Авторы

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aept.79769

Ключевые слова:

цифровые технологии цифровизация информационно-коммуникационные технологии автоматизированные информационные технологии электроэнергетика технологические процессы предприятий электроэнергетики

Аннотация

В научной статье изложены пути изучения и эффективного использования внедрения автоматизированных информационных технологий в национальную экономику в условиях цифровой экономики, факторы, влияющие на это, основные задачи внедрения и развития цифровых технологий, ряд недостатков в проектировании автоматизированных информационных систем на базе цифровых технологий и организации этих систем, а также принципы всего мирового сообщества в этой области для успешной реализации программы цифровизации.


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

340


ENERGETIKA KOMPANIYALARI FAOLIYATIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN

FOYDALANISHNING SAMARADORLIK JIHATLARI

i.f.d., dots.

To

ychiboyev Nozimjon Soliyevich

Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti

ORCID: 0009-0000-5868-7843

nozimjon_49@mail.ru

Annotatsiya.

Ilmiy maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida milliy iqtisodiyotga

avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini joriy etishni oʻrganish va undan samarali

foydalanish yoʻllarini hamda unga ta'sir etuvchi omillarni hamda r

aqamli texnologiyalarni joriy

etish va rivojlantirishning asosiy vazifalari, raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirilgan

axborot tizimlarini loyihalashda va ushbu tizimlarni tashkil etishda bir qator kamchiliklari,
raqamlashtirish dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun shu sohadagi butun jahon

hamjamiyati tamoyillari koʻrsatib oʻtilgan.

Kalit soʻzlar

:

raqamli texnologiya, raqamlashtirish, axborot-kommunikatsiya

texnologiyalari, avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari, elektr energiya, elektr energiya
kopaniyalari texnologik jarayonlari.

АСПЕКТЫ ЭФФЕКТИВНОСТИ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В

ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ЭНЕРГЕТИЧЕСКИХ КОМПАНИЙ

д

.

э

.

н

.

, доц

.

Туйчибоев Нозимжон Солиевич

Андижанский институт экономики и строительства

Аннотация.

В научной статье изложены пути изучения и эффективного

использования внедрения автоматизированных информационных технологий в
национальную экономику в условиях цифровой экономики, факторы, влияющие на это,
основные задачи внедрения и развития цифровых технологий, ряд недостатков в

проектировании автоматизированных информационных систем на базе цифровых

технологий и организации этих систем, а также принципы всего мирового сообщества в

этой области для успешной реализации программы цифровизации.

Ключевые слова:

цифровые технологии, цифровизация, информационно

-

коммуникационные технологии, автоматизированные информационные технологии,

электроэнергетика, технологические процессы предприятий электроэнергетики.

UOʻK:

343.711.63.004.051

340-347


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

341

ASPECTS OF THE EFFICIENCY OF USING DIGITAL TECHNOLOGIES IN

THE ACTIVITIES OF ENERGY COMPANIES

DSc, assoc. prof.

Tuychiboyev Nozimjon Soliyevich

Andijan Institute of Economics and Construction

Abstract.

The scientific article describes the ways of studying and effectively using the

introduction of automated information technologies in the national economy in the context of the

digital economy, the factors influencing this, the main tasks of the introduction and development
of digital technologies, a number of shortcomings in the design of automated information systems

based on digital technologies and the organization of these systems, as well as the principles of the

entire world community in this area for the successful implementation of the digitalization

program.

Keywords:

digital technologies, digitalization, information and communication

technologies, automated information technologies, electric power industry, technological

processes of electric power enterprises.


Kirish.

Dunyoning barcha mamlakatlari turli darajada, raqamlashtirish jarayonlarini amalga

oshirmoqdalar. Noto‘g‘ri tanlangan raqamlashtirish strategiyasi yoki uning yetarli darajada faol

emasligi mamlakat hayotining barcha sohalarida sezilarli, ba’zan esa keskin

dramatik

o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. Bizga ma’lumki, birinchi raqamlashtirish jarayonlarini

boshlagan davlat AQSH hisoblanadi. Raqamlashtirishning samarador va istiqbolli ekanligini

anglab yetgan sanoati rivojlangan mamlakatlar ham o‘z faoliyatlari

da jadal holatda

raqamlashtirish va telekommunikatsiyalarni joriy etish sur’atlarini oshira boshladilar. Hozirda,

Amerika Qo‘shma Shtatlarining ishbilarmonlar va siyosiy matbuotida ularning boshqa

rivojlangan mamalakatlar tomonidan kompyuter va telekommunikatsiya hamda

mikroelektronika sohalarida bozordan siqib chiqarilayotganligi katta munozaralarga sabab

bo‘lmoqda. Ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda AKT rivojining ortda qolishi hamda unga

nisbatan e’tiborsizlik davlatning iqtisodiy rivojiga salbiy ta’sir

qilayotganligini

ta’kidlashmoqda.

Mamlakat iqtisodiy potensialini taqqoslash va baholash uchun hozirgi kunda raqamli

axborot mahsulotlari, xizmatlar va texnologiyalarni ishlab chiqarishda dunyoda yetakchi

o‘rinni egallab turgan Yaponiya davlatining axboro

t dasturi konsepsiyasi va dasturlari qiziqish

uyg‘otishi tabiiydir. Har qanday mamlakatda, uning iqtisodiy rivojlanish darajasidan qat’iy

nazar mamlakat rivoji uchun jamiyatni raqamlashtirish muqarrar va zarurligi e’tirof etilmoqda.

Ko‘pgina mamlakatlar o‘

zlarining iqtisodiy xususiyatlari va sharoitlaridan kelib chiqib, milliy

raqamlashtirish dasturlarini yaratishgan. Bu dasturlarni ishlab chiqishda ular rivojlangan
davlatlar tomonidan ishlab chiqilgan jamiyatni raqamlashtirish dasturlarini yaxshi va yomon

tomonlariga jiddiy e’tibor qaratishlari va raqam

-

lashtirish yo‘nalishlarida ularni e’tiborga

olishlari zarur bo‘ladi.

Adabiyotlar sharhi.

Axborotlashgan jamiyatni shakllantirish, AKTdan milliy iqtiso

diyotimizning turli

sohalarida foydalanish muammolari etakchi iqtisodchi olimlar va mutaxassislar, iqtisodiy

informatika va avtomatlashtirilgan boshqaruv axborot tizimlari sohasida bir qator iqtisodchi

olimlarning fikrlari keltirib oʻtilgan. Iqtisodiy informatika va avtomatlashtirilgan boshqaruv
tizimlari sohasidagi taniqli olimlar, xususan, Gʻulomov

(2010) tadqiqotlari milliy

iqtisodiyotning turli sohalarida AKTdan foydalanish va joriy etish samaradorligini oshirish

masalalariga bagʻishlangan. Aripov

(2003) axborot-kommunikasiya texnologiyalari bozorini

butun tizim sifatida koʻrib chiqadi va ular asosida mak

rodarajada boshqaruv konsepsiyasini


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

342

taklif qiladi. Sultonovaning (2009)

ilmiy ishlarida temir yoʻl transporti korxonalarida

buxgalteriya hisobi ma'lumot tizimlarining ishlash usullari boʻyicha yondoshuvlar va takliflar

berilgan. Shuningdek, Trofimova (2006) kompaniyalar va korxonalarni boshqarishda axborot

tizimlari va texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha hamda Trubilina

(2000) iqtisodiyotda

avtomatlashtirilgan axborot texnologiya darsligida kompaniyalarga avtomatlashtirilgan
axborot tizimlarini joriy eti

sh bo‘yicha bir qator ilmiy takliflar berishgan. Dresher

(2005) ham

ishlab chiqarish korxona va kompaniyalarda avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini joriy etish

yo‘nalashida bir qator ilmiy va nazariy takliflarini asoslab bergan. Provalov

(2008) esa

kom

paniya va korxonalarni axborot texnologiyalarini boshqarishni tashkil etish bo‘yicha o‘z

ilmiy taklif va tavsiyalarini bergan. Shu bilan birga mamlakatimiz olimlaridan Umarov (2018)

kommunal to‘lovlari hisob

-kitob jarayonlariga axborot-kommunikatsiya texno-logiyalarini

joriy etish bo‘yicha ham o‘z taklif tavsiyalarini asoslab bergan bo‘lib, hozida kommunal

to‘lovlari hisob

-

kitob bilan shig‘llanadigan korxonalarda ushbu berilgan ilmiy takliflaridan

foydalanilmoqda.

Tadqiqot metodologiyasi.

Tadqiqot olib borish davomida monografik tahlil hamda ekspert va tizimli tahlil

usullaridan foydalangan holda elektroenergiyani iste'mol qilish boʻyicha ma'lumotlarni yigʻish

va qayta ishlashning axborot jarayonlarini takomillashtirish boʻ

yicha takliflar tayyorlandi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Raqamli texnologiyalarni joriy etish va rivojlantirishning asosiy vazifalari etib quyidagilar

belgilangan:

-

davlat organlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar axborot tizimlarining

bosqichma-bosqich integratsiyalashuvi asosida Milliy axborot tizimini shakllantirishni

ta’minlash;

-

davlat organlarining o‘z funksiyalarini bajarishda tezkorlik va sifatni osh

irishga imkon

beruvchi faoliyatini raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini
yaratish;

-

davlat organlari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari va aholiga ko‘rsatiladigan

interaktiv davlat xizmatlari ro‘yxatini kengaytirish va sif

atini yaxsxilash, tegishli axborot

resurslaridan keng ko‘lamda, shu jumladan, qishloq joylarda foydalanishni ta’minlash;

-

axborot resurslari, texnologiyalari va tizimlarini, shu jumladan axborot xavfsizligini

ta’minlash tizimlarini rivojlantirish holatini h

isobga olgan holda axborot-kommunikatsiya

texnologiyalari sohasida boshqarish tizimini takomil-lashtirish.

Moliyaviy va inson resurslarini boshqarish uchun yirik tashkilotlarda moliya-reja

bo‘limlari va kadrlar bo‘limi mavjud bo‘lganligi kabi, AKT bo‘limi

ham kompaniyaning axborot

resurslariga egalik qiladi. AKTda yuz berayotgan o‘zgarishlar, ulardan foydalanish usullari va
yordami bilan AKT bo‘limlarining kompaniya faoliyatidagi o‘rni bugungi kunda tubdan o‘zgardi.

Boshqaruvni samaradorligi ko‘plab omillarga bog‘liq. Ularning asosiylaridan biri menejerning
axborot resurslari bilan ishlashni tashkil etish qobiliyati bo‘lib, u moddiy, moliyaviy va energiya

ta’minoti bilan bir qatorda har qanday ishlab chiqarish, ijtimoiy va iqtisodiy tizimning asosi

bo‘lib xi

zmat qiladi.

Axborotlarni yetishmasligi axborotlarga bo‘lgan ehtiyojni keltirib chiqarib, axborot

tizimidagi mavjud va qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar o‘rtasidagi farqni

ongli ravishda tushunish talab etiladi. Mavjud ma’lumotlar bazasi k

ompaniyaning biznes

jarayonlariga mos bo‘lishi kerak. Ma’lumotlarni yetarli bo‘lishi bu real ish jarayonlaridan

olingan biznes jarayonni ma’lumotlar yordamida yaratilgan tasvirining mos kelishini darajasini

bildiradi. Axborot menejmenti kompaniyaning umumiy boshqarishning ajralmas bir qismi

hisoblanadi. O‘tish davri iqtisodiyoti sharoitida kompaniyalarni boshqarish ma’lum bir

ularning bozor sharoitlarida tovar yoki biror mahsulot ishlab chiqarishi jamiyatning texnik va


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

343

texnologik rivojlanish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Menejmentni rivojlantirish

iqtisodiyotda

axborot tizimlarini yaratish va rivojlantirish uchun asosdir.

Bugungi kundagi raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini

loyihalashda va ushbu tizimlarni tashkil etishda bir

qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmoqda

:

menejmentda boshqaruv jarayonlarini doimiy ravishda yangilab turish zarurligi qayd

etilgan bo‘lib,

raqamli texnologiyalar

sharoitida ko‘p hollarda bu imkonsiz bo‘lib ko‘rinadi;

raqamli texnologiyalarni

joriy etishda shaxsiy va tashkiliy omillarning e’tiborga

olinmasligi ko‘pincha konsalting bo‘yicha jalb etilgan mutaxassislarni harakatlarini samarasiz

bo‘lishiga olib keladi

;

raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirilgan axborot tizimida boshqaruvchi

rolini to‘g‘ri baholamaslik va ro‘llarni turli foydalanuvchilar o‘rtasida noto‘g‘ri taqsimlash

boshqaruvni axborot tizimlari samarasini pasaytirib yuboradi;

avtomatlashtirish samaradorligini yetarli darajada baholamaslik, boshqaruv

xarajatlarini asossiz tarzda pasaytirib yuborish, xodimlarni ishdan bo‘shatish,

avtomatlashtirishni va real samarani pasaytirishga va umidsizlikka olib keladi, aslida bu

xarajatlar boshqaruv jarayonlarini va iqtisodiy ko‘rsatkich

larni yaxsxilashga xizmat qilishi

kerak;

boshqaruv jarayonlarida ish joylarini elementar jihozlar kompyuterlar bilan

almashtirish boshqaruv jarayonlarini tashkil etishda xarajatlarni ko‘payishiga olib keladi, lekin

samaradorlikni oshishiga olib kelmaydi;

t

exnologik sohada, texnik va dasturiy ta’minotlarini tez almashishi axborotlarni

boshqarish uslubiyatini asbob-uskunalarining jismoniy eskirish tezligidan sezilarli tarzda

o‘sishini oshishiga olib keladi.

Avtomatlashtirilgan tizimlar yordamida hisob-kitob ishlarini tashkil etishning afzalliklari

yaxshi ma’lum bo‘lib, bu tizimlar uzoq yillar davomida chet mamlakatlarda hamda
mamlakatimiz yirik sanoat korxonalarida qo‘llanilmoqda. Elektr energiyasi bozorini

liberallashishi, juda ko‘p mintaqaviy tarmoqlarni va

energiya sotuvchi kompaniyalarni yuzaga

kelishi munosabati bilan elektr energiyasining yangi tashkil bo‘lgan hududlarda energiya tijorat

hisobini tashkil etishlari zarur. Shuningdek, elektr energiyasini hisobga olish va nazorat

qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihasining dastlabki moliyaviy parametrlari
ming AQSH dollardagi hisobini 1-

jadvalda ko‘rishimiz mumkin

(

Трофимова

, 2006).

Raqamlashtirish dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun shu sohadagi butun

jahon hamjamiyati tamoyillarga rioya etish maqsadga muvofiqdir:

og‘ir sanoat tarmoqlariga asoslangan iqtisodiyot tizimlarini ilm

bilim talab qiladigan

tarmoqlarga almashtirish zaruriyati;

axborot sektorining ustuvorligini tan olish. Muvaffaqiyatli iqtisodiy rivojlanishning

asosiy milliy iqtisodiyotni qo‘llab

-quvvatlashga qodir yangi infratuzilma va xizmatlar sohasini

yaratish;

dunyo fani va texnologiyalarining yutuqlaridan keng foydalanish;

davlat va xususiy sektorlarga raqamlashtirish uchun katta moliyaviy resurslarni

investitsiya qilish;

mamlakatni raqamlashtirishning asosiy maqsadi kommunikatsiya va axborotlarni

qayta ishlash hisobiga mamlakat uning fuqarolarini farovonligini ta’minlashdan iboratdir.

Tadqiqotlarimiz natijasida elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning

avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihasining dastlabki moliyaviy parametrlari xarajatlar

turi va xarajatlar miqdori 1-

jadvalda ko‘rsatib o‘tdik

(Qaror, 2020).


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

344

1-jadval.

Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini

joriy etish loyihasining dastlabki moliyaviy parametrlari (ming AQSH doll.)

Raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari korxonalarni

boshqarish uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida texnikaviy va axborotlar muhitini yaratadi. Bu

tizim o‘zining texnik parametrlariga ko‘ra, kiritish moslamalariga ularning ishlashiga tegishli

talablarni qo‘yadi. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari texnik parametrlari bo‘yich AKTning

barcha tarkibiy qismlari bo‘yicha dastlabki ma’lumotlarni kiritilishini ta’minlashi kerak. Bu

kiritish moslamalariga ularning ishlashiga va samaradorligiga tegishli talablarni

qo‘yadi. Har

qanday kompaniyada bir-

biri bilan o‘zaro aloqada bo‘lgan va barcha darajadagi boshqaruv

qarorlarini qo‘llab quvvatlaydigan turli xil maqsadlar uchun bir nechta mahalliy

avtomatlashtirilgan axborot tizimlari bo‘lishi maqsadga muvofiqdir[6]. Quy

idagi 1-rasmda

shunday variantlardan biri ko‘rsatilgan.




1-rasm. Qaror qabul qilishda raqamli texnologiyalar asosida axborot

texnologiyalarini qo‘llash

Manba:

muallif tadqiqotlari asosida ishlab chiqilgan.

Kompaniyalar murakkab tashkiliy tuzilmalar bo‘lib, ularning tarkibiy qismlarini asosiy va

aylanma mablag‘lar, mehnat hamda moddiy resurslar va boshqalar tashkil etib, ular bir

-birlari

bilan kompleks holatda murakkab aloqada bo‘lib, doimiy tarzda o‘zgarib t

uradi. Bozor

iqtisodiyoti barcha turdagi kompaniyalarning faoliyatiga ularning boshqarish funksiyalarini,

ishlab chiqarish, mehnat resurslarini, texnologik jarayonlarini kompleks avtomatlashtirilgan

boshqaruvga o‘tish kabi yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Bozo

r iqtisodiyoti davrida zamonaviy

boshqaruvning avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini joriy etmasdan, operativ boshqarishni
tashkil etish mumkin emas. Bozor iqtisodiyoti ishlab chiqarishni tashkil etish, rejalashtirish va

T/r

Xarajatlar turi

Xarajatlar

miqdori

Jami

552 000

1.

Hisoblagichlar va boshqa asbob-uskunalar

465 000

2.

Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi (bino, asbob

-uskunalar, dasturiy

ta’minot va boshqalar)

34 000

3.

Elektr energiyasi hisobini yuritish, tahlil va prognoz qilishning kompleks

dasturiy ta’minoti (yagona billing tizimi)

15 000

4.

Xorijiy konsultantlar va yagona integratorning xizmat xaqi

13 000

5.

Qolgan xarajatlar (ish haqqi, materiallar, transport xarajatlari va boshqalar)

15 000

6.

Ko‘zda tutilmagan xarajatlar

1000

Turli darajadagi boshqaruv qarorlari

Xom-

ash’yolar va

materiallar

hisobini

yurituvchi

AAT

Ishlab

chiqarishni

tezkor nazorat

qiluvchi AAT

Ta’minot-

chilar bilan

aloqa qiluvchi

AAT

Marketing va

sotuvlar uchun

AAT


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

345

tahlil qilish jarayonlari, moliya

viy faoliyat, mahsulot yetkazib beruvchilar va iste’molchilar

bilan munosabatlar sohasida hal qilinishi lozim bo‘lgan vazifalarning hajmini va murakkabligini

oshishiga olib kelmoqda. Mahalliy avtomatlashtirilgan axborot tizimlari o‘rtasida aloqalar

kompani

yada ishlaydigan ko‘plab tizimlar bilan bog‘lanishi tashqi muhitga chiqish huquqiga

ega, ular turdosh axborot tizimlari bilan o‘zaro bog‘langan bo‘lishi kerak. Zamonaviy aloqalarni

tashkil etish kompaniyalar ichida boshqa kompaniyalarni raqamli texnologiyalar asosida

avtomatlashtirilgan tizimlariga chiqish imkoniyati bo‘lgan mahalliy kompyuter tarmoqlaridan

foydalanishga asoslangan (

Дрешер

, 2005).

Raqamli texnologiyalar asosida

AKT qarorlarini qo‘llab quvvatlash

- bu nafaqat

boshqarish

jarayonlarini axborot bilan ta’minlash funksiyalarni bajaradigan, balki muayyan

vaziyatlarni tahlil qilish va boshqariladigan obyektlar va jarayonlar modellari bazasi asosida

eng yaxshi yechimlarni mustaqil ravishda izlash qobiliyatiga ega bo‘lgan texnolog

iyadir (2-

rasm).







2-rasm. Qarorlar qabul qilishda raqamli texnologiyalar negizida

AKT joriy etishning konseptual modeli

Manba:

muallif tadqiqotlari asosida ishlab chiqilgan.

Bunday AATlar foydalanuvchiga kompaniya va mahalliy miqyosida ma’lumotlar bazasi

bilan ishlash imkoniyatini beradi. Agar kompaniya xatti-

harakatlar zanjiri sifatida ko‘rib

chiqilsa, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar yoki xizmatlar narxini bosqichma-bosqich

shakllantirish amalga oshirilsa, axborot tizimi eng katta ta’sirga ega bo‘lishi mumki

n. U holda

har xil funksional vazifaga ega bo‘lgan, shu zanjirga kirgan AAT boshqaruv miqyosida

kompaniya oladigan daromadlarini oshirish to‘g‘risidagi strategik qarorlar qabul qilish

mumkin. Kompyuter tarmoqlaridan foydalangan holda avtomatlashtirilgan axborot tizimini

turli maqsadlarda integratsiyalashuvi asosida kompaniyada AATning korporativ bazasi

yaratiladi.Qarorlarni qabul qilish tizimlarida boshqaruv tizimining oldingi o‘tmishdagi va

hozirgi holati, mavjud manbalar, rejalar, normalar va standartlar, kompaniyaning boshqarish

jarayonlarini huquqiy tartibga solish to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazalari muhim rol o‘ynaydi[8].

Tashqi va ichqi

ma’lumotlar va tezkor

boshqaruv tizimi

Ma’

lu

m

ot

l ba

zas

i

Rejalar, smetalar, loyihalar

Oldingi va bugungi kunning

Tezkor ma’lumotlari

Normativ xujjatlar

Huquqiy xujjatlar

Mal

u

m

ot

larn

i qay

ta

ishl

ash

Boshqaruv tizimini matematik modeli:
• Prognozlash
• Parametrik tahlil
• Ta’sirchanlikni tahlili
• Ta’sir tahlili
• Xavflarni analizi
• Optimallashtirish

A

loqa

An’anaviy

Mahalliy tarmoq

Ekstranet

Internet

Ma’

lu

m

ot

la

rni

namoy

ish

et

ish

xujjatlar

standart hisobotlar

so‘rov bo‘yicha hisobot

jadvallar,

grafik,

diagrammalar.

Boshqaruvchilar

Yuqori darajadagi

tizimlarga


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

346

Xulosa va takliflar.

Bugungi kunda raqamli texnologiyalardan keng foydalanish juda zarur, chunki bu tezkor

boshqaruv

qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo‘lgan tahliliy va bashoratlash qobiliyatini

oshirish, raqamli uzatish va ma’lumotlarni qayta ishlash vositalaridan foydalanish orqali

boshqaruv funksiyalarini oqilona ishlatish va optimallashtirishga yordam beradi. Kompaniyani
boshqarishni avtomatlashtirish uchun avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini tanlash ancha

murakkab bo‘lib, u ko‘p mezonli jarayondir. Kompaniyalar ko‘pincha dasturiy ta’minot

vositalarini sotib olishadi, ularning imkoniyatlari aslida boshqaruv tizimining vazifalariga

to‘g‘ri kelmaydi, natijada bu dasturiy ta’minotdan samarasiz foydalanishga olib keladi,

boshqaruv qarorlarining asoslanganligini pasaytiradi va shuning uchun ham kompaniya

boshqarish tizimining yuqori darajasiga erishishini imkonsiz

qilib qo‘yadi.

AATdan foydalanib, har qanday tashkilotda dinamik o‘zgarishlarni faoliyatning uchta

asosiy tarkibiy qismi orqali amalga oshirish mumkin, ya’ni mijozlar, hamkorlar va xodimlar

bilan munosabatlarni yaxshilash orqali. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini tashkil qilish
strategiyasini quyidagi omillar bilan belgilash mumkin: kompaniyaning faoliyat doirasi bilan,

kompaniyaning turi bilan, ishlab chiqarish, biznes yoki boshqa faoliyat bilan, kompaniya

boshqaruvida qabul qilingan model bilan, boshqaruvning yangi vazifalari bilan va mavjud
axborot infratuzilmasi va boshqalar bilan.

Kompaniya faoliyat ko‘rsatadigan iqtisodiyot sektoriga va menejment darajasiga qarab,

boshqaruv ob’yektidagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar turli ko‘rsatkichlar

da olinadi.

Boshqarish jarayoni ma’lumotlar olish va unga asoslangan qarorlarni qabul qilishdan iborat.

Qaror qabul qilishni ta’minlash, kerakli ma’lumotlarni kerakli vaqtda kerakli joyga taqlim etish

kompaniya AATning asosiy vazifasi hisoblanadi. Shu munosabat bilan, qarorlarning tabiati,

ularni qabul qilish jarayonlari, qarorlarni qabul qilishning o‘ziga xosligi AATni ishlashiga

sezilarli ta’sir qiladi. U joylarda ishlatiladigan AKT qo‘shimcha ravishda tashkiliy tuzilma,

korporativ madaniyat vazifalarini bajarish uchun qabul qilingan jarayonlar kompaniya AATga

ta’sirini o‘tkazadi.

Rivojlangan davlatlar kompaniyalar boshqaruv tizimini raqamlashtirish jarayonlarini

tahlil qilish natijasi shuni ko‘rsatmoqdaki, mamlakatimizda raqamlashtirish borasida olib

borilayotgan davlat siyosatida ham raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar
va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvida zamonaviy axborot-kommunikatsiya

texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora

-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, elektr energiya tarmog‘ini hozirgi kundagi holati tahlili bilan birgalikda elektr

energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini keng joriy etish

hamda takomillashtirish masalalari dolzarb vazifa bo‘lib qolmo

qda.

Bozor iqtisodiyoti davrida zamonaviy kompaniyalar boshqaruvining avtomatlashtirilgan

axborot tizimlarini joriy etmasdan, operativ boshqarishni tashkil etish mumkin emas.

Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini funksional ravishda differensiallash mumk

in bo‘lib,

kompaniyalar ichlaridagi har xil funksiyalarni bajarish uchun maxsus avtomatlashtirilgan

axborot tizimlari qo‘llaniladi. Kompaniyada boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish, axborot

tizimi va shaxs ishtirokida matematik modellar yordamida foydalanuvchi xodimlar tomonidan

tizimning holatiga tashqi va ichki omillar ta’sirini tahlil qilish imkonini beradi.

Kompaniya boshqaruv apparati ichki tuzilishini shakllantirishning tizimli tamoyillarini

amalga oshirishga kelsak, tashkiliy tuzilma boshqaruv tizimining murakkab xarakteristikasi

ekanligini hisobga olish kerak bo‘ladi. Kompaniyaning bozorda muvaffaqiyatli ishlashini,

avtomatlashtirilgan axborot tizimi va AKTni loyihalash va rejalashtirish ishlarini amalga

oshirmasdan tashkil etib bo‘lmaydi. Yagona axborot makonining yo‘qligi, boshqaruv

jarayonlarini raqamlashtirish darajasi-ning pastligi va boshqarish tizimining axborot

imkoniyatlarini yetarli emasligi bilan bog‘lik hisoblanadi.


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

347

Adabiyotlar/Литература/Reference:

Aripov M. va boshqalar (2003) «Informatika, Informasion texnologiyalar». Toshkent

, TDTU,

1-qism.

320 b.

Gʻulomov S.S., Begalov B.A. (2010) Informatika va axborot texnologiyalari. Darslik. –

T.: Fan,

- 704 b.

Qaror (2020) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 27 aprel

260-sonli

“Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini jadal joriy

etish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.

Umarov O.S. (2018) Kommunal to‘lovlari jarayonlarini axborot tizimla

-ri asosida samarali

tashkil

etishning tadqiqoti («Toshkentshahargaz» kor

-xonasi misolida) Iqtisodiyot fanlari

bo‘yicha falsafa doktori ilmiy dara

-jasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi Toshkent,. -162.

Дрешер Ю.Н.

(2005)

Организация информационного производства: учебное пособие. –

М.: ФАИР

-

ПРЕСС, –

248 с.

Провалов В.С.

(2008)

Информационные технологии управления: учеб. пособие /

В.С.Провалов. –

М.: Филинта: МПСИ, –376 с.

Султонова С.М.

(2009)

Информационные системы бухгалтерского учета: проблемы,

поиски, решения. Монография. –

Т.: Фан,

-

116 с.

Трофимова В.В.

(2006)

Информационные системы и технологии в экономике и

управлении: Учебник/Под ред. Проф. В.В.Трофимова.

М.:

Высшее образование, –

480 с.

Трубилина И.Т.

(2000)

Автоматизированные информационные технологии в

экономике: учебник / под общ. ред. И.Т.Трубилина. –М.:

Финансы и статистика.

Библиографические ссылки

Aripov M. va boshqalar (2003) «Informatika, Informasion texnologiyalar». Toshkent, TDTU, 1-qism. –320 b.

Gʻulomov S.S., Begalov B.A. (2010) Informatika va axborot texnologiyalari. Darslik. – T.: Fan, - 704 b.

Qaror (2020) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 27 aprel 260-sonli “Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini jadal joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.

Umarov O.S. (2018) Kommunal to‘lovlari jarayonlarini axborot tizimla-ri asosida samarali tashkil etishning tadqiqoti («Toshkentshahargaz» kor-xonasi misolida) Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy dara-jasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi Toshkent,. -162.

Дрешер Ю.Н. (2005) Организация информационного производства: учебное пособие. – М.: ФАИР-ПРЕСС, – 248 с.

Провалов В.С. (2008) Информационные технологии управления: учеб. пособие / В.С.Провалов. – М.: Филинта: МПСИ, –376 с.

Султонова С.М. (2009) Информационные системы бухгалтерского учета: проблемы, поиски, решения. Монография. – Т.: Фан, -116 с.

Трофимова В.В. (2006) Информационные системы и технологии в экономике и управлении: Учебник/Под ред. Проф. В.В.Трофимова. – М.: Высшее образование, – 480 с.

Трубилина И.Т. (2000) Автоматизированные информационные технологии в экономике: учебник / под общ. ред. И.Т.Трубилина. –М.: Финансы и статистика.