www.sci-p.uz
II SON. 2025
216
QURILISH MATERIALLARI SANOATI KORXONALARIDA STRATEGIK
BOSHQARUV OMILLARI VA NATIJALARI
Ubaydullayev Muxammadjon Abdusamad o‘g‘li
Farg‘ona davlat universiteti
Annotatsiya.
Ushbu maqolada qurilish qurilish materiallari sanoati korxonalarining
strategik boshqaruv omillari va natijalari ko‘rib chiqilgan. Mualif tomonidan qurilish materiallari
sanoati korxonalari boshqaruv jarayonlarini o‘rganish va tahlil qilish yoritilgan. Qurilish
materiallari sanoati korxonalarida boshqaruv jarayonlarida strategiyani tuzib chiqish hamda uni
shakllantirish bilan bog‘liq harakatlar ko‘rib chiqilgan hamda shu turdagi korxonalar
ko‘rsatkichlari tahlil qilingan
.
Kalit so‘zlar:
qurilish, qurilish materiallari, strategiya, strategik boshqaruv, sanoat
korxonalari, qurilish materiallari sanoati, qurilish korxonalari boshqaruvi, sanoat iqtisodiyoti, uy-
joy qurilishi, sanoat mahsulotlari, qurilish ishlari hajmi.
СТРАТЕГИЧЕСКИЕ ФАКТОРЫ УПРАВЛЕНИЯ И РЕЗУЛЬТАТЫ В ПРЕДПРИЯТИЯХ
ИНДУСТРИИ СТРОИТЕЛЬНЫХ МАТЕРИАЛОВ
Убайдуллаев Мухаммаджон Абдусамад угли
Ферганский государственный университет
Аннотация
.
В данной статье рассматриваются факторы и результаты
стратегического управления предприятиями промышленности строительных
материалов. Автором изучены и проанализированы процессы управления
предприятиями данной отрасли. Рассмотрены действия, связанные с разработкой и
формированием стратегии в управлении предприятиями промышленности
строительных материалов, а также проведен анализ показателей таких предприятий.
Ключевые слова:
строительство, строительные материалы, стратегия,
стратегическое
управление,
промышленные
предприятия,
промышленность
строительных материалов, управление строительными предприятиями, экономика
промышленности, жилищное строительство, промышленные товары, объем
строительных работ.
UOʻK:
004.832.28
216-221
www.sci-p.uz
II SON. 2025
217
STRATEGIC MANAGEMENT FACTORS AND RESULTS IN ENTERPRISES OF THE
CONSTRUCTION MATERIALS INDUSTRY
Ubaydullayev Mukhammadjon Abdusamad ogli
Fergana State University
Abstract.
This article examines the factors and results of strategic management in the
construction materials industry. The author has studied and analyzed the management processes
of enterprises in this sector. The article discusses actions related to the development and formation
of strategy in the management of construction materials industry enterprises, as well as an
analysis of the performance indicators of such enterprises.
Keywords:
construction, construction materials, strategy, strategic management,
industrial enterprises, construction materials industry, management of construction enterprises,
industrial economics, housing construction, industrial products, volume of construction works.
Kirish.
Korxonalarning uzoq yillar davomida bozorda o‘z o‘rni va sifatini saqlab qolishi hamda
korxonaning doimiy ish faoliyatini yuqori natijalarda saqlab qolishida strategik boshqaruvning
ahamiyati yuqoridir. Shu sababli qurilish materiallari sanoati korxonalari
o‘rtasida istiqbolli
ko‘p yillik strategiyalarni shakillantirishni o‘rganish muxim sanalib, tabiiyki bu sohada ilmiy
tadqiqot ishlarini olib boorish ham muxim xisoblanadi. Yuqori raqobat va tez o‘zgarayotgan
bozor sharoitlarida barcha kompaniyalar nafaqa
t ichki bozorga e’tibor qaratishlari, balki jaxon
bozorida yuz berayotgan o‘zgarishlarga ham moslashishga imkon beruvchi uzoq muddatli
rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishlari zarur.
Boshqaruv har qanday sohada u qurilish bo‘ladimi, sanoat bo‘ladimi y
oki qurilish
materiallari ishlab chiqaradigan korxona bo‘ladimi muhim ahamiyat kasb etadi. Demak
boshqaruv
–
bu chuqur tahlilni, ishlanmalarni va ma’lum maqsadlarni to‘g‘ri qo‘yishga
qaratilgan, makon va zamonda to‘xtovsiz amalga oshiriladigan maqsadga yo‘naltirilgan
jarayondir. Lekin boshqaruv biror narsa yoki birov tomonidan boshqarilsagina vujudga keladi.
Bu asnoda boshqarish haqidagi fan, boshqaruv subyekti va obyekti tushunchasini kiritadi
(Ibragimov, 2021).
Adabiyotlar sharhi.
Smid (1776) klassik maktab nomoyondalaridan, mehnat taqsimotining turli shakllarini
tahlil qilgan hamda korxona faoliyatini rejalashtirish fan va amaliyotining rivojlanishi
evolyutsion xarakterga ega ekanligini bayon etgan.
Teylor (1911) menedjmentni fan sifatida kiri
tish bo‘yicha ilmiy loyiha harakatiga
raxbarlik qilgan. U inson faoliyatining samaradorligi bilan emas, balki ilmiy boshqaruv
maktabining rivojlanishining boshlanishi bo‘lgan tashkilotning samaradorligi bilan kerakli
natijalarga erishish osonroq bo‘lishini
ta’kidlagan.
Gusakov (2004) qurilish sohasi injeneriyasini asosiy tadqiqot yo‘nalishi sifatida,
qurilishda murakkab avtomatlashtirilgan texnik tizimlarni yaratish fani sifatida, bundan
tashqari qurilish obyektlariga tizimli yondashuvni qo‘llash sifatida o‘rgangan.
Kachaeva (2018) o‘z ishlarida qurilish sohasida axborot texnologiyalari va
raqamlashtirish jarayonlarini joriy etish hamda foydalanishning afzalliklari sifatida tizimni
virtual rejimda ko‘rish, reja
-
grafikni avtomatlashtirish va to‘g‘ri shakllan
tirishga xizmat
qilishini ko‘rsatdi.
Fayol (1916
) o‘zining ilmiy ishlarida birinchilardan bo‘lib ushbu mavzuni yoritgan edi. U
butun boshqaruv jarayonini biz tashkilotni boshqarishda hali ham foydalaniladigan beshta
asosiy funktsiyaga ajratdi: rejalashtirish, tashkil etish, kadrlarni tanlash va joylashtirish,
yetakchilik (motivatsiya) va nazorat.
www.sci-p.uz
II SON. 2025
218
Respublikamiz olimlaridan ushbu sohada Usmonov (2023) qurilish sanoatida
resurslardan samarali foydalanish, tizimli yondashuv asosida boshqaruv modellarini ishlab
chiqqan va “Qurilish ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘llari bo‘yicha
o‘tkazilgan tadqiqotlar tahlili” mavzusida ishlarida bayon etgan. Qurilish materiallari ishlab
chiqarishdagi xarajatlar tahlili, optimallashtirish modellari, logistikani boshqarish tizimlari
bo‘yicha ilmiy
-uslubiy asoslarni ishlab chiqgan.
Rustamov (2018) sanoat korxonalarini ishlab chiqarish samaradorligiga ta’sir etuvchi
ichki imkoniyatlardan samarali foydalanish va ishlovchilar manfaatdorligini oshirishni
«aylanma harakat modeli»ni ishlab chiqqan.
Kadirov (2019) sanoat korxonalarini iqtisodiy barqarorligini o‘rgangan. U korxonalarning
rentabelligini ta’minlash uchun moliyaviy, ishlab chiqarish, marketing va texnologik
barqarorlik ko‘rsatkichlarini tahlil etgan.
Shuningdek, muallif yuqoridagi to‘rt omil (moliyaviy,
ishlab chiqarish, marketing va texnologik) asosida barqaror rivojlanishni hozirgi darajasi va
kelgusidagi o‘zgarish dinamikasiga baho bergan.
Tadqiqot metodologiyasi.
Maqolaning mavzusi qurilish sanoati korxonalarida raqamli va innovatsion boshqaruv
sharoitida, strategiyalarni to‘g‘ri tuzish va shakillantirishni yoritishga bag‘ishlangan bo‘lib,
birinchi navbatda mavzuning dolzarbligi asoslab berildi, xorijiy va mahalliy olimlarning ushbu
sohadagi ishlari o‘rganildi. Maqolada nazariy kuzatish, tizimli yondashuv, kuzatish,
umumlashtirish, tahlil qilish, va sintez qilish kabi usullardan foydalanilgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Boshqarish jarayonlari, qaysi bir bo‘g‘inda bo‘lishidan qatiy nazar, u davriy va bir
vaqtning o‘zida uzluksiz hisoblanadi. Uzluksizlik bir vaqtning o‘zida va ketma
-ket amalga
oshiriladigan ko‘plab sikllarni bajarishda vujudga keladi.
Boshqarish sikli maqsadlarni ishlab
chiqishdan boshlanadi va ularga erishish bilan yakunlanadi. Bunday siklning asosiy bosqichlari
quyidagilar hisoblanadi:
• maqsadlarni rejalashtirish;
• qabul qilingan qarorlarni yoki maqsadli funksiyalarni tartibga solish;
• erishilgan natijalarni tahlil qilish va baholash;
• yangi boshqaruv qarorlarini tanlab olish va belgilab olish. Bu hamma sikllar uchun
asosiy bo‘lib boshqarish ta’siri hisoblanadi. Aynan ta’sir qilish
-
boshqaruvning asosidir. Ta’sir
qilish, ya’ni boshqaruv ta’sirini o‘tkazish samarali bo‘lishi uchun quyi
dagi asosiy shartlarga
rioya qilish lozim:
1. Boshqaruvchi yoki boshqariluvchi tizimlar singari boshqaruv obyekti va sub’yekti
o‘zaro bir
-biriga sabab-
oqibat munosabatlari orqali bog‘liq bo‘lishi kerak.
2. Boshqarayotgan tizimda boshqarish maqsadi
aniq bo‘lish kerak. Boshqarayotgan tizim
boshqarish ob’yektining holati haqidagi axborotlarni faoliyat natijalari, muhitning o‘zgarishi
kabilarni o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
3. Boshqarish ob’yekti boshqarish ta’sirlarni qabul qila olish, o‘zlashtirish va qo‘yilgan
vazifani mazmuniga mos ravishda bajara olish qobiliyatiga ega bo‘lish kerak.
Boshqarishning ob’yektiv zarurligi mavqe teoriyasi kabi va xo‘jalik amaliyotida ham
albatta belgilangan qonuniyatlarni, shartlarni, sub’yekt bilan obyekt boshqarishning o‘zaro
nisbatlari ramkalar bilan chegaralab qo‘yish mumkin emas. Boshqarish fan sifatida ko‘p
jixatlarni o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
•
tashkilot boshqarmasi va ish boshqarmasi.
•
t
exnologiya boshqarmasi ya’ni informatsion ta’minl
ash boshqarmasi va qarorlarning
qabulqilinishi.
•
kadrlar boshqarmasi metodlari va boshqarish usuli.
•
ishlab chiqarilayotgan tovar sifatining boshqarmasi.
www.sci-p.uz
II SON. 2025
219
•
loyiha tizim boshqarmasi va h.k.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, bu jihatlar har bir
sohada va biz tahlil qilayotgan
qurilish sohasi bo‘yicha ham o‘zgarishga uchrashi yoki yechim usullariga ega bo‘lishi mumkin.
Va bu tomondan qurilishni boshqarish undagi boshqarish maqsad funksiyalari umumjamiyat
ishlab chiqarishini boshqarishdagilari bil
an bir xil bo‘lsada, boshqa sohalardan o‘zining
ixtisoslashishi va birinchi navbatda ishlab chiqarishni tashkillashtirish va ishlab chiqariladigan
mahsulot xususiyatlaridan kelib chiqib sezilarli darajada farq qiladi. Lekin qurilish sohasi
hamda unga tutas
h bo‘lgan sohalarni ham strategiya tuzishda bo‘ladigan holat va jarayonlarini
tahlil qilibgina keyin strategiyani tuzish korxona faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan
xaf-
xatarlarni ham oldindan ko‘ra bilishga erishiladi.
Boshqarish qonuni, tabiat, jamiyat va ong rivojlanish qonuni bilan mosligini quyidagi
sxema tarzida ko‘rish mumkin.
1-rasm. Qurilishda boshqarish maqsadi, vazifalari va xususiyatlari
Manba:
muallif ishlanmasi.
Bu sistemaning ijobiy faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishi ham ichki
imkoniyatlar va
resurslarga, ham tashqi muhitga bog‘liq bo‘ladi. Amaliyotda tashqi muhit va avvalambor
qurilish tashkilotlarining buyurtmachilar mablag‘lariga bog‘liqligi tizim sifatida boshqarish
samaradorligiga jiddiy ta’sir qiladi. Bu esa o‘z navbatida,
ko‘pincha qurilishdagi boshqarish
maqsad funksiyalariga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi va ko‘p hollarda boshqarishning oldindan
berilgan parametrlariga ma’lum o‘zgarishlar kiritishni talab qiladi. Lekin bu bilan maqsad
funksiyalari o‘zgarmaydi.
Tabiiyki, maqsad
va vazifalarsiz boshqarish bo‘lmaydi. Boshqarish, doim fan
xususiyatlariga ega bo‘ladi. Bundan kelib chiqib, boshqarish maqsadi deganda, nafaqat qurilish
balki, bugun jamoat amaliyotida, erishilishi zarur bo‘lgan qandaydir ideal, oldindan berilgan
natijani tushunish kerak. Qurilishda
–
bu ob’yektni ekspluatatsiyaga berish, uni buyurtmachi
Tabiat qonuni
Jamiyat qonuni
Tafakkur
qonuni
Boshqarish qonuni
Boshqarish pirinsiplari
Boshqarishning maqsad va
prinsiplari
Boshqarishning maqsadlari
Boshqarishning funksiyasi
www.sci-p.uz
II SON. 2025
220
(investor)ga topshirish va ko‘zlangan foydani olish. Bu maqsad esa biz hohdaganimizdek oson,
tez va muammolarsiz ham bo‘lmaydi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida f
aoliyat olib borayotgan qurilish sohasidagi
korxona va qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar samaradorligi tahlilini ko‘rib
chiqadigan bo‘lsak.
2-
rasm. O‘zbekistonda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qurilish hajmi indeksi
Manba:
Statistika agentligining ma’lumotlariga asoslanib, muallif ishlanmasi.
Ushbu diagrammada ko‘rishimiz mumkinki O‘zbekiston Respublikasida 2020
-2024-
yillarda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 100.9 mlrd.so‘mdan 106.8 mlrd.
so‘mgacha ortgan
ini va ushbu ishlab chiqarilgan sanoat hamda qurilish materiallari evaziga
qurilish hajmining 2020-2024-
yillardagi dinamikasi 109.5 mlrd.so‘mdan 108.8 mlrd.so‘mga
paslaganini qayd etilgan.
Xulosa va takliflar.
Respublikamiz qurilish
materiallari sanoati korxonalarini strategik boshqaruvini to‘g‘ri
tashkil etishi va uni yuritishi, nafaqat kompaniy hamda korxonalarning iqtisodiy-ijtimoiy
o‘sishiga balki mamlakat iqtisodiy
-ijtimoiy sektoriga ham sezilarli darajada foyda keltirishi
tabii
y. Maqolada tahlil qilingan statistik ma’lumotlardan kelib chiqib xulosa qiladigan bo‘lsak
O‘zbekiston sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qurilish hajmi indeksi bo‘yicha, dunyoda
kuzatilgan pandemiya davrida ko‘rsatkichlar paslaganini ko‘rish mumkin. Bu o‘z navbatida
strategiyani qayta tuzishga olib kelgani hamda sanoat mahsulotlari va qurilish ishlarini zudlik
bilan holatga moslashib, to‘g‘ri boshqaruvni tashkillash orqali yana ijobiy o‘sishga erishgani
qayd etilgan.
Qurilish sanoati boshqaruvi str
ategiyalarini tuzishda qo‘l keladigan taklilar:
1.
Yashil iqtisodiyot sharoitida, yangi materiallar ishlab chiqarish, ekologik toza va
energiya tejovchi qurilish materiallariga sarmoya kiritish (masalan, nanokompozitlar, yengil
beton, biosement).
2.
Innavatsion texnologiyalarni joriy etish, avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish liniyalari,
3D-
printer orqali qurilish materiallari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish.
3.
Ilmiy-tadqiqot ishlarida OTM va IIlar bilan hamkorlik yani ilmiy institutlar va
universitetlar bilan hamkorlikda yangi mahsulotlarni ishlab chiqish.
4.
Ishlab chiqarish tannarxini kamaytirish, energiya va xomashyo tejamkorlik
dasturlarini ishlab chiqish.
100,9
109,5
108,8
106,8
105,3
106,6
106,3
107
106,8
108,8
96
98
100
102
104
106
108
110
112
Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish indeksi.
Qurilish hajmini ortib borish indeksi.
Mlr
d
.s
o
'm
Название оси
Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qurilish hajmi indeksi.
2020
2021
2022
2023
2024
www.sci-p.uz
II SON. 2025
221
5.
Xalqaro standartlarga mos mahsulot ishlab chiqish va eksport bozorlariga chiqish
(MDH, Osiyo
va Yevropa bozorlariga yo‘naltirish).
6.
Xodimlarning g‘oyalarini rag‘batlantirish tizimini joriy etish, ichki innovatsion
loyihalarni qo‘llab
-quvvatlash.
Adabiyotlar
/Литература/Reference:
Adam Smit. (1776), "Millatlar boyligi" ("An Inquiry into the Nature and Causes of the Wealth
of Nations").
Fayol A. (1916)
"Umumiy va sanoat boshqaruvi" ("Administration Industrielle et Générale").
F
а
rm
о
n (2018)
О‘zbе
ki
ѕ
t
о
n R
еѕр
ublik
аѕ
i
Р
r
е
zid
е
ntining 2018-
у
il 2-
ар
r
е
ld
аgi “Quriliѕ
h
ѕо
h
аѕ
id
а
d
а
vl
а
t b
оѕ
hq
а
ruvi tizimini tubd
а
n t
а
k
о
mill
аѕ
htiri
ѕ
h
с
h
о
r
а
-t
а
dbirl
а
ri t
о‘g‘riѕ
id
а”gi Р
F-
5392-
ѕо
nli F
а
rm
о
ni. https://lex.uz/docs/-3605171
Ibragimov S. (2021) Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiy
о
ti-
O‘quv
qo‘llanma, , Toshkent.
Kadirov
A.M. (2019) Sanoat korxonalarining iqtisodiy barqarorligini ta’minlash
mexanizmlarini takomillashtirish («Andijonneft» AJ misolida) mavzusidagi (PhD) dissertatsiyasi
Avtoreferati Toshkent. 11-bet.
Qaror (2019) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019
-yil 23-
maydagi “Qurilish
materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora
-
tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ
-
Rustamov N.I. (2018) Sanoat tarmoqlarini ichki imkoniyatlaridan samarali foydalanish
asosida rivojlantirish mavzusidagi (PhD) dissertatsiyasi Avtoreferati. Toshkent. 7-11-betlar.
Teylor F. (1911) "Ilmiy boshqaruv tamoyillari" ("The Principles of Scientific Management").
Ubaydullayev
M.A. (2024) “Mechanisms for improving innovative management methods in
the construction materials industry enterprises”
- Galaxy international interdisciplinary research
journal (GIIRJ) ISSN (E): 2347-6915 Vol. 12, Issue 12 December.
Ubaydullayev M.A. (2025
) “O‘zbekistonda qurilish materiallari sanoati korxonalarining
iqtisodiyotdagi o‘rni”
- Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot, 25.02.2025, (ISSN:2992-8982).
Ubaydullayev M.A. (2025) “Qurilish materiallari sanoati korxonalarida innovatsion
boshqaruv usullari”
-
International scientific and practical conference “smart technologies and
innovative approaches in research: building a digital future”, February 22.
Usmonov I.A. (2023) Qurilish ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oshiris
h yo‘llari
bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar tahlili.
Voronin, N.V. (2019) Korxonani rivojlantirish strategiyasini tanlashning o‘ziga xos
xususiyatlari // Fan va ta’lim byulleteni. –
No 12-2 (66).
–
17-20-betlar.