www.sci-p.uz
II SON. 2025
588
TURISTIK MARSHRUTLARNI ISHLAB CHIQISHDA TURISTIK MINTAQALARNING
QAMRAB OLINISH DARAJASINI OSHIRISH YO‘LLARI
dots.
Abduxamidov Sarvar
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti,
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti
Annotatsiya.
Maqolada O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirishda turistik
marshrutlarni shakllantirish jarayonida mintaqalarning qamrab olinish darajasini oshirish
masalalariga bag‘ishlangan tadqiqot natijalari keltirilgan. Muallif tomonidan
mintaqaviy turistik
imk
oniyatlarni chuqur o‘rganish, noan’anaviy va alternativ turizm yo‘nalishlarini rivojlantirish,
infratuzilmani yaxshilash, raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish orqali hududiy
qamrovni kengaytirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar berilgan.
Kal
it so‘zlar:
turizm sohasi, mintaqaviy turizm, zamonaviy turizm industriyasi, turistik
marshrutlar, turistik resurslar, strategik sektor, turistik xizmatlar, raqamli texnologiyalar.
ПУТИ ПОВЫШЕНИЯ УРОВНЯ ОХВАТА ТУРИСТСКИХ РЕГИОНОВ ПРИ
РАЗРАБОТКЕ ТУРИСТИЧЕСКИХ
МАРШРУТОВ
доц
.
Абдухамидов Сарвар
Самаркандский институт экономики и сервиса,
Международный университет туризма и
культурного наследия «Шелковый путь»
Аннотация
.
В статье представлены результаты исследования, посвящённого
вопросам повышения охвата регионов в процессе формирования туристических
маршрутов в рамках развития туристической сферы в Узбекистане. Автором
предложены научно обоснованные меры по расширению территориального охвата за
счёт глубокого изучения регионального туристического потенциала, развития
нетрадиционных и альтернативных направлений туризма, улучшения инфраструктуры
и эффективного использования цифровых технологий.
Ключевые слова:
туристическая сфера, региональный туризм, современная
туристическая индустрия, туристические маршруты, туристические ресурсы,
стратегический сектор, туристические услуги, цифровые технологии.
UOʻK:
338.482.2
588-595
www.sci-p.uz
II SON. 2025
589
WAYS TO INCREASE THE LEVEL OF COVERAGE OF TOURIST REGIONS WHEN
DEVELOPING TOURIST ROUTES
assoc. prof.
Abdukhamidov Sarvar
Samarkand Institute of Economics and Service,
“Silk Road” International University of Tourism and Cultural Heritage
Abstract.
This article presents the results of a study dedicated to increasing the regional
coverage in the formation of tourist routes as part of the development of the tourism sector in
Uzbekistan. The author offers scientifically grounded proposals to expand territorial coverage by
thoroughly studying regional tourism potential, developing non-traditional and alternative
tourism directions, improving infrastructure, and effectively utilizing digital technologies.
Keywords:
tourism sector, regional tourism, modern tourism industry, tourist routes,
tourism resources, strategic sector, tourism services, digital technologies.
Kirish.
Dunyo mamlakatlarida, jumladan O‘zbekistonda ham, turizmning iqtisodiyotdagi roli
tobora ortib, davlat byudjetining asosiy daromad manbai sifatidagi o‘rni oshib bormoqda. Bu
soha, ichki va
xorijiy turizmning rivojlanishi orqali, YAIMning o‘sishiga va aholining turmush
darajasining yaxshilanishiga muhim hissa qo‘shmoqda. O‘zbekistonning innovatsion
rivojlanish yo‘lida turizm muhim o‘rin tutmoqda va davlat tomonidan iqtisodiyotning asosiy
yo‘n
alishlaridan biri sifatida tan olinmoqda. Ammo, mamlakatning turizm salohiyati va
infratuzilmasi mavjud bo‘lsa
-da, ulardan yetarlicha foydalanilmayapti. Turizm sohasining
raqobatbardoshligi mamlakat iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish va resurslardan samarali
foydalanishda muhim ahmiyatga ega. Bu, o‘z navbatida, ichki hamda tashqi turistik oqimlarning
ortishiga, mamlakat va hududlar iqtisodiyotning rivojlanishiga olib keladi.
So‘nggi yillarda turizm sohasida bir qator ijobiy tendensiyalarni kuzatishimiz
mumkin.
Bunga misol sifatida, xorijdan keluvchi turistlar sonining oshishi, turizm geografiyasining
kengayishi va turistik xizmatlarning turlari ko‘payishi kabi o‘zgarishlarni ko‘rish mumkin.
Bundan tashqari, turistik xizmatlar sifatining oshishi, mamlakatlarning milliy mentalitetiga
mos turistik xizmatlarni taklif etishi, shuningdek turistlarning xizmatlar narxi va sifatiga
bo‘lgan talablarining ortishi kabi tendensiyalar ham kuzatilmoqda. Shu tufayli,
mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirishga katta ahamiyat qaratilmoqda, hukumat
tomonidan sohaning yanada rivojlanishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilmoqda. Xususan,
O
‘
zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 26-apreldagi
“
Respublikaning turizm
salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga
doir chora-tadbirlar to
‘
g
‘
risidagi
”
PQ-135-sonli Qarori asosida mamlakatimizning barcha
hududlarining turistik salohiyati va imkoniyatlari bo
‘
yicha keng ko
‘
lamli ilmiy-tadqiqot
ishlari olib borilmoqda. Hududlarning turistik kontentlari yaratilib xalqaro darajada targ
‘
ib
qilinmoqda.
Adabiyotlar sharhi.
Turistik marshrutlarni ishlab chiqish, ularni shakllantirishda turistik salohiyatdan
samarali foydalanish
masalalar tadqiqochilar e
’
tiboridan chetda qolmayabdi. Turizm
marshrutlarini ishlab chiqish masalalari bo
‘
yicha jahon miqyosida va mahalliy darajada bir
qator olimlar va tadqiqotchilar ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Ularning tadqiqotlari
asosan turizm marshrutlarining samaradorligi, turistik jozibadorlik, infratuzilma, tarixiy-
madaniy meros, logistika va marketing jihatlariga qaratilgan. Xususan:
Leiper (1990) turizm tizimi nazariyasi, turistik marshrutning strukturasiga alohida
e’tibor berib
turizmning asosiy elementlari
–
turist, marshrut va turistik manzilni tahlil qiladi.
www.sci-p.uz
II SON. 2025
590
Gunn (1994) turizmni
rejalashtirish va marshrutlarni shakllantirish masalalari bo‘yicha
tadq
iqotlar olib boradi. Gannning ishi turizmni strategik rejalashtirishga bag‘ishlangan bo‘lib,
marshrutni yaratishdagi bosqichlar va ahamiyatli omillarga alohida e’tibor beradi.
Tuxliyev (2021)
o‘z tadqiqotlarida O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishda marsh
rutlar
tizimini yaratish, jahon standartlariga mos turizm infratuzilmasini tashkil etish, va turistik
mahsulotni diversifikatsiya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratadi.
Xayitboyev va b. (2016) turizmni rivojlantirishning asoslaridan biri
bo‘lgan turistik
marshrutlar ishlab chiqish tamoyillari va bosqichlari bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan. Muallif
turistik marshrutlarning tarixi, buyuk geografik davrlardagi sayyohlarning, Markaziy Osiyolik
olimlar va geograflarning, XX asrda tadqiqotlar va kashfiyotlar qilgan sayyoh-olimlarning
marshrutlari, turistik marshrut ishlab chiqishning usullari, tamoyillari, marshrutlarda
xizmatlar ko‘rsatish, turmarshrutni amalda o‘tkazish bo‘yicha tadqiqot natijalarini e’lon qilgan.
Ammo, bevosita yangi yo‘nalis
hlardagi turistik marshrutlarda mintaqalarning turistik
salohiyatidan samarali foydalanish, hududlarning qamrab olinish darajasini oshirish masalalari
bo‘yicha ilmiy
-tadqiqot ishlari yetarli darajada olib borilmagan. Bularning barchasi ushbu
tadqiqot ishi
bo‘yicha tadqiqotlar olib borishga asos bo‘ldi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ushbu maqolada taqdim etilgan ma’lumotlar turli xil statistik modellar va interfaol tahlil
usullari asosida baholandi. Tadqiqot jarayonida sohaga oid tajribali mutaxassislar bilan
s
uhbatlar o‘tkazilib, ularning amaliy fikrlari va takliflari hisobga olindi. Shuningdek, hududlar
bo‘yicha turizm marshrutlarining qamrov darajasini o‘rganishda kompleks yondashuv
qo‘llanildi. Bu yondashuv doirasida hududiy infratuzilma, madaniy meros obyek
tlari, transport
qulayligi va mehmonxona xizmatlari singari bir nechta omillar chuqur tahlil qilindi.
Mazkur metodologik yondashuv turizm marshrutlarini shakllantirish samaradorligini
oshirish, ularni hududlar bo‘yicha muvozanatlashtirish hamda turistik salohiyatni to‘liq ochib
berish imkonini berdi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
O‘zbekiston zamonaviy turizm
industriyasini rivojlantirish uchun barcha zarur
resurslarga ega. Buyuk Ipak yo
‘
li ustida joylashgan Vatanimiz qulay tabiiy-iqlim sharoitlariga,
boy tarixiy, madaniy merosga va ayni paytda ham ichki, ham xalqaro turizmni rivojlantirish
uchun yuqori salohiyatga ega. Bugungi kunda dunyoviy ahamiyatga molik yuzlab tarixiy
yodgorliklar, yurtimizda yashayotgan xalqlarning ma
’
naviy-etnik merosi, tog
‘
lar, dasht va
cho
‘
llarni o
‘
z ichiga olgan go
‘
zal va betakror tabiati hamda zamonaviy infratuzilma
–
bularning
barchasi dunyoning turli burchaklarida yashaydigan xalqlarni O
‘
zbekistonga jalb qilmoqda.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoev ta
’
kidlaganlaridek
, “....
Chust pichog
‘
i, Samarqand noni,
Marg
‘
ilon adrasi, Sherobod anori, Oltiariq va Parkent uzumi, Xorazm qovuni, Surxondaryo
xurmosi kabi mashhur brendlarni hududiy mansubligi bo
‘
yicha ro
‘
yxatdan o
‘
tkazib, xalqaro
bozorda faol targ
‘
ib qilish mumkin
....”
(President.uz., 2020) ekanligi ham turistik
mintaqalarimizning jozibadorligini yanada oshiradi.
Ammo, ta
’
kidlash lozimki, mamlakatimizning turistik resurslari hali to
‘
laligicha
o
‘
rganilgani yo
‘
q. Ayrim hududlardagi resurslar faqatgina mahalliy aholigagina ma
’
lumligicha
qolmoqda. Shunday ekan, ularni yangi turistik marshrutlar ishlab chiqishda foydalanish uchun
har tomonlama tadqiq qilish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Bugungi kunda xukumatimiz tomonidan turizm sohasiga milliy iqtisodiyotning strategik
sektori maqomining berilishi, uning istiqbolda rivojlanishiga katta zamin yaratdi. Shu tufayli,
yurtimiz bo
‘
ylab sayohat qiladigan mahalliy va xorijiy turistlarga sifatli xizmat ko
‘
rsatish uchun
yaratiladigan turistik marshrutlarimizning jozibadorligini va bu orqali turistik
mahsulotlarimizga bo
‘
lgan turistlarning qiziqishini oshirish talab qilinmoqda.
www.sci-p.uz
II SON. 2025
591
Turizmni rivojlantirishning muhim asoslaridan biri turistik resurslarga marshrutlar
ishlab chiqish hisoblanadi. Turistik marshrutlarni ishlab chiqishning turizm rivojiga ta’siri
nazariy jihatdan yana bir imkoniyatga bog‘liq. Bu imkoniyatlar turizm ob’ektida va turizm
marshruti davomida tur
istlarga xizmat qiladigan infratuzilmalarning hosil bo‘lishidir. Turistik
resursga -
ob’ektga turistlarning kelishi boshlanganidan mahalliy aholida turistlarga xizmatlar
ko‘rsatish istagi paydo bo‘ladi, turistlarning nimalarga qiziqishini, ularning ehtiyoj
larini
o‘rgana boshlaydi. Shu tariqa turistik ob’ektda va turistik marshrut bo‘ylab o‘ziga xos bo‘lgan
kichik
–kichik turistik infratuzilmalar paydo bo‘ladi.
“Turistik marshrutlar yaratishning yana bir muhim tomoni shundaki, turistik marshrutda
turistik oqimning kuchayishi ichki turizmda ham xalqaro turizmda ham ellar, xalqlar va
millatlar o‘rtasida tanishuv, do‘stlashuv, o‘zaro hamkorlik rishtalari hosil bo‘ladi. Hozircha
bunday do‘stona aloqalar asosan shaharlar aholisi bilan chet elliklar o‘rtasida yuz be
rmoqda.
Bu holatning asosiy sabablari chet ellik turistlarni hanuzgacha shaharlarimizdan tashqaridagi
tabiat mintaqalariga, landshaftlariga, qo‘riqxonalari yoki suv havzalariga jalb
qilaolmaganimizdadir”
(Hayitboyev, Haydarov va boshq., 2016). Bu erda qayd etilishicha,
turistik marshrutlarning samarali tashkil etilishi nafaqat iqtisodiy foyda keltiradi, balki xalqaro
va ichki darajada madaniy aloqalar, do‘stlik va o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishda ham muhim
rol o‘ynaydi. Bunda ellar, xalqlar va millatlar o‘rtasida madaniy almashinuv sodir bo‘ladi. Bu
holat, ayniqsa, global hamkorlik, madaniyatlararo muloqotni mustahkamlash nuqtayi
nazaridan katta ahamiyatga ega.
Bugungi kunda mamlakatimizning barcha hududlarida mavjud bo‘lgan boy turistik
resurslar, madaniy meros, shuningdek, har bir mintaqaga xos noyob urf-
odat va an’analardan
samarali foydalanish orqali raqobatbardosh va jozibador turistik mahsulotlar yaratish
strategik ahamiyat kasb etmoqda. Zamonaviy turizm sohasining rivojlanish tendensiyalari
shuni ko
‘rsatmoqdaki, turistik mahsulotlarning xilma
-
xilligini ta’minlash va mintaqaviy
xususiyatlarni hisobga olgan holda innovatsion yondashuvlarni joriy etish sohani
rivojlantirishda hal qiluvchi omillardan biri hisoblanadi.
Shu bilan birga, milliy turistik sal
ohiyatni jahon miqyosida targ‘ib qilish, xalqaro
standartlarga mos infratuzilmani yaratish va raqamli marketing vositalaridan foydalanish
orqali turizm industriyasining global raqobatbardoshligini oshirish zarur. Bu jarayonda
ekologik, agrar, gastronomik,
tibbiy va ziyorat turizmi yo‘nalishlarini yanada rivojlantirish,
shuningdek, har bir hududning noyob madaniy va tabiiy merosini ommalashtirish muhim
ahamiyatga ega.
Xususan, har bir viloyatning sayyohlik salohiyatini kompleks tadqiq etish va ular asosida
innovatsion turistik marshrutlar ishlab chiqish mamlakatimizda barqaror turizmni
rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu esa nafaqat ichki va xalqaro turistlar oqimini oshirish, balki
mahalliy aholining iqtisodiy faolligini ham rag‘batlantirish imkonini yaratadi
.
Turizm sohasini barqaror rivojlantirish, uni yangi bosqichlarga olib chiqish, yangi
yo‘nalishlardagi turistik mahsulotlarni ishlab chiqishda hududlarning turistik marshrutlarda
qamrab olinish darajasini oshirish muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekistonda turizm” nomli statistik to‘plami ma’lumotlari
bo‘yicha, bugungi kunda respublikamiz hududlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 149 dan ortiq
turdagi turistik marshrutlar faoliyat ko‘rsatayotganlagini ko‘rishimiz mumkin.
Statistik
to‘plamda keltirilgan turistik marshrutlarda O‘zbekiston Respublikasi hududlarining turistik
salohiyatidan foydalanish holati quyidagi natijani ko‘rsatmoqda (1
-rasm).
“Turizm o‘quv
-
konsalting markazi” DUK tomonidan o‘tkazilgan O‘zbekiston
Respublikasida turistik faoli
yat sub’ektlari tomonidan amalga oshiriladigan turistik qatnovlar
kuzatuvlari asosida ro‘yxati shakllantirilgan 149 ta turistik marshrutlarning Respublikamiz
viloyatlarini qamrab olish darajasi aks ettirilgan. Bu ko‘rsatkichlar 149 ta turistik marshrutning
qancha qismida hududlar, ya’ni ulardagi turistik resurslar ishtirok etayotganligini ko‘rsatib
turibdi.
www.sci-p.uz
II SON. 2025
592
1-rasm. Turistik marshrutlarda mamlakatimiz hududlarining qamrab
olinish darajasi (%)
Manba:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining “O‘zbekistonda
turizm” nomli statistik to‘plam ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tahlil qilingan
.
Mavjud tahlillarga asosan, hozirgi vaqtda faoliyat yuritayotgan turistik marshrutlar
asosan an’anaviy yondashuvlar asosida shakllantirilgan bo‘lib, ular mamlakatimizning barcha
hudud va turizm salohiyatiga ega destinatsiyalarni to‘liq qamrab olmagan. Ayni paytda turistik
yo‘nalishlarning aksariyati an’anaviy tarixiy va madaniy meros ob
yektlariga
yo‘naltirilgan
bo‘lib, 149 ta turistik marshrutlarning ishlab chiqilishida ishtirok etishi bo‘yicha asosiy e’tibor
Toshkent (93,29 %), Samarqand (68,46 %), Buxoro (67,79 %) va Xorazm (51,01 %) kabi turizm
markazlariga qaratilmoqda. Biroq, mamlakatning boshqa hududlaridagi sayyohlik salohiyati
yetarlicha o‘zlashtirilmagani kuzatilmoqda.
2-rasm. Jami turistik marshrutlarda hududlarning qamrab olinish holati
Manba:
“Turizm o‘quv
-
konsalting markazi” DUK tomonidan o‘tkazilgan O‘zbekiston
Respublikasida
turistik faoliyat subyektlari tomonidan amalga oshiriladigan turistik qatnovlar asosida muallif tamonidan
tayyorlandi.
19,46
5,37
67,79
1,34
32,89
22,82
4,7
68,46
16,11
0
93,29
34,9
51,01
0
20
40
60
80
100
Qoraqolpog'iston Res.
Andijon vil.
Buxoro vil.
Jizzax vil.
Qashqadaryo vil.
Navoiy vil.
Namangan vil.
Samarqand vil.
Surxondaryo vil.
Sirdaryo vil.
Toshkent vil.
Farg'ona vil.
Xorazm vil.
www.sci-p.uz
II SON. 2025
593
Xususan, Andijon (5,37 %), Namangan (4,7 %) va Jizzax (1,34 %) viloyatlarida turistik
marshrutlar yetarli darajada
ishlab chiqilmagan bo‘lib, ushbu hududlarning tarixiy, madaniy va
ekoturizm imkoniyatlari to‘liq foydalanish e’tibordan chetda qolayotganligidan dalolat
bermoqda. Shuningdek, Sirdaryo viloyati mamlakatdagi mavjud turistik tarmoqdan butunlay
chetda qolayotgani tahlillar davomida aniqlangan.
2-
rasmda O‘zbekiston hududlarining jami turistik marshrutlarda qamrab olinish holati
foizlarda aks ettirilgan. Unga ko‘ra Toshkent viloyati –
22,3%ni tashkil qilgan holda, eng yuqori
ko‘rsatkich bo‘lib, turizmda markaziy rol o‘ynayotganini ko‘rsatadi. Bu esa mazkur hududda
transport infratuzilmasi, madaniy ob’ektlar va mehmonxonalar tarmog‘i yaxshi
rivojlanganligidan dalolat beradi.
Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlari tarixiy obidalari, tarixiy va madaniy turistik
salohiyati bilan mashhur, shu bois ushbu hududlar mos ravishda 16.4%, 16,2% hamda 12,2%
turistik marshrutlarda keng qamrab olingan. Sirdaryo va Jizzax viloyatlari mavjud turistik
salohiyatlaridan samarali foydalanmasliklari natijasida turistik marshrutlarda foydalanilish
holati qoniqarsiz holatda bo‘lib, mos ravishda bor yo‘g‘i 0,1% va 0,2% natijani ko‘satmoqda.
Umuman olganda, markaziy va tarixiy hududlar (Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xorazm)
turistik marshrutlarda katta ulushga ega. Bu esa, turistik marshrutlarda kamroq qamrab
olingan hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirish va targ‘ibot ishlarini kuchaytirish
zaruratini yuzaga keltirmoqda.
3-rasm.
Turistik marshrutlarni takomillashtirish omillari va ularning
hududlarni qamrab olish darajasini oshirish yo‘llari
Manba:
muallif tadqiqotlari asosida ishlab chiqildi.
www.sci-p.uz
II SON. 2025
594
Bu holat mamlakatda turizmni har tomonlama rivojlantirish, hududlar bo‘ylab teng
taqsimlangan sayyohlik infratuzilmasini yaratish, noan’anaviy va alternativ turizm
yo‘nalishlarini joriy etish zarurligini ko‘rsatadi. Shuningdek, ekologik, agrar, ziyorat,
rekreatsion va sanoat turizmining rivojiga ko‘proq e’tibor qaratish, mintaqaviy hus
usiyatlarni
inobatga olgan holda yangi turistik marshrutlarni ishlab chiqish zarur. Bunda raqamli
texnologiyalardan foydalanish, targ‘ibot va marketing strategiyalarini takomillashtirish ham
turizm sohasini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Turizm
–
iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri hamda mamlakat iqtisodiyotini
rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Shu tufayli, turistik marshrutlar samaradorligini oshirish
va ularning hududlarni qamrov darajasini kengaytirish turizm sohasining o‘sishiga xiz
mat
qiladi (3-
rasm). Shu sababli, turistik yo‘nalishlarni takomillashtirish va yangi imkoniyatlarni
izlash muhim masalalardan biridir.
Turistik marshrutlar samaradorligini oshirish va ularda turistik mintaqalarni keng
qamrab olish uchun innovatsion yondashuv va strategik rejalashtirish zarur. Infratuzilmani
takomillashtirish, yangi marshrutlarni ishlab chiqish va reklama-tashviqot ishlarini
kuchaytirish orqali turizm sohasini yanada rivojlantirish mumkin. Bunda davlat va xususiy
sektorning samarali hamkorli
gi muhim o‘rin tutadi.
Xulosa va takliflar.
Turistik marshrutlar samaradorligini oshirish va ularda turistik mintaqalarni keng
qamrab olish jarayonini takomillashtirishda bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida
quyidagi xulosa va takliflar ishlab chiqildi:
turistik mahsulotlarning xilma-xilligini oshirish, ekoturizm, gastronomik, agrar, tibbiy va
ziyorat turizmi kabi yo‘nalishlarni rivojlantirish sohaning barqaror o‘sishini ta’minlaydi;
turistik marshrutlar davomida xizmat ko‘rsatuvchi ob’ektlarning
yaxshilanishi mahalliy
aholining iqtisodiy faolligi va turistlar ehtiyojlariga javob berish darajasini oshiradi;
turizm sohasi bo‘yicha ilmiy
-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, turistik kontentni yaratish
va tahlil qilishda yangi metodlardan foydalanish samaradorlikni oshiradi;
davlat-
hususiy sheriklik asosida turistik ob’ektlarni rivojlantirish hamda mahalliy
tashabbuslarni qo‘llab
-quvvatlash orqali sohaning investitsion jozibadorligini oshirish
mumkin;
mavjud turistik marshrutlarni qayta ko‘rib chiqish v
a mamlakatning kam darajada
qamrab olinayotgan viloyatlaridagi turizm salohiyatini to‘liq tadqiq qilish orqali yangi
marshrutlar yaratish zarur;
har bir hududning sayyohlik salohiyatini targ‘ib qilishda raqamli platformalardan
foydalanish, milliy brendlarni jahon bozorida ilgari surish muhim ahamiyatga ega.
Adabiyotlar
/Литература/Reference:
Abdukhamidov, S.A. (2019). DISTINCTIVE FEATURES OF REGIONAL TOURISM
DEVELOPMENT. Theoretical & Applied Science, (4), 337-341.
Abdukhamidov, S., Makhmudova, A., & Mukhamadiev, A. (2022). Development of Tourist
Routes and the Formation of Attractive Tourist Products. Journal of Ethics and Diversity in
International Communication, 2(3), 129-132.
Amriddinova, R. S., & Abdukhamidov, S. A. (2021). Factors for Determining the Specialization
of the Regions of the Republic of Uzbekistan in Tourism and the Assessment of Tourist
Attractiveness. Central Asian Journal of Innovations on Tourism Management and Finance, 2(10),
51-55.
Gunn, C. A. (1994). Tourism Planning: Basics, Concepts, Cases. Taylor & Francis.
Hayitboyev R. va b. (2016) Turizm marshrutalarini ishlab chiqish texnoologiyasi.
–
S.:
SamISI.
www.sci-p.uz
II SON. 2025
595
Hayitboyev R., Haydarov S.A., Abduhamidov S.A. va b. (2016) Turizm marshrutlarini ishlab
chiqish texnologiyasi. O‘quv qo‘llanma. –
S.: -179 b.
Leiper, N. (1990). Tourist attraction systems. Annals of Tourism Research, 17(3), 367
–
384.
President.uz. (2020). Интеллектуал мулк объектларини муҳофаза қилиш масалалари
муҳокама қилинди. [online] Available at:
https://president.uz/uz/lists/view/3887.
Suyunovich, T. I., & Adhamovich, A. S. (2019). DIRECTIONS OF ACTIVATION OF INNOVATIVE
ACTIVITIES OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS IN FORMING INNOVATIVE ECONOMY. VVK:
75.81 T 88, 235.
Tuxliyev I.S. va b. (2021) Turizm: nazariya va amaliyot. Darslik. Fan va texnologiyalar.
