Авторы

  • Ирода Умарова
    Банковско-финансовая академия Республики Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aept.79768

Ключевые слова:

малый и средний бизнес система кредитования финансовая инклюзия залоговая политика цифровое финансирование

Аннотация

В статье проводится анализ текущего состояния системы кредитования субъектов малого и среднего бизнеса в Узбекистане. На основе международного опыта и эмпирических исследований выявлены основные ограничения в финансировании малого бизнеса. В работе предлагаются стратегические меры по развитию кредитной информационной инфраструктуры, внедрению механизмов беззалогового кредитования, цифровых финансовых инструментов и усилению государственных гарантий.


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

348


O‘ZBEKISTONDA KICHIK BIZNESNI KREDITLASH MEXANIZMLARINI

TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI

Umarova Iroda Sadriddinovna

O‘zbekiston Respublikasi Bank

-moliya akademiyasi

ORCID: 0000-0002-2154-6822

iroda_83@gmail.com

Annotatsiya.

Ushbu maqolada O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznes subyektlarini kreditlash

tizimining amaldagi holati tahlil qilinadi. Xalqaro tajriba va empirik izlanishlar asosida kichik

biznesni moliyalashtirishda uchraydigan asosiy cheklovlar aniqlanib, kredit axborot

infratuzilmasini rivojlantirish, garovsiz kreditlash mexanizmlari, raqamli moliyalashtirish

vositalari va davlat kafolatlarini kuchaytirishga doir strategik takliflar ilgari suriladi.

Kalit so‘zlar

:

kichik va o‘rta biznes, kreditlash tizimi, moliyaviy inklyuziya, garov siyosati,

raqamli moliyalashtirish.

НАПРАВЛЕНИЯ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ МЕХАНИЗМОВ КРЕДИТОВАНИЯ

МАЛОГО БИЗНЕСА В УЗБЕКИСТАНЕ

Умарова Ирода Садриддиновна

Банковско

-

финансовая академия Республики Узбекистан

Аннотация

.

В статье проводится анализ текущего состояния системы

кредитования субъектов малого и среднего бизнеса в Узбекистане. На основе

международного опыта и эмпирических исследований выявлены основные ограничения в

финансировании малого бизнеса. В работе предлагаются стратегические меры по
развитию кредитной информационной инфраструктуры, внедрению механизмов

беззалогового кредитования, цифровых финансовых инструментов и усилению

государственных гарантий.

Ключевые слова

:

малый и средний бизнес, система кредитования, финансовая

инклюзия, залоговая политика, цифровое финансирование.

DIRECTIONS FOR IMPROVING SMALL BUSINESS LENDING MECHANISMS

IN UZBEKISTAN

Umarova Iroda Sadriddinovna

Banking and Finance Academy of the Republic of Uzbekistan

Abstract.

This article analyzes the current state of the credit system for small and medium-

sized enterprises (SMEs) in Uzbekistan. Based on international experience and empirical research,

the main constraints in SME financing are identified. The paper proposes strategic measures

aimed at developing credit information infrastructure, introducing collateral-free lending

mechanisms, promoting digital financing tools, and strengthening public guarantee schemes.

Keywords:

small and medium-sized enterprises, credit system, financial inclusion, collateral

policy, digital financing.

UOʻK:

334.732.2 (575)

348-352


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

349

Kirish.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik har qanday milliy iqtisodiyotning eng muhim

harakatlantiruvchi kuchlaridan biri hisoblanadi. Bu sektor nafaqat yangi ish o‘rinlarini yaratish,

balki ichki bozorda raqobat muhitini shakllantirish, ijtimoiy barqarorlikni

ta’minlash va

hududiy rivojlanishni rag‘batlantirish kabi ko‘plab ijobiy funksiyalarni bajaradi. Shu bois, jahon
tajribasida kichik biznes subyektlarini qo‘llab

-quvvatlash va ularning moliyaviy resurslarga

bo‘lgan ehtiyojini qondirish masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida

e’tirof etiladi.

O‘zbekistonda ham kichik biznesni rivojlantirish va uning iqtisodiyotdagi ulushini

oshirish bo‘yicha tizimli islohotlar olib borilmoqda. Xususan, so‘nggi yillarda soliq imtiyozlari,

yengillas

htirilgan ro‘yxatdan o‘tish tartib

-taomillari, litsenziyalash jarayonlarining

soddalashtirilishi va boshqa bir qator institutsional yondashuvlar orqali kichik tadbirkorlik

subyektlari uchun qulay ishbilarmonlik muhiti yaratilmoqda. Biroq, mavjud ijobiy

o‘z

garishlarga qaramay, kichik biznesni moliyalashtirish, xususan, bank krediti shaklida yetarli

resurslar bilan ta’minlash masalasi hanuz dolzarbligicha qolmoqda.

Amaliyot shuni

ko‘rsatmoqdaki, kichik biznes subyektlari bank kreditiga murojaat qilgan hollarda ko‘plab

to‘siqlarga duch kelmoqda. Ulardan eng asosiylari garov ta’minoti yetishmasligi, kredit

tarixining shakllanmaganligi, yuqori foiz stavkalari, hujjat aylanishi byurokratiyasi va

moliyaviy savodxonlik darajasining pastligidir. Bundan tashqari, tijorat banklari tomonidan

kichik biznesni kreditlash strategiyalarining yetarlicha moslashuvchan emasligi, kredit

risklarining yuqoriligi sababli ushbu segmentga bo‘lgan ishonchning pastligi ham kreditlash

hajmining cheklanishiga olib kelmoqda.

Mazkur

holat kichik biznes subyektlarining o‘sish sur’atlariga, innovatsion faollikka,

eksport salohiyatining kengayishiga va umuman mamlakatdagi iqtisodiy raqobatbardoshlik

darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu boisdan, kichik biznesni moliyaviy qo‘llab

-quvvatlash,

ayniqsa, zamonaviy va muqobil kreditlash mexanizmlarini joriy etish orqali bank-moliya

tizimini liberallashtirish, uzoq muddatli va barqaror rivojlanishga erishish yo‘lida muhim

strategik vazifadir.

Adabiyotlar sharhi.

Kichik va o‘rta biznes subyektlari (KO‘B) ko‘plab mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish, bandlik

va innovatsiyalarni rag‘batlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Biroq, ushbu subyektlarning

moliyaviy resurslarga, ayniqsa bank kreditlariga kirish imkoniyatlari cheklanganligi ularning

r

ivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda. Xalqaro ilmiy adabiyotlarda KO‘B subyektlarini kreditlash

tizimini takomillashtirish bo‘yicha turli yondashuvlar va tajribalar o‘rganilgan.

De la Torre, Martínez Pería va Schmukler

(2010) moliyaviy tizimda "duallik" hodisasini

ta’riflab, yirik korxonalar moliyaviy xizmatlarga oson kirish imkoniga ega ekanligini, KOB

subyektlari esa cheklangan sharoitlarda faoliyat yuritayotganligini asoslab berganlar. Ular
samarali kredit axborot tizimlari, kreditorlar huquqini himoya qilish mexanizmlari va
institutsional muhit barqarorligi kreditlashni rivojlantirishda muhim omillar ekanligini

ta’kidlaydilar.

OECDning 2023-

yilgi hisobotiga ko‘ra, pandemiyadan keyingi global moliyaviy

sharoitlarda KOB subyektlari uchun an’anaviy bank kredit

lari bilan bir qatorda, raqamli

moliyalashtirish platformalari, kriptovalyutalarga asoslangan startaplar va crowd-financing

vositalari muhim muqobil resurs manbai sifatida shakllanmoqda. Hisobotda shuningdek,

“yashil moliya” va ijtimoiy kafolatli kreditlar

modeli KOB subyektlari uchun innovatsion

moliyaviy yechim sifatida baholanadi.

Lov va Martínez Pería

(2015) tomonidan olib borilgan tadqiqotda davlat tomonidan

kafolatlanadigan kredit mexanizmlarining KOB subyektlariga kredit ajratishdagi samaradorligi

em

pirik ma’lumotlar asosida ko‘rsatilgan. Ularning fikricha, ushbu mexanizm, ayniqsa garov


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

350

ta’minoti yetarli bo‘lmagan, lekin iqtisodiy salohiyatga ega bo‘lgan bizneslar uchun kredit olish

imkoniyatlarini kengaytiradi.

Kul va Martínez Pería

(2013) mikromoliyalashtirish, mobil bank xizmatlari va

notraditsion raqamli platformalarning KO‘B subyektlarini moliyalashtirishdagi rolini tahlil

qilgan. Ular ushbu vositalarning ayniqsa moliyaviy inklyuziya past bo‘lgan mamlakatlarda
an’anaviy bank tizimiga nisbatan sezi

larli ustunliklarga ega ekanligini qayd etadilar.

Yevropa investitsiya bankining 2022 yilgi tahliliy hisobotida esa post-pandemiya davrida

bank kreditlarini berishda sun’iy intellekt, ochiq bank tizimlari va real vaqtli risk monitoringi

kabi innovatsion texnologiyalar joriy qilinayotgani qayd etiladi. Ushbu texnologiyalar KOB
subyektlari uchun risklarni aniqroq baholash, hujjat aylanishini soddalashtirish va kredit

yechimlarini tezlashtirishga xizmat qilmoqda (EIB, 2022).

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Kichik biznesni kreditlash mexanizmlarining samaradorligini oshirish hozirgi kunda

O‘zbekistonda moliyaviy inklyuziyani kengaytirish, xususiy sektorni rivojlantirish va barqaror

iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda muhim omillardan biri sifatida qaralmoqda. So‘nggi yillarda

respublikada tadbirkorlikni qo‘llab

-quvvatlashga qaratilgan bir qator islohotlar amalga

oshirilgan bo‘lsa

-

da, amaliyotda kichik biznes subyektlarining kredit resurslariga to‘liq kirish

imkoniyati hali ham cheklangan bo‘lib qolmoqda. Bu holat banklar tomonidan qo‘yiladigan

yuqori garov talablari, moliyaviy tahlil vositalarining yetarli darajada qo‘llanilmasligi, kredit

tarixi bo‘yicha axborotlar yetishmasligi va raqamli texnologiyalarni qo‘llash darajasining

pastligi bilan izohlanadi.

1-rasm. 2023-yilda toifalar kesimida tadbirkorlik faoliyatiga ajratilgan

kreditlar ulushi

Manba:

m

arkaziy bank maʼlumotlari

.

Hisobot yilida kichik va oʻrta tadbirkorlikni, shu jumladan, oilaviy tadbirkorlikni

rivojlantirish, xotin-qizlar va yoshlarning

tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qoʻllab

-

quvvatlash maqsadlari uchun 573 mingdan ortiq loyihalarga jami 73 trln soʻm miqdorida kredit

mablagʻlari ajratildi. Tadbirkorlarning loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha 2023

-yilda tijorat

banklari tomonidan xorijiy kredit liniyalari hisobidan hududlarda 16 mingga yaqin loyihalar

uchun 3,2 mlrd dollarlik kreditlar ajratilgan, jumladan, toʻgʻridan

-

toʻgʻri (davlat kafolatisiz) jalb

qilingan mablagʻlar hisobidan 2,7 mlrd dollar (jami xorijiy kredit liniyalarini

ng 86 foizi)

miqdorida kreditlar yoʻnaltirildi. Bunda, 1,2 mlrd dollar miqdoridagi mablagʻlar kichik va

xususiy tadbirkorlik subyektlarini moliyalashtirish uchun ajratildi.

Hisobot yilida sohalar kesimida xorijiy kredit liniyalari

mablagʻlarining yoʻnaltirilishi

qishloq xoʻjaligiga hamda xizmat koʻrsatish sohalariga oʻtgan yilga nisbatan deyarli oʻzgarishsiz

qolgan boʻlsa, sanoatga 1,5 barobarga, qurilishga 2,7 barobarga, savdo va umumiy ovqatlanish

1,6 barobarga va transport sohasiga 3,3 barobarga oshdi.


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

351

Global iqtisodiy noaniqliklar va jahon bozorida asosiy xomashyo mahsulotlari

narxlarining keskin tebranishlari sharoitida ichki bozorni oziq-ovqat mahsulotlari bilan

uzluksiz taʼminlashga erishish uchun ushbu sohani moliyaviy qoʻllab

-quvvatlash davom

ettirilib, 2024-yil 1-yanvar holatiga oziq-

ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bilan bogʻliq

loyihalarga jami ajratilgan kreditlar qoldigʻi 23,8 trln soʻmni tashkil qildi. Ushbu kreditlarning
12,3 trln soʻmi issiqxona (52

foiz), 4,2 trln soʻmi chorvachilik (18 foiz), 2,4 trln soʻmi

muzlatgichli omborxona (10 foiz), 2,0 trln soʻmi parrandachilik (8 foiz), 1,3 trln soʻmi

bogʻdorchilik (5 foiz), 591 mlrd soʻmi baliqchilik (2 foiz), 557 mlrd soʻmi sabzavot va poliz

mahsulotlar

ini yetishtirish (2 foiz) va 372 mlrd soʻmi goʻsht va sutni qayta ishlash loyihalarini

(2 foiz) moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan.

2023-yilda tijorat banklari tomonidan savdo va xizmatlar sohasidagi tadbirkorlik

subyektlarining qariyb 39 mingdan ortiq lo

yihalarini moliyalashtirish uchun 53,7 trln soʻm

miqdorida kredit mablagʻlari yoʻnaltirildi. Ushbu mablagʻlarning 23 trln soʻmi xizmatlar
sohasidagi loyihalarga, 16,9 trln soʻmi savdo faoliyatiga va 13,8 trln soʻmi xizmatlar sohasidagi

tadbirkorlarning ayl

anma mablagʻlarini toʻldirish uchun ajratilgan.

Turizm faoliyatini qoʻllab

-quvvatlash uchun tijorat banklari tomonidan 3 548 ta

tadbirkorlik subyektlariga 3,5 trln soʻmdan ortiq kreditlar berildi. Ushbu ajratilgan
kreditlarning 1,3 trln soʻmi mehmonxonalar faoliyatini rivojlantirish, 896,7 mlrd soʻmi

restoranlar faoliyati, 449,3 mlrd soʻmi yoʻlovchi tashish xizmatlariga, 112,8 mlrd soʻmi sport va

sogʻlomlashtirish turizmi hamda 43,1 mlrd soʻmi turistik agentlik va oromgohlar faoliyati

uchun yoʻnaltirilgan

.

2-rasm. 2023-yilda Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida

kredit ajratish dinamikasi

Manba:

m

arkaziy bank maʼlumotlari

.

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholini tadbirkorlik faoliyatiga

keng jalb qilish va qoʻshimcha daromad manbalarini shakllantirish hamda kichik tadbirkorlik
subyektlarini moliyaviy qoʻllab

-

quvvatlash maqsadida soʻnggi 6 yilda jami 44 trln soʻmdan ortiq

imtiyozli kreditlar ajratilib, 1,9 mln ga yaqin aholining daromad topishga qaratilgan faoliyat

bilan shugʻullanishiga zamin yaratildi. Natijada, respublika boʻyicha oʻrta hisobda har ming

xonadonning 193 tasi ushbu dasturlar doirasi

da qoʻshimcha daromad olish imkoniyatlariga ega

boʻldi. 2023

-

yilda ham dasturlar amalga oshirilishi davom ettirilib, asosiy eʼtibor yoshlar va

xotin-qizlarni daromadli mehnat bilan band qilishga qaratildi va hokim yordamchilari

tavsiyalari asosida 472 ming

dan ortiq loyihalarga jami 9,9 trln soʻmdan ortiq imtiyozli kreditlar

ajratildi.


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

352

Xulosa va takliflar.

Kichik va o‘rta biznes subyektlarini kreditlash tizimini takomillashtirish O‘zbekistonda

inklyuziv iqtisodiy o‘sishni ta’minlash va ijtimoiy barqarorlikka erishish yo‘lida strategik

ustuvor yo‘nalish hisoblanadi. Yuqoridagi tahlillar va xalqaro tajribalar asosida quyidagi

kompleks tavsiyalarni ishlab chiqish mumkin. Birinchidan, kichik biznesning moliyaviy
resurslarga kirishini kengaytirish uchun kredit axborot infratuzilmasini kuchaytirish zarur. Bu

borada barcha moliyaviy institutlar uchun yagona kredit tarixlari bazasini yaratish, kichik

korxonalar reytingini baholovchi indekslar va kredit ball tizimlarini joriy etish muhim ahamiyat

kasb etadi. Ikkinchidan, garovsiz yoki minimal garov bilan kredit ajratish amaliyotini
institutsionallashtirish uchun davlat kafolat fondlari faoliyatini kengaytirish, shuningdek,

riskni taqsimlash asosidagi davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish tavsiya etiladi.

Uchinchidan, raqamli moliyalashtirish texnologiyalaridan foydalangan holda, kichik

biznes subyektlari uchun masofaviy kreditlash, mobil ilovalar orqali ariza topshirish va real

vaqtli kredit monitoring tizimlarini ishlab chiqish, byurokratik to‘siqlarni k

amaytirishga

yordam beradi. To‘rtinchidan, kichik biznes subyektlarining moliyaviy savodxonligi darajasini

oshirishga qaratilgan tizimli dasturlar, ayniqsa, ayollar va yosh tadbirkorlar uchun maqsadli

moliyaviy maslahat xizmati platformalari zarur. Beshinchidan, tijorat banklari uchun kichik va

o‘rta biznesni kreditlash hajmi bo‘yicha rag‘batlantiruvchi fiskal mexanizmlarni (masalan, soliq

chegirmalari, foiz kompensatsiyasi) ishlab chiqish lozim.

Kichik va o‘rta biznes subyektlarini moliyaviy qo‘llab

-quvvatlash, xususan, kredit

resurslariga kirish imkoniyatlarini oshirish iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishda, bandlikni

kengaytirishda va hududiy tenglikni ta’minlashda hal qiluvchi omillardan biridir. Yuqoridagi
tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, kichik biznes k

reditlash tizimining hozirgi modeli yetarli

darajada moslashuvchan, inklyuziv va barqaror emas. Amaldagi tizimda garov ta’minotining

yuqoriligi, kredit olishdagi byurokratik murakkabliklar, moliyaviy savodxonlikning pastligi,

raqamli vositalardan yetarlich

a foydalanilmasligi kabi muammolar mavjud bo‘lib, ular kichik

tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy inklyuziyasini cheklamoqda.

Shu nuqtai nazardan, kreditlash tizimini faqat banklar miqyosida isloh qilish emas, balki

davlat siyosatining keng qamrovli, ko

‘p darajali va institutsional yondashuvlar orqali

takomillashtirish muhim. Xalqaro amaliyotlar va empirik tadqiqotlar asosida shuni ishonch
bilan aytish mumkinki, samarali kreditlash muhitini yaratish uchun kichik biznesga

moslashtirilgan maxsus moliyalashtirish mahsulotlari, davlat kafolat tizimlari, raqamli

moliyalashtirish infratuzilmasi va moliyaviy savodxonlikni oshirish dasturlarini uyg‘un holda

amalga oshirish zarur.

Adabiyotlar

/Литература/Reference:

Cull, R., & Martínez Pería, M. S. (2013).

Bank ownership and lending patterns during the

2008

2009 financial crisis: Evidence from Latin America and Eastern Europe. Journal of Banking

& Finance, 37(12), 4861

4878.

De la Torre, A., Martínez Pería, M. S., & Schmukler, S. L. (2010). Bank involvement

with SMEs:

Beyond relationship lending. World Bank Policy Research Working Paper, No. 4649.

European Investment Bank (EIB). (2022). EIB Investment Report 2021/2022: Key findings.

Luxembourg.

Love, I., & Martínez Pería, M. S. (2015). How Bank Competition Affects Firms’ Access to

Finance. World Bank Economic Review, 29(Supplement_1), S102

S121.

OECD. (2023). Financing SMEs and Entrepreneurs 2023: An OECD Scoreboard. Paris: OECD

Publishing.

Абдикаримова

Д

.

Р. «Банк

кредитлари

гаров

таъминотини

баҳолаш

амалиётини

такомиллаштириш

йўллари» PhD илмий

даражаси

олиш

учун

ёзган

диссертация

автореферати

.

–Т

.: 2018, 61

бет

.

Библиографические ссылки

Cull, R., & Martínez Pería, M. S. (2013). Bank ownership and lending patterns during the 2008–2009 financial crisis: Evidence from Latin America and Eastern Europe. Journal of Banking & Finance, 37(12), 4861–4878.

De la Torre, A., Martínez Pería, M. S., & Schmukler, S. L. (2010). Bank involvement with SMEs: Beyond relationship lending. World Bank Policy Research Working Paper, No. 4649.

European Investment Bank (EIB). (2022). EIB Investment Report 2021/2022: Key findings. Luxembourg.

Love, I., & Martínez Pería, M. S. (2015). How Bank Competition Affects Firms’ Access to Finance. World Bank Economic Review, 29(Supplement_1), S102–S121.

OECD. (2023). Financing SMEs and Entrepreneurs 2023: An OECD Scoreboard. Paris: OECD Publishing.

Абдикаримова Д.Р. «Банк кредитлари гаров таъминотини баҳолаш амалиётини такомиллаштириш йўллари» PhD илмий даражаси олиш учун ёзган диссертация автореферати. –Т.: 2018, 61 бет.