www.sci-p.uz
II SON. 2025
386
HUDUDLARDA ISLOMIY INVESTITSIYA LOYIHALARINING KENGAYISHIGA
TA’SIR ETUVCHI OMILLARNING EKONOMETRIK TAHLILI
Irgasheva Gulbahor
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0009-0009-0955-664X
Аnnotatsiya.
Ushbu tadqiqotning maqsadi hududlarda amalga oshirilayotgan islomiy
investitsiya loyihalarining kengayishiga taʼsir etuvchi omillarning bogʻliqligini oʻrganishga
qaratilgan. Hududlarda islomiy investitsiya loyihalari miqdori va unga taʼsir etishi mumkin
boʻlgan mustaqil omillarning 2004
-yildan 2024-
yilgacha vaqtli qatorlardagi maʼlumotlari tahlil
qilingan. Tadqiqotimizda VAR mo
delidan foydalanildi. Tadqiqotimizning natijasiga koʻra, tanlab
olingan mustaqil omillarning islomiy investitsiya loyihalariga qisqa muddatda ijobiy bogʻliqligi
aniqlandi.
Kalit soʻzlar:
VAR(vektor avtoregressiyasi), vaqtli qatorlar, islom moliyasi, investitsiya
loyihalari, ITBG.
ЭКОНОМЕТРИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ФАКТОРОВ, ВЛИЯЮЩИХ НА РАСШИРЕНИЕ
ИСЛАМСКИХ ИНВЕСТИЦИОННЫХ ПРОЕКТОВ В РЕГИОНАХ
Иргашева Гульбахор
Ташкентский государственный экономический университет
Аннотация.
Целью данного исследования является изучение взаимосвязи между
факторами, влияющими на расширение исламских инвестиционных проектов в регионах.
Были проанализированы данные временного ряда с 2004 по 2024 год о количестве
исламских инвестиционных проектов в регионах и независимых факторах, которые
могут на него влиять. В нашем исследовании использовалась модель VAR. По
результатам нашего исследования было установлено, что выбранные независимые
факторы положительно связаны с исламскими инвестиционными проектами в
краткосрочной перспективе.
Ключевые слова:
VAR (векторная авторегрессия), временные ряды, исламские
финансы, инвестиционные проекты, ИБР.
ECONOMETRIC ANALYSIS OF FACTORS INFLUENCING THE EXPANSION OF ISLAMIC
INVESTMENT PROJECTS IN THE REGIONS
Irgasheva Gulbakhor
Tashkent State University of Economics
Abstract.
The purpose of this study is to study the relationship between factors affecting the
expansion of Islamic investment projects in the regions. The time series data from 2004 to 2024
on the number of Islamic investment projects in the regions and the independent factors that may
affect were analyzed. The VAR model was used in our study. According to the results of our study,
it was found that the selected independent factors are positively related to Islamic investment
projects in the short term.
Keywords:
VAR (vector autoregression), time series, Islamic finance, investment projects,
IDBG.
UOʻK:
332.330.322
386-396
www.sci-p.uz
II SON. 2025
387
Kirish.
O’zbekistonning iqtisodiy oʻsish dinamikasi va moliyaviy tuzilmasi bir necha yillar
davomida qisqa va uzoq muddatli investitsiya loyihalarini amalga oshirishda katta ahamiyatga
ega bo’ldi. Investitsiya loyihalari mamlakatning infratuzilmasi, sanoati va ijt
imoiy soha uchun
muhim ahamiyatga ega.
Shuningdek, hududlar iqtisodiyotini rivojlantirishda islom iqtisodiyoti tamoyillari
asosida investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlari juda katta ahamiyatga ega. Islom iqtisodiyoti,
o’zining adolatli va halollik pri
nsiplariga asoslanib, moliyaviy tizimda barqarorlikni
ta’minlashga yordam beradi. Bu tizimning asosiy tamoyillari, masalan, foizdan voz kechish,
risklarni teng taqsimlash, shaffoflik va ijtimoiy mas’uliyatni rivojlantirish, hududlar
iqtisodiyotiga yangi imkoniyatlar yaratish uchun muhimdir. Islom iqtisodiyotining asosiy
qadriyatlari va prinsiplariga muvofiq investitsiyalar jalb qilish, hududlarda barqaror iqtisodiy
o’sish va ijtimoiy farovonlikni ta’minlashga yordam beradi.
Islom iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan investitsiya tizimi, ayniqsa, rivojlanayotgan
hududlar uchun juda dolzarb hisoblanadi. Chunki bu tizimda moliyaviy harakatlar faqat haqiqiy
ishlab chiqarish va xizmatlar bilan bog'liq bo'lib, soxta iqtisodiy faoliyatlar va spekulyativ
operatsiya
larni cheklaydi. Bu esa hududlarda barqaror va uzluksiz o’sishni ta’minlaydi. Islom
iqtisodiyoti tamoyillari asosida investitsiyalar jalb qilish, xususan, kichik va o’rta bizneslarni
rivojlantirish uchun zarur infratuzilma va kapitalni taqdim etadi.
Bundan tashqari, islomiy investitsiya vositalari mushoraka, mudoraba va tijorat
shartnomalaridagi shaffoflik, ishonchni oshiradi va investorlar uchun xavfsizlikni ta’minlaydi.
Bu tamoyillar orqali hududlarning iqtisodiy potensiali oshadi va ular global investitsiya
oqimlaridan samarali foydalana olishadi. Shuningdek, islom iqtisodiyoti tamoyillari bo’yicha
investitsiyalar jalb qilish, ijtimoiy mas’uliyatni hisobga olgan holda, hududlarda iqtisodiy va
ijtimoiy farovonlikni rivojlantirishda katta rol o’ynaydi. Islo
m iqtisodiyoti tamoyillariga
asoslangan investitsiyalar jalb qilish hududlarni rivojlantirish va ularda barqaror iqtisodiy
o’sishni ta’minlash uchun dolzarb va samarali vositadir.
Mazkur tadqiqotning maqsadi hududlarda islomiy investitsiya loyihalarining
k
engayishiga ta’sir etuvchi asosiy omillarni ekonometrik usullar asosida aniqlash va tahlil
qilishdan iboratdir. Bu tadqiqot hududlarning iqtisodiy siyosatini shakllantirishda, islomiy
investitsiyalarni jalb qilishning roli va imkoniyatlarini to’g’ri bahola
shga yordam beradi.
Shuningdek, tadqiqot islomiy investitsiyalarni jalb qilishning iqtisodiy rivojlanishga
qoʻshgan hissasini aniqlash va kelgusidagi strategik qarorlarni qabul qilishda amaliyotda
qoʻllanilishi mumkin boʻlgan analitik asoslarni taklif qila
di.
Аdabiyotlar sharhi
.
Hududlarda amalga oshirilayotgan islomiy investitsiya loyihalarini kengayishi va uning
ekonometrik tahlili boʻyicha xorijiy ilmiy asarlar bu sohada olib borilgan tadqiqotlarni
chuqurroq tushunishga yordam beradi. Hududlarda amalga oshirilayotgan islomiy investitsiya
loyihalarining kengayishi borasida olib borgan tadqiqotlar va ilmiy ishlar turli olimlarning
faoliyati orqali o’rganilgan. Bu tadqiqotlar islomiy iqtisodiyot tamoyillarining samaradorligini
va ularning hududiy iqtisodiyo
tlar uchun qanchalik foydali ekanligini ko’rsatadi. Jumladan,
Muhammad Yunus
“Microfinance and Social Business: A New Paradigm” (2008) asarida
mikromoliya va islomiy investitsiya mexanizmlarining ijtimoiy bizneslar orqali qanday qilib
hududlar iqtisodiyotini rivojlantirishi mumkinligini tahlil qiladi. Yunusning asosiy tadqiqoti
mikro-
kreditlar va ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan bo’lib, u islomiy moliya
tizimi orqali kichik va o’rta bizneslar uchun imkoniyatlar yaratishning muhimligini ko’rsatadi.
Bundan tashqari, Sundararajan va Erriko (2002) tomonidan yozilgan maqola, "Islamic
Financial Institutions and Contracts: Opportunities and Challenges", islomiy moliya institutlari
va ularning iqtisodiy imkoniyatlarini oʻrganadi. Bu maqola islomiy
moliya tizimining iqtisodiy
imkoniyatlarini va uning investisiya loyihalariga ta'sirini tahlil qiladi. Mualliflar ekonometrik
www.sci-p.uz
II SON. 2025
388
modellar yordamida islomiy moliyalashtirishning iqtisodiy samaradorligini baholashda yuzaga
keladigan qiyinchiliklarni yoritadilar.
Monzer Kahf islomiy iqtisodiyot va moliya bo’yicha ko’plab tadqiqotlar olib borgan
olimdir. Uning “Islamic Economic and Financial Systems” (2003) asarida islomiy banklar va
moliyaviy institutlarning hududlar iqtisodiyotlariga ta’siri, shuningdek, islomi
y
investitsiyalarni jalb qilishda yuzaga keladigan imkoniyatlar haqida keng tahlil olib borilgan.
Kahfning ishlari islomiy moliya tamoyillarining ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikni qanday
ta’minlashini ko’rsatadi.
Abul Hassan M. Sadeq islomiy moliya va uning hududiy iqtisodiyotlarni rivojlantirishdagi
rolini o’rganib, “The Islamic Economy: A Survey of the Literature” (2002) asarida islomiy
iqtisodiyotning global miqyosda qanday rivojlanayotganini va islomiy moliya tamoyillariga
asoslangan investitsiyalar hududlarda qanday yangi imkoniyatlarni yaratishini ko'rsatadi. U
islomiy moliya tizimining investitsiya va iqtisodiy o'sishdagi ahamiyatini muhokama qiladi.
Darrat (2006) tomonidan yozilgan maqola, "Islamic Finance: The Regulatory Challenge",
islomiy moliyalashtirishning reglamentasion muammolarini va iqtisodiy tizimga integrasiya
qilinishini oʻrganadi. Muallif islomiy moliyalashtirishning iqtisodiy rivojlanishga qoʻshgan
hissasini va investitsiya loyihalaridagi rolini tahlil qiladi.
Bun
dan tashqari, islom moliyasining mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga ta’sirini
ekonometrik modellashtirish orqali oʻrgangan bir qancha olimlarning ham ilmiy ishlari
natijalarini quyida berib oʻtamiz. Bulardan, Abd. Majid va Kassim (2015) islom bank ishi va
moliya institutlari 1997-yildan 2013-
yilgacha Malayziya iqtisodiy oʻsishiga qanday ta’sir
qilganini oʻrganishdi. Ular VECM va ARDL kabi modellardan foydalanishgan. Ushbu tadqiqot
shuni koʻrsatdiki, Malaziya iqtisodiyotida islom banklarining ijobiy ta’siri y
uqori ekanligi
aniqlangan. Mazkur tadqiqotning natijasi oʻlaroq, olimlar islom bank sektorini rivojlantirish
yoʻnalishlarini ham belgilab berishgan.
Biroq, Turkiyada Yuksel va Canoz (2017) tomonidan olib borilgan empirik tadqiqot shuni
koʻrsatdiki, 2005 v
a 2016-
yillar oraligʻida islom banklari mamlakat iqtisodiy oʻsishiga sezilarli
ta’sir koʻrsatmagan. Biz buning sababi sifatida ushbu davrdagi mamlakatning cheklangan islom
banki sektorini koʻrsatishimiz mumkin. Turkiyada 2016
-yilgacha faqatgina anchagina
c
heklangan bozor ulushiga ega 3 ta xususiy ishtirok bank (islom bank)lari mavjud boʻlganligi,
tadqiqot natijasiga koʻra mamlakatning iqtisodiy oʻsishiga islom banklarining ta’siri
boʻlmaganligini koʻrsatgan boʻlishi mumkin. Lekin, 2016
-yildan keyin mamlakatda yana 3 ta
davlat ishtirok banklari va 3 ta raqamli ishtirok banklari tashkil etilishi natijasida islomiy
banklarning umumiy bank tizimidagi ulushi anchayin ortganini guvohi boʻlishimiz mumkin. Bu
davrdan keyin, islom banklarining mamlakat iqtisodiy oʻsishidagi oʻrni ahamiyati ortgan
boʻlishi mumkin.
Turli mamlakatlarda bank tizimi, moliya bozorlari, institutsional sifat, ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish darajasi, qoʻllanilgan metodologiya va oʻrganilayotgan davrga qarab turlicha boʻlgan
iqtisodiy sharoitla
r boʻyicha bir qator xulosalar mavjud. Ushbu adabiyotlar islomiy
moliyalashtirish va uning iqtisodiy samaradorligini tahlil qilishda ekonometrik
modellashtirishning qoʻllanilishi haqidagi bilimlarni kengaytiradi. Xorijiy olimlarning
tadqiqotlari islomiy mo
liyalashtirishning investisiya loyihalaridagi ta’sirini baholashda muhim
ahamiyatga ega.
Biroq, shuning bilan birgalikda, bizning amalga oshirayotgan tadqiqotimiz, yuqorida
keltirilgan ilmiy ishlardan bir qator jihatlari bilan farq qiladi. Jumladan, mamlakat, tanlangan
omillar va metodlar, model, davr va boshqlar nuqtai nazaridan bizning amalga oshirgan
tadqiqotimiz yuqoridagi koʻrib oʻtilgan ilmiy maqolalardan farqli hisoblanadi. Bu farqlar,
tadqiqotning yangi yoki qoʻshimcha ma’lumotlar kiritish imkoniyatlarini koʻrsatadi va iqtisodiy
tahlil uchun yangi perspektivlar taqdim etadi.
www.sci-p.uz
II SON. 2025
389
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqotimizda hududlarda amalga oshirilayotgan islomiy investitsiya loyihalarining
kengayishi va unga ta’sir qiluvchi omillar oʻrtasidagi bogʻliqlikni
aniqlash uchun miqdoriy
yondashuvdan foydalandik. Xususan, hududlarda 2004-yildan 2024-
yilgacha boʻlgan vaqt
oraligʻida islomiy investitsiya loyihalarini miqdorini aks ettiruvchi bog‘liq o‘zgaruvchi
va
quyida tanlab olingan unga ta’sir etuvchi omillarni v
aqtli qatorlarda ilgari surayotgan
gipotezamizni isbotlash uchun ekonometrik modellashni amalga oshirdik.
Tadqiqotimizda qo‘yilayotgan ilmiy farazlarni tekshirish uchun quyidagi omillarni bog‘liq
o‘zgaruvchi va mustaqil o‘zgaruvchilar sifatida tanlab oling
an:
- hududlarda amalga oshirilgan islomiy investitsiya loyihalarining puldagi miqdori (AQSh
dollarida), (IsML) bog‘liq o‘zgaruvchi sifatida tanlangan;
- valyuta kursi (Valyuta_kursi)
–
mamlakatdagi qonuniy oʻrnatilgan valyuta kursi mustaqil
omil sifatida tanlangan;
- hududlarda islomiy investitsiya loyihalarini moliyalashtirishni amalga oshirgan
moliyaviy tashkilotlar (Islomiymoliyainst) soni mustaqil omil sifatida tanlangan;
-
iqtisodiy o‘sish (Iqtisodiyosish) mustaqil omil sifatida
tanlangan;
- ishsizlik (Ishsizlik) darajasi mustaqil omil sifatida tanlangan.
Ushbu omillar 2004-2024
yillar oraligʻida amaliyotda mavjud holatdan kelib chiqib tanlab
olingan.
1-rasm.
VAR modelida qo‘yilayotgan ilmiy farazlar
1-rasmda VAR modelimizda tekshirish uchun ilgari surayotgan ilmiy farazlarimiz
tasvirlangan.
Mazkur gipoteza testi quyidagi 1-rasmda keltirilgan tartibda amalga oshirildi. Ushbu
rasmdagi
H harfi ingliz tilidagi “hypothesis” (gipoteza, ilmiy faraz)
ning bosh harfi hisoblanadi.
Bizning ilmiy farazlarimiz (gipotezalarimiz) quyidagicha:
Tadqiqotimizda qamrab olinayotgan b
ogʻliq va mustaqil oʻzgaruvchilar
ni tanlab olishda
bizdan oldin
ushbu yoʻnalishda tadqiqot
olib borgan xorijiy va mahalliy olimlarning ilmiy ishlari
natijalariga tayanildi.
VAR modelida
bogʻliq oʻzgaruvchi
sifatida foydalanilayotgan hududlarda amalga
oshirilgan islomiy investitsiya loyihalari (IsML)
bo‘yicha statistika Islom taraqqiyot bankining
O‘zbekistondagi vakili hamda O‘zbekiston Respublikasining Markaziy bankining rasmiy sayti
(cbu.uz)dan, mustaqil oʻzgaruvchi hisoblangan valyuta kursi (Valyuta_kursi) O‘zbekiston
Respublikasining Markaziy bankining rasmiy sayti (cbu.uz)dan, islomiy moliya institutlari
(Islomiymoliyainst) soni Islom taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakili va O‘zbekiston
www.sci-p.uz
II SON. 2025
390
Respublikasining Markaziy bankining rasmiy sayt (cbu.uz) dan olingan statistik ma’lumotlar
asosida hisoblangan, keyingi mustaqil o‘zgaruvchilar bo‘lgan iqtisodiy o‘sish (Iqtisodiyosish)
va ishsizlik (Ishsizlik) darajasi uchun ma’lumotlar
Jahon bankining rasmiy sayti
(data.worldbank.org)dan olindi.
Tadqiqotimizda 2004-yildan 2024-yilgacha
O‘zbekiston hududlarida amalga oshirilgan
islomiy investitsiya loyihalari
va yuqorida koʻrsatib oʻtilgan mustaqil omillar oʻrtasidagi
bogʻliqlikni oʻrganish maqsadida koʻp omilli vaqtli qatorlardan foydalangan holda quyidagi
ekonometrik model va tenglama ishlab chiqildi.
Vektor avtoregressiya modeli (VAR):
𝑌
𝑡
= 𝑎 + 𝛽
1
𝑌
𝑡−1
+ 𝛽
2
𝑌
𝑡−2
+ ⋯ + 𝛽
𝑝
𝑌
𝑡−𝑝
+ 𝜀
𝑖
(1)
Bu yerda
𝑎
-
tenglamaning erkin koeffisienti (oʻzgarmas) va
𝛽
1
-
𝛽
𝑝
tartibigacha
𝑌
laglarining koeffisientlari.
𝜀
𝑖
: tasodifiy tarkibiy qism (xato, ogʻish), oq shovqin (
white noise
) deb ham ataladi.
Tadqiqotimizda stata 18 dasturi (software)dan foydalanib
koʻp omilli vaqtli qator
(Multifactor time-series)larda VAR modelidan
qo‘llanil
gan holda qamrab olingan
indikatorlarimizning prognozi (forecast) ham olindi.
VAR modelida bog‘liq va mustaqil omillar o‘rtasidagi qisqa muddatli bog‘liqlik bo‘yicha
qo‘yilayotgan ilmiy farazlarni tekshirishda Vektor avtoregressiya modeli (VAR) qurildi va
modelning diagnostika tahlilini amalga oshirishda “Impulse response functions (IRFs), impulse
variables, and response var
iables (impuls javob funksiyalari (IJF), impuls o‘zgaruvchisi va javob
o‘zgaruvchi)” testi, optimal lagni tanlash testi (Lag
-order selection criteria), Grenjer sabab-
oqibat test (Granger causality Wald tests)laridan foydalanildi hamda model barcha ishonch
testlaridan muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng, 202
5-2029-
yillarga mo‘ljal
langan 5 yillik prognoz
ko‘rsatkichlariga erishildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Tadqiqotimiz koʻp omilli vaqtli qatorlarda amalga oshirilayotgani uchun koʻp omilli vaqtli
qatorlarning birinchi qoidasi boʻyicha qoʻyiladigan qadamlardan birinchisi bog‘liq va mustaqil
oʻzgaruvchilarga tegishli koʻrsatkichlar statsionar yoki nostatsionar ekanligini aniqlash
maqsadida Dickey-Fuller testida tekshirishdan boshlaymiz. Sababi, vaqtli qatorlarda
nostatsionar omillar orqali qurilgan modelning natijalari ishonchli hisoblanmaydi. Shuning
uchun, vaqtli qatorlarning birinchi sharti omilga tegishli bo‘lgan ko‘rsatkich statsionar bo‘lishi
shart. Lekin, afsuski, ko‘rsatkichlar har doim ham statsionar bo‘lavermaydi, ayniqsa, ijtimoiy
fanlarga tegishli bo‘lganlari. Shu sababli, Dikkey
-Fuller testidan foydalangan holda agar
ko‘rsatkich nostatsionar bo‘lsa, uni differensiyalash orqali statsionarlikka aylantirish mumkin.
1-jadval
Bog‘liq va
m
ustaqil oʻzgaruvchilar boʻyicha Dikkey
-Fuller (Dickey-Fuller) testi
koʻrsatkichi
Bog‘liq va
mustaqil omillar
nomi
Statistik
test
(Test
Statistic)
Tanqidiy
qiymat
1%
(Critical
Value)
Tanqidiy
qiymat
5%
(Critical
Value)
Tanqidiy
qiymat
10%
(Critical
Value)
Kuzatuvlar
(Obs)
Ehtimolligi
(MacKinnon
approximate
p-value for
Z(t))
IsML
-5.910
-3.750
-3.000
-2.630
19
0.0000
Valyuta_kursi
-5.327
-3.750
-3.000
-2.630
18
0.0000
Islomiymoliyainst
-5.082
-3.750
-3.000
-2.630
19
0.0000
Iqtisodiyosish
-8.696
-3.750
-3.000
-2.630
19
0.0000
Ishsizlik
-4.445
-3.750
-3.000
-2.630
19
0.0002
Manba:
STATA dasturi natijasiga koʻra muallif tomonidan tuzilgan
.
www.sci-p.uz
II SON. 2025
391
Bog‘liq o‘zgaruvchimiz “hududlarda amalga oshirilgan islomiy investitsiya
loyihalari
(IsML)ning qiymati”ni statsionarlikka Dikkey
-Fuller testida tekshirganimizda nostatsionar
ekanligi aniqlangan bo‘lsa, statistik test qiymati manfiy son sifatida kichik qiymatni tashkil etib
statsionarlik mavjudligi bir marta differensiallangandan keyin amalga oshdi.
Shuningdek, Mak Kinnon (MasKinnon) qiymati ehtimolligi (r-value)=0.0000 qiymatni
tashkil etib stasionarlik mavjudligini koʻrsatadi (1
-jadval).
Navbatdagi qadamda mustaqil oʻzgaruvchilarimizning koʻrsatkichlarini Dikkey
-Fuller
(Dickey-
Fuller) testida tekshirganimizda barcha mustaqil oʻzgaruvchilar nostasionar ekanligi
aniqlandi, lekin valyuta kursidan boshqa barcha mustaqil o‘zgaruvchilar bir mart
a
differensiallangandan soʻng statsionarlikka aylandi.
Valyuta kursi esa ikki marta
differensiallangandan keyin statsionarlik holatini qayd etdi.
2-
rasm: Bog’liq va mustaqil o’zgaruvchilarning grafik usulida statsionallikka
tekshirish natijalari
Manba:
STATA dasturi
orqali chiqarilgan.
Yuqoridagi 2-
rasm natijalardan ko‘rish mumkinki, bog‘liq va mustaqil o‘zgaruvchilarga
tegishli statistik ko‘rsatkichlarning yillar kesimida o‘rtachasi va dispersiyasi o‘zgaruvchanlikni
ya’ni vaqtga bog‘langanini ko‘rsatadi. Mazkur holatda, ushbu o‘zgaruvchilar nostatsionar deb
aytishimizga asos bo‘ladi hamda ushbu o‘zgaruvchilarni Dikkey
-Fuller testida
differensiyalashga ehtiyoj borligini ko‘rsatadi.
Tadqiqotimizning navbatdagi bosqichida VAR modeli jadvalini keltiramiz.
Vektor avtoregressiya
(VAR) modeli natijalariga ko‘ra, mustaqil oʻzgaruvchi valyuta kursi
(Valyuta_kursi) birinchi lag (bir yil oldingi ta’sir) bo‘yicha dollarning 1000 soʻmga
qimmatlashishi islomiy investitsiya loyihalar qiymatining 120 mln. AQSh dollarga kamayishiga
sabab boʻlgan boʻlsa, 2
-
lag boʻyicha esa 154
mln. AQSh dollariga kamayishiga olib kelgan. Buni
quyidagicha izohlash mumkin, Islom taraqqiyot banki guruhi tomonidan moliyalashtiriladigan
investitsion loyihalar AQSh dollari
da amalga oshirilib, loyihaning iqtisodiy natijasi esa soʻmda
olinadi.
www.sci-p.uz
II SON. 2025
392
2-jadval
VAR modeli avtoregressiya jadvali
Sample:2006
–
2024
Number of obs = 19
Log likelihood= -288.113
AIC = 36.11716
FPE= 7.57e-09
HQIC = 36.57985
Det(Sigma_ml)= 1.02e-07
SBIC = 38.85107
Equation
Parms
RMSE
R-sq
chi2
P>chi2
IsML
11
140.982
0.7342
52.47166
0.0000
Valyuta_kursi
11
530.423
0.9932
2795.747
0.0000
Islomiymoliyai~t
11
2.89392
0.8442
102.9737
0.0000
Iqtisodiyosish
11
1.65625
0.6137
30.1824
0.0008
Ishsizlik
11
.678541
0.8505
108.0694
0.0000
IsLM
Coef.
Std. Err.
Z
P>|t|
[95% Conf. Interval]
IsML
L1.
0.659
0.234
2.820
0.005
0.201
1.117
L2.
0.160
0.240
0.670
0.505
0.632
0.311
Valyuta_kursi
L1.
-0.120
0.051
-2.340
0.019
-0.220
-0.020
L2.
-0.154
0.047
- 3.290
0.001
-0.062
0.246
Islomiymoliyainst
L1.
27.113
13.002
2.090
0.037
52.597
1.630
L2.
40.832
15.752
2.590
0.010
9.958
71.705
Iqtisodiyosish
L1.
-19.107
27.001
-0.710
0.479
-72.028
33.813
L2.
60.231
29.518
2.040
0.041
2.377
118.085
Ishsizlik
L1
-53.896
46.355
-1.160
0.245
-144.750
36.959
L2
48.576
31.606
1.540
0.124
-13.370
110.523
_cons
48.190
21.381
2.250
0.024
6.283
90.097
Manba:
STATA dasturi
orqali chiqarilgan.
Tabiiyki, daromad so‘mda olib chiqib
ketilmaydi, uni mamlakatda AQSh dollariga
aylantirib olib ketish jarayonida ushbu daromad loyihaning boshlanishida kutilayotgan
daromad bilan taqqoslaganda kutganlaridan ham kamroq chiqishi ushbu moliyaviy
institutlarning keyingi davrdagi qiziqishlarini ni
sbatan pasaytirgan bo‘lishi mumkinligi bilan
izohlash mumkin. Demak, valyuta kursidagi tebranishlar, soʻmning keskin qadrsizlanishi bilan
bogʻliq muammolar salbiy ta’sir qilgan deb xulosa qilishimiz mumkin. X
ususan, 2021-yilda 1
AQSh dollarining so‘mga nisbati 10.609 so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 2023
-
yilga kelib bu ko‘rsatkich
11.669 so‘mni tashkil etgan. Ushbu qisqa davr ichida so‘mning 1 AQSh dollariga qadrsizlanishi
1069 so‘mni tashkil etgan. 2021
-yilga nisbatan, 2024-
yilda (12.935 so‘m) esa so‘mning
qadrsizlani
shi 2326 so‘m qiymatida qayd etilgan. Shu jihatlarni hisobga olsak, mazkur
modelimizda chiqqan natijalarni asosli deb hisoblashimiz mumkin.
Keyingi mustaqil omil islomiy moliya institutlari (Islomiymoliyainst) sonining bir birlikka
ortishi, birinchi lag (b
ir yil oldingi ta’sir) bo‘yicha islomiy investitsiya loyihalar qiymatining 27
mln AQSh dollarga ortishini ko‘rsatgan bo‘lsa, ikkinchi lag (ikki yil oldingi ta’sir) bo‘yicha 40.8
mln AQSh dollariga ortishiga olib kelar ekan. Ushbu natijalarni so‘ngi yillard
a Islom taraqqiyot
banki guruhi tomonidan davlat va xususiy sektorning loyihalarini moliyalashtirish ortgani
bunda albatta, islomiy moliyalashtirishga taklif etilayotgan loyihalarni soni ortib borayotganligi
bilan bir qatorda Xususiy sektorni rivojlantiris
h bo‘yicha islom korporatsiyasi va Xalqaro islom
savdo-moliya korporatsiyasi liniyalarini taklif etuvchi tijorat banklari va ularning qoshidagi
tashkilotlar sonining ortgani bilan izohlash mumkin. Demak, ushbu ijobiy o‘zgarishlar islomiy
investitsiya loyih
alarining kengayishiga ijobiy ta’sirini ko‘rsatayotganligini ko‘rishimiz
www.sci-p.uz
II SON. 2025
393
mumkin. Shu jihatlarni hisobga olsak, islomiy moliya tashkilotlari sonining bir birlikka oshirish
yuqorida qayd etilganidek hududlarda yuqori ijobiy natijalarni qo‘lga kiritishimiz im
konini
berar ekan.
Navbatdagi mustaqil o‘zgaruvchi, iqtisodiy o‘sish (Iqtisodiyosish)ning ikkinchi lag (ikki
yil oldingi ta’sir) bo‘yicha bir foizga oshishi islomiy investitsiya loyihalar qiymatining 60.2 mln
AQSh dollariga ortishini ko‘rsatgan. Lekin, birinchi lag bo‘yicha ushbu mustaqil o‘zgaruvchining
ko‘rsatkichi t
-
test natijasiga ko‘ra statistiklik jihatidan ahamiyatsizligi aniqlangan.
So‘ngi mustaqil o‘zgaruvchi ishsizlik (Ishsizlik) darajasining hududlarda islomiy
investitsiya loyihalar qiymatining o
‘zgarishiga ta’siri borasida birinchi va ikkinchi laglarning
ikkisi ham statistiklik jihatidan ahamiyatsizligi aniqlangan. Bunday natija chiqishiga bir qancha
sabablar bo‘lishi mumkin. Lekin, ko‘p hollarda eng asosli sabab sifatida ushbu o‘zgaruvchiga
tegi
shli statistikanining to‘g‘ri va aniq hisoblashdagi uslubni shubha ostiga olinishi bilan
tugaydi. Sababi, mamlakatdagi ishsizlik darajasi salbiy ko‘rsatkich hisoblanib, rivojlanayotgan
mamlakatlar ayniqsa, bir qancha sabablarga ko‘ra ushbu ko‘rsatkichni kamaytirib ko‘rsatishga
harakat qiladi. Natijada, omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikni tahlil qilinganida to‘g‘ri bo‘lmagan
ma’lumot orqali tekshirilayotgan ilmiy faraz kutilganidek chiqmasligi mumkin.
Mazkur model bo‘yicha ilgari surilgan ilmiy farzalarimizdan
H1, H2 va H3 gipotezalarimiz
qabul qilingan bo‘lsa, ishsizlik darajasining hududlarda islomiy investitsiya loyihalari
qiymatining o‘zgarishi borasidagi H4 gipotezamiz, t
-test natijalari statistik jihatdan ahamiyatsiz
bo‘lganligi uchun rad etildi.
VAR modeli jadvalida aks etgan barcha ishonch testlari ushbu VAR modelimizni qabul
qilish mumkinligini koʻrsatadi.
Ushbu keltirilgan VAR modeli avtoregressiya jadvali natijalariga koʻra quyidagi VAR
model formulasini shakllantirdik.
Y
t
= 48.190+0.659 L1 IsML
t-1
- 0.120 L1 Valyuta_kursi
t-1
-0.154 L2 Valyuta_kursi
t-2
+ 27.113 L1
Islomiymoliyainst
t-1
+ 40.832 L1 Islomiymoliyainst
t-2
+ 60.231 L2 Iqtisodiyosish
t-2
+
ε
t
Tadqiqotimizning keyingi bosqichida, VAR modelimizni
diagnostikadan o‘tkazamiz.
Navbatdagi qadamda VAR modelimizda qo‘llani
lgan ikkita lagning optimal lagini aniqlash
uchun optimal lagni tanlash testi (Lag-order selection criteria)dan foydalanamiz. Odatda, ushbu
diagnostika testining umumiy dalillari doimiy ravishda VAR modeli uchun ikkinchi lag optimal
ekanligini ko‘rsatadi.
3-jadval
Optimal lagni tanlash testi (Lag-order selection criteria)
Sample: 2006 thru 2024
Number of obs = 19
Lag
LL
LR
df
P
FPE
AIC
HQIC
SBIC
0
-402.727
3.0e+12 42.9186 42.9607 43.1672
1
-341.097
123.26
25
0.000
7.1e+10 39.0628 39.3152
40.554
2
-288.113
105.97*
25
0.000
7.6e-09* 36.1172 36.5798 38.8511
*optimal lag
Manba:
STATA dasturi
orqali chiqarilgan.
Eng optimal lag mezoni testi (Lag-order selection
criteria)dan ma’lum bo‘ladiki, ikkinchi
lag eng optimal lag ekanligi namoyon bo‘ladi. Ushbu testni mezoniga ko‘ra ishonch
ko’rsatkichlari bo’lgan LR, FPE, AIC, HQIC va SBIClarning qiymati qanchalik kichik bo’lsa o‘sha
lag shuncha optimal bo‘ladi. Bizning ushbu test natijalarimizga ko’ra LR, FPE, AIC, HQIC va SBIC
lar ikkinchi lagda eng kichik qiymatlarni qayd etganligi sababli, ikkinchi lag optimal lag deb
aytishimiz mumkin.
www.sci-p.uz
II SON. 2025
394
4-jadval
Grenjer sabab-oqibat testi (Granger causality Wald tests)
Equation
Excluded
chi2
Df
Prob>chi2
IsML
Valyuta_kursi
14.685
2
0.001
IsML
Islomiymoliyainst
6.891
2
0.032
IsML
Iqtisodiyosish
4.713
2
0.095
IsML
Ishsizlik
2.526
2
0.283
IsML
ALL
34.612
8
0.000
Manba:
STATA dasturi
orqali chiqarilgan.
Grenjer sababiyoti testi vaqtli qatorlardagi oʻzgaruvchilar oʻrtasidagi sababiy bogʻliqlikni
tekshiradi va bir vaqt seriyasidan boshqa oʻzgaruvchini prognoz qilish uchun foydalanish
mumkinmi yoki yoʻqmi shuni aniqlashga yordam beradi.
Grenjer sabab-oqibat
testi natijasiga ko‘ra, uchta mustaqil omillarimiz ya’ni valyuta kursi
(Valyuta_kursi), islomiy moliya institutlari (Islomiymoliyainst
) va iqtisodiy o‘sish
(Iqtisodiyosish)ning o’zgarishi sababidan bog‘liq o’zgaruvchimiz bo‘lgan hududlarda amalga
oshirilg
an islomiy investitsiya loyihalari (IsML)ning qiymati o’zgarishi ehtimollik (Prob chi2)
darajasi 0.05 dan kichik bo’lgani uchun H1 –
muqobil gipotezasini qabul qilishimizga asosli
hisoblanadi.
Mazkur test mezoniga koʻra shakllantirgan VAR modelimiz ijobiy
deb topildi va keyingi
bosqich prognoz ko‘rsatkichlarini olishga imkon berdi.
2025-yildan 2029-
yilgacha bog‘liq oʻzgaruvchining VAR modeli natijasiga koʻra,
hududlarda amalga oshirilgan islomiy investitsiya loyihalari (IsML)ning qiymatining oshishi
yoki ka
mayishiga mustaqil oʻzgaruvchilar bo‘lgan valyuta kursi (Valyuta_kursi), islomiy moliya
institutlari (Islomiymoliyainst) va iqtisodiy o‘sish (Iqtisodiyosish) ta’siri ostidagi prognozi
keltirilgan boʻlib, prognozlar shuni koʻrsatadiki, 2029
-
yilga borib Oʻzb
ekiston hududlarida
islomiy investitsiya loyihalarining qiymati birinchi senariy bo‘yicha 862 mln AQSh dollariga
yetishini ko‘rsatgan bo‘lsa, uchinchi senariy bo‘yicha esa 1,2 mlrd AQSh dollarini tashkil etishi
prognoz qilindi. Bu prognoz ko‘rsatkichlariga
albatta, yuqoridagi mustaqil omillar bo‘yicha
ijobiy natijalarga erishish orqali ta’minlanishi mumkin.
Valyuta kursi ya’ni so‘mni AQSh dollariga nisbatan qadrsizlanishini kamaytirish bo‘yicha
yetarlicha chora-tadbirlarning amalga oshirilmasligi natijasid
a ikkinchi senariy prognozi ya’ni
509 mln AQSh dollarini tashkil etishi va bu prognoz ko‘rsatkichini birinchi va ikkinchi prognoz
senariylari bilan taqqoslaganda sezilarli darajada pastligini hamda 2024-yildagi natijadan ham
kam bo‘lishini ko‘rishimiz mumk
in.
Xulosa va takliflar.
Hududlarda amalga oshirilayotgan islomiy investitsiya loyihalarining kengayishi va
unga ta’sir etuvchi omillarning ekonometrik tahlili natijalariga koʻra, islomiy investitsiya
loyihalarining kengayishiga tadqiqotimiz uchun
tanlab olingan mustaqil oʻzgaruvchilar
valyuta kursi, islomiy investitsiya loyihalarini moliyalashtirishni amalga oshirgan
moliyaviy tashkilotlar soni va iqtisodiy o’sishning ta’siri borasidagi gipoteza o’z tasdig’ini
topdi.
Islomiy investitsiyalarni jalb
qilishni oshirish hududlar iqtisodiyoti uchun ko’plab
imkoniyatlar taqdim etadi. Jumladan, Islomiy moliyaviy tizimda iqtisodiy operatsiyalar faqat
haqiqiy qiymat yaratadigan faoliyatlarga asoslanadi, bu esa hududlarda inflyatsiya, iqtisodiy
notenglik va boshqaruvdagi xatoliklar xavfini kamaytiradi. Islom iqtisodiyoti tamoyillari,
xususan, foizning taqiqlanishi, mushoraka, mudoraba, murobaha, ijara kabi instrumentlar
orqali hududlar iqtisodiyotining asosiy sektorlarini rivojlantirishda samarali vosita
hisobl
anadi. Bu tamoyillar moliyaviy resurslarning samarali taqsimlanishini ta’minlab,
iqtisodiy o’sishni barqarorlashtirishga yordam beradi.
www.sci-p.uz
II SON. 2025
395
Bundan tashqari, islom iqtisodiyoti tamoyillari bo’yicha investitsiyalar jalb qilish, ijtimoiy
mas’uliyatni hisobga olga
n holda, hududlarda iqtisodiy barqarorlik va ijtimoiy farovonlikni
oshiradi. Islomiy moliya tizimi tomonidan qo’llaniladigan xavfsizlik va shaffoflik tamoyillari,
investorlar uchun ishonchli va xavfsiz muhit yaratadi. Xalqaro investitsiya oqimlarining
keng
ayishi va islomiy moliya bozorlarining global miqyosda o’sishi, hududlarning o’z iqtisodiy
potensialini maksimal darajada ishga solishiga imkon yaratadi.
Tadqiqot davomida aniqlangan muhim jihat shundaki, iqtisodiy modellashtirish va
ekonometrik tahlil met
odlarini qoʻllash islomiy investitsiya loyihalarini kengayishiga ta’sir
qiluvchi omillarni aniq bir oʻlchamda, miqdorda oʻlchash, baholash imkoniyatini beradi.
Shuningdek, iqtisodiy tahlil yordamida amaliy tavsiyalar ishlab chiqish, davlat siyosatchilari va
moliya institutlari uchun foydali qarorlar va chora-tadbirlarni ishlab chiqishda bir qator
afzaliklarni taqdim etadi.
Olib borgan tadqiqotimizning natijasida ushbu yoʻnalishdagi islohotlarni amalga
oshirishda quyidagi taklif va tavsiyalar hisobga olinsa
yanada muvofiq bo’lar edi. Jumladan,
mamlakatimizning investisiyaviy jozibadorligini yanada oshirish va qimmatli qogʻozlar
bozorini jadal rivojlantirish, mamlakatimizda 250 milliard dollarlik investitsiyalarni
oʻzlashtirish, xususan, 110 milliard dollar xo
rijiy investitsiyalar va 30 milliard dollar davlat-
xususiy sheriklik doirasidagi investisiyalarni jalb qilish, hududlarning investitsion reytingini
yuritish, har bir hududning imkoniyatlaridan kelib chiqib, uning investorlar uchun
jozibadorligini yanada oshirish, islom moliyasining qonuniy asoslarini shakllantirish,
samaradorligi past boʻlgan hududiy aeroportlarni davlat
-xususiy sheriklik asosida
modernizasiya qilish va ishonchli boshqaruvga berish, infratuzilma loyihalarini barqaror va
uzoq muddatli moliya
lashtirish manbalari bilan ta’minlash hamda xalqaro moliya institutlari
bilan Oʻzbekistonda davlat
-
xususiy sheriklik loyihalarini ishlab chiqish jamgʻarmasini tashkil
etish kabi yoʻnalishlarda amaliy ishlarni amalga oshirish lozim boʻladi.
Islom iqtisodiyoti tamoyillari asosida jalb qilingan investitsiyalar ijtimoiy adolatni
ta’minlash, kamxarjlikni kamaytirish va muhtojlarga yordam berish orqali ijtimoiy
barqarorlikni mustahkamlaydi. Islomiy moliyaviy tizimda korporativ ijtimoiy mas’uliyat
muhim ahamiyatga
ega bo’lib, bu jarayon hududlarda nafaqat iqtisodiy o’sishni, balki ijtimoiy
barqarorlikni ta’minlashga yordam beradi.
Shu sababli, islom iqtisodiyoti tamoyillari asosida investitsiyalarni jalb qilish hududlar
iqtisodiyotini rivojlantirishda yuqori ahamiyatga ega. Bu tizim, faqat iqtisodiy foyda emas, balki
ijtimoiy va ma’naviy qadriyatlarni ham hisobga olgan holda, uzoq muddatli, barqaror va halol
o’sishni ta’minlaydi. Islom iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan investitsiya strategiyalari
hududlar uchun yangi imkoniyatlar yaratib, ularning iqtisodiy va ijtimoiy farovonligini
oshirishga xizmat qiladi.
Adabiyotlar
/Литература/Reference:
Abul Hassan M. (2002) Sadeq “The Islamic Economy: A Survey of the Literature”.
Darrat, M.A. (2006). Islamic Finance: The Regulatory Challenge. The Journal of Financial
Regulation and Compliance.
El-Ghazali, I. (2003). Iqtisodiyot va islomiy moliya: Teorik asoslar. Tashkent: Iqtisodiyot
nashriyoti.
Furqani, H. and Mulyany, R. (2009). “Islamic banking and economic
growth: Empirical
evidence from Malaysia”. Journal of Economic Cooperation and Development, 30, 59
-74.
Hassan, M. K., & Lewis, M. K. (2007). Handbook of Islamic Banking. Edward Elgar Publishing.
Iqbal, M., & Mirakhor, A. (2007).
An Introduction to Islamic Finance: Theory and Practice
. Wiley
Finance.
Johansen, S. (1991). “Estimation and hypothesis of cointegrating vectors in Gaussian vector
autoregressive models”. Econometrica, 59(6), 1551
-1580.
www.sci-p.uz
II SON. 2025
396
Johansen, S., and Juselius, K. (1990). “Maximum likelihood est
imation and inference on
cointegration with application to the demand for money”. Oxford Bulletin of Economics and
Statistics, 52, 169-210.
Majid, S.A. and Kassim, S. (2015). “Islamic finance and economic growth: The Malaysian
experience”. In: Kuala Lumpur
Islamic Finance Forum, Kuala Lumpur, 2-5 August 2010.
Monzer Kahf (2003) “Islamic Economic and Financial Systems”.
Muhammad Yunus “Microfinance and Social Business: A New Paradigm” (2008)
Sundararajan, V., & Errico, L. (2002).
Islamic Financial Institutions and Contracts: Opportunities
and Challenges
. IMF Working Paper.
Yüksel, Serhat & Canöz, İsmail. (2017). Does Islamic Banking Contribute to Economic Growth
and Industrial Development in Turkey?. Ikonomika. 2. 301-310. 10.24042/febi.v2i1.945.
