Авторы

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aept.79791

Ключевые слова:

рейтинг устойчивости налоговая дисциплина фискальное управление финансовая прозрачность методология рейтинга CRM-NEW экономическая эффективность отраслевой анализ налоговый риск статистический анализ

Аннотация

В статье рассматривается система «Рейтинга устойчивости субъектов предпринимательства», внедрённая в Узбекистане в рамках укрепления цифрового фискального управления. Оценка деятельности юридических лиц осуществляется на основе автоматизированных алгоритмов с учётом налоговой дисциплины, финансовой прозрачности, корректности документооборота и уровня социальной ответственности. В рамках исследования проведён всесторонний анализ взаимосвязи между рейтингом и фактическими экономическими результатами, отраслевых и региональных различий, а также методологических расхождений с системой мониторинга “CRM-NEW”. С помощью критерия Краскала–Уоллиса установлена статистически значимая зависимость между рейтингом и налоговыми рисками, что позволило обосновать надёжность используемой модели. В статье предложены концептуальные и прикладные рекомендации по совершенствованию механизма рейтинговой оценки.


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

645


RAQAMLI FISKAL BOSHQARUV DOIRASIDA BARQARORLIK REYTINGINING IQTISODIY

SAMARADORLIGI VA METODOLOGIK TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI

DSc

Abdullayev Zafarbek

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

ORCID: 0009-0000-2685-5398

zafarbek.abdullayev555@gmail.com

Annotatsiya.

Maqolada O‘zbekistonda raqamli fiskal boshqaruvni kuchaytirish maqsadida

tatbiq etilgan “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi” tizimi tahlil qilinadi. Baholash

jarayoni yuridik shaxslarning soliq intizomi, moliyaviy shaffoflik, rasmiylashtirish intizomi hamda

ijtimoiy mas’uliyat darajasini avtomatlashtirilgan algoritmlar orqali aniqlashga asoslanadi.

Tadqiqot doirasida reyt

ing indikatorlari va real iqtisodiy natijalar o‘rtasidagi bog‘liqlik, sektoral

va hududiy tafovutlar hamda “CRM

-

NEW” monitoring tizimi bilan metodologik farqlar chuqur

tahlil etilgan. Shuningdek, Kruskal

Wallis H testi asosida reyting toifalari va soliq xa

vfi o‘rtasidagi

statistik munosabatlar aniqlanib, baholash tizimining ishonchlilik darajasi asoslab berilgan.
Maqolada reyting mexanizmini takomillashtirishga doir konseptual va amaliy tavsiyalar ishlab

chiqilgan.

Kalit so‘zlar:

barqarorlik reytingi, soliq intizomi, fiskal boshqaruv, moliyaviy shaffoflik,

reyting metodologiyasi, CRM-NEW, iqtisodiy samaradorlik, sektorlar kesimi, soliq xavfi, statistik
tahlil.

ЭКОНОМИЧЕСКАЯ ЭФФЕКТИВНОСТЬ РЕЙТИНГА УСТОЙЧИВОСТИ И НАПРАВЛЕНИЯ

ЕГО МЕТОДОЛОГИЧЕСКОГО СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ В УСЛОВИЯХ ЦИФРОВОГО

ФИСКАЛЬНОГО УПРАВЛЕНИЯ

DSc

A

бдулл

ae

в З

a

ф

a

рб

e

к

Т

a

шк

e

нт

c

кий

г

oc

уд

a

р

c

тв

e

нный

эк

o

н

o

мич

ec

кий

унив

e

р

c

ит

e

т

Аннотация.

В статье рассматривается система «Рейтинга устойчивости

субъектов предпринимательства», внедрённая в Узбекистане в рамках укрепления

цифрового фискального управления. Оценка деятельности юридических лиц
осуществляется на основе автоматизированных алгоритмов с учётом налоговой
дисциплины, финансовой прозрачности, корректности документооборота и уровня

социальной ответственности. В рамках исследования проведён всесторонний анализ

взаимосвязи между рейтингом и фактическими экономическими результатами,

отраслевых и региональных различий, а также методологических расхождений с
системой мониторинга “

CRM-NEW

”. С помощью критерия Краскала–Уоллиса

установлена статистически значимая зависимость между рейтингом и налоговыми

рисками, что позволило обосновать надёжность используемой модели. В статье

предложены концептуальные и прикладные рекомендации по совершенствованию
механизма рейтинговой оценки.

Ключевые слова:

рейтинг устойчивости, налоговая дисциплина, фискальное

управление, финансовая прозрачность, методология рейтинга,

CRM-NEW

, экономическая

эффективность, отраслевой анализ, налоговый риск, статистический анализ.

UOʻK:

336.225.673

645-656


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

646

ECONOMIC EFFECTIVENESS AND METHODOLOGICAL IMPROVEMENT OF STABILITY

RATING WITHIN THE FRAMEWORK OF DIGITAL FISCAL GOVERNANCE

DSc

Abdullayev Zafarbek

Tashkent State University of Economics

Abstract.

This article analyzes the “Business Entity Stability Rating” system implemented in

Uzbekistan as part of efforts to enhance digital fiscal governance. The evaluation process is based

on automated algorithms that assess legal entities through indicators such as tax discipline,
financial transparency, documentation accuracy, and social responsibility. The study examines the

correlation between rating indicators and actual economic performance, highlights sectoral and

regional disparities, and explores methodological differences with the “CRM

-

NEW” monitoring

system. Using the Kruskal

Wallis H test, a statistically significant relationship is identified

between rating categories and tax risk levels, supporting the reliability of the assessment
framework. The paper concludes with conceptual and practical recommendations for improving

the rating mechanism.

Keywords:

stability rating, tax discipline, fiscal governance, financial transparency, rating

methodology, CRM-NEW, economic efficiency, sectoral analysis, tax risk, statistical analysis.

Kirish.

Mamlakatda tadbirkorlik subyektlarini iqtisodiy intizomga undovchi, ularning fiskal xulq-

atvorini baholovchi hamda moliyaviy shaffoflik darajasini aniqlovchi zamonaviy reyting
tizimining joriy etilishi fiskal boshqaruvning raqamli transformatsiyalashuv bosqichida muhim

burilish nuqtasiga aylandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegilshi qaroriga

(2024)

muvofiq, 2024-yil 1-fevraldan boshlab yuridik shaxslar faoliyatini baholashning

avtomatlashtirilgan reyting tizimi joriy qilindi. Mazkur tizim orqali yuridik shaxslarning
barqarorlik darajasi 23 ta kompleks indikator asosida baholanadi hamda baholash natijalari

elektron platforma orqali real vaqt rejimida shakllantiriladi (Qaror, 2024).

Reyting tizimining joriy etilishi orqali tadbirkorlik subyektlarining qonunchilikka

muvofiq faoliyat yuritish intizomi, soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish va moliyaviy

shaffoflik darajasi aniqlanadi. Ayniqsa, yuqori reytingli (AAA, AA, A) toifalarga mansub

subyektlarga soliq imtiyozlari, QQSni 1 kunda qayt

arish, importdagi soliq summalarini o‘zaro

hisobga olish kabi bir qator rag‘batlantiruvchi chora

-

tadbirlar qo‘llanilishi belgilangan

.

Ushbu tadqiqotning dolzarbligi shundaki, barqarorlik reytingi tizimi, bir tomondan,

davlat

biznes munosabatlarida ochiqlik va ishonchni kuchaytirsa, boshqa tomondan esa soliq

boshqaruvi samaradorligini oshirish, fiskal tartib-

intizomni ta’minlash va biznesni

rag‘batlantirishga xizmat qiladi. Bu tizim, shuningdek, davlat resurslarining samarali

taqsimlanishiga, iqtisodiy faoliyatning rasmiy sektor doirasida yuritilishiga va barqaror

iqtisodiy rivojlanishga asos bo‘luvchi selektiv mexanizm vazifasini ham bajaradi.

Shu nuqtay

i nazardan, mazkur ilmiy ishda O‘zbekiston tajribasida tadbirkorlik

subyektlarining barqarorlik reytingi tizimining shakllanishi, baholash mezonlari,

metodologiyasi, amaliy natijalari, statistik tahlillari hamda xalqaro reyting tizimlari bilan

qiyosiy jihatlari atroflicha o‘rganiladi. Tadqiqot reyting tizimining nazariy asoslari, normativ

-

huquqiy bazasi, baholash indikatorlari, ularning iqtisodiy va institutsional samaradorligi,

hamda real fiskal intizom bilan uyg‘unligi asosida ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqishga

qaratilgan.

Adabiyotlar sharhi.

Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi tizimining nazariy-metodologik asosi,

baholash indikatorlari, iqtisodiy samaradorligi va xalqaro amaliyot bilan uyg‘unligi masalalari

milliy va xorijiy tadqiqotchilar tomonidan turlicha nuqtai nazardan tahlil etilgan.


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

647

Barqarorlik reytingi tizimining nazariy-metodologik asoslari, iqtisodiy samaradorligi va

xalqaro tajribalardagi yondashuvlar milliy va xorijiy manbalarda turlicha nuqtai nazardan

yoritilgan. Quyida adabiyotlar tematik guruhlarga bo‘lingan holda taqdim etiladi.

Xalqaro tadqiqotlar:

Soliq

intizomi va rag‘batlantirish mexanizmlari

Alm, (1999) Tax Compliance and Administration ishida soliq intizomining psixologik va

institutsional omillariga e’tibor qaratadi. Unga ko‘ra, soliqni ixtiyoriy to‘lash darajasi jazodan

ko‘ra ishonch va rag‘batga ko‘proq bog‘liq.

OECD (2017) Tax Administration Comparative Information hisobotlarida raqamli

monitoring va reyting tizimlari orqali soliq xulq-

atvorini rag‘batlantirish samaradorligi

ko‘rsatilgan.

Reyting tizimlari va baholash metodologiyasi

World Bank (2020) Doing Business reytingidagi Paying Taxes indikatori orqali davlatlar

soliq yukini kamaytirish, shaffoflikni ta’minlash va baholash mexanizmlarini shakllantirish

borasida taqqoslash imkonini beradi.

S&P, Moody’s, Fitch Ratings

(2023, 2022)

Bu agentliklarning reyting metodologiyalari

kreditga layoqatlilik, fiskal barqarorlik va moliyaviy xavflarni baholaydi. Ayniqsa, S&P Global

(2023) ning “Principles of Credit Ratings” hujjatida reytinglar orqali rag‘batlantirish mexanizmi

chuqur asoslangan.

Selektiv baholash va iqtisodiy xatti-harakat nazariyalari

Becker & Murphy (1988)

Iqtisodiy tanlovlar va baholovchi tizimlar orqali xatti-

harakatlarga ijtimoiy signal berish mexanizmi izohlangan. Bu yondashuv selektiv reyting
tizimlarining nazariy negizini beradi.

M

illiy tadqiqotlar (O‘zbekiston tajribasi):

Raqamli fiskal boshqaruv va soliq islohotlari

Saidova (2022)

Raqamli iqtisodiyot va fiskal intizom nomli monografiyada nazoratdan

rag‘batga o‘tish yondashuvi, raqamli baholash tizimlarining fiskal

samarasi tahlil qilingan.

Ayupov & Urunov (2019) Raqamli iqtisod va 4.0 industriya asarida avtomatlashtirilgan

axborot tizimlarining soliq boshqaruvidagi institutsional roliga baho beriladi.

Moliyaviy shaffoflik va soliq xulq-atvori
Nazarova (2021) Moliyaviy savodxonlik asoslari darsligida yuridik shaxslarning fiskal

muvofiqligi va shaffof faoliyati uchun baholash tizimlarining o‘rni ko‘rsatilgan.

Bazarova (2024) Soliq tizimini takomillashtirish yo‘llari maqolasida soliq islohotlarining

fiskal intizo

m va iqtisodiy samaradorlikka ta’siri chuqur ko‘rib chiqilgan.

Barqarorlik reytingi tizimi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar

Abdullayev (2025) Barqarorlik reytingi orqali fiskal intizom va biznes muhitini

rag‘batlantirish maqolasida milliy reyting tizimi, uning i

ndikatorlari, xalqaro taqqoslash va

metodologik takomillashtirishlar yoritilgan.

Islomov, G‘ulomov (2023) Tadbirkorlikni qo‘llab

-quvvatlash mexanizmlarida reyting

tizimlari maqolasida reyting natijalarining investorlar uchun signal vazifasi sifatidagi roli tahlil

qilingan.

Xalqaro manbalarda reyting tizimi soliq xatti-harakatini ixtiyoriylashtirish, ishonchni

mustahkamlash va rag‘batlantirish usuli sifatida qaralsa, milliy adabiyotlarda bu tizim fiskal

transformatsiyaning markaziy elementi sifatida baholangan. Shuning uchun maqolada reyting

tizimining nazariy asoslari, milliy va xalqaro yondashuvlar qiyosiy tahlili orqali mustahkam

ilmiy yondashuv shakllantirilgan.

Tadqiqot metodologiyasi.

Mazkur tadqiqotda “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi” tizimini

baholashda normativ-

huquqiy hujjatlar tahlili, statistik ma’lumotlar asosidagi empirik

yondashuv va kontent-

tahlil metodlaridan foydalanildi. Asosiy manbalar sifatida O‘zbekisto

n


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

648

Respublikasi Prezidentining Qarorlari, Soliq qo‘mitasi va Savdo

-sanoat palatasi tomonidan

e’lon qilingan rasmiy hisobotlar, “my3.soliq.uz” elektron platformasida mavjud reyting

ma’lumotlari, shuningdek reyting tizimi bo‘yicha ochiq statistik bazalar xizm

at qildi.

Tahlil jarayonida “CRM

-

NEW” va “Barqarorlik reytingi” tizimlarining baholash

indikatorlari o‘zaro solishtirildi. Bunda mezonlar xususiyati, baholash algoritmi, formal va real
ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi farqlar aniqlashga yo‘naltirilgan solishtirm

a tahlil (comparative

matrix approach) metodologiyasi qo‘llandi. Tahlil natijalari sektorlar va hududlar kesimida

ajratilgan holda, yuridik shaxslarning yuqori reytingga “AAA”–“A” kirish ko‘rsatkichlari asosida

baholandi.

Soha kesimidagi tafovutlarni aniql

ash uchun iqtisodiyotning asosiy yo‘nalishilari ya’ni

ishlab chiqarish, chakana savdo, ulgurji savdo, qishloq xo‘jaligi, qurilish, boshqa xizmatlar va

import subyektlari bo‘yicha 2024

-

yil oktabr holatidagi statistik ko‘rsatkichlar asosida hisob

-

kitoblar am

alga oshirildi. Har bir yo‘nalishda yuqori reytingli subyektlar soni va ularning ulushi

aniqlanib, foizlarda ifodalandi. Grafik vizualizatsiya vositasi sifatida foydalanilib, diagrammalar
va ustunli grafiklar tuzildi.

Shuningdek, reyting tizimining metodologik zaif tomonlarini aniqlash uchun kontent-

tahlil asosida me’yoriy mezonlarning amaliy qo‘llanishi, ballarni shakllantirishdagi
anomaliyalar va oshirilgan intizomga asoslangan holatlar o‘rganildi. Baholash mexanizmidagi

mumkin bo‘lgan nomuvofiqliklar, jumladan, faoliyatsiz subyektlarning ball to‘plashi yoki

formal ko‘rsatkichlar asosida reytingda yuqori toifa olish holatlari aniqlanib, ularni bartaraf

etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

Ushbu metodologik yondashuv tadqiqotda tizimli tahlil, raqamli asoslanganlik va amaliy

muammolarni aniqlash orqali reyting tizimini takomillashtirish yo‘nalishlarini aniqlashga

xizmat qildi.

Nazariy-tushunchaviy asoslar.

Barqarorlik (sustainability) - Tadbirkorlik subyektining iqtisodiy faoliyatida uzluksizlikni

ta’mi

nlay olish qobiliyati, moliyaviy barqarorlikni saqlagan holda huquqiy va fiskal

majburiyatlarni muntazam bajarishi. Alm (1999), Becker & Murphy (1988), OECD (2017).

Fiskal intizom (fiscal discipline) - Yuridik shaxs tomonidan davlat byudjeti oldidagi soliq

va boshqa majburiyatlarni qonunchilikda belgilangan muddatda va hajmda bajarish holati. Bu

tushuncha faqat soliq to‘lash bilan emas, balki hisobotlarni o‘z vaqtida va aniq topshirish,

ortiqcha yoki kam to‘lovlarni aniqlashtirish va o‘z vaqtida tuzatishlarni ham o‘z ichiga oladi.

S&P (2023), World Bank (2020.

Moliyaviy shaffoflik (financial transparency) - Korxonaning moliyaviy faoliyati, daromad

va xarajatlari, soliq hisobotlari, aktiv va passivlari, foyda va zararlarining to‘liq, haqqoniy va

elektron shaklda aks ettirilganligi. Bu element investorlar, davlat va boshqa manfaatdor

tomonlar uchun ishonch indikatoridir. Nazarova (2021).

Iqtisodiy faoliyat samaradorligi (economic performance efficiency) - Korxonaning

iqtisodiy resurslardan maksimal natija olgan holda foydalanishi, bu foyda, rentabellik, ish haqi,

eksport hajmi va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarida ifodalanadi. Fitch Ratings (2022), Bazarova

(2024).

Selektiv mexanizm (selective mechanism) - Reyting tizimi orqali korxonalarni turli

toifalarga ajra

tish, iqtisodiy intizom darajasiga qarab rag‘batlantirish yoki nazoratga olish

mexanizmi. Bu mexanizm orqali davlat resurslari samarali taqsimlanadi: yuqori reytinglilarga

imtiyozlar, past reytinglilarga monitoring. Becker & Murphy (1988).

Sun’iy faoliyat

(pseudo-activity) -

Yuridik shaxs faoliyat yuritmayotgan bo‘lsada, faqat

rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan holatda turib, reytingda ball to‘plash imkonini beruvchi, lekin real
iqtisodiy samaradorligi mavjud bo‘lmagan holat.

Bu holatlar reyting tizimining manipulyatsiya

qilinishiga olib kelishi mumkin, ayniqsa, faoliyat davomiyligi bo‘yicha ball oluvchi

indikatorlarda.


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

649

Tahlil va natijalar muhokamasi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024

-yil 23-yanvardagi PQ-39-son qaroriga

muvofiq joriy etilgan

“Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi” tizimi doirasida

yuridik shaxslar faoliyati 23 ta kompleks indikatorlar asosida baholanmoqda. Ushbu reyting

metodologiyasi, bir tomondan, soliq intizomi, moliyaviy shaffoflik va faoliyat barqarorligini
ba

holash imkonini bersa, boshqa tomondan esa, rag‘batlantirish va monitoring mexanizmlarini

shakllantirishga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, yuqori reytingli “AAA”, “AA”, “A” toifalarga mansub

subyektlar iqtisodiy jihatdan eng ishonchli hamda qonunchilikka rioya qiluvchi korxonalar

sifatida e’tirof etilib, ularning soliq intizom ko‘rsatkichlari davlat byudjetiga to‘lovlar hajmi
orqali ham o‘z tasdig‘ini topmoqda.

Yuqori reytingli subyektlar “AAA”, “AA”, “A”

toifadagilar 2024-

yil obtabr holatiga ko‘ra,

jami 7 266 ta

yuridik shaxs barqarorlik reytingining yuqori toifalari bo‘yicha tasniflangan. Bu

toifalar reyting tizimida eng ishonchli, qonunchilikka rioya qiluvchi va moliyaviy intizomga ega

subyektlar sifatida e’tirof etiladi. Bu reyting ballari yigirma uchta indika

tor asosida shakllanib,

ular orasida faoliyat davomiyligi, foydalilik ko‘rsatkichi, soliq va hisobot intizomi, elektron

hujjat aylanishi va ishchi kuchining rasmiylashuvi kabi mezonlar asosiy rol o‘ynaydi.

Yuqori reytingli tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat byudjetiga jami 470 milliard

so‘mdan ortiq soliq to‘lovlari amalga oshirilgan bo‘lib, bu ularning iqtisodiy faoliyatining

barqarorligi va shaffofligini tasdiqlaydi. Reyting va fiskal ko‘rsatkichlarning uyg‘unligi reyting

metodologiyasining amaliy

samarasini ko‘rsatadi.

Tahlil natijalariga ko‘ra, hududlar kesimida yuqori reytingli subyektlar soni bo‘yicha

Toshkent shahri yetakchi bo‘lib jami 2 787 ta korxona ushbu toifaga kirdi. Bu ko‘rsatkich soliq

boshqaruvi samaradorligi, axborot tizimlari bilan integratsiya darajasi va tadbirkorlik

madaniyatining shakllanganligidan dalolat beradi. Keyingi o‘rinlarda Samarqand viloyati 550

ta va Farg‘ona viloyati 525 ta subyekt bilan o‘rin egallagan bo‘lib, bu hududlarda ham yuqori

reytingli subyektlar salmog‘i or

tib borayotganini anglatadi (1-rasm).

1-

rasm. Hududlar bo‘yicha yuqori reytingli “AAA”, “AA”, “A” subyektlar soni

Ushbu reyting tizimi real soliq intizomi bilan bevosita bog‘liqligini tasdiqlovchi statistik

asoslarga tayangan holda ishlab

chiqilgan bo‘lsada, reyting ballari va haqiqiy to‘lov salohiyati

o‘rtasidagi nisbat doimiy tahlil va monitoringni talab etadi. Shuning uchun yuqori reytingli

subyektlar nafaqat statistika asosida, balki kompleks baholash yondashuvi orqali aniqlanadi.

Tahli

llar shuni ko‘rsatmoqdaki, “AAA”, “AA” va “A” reyting toifalariga mansub yuridik

shaxslar nafaqat yuqori soliq va hisobot intizomiga ega, balki barqaror iqtisodiy faoliyat

yuritayotgan, qonunchilik talablariga rioya qiluvchi subyektlar sifatida e’tirof eti

ladi. Ular


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

650

tomonidan davlat byudjetiga to‘langan 470 milliard so‘mdan ortiq soliq summasi bu fikrni
tasdiqlovchi muhim fiskal ko‘rsatkich hisoblanadi. Reyting baholash indikatorlarining soliq

boshqaruvi, moliyaviy shaffoflik va faoliyat izchilligini aks ettiruvchi tizimli mezonlarga

asoslanishi, ayni paytda amaliy jihatdan ham ishonchli natijalarni bergani, tizimning

metodologik samaradorligini namoyon etmoqda. Ayniqsa, Toshkent shahri, Samarqand va

Farg‘ona viloyatlarida yuqori reytingli subyektlar sonining nisbatan ko‘pligi hududiy soliq

boshqaruvi samaradorligining va tadbirkorlik madaniyatining yetukligidan dalolat beradi. Shu

bois reyting baholash natijalarini doimiy monitoring qilish va real fiskal salohiyat bilan

uyg‘unligini tahlil qilish, tizimning

xolisligini saqlash hamda kelgusida yanada takomillashtirish

uchun muhim metodologik talab bo‘lib qolmoqda.

Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlashda iqtisodiyot tarmoqlari

kesimida kuzatilayotgan tafovutlar reyting tizimi samaradorligini chuqur tahlil qilish zaruratini

yuzaga keltiradi. 2024-

yil oktyabr holatidagi statistik ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 568

981 ta yuridik shaxs faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ular orasida ishlab chiqaruvchilar, savdo va
xizmat ko‘rsatish subyektlari, qishloq xo‘jaligi korxonalari, qurilish tashkilotlari va boshqa

yo‘nalishlarda ishlovchilar mavjud

(2-rasm).

2-rasm.

Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini

iqtisodiyot tarmoqlar kesimidagi tahlili

Ishlab chiqaruvchilar umumiy subyektlar sonining 47 427 ta tashkil etadi. Ulardan 228

tasi 0,5% yuqori reytingga, ya’ni “AAA”, “AA” yoki “A” toifalariga kiradi (1

-jadval). Bu holat

ushbu toifadagi korxonalarning ishlab chiqarish jarayoni va moliyaviy faoliyatda aniq hisob-

kitob yuritayotganini, rasmiy hujjatlar va soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etishini
anglatadi. Bundan tashqari, ularning eksport salohiyati yuqori bo‘lib, raqamli fiskal boshqaruv

talablariga muvofiqligi yuqoriligi kuzatilmoqda.

Savdo sohasi, jumladan chakana va ulgurji savdo subyektlari mamlakatdagi eng yirik

tarmoq bo‘lib, umumiy korxonalarning 42 foizini (236 123 ta) tashkil qiladi. Biroq ushbu katta
salmog‘iga qaramay, ularning atigi 280 tasi (0,11%) yuqori reyting toifasiga kir

adi. Bu esa

savdo sohasida mavjud bo‘lgan bir qancha muammolarga ishora qiladi. Xususan, ko‘plab


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

651

korxonalarda hujjatlarning to‘liq va tizimli yuritilmasligi, realizatsiya va elektron hisobvaraq

-

fakturalar o‘rtasida nomuvofiqliklar hamda soliq qarzdorligi yoki hisobotlarni o‘z vaqtida

topshirmaslik holatlari mavjudligini ushbu muammolar sifatida takidlash mumkin. Bunday

kamchiliklar ushbu sektor reyting ballarining pasayishiga olib kelmoqda va tizimda salbiy

holatlar kuzatilgan bo‘lishi mumkinligiga ishora q

iladi.

1-jadval

Barqarorlik reytingi bo‘yicha sohalar kesimidagi tafovutlar

(2024-yil oktabr holatiga)

Tarmoq

Yuridik shaxslar soni

AAA

AA

A reytingli

Ulushi (%)

Ishlab chiqaruvchilar

47 427 ta

228 ta

0.5%

Chakana savdo

236 123 ta

280 ta

0.11%

Ulgurji savdo

42 181 ta

181 ta

0.4%

Qishloq xo‘jaligi

115 621 ta

29 ta

0.02%

Qurilish korxonalari

21 093 ta

66 ta

0.3%

Boshqalar

42 644 ta

95 ta

0.22%

Import qiluvchilar

119 ta

0 ta

0%

Jami yuridik shaxslar

568 981 ta

9631 ta

1.69%

Qishloq xo‘jaligi soxasida 115 621 ta yuridik shaxsni qamrab olgan. Reyting tizimi

bo‘yicha ushbu subyektlarning 83,5 foizi quyi toifa —

ya’ni “D” reytingda joylashgan. Bu

ko‘rsatkich tizimdagi eng salbiy natijadir va quyidagi muammolarni yoritadi:

Rasmiy hujjatlar va hisob-kitoblar yuritilishining sustligi;

Elektron platformalardan foydalana olmaslik (raqamli savodxonlik muammosi);

Soliq hisobotlarini topshirishda sustkashlik;

Ko‘p hollarda faoliyatning rasmiylashtirilmagan shaklda olib borilishi.

Bu tarmoqning past reytingi aslida nafaqat soliq intizomi, balki umuman institutsional

islohotlardan chetda qolayotganligini ko‘rsatadi. Shuningdek, mezonlar asosida ballarni

shakllantirishda ko‘pchilik subyektlar asosiy baholash shartlariga yetarlicha javob bera

olmayapti, xususan, elektron hisobvaraq-

faktura, soliq to‘lov intizomi va ijtimoiy himoyadagi

xodimlar bandligi bo‘yicha ko‘rsatkichlar juda past (3

-rasm).

3-

rasm. Iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha yuqori reytingli subyektlar ulushi


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

652

Soha kesimidagi bu tafovutlar tadbirkorlik subyektlari orasidagi institutsional, texnologik

va moliyaviy tafovutlarni yaqqol namoyon qiladi. Reytingning avtomatlashtirilgan, indikatorlar

asosidagi baholash tizimi iqtisodiyotning qaysi sohalari ilg‘or, qaysilari esa orqada

qolayotganini aniqlash imkonini bermoqda. Ilmiy nuqtai nazardan qaraganda, bu tahlil

tadbirkorlik faoliyatini to‘liq rasmiylashtirish, fiskal shaffoflik va soliq intizomini ta’minlashda
kuchli selektiv (saralovchi) mexanizm bo‘lib xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik subyektlarini baholashda asosiy “

CRM-

NEW”

(Customer Relationship Management

yangi formatdagi raqamli monitoring tizimi) va

“Barqarorlik reytingi”

tizim amal qilmoqda. Har ikkala tizim tadbirkorlik subyektlarining

faoliyatini baholashga qaratilgan bo‘lsada, ular o‘zaro sezilarli farqlarga ega.

CRM-NEW tizimi

bu soliq organlarining yuridik shaxslar faoliyatini real tushumlar va

fiskal ko‘rsatkichla

r asosida baholovchi

ichki tizimidir. Bu tizimda korxonaning to‘lagan

soliqlari, hisoblangan soliq summasi, tovar aylanmasi va foyda ko‘rsatkichlari hamda amalda

faoliyat yuritayotgan bozor segmentlari asosiy indikator sifatida olinadi. Bu tizim moliyaviy

oqimlarning real hajmiga va fiskal intizomga e’tibor qaratadi. Tahliliy jihatdan,

CRM-NEW

iqtisodiy faoliyat hajmi va budjetga real tushumlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan tizim

bo‘lib,

korxona samaradorligini aniqlashda obyektiv mezon sifatida ko‘riladi.

Barqarorlik reytingi tizimi esa

23 ta ko‘rsatkich asosida avtomatik baholashga

asoslangan

va u elektron hisobvaraq-

fakturalar, soliq hisobotlarining o‘z vaqtida topshirilishi, ijtimoiy

himoyaga muhtoj xodimlar bandligi, rentabellik va faoliyat davomiyligi, kamaytiruvchi va

rag‘batlantiruvchi mezonlar asosida baho beradi. Biroq tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki,

reyting

tizimi mezonlari ayrim holatlarda real fiskal intizomni ifoda etmaydi. Xususan, faoliyatsiz yoki

sun’iy faoliyat yurituvchi subyektlarga 10 b

all berilishi

bu 1-mezon (faoliyat davomiyligi)da

vaqtga asoslangan ball berish bilan bog‘liq. Masalan, "PRODUCT" MCHJ faoliyat boshlagan sana

bo‘yicha 10 ball olgan, lekin real tovar aylanmasi yo‘q. Quyidagi jadval bu ikki tizim o‘rtasidagi

konseptual

farqni ko‘rsatadi (2

-jadval).

2-jadval

“CRM

-

NEW” axborot tizimi va “Barqarorlik reytingi” platformasi

o‘rtasida o‘zaro solishtirma farqlar

Ko‘rsatkich

CRM-NEW

Barqarorlik reytingi

Baholash asosi

Real tushum va soliqlar

Formal mezonlar asosida

ball tizimi

Yondashuv

Moliyaviy oqim va

fiskal intizom

Jarayon va rasmiylashtirish

intizomi

Kamchiliklar

Faoliyat ko‘rsatkichlariga

cheklangan

Faoliyatsiz ball olish

imkoniyati

Tahliliy foyda

Budjetga haqiqiy foyda

ko‘rsatkichini beradi

Subyektni tizimiy xatti-

harakatlarga undash

Moslashuvchanlik

Kam

Yuqori (kompleks va

tarmoqlarga xos)

Mazkur tafovut shuni anglatadiki, barqarorlik reytingi tizimi hozirda faqat formal

ko‘rsatkichlar orqali ball berish orqali korxonaning real iqtisodiy samaradorligini to‘liq

baholashda amaliy ishlar olib borish kerakligini anglatish mumkindir. Ayniqsa, vaqtinchalik

rasmiylashtirilgan huquqlar (ijara, faoliyatsiz korxona) orqali yuqori ball olish mumkinligi,

reytingni manipulyatsiya qilish xavfini kuchaytiradi. Shu munosabat bilan quyidagi
takomillashtirish choralari zarur hisoblanadi:


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

653

Birinchidan, reyting tizimining baholash aniqligi va iqtisodiy real holatga mosligini

ta’minlash maqsadid

a, korxonalar faoliyatining real moliyaviy natijalarini aks ettiruvchi sub-

indikatorlar, jumladan real tushumlar hajmi, sof foyda ko‘rsatkichi va to‘langan soliqlar miqdori

kabi mezonlarni reyting formulasiga kiritish maquldir. Bu yondashuv reytingning faqat

hujjatdagi ma’lumotlarga emas, balki iqtisodiy natijalarga asoslanishini ta’minlaydi.

Ikkinchidan, “CRM

-

NEW” axborot tizimi va “Barqarorlik reytingi” platformasi o‘rtasida

o‘zaro integratsiyani kuchaytirish zarur. Ayniqsa, ballarni hisoblash jarayonida

real tushum

indikatorlariga asoslanish, reyting natijalarining haqqoniyligini oshiradi hamda moliyaviy

shaffoflikni ta’minlaydi. Bu yondashuv indikatorlarning iqtisodiy mantiqiy bog‘liqligini

mustahkamlaydi.

Uchinchidan, reyting tizimida manipulyatsiya qil

ish holatlarini aniqlashga yo‘naltirilgan

zamonaviy algoritmlarni (xususan, anomaly detection algoritmlari) joriy etish maqsadga

muvofiqdir. Masalan, besh yil mobaynida faoliyat yuritgan, biroq hech qanday realizatsiya
amalga oshirmagan subyektlarning avto

matik tarzda aniqlanishi va “xavf belgisi” bilan

belgilanisa tizimda ichki uyg‘unlik va ishonchlilikni oshiradi.

Barqarorlik reytingi tizimi, asosan, korxonalarning soliq intizomi, huquqiy shaffofligi

hamda

ijtimoiy mas’uliyat darajasi

kabi ko‘rsatkichlar

asosida shakllantirilgan bo‘lsada,

eksport hajmi va

sof foyda ko‘rsatkichlari

ayrim hollarda reyting toifalari bilan bevosita

muvofiqlik kasb etmaydi. Ushbu tafovut, amalda reyting mezonlari tarkibida real iqtisodiy

samaradorlikni (ya’ni, ekvivalent tushum va sof foyda ko‘rinishidagi natijalarni)

yetarli

darajada aks ettirmaslik holatini ko‘rsatadi. Bu esa reyting tizimini yanada takomillashtirish

zarurligini va real moliyaviy ko‘rsatkichlar asosida baholash elementlarini kuchaytirishni

taqozo etadi.

Ushbu tadqiqot doirasida reyting toifalari (AAA

–D) bo‘yicha yuridik shaxslarning soliq

xavfi miqdorini tahlil qilishda Kruskal

–Wallis H testi qo‘llanildi. Mazkur test parametrik

bo‘lmagan (non

-

parametric) usul bo‘lib, bir nechta guruhlar (k ≥ 3) orasida taqsim

otlar

o‘rtasida mediana qiymatlari bir xilmi yoki farqlanadimi degan savolga javob beradi. Bu test

ayniqsa, ma’lumotlar normal taqsimlanmagan yoki dispersiyalar teng bo‘lmagan holatlarda

afzal hisoblanadi.

Kruskal

Wallis testining statistik qiymati quyidagi formula asosida hisoblanadi:

𝐻 =

12

𝑁(𝑁+1)

𝑅

𝑖

2

𝑛

𝑖

𝑘

𝑖=1

− 3(𝑁 + 1)

(1)

Bu yerda:

N

jami kuzatuvlar soni,

k

guruhlar soni (reyting toifalari),

𝑛

𝑖

har bir

i

-guruhdagi kuzatuvlar soni,

𝑅

𝑖

i

-

guruhdagi kuzatuvlarning umumiy o‘rin raqamlari yig‘indisi.

Mazkur testda barcha qiymatlar umumiy ro‘yxatga saralanadi va har bir kuzatuvga rank

(tartib raqam) belgilanadi. Har bir guruh uchun bu ranklar yig‘indisi asosida yuqoridagi

formula yordamida statistik H qiymati aniqlanadi.

Tadqiqotd

a reyting toifalari bo‘yicha (AAA, AA, A, BBB, BB, B, CCC, CC, C, D) 9000 dan ortiq

yuridik shaxslarning “xavf summasi (mln so‘m)” ko‘rsatkichlari o‘rganildi. E’tiborga molik jihat

shuki, ba’zi guruhlarda kuzatuvlar soni kam bo‘lganligi sababli test faqat

etarlik hajmdagi

guruhlarda (n ≥ 2) amalga oshirildi.

Statistik tahlil natijalari quyidagicha:

• H statistikasi: H = 756.28

• p

-qiymat: p < 0.0001

Ushbu natijalar reyting toifalari bo‘yicha xavf summasi farqlari mavjudligini statistik

jihatdan

ishonchli ekanligini ko‘rsatadi. Bu esa barqarorlik reytingi tizimi soliq xavfini

differensial baholashda metodologik asosga ega ekanligini tasdiqlaydi.


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

654

Grafik tahlil natijalari ham bu xulosani qo‘llab

-

quvvatlaydi: “D” va “C” reyting toifalarida

xavf miqdo

ri yuqori va tarqoqligi keng, “AAA”–“A” toifalardagi subyektlarda esa xavf miqdori

ancha past va barqaror. Bu holat reytingning fiskal xavfni aniqlovchi vosita sifatidagi real

mexanizmini namoyon etadi.

Ushbu natija reyting toifalari bo‘yicha soliq xavfi s

ummasining sezilarli farqlanishini

tasdiqlaydi. Ya’ni, reyting tizimining amaliy samarasidan biri sifatida –

past reytingli subyektlar

yuqori xavfga ega bo‘lishi statistik asos bilan isbotlandi (4

-rasm).

4-

rasm. Reyting toifalari bo‘yicha xavf

summasi taqsimoti (boxplot)

Barqarorlik reytingi tizimi nafaqat formal mezonlarga asoslangan ball berish tizimi, balki

soliq xavfini real baholovchi vosita sifatida ham xizmat qilishi mumkin. Bu tizim orqali soliq

xavflari profilaktik tarzda aniqlanishi,

reyting orqali rag‘batlantirish mexanizmlarining

iqtisodiy xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qilishi statistik asosda tasdiqlandi.

“AAA”, “AA” va “A” toifalariga mansub subyektlar soni nisbatan kam (9 631 ta yoki 2%)

bo‘lishiga qaramay, ularning har biriga to‘g‘ri keladigan

foyda hajmi,

ish haqi jamg‘armasi

, bir

ishchiga to‘g‘ri keladigan daromad va samaradorlik ko‘rsatkichlari

yuksak darajada. Bu

korxonalar, odatda, korporativ boshqaruv madaniyati shakllangan, fiskal yondashuvda

ixtiyoriylik asosida yuqori tartib-intizomga ega subyektlar hisoblanadi.

Qiziqarli jihati shundaki,

“B” reyting toifasidagi subyektlar tomonidan amalga oshirilgan

eksport hajmi 1 732,2 mln AQSH dollariga yetgan, bu esa AAA, AA va A toifalari umumiy

eksportidan ham yuqori (masalan, AAA

67,4 mln, A

532,6 mln, AA

281,7 mln dollar).

Ushbu raqamlar shuni ko‘rsatadiki “B” toifasidagi korxonalarda

real iqtisodiy faollik va global

raqobatbardoshlik mavjud

, biroq ular reytingda past ko‘rsatkichga ega bo‘lib, bu holat ularning

soliq intizomida sustlik, hujjatlar yuritilishida nomuvofiqlik, yoki kamaytiruvchi mezonlar

(masalan, hisobotlarga tuzatishlar, qarzdorlik, rasmiy mulk yo‘qligi)

mavjudligini ko‘rsatadi.

Ushbu tafovut shuni ko‘rsatadiki, reyting tizimining amaldagi mezonlari, aso

san, formal

soliq-huquqiy muvofiqlikni

baholashga yo‘naltirilgan bo‘lib,

real iqtisodiy samaradorlikni

to‘laqonli qamrab olmayapti. Boshqacha aytganda,

yuqori foyda yoki eksport hajmiga ega

bo‘lgan korxonalar

ayrim hollarda faqat hujjatlashtirishdagi noaniqliklar yoki reyting

tizimidagi metodologik nomuvofiqliklar sababli past reyting toifalariga tushib qolmoqda. Bu

holat reyting natijalarining iqtisodiy real holatga mosligini pasaytiradi hamda tizimga bo‘lgan

ishonchni susaytirish xavfini tug‘diradi.

Reyting tizimining metodologik asoslarini yanada mustahkamlash, iqtisodiy real holatni

haqqoniy aks ettirish va sun’iy ko‘rsatkichlarning oldini olish maqsadida quyidagi ilmiy

asoslangan takomillashtirish choralarini joriy etish maqsadga muvofiq hisoblanadi (5-rasm).


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

655

5-rasm. Reyting tizimining metodologik asoslarini takomillashtirish choralari

Hozirgi barqarorlik reytingi tizimi, asosan, soliq intizomi va huquqiy muvofiqlik

mezonlariga tayangan holda shakllantirilgan bo‘lib, u

korxonalar faoliyatining eksport

salohiyati, foydalilik darajasi hamda umumiy iqtisodiy samaradorligini yetarli darajada aks
ettira olmayapti. Bu esa reyting tizimining faqat formal va deklarativ yondashuv bilan cheklanib

qolishiga olib keladi.

Shu boisdan, differensial indikatorlar bazasini kengaytirish

, ya’ni reyting modeliga

real

iqtisodiy faollikni aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar

(sof foyda, eksport hajmi, soliq tushumlarining

dinamikasi va yalpi daro

madga nisbati kabi ko‘rsatkichlar)ni kiritish

reytingning iqtisodiy

mazmunini kuchaytiradi. Bunday yondashuv, reyting natijalarini nafaqat fiskal intizom, balki

makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy kontekstdagi haqiqiy samaradorlik

bilan uyg‘unlashtirish

imkonini beradi. Natijada, barqarorlik reytingi nafaqat tartib-intizomni baholovchi vosita, balki

iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantiruvchi strategik indikator

sifatida ham ishlay boshlaydi.

Xulosa va takliflar.

O‘zbekistonda “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi” tizimining joriy etilishi

iqtisodiy boshqaruvning yangi bosqichini boshlab berdi. Mazkur tizim yuridik shaxslar

faoliyatini 23 ta mezon asosida avtomatlashtirilgan tarzda baholash orqali soliq intizomi,

moliyaviy shaffoflik va institutsional barqarorlikni aniqlashga xizmat qilmoqda. Yuqori

reytingli (“AAA”, “AA”, “A”) subyektlar tomonidan davlat byudjetiga to‘langan soliqlar hajmi

ularning iqtisodiy salohiyatini tasdiqlaydi va reyting tizimining amaliy natijadorligini
k

o‘rsatadi.

Shunga qaramay, reyting tizimining amaldagi metodologiyasi ayrim holatlarda real

iqtisodiy samaradorlikni to‘liq aks ettira olmayotgani kuzatilmoqda. Ayniqsa, faoliyat
ko‘rsatmayotgan yoki rasmiy mulkka ega bo‘lmagan, lekin ball to‘plagan subyek

tlarning

Reyting mezonlari tarkibiga korxonaning sof foydasi, eksport hajmi va to‘langan soliqlar

miqdorining o‘zaro nisbatini ifodalovchi kompozit ko‘rsatkichlar (ya’ni, iqtisodiy
samaradorlik indekslari) kiritilishi lozim. Bu yondashuv korxonaning fiskal intizomi
bilan birga uning real iqtisodiy natijalarini ham baholash imkonini beradi.

Reyting baholash tizimiga “ekvivalent daromadga soliq hissasi” (ya’ni, effektiv fiskal
yondashuv – to‘langan soliqlarni umumiy tushumga nisbatan baholovchi ko‘rsatkich)
indikator sifatida kiritilishi kerak. Bu soliq intizomini daromadga nisbatan obyektiv

tarzda baholashni ta’minlaydi.

Iqtisodiy samaradorlik (real tushum, foyda, eksport) hamda ijtimoiy foyda (doimiy

bandlik yaratish, eksportga yo‘naltirilgan mahsulot ulushi, hududiy ta’sir) kabi

ko‘rsatkichlar rag‘batlantiruvchi mezonlar sifatida alohida modulda ko‘zda tutilishi
lozim. Bu korxonalarning ijobiy ijtimoiy-iqtisodiy ta’sirini reyting tizimi orqali e’tirof
etish imkonini beradi.

Reyting tizimi va CRM-NEW axborot tizimi o‘rtasida to‘liq ma’lumotlar integratsiyasi

yo‘lga qo‘yilishi zarur. Shu bilan birga, sun’iy ball yig‘ish yoki reytingni manipulyatsiya
qilish holatlarini aniqlashga qaratilgan anomal tahlil algoritmlari joriy etilishi kerak. Bu

yerda mashinaviy o‘rganishga asoslangan algoritmlar orqali normadan chetga chiqqan
xatti-harakatlar (outliers) avtomatik tarzda flag qilinadi va reyting aniqligi oshiriladi.


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

656

mavjudligi, tizimda formal yondashuvning ustunligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, sektorlar
kesimida, xususan, qishloq xo‘jaligi va savdo tarmoqlarida reyting natijalari juda past bo‘lib, bu

hududiy va tarmoq darajasidagi institutsional tafovutlarni ochib bermoqda.

Shu asosda, reyting tizimini takomillashtirish bo‘yicha quyidagi umumlashtirilgan ilmiy

-

amaliy takliflar bildiriladi. Birinchidan, reyting indikatorlariga real iqtisodiy natijalarni aks

ettiruvchi ko‘rsatkichlar ya’ni sof foyda, eksport

hajmi, soliq tushumlari dinamikasi va ish haqi

jamg‘armasi kabi sub

-indikatorlarni kiritish zarur. Bu yondashuv reyting baholashining faqat

hujjatli emas, balki natijaviy xususiyatini kuchaytiradi.

Ikkinchidan, “CRM

-

NEW” axborot tizimi bilan to‘liq integr

atsiyalashgan holda reyting

formulasining iqtisodiy mantiqiyligini oshirish lozim. Bu orqali real tushumlar va moliyaviy

oqimlar bilan reyting ballari o‘rtasidagi uyg‘unlik ta’minlanadi.

Uchinchidan, reyting manipulyatsiyasining oldini olish uchun sun’iy i

ntizom

ko‘rsatkichlarini aniqlovchi zamonaviy algoritmlar, jumladan, anomaliyani aniqlash tizimlari

(anomaly detection) joriy etilishi maqsadga muvofiqdir.

To‘rtinchidan, sektorlar va biznes subyektlari turlariga moslashtirilgan reyting

modellarini ishlab

chiqish, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi, kichik biznes va eksportga yo‘naltirilgan

korxonalar uchun differensial indikatorlar bazasini shakllantirish zarur.

Nihoyat, reyting tizimi nafaqat nazorat, balki strategik rag‘batlantirish vositasiga

aylanishi uchun uning asosida soliq imtiyozlari, davlat xaridlari, kredit baholash va tashqi

investitsiya salohiyatini belgilovchi mezon sifatida foydalanish taklif etiladi. Bu yondashuv

reyting tizimini fiskal boshqaruvning markaziy elementiga aylantirib, iqtisodiy islohotlarning

chuqurlashuviga xizmat qiladi.

Umuman olganda, reyting tizimining xolisligi, iqtisodiy real holatga mosligi va

rag‘batlantiruvchi mexanizmlar bilan uyg‘unligi uning kelgusidagi barqarorligi va

ishonchliligini belgilovchi muhim omillar bo‘lib qolmo

qda.

Adabiyotlar

/Литература/Reference:

Abdullayev, Z.S. (2025). Barqarorlik reytingi orqali fiskal intizom va biznes muhitini

rag‘batlantirish: O‘zbekiston tajribasi. O‘zbekiston sug‘urta bozori, 1(34), pp. 25–

38.

Alm, J. (1999). Tax Compliance and Administration. Georgia State University, USA.

Ayupov, R.X. & Urunov, R.S. (2019). Raqamli iqtisod va 4.0 Industriya. Innovatsion rivojlanish

jurnali, 4(1), pp. 58

67.

Bazarova, E. (2024). O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimini takomillashtirish yo‘llari.

Soliq

siyosati va amaliyoti, 3(19), pp. 11

23.

Becker, G. & Murphy, K. (1988). The Family and the State. Journal of Law and Economics, 31(1),

pp. 1

18.

Fitch Ratings. (2022). Corporate Rating Methodology. Fitch Group.

Islomov, A. & G‘ulomov, D. (2023). Tadbirkorlikni qo‘llab

-quvvatlash mexanizmlarida reyting

tizimlarining o‘rni. Iqtisodiyot va moliya jurnali, 2(46), pp. 42–

53.

Moody’s Investors Service. (2023). Rating Symbols and Definitions. Moody’s Analytics.

Nazarova, S. (2021). Moliyaviy savodxonlik asoslari. Toshkent: Innovatsiya nashriyoti.
OECD. (2017). Tax Administration Comparative Information Series (TACIS). Paris: OECD

Publishing.

Qaror (2024) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. PQ

-39-son qaror: Tadbirkorlik

subyektlarining barqarorlik reytingin

i joriy etish to‘g‘risida. 23

-yanvar 2024-yil.

http://lex.uz/

Qaror (2024) Vazirlar Mahkamasi. (2024). VMQ-55-son qaror: Barqarorlik reytingi baholash

mezonlari to‘g‘risidagi nizom.

30-yanvar 2024-yil.

http://lex.uz/

S&P Global Ratings. (2023). Principles of Credit Ratings. S&P Global.

Saidova, M. (2022). Raqamli iqtisodiyot va fiskal intizom. Toshkent: Iqtisod-Moliya nashriyoti.
World Bank. (2020). Doing Business 2020: Comparing Business Regulation in 190 Economies.

Washington, DC: World Bank.

Библиографические ссылки

Abdullayev, Z.S. (2025). Barqarorlik reytingi orqali fiskal intizom va biznes muhitini rag‘batlantirish: O‘zbekiston tajribasi. O‘zbekiston sug‘urta bozori, 1(34), pp. 25–38.

Alm, J. (1999). Tax Compliance and Administration. Georgia State University, USA.

Ayupov, R.X. & Urunov, R.S. (2019). Raqamli iqtisod va 4.0 Industriya. Innovatsion rivojlanish jurnali, 4(1), pp. 58–67.

Bazarova, E. (2024). O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimini takomillashtirish yo‘llari. Soliq siyosati va amaliyoti, 3(19), pp. 11–23.

Becker, G. & Murphy, K. (1988). The Family and the State. Journal of Law and Economics, 31(1), pp. 1–18.

Fitch Ratings. (2022). Corporate Rating Methodology. Fitch Group.

Islomov, A. & G‘ulomov, D. (2023). Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarida reyting tizimlarining o‘rni. Iqtisodiyot va moliya jurnali, 2(46), pp. 42–53.

Moody’s Investors Service. (2023). Rating Symbols and Definitions. Moody’s Analytics.

Nazarova, S. (2021). Moliyaviy savodxonlik asoslari. Toshkent: Innovatsiya nashriyoti.

OECD. (2017). Tax Administration Comparative Information Series (TACIS). Paris: OECD Publishing.

Qaror (2024) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. PQ-39-son qaror: Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini joriy etish to‘g‘risida. 23-yanvar 2024-yil. http://lex.uz/

Qaror (2024) Vazirlar Mahkamasi. (2024). VMQ-55-son qaror: Barqarorlik reytingi baholash mezonlari to‘g‘risidagi nizom. 30-yanvar 2024-yil. http://lex.uz/

S&P Global Ratings. (2023). Principles of Credit Ratings. S&P Global.

Saidova, M. (2022). Raqamli iqtisodiyot va fiskal intizom. Toshkent: Iqtisod-Moliya nashriyoti.

World Bank. (2020). Doing Business 2020: Comparing Business Regulation in 190 Economies. Washington, DC: World Bank.