Авторы

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aept.79767

Ключевые слова:

туризм инвестиционная привлекательность стратегическое финансирование государственно-частное партнёрство финансовые механизмы

Аннотация

В статье анализируется роль стратегического финансирования в повышении инвестиционной привлекательности туристического сектора. На основе диверсификации источников финансирования, развития механизмов государственно-частного партнёрства, международного опыта и состояния национальной инфраструктуры разработаны предложения по обеспечению устойчивого финансирования туристических проектов.


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

353


O‘ZBEKISTON TURIZM SOHASIDA INVESTITSIYA JOZIBADORLIGINI OSHIRISHDA

STRATEGIK MOLIYALASHTIRISHNING ROLI

Xusniddinov Nuriddin Faxriddin o‘g‘li

Toshkent shahridagi Amity universiteti

ORCID: 0000-0004-1752-5807

khusniddiov77@gmail.com

Annotatsiya.

Ushbu maqolada turizm sektorining investitsiya jozibadorligini oshirishda

strategik moliyalashtirishning roli tahlil qilinadi. Moliyalashtirish manbalarining

diversifikatsiyasi, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarining rivoji, xalqaro tajriba va milliy
infratuzilmaning holati asosida turizm loyihalarini barqaror moliyalashtirishga qaratilgan

takliflar ishlab chiqilgan.

Kalit so‘zlar:

turizm, investitsiya jozibadorligi, strategik moliyalashtirish, davlat-xususiy

sheriklik, moliyaviy mexanizmlar.

РОЛЬ СТРАТЕГИЧЕСКОГО ФИНАНСИРОВАНИЯ В ПОВЫШЕНИИ ИНВЕСТИЦИОННОЙ

ПРИВЛЕКАТЕЛЬНОСТИ ТУРИСТИЧЕСКОГО СЕКТОРА УЗБЕКИСТАНА

Хусниддинов Нуриддин Фахриддин уғли

Университет Амити в Ташкенте

Аннотация

.

В статье анализируется роль стратегического финансирования в

повышении инвестиционной привлекательности туристического сектора. На основе
диверсификации источников финансирования, развития механизмов государственно

-

частного партнёрства, международного опыта и состояния национальной

инфраструктуры

разработаны

предложения

по

обеспечению

устойчивого

финансирования туристических проектов.

Ключевые слова:

туризм, инвестиционная привлекательность, стратегическое

финансирование, государственно

-

частное партнёрство, финансовые механизмы.

THE ROLE OF STRATEGIC FINANCING IN ENHANCING THE INVESTMENT

ATTRACTIVENESS OF UZBEKISTAN'S TOURISM SECTOR

Khusniddinov Nuriddin Fakhriddin ugli

Amity University in Tashkent

Abstract.

This article examines the role of strategic financing in enhancing the investment

attractiveness of the tourism sector. Based on the diversification of funding sources, the

development of public-private partnership mechanisms, international experience, and the current

state of national infrastructure, the paper proposes recommendations for ensuring sustainable
financing of tourism projects.

Keywords:

tourism, investment attractiveness, strategic financing, public-private

partnership, financial mechanisms.

UOʻK:

379.85.330.322.1

353-357


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

354

Kirish.

So‘nggi o‘n yilliklarda turizm global miqyosda strategik tarmoqlardan biriga aylanib,

ko‘plab mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish, bandlikni ta’minlash, valyuta tushumlarini ko‘paytirish

va ijobiy imij yaratish vositasi sifatida qaralmoqda. Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO)

ma’lumotlariga ko‘ra, turizm yalpi ichki mahsulotda o‘rtacha 10 foiz ulushga, global bandlikda

esa 8 foizga yaqin hissa q

o‘shadi. Bunday sharoitda milliy iqtisodiy siyosatni

diversifikatsiyalashni maqsad qilgan O‘zbekiston uchun ham turizm sektori strategik ustuvor

yo‘nalishlardan biri sifatida alohida ahamiyat kasb etmoqda

(UNWTO, 2023).

O‘zbekistonda 201

7-yildan boshlab olib borilayotgan islohotlar natijasida turizm

salohiyati davlat siyosatining ajralmas qismi sifatida shakllandi. Sayyohlar oqimining

ko‘payishi, viza rejimining liberallashuvi, “Ipak yo‘li” turizm yo‘nalishlari va ziyorat turizmining

rivojlanishi bu sohadagi islohotlarning amaliy natijalaridir. Biroq, ushbu sektorda sarmoya jalb

qilish bo‘yicha yetarli institutsional va moliyaviy mexanizmlarning shakllanmagani,

moliyalashtirish vositalarining cheklanganligi, davlat-xususiy sheriklik loyihalarining kamligi,
turizm obyektlari infratuzilmasining sust rivojlanganligi kabi omillar ushbu tarmoqning

investitsion jozibadorligini pasaytirib kelmoqda.

Shu nuqtai nazardan, turizm sohasining uzoq muddatli rivojlanishini ta’minlashda

strategik moliyalashtirish vositalarini ishlab chiqish va joriy etish dolzarb masala sifatida

maydonga chiqmoqda. Strategik moliyalashtirish

bu faqat moliyaviy resurslar bilan

ta’minlash emas, balki investitsiya xavfini minimallashtirish, moliyaviy barqarorlikni

ta’minlash, infratuzilmaviy loyihalarni uzoq muddatli kapital orqali qo‘llab

-quvvatlash,

investorlar uchun kafolatli va ishonchli moliyaviy muhit yaratishni anglatadi.

Bugungi kunda jahon amaliyotida turizmni moliyalashtirishda davlat kafolatlari, suveren

investitsiya fondlari, xalqaro moliya institutlari kredit liniyalari, obligatsion moliyalashtirish va

davlat-

xususiy sheriklik (PPP) keng qo‘llanilmoqda.


Adabiyotlar sharhi.

Turizm sektorining iqtisodiyotdagi o‘rni tobora ortib borayotgan sharoitda, ushbu

sohaning moliyaviy

barqarorligini ta’minlash, investitsiyalar oqimini jalb qilish va kapitaldan

samarali foydalanish bo‘yicha ilmiy izlanishlar global miqyosda keng qamrovli tus olmoqda.

Xususan, strategik moliyalashtirish mexanizmlarining turizm sohasidagi samaradorligini

o

‘rganishga qaratilgan tadqiqotlar ushbu sohaga investitsiyalarni rag‘batlantirishda

institutsional va moliyaviy omillarning hal qiluvchi rolini ko‘rsatmoqda.

Dunning (1993) tomonidan ilgari surilgan OLI (Ownership-Location-Internalization)

paradigmasida investorlar uchun “location advantages” –

ya’ni hududiy afzalliklar turizm

investitsiyalari uchun muhim omil sifatida e’tirof etiladi. Bu afzalliklar infratuzilmaning

rivojlanganligi, siyosiy barqarorlik, fiskal siyosatdagi qulayliklar, xavf darajasining pastligi va

moliyaviy qo‘llab

-

quvvatlash mexanizmlarini o‘z ichiga oladi.

Gannon, Baxter va Dwyer (2017) o‘z tadqiqotlarida moliyalashtirish strategiyalarining

turizm loyihalarining uzoq muddatli barqa

rorligiga ta’sirini o‘rganib, davlat kafolatlari,

subsidiyalar va soliq imtiyozlari asosidagi moliyaviy qo‘llab

-quvvatlash vositalarini

investitsion riskni kamaytiruvchi eng muhim omillar sifatida ajratib ko‘rsatganlar.

UNWTO va OECD (2020) tomonidan taqdim etilgan yillik hisobotda esa turizmni

moliyalashtirishda innovatsion yondashuvlarning (masalan, yashil obligatsiyalar, raqamli

investitsiya platformalari, public crowdfunding) o‘sib borayotgan ahamiyati ta’kidlanadi.

Xususan, davlat-xususiy sheriklik (PPP) asosida turizm infratuzilmasini moliyalashtirish

zamonaviy siyosatning ajralmas tarkibiy qismiga aylanmoqda.

Ritchie & Crouch (2005) tomonidan ishlab chiqilgan “Turizm raqobatbardoshligi

modeli”da investitsion jozibadorlikni oshirish uchun makroiqtisodi

y barqarorlik, institutsional

sifat va moliyaviy infratuzilmaning rivojlanganligi hal qiluvchi omillar sifatida belgilangan. Bu


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

355

model bo‘yicha, investitsiyalarni jalb qilish faqat marketing yoki infratuzilma bilan emas, balki

strategik rejalashtirilgan moliyalashtirish siyosatlari orqali amalga oshiriladi.

Dunyo bankining (World Bank, 2022) “Tourism for Development” nomli hisobotida esa

rivojlanayotgan mamlakatlarda turizmni moliyalashtirish uchun ilg‘or amaliyotlar sifatida:

(1) suveren kafolatli kreditlar, (2) ijtimoiy ahamiyatga ega infratuzilma loyihalarini
subsidiyalash va (3) turizm loyihalarini inklyuziv moliyalashtirish platformalari orqali amalga

oshirish tavsiya etilgan.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Turizm sohasida investitsiya jozibadorligini oshirishning asosiy omillaridan biri - bu

sektorni barqaror va uzoq muddatli moliyalashtirish bilan ta’minlashdir. Strategik

moliyalashtirish mexanizmlarining samarali ishlashi investitsiya xavfini kamaytirish,

investorlar ishonchini oshirish, infratuzilma rivojlanishini tezlashtirish va iqtisodiy

samaradorlikni ta’minlashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.

1-rasm. Turizm korxonlarini moliyalashtirish manbalari

Yuqoridagi rasmda investitsion loyihalarni moliyalashtirishda

qo‘llaniladigan asosiy

moliyalashtirish manbalari tasniflangan bo‘lib, ular uchta asosiy yo‘nalishga ajratilgan: o‘z

mablag‘lari, maqsadli (ichki) o‘z mablag‘lari va tashqi (qarz) mablag‘lar.

O‘z mablag‘lari tarkibida ustav kapitali, joriy faoliyatdan olin

gan daromad va

amortizatsiya fondlari mavjud bo‘lib, bu manbalar ichki moliyaviy barqarorlikni ta’minlashga

xizmat qiladi. Shu bilan birga, maqsadli moliyalashtirish vositalari

ya’ni kelgusi xarajatlar

uchun rezerv mablag‘lari, sug‘urta badallari va maqs

adli moliyalashtirish mexanizmlari


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

356

risklarni boshqarish va rejalashtirilgan investitsion faoliyatni moliyaviy jihatdan qo‘llab

-

quvvatlashda muhim rol o‘ynaydi.

Qarz mablag‘lari bo‘limi esa uzoq va qisqa muddatli kreditlar orqali loyihalarning tashqi

moliyalashtirish salohiyatini namoyon qiladi. Ushbu manbalar odatda katta hajmli turizm yoki

infratuzilma loyihalarida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lib, ularni oqilona boshqarish

moliyaviy barqarorlik uchun zarurdir.

2-rasm. 2023- yilda kiruvchi, chiquvch

i va ichki turizmning asosiy ko‘rsatkichlari

2023-

yil yakunlari bo‘yicha kiruvchi, chiquvchi va ichki turizm ko‘rsatkichlarining tahlili

O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror tiklanish va o‘sish tendensiyalarining kuchayganini

ko‘rsatmoqda. Grafik ma’lumotlariga ko‘ra, kiruvchi turizm 6626,3 ming kishiga yetib,

pandemiyadan oldingi 2019-yildagi 6748,5 minglik darajaga deyarli yaqinlashgan. Bu esa
xalqaro sayyohlar oqimi tiklanayotganini anglatadi.

Chiquvchi turizm ham sezilarli darajada tiklanib, 4787,4 ming kishini tashkil qilgan va bu

2022-

yildagidan ko‘proqdir. Biroq ayniqsa e’tiborni tortadigan jihat —

ichki turizmning

barqaror va yuqori sur’atlarda o‘sayotganidir: 2023

-yilda ichki sayyohlar soni 5112,5 ming

kishiga yetib, 2019-yilga nisbatan deyarli ikki baravar oshgan.

Ushbu dinamik o‘sishlar iqtisodiy faollik tiklanayotgani, infratuzilma rivojlanayotganini

va moliyaviy qo‘llab

-

quvvatlash vositalarining ta’sirini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, ichki va

kiruvchi turizmning nisbiy balansini saqlash, ularni strategik moliyalashtirish orqali yanada

rag‘batlantirish zaruriyati saqlanib qolmoqda.

Xulosa va takliflar.

Turizm sektorida investitsiya jozibadorligini oshirish uchun strategik moliyalashtirish

mexanizmlarini chuqur va tizimli yondashuv asosida shakllantirish lozim. Avvalo, davlat

darajasida turizm sohasidagi loyihalarni moliyaviy qo‘llab

-quvvatlash uchun kafolatli fond

tashkil etilishi zarur. Bunday fondlar xorijiy investorlar ishonchini oshiradi va uzoq muddatli

moliyalashtiri

sh imkoniyatlarini kengaytiradi. Shuningdek, fond bozorlarida “turizm

obligatsiyalari” chiqarish, ya’ni tematik moliyalashtirish instrumentlarini rivojlantirish orqali

soha uchun muqobil resurslar jalb etish mumkin.

Ikkinchidan, xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda maxsus kredit liniyalari va

grant dasturlarini ishga tushirish orqali kichik va o‘rta turizm subyektlarining moliyaviy

imkoniyatlarini kengaytirish lozim. Uchinchi jihat sifatida davlat-xususiy sheriklik asosidagi
loyihalarga soliq imtiyozlari, yer ajratish va reglamentlashtirish jarayonlarini soddalashtirish

orqali rag‘batlantiruvchi muhit yaratish muhimdir. To‘rtinchidan, turizm infratuzilmasini

raqamlashtirish, mehmonxonalar, transport va logistika xizmatlarini zamonaviy moliyaviy

texnologiyalar bilan integratsiyalash orqali investorlar uchun xizmat sifati va xavfsizligiga oid
kafolatlar mustahkamlanishi kerak.


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

357

Shuningdek, turizm sohasida faoliyat yuritayotgan subyektlar uchun moliyaviy

savodxonlikni oshirish, ularni grantlar, loyihaviy moliyalashtirish va obligatsiyalar bozori

haqida axborot bilan muntazam ta’minlab borish strategik moliyalashtirish jarayonining

muhim elementi hisoblanadi.

Yuqoridagi tahlillar asosida xulosa qilish mumkinki, turizm sektori uchun investitsiya

jozibadorligini oshirish masalasi nafaqat iqtisodiy, balki institutsional va strategik moliyaviy

yondashuvlar bilan chambarchas bog‘liqdir. O‘zbekiston sharoitida bu sohada resurslar yetarli

bo‘lishiga qaramasdan, ularni samarali boshqarish, uzoq muddatli strategik m

oliyalashtirish

asoslarini yaratish va investorlar uchun kafolatli muhitni shakllantirish borasida hali ko‘p

ishlar amalga oshirilishi zarur.

Strategik moliyalashtirish vositalarining joriy etilishi, davlat-xususiy sheriklik

mexanizmlarining kengaytirilishi va zamonaviy moliyaviy infratuzilmaning shakllanishi orqali

turizm sohasi real iqtisodiyotning yuqori daromadli va barqaror tarmog‘iga aylanishi mumkin.
Ushbu maqolada ilgari surilgan takliflar investitsiya jozibadorligini oshirish, iqtisodiy o‘sishni

ta

’minlash va O‘zbekistonning xalqaro turizm bozoridagi raqobatbardoshligini

mustahkamlashga xizmat qiladi.

Adabiyotlar

/Литература/Reference:

Dunning, J. H. (1993). Multinational Enterprises and the Global Economy. Addison-Wesley

Publishing.

Gannon, J., Baxter, I., & Dwyer, L. (2017). Tourism Investment and Financing: A Pathway to

Tourism Growth. Journal of Travel Research, 56(4), 481

493.

Ritchie, J. R. B., & Crouch, G. I. (2005). The Competitive Destination: A Sustainable Tourism

Perspective. CABI Publishing.

UNWTO & OECD. (2020). Tourism Trends and Policies 2020. Paris: OECD Publishing.

UNWTO (2023). World Tourism Barometer. United Nations World Tourism Organization.
World Bank. (2022). Tourism for Development: Pathways to Sustainability. Washington, D.C.

Библиографические ссылки

Dunning, J. H. (1993). Multinational Enterprises and the Global Economy. Addison-Wesley Publishing.

Gannon, J., Baxter, I., & Dwyer, L. (2017). Tourism Investment and Financing: A Pathway to Tourism Growth. Journal of Travel Research, 56(4), 481–493.

Ritchie, J. R. B., & Crouch, G. I. (2005). The Competitive Destination: A Sustainable Tourism Perspective. CABI Publishing.

UNWTO & OECD. (2020). Tourism Trends and Policies 2020. Paris: OECD Publishing.

UNWTO (2023). World Tourism Barometer. United Nations World Tourism Organization.

World Bank. (2022). Tourism for Development: Pathways to Sustainability. Washington, D.C.