Авторы

  • Дониёр Ахмедов
    Банковско-финансовая академия Республики Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aept.79754

Ключевые слова:

рынок капитала инвестиционная активность финансовые инструменты корпоративные облигации доверие инвесторов цифровая инфраструктура

Аннотация

В данной статье проанализировано текущее состояние инвестиционной активности на рынке капитала Узбекистана, а также рассмотрены существующие институциональные и финансовые проблемы и пути их преодоления. На основе международного опыта исследованы инвестиционная среда, динамика объема торгов и диверсификация финансовых инструментов. По результатам исследования определено, что для повышения инвестиционной активности на рынке капитала важными стратегическими направлениями являются внедрение инновационных инструментов, развитие цифровой инфраструктуры и укрепление доверия инвесторов.


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

310


KAPITAL BOZORIDA INVESTITSIYA FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR

YO‘NALISHLARI VA STRATEGIK ISTIQBOLLARI

Ahm

е

d

о

v Doniyor Ulug

bek o

g

li

O‘zbekiston Respublikasi Bank

-moliya akademiyasi

ORCID: 0000-0002-3159-8823

akhmedov001@gmail.com

Annotatsiya.

Ushbu maqolada O‘zbekistonda kapital bozorida investitsiya faoliyatining

joriy holati, mavjud institutsional va moliyaviy muammolar, shuningdek, ularni bartaraf etish

yo‘llari tahlil qilinadi. Xalqaro tajriba asosida investitsiya muhiti, savdo hajmi dinami

kasi hamda

moliyaviy vositalarning diversifikatsiyasi o‘rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, kapital

bozorining investitsion faolligini oshirish uchun innovatsion instrumentlarni joriy etish, raqamli

infratuzilmani rivojlantirish va investorlar ishonchini mustahkamlash muhim strategik

yo‘nalishlardir.

Kalit so‘zlar:

kapital bozori, investitsiya faoliyati, moliyaviy vositalar, korporativ

obligatsiyalar, investorlar ishonchi, raqamli infratuzilma.

ПРИОРИТЕТНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ И СТРАТЕГИЧЕСКИЕ ПЕРСПЕКТИВЫ РАЗВИТИЯ

ИНВЕСТИЦИОННОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ НА РЫНКЕ КАПИТАЛА

Ахмедов Дониёр Улугбек угли

Банковско

-

финансовая академия Республики Узбекистан

Аннотация

.

В данной статье проанализировано текущее состояние

инвестиционной активности на рынке капитала Узбекистана, а также рассмотрены

существующие институциональные и финансовые проблемы и пути их преодоления. На

основе международного опыта исследованы инвестиционная среда, динамика объема
торгов и диверсификация финансовых инструментов. По результатам исследования
определено, что для повышения инвестиционной активности на рынке капитала

важными стратегическими направлениями являются внедрение инновационных

инструментов, развитие цифровой инфраструктуры и укрепление доверия инвесторов.

Ключевые слова

:

рынок капитала, инвестиционная активность, финансовые

инструменты,

корпоративные

облигации,

доверие

инвесторов,

цифровая

инфраструктура.

UOʻK:

330.322

310-314


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

311

PRIORITY AREAS AND STRATEGIC PROSPECTS FOR THE DEVELOPMENT OF

INVESTMENT ACTIVITY IN THE CAPITAL MARKET

Akhmedov Doniyor Ulugbek ugli

Banking and Finance Academy of the Republic of Uzbekistan

Abstract.

This article analyzes the current state of investment activity in Uzbekistan's

capital market, focusing on existing institutional and financial challenges and potential solutions.

Based on international experience, the study examines the investment climate, trading volume
dynamics, and the diversification of financial instruments. The findings suggest that enhancing

investment activity in the capital market requires the introduction of innovative instruments, the

development of digital infrastructure, and the strengthening of investor confidence as key

strategic directions.

Keywords:

capital market, investment activity, financial instruments, corporate bonds,

investor confidence, digital infrastructure.

Kirish.

Bozor iqtisodiyotida kapital bozori iqtisodiy o‘sishni moliyaviy resurslar bilan

ta’minlovchi asosiy institutsional vosita hisoblanadi. U orqali jamiyatda mavjud bo‘lgan

ortiqcha jamg‘armalar real sektor subyektlariga yo‘naltiriladi, moliyalashtirish manbalari

diversifikatsiyalanadi, korxonalarning investitsiya salohiyati kengayadi va iqtisodiyotda

umumiy resurs taqsimoti samaradorligi oshadi. Shunday ekan, kapital bozorida investitsiya
faoliyatining rivojlanishi mamlakatning makroiqtisodiy barqarorligi, moliyaviy inklyuziya

darajasi va iqtisodiy raqobatbardoshlik salohiyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

O‘zbekiston iqtisodiy siyosatida so‘nggi yill

arda bank-moliya tizimini diversifikatsiyalash,

xususan, kapital bozorini modernizatsiya qilish orqali xususiy sektorni qo‘llab

-quvvatlash,

moliyalashtirishga bo‘lgan kirish imkoniyatlarini kengaytirish va investitsiya muhitini

yaxshilash asosiy ustuvorlik

lardan biri bo‘lib qolmoqda. Biroq, mamlakat kapital bozorida

investitsiya faoliyatining jadal rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan muammolar hali ham

mavjud: likvidlik darajasining pastligi, moliyaviy vositalar xilma-xilligining cheklanganligi,
emitentlar

va investorlar o‘rtasida axborot asimmetriyasi, korporativ boshqaruvning zaifligi

hamda institutsional investorlar segmentining sustligi kabi muammolar investitsiyaviy

jarayonlarga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Bugungi kunda xalqaro moliya bozorlarining integratsiyalashuvi, raqamli

texnologiyalarning keng tatbiqi va iqlimiy omillarni hisobga oluvchi barqaror moliyalashtirish

tamoyillarining global moliya muhitiga kirib kelishi milliy kapital bozorining funksional

rivojlanishini yangicha yondashuvlar asosida tashkil etishni taqozo qilmoqda. Xususan,

korporativ obligatsiyalar, yashil (green) va ijtimoiy obligatsiyalar, investitsiya fondlari, real-
estate investment trust (REIT) kabi zamonaviy moliyaviy vositalarning joriy etilishi orqali
investorlar uchun sarmoy

a yo‘nalishlarini kengaytirish dolzarb masalaga aylanmoqda.

Adabiyotlar sharhi.

Kapital bozori va investitsiya faoliyati o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik iqtisodiy

taraqqiyotning markaziy elementlaridan biri sifatida ko‘riladi. Kapital bozorlarining

chuqurlashuvi va moliyaviy vositalarning xilma-xilligi korporativ sektor subyektlari uchun

investitsion manbalarni kengaytiradi, iqtisodiyotda samarali resurs taqsimotini ta’minlaydi va

makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlaydi (Mishkin, 2019).

Jahon miqyosida kapital bozorlarining iqtisodiy o‘sishga ta’siri bo‘yicha Robert Levine va

Ross King 1993-

yildagi o‘z tadqiqotlarida moliyaviy bozorlar infratuzilmasining rivojlanganligi

va iqtisodiy o‘sish sur’atlari o‘rtasida ijobiy korrelyatsiyani aniqlaganlar.

Ular kapital bozori


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

312

vositalari, xususan aksiyalar va obligatsiyalar bozorlarining investitsion faollikni oshirishdagi
rolini asoslab berganlar (Levine, & King, 1993).

Bekaert, Harvey va Lundblad 2005-

yil o‘zlarining empirik tadqiqotlarida kapital

bozorining liberalizatsiyasi rivojlanayotgan davlatlarda xususiy investitsiyalar oqimini sezilarli

darajada oshirganini qayd etishadi. Bu holat ushbu davlatlarda iqtisodiy o‘sish tezlashuviga va
moliyaviy tizimda raqobatbardoshlikning kuchayishiga sabab bo‘lgan

(Bekaert, Harvey, &

other, 2005).

Kapital bozorining institutsional isl

ohotlari bo‘yicha La Porta va boshqalar 1998

-yilda

moliyaviy tizimlarning samaradorligi huquqiy tizimga, investorlarni himoya qiluvchi

mexanizmlarga va korporativ boshqaruvga bevosita bog‘liqligini ko‘rsatadilar. Ayniqsa,

investorlarga doir axborot shaffofligi, korporativ hisobotlar va mustaqil audit tizimlari bozor

ishonchliligini belgilovchi omillar sifatida ta’kidlanadi

(Porta, Lopez & other, 1998).

Xalqaro tajribada yashil va ijtimoiy obligatsiyalar bozorining rivojlanishi ham dolzarb

yo‘nalishlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Climate Bonds Initiative (2023) hisobotlariga
ko‘ra, 2022

-

yilda global yashil obligatsiyalar hajmi 1,2 trillion AQSH dollariga yetgan bo‘lib, bu

moliyaviy barqarorlik va ekologik investitsiyalarni rag‘batlantirishda muhim rol

o‘ynagan.


Tahlil va natijalar muhokamasi.

Kapital bozorida investitsiya faoliyatining rivojlanishini tahlil qilish mamlakat moliyaviy

tizimining holatini baholashda va istiqbolli yo‘nalishlarni aniqlashda muhim ahamiyat kasb

etadi. Ayniqsa, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda kapital bozorini chuqurlashtirish, birja

savdolarini kengaytirish, institutsional islohotlarni joriy etish hamda chakana va institutsional
investorlar faolligini oshirish borasida bir qator muhim tashabbuslar amalga oshirilgan. Bu esa

inv

estitsiya muhitining transformatsiyalashuviga turtki bo‘lmoqda.

1-

rasm. O‘zbekiston va MDH mamlakatlarining asosiy fond bozori indeksi

2024-yil 13-

dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston va MDH mamlakatlari asosiy fond bozori

indekslari mintaqadagi investitsiya muhitining barqarorligi va dinamikasini aks ettiradi.

O‘zbekistonning UCI indeksi 634,32 punktni tashkil etib, qisqa muddatda biroz pasaygan bo‘lsa

-

da, bir yillik kesimda 5,5 foizga tushgan. Bu past likvidlik va investorlardagi ehtiyotkorlikni

ko‘rsatadi.

Rossiyaning IMOEX indeksi yillik kesimda 17,4% ga kamaygan bo‘lib, geopolitik

xavflarning bozor barqarorligiga ta’sirini aks ettiradi. Bunga qarama

-qarshi ravishda,

Qozog‘iston va Qirg‘iziston fond bozorlarida sezilarli o‘sish kuza

tilgan: KASE indeksi yil

davomida 33,8%, KSE esa 51,1% ga ko‘tarilgan. Bu mintaqada investorlar ishonchining
o‘sayotganini anglatadi.

Baltika mamlakatlari indekslarida esa turli yo‘nalishlar kuzatilmoqda. Estoniya

(+13,25%) va Litvada (+1,16%) ijobiy tende

nsiyalar mavjud bo‘lsa, Latviya bozori yillik

34,42% pasayish bilan ajralib turadi.


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

313

2-rasm.

Toshkent

Respublika fond birjasida savdolar hajmi

2-

rasmda “Toshkent” Respublika fond birjasida 2020

-yildan 2024-yilning noyabr

oyigacha bo‘lgan davr

mobaynida amalga oshirilgan savdolar hajmi dinamikasi aks ettirilgan.

Grafikdan ko‘rinib turibdiki, ko‘rsatilgan besh yillik davrda savdo hajmi sezilarli o‘sish va
o‘zgarishlarga duch kelgan.

2020-

yilda birja savdolari hajmi atigi 587,15 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2021

-yilda

bu ko‘rsatkich 1 260,51 mlrd so‘mgacha ko‘tarilgan, ya’ni ikki barobarga yaqin o‘sishga

erishilgan. 2022-

yilda esa savdo hajmi 4 816,21 mlrd so‘mga yetib, birjada investorlar faolligi

va moliyaviy vositalar sonining ortganini ko‘rsatadi. Bu o‘sish, asosan, raqamli texnologiyalar,

korporativ obligatsiyalar va yangi moliyaviy vositalarning joriy etilishi bilan izohlanadi.

2023-

yilda savdolar hajmi 2 712,75 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lib, bu avvalgi yildagiga

nisbatan pasayishni anglatadi. Mazkur pasayish qisqa muddatli bozor muvozanatsizligi, global
moliyaviy beqarorlik, investorlar ehtiyotkorligi va ayrim normativ-huquqiy omillar bilan

bog‘liq bo‘lishi mumkin.

3-rasm.

Toshkent

Respublika fond birjasida savdolar soni

2023-yilda Jett mobil savdo ilovasining ishga tushirilishi onlayn hisoblarni ochish va

mobil platforma orqali savdo qilish imkonini berish orqali bozorning ochiqligini sezilarli
darajada oshirdi. Ushbu rivojlanish savdo faolligining sezilarli darajada oshishiga olib keldi,

ya’ni 2023

-

yilda 411 870 ta savdo qayd etildi, bu o‘tgan yilga nisbatan 510% o‘sish sur’atini


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

314

aks ettiradi. 2024-

yilning dastlabki 11 oyida savdolar sonining o‘sishi barqarorlashdi, bu

davrda taxminan 410 000 ta bitim amalga oshirildi.

Xulosa va takliflar.

Kapital bozorida investitsiya faoliyatini yanada rivojlantirish uchun, eng avvalo,

moliyaviy vositalarni diversifikatsiyalash zarur, jumladan - korporativ obligatsiyalar, yashil va

ijtimoiy obligatsiyalar, investitsiya fondlari va sukuk kabi innovatsion instrumentlarni joriy

etish lozim. Bozor likvidligini oshirish maqsadida chakana va institutsional investorlar

segmentlarini kengaytirish, ularning huquqiy va texnik kirish imkoniyatlarini soddalashtirish
kerak. Bundan tashqari, korporativ boshqaruv standartlarini takomillashtirish, axborot

ochiqligi va moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlash orqali

investorlar ishonchini mustahkamlash maqsadga muvofiqdir. Kapital bozorida faoliyat

yurituvch

i ishtirokchilar uchun rag‘batlantiruvchi soliq va huquqiy imtiyozlarni joriy qilish, “bir

darcha” tamoyiliga asoslangan raqamli infratuzilmani kengaytirish va hududiy fond

bozorlarining integratsiyasini kuchaytirish ham investitsion muhitni tubdan yaxshilashi

mumkin.

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda kapital bozorida investitsiya faoliyati hali

to‘laqonli

rivojlanmagan

bo‘lib,

bu

moliyalashtirish

manbalarining

yetarli

diversifikatsiyalanmaganligi, investorlar sonining nisbatan cheklanganligi va institutsional

islohotlarning bosqichma-

bosqich amalga oshirilayotganligi bilan izohlanadi. Biroq so‘nggi

yillarda kuzatilayotgan raqamlashtirish jarayonlari, normativ-huquqiy asoslarning

takomillashuvi va savdo hajmlarining keskin o‘sishi bozorning katta s

alohiyatga ega ekanligini

tasdiqlaydi. Shu sababli, kapital bozorining investitsion faolligini oshirish nafaqat moliyaviy

barqarorlikka, balki iqtisodiy o‘sishning sifat jihatdan yangi bosqichiga erishishga xizmat qiladi.

Bozor infratuzilmasini mustahkamlash, ishonch muhitini kuchaytirish va xalqaro moliyaviy

amaliyotlarni integratsiyalash orqali kapital bozorining iqtisodiyotdagi strategik rolini
kuchaytirish mumkin.

Adabiyotlar /Литература/Reference:

Bekaert, G., Harvey, C. R., & Lundblad, C. (2005). Does Financial Liberalization Spur Growth?

Journal of Financial Economics, 77(1), 3

55.

Climate Bonds Initiative. (2023). Green Bonds Global State of the Market Report. Retrieved

from

www.climatebonds.net

La Porta, R., Lopez-de-Silanes, F., Shleifer, A., & Vishny, R. W. (1998). Law and Finance.

Journal of Political Economy, 106(6), 1113

1155.

Levine, R., & King, R. (1993). Finance and Growth: Schumpeter Might Be Right. Quarterly

Journal of Economics, 108(3), 717

737.

Mishkin, F. S. (2019). The Economics of Money, Banking, and Financial Markets. Pearson

Education.

Библиографические ссылки

Bekaert, G., Harvey, C. R., & Lundblad, C. (2005). Does Financial Liberalization Spur Growth? Journal of Financial Economics, 77(1), 3–55.

Climate Bonds Initiative. (2023). Green Bonds Global State of the Market Report. Retrieved from www.climatebonds.net

La Porta, R., Lopez-de-Silanes, F., Shleifer, A., & Vishny, R. W. (1998). Law and Finance. Journal of Political Economy, 106(6), 1113–1155.

Levine, R., & King, R. (1993). Finance and Growth: Schumpeter Might Be Right. Quarterly Journal of Economics, 108(3), 717–737.

Mishkin, F. S. (2019). The Economics of Money, Banking, and Financial Markets. Pearson Education.