kiruvchi elementlarning holati, harakati, ularning o‘zaro aloqas
i,
shuningdek, soliqqa tortish maqsadida to‘lovchilar faoliyatiga davlat tomonidan aralashuvi
(tartiblash, rag‘batlantirish, nazorat qilish)ga oid munosabatlarni umumiy maqsadga
yo‘naltirilgan holda boshqarishga oid ilmiy asoslangan faoliyat va jarayon tus
huniladi. Soliq
menejmenti, avvalo, soliq tizimiga kiruvchi elementlarning o‘zini boshqarish hamda ushbu
elementlar bilan bog‘liq soliq to‘lovchilar faoliyatini boshqarish makonlarini qamrab oladi. Shu
jihatdan soliq menejmentining ikki tomonini ko‘rish mu
mkin. Davlatning soliq menejmenti
davlatning soliqlarni joriy etish va undirish bilan bog‘liq o‘zining bu boradagi faoliyatini
(vakolatli organlar faoliyatini) boshqarish hamda davlatga soliq to‘lash majburiyati yuklatilgan
yuridik va jismoniy shaxslarning
soliq to‘lash bilan bog‘liq faoliyatini boshqarish
(muvofiqlashtirish) soliq menejmentining qo‘llanish chegarasini aniqlab beradi. Soliq
menejmenti shu boisdan ham ko‘lami jihatidan makro va mikro darajadagi soliq menejmentiga
bo‘linadi. Makrodarajagi sol
iq menejmenti davlatning vakolatli organlarining faoliyatining bir
qismi hisoblanadi. Davlat o‘zining markazlashtirilgan pul fondlariga soliqlar va boshqa
majburiy to‘lovlarni undirar ekan, bu bilan bog‘liq keng qamrovli faoliyatni tashkil etish, uni
optimal boshqarish va muvofiqlashtirib turishi talab etiladi.
O‘zining soliq siyosati orqali soliqlarni joriy etishi, ularning undirish mexanizmlari va
ularni takomillashtirish bilan bog‘liq faoliyatini yo‘lga qo‘yishidan tashqari, soliqlar bilan
bog‘liq boshqa
yana bir qator munosabatlar tizimi ham yuzaga chiqadiki, ularning yagona
maqsad yo‘lida boshqarish va muvofiqlashtirishni talab qiladi. Soliq menejmenti esa soliq
siyosatidan ham kengroq tarzdagi munosabatlarni qamrab oladi. Davlat makroiqtisodiy soliq
menejmenti doirasida bevosita soliq tizimining faoliyatini boshqarish bilan birgalikda soliq
xizmati organlarining boshqa vakolatli organlar bilan soliq to‘lovchilar va soliq ob’ektlarini
ro‘yxatga olish, soliq tushumlarni hisobga olish, soliqlarning budjetg
a jamlanishi va
soliqlarning budjetlar o‘rtasida taqsimlanishi, soliqqa oid majburiyatlarning yuzaga kelishi,
soliqqa oid qonunbuzilishlar bo‘yicha javobgarlik choralarini belgilash va javobgarlikka tortish,
soliq tizimi hamda soliq to‘lovchilar faoliyatini tadqiq etish, soliq to‘lovchilarning psixologik
holati va soliq tizimiga oid mulohazalarini aniqlashga oid jarayonlar va bularni amalga
oshiruvchi soliq xizmati organlaridan tashqari boshqa organlarning bu bilan bog‘liq
munosabatlarni tartiblaydi, boshqaradi va muvofiqlashtiradi.
Soliq ma’murchiligi jarayoni o‘ziga xos tarkibga va tuzilishga ega bo‘lib, u turli
-tuman
faoliyatlarni (huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy) qamrab oladi. Soliq tizimining qanchalik
www.sci-p.uz
II SON. 2025
266
samarali ishlashi ko‘pincha soliq ma’murchil
igining samarali tashkil etilishi va amalga
oshirilishiga bog‘liq bo‘ladi. Soliq menejmentining eng muhim elementini soliq ma’murchiligi
tashkil etadi. Qayd etish joizki, soliq ma’murchiligi tushunchasi bu zamonaviy tushuncha
sifatida soliq jarayonini tashkil etish va boshqarish munosabatlari tushunchasining sinonimi
sifatida kirib keldi.
Soliq ma’murchiligida ham juda ko‘p yondashuvlar mavjud. Soliq ma’murchiligi aslida
soliqlarni undirish vakolati yuklatilgan davlat organlarining faoliyatini qamrab olib, bu faoliyat
o‘zlarining huquq va burchlari, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni budjetga jalb qilishi bilan
bog‘liq tashkiliy
-
uslubiy jarayonlarni, soliq undirishga xizmat qiluvchi va soliq to‘lovchilar bilan
soliqlarni undirish borasidagi keng qamrovl
i o‘zaro manfaatga asoslangan faoliyatlarning
tizimli ravishda boshqarilishi va muvofiqlashtirish munosabatlarini qamrab oladi.
Qayd etish joizki, O‘zbekiston soliq tizimida yirik soliq to‘lovchilarga oid soliq
ma’murchiligi O‘zbekiston Respublikasi Prezid
entining 2017-yil 18-iyuldagi "Soliq
ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning
yig‘iluvchanligini oshirish chora
-
tadbirlari to‘g‘risida"gi PF
-5116-sonli Farmonida alohida
belgilab berildi. Ushbu farmonda Yangi
O‘zbekiston soliq tizimining muhim muammolari bilan
birgalikda milliy soliq tizimida soliq ma’murchiligini tubdan takomillashtirishning muhim
yo‘nalishlari ko‘rsatib o‘tildi. Unga ko‘ra, “soliq ma’muriyatchiligi va nazoratini tashkil etish
tartibi hamda
metodologiyasini tubdan takomillashtirish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va
jismoniy shaxslarning soliq
yukini yanada kamaytirish, bir xil soliq solish ob’ektlariga ega
bo‘lgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni birlashtirish, soliq
solishning soddalashtirilgan
tartibini qo‘llash uchun qo‘shimcha mezon (oborotning chegaraviy miqdori) joriy etishni va
ushbu miqdor oshgan korxonaga, kichik tadbirkorlik sub’ekti maqomini saqlab qolgan holda,
qo‘shimcha soliq majburiyatlarini belgilash, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni "yirik soliq
to‘lovchilar" toifasiga kiritish mezonlarini belgilash”
(www.lex.uz, 2017) kabi ustuvor vazifalar
belgilab berildi hamda yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiruvchi soliq to‘lovchilarga nisbatan
alohida soliq ma’murchiligi shak
llantirila boshlandi, shu bilan bir qatorda uning huquqiy
asoslari shakllantirila boshlandi.
O‘zbekiston soliq tizimida soliq majburiyati yuklatilgan soliq to‘lovchilarga yirik soliq
to‘lovchi sifatida alohida ajratilib, ularga o‘ziga xos soliqqa tortish m
exanizmi va soliq
ma’murchiligida ularning mahsulot sotishdan tushgan tushumning hajmi, aniq soliq
to‘lovchilar, milliy iqtisodiyot uchun muhim bo‘lgan va rentabelli faoliyat bilan shug‘ullanishi
kabi mezonlar asosiy mezon sifatida belgilab olingan.
Yirik
soliq to‘lovchilarni soliqlarning adolatlilik tamoyili asosida soliqqa tortish masalasi,
bir tomondan jahon mamlakatlarining soliq siyosatida ustuvor masalalar sifatida qaralishga oid
yondashuvlar kuchayib borayotgan bo‘lsa, o‘z navbatida bu turdagi soliq to‘lovchilarni soliqqa
tortish va ularga nisbatan soliq ma’murchiligini amalga oshirish bilan bog‘liq ilmiy tadqiqot
ishlari ham keng olib borilmoqda.
Xulosa va takliflar.
Tekshiruv harakatlarini yuqori xavfli hududlarga va potentsial nomuvofiqliklarga
yo'naltirish uchun xavfga asoslangan yondashuvni amalga oshiring. Bu soliq to'lashdan bo'yin
tovlash yoki rioya qilmaslik ehtimoli yuqori bo'lgan hududlarni aniqlash uchun ma'lumotlar
tahlili, ilg'or texnologiyalar va keng qamrovli xavflarni baholash modellaridan foydalanishni o'z
ichiga oladi. Bunday yondashuv soliq organlariga tekshirish resurslarini samarali va samarali
taqsimlash imkonini beradi.
Soliq organlari va boshqa tegishli davlat organlari, masalan, moliya institutlari, bojxona
organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar reyestrlari o‘rtasida uzluksiz ma’lumotlar
almashinuvi va hamkorligiga ko‘maklashish. Ushbu ma'lumot almashinuvi soliq
to'lovchilarning moliyaviy faoliyati, operatsiyalari va aktivlarini yaxlit ko'rish imkonini beradi,
xavflarni baholash va maqsadli tekshiruvlar uchun qimmatli tushunchalarni beradi.
www.sci-p.uz
II SON. 2025
267
Yirik transmilliy korporatsiyalar tomonidan soliq toʻlashdan boʻyin tovlash va agressiv
soliq rejalashtirishga qarshi kurashish uchun xalqaro soliq organlari bilan hamkorlik va
axborot almashishni kuchaytirish.Soliq bilan bog'liq ma'lumotlar, shu jumladan transfer
narxlari bo'yicha hujjatlar almashinuvi soliqdan qochishning mumkin bo'lgan sxemalarini
aniqlashga va chegaralar bo'ylab adolatli soliqqa tortishni ta'minlashga yordam beradi.
Katta hajmdagi soliq toʻlovchilar maʼlumotlarini tahlil qilish, qoidabuzarlik holatlarini
aniqlash va potentsial soliq risklarini aniqlash uchun ilgʻor tahliliy vositalar va texnologik
yechimlardan foydalaning. Ma'lumotlarni qidirish, mashinani o'rganish va sun'iy intellekt soliq
tekshiruvlarining samaradorligi va samaradorligini oshirishi mumkin, bu esa soliq organlariga
talablarga javob bermaydigan xatti-harakatlarni aniqlash va zudlik bilan tegishli choralarni
ko'rish imkonini beradi.
Yirik soliq toʻlovchilar uchun ularning huquq va majburiyatlari, soliq tekshiruvi
jarayonlari va soliq organlaridan kutilayotgan talablar boʻyicha aniq va shaffof yoʻriqnomalarni
taqdim etish. Soliq qonunlari, me'yoriy-huquqiy hujjatlar va tekshirish tartib-qoidalarining
aniq bayon etilishi soliq organlari va soliq to'lovchilar o'rtasida hamkorlik muhitini ta'minlaydi,
nizolarni kamaytiradi va ixtiyoriy rioya qilishga yordam beradi.
Adabiyotlar
/Литература/Reference:
Soliq kodeksi (2020) O‘zbekiston Respub
likasi Soliq kodeksi-
Toshkent: G‘afur G‘ulom
nashriyot uyi 2020.- 640 b.
www.lex.uz (2017) Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 18 июлдаги
"Солиқ маъмуриятчилигини тубдан такомиллаштириш, солиқлар ва бошқа мажбурий
тўловларнинг йиғилувчанлигини ошириш чора
-
тадбирлари тўғрисида"ги ПФ
-5116-
сонли
Фармони
.
Брусницын Сергей Валентинович
(2012)
. Совершенствование механизма налогового
контроля по НДС: становление н тенденции развития в системе налогового
администрирования крупнейших налогоплательщиков. Автореферат диссертatsiи на
соискание ученой степени кандидат экономических наук. Москва. с.7
-11.
Вакуленко К.Э.
(2014)
Крупнейшие налогоплательщики как вид усиленного контроля
налоговых органов. Журнал. Бухгалтерский учет, статистика. № 9
(37).
Германова М.А.
(2015)
Эволюция правового регулирования отношений с участием
крупнейших налогоплательщиков. Бизнес в законе 4.
Дарькина Ю.А.
(2019)
Особенности налогового администрирования крупнейших
налогоплательщиков. Interactive science. 3 (37).
Камалнев Тимур Шамильевич
(2009)
. Налоговое администрирование крупнейших
налогоплательщиков. Автореферат диссертatsiи на соискание ученой степени кандидат
экономических наук. Москва.
Каратаев Алексей Сергеевич
(2011)
. Концепция налогового салоҳията крупнейших
налогоплательщиков и методология его оценки. Автореферат диссертatsiи на соискание
ученой степени доктор экономических наук. Йошкар
-
Ола.
Ситникова Ольга Владимировна
(2012)
. Совершенствование налогообложения
крупнеиших консолидированных налогоплательщиков. Автореферат диссертatsiи на
соискание ученой степени кандидат экономических наук. Москва.
Федоров Андрей Николаевич
(2010)
. Налоговое администрирование и
стимулирование инвестиционной активности крупнейших налогоплательщиков.
Автореферат диссертatsiи на соискание ученой степени кандидат экономических наук.
Нижний Новгород.
Юнак, А.А.
(2009)
Проблемы правового регулирования налогового контроля
и учета
крупнейших налогоплательщиков. Автореферат диссертaции на
соискание ученой
степени кандидат юридических наук. Москва.
